28.09.2022 yildagi 546-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga asosan Xorazm viloyatida yangi ish o‘rinlarini yaratishda turizm asosiy drayver sohasi bo‘lishi, hududda kelgusi besh yilda turizm xizmatlarini kamida besh baravarga oshirish va shu maqsadda turizm obyektlarining infratuzilmasini tubdan yaxshilash, yangi oilaviy mehmon uylari, “turizm ko‘chalari”ni tashkil etish hamda ichki va chet ellik sayyohlarni viloyatning boy moddiy va nomoddiy madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish choralarini ko‘rish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Turizm infratuzilmasini tashkil qilish

1.

Qadimiy Xorazmning boy tarixi va madaniyatini inobatga olgan holda, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida joylashgan qadimiy qal’alar bo‘ylab yangi turizm marshrutlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan “CASTLE TOUR” loyihasini ishlab chiqish hamda uning amalga oshirilishini ta’minlash. Loyihadagi marshrutlarga kirgan hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va yangi bekatlarni tashkil qilish.

1. Yangi turizm marshrutlariga kiritiladigan qadimiy qal’alar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktyabr

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2.

Turizm obyektlariga olib boruvchi yo‘llarni xatlovdan o‘tkazish, keyingi yillarda ta’mirlanadigan yo‘llar ro‘yxatini davlat dasturiga kiritib borish.

1. Turistik obyektlarga olib boruvchi yo‘llarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan ro‘yxat asosida tarmoq jadvalini ishlab chiqish va kelishish.

3. Belgilangan muddatlarda davlat dasturlariga takliflar kiritib borish.

Doimiy ravishda

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

3.

Bo‘sh turgan yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazgan holda salohiyatli hududlardan mehmonxona va xostellar qurish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini “E-AUKSION” kim oshdi savdolariga qo‘yish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2. Yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazib topotasvirlarni tayyorlash

3. E-AUKSION” kim oshdi savdolari orqali realizatsiya qilish choralarini ko‘rish. qo‘yish.

Tasdiqlangan reja-grafik asosida har chorakda

Tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

4.

Kommunikatsiya tarmoqlariga ulanmagan yoki ta’mirtalab holatdagi turizm obyektlarini xatlovdan o‘tkazish, ularni keyingi yillarda kommunikatsiya tarmoqlari ta’mirlanadigan hududlar ro‘yxatiga kiritish.

1. Kommunikatsiya tarmoqlariga ulanmagan yoki ta’mirtalab holatdagi turizm obyektlarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Tasdiqlangan ro‘yxat asosida tarmoq jadvalini ishlab chiqish va kelishish.

3. Belgilangan muddatlarda davlat dasturlariga takliflar kiritib borish.

Doimiy ravishda

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, “Hududgazta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

5.

Xiva shahridagi “Yangi turmush” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini ko‘paytirish.

1. “Yangi turmush” MFYda 10 km ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda 6 km piyodalar yo‘lakchalarini tashkil etish.

2. 1,5 km ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun 2 ta transformator o‘rnatish va 6 km kabel liniyasini o‘tkazish.

3. 10 km ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshi?ish.

2023-2024-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

6.

Xiva shahridagi “Ichon-qal’a” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini ko‘paytirish.

1. “Ichon-qal’a” MFYda 7,5 km ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2. “Ichon-qal’a” MFY hududida obodonlashtirish ishlarini doimiy yo‘lga qo‘yish.

2023-2024-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi

7.

Xiva tumanidagi “G‘ovuq” MFYda turizm infratuzilmasini yaxshilash orqali turizm sohasida 85 ta yangi ish o‘rnini tashkil etish.

1. “G‘ovuq” MFYda 5 km kabel liniyasini o‘tkazish hamda 312 ta simyog‘och va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish.

2. 1,2 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish hamda 6 km uzunlikdagi yo‘lga asfalt yotqizish ishlarini amalga oshirish.

3. G‘ovuq kanalining 2,5 km uzunlikdagi qismini betonlashtirish, 3 ta ko‘prikni ta’mirlash hamda 2 ta transformator kichik stansiyasini (TP) yangidan o‘rnatish.

4. 10 km optik tolali internet tarmog‘ini o‘tkazish.

2023-2024-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

8.

Xiva shahridagi “Qumyaska” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini ko‘paytirish.

1. “Qumyaska” MFYdagi 11 km ichki yo‘llarni ta’mirlash, 6 km piyodalar yo‘lakchalarini tashkil etish.

2. 1 km ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun 2 ta transformator o‘rnatish va 5 km kabel liniyasini o‘tkazish.

3. 12 km ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2023-2024-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

9.

Shovot tumanidagi “Beshmergan” MFYda “Turizm mahallasi” (qishlog‘i)ni tashkil qilish.

1. Mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi yoritish ustunlarini o‘rnatish, ichimlik suvi bilan ta’minlash.

2. Turizm mahallasiga olib boruvchi kamida 2 ta katta hajmdagi yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish.

3. Tashrif buyuruvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmonining 10-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarni inobatga olgan holda Wi-Fi hududlarni tashkil etish choralarini ko‘rish.

4. Turizm mahallasida turoperatorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

5. Zaruratga ko‘ra, bankomatlar o‘rnatish va tadbirkorlik subyektlarining talabiga muvofiq terminallar bilan ta’minlash.

6. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil qilish.

7. 20 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish.

8. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish.

9. Milliy urf-odatlar, kelin salom, lachak to‘y va boshqa an’analar bilan tanishtirishni yo‘lga qo‘yish.

10. Turizm qishlog‘i bo‘yicha doimiy ravishda targ‘ibot ishlarini olib borish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, tadbirkorlik subyektlari

10.

Shovot tumanidagi “Yusu� Hamadoniy” majmuasida ziyoratchilar uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan, hunarmandlar do‘konlari, savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalarni yaratish.

1. Hududda ziyoratchilar uchun sharoit yaratish maqsadida xatlov o‘tkazish.

2. Xatlov natijasiga ko‘ra, “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

3. Hududda sayyohlar uchun zarur sharoitlarni yaratish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

11.

Yangiariq tumanidagi “Shayx Muxtor Valiy” madrasasida infratuzilmani rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan ziyorat uchun zarur sharoitlar yaratish, majmuani obodonlashtirish, savdo burchaklari va ovqatlanish punktlarini tashkil qilish.

1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hudud salohiyatini o‘rganish.

2. O‘rganish natijasiga ko‘ra, “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

3. Hududda sayyohlar uchun zarur sharoitlarni yaratish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

12.

Yangiariq tumani markazidan “Shayx Muxtor Valiy” ziyoratgohi hamda “Nemis mennonitlari” obyekti joylashgan hududga olib boruvchi yo‘lning 8 km uzunlikdagi ichki yo‘llarini ta’mirlash va obodonlashtirish.

1. Yangiariq tumani markazidan “Shayx Muxtor Valiy” ziyoratgohi hamda “Nemis mennonitlari” obyekti joylashgan hududga olib boruvchi yo‘lning 8 km uzunlikdagi ichki yo‘llarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2. Yo‘l bo‘ylarida turistik yo‘l belgilarini o‘rnatish.

3. “Shayx Muxtor Valiy” ziyoratgohi hududida zamonaviy tipdagi sanitariya-gigiyena shoxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

13.

Bog‘ot tumanidagi “Qalajiq qal’a” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish.

1. Qal’ajiq ko‘liga olib boruvchi 4k 953A avtomobil yo‘li 0 — 9 kilometr qismining 3,2 km uzunlikdagi qismini 2,8 mlrd so‘mga joriy ta’mirlash hamda 1 ta ko‘prikni joriy ta’mirlash.

2. “Qalajiq qal’a” mahallasida 25 ta zamonaviy yo‘l belgilarini hamda har ikki kilometrda zamonaviy bekatlar o‘rnatish.

3. Yo‘lning ikki tomoniga piyodalar uchun svetoforlar o‘rnatish hamda yo‘lning bir tomoniga piyodalar yo‘lagi qurish.

4. 1 ta 160 kilovattlik transformator, xl-0,4 kilovattlik 1 km elektr liniyasini qurish, 400 kilovattlik dizel elektr stansiyasi, 200 ta tungi yoritgich chiroqlarini ustunlari bilan o‘rnatish.

5. 5 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini qurish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

14.

Hazorasp tumanidagi “Sulaymon qal’a” turistik obyektiga olib boruvchi yo‘lning 3 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘llarini ta’mirlash.

1. Tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mazkur obyektlarga olib boruvchi yo‘llar holatini o‘rganish.

2. Yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Mazkur yo‘llarni ta’mirlash va foydalanishga topshirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

15.

Yangibozor tumanidagi “Cho‘bolonchi” qishlog‘ida joylashgan “Milliy tabiat bog‘i”ga olib boruvchi 3 kilometr uzunlikdagi i�ki yo‘llarni ta’mirlash.

1. Tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mazkur obyektlarga olib boruvchi yo‘llar holatini o‘rganish.

2. Yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Mazkur yo‘llarni ta’mirlash va foydalanishga topshirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

16.

Xorazm viloyatidagi barcha turistik manzillarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini xatlovdan o‘tkazib aniqlangan kamchiliklarni muntazam bartaraf qilib borish.

1. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha viloyat ishchi guruhlari tarkibini tasdiqlash.

2. Har chorakda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini xatlovdan o‘tkazib borish.

3. Xatlov natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha Respublika ishchi guruhiga takliflar kiritish.

2023 — 2026-yillar davomida

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

17.

