1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kapital qurilishda buyurtmachi xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachi xizmatlari) faoliyatini tashkiliy jihatdan takomillashtirish, qurilishda bosqichma-bosqich loyiha boshqaruvi yondashuviga oʻtish, davlat obyektlari qurilishini boshqarishga xususiy sektorni keng jalb qilishga imkoniyat yaratish orqali qurilish sifatini oshirish hamda qurilish jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi va masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi buyurtmachi xizmatlari va ularning hududiy filiallarini, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi buyurtmachi xizmatining hududiy filiallarini (keyingi oʻrinlarda — tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlari) tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlari tomonidan markazlashgan manbalar hisobidan loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari amalga oshirilayotgan obyektlarning buyurtmachisi sifatida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarini (keyingi oʻrinlarda — injiniring kompaniyalari) belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-yanvarga qadar injiniring kompaniyalarining tashkiliy-huquqiy shaklini davlat unitar korxonasi shakliga oʻzgartirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
injiniring kompaniyalari tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlarining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Issiqlik taʼminoti obyektlari boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi respublika hududlarida issiqlik tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajaradi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 06/26/104/0563-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash boʻyicha injiniring kompaniyalari hududlardagi koʻp kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlari:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda obyektlarning pudrat shartnomasiga muvofiq foydalanishga topshirish muddati 2022-yil etib belgilangan obyektlardagi qurilish ishlarini joriy yilning 1-dekabriga qadar toʻliq yakunlab, foydalanishga topshirilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yil 1-dekabrga qadar obyektlarning pudrat shartnomasiga muvofiq foydalanishga topshirish muddati 2022-yil 1-dekabrdan oʻtadigan, joriy yilda foydalanishga topshirish imkoni boʻlmaydigan va kelgusi yillarga oʻtuvchi obyektlarning hududiy joylashuvi boʻyicha injiniring kompaniyalariga topshirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlarni injiniring kompaniyalariga topshirgunga qadar ular boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajarib borsin, moliyalashtirishni amalga oshirsin, tegishli hisobotlarni qabul qilsin va topshirsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Buyurtmachi xizmatlari faoliyatini tugatish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlari tomonidan oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlar va obyektlarni topshirish, injiniring kompaniyalari tomonidan esa qabul qilib olish ishlariga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishga topshirish yoki injiniring kompaniyasiga oʻtkazishda muammolari mavjud har bir obyektni joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralarga taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, kommunal, sport va boshqa sohalar uchun idoraviy qurilish normalarini joriy etishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi xizmatlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar hamda ular asosida tegishli qonunchilik hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlariga tegishli boʻlgan bino-inshootlar va tovar-moddiy boyliklar ularning muassislari yoki injiniring kompaniyalari ixtiyoriga oʻtkazilishini taʼminlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi xizmatlarining biznes-rejasi ularning muassisi (vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi xizmatlari rahbarlariga ish hajmidan kelib chiqqan holda hamda faoliyatini yaxshilash maqsadida ichki tuzilmani oʻzgartirishga hamda shtatlar jadvalini koʻrib chiqishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaruratga koʻra, buyurtmachi xizmatlari oʻz vazifalarini sifatli bajarishi uchun, shu jumladan obyektlarni loyihalash uchun texnik shartlarni mukammal tayyorlash maqsadida ularning saqlash xarajatlari doirasida ilmiy-taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, boshqa tashkilotlar, xususan xorijiy kompaniyalarni hamda yuqori malakali va malakali mutaxassislarni jalb qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi xizmatlarining direktori va direktor oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda muassisning qarori bilan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi xizmatlarining direktori korxona faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda muassis hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga hisobot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi xizmatlarining faoliyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy bosh boshqarmalarining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga 14 ta shtat birligidan iborat Buyurtmachi xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish departamenti tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi ikki oy muddatda buyurtmachi xizmatlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, shu jumladan ularning faoliyatiga zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish, zarur davlat axborot tizimlari va resurslariga ulash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
