28.09.2022 yildagi 545-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonida belgilangan koʻrsatkichlarga erishish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, ichki va xorijiy turizm bozorlari uchun hududning jozibadorligini oshirish, turizm, madaniy meros, madaniyat va sanʼat sohalari infratuzilmasini yaxshilash, yangi turizm xizmatlarini joriy qilish, milliy hunarmandchilik mahsulotlari turlarini koʻpaytirish, sohada yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatini yanada oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolboʻyi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-maʼrifiy salohiyatini yanada oshirish boʻyicha “Orol orzusi” dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, Turizm va madaniy meros vazirligining budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan quyidagi targʻibot tadbirlarini amalga oshirish uchun mablagʻlar ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi (keyingi oʻrinlarda — hudud), ayniqsa, Moʻynoq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va turizm salohiyatini targʻib qiluvchi matnli, video materiallarni qoraqalpoq, oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va radioda muntazam yoritib borish hamda turistik obyektlarga tarqatishni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, bloger va vlogerlar ishtirokida infoturlar tashkil qilish va ularni yoritib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolboʻyi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-maʼrifiy salohiyatini yanada oshirish boʻyicha “Orol orzusi” dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatga ega boshqa obyektlar) hamda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda turizmning safari, ekstremal, etno turlari boʻyicha oʻziga xos turizm yoʻnalishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududda yangi yoʻlovchi transporti (avtobus, mikroavtobus va boshqalar) yoʻnalishlarini kengaytirish, ularning muntazam qatnovlarini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, daraxtlar nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, oʻrmonzorlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek, antropogen faoliyatning atrof muhitga salbiy taʼsirining oldini olish va kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi ikki oy muddatda Ellikqalʼa tumanidagi “Sharq yulduzi” ovul fuqarolari yigʻinining “Aqchakoʻl” hududida turistik dam olish maskanlari, savdo-koʻngilochar xizmatlarini tashkil etish va shu maqsadda zarur infratuzilmani barpo qilish boʻyicha hududning bosh rejasi ishlab chiqilishini taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Turizm va madaniy meros vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda Moʻynoq tumanida yoʻqolib borayotgan tarixiy “baliqchilar uylari” va ularga oid obyektlarni xatlov va ekspertizadan oʻtkazsin hamda xulosalarga koʻra ularni belgilangan tartibda madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Hunarmand” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda hududdagi hunarmandlar tomonidan yaratiladigan suvenir mahsulotlar turlarini koʻpaytirish, suvenir mahsulotlarida qoraqalpoq, Orol va Moʻynoq anʼanalari timsoli va dengizni tasvirlovchi jarayonlarni aks ettirish hamda ularning Toshkent, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarida savdosini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan 2022-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasida gid-ekskursovod sifatida faoliyat olib borish istagini bildirgan talabgorlarga tegishli maxsus amaliy oʻquv kursini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2022-yil sentyabr oyida Ahmad Yassaviy tariqati davomchisi Hakim ota (Sulaymon Boqirgʻoniy) tavalludining 900 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyani yuqori saviyada tashkil qilish va targʻibot materiallari (Sulaymon Boqirgʻoniyning hayoti va ijodiga bagʻishlangan videorolik, tarqatma maʼlumotlar)ni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlar va respublikada oʻtkaziladigan nufuzli turistik koʻrgazmalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatini keng targʻib qilish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Chimboy tumani “Kokshiqalʼa” mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borayotgan oʻtov (qora uy) tayyorlovchi hunarmandlar ustaxonalarini milliy koʻrinishda taʼmirlash va hududni obodonlashtirish ishlarini tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Turizm va madaniy meros vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolboʻyi muammolari, ularni bartaraf etish hamda mintaqada turizmni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan jahon hamjamiyatini yaqindan tanishtirish, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar grantlari va investorlarning mablagʻlarini hududga jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy hamkorlar uchun “Orolboʻyi ezgu niyat elchilari” xalqaro muloqot platformasini tashkil etish va Moʻynoqda xalqaro konferensiya oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar tomonidan Orolboʻyi mintaqasining iqlimiga mos daraxt hamda saksovul koʻchatlarini ekishni targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikadagi yoshlarning Moʻynoq tumaniga tashrifini tashkil etish, mahalliy yoshlar ishtirokida madaniy-koʻngilochar tadbir va ekologik aksiyalar tashkil etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasining har bir shahar va tumanlaridan 500 nafardan fuqarolarni respublikaning turistik hududlariga sayohatlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar va Toshkent shahridagi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli (yetti kundan kam boʻlmagan) kurslarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi bilan birgalikda respublikaning turistik hududlariga sayohatlarni hamda qisqa muddatli kurslarni tashkil etish grafigini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Turizm va madaniy meros vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorda belgilangan vazifalarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini taʼminlasin, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga har oy yakuni bilan kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 28-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
545-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 545-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