Shovot tumanidagi “Katqal’a” qal’asi atrofida piyoda marshrutlarni tashkil qilish, ochiq drenaj tizimlari holatini yaxshilash, obodonlashtirish hamda savdo burchaklari va ovqatlanish punktlarini tashkil qilish.

1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hudud salohiyatini o‘rganish.

2. O‘rganish natijasiga ko‘ra, “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

3. Hududda sayyohlar uchun zarur sharoitlarni yaratish.

2023 — 2026-yillar davomida

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

II. Turizm sohasida yangi xizmat turlarini kengaytirish va xizmat sifatini yaxshilash

18.

Xorazm viloyatidagi mavjud tabiiy va sun’iy ko‘llarni qamrab olgan “Khorezm ecoring” ekoturizm halqasini tashkil qilish.

1. Viloyatdagi mavjud tabiiy va sun’iy ko‘llarni xatlovdan o‘tkazib, manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

2. “Khorezm ecoring” ekoturizm halqasi konsepsiyasini ishlab chiqish.

3. “Khorezm ecoring” ekoturizm halqasiga kiradigan ko‘llarni yangi turistik marshrutlar tarkibiga kiritish.

2022-yil dekabr

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

19.

Xorazm viloyatida agroturizm yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida uzumch�lik, anor yetishtirish, olma yetishtirish yo‘nalishlarini inobatga olib, viloyatning salohiyatli hududlarida vinochilik degustatsiya markazlarini tashkil qilish.

1. Viloyatning salohiyatli hududlarini aniqlash.

2. Mazkur hududlarda tashkil qilinadigan degustatsiya markazlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

3. Belgilangan muddatlarda degustatsiya markazlarini ishga tushirish.

2022-2023-yillarda

Ijrochilar mablag‘lari va mahalliy budjet mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

20.

Xiva shahrida joylashgan “Ollaqulixon Karvonsaroyi”da quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi hunarmandchilik markazini tashkil qilish:

har xil turdagi sopol, keramika buyumlari va hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni yuzasidan mahorat saboqlari o‘tkazish va ularni sotish savdo nuqtalarini;

viloyatning barcha namunadagi gilamlar va Xorazm cho‘girmasi milliy bosh kiyimini tayyorlash jarayoni yuzasidan mahorat saboqlari tashkil etish bo‘yicha shou-rumlar (showroom) �ratish va ularni sotish savdo nuqtalarini;

quruq va turli mevalar, ziravorlar va ko‘plab poliz ekinlarini sotish uchun qadimiy ko‘rinishdagi “Sharq bozori”ni.

1. Hunarmandchilik markazining konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan konsepsiyasini tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro kelishish va tasdiqlash.

3. Tasdiqlangan konsepsiyaga asosan hunarmandchilik markazini tashkil qilish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Hunarmand uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

21.

Madaniy meros obyektlari hududida sayyohlarga namoyish qilish uchun qo‘l mehnati asosida Xiva gilamlarini tayyorlash bo‘yicha kasanachilik ustaxonalarini tashkil qilish.

1. Turistlar ko‘p tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlarini aniqlash.

2. Aniqlangan obyektlarda Xiva gilamlari tayyorlash bo‘yicha kasanachilik ustaxonalarini tashkil qilish.

2022 — 2024-yillar davomida

Tashabbuskorlar mablag‘lari, tijorat banklari kredit mablag‘lari

“Hunarmand” uyushmasi, Madaniy meros agentligi, Xorazm viloyati hokimligi

22.

Xiva shahrida “G‘ovuq-ko‘l” ko‘li bo‘yida turistik majmua tashkil qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

1. Turistik majmua tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki huquqiy hujjatlarni tayyorlash.

2. Turistik majmuada muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi, ko‘l bo‘yini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, akvapark, ko‘ngilochar bog‘, mehmonxona, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, savdo maydonchasi va boshqalarni tashkil qilish, zamonaviy attraksionlar va ko‘ngilochar obyektlar o‘rnatish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-2024-yillar davomida

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

23.

Xiva tumanidagi “Bibi Xojar” maqbarasida ziyoratchilar uchun sharoit yaratish (maqbara hududini obodonlashtirish, unda savdo va ovqatlanish punktlarini yaratish).

1. Ziyoratchilar uchun sharoit yaratish maqsadida hududning salohiyatini o‘rganish.

2. O‘rganish natijasiga ko‘ra, “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

2023-2024-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

24.

Yangibozor tumanidagi tabiat yodgorliklarining sayyohlarga namoyishini tashkil qilish imkoniyatlarini o‘rganish.

1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hududning salohiyatini o‘rganish.

2. O‘rganish natijasiga ko‘ra, “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

2023-2024-yillar davomida

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

24.

