Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2026 03.10.2022 yildagi 558-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 34-sonli “Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga ko‘tarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab o‘quvchilarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, xalqimizning ma’naviy qudrati va milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, ularga nisbatan faxr tuyg‘usini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida ma’naviy immunitetni mustahkamlash maqsadida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, harbiy vatanparvarlik hamda buyuk ajdodlar jasoratini targ‘ib etish, o‘rganish, ularning sharafli faoliyatini doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish, Vatan taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan zamonamiz qahramonlarining hayoti va faoliyatini ibrat timsoli sifatida yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish, o‘quvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik, maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishlarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mas’ul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 10-oktabrga qadar Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2022-yil 20-dekabrga qadar xalq ta’limi boshqaruv organlarining ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul bo‘lgan xodimlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga qo‘yilgan malaka talablarini ishlab chiqib, tasdiqlasin va mazkur lavozimni malakali kadrlar bilan ta’minlash chorasini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ni bajarish yuzasidan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini to‘liq joriy etish talabi bekor qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 3-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
558-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KONSEPSIYASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarning intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan avlodni tarbiyalash jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchinchi Renessans poydevori barpo etilayotgan hozirgi tarixiy jarayonda sog‘lom ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash asosiy shartlardan biridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hozirgi paytda xalq ta’limi tizimida “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan ezgu g‘oya asosida ta’lim-tarbiyaga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o‘quvchilarning bilimi va iqtidori, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, o‘quvchilar tarbiyasi va ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik va boshqa tahdidlar tobora kuchayib bormoqda. Buning oqibatida sohadagi ishlarni zamonaviy va ta’sirchan yondashuvlar, samarali usullar asosida yanada takomillashtirish ehtiyoji yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Yangi O‘zbekistonning yangi maktabi” g‘oyasi asosida Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) maktablardagi ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Konsepsiyaning maqsadi va asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Konsepsiyaning maqsadi o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Konsepsiyada belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktablardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashda rahbar va pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning hamkorligi va mas’uliyatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim-tarbiya jarayoniga mustaqil bilim shakllantirish metodikasini joriy qilish orqali o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashi hamda tashabbuskorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mustaqil bilim shakllantirish metodikasi orqali o‘quvchilarda sog‘lom qadriyatlarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilarda axborotlarni tahlil qilish hamda bilimiga tayangan holda xolis xulosa qilish ko‘nikmasini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdimotlar tayyorlash ko‘nikmasi orqali o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini, huquqiy savodxonligini oshirish hamda turli g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish immunitetini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchi tarbiyasida maktab, oila, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini yanada kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilalarda farzand tarbiyasi va ularni mustaqil hayotga tayyorlashga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatni kuchaytirish hamda o‘quvchilarda namunaviy tarbiyaviy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan media mahsulotlarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish yo‘nalishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maktab jamoasi, ota-onalar hamda jamoatchilikning o‘zaro munosabatlarida odob-axloq va ichki tartib-qoidalarga rioya qilinishi maktabning ijtimoiy-ma’naviy muhitini belgilab beradi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston — Vatanim manim” mavzusida tashkil etiladigan ijodiy ishlar tanlovi orqali o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat ramzlari — faxrim, g‘ururim” mavzusidagi tadbirlar orqali o‘quvchilar ongida Vatanimiz ramzlarini ulug‘lash va ardoqlash tuyg‘usini tarbiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat tili — millat ruhi” g‘oyasi asosida turkum ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbirlar tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimli tahlillar asosida “Namunali maktab direktori”, “Namunali ustoz”, “Namunali o‘quvchi” va “Namunali ota-ona” modellarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabdagi mavjud holatni o‘rganish va tahlil qilish mezonlarini ishlab chiqish hamda shu asosda ijtimoiy-ma’naviy muhitni baholash orqali maktablarni “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qizil” toifadagi maktablarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida idoralararo hamda keng jamoatchilik hamkorligini samarali tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sariq” toifadagi maktablarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yashil” toifadagi maktablar tajribasini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda darsliklarning yangi avlodini yaratish orqali o‘quvchilarni ma’naviy yetuk va erkin fikrlaydigan shaxs qilib tarbiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktablarda “Vazir soati”, “Olim va yoshlar”, “Shifokor va yoshlar”, “Tadbirkor va yoshlar”, “Ustoz va yoshlar”, “Hunarmand va yoshlar”, “Hokim va yoshlar”, “Prokuror va yoshlar”, “Senator va yoshlar”, “Deputat va