2022-y.

2023-y.

2024-y.

2025-y.

2026-y.

1.

Ichki turistlar tashrifi soni (ming kishi)

552

663

774

885

996

2.

Xorijiy turistlar soni (ming kishi)

50

80

110

150

180

3.

Xizmatlar eksporti (mln AQSh doll)

13,5

25

36,5

48

59,5

4.

Joylashtirish vositalaridagi xonalar soni

1 005

1 200

1 360

1 555

1 905

5.

Mehmonxonalardagi xonalar fondining bandlik darajasi

35,0

43,0

51,0

59,0

74,0

6.

Joylashtirish vositalaridagi oʻrinlar soni

1 990

2 260

2 520

2 850

3 370

7.

Mehmonxonalar soni (dona)

36

40

42

44

50

8.

Oilaviy mehmon uylari soni (dona)

48

57

66

78

92

9.

Xostellar soni (dona)

23

29

35

41

48

10.

Internet (4G va 5G texnologiyalarini hisobga olgan holda) qamrovi darajasini oshirib borish

10

12

14

16

20

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Prognoz qilinayotgan maqsadli koʻrsatkichlarga turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 545-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun masʼullar

I. Turizm infratuzilmasini tashkil qilish

1.

Beruniy tumanida joylashgan “Sulton Uvays bobo” ziyoratgohi yonidagi “Munojat” togʻi hududida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida turizm infratuzilmasini yaxshilash.

1. “Sulton Uvays bobo” ziyoratgohidan “Munojat” togʻigacha boʻlgan 3 kilometr masofadagi yoʻlni asfaltlash.

2. Asfalt yoʻl yoqasiga piyodalar yoʻlakchasini yotqizish.

3. “Sulton Uvays bobo” ziyoratgohidan “Munojat” togʻigacha boʻlgan 3 kilometr masofada elektr energiyasini tortish va yoritish uskunalarini oʻrnatish.

4. “Munojat” togʻiga chiqish va tushish zinalarini zamonaviy koʻrinishda qayta taʼmirlash, zinalar boʻylab dam olish oʻrindiqlarini oʻrnatish.

5. “Munojat” togʻida Sulton Uvays Qaroniyning tizzasi oʻrni qolgan va tishlari singan joylarni muhofaza zonasi bilan qoplash va atrofini obodonlashtirish.

2022-2023-yillar

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, mahalliy budjet va grant mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniy meros agentligi

2.

Toʻrtkoʻl tumanidagi “Janbasqalʼa” OFY hududida joylashgan “Oʻrdak koʻl” koʻli boʻyida “Fishing tur”, “Tuya tur”, oʻtov lagerlari, konteynerlar, mehmon uylari, eko bogʻ, suv plyaji, plyaj futboli, plyaj voleyboli, ovqatlanish va dam olish maskanini tashkil qilish.

1. “Oʻrdak koʻl” hududiga olib boruvchi 3 kilometr ichki yoʻlni taʼmirlash (ShPS yotqizish).

2. “Oʻrdak koʻl” hududiga olib boruvchi 2,5 kilometrlik elektr tarmogʻini tortish.

3. Mahalliy va xorijiy turistlar uchun qulaylik yaratish maqsadida koʻl boʻyida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil qilish.

2022-yil davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

3.

Chimboy tumanidagi “Kokshiqalʼa” MFY hududida oʻtov (qora uy) tayyorlovchi hunarman?lar faoliyati uchun shart-sharoit yaratish.