Hazorasp tumanidagi “Hazorasp qal’a”si negizida turistik majmua tashkil qilish ishlarini amalga oshirish.

1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hududning salohiyatini o‘rganish.

2. O‘rganish natijasiga ko‘ra, “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

2023-2024-yillar davomida

Tashabbuskorlar mablag‘lari, tijorat banklari kredit mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

25.

Viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarni tashkil etish choralarini ko‘rish.

1. Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etish bo‘yicha salohiyatli hududlarni aniqlash.

2. Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar loyihalarini ishlab chiqish va tashkil etish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari

26.

Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan shahar (tuman)lar ko‘chalarida milliy va xorijiy taomlarga ixtisoslashgan gastronomik ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etish. Bunda, ushbu ko‘chalarda ko‘chma savdo obyektlari faoliyatini �o‘lga qo‘yish.

1. Gastronomik ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etish bo‘yicha salohiyatli hududlarni aniqlash.

2. Gastronomik ko‘ngilochar ko‘chalar loyihalarini ishlab chiqish va tashkil etish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari

27.

Viloyatda Yaponiya davlatining ilg‘or tajribasi asosida mahalliy va xorijiy turistlarni hordiq chiqarishlari uchun qo‘shimcha turistik obyekt tashkil etish maqsadida “Tematik parklar”ni tashkil qilish.

1. Viloyatda “Tematik parklar” tashkil qilish imkoniyati mavjud hududlarni aniqlash.

2. “Tematik parklar” tashkil qilish bo‘yicha yagona konsepsiya ishlab chiqish. Bunda Yaponiya davlatining ilg‘or tajribasidan foydalanish.

3. Viloyatda 1-2 ta “Tematik park” tashkil qilish.

2023 — 2026 �illar davomida

Tashabbuskorlar mablag‘lari, tijorat banklari kredit mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

28.

Xorazmning qadimiy hunarmandchiligi, xususan, kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, pichoqchilik, ganjkorlik, gilamchilik, yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, misgarlik, rixtagarchilik yo‘nalishlarida hunarmandlik markazlari sonini oshirish bo‘yicha hududlarni belgilash va loyiha takliflarini ishlab chiqish.

1. Loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash.

2. Loyihalarning tarmoq jadvalini ishlab chiqish va kelishish.

3. Belgilangan muddatlarda loyihalarni ishga tushirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

“Hunarmand” uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi

29.

Quyidagi yangi sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish:

tarixiy-ilmiy;

tarixiy-etnik;

madaniy-ko‘ngilochar;

ekologik, tabiat qo‘ynida dam olish.

1. Yangi yaratiladigan sayyohlik yo‘nalishlariga mos salohiyatli hududlarni aniqlash.

2. Yangi sayyohlik yo‘nalishlarini targ‘ib qiluvchi reklama materiallarini tayyorlash.

3. Yangi sayyohlik yo‘nalishlarini turizm marshrutlariga kiritish choralarini ko‘rish.

2023 — 2026-yillar davomida

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

30.

Arxeologik qazilmalar topilmalari va badiiy suratlar namunalaridan qadimiy “Hazorasp qal’a”si muzeyini tashkil qilish.

1. Muzeyni tashkil qilish bo‘yicha dastlabki hujjatlarni tayyorlash.

2. Muzeyni tashkil qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Muzey faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

III. Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash

31.

Xorazm viloyatida gid-tarjimon sifatida faoliyat olib borish maqsadida bo‘lgan talabgorlarni o‘qitish va ularga faoliyat olib borishi uchun sertifikat berish.

1. Talabgorlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish va sertifikat taqdim qilish.

2022-yil noyabr

Ijrochilar va grant mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

32.

Hududda turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida 2022-2023-yillar davomida Urganch davlat universitetiga dunyoning turizm sohasida ilg‘or ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini jalb etish choralarini ko‘rish.

1. Turizmning Xorazm viloyatiga xos yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha dunyoning ilg‘or ta’lim muassasalari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ushbu muassasalar tajribasini chuqur o‘rganish.

3. Mazkur muassasalarning professor-o‘qituvchilarini qisqa muddatlarga tajriba almashish uchun Urganch davlat universitetiga jalb qilish.

2022-2023-yillar

Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

33.

Turizm sohasida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni chet davlatlarda malakasini oshirish tizimini yo‘lga quyish.

1. Hamkor vazirlik va idoralar o‘rtasida qo‘shma qaror va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Mazkur tizim orqali “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali iqtidorli va iste’dodli yoshlarni xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborish.

2022 — 2026-yillarda

Ijrochilar mablag‘lari

Tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar

34.

Turizm sohasida xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida belgilangan tartibda Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) va Germaniya xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti (GIZ) hamda Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA) bilan hamkorlikda viloyat turizm sohasiga 2023 — 2026-yillarda xalqaro grantlarni ajratish strategiyasini ishlab chiqish.