yoshlar”, “Ichki ishlar organi xodimi va yoshlar”, “Harbiy va yoshlar” kabi uchrashuvlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilar orasida o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida fidoyi o‘qituvchi-murabbiylar faoliyatiga bag‘ishlangan yangi badiiy asarlar, filmlar va boshqa ijod namunalarini yaratish hamda ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. O‘quvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish yo‘nalishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘quvchilar ongida xalqimizning ma’naviy qudrati va boqiy qadriyatlariga nisbatan faxr tuyg‘usini shakllantirishda, ularning mustaqil fikr yuritish ko‘nikmasiga ega bo‘lishida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilarga kitob mutolaasi jarayonida “oddiydan murakkabga” tamoyili asosida badiiy asarlarni tanlash va sinchiklab o‘qish malakasini hosil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalq ta’limi vazirining “Kitobxon o‘quvchi” tanlovini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab yoshidagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan yangi badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish hamda ularning mualliflarini rag‘batlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maktab kutubxonasi”, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” ruknida yuz jildlik kitoblar to‘plamining nashrini yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilar orasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Kitobxonlik haftaligi”ni tashkil etib, bolalar va o‘smirlar adabiyoti masalalariga bag‘ishlangan adabiy uchrashuvlar va kitob festivallarini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilarning mustaqil fikrini og‘zaki va yozma ravishda bayon etish malakasini oshirish maqsadida ular o‘qigan kitoblari bo‘yicha “Notiq o‘quvchi” hamda insholar tanlovlarini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini “Jajji akademik” to‘garaklariga jalb etish hamda ularga mutolaa sirlari va kitobxonlik madaniyati bo‘yicha tushunchalar berib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarga kitob sovg‘a qilishni an’anaga aylantirish maqsadida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” va “Maktab kutubxonasiga kitob sovg‘asi” ijtimoiy aksiyalarini o‘tkazib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosma va elektron nashrlarda bolalar ijodi namunalarini muntazam ravishda e’lon qilib borish, iste’dodli ijodkor o‘quvchilarni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarning bilim doirasi va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, turli fan sohalari va kasb-hunarlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan ensiklopedik asarlar, lug‘at va albomlar, badiiy asarlar, to‘la va qisqa metrajli badiiy filmlar, videoroliklar va telefilmlar, multfilmlar yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik yo‘nalishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘quvchilarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, o‘z Vatani va xalqi taqdiri uchun mas’uliyat va javobgarlik hissini oshirishda buyuk ajdodlarimizning jasorati hamda harbiy vatanparvarlikni keng targ‘ib etish muhim ahamiyatga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar bu borada ustuvor jihatlar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Afsonaga aylangan jasorat” g‘oyasi asosida Alpomish, Shiroq, To‘maris kabi milliy qahramonlarning jasorati aks ettirilgan multimedia mahsulotlarini tayyorlash va maktablarda ularning taqdimotlarini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi Sharq Uyg‘onish davri — IX — XII asrlarda mintaqamizda yuz bergan “Ma’rifiy Renessans” davrida buyuk allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlar, jumladan aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Umar Hayyom, Mirzo Ulug‘bek, falsafa sohasida Abu Nasr Forobiy, Ibn Rushd, Muhammad G‘azzoliy, Aziziddin Nasafiy, tibbiyot sohasida Abu Ali ibn Sino, tilshunoslikda Mahmud Zamaxshariy, she’riyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, rassomchilikda Kamoliddin Behzodlarning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlarini o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida Vatan ozodligi yo‘lida mardona kurash olib borgan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining mardligi va jasorati, shonli hayotini targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, shijoat va qat’iyat tuyg‘ularini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sohibqiron Amir Temur — markazlashgan milliy davlatchilik asoschisi” g‘oyasi asosida o‘quvchilar ongida yurt ozodligi uchun kurash, xalqparvarlik, adolatparvarlik va bunyodkorlik tuyg‘ularini tarbiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy mustaqillik va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan ajdodlar merosini keng o‘rgatishga qaratilgan “Jadidchilik saboqlari” onlayn resurslarni yaratish va ularning targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish, “Millat oydinlari” turkum ma’naviy-ma’rifiy teleko‘rsatuvlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ajdodlar jasorati unutilmaydi!” shiori ostida o‘quvchilar ongida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, mardlik va jasorat, burch va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab o‘quvchilarining milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, san’at va me’morchilik tarixi va milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida tarixiy obida, muzey va teatrlarda sayyor mashg‘ulotlar uyushtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Harbiy qismda bir kun” va “Vatanga qasam” turkum tadbirlar orqali o‘quvchilar ongida milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat O‘zbekiston fuqarosining muqaddas burchi ekanligi haqidagi tushunchani mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Men yurt posboni bo‘laman”, “Alpomish izdoshlari”, “To‘maris qizlari”, “Mendirman Jaloliddin!” kabi mavzularda tanlov, musobaqa va uchrashuvlar o‘tkazish, “Bo‘lg‘usi askarga sovg‘a” ruknida harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi kitoblar, badiiy va hujjatli filmlar targ‘iboti va namoyishini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Zamonamiz qahramonlari — yoshlarga ibrat timsoli yo‘nalishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Zamonamiz qahramonlarining erishgan yutuqlarini keng targ‘ib etish, ularga nisbatan ehtirom tuyg‘usini shakllantirish o‘quvchilarda chin insoniy fazilatlarni kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Zamonamiz qahramonlari” ruknida turkum risolalar, animatsion, hujjatli va badiiy filmlar, roliklar yaratish