1. “Kokshiqalʼa” mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borayotgan oʻtov (qora uy) tayyorlovchi hunarmandlar ustaxonalarini sayyohlar tashrif buyuradigan holatga keltirish, jumladan, ustaxonalarni milliy koʻrinishda taʼmirlash, hududni obodonlashtirish.

2022-yil noyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi

2. Mazkur hunarmandlar faoliyatini OAVda keng yoritish va turistik marshrutga kiritish.

Doimiy ravishda

4.

Moʻynoq tumanida aholi va xizmat koʻrsatish obyektlarini suv bilan taʼminlash uchun artezian quduqlarini qazish.

1. Aholi va xizmat koʻrsatish sohasi tadbirkorlari manfaatlarini hisobga olgan holda, tumanda artezian quduqlarini qazish nuqtalarini aniqlash.

2022-yil sentyabr

Grant, homiylar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi

2. Ushbu loyihalarga moliyalashtirishni jalb qilish maqsadida mahalliy va chet ellik donorlar bilan tegishli ishlarni tashkil etish va kelishuvlarga erishish choralarini koʻrish.

3. Kelishuvlarga asosan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash asosida artezian quduqlarini burgʻilash, suv chiqarish va lokal foydalanishga topshirishni taʼminlash.

2022-2023-yillar davomida

5.

Sayyohlar tashrif buyuradigan maskanlarda oʻrindiq, yoritish chiroqlari va axlat qutilarini oʻrnatish.

1. Sayyohlar tashrif buyuradigan maskanlarni aniqlash va oʻrnatiladigan oʻrindiq, yoritish chiroqlari, axlat qutilari nuqtalarini belgilash.

2022-yil sentyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, mahalliy budjet va masʼul ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi

2. Har bir obyektda oʻziga xosligidan kelib chiqib, oʻrindiq, yoritish chiroqlari, axlat qutilarini oʻrnatish.

2022-2023-yillar

6.

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi turistik namoyish obyektlariga olib boruvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida ax??rot yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

1. Ziyoratgohlar, asosiy shoh koʻchalar, turizm va madaniy meros obyektlariga olib boradigan yoʻl boʻyida oʻrnatiladigan yoʻl koʻrsatkichlari nuqtalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil sentyabr

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi

2. Shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha “Oʼz Dst 3331:2018” standarti asosida yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

2022-2023-yillar

7.

Boʻsh turgan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazgan holda salohiyatli hududlardan mehmonxona va xostellar qurish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini “E-AUKSION” kim oshdi savdolariga qoʻyish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2. Yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazib topotasvirlarni tayyorlash.

3. E-AUKSION” kim oshdi savdolari orqali realizatsiya qilish choralarini koʻrish. qoʻyish.

Tasdiqlangan reja-grafik asosida har chorakda

Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari, tijorat banki kreditlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

8.

Tashrif buyuruvchilarga Ustyurt platosi hududida qulayliklar yaratish.

1. “Sudochye” koʻli boʻyida va Ustyurtdagi birinchi koʻtarilishdagi tepalik hududida ayvonlar, oʻrindiq (skameyka), axlat qutilarini oʻrnatish, sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil qilish.

2. Orol dengiziga olib boruvchi avtomobil yoʻllarida “Orol” dengizi yoʻnalishini va masofasini koʻrsatuvchi yoʻl belgilarini oʻrnatish.

2022-2023-yillar

Mahalliy budjet, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va masʼul ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

II. Turizm sohasida yangi xizmat turlarini kengaytirish va xizmat sifatini yaxshilash

9.

Nukus shahridagi “Ashshikoʻl” koʻli, “Dosliq kanali” va Ellikqalʼa tumanidagi “Aqchakoʻl” koʻli atrofida plyaj-rekreatsion zonalari va direksiya tashkil qilish masalasini oʻrganib chiqish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Ishchi guruh tomonidan ushbu hududlarni oʻrganish.

2022-yil sentyabr

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

3. Oʻrganish yakuni boʻyicha tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil oktyabr

10.

Nukus shahridagi “Ashshikoʻl” koʻli, Boʻzatov tumanidagi “Dovudkoʻl” koʻli, Taxtakoʻpir tumani “Qarateren” OFY hududidagi “Borshitaoʻ” togʻi va “Qarateren” koʻli hududida ekoturizm maskani va plyaj zonalarini tashkil qilish.