injiniring kompaniyalariga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha hujjatlari va qurilish ishlari sifatini oshirish hamda zamonaviy loyiha boshqaruvi tizimini yaratish maqsadida injiniring kompaniyalarining shtat jadvaliga “loyiha boshqaruvi boʻyicha mutaxassis”, “loyiha arxitektori”, “loyiha muhandisi” lavozimlarini kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
injiniring kompaniyalarini qurilish jarayonini boshqarish, ish hajmi hisobini yuritish, xarajatlarni nazorat qilish, loyihalash va qurilish ishlarini muvofiqlashtirish, qurilish hujjatlari bilan ishlashga moʻljallangan maxsus dasturiy taʼminot va server uskunalari bilan taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) doimiy ravishda injiniring kompaniyalari xodimlarining malakasini oshirib borsin va ularning amaliy stajirovkalarini tizimli yoʻlga qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi va Moliya vazirligi 2022-yil 1-dekabrga qadar Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishda buyurtmachi xizmati uchun toʻlanadigan haq miqdorlarini loyihani boshqarish va texnik nazoratni amalga oshirish xarajatlari boʻyicha normativlarni alohida-alohida hisoblagan holda tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi xizmati tuzilmasini obyektlar soni, hajmi va qiymatiga qarab uning direktori tomonidan belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, loyiha (obyekt)ning qiymati yoki kapital qoʻyilmalar limitlarini maqbullashtirishda buyurtmachi xizmatiga toʻlanadigan xizmat haqini kamaytirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda buyurtmachi xizmatlari xodimlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash boʻyicha nizomni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Har bir hududda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari, konsolidatsiyalashgan budjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan, qiymati 10 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan, qurilish va (yoki) rekonstruksiya qilish ishlari 2023-yil 1-yanvardan boshlanadigan kamida 10 ta obyektda loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda konsalting xizmatlari, loyiha boshqaruvi xizmatlari hamda texnik nazorat xizmatlarini koʻrsatish davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tanlab olinadigan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xorijiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi tartibi joriy qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qiymati 10 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish boʻyicha vaqtinchalik nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-aprelga qadar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida texnik nazorat ishlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarini baholash platformasini joriy qilsin. Bunda, reyting platformasi uchun loyihalardagi maqbullashtirish, qurilish muddatini qisqartirish, sifatini oshirish, xavfsizligini taʼminlash mezonlari asos qilib olinsin;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan texnik nazorat ishlarining samaradorligini nazorat qilsin va ularni takomillashtirish boʻyicha takliflarni doimiy ravishda Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi xizmatlari texnik topshiriqlar hamda unga qoʻyiladigan funksional va ekspluatatsiya talablarini idoraviy qurilish normalariga asosan ishlab chiqadi va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar bilan kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi xizmatlariga texnik topshiriq, eskiz loyihasi, unga qoʻyiladigan funksional va ekspluatatsiya talablarini ishlab chiqishni autsorsing shartnomalari asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda amalga oshirish vakolati beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi xizmatlari tomonidan loyiha tashkilotini tanlash uchun xarid qilish hujjatlariga qurilish obyektining eskiz loyihasi hamda unga qoʻyiladigan minimal funksional va ekspluatatsiya talablari kiritilishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini oʻtkazish boʻyicha majburiy tartib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obyektlar uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovini oʻtkazish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, arxitektura tanlovining hakamlar hayʼatini shakllantirish tartibi, ishtirokchilarni baholash mezonlari, mukofot jamgʻarmasi, tanlovni oʻtkazish muddatlari va tanlovni yoritish tartibi nazarda tutilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2023-yil 1-martdan boshlab markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning smeta qiymatini aniqlash Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilgan holda, Qurilish vazirligi tomonidan joriy etiladigan “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi asosida amalga oshiriladi;
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) idoraviy mansubligidan qatʼi nazar buyurtmachi xizmati obyektlar boʻyicha loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tenderlarni tashkil etish, moliyalashtirishni ochish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va foydalanishga topshirishning borishi toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni har oy yakuni bilan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib boradi.