va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab kutubxonalarini O‘zbekiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalarining ibratli faoliyati yoritilgan adabiyotlar bilan boyitib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Muvaffaqiyatga erishish sirlari” loyihasi doirasida o‘z sohasida yuqori natijalarga erishgan yurtdoshlarimiz bilan doimiy muloqotlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy va ijodiy maktab yaratgan atoqli olim va ijodkorlarning uy-muzeylari hamda ishxonalarida sayohat-darslar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Beruniy izdoshlari”, “Ulug‘bek avlodlari”, “Navoiy vorislari”, “Zulfiyaxonim qizlari” kabi mavzularda o‘tkaziladigan ijodiy tanlovlar samaradorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangi O‘zbekistonning ma’naviyat maskanlari” rukni ostida turkum tadbirlar va sayohatlar uyushtirish, o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy ishlar va multimedia ishlanmalari tanlovlarini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash, keng jamoatchilik va ota-onalarning farzand tarbiyasiga e’tiborini oshirishga qaratilgan ta’sirchan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish maktablardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Makbta, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan tashkil qilinadigan tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni bepul maktab formasi va darsliklar bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muammoli oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish hamda notinch oilalar farzandlarini psixologik qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan choralarini qo‘llash bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilarni mahallalarda tashkil etiladigan xalq sayillari, umumxalq bayramlari, o‘yinlar va sport musobaqalariga keng jalb qilish orqali ularni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati mavzusidagi aforizmlarni “Kun hikmati” ruknida mobil aloqa operatorlari orqali yetkazishni tizimli yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida “Eng namunali ota-ona” tanlovini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilarning yosh psixologiyasiga bog‘liq fe’l-atvori hamda ruhiy olamidagi salbiy o‘zgarishlarni oila va maktab jamoasi bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktablarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda ota-ona, mahalla, maktab, huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligini tubdan yaxshilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Uch avlod uchrashuvi” loyihasida maktab va mahallalarda turli avlod vakillari va o‘quvchilar ishtirokida muloqotlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ma’naviy barkamol avlod — barqaror jamiyat bunyodkori” tamoyili asosida o‘quvchilarda turli g‘oyaviy xavf-xatarlardan himoyalanish immunitetini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikamizdagi milliy madaniy markazlar vakillari ishtirokida o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning usul va shakllari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish usullari — o‘quvchilarda hayotiy zarur ko‘nikmalar, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantiradigan vositalar majmuidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan metodika orqali “Tengdosh — tengdosh bilan” tamoyili asosida o‘quvchilarning tarbiyaviy fazilatlarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nutq madaniyati, kitobxonlik hamda izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida dolzarb mavzular doirasida taqdimotlar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fikrlash hamda dunyoqarashini kengaytirish maqsadida intellektual o‘yin va tanlovlar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘qituvchi va o‘quvchilar yaratgan media mahsulotlari orqali ularni salbiy tahdidlardan himoya qilish va ulardan ma’naviy immunitetni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlarida tarbiyaviy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan videorolik, badiiy film hamda shiorlarni tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim muassasalarida sportni qadriyat sifatida rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatanparvarlik tuyg‘usini yanada takomillashtirish uchun geografiya, biologiya, IT, tarbiya fanlari doirasida videoroliklar va boshqa media-mahsulotlar tayyorlash, taqdimotlarini tashkil qilish va baholash tizimini yo‘lga qo‘yish, ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng namoyish qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar davra suhbatlari, ijodiy uchrashuv va kechalar, ko‘rik-tanlovlar, taqdimotlar, intellektual o‘yinlar, virtual klublar va boshqa shakllarda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur usullar ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rang-barangligini ta’minlaydi. Pirovard natijada bu maktabda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Erishiladigan natijalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Konsepsiya “Yangi O‘zbekistonning yangi maktabi” g‘oyasi asosida mamlakatimizda maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quvchilar qalbida xalqimizga xos bo‘lgan yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar muvofiqlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish va ularni bugungi kun talablari bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilar ongida ma’naviy immunitet mustahkamlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon xalqlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning ilmiy va madaniy merosi, ularning ibratli hayot yo‘li ta’lim-tarbiya jarayonlariga keng singdiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz hayotining turli jabhalarida alohida o‘rnak ko‘rsatib, yuksak natijalarga erishgan, Vatanimiz taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan zamonamiz qahramonlarining hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilish orqali o‘quvchilar ongida zamonaviy ideallar shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
darslik va metodik adabiyotlarni yangilash, pedagoglarni kasbiy faoliyati va tarbiyaviy ishlardagi yuqori natijalariga ko‘ra rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onalarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish orqali ularning farzand ta’lim-tarbiyasiga mas’uliyati oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim-tarbiya jarayonida maktab direktori, pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi mexanizmi joriy etilishi natijasida maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga erishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun mas’ullar

I. Maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish yo‘nalishi bo‘yicha

1.

O‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada kuchaytirish hamda “O‘zbekiston — Vatanim manim” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini tashkil qilish.

1. Qo‘shma qaror loyihasini tasdiqlash.

2022-yil oktabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2. Barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yilining birinchi kunida “Men — Yangi O‘zbekiston farzandiman!” mavzusida darslar o‘tilishini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil oktabr

3.O‘quvchilardamilliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladigan “Vatanga sadoqat — oliy maqsadim” shiori ostidasuhbatlar va boshqa tadbirlar tashkil qilish.

har yili noyabr-dekabr

4. “O‘zbekiston — Vatanim manim mavzusida ijodiy ishlar tanlovlarini o‘tkazish.

reja asosida

2.

O‘quvchilar ongida Vatanimiz ramzlarini ulug‘lash va ardoqlash tuyg‘usini tarbiyalash maqsadida “Davlat ramzlarifaxrim, g‘ururim” mavzusida tadbirlarni tashkil qilish.

1. “Davlat ramzlarifaxrim, g‘ururim” mavzusidagi tadbirlar turkumini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

-

Xalq ta’limi vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2. Har bir o‘quv haftasini maktabda Davlat bayrog‘ini ko‘tarish va madhiyani jo‘rlikda ijro etish bilan boshlash.

har o‘quv yili davomida,

3. Davlat ramzlari qabul qilingan kunlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, insholar tanlovlarini tashkil etish.

har yili iyul, noyabr-dekabr oylarida

3.

“Davlat tili — millat ruhi” g‘oyasi asosida turkum ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbirlarni tashkil qilish.

1. Ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha idoralararo reja-jadvalni tasdiqlash.

Har yili sentabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Xalq ta’limi vazirligi

2. Reja-jadvalga muvofiq, “Davlat tili — millat ruhi” g‘oyasi asosida taniqli olim va ijodkorlar ishtirokida o‘zbek tilining tarixi, ifoda imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish.

o‘quv yili davomida muntazam

3. “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Bilimdonlar bahsiintellektual tok-shoularni tayyorlash,“Ona tili — millat ruhi”, “Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash” mavzularida insholar, ijodiy ishlar, maqolalar va notiqlik tanlovlarini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlashni nazarda tutish.

4.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ijtimoiy-ma’naviy muhitini baholash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni baholash mezonlari va talablarini ishlab chiqish. Bunda:

a) ijtimoiy kompetentli (jamiyat va davlat oldidagi o‘z burchi va majburiyatlarini to‘liq anglagan, yaxshi xulq-atvor, keng dunyoqarash, bilim hamda ijodiy salohiyatga ega, vatanparvar) shaxsni tarbiyalash;

b) baholash natijalari asosida ijtimoiy-ma’naviy muhiti nosog‘lom bo‘lgan maktablarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish;

v) ijtimoiy-ma’naviy muhitni baholash orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qaroriga muvofiq “qizil” (qoniqarsiz) va “sariq” (qoniqarli) toifalarga ajratilgan maktablarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;

g) ijtimoiy-ma’naviy muhiti namunali bo‘lgan maktablar tajribasini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

2. Tizimli tahlillar asosida “Namunali maktab direktori”, “Namunali ustoz”, “Namunali o‘quvchi” va “Namunali ota-ona” modellarini ishlab chiqish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

3. Mahalla faollari va ota-onalar tomonidan ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya sifatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash.

5.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rish.

1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyatini baholash indikatorlarini ishlab chiqish.

2022-yil oktabr

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Xalq ta’limi vazirligi

2. Indikatorlar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida baholash ishlarini tashkil etish.

2022-yil oktabr

3. Baholash ishlari yakunlariga ko‘ra, bo‘shagan ish joylariga munosib kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish.

2022-2023 o‘quv yilidan

6.

Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi faoliyatini samarali tashkil etish choralarini ko‘rish.

1. Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar faoliyati monitoringini amalga oshirish.

2022-yil oktabr

Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Xalq ta’limi vazirligi

2. Aniqlangan muammolar asosida Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi faoliyatini tartibga soladigan metodik tavsiya ishlab chiqish.

2022-yil oktabr-noyabr,

3. Metodik tavsiyani nashr etish va maktablarga yetkazish.

dekabr

4. Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarning malakasini tizimli ravishda oshirib borish choralarini ko‘rish.

reja asosida

7.

Ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda darsliklarning yangi avlodini yaratish orqali o‘quvchilarni ma’naviy yetuk va erkin fikrlaydigan shaxs qilib tarbiyalash.

1. Mavjud ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarini tahliliy o‘rganib chiqish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. O‘rganish yakunlari bo‘yicha asoslangan takliflarni ko‘rib chiqish.

3. 1 — 11-sinf o‘quvchilari hamda ota-onalar uchun “O‘quvchining ma’naviy dunyoqarashi va kamoloti” haqidagi qo‘llanma yaratish.

2022-yil oktabr

8.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarda davlat organlari rahbar kadrlari hamda o‘z sohasida yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar, madaniyat, san’at va fan arboblari ishtirokida uchrashuvlarini tashkil etish.

“Senator va yoshlar”, “Deputat va yoshlar”, “Olim va yoshlar”, “Ustoz va yoshlar”, “Vazir soati”, “Hokim va yoshlar”, “Prokuror va yoshlar”, “Ichki ishlar organi xodimi va yoshlar”, “Harbiy va yoshlar”, “Shifokor va yoshlar”, “Tadbirkor va yoshlar”, “Hunarmand va yoshlar” va boshqa shu kabi uchrashuvlarni tashkil etish.

2022 — 2026-yillar davomida reja asosida

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar

9.

Yoshlarning o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish.

1. Tuman (shahar)lardagi markaziy ko‘chalar bo‘ylab o‘qituvchi va murabbiylar faoliyati aks ettirilgan bannerlarni tayyorlab, posterlarga joylashtirish.

2023-yildan boshlab

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Kinematografiya agentligi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. O‘qituvchi va murabbiylar, iqtidorli o‘quvchilar faoliyatiga bag‘ishlangan ijtimoiy videoroliklar va maqolalar tayyorlab, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

3. Ta’lim sohasi fidoyilari va o‘qituvchilarning mavqeyini oshirishga qaratilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovini tashkil etish.

muntazam

II. O‘quvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha

10.