1. Mazkur hududlarda turizm xizmatlarini tashkil etish uchun qarovsiz turgan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Xatlov natijalari boʻyicha ushbu yerlarni elektron onlayn-auksion orqali belgilangan tartibda investorlarga sotish.

2022-yil sentyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, mahalliy budjet va manfaatdor tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi

3. Tashabbuskorlar tomonidan ekoturizm maskani va plyaj zonalarini tashkil qilish.

4. Tashkil etilgan ekoturizm maskani va plyaj zonalarini OAV orqali targʻib qilish.

2022-2023-yillar davomida

11.

Qoʻngʻirot tumani “Davkesken” yodgorligi, “Barsakelmes” tuz koni va “Sariqamis” koʻlidan turistik obyekt sifatida foydalanish choralarini koʻrish.

1. Ishchi guruh tuzgan holda “Davkesken” yodgorligi, “Barsakelmes” tuz koni va “Sariqamis” koʻlining turistik imkoniyatlarini oʻrganish.

2. Ishchi guruhning ijobiy xulosasi olingan taqdirda, “Davkesken” yodgorligi, “Barsakelmes” tuz koni va “Sariqamis” koʻlini turistik marshrutlarga qoʻshish va ularga sayohatlar tashkil qilish.

3. “Davkesken” yodgorligi, “Barsakelmes” tuz koni va “Sariqamis” koʻli toʻgʻrisida targʻibot materiallarini tayyorlash.

2023-yil dekabr

Loyihalashtirish uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

12.

Amudaryo boʻyida yangi ekoturizm va dam olish maskanlarini barpo etish.

Nukus tumani hududidan kesib oʻtuvchiAmudaryo boʻyida ekoturizm maskanlari, umumiy ovqatlanish va mehmonxona xizmatlarini tashkil etishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish.

2022-2023-yillar

Bank kr?d?tlari va tadbirkorlar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi, tijorat banklari

13.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida gid-tarjimon sifatida faoliyat olib borish istagini bildirgan talabgorlarni oʻqitish va faoliyat olib borish uchun sertifikat berish.

1. Talabgorlar roʻyxatni shakllantirish.

2. Maxsus oʻquv kurslarini tashkil qilish va sertifikat taqdim qilish.

2022-yil oktyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

III. Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatini targʻib qilish

14.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining turistik salohiyatini targʻib qilish maqsadida turizm tashrif obyektlari boʻylab infoturlar tashkil etish.

1. Infoturda ishtirok etuvchi turoperatorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Infoturni yuqori saviyada tashkil etish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda #-karakalpakstan xeshtegi bilan targʻib qilish.

3. Turoperatorlar oʻrtasida V2V formatida uchrashuvlar tashkil qilish.

2022-2023-yillar

davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

15.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining turistik salohiyatini targʻib qilish maqsadida targʻibot materiallarini tayyorlash, xorijiy davlatlar va respublikada oʻtkaziladigan nufuzli turistik koʻrgazmalarda hududning turizm salohiyatini targʻib qilish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasining turistik salohiyatini targʻib qilish maqsadida targʻibot materiallarini tayyorlash.

2. Xorijiy va mahalliy turistik koʻrgazmalarda hududning turizm salohiyatini targʻib qilish.

2022-2023-yillar davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

16.

Sayyohlar koʻrishiga tavsiya etiladigan obyektlar, hududlar roʻyxatini shakllantirish.

1. Roʻyxatni tayyorlash, muntazam yangilab borish.

2. Tegishli maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2022-yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, grant va tadbirkorlar mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

17.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatini yorituvchi turkum koʻrsatuvlar tayyorlash.

Hududning turizm salohiyati, sayyohlarga yaratilgan imkoniyatlar, tarixiy va madaniy meros obyektlari toʻgʻrisida turkum targʻibot koʻrsatuvlarini tayyorlash va materiallar efir hamda internet tarmoqlarida joylashtirilishini taʼminlash.

2022-2023-yillar davomida

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo boʻylab” telekanali, ommaviy axborot vositalari

18.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari kesimida turistik interaktiv xaritani ishlab chiqish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasining diqqatga sazovor joylari boʻyicha tegishli axborot, foto va videomateriallarni yigʻish.