1. Belgilangan tartibda Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) va Germaniya xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti (GIZ) hamda Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA) bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

2. Xorazm viloyatida turizm sohasiga 2023 — 2026-yillarda xalqaro grantlarni ajratish strategik loyihasini ishlab chiqish.

3. Xalqaro grantlarni ajratish choralarini ko‘rish.

2023 — 2026-yillarda

-

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

IV. Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targ‘ib qilish

35.

Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda oilaviy mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish.

1. Oilaviy mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Grafikka asosan targ‘ibot olib borish.

2022-yil sentyabr oyidan boshlab doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

36.

Xorijiy mamlakatlarda Xorazm viloyatining turizmi salohiyatini manzilli targ‘ib qilish choralarini ko‘rish.

1. Viloyatdagi turizm salohiyati yuqori bo‘lgan turizm turlarini aniqlash va ro‘yxatini shakllantirish.

2. Aniqlangan turizm turlari bo‘yicha xorijiy turistlar tashrif buyuradigan, salohiyati yuqori bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Ro‘yxatga asosan manzilli targ‘ibot dasturlarini ishlab chiqish.

4. Xorijiy mamlakatlarga Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha 5 — 10 kishilik delegatsiyalarni jo‘natish.

2022-yil sentyabr oyidan boshlab doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

37.

Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi yoki Xiva shahridagi “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi qoshida “Young creators tourism” klubini tashkil qilish orqali turizm sohasiga qiziquvchi yoshlarni jalb qilgan holda, yoshlar o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirishda amaliy yordamlar ko‘rsatish.

1. “Young creators tourism” klubi nizomini ishlab chiqish.

2. Klub faoliyati bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash.

3. Klubni tashkil qilish.

2022-yil oktyabr

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Xorazm viloyati hokimligi

38.

Xorazm vil�yatining turistik salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida turizm tashrif obyektlari bo‘ylab infoturlar tashkil etish.

1. Infoturlarda ishtirok etuvchi turoperatorlar, OAV vakillari va blogerlar ro‘yxatni shakllantirish.

2. Infoturlarni yuqori saviyada tashkil etish, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda #-khorezm xeshtegi bilan targ‘ib qilish.

3. Turoperatorlar o‘rtasida “V2V” uchrashuvlar tashkil qilish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

39.

Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida targ‘ibot materiallarini tayyorlash, xorijiy davlatlar va respublikada o‘tkaziladigan nufuzli turistik ko‘rgazmalarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targ‘ib qilish.

1. Xorazm viloyatining turistik salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida targ‘ibot materiallarini tayyorlash.

2. Xorijiy va mahalliy turistik ko‘rgazmalarda hududning turizm salohiyatini targ‘ib qilish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar va grant mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

40.

Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yorituvchi turkum ko‘rsatuvlar tayyorlash.

Hududning turistik salohiyati, sayyohlarga yaratilgan imkoniyatlar, tarixiy va madaniy meros obyektlari to‘g‘risida turkum (targ‘ibot) ko‘rsatuvlarni tayyorlash hamda efir va internet tarmoqlarida joylashtirish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari

41.

Respublika yoshlarini Xiva shahridagi “Ichon-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi, “Nurullaboy” saroyi, Urganch tumanidagi “Ulli Hovli” majmuasi va Bog‘ot tumanidagi “Qal’ajiq qal’a” majmualariga sayohat aksiyasini tashkil etish.

1. Aksiyani o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh shtabini tuzish.

2. Aksiyani o‘tkazish bo‘yicha reja-dastur ishlab chiqib, tasdiqlash va aksiya ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish.

3. Dasturga asosan aksiya o‘tkazish hududlarini (mehmonxona, transport, muzeylar va umumiy ovqatlanish shoxobchalarini) tayyorlash.

4. Ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarining yozgi ta’til kunlarda sayohat aksiyalarini o‘tkazish.

Har yili

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

42.

Aholi va yoshlar orasida turizm sohasida yangi ishlanmalar yaratish va hududning sayyohlik salohiyatini targ‘ib etish.

1. Xorazm viloyatida “Yoshlar va turizm” konferensiyasini tashkil etish.

2. Xorazm viloyatida “Yosh hunarmandlar” festivalini o‘tkazish.

3. “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturiga asosan tanlovlarni tashkil etish va #-tourismchallange, #-tourismexchange kabi maxsus xeshteglar joriy etish.

4. Tashkil etilgan tadbirlarga respublikaning barcha hududlaridan yoshlar jamoalarini taklif qilish va ularning ishtirokini ta’minlash.

Har yili iyun oyida

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

43.

Turizm sohasi rahbarlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvlarni tashkil etish.

1. Uchrashuvlar grafigini tasdiqlash.

2. Turizm sohasiga qiziqadigan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Uchrashuvlarni o‘tkazish va yoshlar takliflarini amaliyotga tatbiq etish.