O‘quvchilarga kitob mutolaasi jarayonida “oddiydan murakkabga” tamoyili asosida badiiy asarlarni tanlash va sinchiklab o‘qish malakasini hosil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Maktab o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda badiiy asarlarni tanlash va ularning ro‘yxatini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish.

3. “Kitob haqida kitobnoma” nomi ostida mutolaa madaniyati haqida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.

2023/2024 o‘quv yilidan

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Xalq ta’limi vazirining “Kitobxon o‘quvchi” tanlovini tashkil etish

1. Tanlov tartibini ishlab chiqish.

2. Tanlovni 3 bosqichda o‘tkazilishiga hamda g‘olib o‘quvchilarni munosib taqdirlanishiga alohida e’tibor qaratish.

2022/2023 o‘quv yilidan

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

12.

Maktab yoshidagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan yangi badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish hamda ularning mualliflarini rag‘batlantirish.

1. Bolalarga mo‘ljallangan yangi badiiy, ma’rifiy, dunyoqarashini kengaytiradigan ilmiy-ommabop yangi asarlarni yaratish bo‘yicha yozuvchi va shoirlarga ijtimoiy buyurtmalar berish hamda nashr etishni tizimli joriy etish.

2. Yaratilgan yangi badiiy va tarjima asarlarni qardosh tillarda ta’lim oladigan bolalar uchun nashr etish.

3. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-internatlarini maxsus brayl yozuvidagi bolalar adabiyoti bilan ta’minlash.

4. Bolalar adabiyoti yo‘nalishiga ixtisoslashayotgan yosh iste’dod egalarini qo‘llab-quvvatlash hamda asar mualliflarini rag‘batlantirish.

2022/2023 o‘quv yilidan

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Moliya vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

13.

“Maktab kutubxonasi”, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” ruknida yuz jildlik kitoblar to‘plamining nashrini yo‘lga qo‘yish hamda bolalar uchun filmlar yaratish.

1. Bolalar uchun mo‘ljallangan jahon adabiyoti namunalarini tarjima qilish va nashr etish bo‘yicha Ishchi guruh tuzish.

2. Jahon bolalari adabiyoti namunalari tarjima qilish va nashr etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish, grant va subsidiyalar ajratish tizimini joriy etish.

3. Ishchi guruh tomonidan tarjima asarlar ro‘yxatini shakllantirish, mazkur ro‘yxat asosida tarjima qilish hamda nashr etish ishlarini tashkil qilish.

4. Nashr etilgan adabiyotlarni targ‘ib qilish, shuningdek kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida maktab hamda ta’lim muassasalarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tizimli olib borish.

5. Bolalar adabiyotini keng targ‘ib qilish uchun teleradiokanallar va internet saytlarida imtiyozlar joriy etish.

2023 — 2026-yillar davomida

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xalq ta’limi vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Moliya vazirligi, Kinematografiya agentligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, MTRK, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

14.

Bolalarga kitob sovg‘a qilishni an’anaga aylantirish bo‘yicha ijtimoiy aksiyalarni o‘tkazish.

1. “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman”, “Maktab kutubxonasiga kitob sovg‘asi” ijtimoiy aksiyalarini o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va muddatini belgilash.

2. Aksiyalar doirasida sayyor kitob savdolarini tashkil qilish.

3. Tadbirda faol ishtirok etgan ota-onalar va o‘quvchilarning faoliyatini ibrat tariqasida keng targ‘ib qilish.

har yili mart-may oylarida

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq ta’limi vazirligi

15.

Bosma va elektron nashrlarida bolalar ijodi namunalarini muntazam ravishda e’lon qilish.

1. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy ishlar tanlovini (she’r, hikoya, tasviriy san’at va boshqa) o‘tkazish.

2. Tanlov natijasiga ko‘ra, g‘olib o‘quvchilarning ijod namunalarini “Yoshlik”, “Gulxan”, “G‘uncha”, “Tong yulduzi”, “Yosh kuch” kabi bolalar davriy nashrlarida chop etish.

3. Iste’dodli ijodkor o‘quvchilarni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab muntazam

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

16.

Bolalarning bilim doirasi va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, turli fan sohalari va kasb-hunarlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltiruvchi tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Tadbir davomida o‘quvchilarga mashg‘ulot o‘tkazish uchun uslubiy materiallarni tayyorlash (ma’ruza matni, taqdimot, badiiy va hujjatli filmlar).

3. Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish choralarini ko‘rish.

2022 — 2026-yillar davomida

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

Kinematografiya agentligi,

MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

III. Buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha

17.

“Afsonaga aylangan jasorat” g‘oyasi asosida milliy qahramonlarning jasorati aks ettirilgan multimedia mahsulotlarini tayyorlash.

1. Maktab kutubxonalarini Alpomish, Shiroq, To‘maris kabi buyuk ajdodlarimizning jasoratiga bag‘ishlangan ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash.

2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida buyuk ajdodlarimiz matonati aks ettirilgan sahna asarlari yaratish.

3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida milliy qahramonlarning jasoratlari bo‘yicha intellektual o‘yinlar tashkil qilish.