2. Yigʻilgan materiallar asosida interaktiv xaritani ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

IV. Madaniy-maʼrifiy va koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish

19.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq va boshqa tumanlarida (Taxtakoʻpir, Chimboy, Kegeyli va boshqalar) mahalliy va xorijiy turistlar uchun hududning gastronomik turizm salohiyatini targʻib qilishga qaratilgan “Orol baliqlaridan 99 xil taom” xalqaro gastronomik festivalini oʻtkazish.

1. Tadbirni oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.

2. Tadbir dasturi toʻgʻrisidagi targʻibot materiallarini tayyorlash va turoperatorlar dasturlariga kiritilishini taʼminlash.

3. Tadbir oʻtkaziladigan joylarda kerakli sharoitlarni yaratish.

4. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

Har yili sentyabr-oktyabr oylarida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari hamda grant va tadbirkorlar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oshpazlar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi

20.

Yoshlar turizmini rivojlantirish maqsadida “Stixiya” xalqaro elektron musiqa festivalini oʻtkazish.

1. Tadbirni oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.

2. Tadbir dasturi toʻgʻrisidagi targʻibot materiallarini tayyorlash va turoperatorlar dasturlariga kiritilishini taʼminlash.

3. Tadbir oʻtkaziladigan joylarda kerakli sharoitlarni yaratish.

4. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2023-yildan boshlab har yili may oyida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va grant mablagʻlari homiylar va manfaatdor tadbirkorlar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkonsert” DUK, Yoshlar ishlari agentligi, homiy tashkilotlar

21.

Ustyurt yassiligidagi ekstremal marshrut boʻylab “Muynak Ralli” avtomobil musobaqasini tashkil qilish va oʻtkazish.

1. Tadbirni oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.

2. Tadbir dasturi toʻgʻrisidagi targʻibot materiallarini tayyorlash va turoperatorlar dasturlariga kiritilishini taʼminlash.

3. Tadbir oʻtkaziladigan joylarda kerakli sharoitlarni yaratish.

4. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2023-yildan boshlab har yili may oyida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, grant, homiylar va boshqa qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Vatanparvar” MKT, Turizm va madaniy meros vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Moʻynoq tumanida sayyohlar uchun “NavrUz” etnofestivalini oʻtkazish.

1. Tadbirni oʻtkazish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.

2. Tadbir dasturi toʻgʻrisidagi targʻibot materiallarini tayyorlash va turoperatorlar dasturlariga kiritilishini taʼminlash.

3. Tadbir oʻtkaziladigan joylarda kerakli sharoitlarni yaratish.

4. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2023-yildan boshlab har yili mart oyida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, grant, homiylar va boshqa qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, ommaviy axborot vositalari

23.

Respublikaning turistik imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Moʻynoq tumanida milliy ot oʻyinlari festivalini oʻtkazish.

1. Tadbirni oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.

2. Tadbir dasturi toʻgʻrisidagi targʻibot materiallarini tayyorlash va turoperatorlar dasturlariga kiritilishini taʼminlash.

3. Tadbir oʻtkaziladigan joylarda kerakli sharoitlarni yaratish.

4. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2023-yildan boshlab har yili aprel oyida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, grant, homiylar va boshqa qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

24.

Ahmad Yassaviy tariqati davomchisi Hakim ota (Sulaymon Boqirgʻoniy) tavalludining 900 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya tashkil qilish.

1. Konferensiyani oʻtkazish yuzasidan tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.

2022-yil sentyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, grant, homiylar va boshqa qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2. Konferensiyani yuqori saviyada tashkil qilish.

3. Xalqaro konferensiya doirasida Hakim ota (Sulaymon Boqirgʻoniy)ning hayoti va ijodiga bagʻishlangan qoraqalpoq, oʻzbek, ingliz tillarida broshyuralar chop etish va targʻibot materiallari (videorolik, tarqatma maʼlumotlar)ni tayyorlash choralarini koʻrish.


2022-yil oktyabr

25.

Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori Bazarbay Nadirov nomidagi akademik vokal (opera) yoʻnalishi boʻyicha yosh ijrochilarning romansiada xalqaro koʻrik-tanlovini har uch yilda bir marta oʻtkazish.