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Sport vazirligi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlarga qoʻyiladigan minimal funksional va ekspluatatsiya talablarini, shu jumladan zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish va ushbu obyektlardan foydalanish xarajatlarini optimallashtirishga doir talablarni, idoraviy qurilish normalarini Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlab borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonida ularning idoraviy qurilish normalariga muvofiqligini nazorat qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda koʻrsatilgan vazirliklarga injiniring kompaniyalari, loyihachi va pudratchi tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, tasarrufidagi obyektlarda olib borilayotgan loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha oʻrganish oʻtkazib, injiniring kompaniyalariga idoraviy qurilish normalariga asoslangan taklif va mulohazalarni bildirish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilishda texnik meʼyorlash markazi va Qurilishda standartlashtirish respublika markazi negizida davlat muassasasi shaklida Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish vazirligi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutga malakali rahbar hamda mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatilayotgan Qurilishda texnik meʼyorlash markazining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan shtat birliklarini Qurilish vazirligining markaziy apparatiga oʻtkazsin hamda vazirlikning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi amaliyotlar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan obyektlarning manzilli roʻyxatini har bir loyihaga identifikatsiya raqami berish orqali elektron tarzda shakllantirish va tasdiqlash (davlat sirini tashkil etuvchi maxfiylik darajasiga ega obyektlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish jarayonida yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan mualliflik va texnik nazorat boʻyicha mutaxassislar tomonidan pudrat tashkilotiga koʻrsatma berish hamda uning ijrosi yuzasidan nazorat oʻrnatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlarining 2022-yil uchun xarajatlar smetasini belgilangan tartibda qayta roʻyxatga olsin. Bunda ishdan boʻshayotgan xodimlar uchun kompensatsiya toʻlovlari nazarda tutilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda injiniring kompaniyalari buyurtmachiligida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonini moliyalashtirishni rejalashtirish va pudratchi tashkilotlar oldidagi mavjud kreditor qarzdorlikni soʻndirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda maqbullashtirish natijasida ishdan boʻshaydigan xodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Buyurtmachi xizmatlari faoliyatini tugatish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilgan buyurtmachi xizmatlarini bosqichma-bosqich tugatish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-dekabrga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlariga tegishli bino va inshootlar, tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazsin hamda mazkur mulklardan samarali foydalanish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qurilish vazirligi:

a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
(15-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yil yakuniga qadar Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va boshqa oliy taʼlim muassasalarini jalb qilgan holda qurilish sohasida loyihalarni boshqarish va texnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha rivojlangan davlatlardagi taʼlim standartlari va dasturlariga asosan loyihalarni boshqaruvchi va texnik nazorat boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirishga oid oʻquv dasturlarining qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik nazorat boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-amaliyot jarayonini samarali tashkil etib, buyurtmachi xizmati mutaxassislarining malakasini doimiy tarzda oshirib borish tizimini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2023-yil 1-dekabrga qadar fuqarolar uchun geolokatsiyasi koʻrsatilgan holda, qurilish ishlarini olib borish uchun berilgan barcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, shu jumladan qurilish nazoratini olib borishda chiqarilgan xulosalar bilan tanishish imkonini beruvchi ochiq elektron tizim yaratsin;
(15-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qurilish vaziri B.I. Zakirov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari A.M. Boboyev belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 22-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-378-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-378-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar huzuridagi tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlari va ularning hududiy filiallari roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi va uning hududiy filiallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Xalq taʼlimi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Tibbiyot qurilish injiniring” davlat unitar korxonasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi “Koʻp xonadonli uylarni mukammal va joriy taʼmirlash hamda issiqlik taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasining hududiy filiallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi va uning hududiy filiallari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-378-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi xizmatlari faoliyatini tugatish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.
B.I. Zakirov
—
qurilish vaziri, ishchi guruh rahbari
2.
A.M. Boboyev
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
Sh.S. Xidoyatov
—
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri
4.
A.J. Ortiqov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
5.
A.Ya. Xaydarov
—
moliya vaziri oʻrinbosari
6.
N.X. Muslitdinov
—
maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari
7.
I.D. Djurayev
—
xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari
8.
S.M. Buzrukxonov
—
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari
9.
U.Yu. Sabirov
—
sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari
10.
U.A. Qoʻqonboyev
—
madaniyat vaziri oʻrinbosari
11.
M.V. Ismailov
—
sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari
12.
Lavozim boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari
13.
A.A. Azizov
—
Qurilish vazirligining boshqarma boshligʻi, ishchi guruh kotibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga mazkur lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ishchi guruh oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda, zarur hollarda, boshqa tegishli vazirlik va idoralarning vakillarini jalb etishi mumkin.