4. Alpomish, Shiroq, To‘maris kabi buyuk ajdodlarimiz jasorati aks ettirilgan multimedia mahsulotlarini tayyorlash, taqdimotlarini o‘tkazish va baholash tizimini yo‘lga qo‘yish.

o‘quv yili davomida muntazam

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

“Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida Vatan ozodligi yo‘lida mardona kurash olib borgan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining mardligi va jasorati, shonli hayotini targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, shijoat va qat’iyat tuyg‘ularini mustahkamlash.

1. O‘quvchilarni Jaloliddin Manguberdining hayoti, Vatan himoyasi yo‘lida ko‘rsatgan mardligi va jasoratiga bag‘ishlangan badiiy va san’at asarlari bilan yaqindan tanishtirish.

2. Jaloliddin Manguberdi haqidagi asarlar asosida sahna ko‘rinishlari tayyorlash, ijodiy ishlar tanlovi va ko‘rik-tanlovlar tashkil qilish.

o‘quv yili davomida muntazam

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Milliy gvardiya,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Alpomish avlodlari” va “Barchinoy o‘yinlari” to‘garaklarini tashkil qilish, chavandozlik va kamondan o‘q otish o‘yinlarini o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yish.

har chorakda bir marta

19.

“Sohibqiron Amir Temur — markazlashgan milliy davlatchilik asoschisi” g‘oyasi asosida o‘quvchilar ongida yurt ozodligi uchun kurash, xalqparvarlik, va bunyodkorlik tuyg‘ularini tarbiyalash.

1.“Amir Temur — o‘zbek davlatchiligining iftixori” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash.

2. “Amir Temur va Temuriylar ibrati” mavzusidadavra suhbatlari tashkil qilish.

o‘quv yili davomida muntazam

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Mudofaa vazirligi,

Milliy gvardiya

3. “Temur tuzuklari” asari asosida o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazish.

har yili aprel oyi davomida

20.

Mustaqillik va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan ajdodlar merosini keng o‘rgatishga qaratilgan “Jadidchilik saboqlari” onlayn resurslarni yaratish va ularning targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish, “Millat oydinlari” mavzusida ko‘rsatuvlarni tayyorlash.

1. Jadidchilik namoyandalarining ma’naviy‑axloqiy tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik amaliyotga joriy etish bo‘yicha seminar va davra suhbatlarini tashkil etish.

2. “Jadidchilik saboqlari” onlayn resurslarni yaratish va ularning targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish.

3. Jadidma’rifatparvarlarining hayoti va adabiy-ma’rifiy merosini targ‘ib etishga mo‘ljallangan “Millat oydinlari” turkum teleko‘rsatuvlarni tayyorlash va mamlakatimiz telekanallarida keng namoyish qilish.

2023-yildan muntazam

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

MTRK,

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

21.

Milliy g‘urur, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishda Qoraqalpoq adabiyoti asoschilari Ajiniyoz Qusiboy o‘g‘li, Berdaq, Tulepbergen Kaipbergenov, Ibroyim Yusupovlarning ilm-ma’rifat kalitiga qo‘shgan hissalarini targ‘ibotiga bag‘ishlangan “ochiq dars”lar hamda ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.

1. Hududdagi buyuk ajdodlarimiz nomlari bilan bog‘liq muqaddas ziyoratgohlarga o‘quvchilarning tashriflari rejasini ishlab chiqish.

2. Reja asosida o‘quvchilarning ziyoratgohlarga tashriflarini tegishli fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari (ota-onalar) kuzatuvida xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etish.

3. Ziyoratlar davomida o‘quvchilarga soha mutaxassislari ishtirokida ulug‘ ajdodlarimizning bebaho merosini targ‘ib etishga bag‘ishlangan davra suhbatlari va “ochiq darslar” tashkil etish.

2023-yildan muntazam

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Yoshlar ishlari agentligi

22.

“Ajdodlar jasorati unutilmaydi!” shiori ostida o‘quvchilar ongida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, mardlik va jasorat, burch va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash.

1. Tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqishda hamkorlik qilish.

2. O‘quvchilarda Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik xislatlarini tarbiyalash maqsadida harbiy qismlar va harbiy ta’lim muassasalari bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

3. Vatan ozodligi va yurtimiz tinchligi yo‘lida kurashgan ajdodlarimiz jasoratiga bag‘ishlangan ijodiy ishlar tanlovlarini tashkil etish.

o‘quv yili davomida muntazam

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Milliy gvardiya

23.

Maktab o‘quvchilarining milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, san’at va me’morchilik tarixi va milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida tarixiy obida, muzey va teatrlarda sayyor mashg‘ulotlar uyushtirish.

1. Har bir maktab kesimida yil davomida o‘quvchilarning muzey, teatr yoki boshqa madaniyat muassasalarda sayyor mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha reja-jadvallarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. O‘quvchilarning madaniyat muassasalari va tarixiy obidalarga tashrifini tashkil qilish reja-jadvallarini tasdiqlash.

3. “Vatan bo‘ylab sayohat” shiori ostida tarixiy joylar, muqaddas qadamjolar va madaniyat maskanlariga tashriflar uyushtirish.

2022 — 2026-yillar davomida

Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan

Turizm va madaniy meros vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

“Harbiy qismda bir kun” va “Vatanga qasam” turkum tadbirlari orqali o‘quvchilar ongida milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat O‘zbekiston fuqarosining muqaddas burchi ekanligi haqidagi tushunchani mustahkamlash.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan harbiy‑vatanparvarlik oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

-

Xalq ta’limi vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Milliy gvardiya

2. O‘quvchilarning harbiy qismlarga tashrifini uyushtirish. Tashrif davomida ularni harbiy qismda askar va ofitserlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish.