Har yili kamida ikki marotaba

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi

44.

Turizm sohasida tashkil etiladigan tadbirlar, konferensiyalar va turli xil aksiyalarni ijtimoiy reklama sifatida ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, tashqi reklama vositalarini (bannerlar va tashqi ekranlar uchun videoroliklar) tayyorlash va o‘rnatish orqali targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

1. Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlardagi tashqi reklama obyektlarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Mazkur hududlarda qo‘shimcha yangi tashqi reklama obyektlarini o‘rnatish.

3. Ushbu hududlardagi tashqi reklama obyektlarida turizm sohasida tashkil etiladigan tadbirlar, konferensiyalar va turli xil aksiyalarni ijtimoiy reklama sifatida doimiy yoritib borish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi

V. Madaniy ko‘ngilochar tadbir va festivallar o‘tkazish

45.

Xiva shahrida “Qo‘g‘irchoqlar” festivalini o‘tkazish.

1. Festival o‘tkazish joyini aniqlash.

2. Festival bilan bog‘liq sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

3. Festivalni yuqori saviyada o‘tkazish.

2022-yildan boshlab doimiy ravishda

Mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

46.

“Ichon-qal’a” davlat muzeyi qo‘riqxonasi majmuasini ommalashtirish hamda �unyo hamjamiyatidagi tutgan nufuzini mustahkamlash maqsadida ushbu obyektga tutash hududlarda xorijiy mamlakatlarning milliy bayramlari, madaniy tadbirlari, festivallari va shu kabi boshqa yirik tadbirlarini o‘tkazish maqsadida kelgusi yil uchun yillik reja-grafikini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Xorijiy mamlakatlarning milliy bayramlari, madaniy tadbirlari, festivallari va shu kabi boshqa yirik tadbirlarini o‘tkazish maqsadida kelgusi yil uchun yillik reja-grafikini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan reja-grafikni tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro kelishish va tasdiqlash.

2022-yildan boshlab doimiy ravishda

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Talab etiladigan mablag‘

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish

1.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasining ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida mahalliy aholi va sayyohlar gavjum bo‘ladigan joylarda 4 ta “Workout” sport maydonchalarini tashkil qilish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ko‘chaning ikki yon tomonida tashkil qilinishi mo‘ljallangan “Workout” sport maydonchalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

2. Obyektlarning foydalanishga topshirilishini ta’minlash.

2022-yil davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

2.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasining ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida sayyohlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan oziq-ovqat do‘konlarini, shopping turizm obyektlari, hunarmandchilik mah�ulotlari savdo rastasini tashkil qilish.

1. Tashabbuskorlarni aniqlash.

2. Obyektlarning foydalanishga topshirilishini ta’minlash.

2022-2023-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Tashabbuskor mablag‘lari

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

3.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasining ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida sayyohlar va mahalliy aholi gavjum joylarda kamida 2 ta dorixona tashkil qilish.

1. Tashabbuskorlarni aniqlash.

2. Dorixonalarni foydalanishga topshirish.

2022-2023-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Tashabbuskor mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

4.

Sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida chet el valyuta ayirboshlash shoxobchalarini tashkil qilish.

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari joylashtiriladigan hududlarni belgilash hamda ularni foydalanishga topshirish.

2022-2023-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Tijorat banklari kreditlari mablag‘lari

Markaziy bank, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

5.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasida transport vositalari qatnovi uchun 2 ta aqlli bekat, namunaviy loyiha asosida 2 ta turizm axborot markazi va sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil qilish. Xiva shahri Alleya maydoni hududida namunaviy loyiha asosida 2 ta turizm axborot markazi va sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ko‘chaning ikki yon tomonida tashkil qilinishi mo‘ljallangan aqlli bekatlarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

2. Obyektlarning foydalanishga topshirilishini ta’minlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Transport vazirligi

II. Turizm va yondosh infratuzilmani rivojlantirish

6.

Tashrif buyuruvchilar uchun ikkita hududda 40 ta turistik yo‘l ko‘rsatkich belgilarini o‘zbek, rus va ingliz tillarda o‘rnatish (O‘z DSt 3331 ga binoan turizm sohasida navigatsiya tizimining axborot belgilari bilan jihozlash).

1. Turistik yo‘l ko‘rsatkichlar o‘rnatiladigan hududlarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

2. Turistik yo‘l ko‘rsatkichlarning belgilangan hududlarda o‘rnatilishini ta’minlash.

2023-2024-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, tadbirkorlik subyektlari

7.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasining ikki yon tomonida 2,8 kilometr piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil qilish.

1. Loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov (tender) o‘tkazilishini ta’minlash.

3. Qurilish ishlarini amalga oshirish, obyektning belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini ta’minlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros v�zirligi

8.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasida 50 ta o‘rindiq, 40 ta chiqindi qutisi, 60 ta chiqindi yig‘adigan punkt (konteyner)ni o‘rnatish.

1. Ko‘chaning ikki yon tomonida o‘rnatilishi mo‘ljallangan chiqindi qutilarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

2. Loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov (tender) o‘tkazilishini ta’minlash.

3. Obyektlarning foydalanishga topshirilishini ta’minlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

9.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasida musiqali favvora tashkil qilish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov (tender) o‘tkazish.

3. Obyektni foydalanishga topshirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

10.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasining ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida tematik 10 ta selfi zonasi, 25 ta kichik arxitektura shakllarini tashkil qilish, 2 ta kompozitsion stella o‘rnatish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, obyektlarning manzilli ro‘yxatni shakllantirish.

2. Tashabbuskorlarni aniqlash.

3. Obyektlarni foydalanishga topshirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

11.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasining ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida 4 ta veloturargoh tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov (t�nder) o‘tkazish.

3. Obyektlarni foydalanishga topshirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

III. Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tizimini yaxshilash

12.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasida 112 ta hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida 160 ta tungi gul bezaklarini o‘rnatish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov (tender) o‘tkazish.

3. Obyektlarni foydalanishga topshirish.

2023-2024-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

13.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasi hududida va Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini yo‘lga qo‘yish.

1. Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasida 2,8 kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish va Internetga simsiz keng polosali kirish qurilmalarini o‘rnatish.

2. Xiva shahridagi Alleya maydonida 2,0 kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish va Internetga simsiz keng polosali kirish qurilmalarini o‘rnatish.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

14.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasining 1,4 kilometr yo‘l infratuzilmasini joriy ta’mirlash.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov (tender) o‘tkazilishini ta’minlash.

2. Loyihani belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini ta’minlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Turizm obyektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qaroriga 1-ilovada)

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

15.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasida 2,8 kilometr ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni 2,0 kilometr hududlarida elektr energiyasi tarmog‘ini yaxshilash, 4 ta transformator o‘rnatish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov (tender) o‘tkazilishini ta’minlash.

2. Obyektlarning belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini ta’minlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

16.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasida 112 ta hamda Xiva shahridagi Alleya maydonida 160 ta tungi yoritgich (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, quyosh batareykalari) chiroqlarini o‘rnatish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov (tender) o‘tkazilishini ta’minlash.

2. Obyektlarning belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini ta’minlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

17.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud ko‘chasida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har xil turdagi ko‘chatlar ekish (2 000 ta tut, 1 600 ta gujum, 15 000 ta har xil turdagi gul ko‘chatlari).

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Pudrat tashkilotlari o‘rtasida tanlov (tender) o‘tkazilishini ta’minlash.

3. Obyektlarning belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini ta’minlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

O‘rmon xo‘jali�i davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

T/r

Tuman (shahar) nomi

Loyiha tashabbuskori

Loyihaning maqsadi

Loyiha quvvati

Loyihaning umumiy qiymati

(mln so‘m)

shu jumladan, moliyalashtirish manbalari

Yaratiladigan yangi ish o‘rinlari

Loyihani amalga oshirish muddati

Xizmat ko‘rsatuvchi bank

o‘lchov birligi

natura

mln so‘m

o‘z mablag‘i

(mln so‘m)

Kredit mablag‘i

(mln so‘m)

Jami 30 ta loyiha

x

x

39 670

96 692

44 950

51 742

362

1.

Urganch shahri

“Samira Xotel” OK

oilaviy mehmon uyi tashkil etish

o‘rin

8

150

162

50

112

5

2022-yil sentyabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

2.

Urganch tumani

“Jannat-Nur-Jannat” XK

motel va umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil etish

o‘rin

20

800

4 200

2 200

2 000

20

2022-yil sentyabr

“Agrobank” ATB

3.

Yangiariq tumani

“Sulaymon Xadicha market” OK

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

30

1 500

4 800

2 800

2 000

13

2022-yil sentyabr

“Agro bank” ATB

4.

Xonqa tumani

“Asil Javohur Bek” MChJ

turistik sinfga mansub mikroavtobus sotib olish

dona

2 ta

(20 o‘rinli)

250

1 140

300

840

9

2022-yil sentyabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

5.

Urganch shahri

“Xorazm zilol” XK

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

20

1 000

2 480

1 500

980

13

2022-yil sentyabr

AT “Aloqa bank”

6.

Urganch shahri

“Fariza-Farangiz” oilaviy korxonasi

mehmonxona va umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil etish

o‘rin

22

1 200

2 000

500

1 500

11

2022-yil sentyabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

7.

Urganch tumani

“Jasmin Urganch travel” OK

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

35

1 000

2 500

1 000

1 500

13

2022-yil sentyabr

“Agro bank” ATB

8.