1. Tanlovni tashkil etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish hamda tanlov ishtirokchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xarajatlar smeta loyihasini ishlab chiqish.

3. Tanlovni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2023-yildan boshlab

har uch yilda bir marta

Mahalliy budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

26.

Amudaryo tumanida har ikki yilda bir marta may oyida Respublika bolalar folklor festivalini oʻtkazish.

1. Tanlovni tashkil etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish hamda tanlov ishtirokchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xarajatlar smeta loyihasini ishlab chiqish.

3. Tanlovni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2024-yildan boshlab har ikki yilda bir marta

Mahalliy budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

27.

Taxtakoʻpir tumanida aytishuv (baxshilar aytishuvi), changqovuz chalish va qissaxonlik yoʻnalishi boʻyicha Xalq ijodiyoti festivalini oʻtkazish.

1. Tanlovni tashkil etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish hamda tanlov ishtirokchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xarajatlar smeta loyihasini ishlab chiqish.

3. Tanlovni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2024-yildan boshlab har ikki yilda bir marta

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi

28.

Moʻynoq tumanida simfonik orkestr va vokal ijrochilarining konsert dasturini oʻtkazish.

1. 2023-yil may oyida A. Navoiy nomidagi akademik katta teatrining simfonik orkestr va vokal ijrochilarining konsert dasturini oʻtkazish.

2. 2024-yilda Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri va vokal ijrochilarining konsert dasturini oʻtkazish.

2023-yildan boshlab har yili

Mahalliy budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

29.

Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat biyennalesini oʻtkazish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Biyennale konsepsiyasi va smetasini ishlab chiqish.

3. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil oktyabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

30.

“Orolim qayt” mavzusida yosh rassomlar bilan Orol dengizi boʻyida plener tashkil etish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Plener konsepsiyasi va smetasini ishlab chiqish.

3. Nukus shahri koʻrgazmalar zalida plenerda yaratilgan asarlardan iborat koʻrgazma tashkil etish.

4. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil sentyabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

31.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida chet ellik rassomlar ishtirokida xalqaro tasviriy sanʼat plenerlarini tashkil etish orqali turizmni rivojlantirish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Plener konsepsiyasi va smetasini ishlab chiqish.

3. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2023-yil iyul — dekabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 545-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022 — 2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatini yanada oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MANZILLI ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tuman (shahar) nomi

Loyiha nomi (maqsadi)

Loyiha tashabbuskori

Quvvati

Loyiha qiymati

(mln soʻm)

Ish oʻrinlari soni

shundan

Ishga tushirish muddati

birlik

dona

doimiy ish oʻrinlari

mavsumiy ish oʻrni

Jami: 13 ta loyiha

45 370

108

64

44

1.

Beruniy tumani

Mehmonxona va biznes markazini tashkil qilish

“Dubay Plaza” MChJ

Oʻrin

20

8 000

16

6

10

2023-yil noyabr

2.

Nukus shahri

Mehmonxona xizmatini tashkil qilish

NITSA NUKUS” MChJ

oʻrin

60

12 000

18

8

10

2024-yil noyabr

3.

Nukus shahri

Mehmonxona (60 oʻrinli) xizmatini tashkil qilish

“AYIM TUR” XK

oʻrin

60

5 500

12

8

4

2024-yil sentyabr

4.

Nukus shahri

“Ashshi koʻl” boʻyida dam olish maskanini tashkil qilish

“ETALON ENGINEERING STROY GROUP” MChJ

oʻrin

30

5 000

12

9

3

2024-yil sentyabr

5.

Nukus shahri

Ekoturizm maskanini tashkil qilish

“ISKANDER TOURS” MChJ

oʻrin

200

920

7

3

4

2024-yil may

6.

Toʻrtkoʻl tumani

Ekoturizm maskanini tashkil qilish

“Reyim Gojar” MChJ

oʻrin

400

2 200

9

4

5

2024-yil dekabr

7.

Ellikqala tumani

Aholiga dam olish (baliq taomlarini tayyorlash, baliq ovlash, milliy qora uylarda dam olish) markazini tashkil etish

“Baxtiyar Allabergenov” FX

oʻrin

200

400

9

5

4

2023-yil sentyabr

8.