3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida “ochiq dars”lar va davra suhbatlari tashkil etish.

o‘quv yili davomida muntazam

25.

Harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, kitoblar, badiiy va hujjatli filmlar targ‘iboti hamda namoyishini tashkil etish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil dekabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

2. “Men yurt posboni bo‘laman”, “Alpomish izdoshlari”, “To‘maris qizlari”, “Mendirman Jaloliddin!” kabi mavzularda tanlov va musobaqalarni o‘tkazish.

3. O‘quvchilarga “Bo‘lg‘usi askarga sovg‘a” ruknida harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi kitoblarni sovg‘a qilish.

4. O‘quvchilarning harbiy qismlarga tashrifini uyushtirish. Tashrif davomida ularni harbiy qismda askar va ofitserlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish.

5. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida “ochiq dars”lar va davra suhbatlari tashkil etish.

o‘quv yili davomida muntazam

IV. “Zamonamiz qahramonlari — yoshlarga ibrat timsoli” yo‘nalishi bo‘yicha

26.

Zamonamiz qahramonlari” ruknida turkum risolalar, animatsion, hujjatli va badiiy filmlar, roliklar yaratish va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish.

1. Tarixiy, adabiy hamda zamonamiz qahramonlari haqida turkum risolalar, animatsion, hujjatli va badiiy filmlar, roliklar yaratish.

2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida zamonamiz qahramonlarining serqirra faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar, hujjatli filmlar va roliklarning taqdimotlarini o‘tkazish.

3.Internetning milliy segmentiga mo‘ljallangan qiziqarli formatdagi kontentlarni ko‘paytirish.

2022 — 2026-yillar davomida muntazam

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Kinematografiya agentligi, MTRK,

Xalq ta’limi vazirligi

27.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarini O‘zbekiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalarining ibratli faoliyati yoritilgan adabiyotlar bilan boyitib borish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarini O‘zbekiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalarining ibratli faoliyati yoritilgan adabiyotlar bilan to‘ldirilganlik holatini o‘rganib chiqish.

2. Ushbu mavzuda yozilgan asarlar ro‘yxatini shakllantirish, yangi ijodiy buyurtmalar berish va chop etish.

3. O‘rganish yakunlaridan kelib chiqqan holda, mahalliy hokimliklar tomonidan tuman hokimliklarining qo‘shimcha manbalari hisobidan barcha maktablarni mazkur adabiyotlar bilan ta’minlash.

2022 — 2026-yillar davomida

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

Muvaffaqiyatga erishish sirlari” loyihasi doirasida o‘z sohasida yuqori natijalarga erishgan yurtdoshlarimiz bilan doimiy uchrashuv va muloqotlar tashkil etish.

1. “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida o‘z sohasida yuqori natijalarga erishgan madaniyat, adabiyot, san’at va fan arboblari, tadbirkorlar ishtirokida “maktabbay” tizimidauchrashuvlar o‘tkazish.

2. O‘quvchilarga uchrashuvlar taassurotlari asosida insholar yozdirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab muntazam

-

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

29.

Ilmiy va ijodiy maktab yaratgan atoqli olim va ijodkorlarning uy-muzeylari hamda ishxonalarida sayohat-darslar o‘tkazish.

1. O‘quvchilarni mamlakatimizda ilmiy va ijodiy maktab yaratgan atoqli olim va ijodkorlarning uy-muzey hamda ishxonalariga sayohatga olib borish.

2. Mamlakatimizdagi atoqli olim va ijodkorlar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab muntazam

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

30.

Ijodiy tanlovlar orqali iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni munosib rag‘batlantirish.

1. “Beruniy izdoshlari”, “Ulug‘bek vorislari”, “Navoiy avlodlari”, “Zulfiyaxonim qizlari” kabi mavzularda ijodiy ishlar tanlovlarini o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

2. Tanlovlarni belgilangan muddatlarda hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazish.

3. Tanlov g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish.

2023 — 2026-yillarda muntazam

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq ta’limi vazirligi

31.

“Yangi O‘zbekistonning ma’naviyat maskanlari” rukni ostida sayohatlar uyushtirish, o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy ishlar va multimedia ishlanmalari tanlovlarini tashkil etish.

1. Yangi O‘zbekistonning ma’naviyat maskanlariga sayohatlar uyushtirish bo‘yicha reja-jadvalni ishlab chiqish.

2. Reja-jadval asosida ma’naviyat maskanlariga sayohatlar uyushtirish.

3. “Vatan manzaralari” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish.

2023 — 2026-yillarda muntazam

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq ta’limi vazirligi

V. Maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishi bo‘yicha

32.

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan tashkil qilinadigan tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘rish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etilgan mavjud to‘garaklarni tahlil qilish.

2. Tahlil natijasiga ko‘ra, bo‘sh turgan binolarda “Barkamol avlod” bolalar maktablari tarmoq to‘garaklarini tashkil etish.

3. Tashkil etilgan to‘garaklar doirasida maktablararo tanlovlar o‘tkazish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab muntazam

-

Xalq ta’limi vazirligi,

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

33.

“Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mahalla, maktab va oila hamkorligini mustahkamlash.

1. “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish.

3. Ushbu toifadagi oilalar farzandlarini doimiy nazorat ostiga olish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab muntazam

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

34.

Muammoli oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish hamda notinch oilalar farzandlarini psixologik qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan choralarini qo‘llash bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish.

1. O‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish.

2. So‘rov natijasida aniqlangan muammoli oila farzandlarini aniqlash.

3. Aniqlangan o‘quvchilarga maktab psixologlarini biriktirish va ma’naviy sog‘lomlashtirishga qaratilgan treninglar tashkil etish

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab muntazam

Xalq ta’limi vazirligi,

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

35.

O‘quvchilarni mahallalarda tashkil etiladigan xalq sayillari, umumxalq bayramlari, o‘yinlar va sport musobaqalariga keng jalb qilish orqali ularni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash.

1. Mahallalarda tashkil etiladigan xalq sayillari, milliy o‘yinlar va sport musobaqalariga keng jalb qilish orqali o‘quvchilarni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash.

2. Tadbirlarda faollik ko‘rsatgan o‘quvchilarning ota-onasini rag‘batlantirish va ularga minnatdorchilik xatlarini yuborish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab muntazam

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

36.

Farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati mavzusidagi aforizmlarni “Kun hikmati” ruknida mobil aloqa operatorlari orqali yetkazishni tizimli yo‘lga qo‘yish.

1. Farzand tarbiyasiga oid aforizmlar bazasini shakllantirish.

2. “Kun hikmati” ruknida aforizmlarni mobil aloqa operatorlari orqali yetkazish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab muntazam

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

37.

Ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida “Eng namunali ota-ona” tanlovini o‘tkazish va ularni munosib rag‘batlantirish.

1. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Nizom ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Xalq ta’limi vazirligi

2. Farzandi maktabda ta’lim olayotgan ota-onalarga tanlov to‘g‘risida ma’lumot berish va tanlovda qatnashish istagini bildirgan ota-onalar ro‘yxatini shakllantirish.

3.Tanlovni tashkil etish va g‘oliblarni rag‘batlantirish, OAV orqali targ‘ibot qilish.

har yili oktabr oyida

38.

O‘quvchilarning yosh psixologiyasiga bog‘liq fe’l-atvori hamda ruhiy olamidagi salbiy o‘zgarishlarni oila va maktab jamoasi bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish.

1. Yosh psixologiyasiga bog‘liq fe’l-atvori hamda ruhiy olamida salbiy o‘zgarishlar bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ular bilan psixologik treninglar o‘tkazish tartibi va muddatlarini belgilash.

3. Belgilangan tadbirlarni sifatli o‘tkazish va natijasini muntazam tahlil qilib borish.

4. Tahlil natijalariga ko‘ra aniq choralarni belgilash.

2022 — 2026-yillarda

-

Xalq ta’limi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

39.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda ota-ona, mahalla, maktab, huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligini tubdan yaxshilash.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Chora-tadbirlar rejasi doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash.

3. O‘quvchi tarbiyasida mahalla faollari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining tizimli ishtirokini ta’minlash.

2022 — 2026-yillarda

-

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

40.

“Uch avlod uchrashuvi” loyihasida maktab va mahallalarda turli avlod vakillari va o‘quvchilar ishtirokida muloqotlar tashkil etish.

1. Urush va mehnat faxriylari, iste’fodagi harbiylar ishtirokida uch avlod uchrashuvlarini tashkil etish.

2. “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” arafasida o‘quvchilarning harbiy qismlarga sayohatlarini tashkil etish.

3. “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “E’zoz” loyihasini amalga oshirish.

4. “Sinf soati” doirasida o‘quvchilar ongida vatanparvarlik hissini rivojlantirish maqsadida “ochiq dars”lar tashkil etish.

2022 — 2026-yillar davomida

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

41.

Ma’naviy barkamol avlod — barqaror jamiyat bunyodkori” tamoyili asosida o‘quvchilarda turli g‘oyaviy xavf-xatarlardan himoyalanish immunitetini shakllantirish.

1. “Bir tahdidga besh zarba” texnologiyasi asosida o‘quvchilarda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar, treninglar tashkil qilish.

2. O‘quvchilarda yot ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida taniqli diniy ulamo va mutaxassislar bilan uchrashuvlar uyushtirish.

3. O‘quvchilarni mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish, ular o‘rtasida diniy bag‘rikenglik g‘oyasini keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy singari yirik diniy-ma’rifiy majmualarga o‘quvchilarning tashriflarini tashkil qilish.

2023 — 2026-yillar davomida

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’limi vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Belgilansinki, o‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2-ilovaning 6-bandi uchinchi xatboshisidagi “5 — 15 sm” so‘zlari “kamida 5 — 15 sm” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 132-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maktabgacha ta’lim vazirligining “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimidagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etilgan tayyorlov guruhlarida boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalar haqidagi ma’lumotlar Xalq ta’limi vazirligining Yagona elektron tizimiga avtomatik tarzda yuboriladi (kiritiladi)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi xatboshidagi “3-ilovaga muvofiq” so‘zlari “3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 9 va 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-maydagi 271-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1-bandning “b”-kichik bandidan “, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab esa majburiy” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilova 801-bandining “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)