Xiva shahri

“Everest Beton” MChJ

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

30

1 500

5500

3500

2000

40

2022-yil sentyabr

“Milliy bank” AJ

9.

Gurlan tumani

“Xudaybergan Bobo Suxrob” FX

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

20

600

4 500

3 000

1 500

11

2022-yil sentyabr

“Agro bank” ATB

10.

Urganch shahri

“Urganch qurilish elektro montaj” XK

mehmonxona va restoran tashkil etish

o‘rin

15

750

2 900

1 500

1 400

13

2022-yil oktyabr

AT “Aloqa bank”

11.

Urganch shahri

“Xorazm oltin zamin” MChJ

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

10

450

3 500

1 500

2 000

10

2022-yil oktyabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

12.

Urganch shahri

“Urganch Palas” MChJ

mehmonxona faoliyatini kengaytirish

o‘rin

60

3 000

6 500

1 500

5 000

10

2022-yil oktyabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

13.

Xiva shahri

“Pearl Khiva” UK

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

50

2 500

3 400

2 000

1 400

10

2022-yil oktyabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

14.

Xiva shahri

“Cafe Terrassa Khiva” OK

xostel tashkil etish

o‘rin

40

2 000

2 300

800

1 500

11

2022-yil oktyabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

15.

Xiva shahri

“Xorazm darvoza g‘uncha” MChJ

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

120

6 000

4 000

2 000

2 000

9

2022-yil oktyabr

“Milliy bank” AJ

16.

Bog‘ot tumani

“Bog‘ot Mega Star Kemping” MChJ

mehmonxona va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish

o‘rin

20

600

3 500

2 000

1 500

11

2022-yil oktyabr

AT “Xalq bank”

17.

Bog‘ot tumani

“Qalajiqqal’a oazis ekoturizm” FX

turistik majmua (mehmonxona, milliy uslubdagi o‘tov uylar, restoran, suzish havzasi, sog‘lomlashtirish markazi, hunarmandchilik rastalari va boshqalar) tashkil etish

o‘rin

80

3 200

9 000

5 000

4 000

18

2022-yil oktyabr

“Ipoteka-bank” ATIB

18.

Urganch shahri

“Fayz” FX

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

10

450

2 800

800

2 000

10

2022-yil noyabr

AT “Xalq bank”

19.

Gurlan tumani

“Gurlan Bexruz” XK

mehmonxona faoliyatini kengaytirish

o‘rin

20

600

3 200

1 200

2 000

16

2022-yil noyabr

AT “Aloqa bank”

20.

Xiva shahri

“Khiva Khan” oilaviy korxonasi

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

20

1 000

570

500

70

4

2022-yil noyabr

“Mikrokredit bank” ATB

21.

Xiva shahri

“Dilrabo-Tekstil” MChJ

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

20

1 000

1 500

700

800

7

2022-yil noyabr

“Mikrokredit bank” ATB

22.

Urganch shahri

“Solar NRG Group” MChJ

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

8

320

2 000

800

1 200

10

2022-yil noyabr

AT “Aloqa bank”

23.

Xiva shahri

“Amina Zaynab” oilaviy korxonasi

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

25

1 300

1 840

1 000

840

9

2022-yil noyabr

“Mikrokredit bank” ATB

24.

Xiva shahri

“Xiva Sitarabonu” oilaviy korxonasi

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

20

1 000

1 400

700

700

9

2022-yil dekabr

“Mikrokredit bank” ATB

25.

Xiva tumani

“Parchanhos city” MChJ

Turizm va dam olish kompleksini tashkil qilish

o‘rin

50

300

1 800

400

1 400

10

2023-yil yanvar

“Qishloq qurilish bank” ATB

26.

Urganch shahri

“Urganch real hotel” MChJ

mehmonxona faoliyatini kengaytirish

o‘rin

50

2 500

5 000

2 000

3 000

13

2023-yil yanvar

“Ipoteka-bank” A�IB

27.

Urganch shahri

“Amir exim trading” XK

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

22

1 200

6 000

2 000

4 000

11

2023-yil fevral

“Ipoteka-bank” ATIB

28.

Xiva shahri

“Minor” oilaviy korxonasi

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

30

1 500

3 000

1 000

2 000

11

2023-yil mart

“Mikrokredit bank” ATB

29.

Xiva shahri

“Erkinov and go” MChJ

mehmonxona tashkil etish

o‘rin

20

1 000

2 200

1 500

700

10

2023-yil iyun

“Mikrokredit bank” ATB

30.

Urganch tumani

“Xiva Bilol servis” XK

aholi va turistlar uchun dam olish maskani tashkil qilish

o‘rin

100

1 000

3 000

1 200

1 800

15

2023-yil avgust

AT “Aloqa bank”