Nukus tumani

Aholiga dam olish (baliq taomlarini tayyorlash, baliq ovlash, milliy qora uylarda dam olish) markazini tashkil etish

“JALAL QORA NUKUS” XK

oʻrin

500

3 550

12

7

5

2023-yil aprel

9.

Moʻynoq tumani

Turizm xizmatini tashkil etish

“ABESKUM TUR” MChJ

oʻrin

400

1 600

5

4

1

2024-yil noyabr

10.

Nukus shahri

Mehmonxona tashkil etish

“Shayit mega sawda” MChJ

oʻrin

500

2 500

5

3

2

2023-yil dekabr

11.

Nukus shahri

Mehmonxona tashkil etish

“SKY VISTA RESORT” MChJ

oʻrin

20

3 000

4

3

1

2023-yil dekabr

12.

Nukus shahri

Mehmonxona tashkil etish

“Teniz tour” MChJ

oʻrin

20

6 000

8

5

3

2023-yil dekabr

13.

Qoʻngʻirot tumani

Oʻy mehmonxonasini tashkil etish

“Kungrad Nice city” MChJ

oʻrin

6

400

3

2

1

2023-yil mart

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 545-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolboʻyi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-maʼrifiy salohiyatini yanada oshirish boʻyicha “Orol orzusi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun masʼullar

1.

“Orol orzusi” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish.

1. “Orol orzusi” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining maqsad va vazifalarini ishlab chiqish. Bunda Orolboʻyi muammolari va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni jahon hamjamiyatiga taqdim etish, xorijiy davlatlar hamda tashkilotlarning eʼtibori hamda grant mablagʻlarini jalb qilish, ijtimoiy tadbirlarni tashkil qilish, hududning ekologik holatini yaxshilash kabi jihatlarga eʼtibor qaratish.

2022-yil sentyabr

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Adliya vazirligi

2. Zarur hujjatlarni tayyorlash, “Orol orzusi” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish.

3. Tashkilot faoliyati uchun joy (ofis) ajratish.

2022-yil oktyabr

2.

Jahonning yirik poytaxtlarida hamda nufuzli xalqaro tadbirlarda “Orol orzusi” konsepsiyasi, Orolboʻyi madaniyati va sanʼati boʻyicha taqdimotlar oʻtkazish.

1. Tashkil etiladigan xalqaro tadbirlar (ekologiya va atrof muhitni asrash, aholi salomatligini tiklash, turizm) roʻyxatini shakllantirish.

2. Xalqaro tashkilotchilarga tadbirda Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki toʻgʻrisida maʼlum (xabar) qilish.

3. Mutasaddi davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlar ishtirokida Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolarini shakllantirish.

4. Tadbir uchun taqdimot materiallarini tayyorlash. Bunda “Orol orzusi” konsepsiyasining mohiyati, Orolboʻyi hududida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro hamkorlik, ijtimoiy loyihalar, hududning turizm imkoniyatlari, xorijiy hamkor va grantlarni jalb qilish masalalariga asosiy eʼtibor qaratish.

5. Delegatsiya tomonidan xalqaro tadbir natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot va taklif kiritish.

2022-yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va grant mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar v�zirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, nodavlat notijorat tashkilotlar

3.

Orolboʻyida yoshlarni oʻqitish uchun xorijiy grantlarni jalb qilish.

1. Orolboʻyidagi yoshlarga sifatli taʼlim berish va taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida xorijiy tashkilotlar, moliya institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.

2. Belgilangan tartibda grant mablagʻlarini jalb qilish.

2022-yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda

Xorijiy grantlar va homiylik xayriyalari, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

4.

Nukus shahrida “Besh tashabbus” xalqaro festivalini tashkil etish.

“Besh tashabbus” xalqaro festivalini tashkil qilish va yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan hukumat bayonini tasdiqlash. Bunda respublikadan tashqari turkiy tilli va qoʻshni mamlakatlardan yoshlarni jalb qilish, sport tadbirlarini uyushtirish, madaniy koʻngilochar chiqishlar va Orolboʻyiga sayohat tashkil qilish kabi masalalarga eʼtibor qaratish.

2023-yil sentyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va grant mablagʻlari

Yoshlar ishlar agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

5.

“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasini oʻtkazish.

Respublikadagi taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan bir guruh yoshlarning Orolboʻyiga tashrifini tashkil qilish. Tashrif davomida ekologik aksiya oʻtkazish, yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish va Moʻynoq boʻylab sayohat uyushtirish.

Har yili aprel oyida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, grant va ijrochilar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

6.

“Orolboʻyining ezgu niyat elchilari” xalqaro tarmogʻini tashkil etish.

1. “Orolboʻyining ezgu niyat elchilari” xalqaro muloqot platformasini tashkil qilish.

2022-yil sentyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va grant mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, nodavlat notijorat tashkilotlar

2. Platformaga Orolboʻyi hududining asrash va rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshgan hamda qoʻshib kelayotgan xorijiy tashkilot, donor va tadqiqotchilarni jalb qilish.

3. Platformaga xorijiy hamkorlar bilan birgalikda Orolboʻyi hududida amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar va yangi loyihalar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritib borish.

4. Platforma aʼzolari bilan doimiy ravishda Orolboʻyi hududidagi masalalar yuzasidan muhokama tashkil qilish va amaliy takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

doimiy

7.

Moʻynoqda xalqaro konferensiya oʻtkazish.

1. “Orolboʻyi ezgu niyat elchilari” xalqaro muloqot platformasini tashkil etish.

2. Moʻynoqda Orolboʻyida olib borilayotgan ishlar, ijtimoiy va ekologik holatga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish.

2023-yil mart

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, ijrochilar mablagʻlari

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi

8.

Orolboʻyi mintaqasini madaniy va ijtimoiy rivojlantirish uchun xalqaro donorlar, jamgʻarmalar va xayriya tashkilotlarini jalb qilish.

Xalqaro donor, jamgʻarma va xayriya tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish va ularni Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish uchun jalb qilish.

2022-yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va grant mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

9.

Sayyohlarni jalb qilish maqsadida Orol dengizining maʼlum nuqtalariga d�nyoning mashhur, taniqli shaxslari nomini berish.

1. Orol dengizi hududidan nuqtalarni aniqlash va dunyoning mashhur, taniqli shaxslari nomini shakllantirish (zaruratga koʻra mashhur, taniqli shaxslar bilan kelishish).

2. Internet tarmogʻidagi xaritalarga nuqtalar va ularning nomini kiritish.

3. Ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan targʻibot maʼlumotlarini joylashtirish.

2022-2023-yillar

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

10.

Sayyohlar oqimini oshirishda Moʻynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalanish.

1. Yangi aeroport faoliyati va imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni turistik tashkilotlariga yetkazish.

2. Ommaviy axborot vositalari va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida infoturlar tashkil qilish.

2022-2023-yillar

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, grant va ijrochilar mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

11.

Aholining oʻziga xos hunarmandchilik anʼanalarini qoʻllab-quvvatlash orqali qoraqalpoq xalqi, Orol va Moʻynoq anʼanalari timsoli va dengizni tasvirlovchi suvenirlar hamda mahsulotlar ishlab chiqarish.

1. Fargʻona viloyatidan tajribali hunarmandlar tomonidan mahorat saboqlarini tashkil qilish.

2. Mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil oktyabr

Ijrochilar va tadbirkorlar mablagʻlari

“Hunarmand” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi

3. Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida ushbu mahsulotlarning savdosini yoʻlga qoʻyish.

2022-2023-yillar

12.

Moʻynoq tumanida sayyohlar tashrif buyuradigan obyektlarni yaratish maqsadida Moʻynoq shahri hududida joylashgan tarixiy uylar va obyektlarni saqlab qolish choralarini koʻrish.

1. Moʻynoq tumanida yoʻqolib borayotgan tarixiy baliqchilar uyi va obyektlarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Ekspertiza xulosalarini tayyorlash.

3. Ularni belgilangan tartibda madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish.

4. Tarixiy obyektlarni sayyohlar tashrifi maskaniga aylantirish va targʻibotini tashkil etish.

2022-yil sentyabr — dekabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va grant mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/545/0867-son)