16.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3387
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrugʻi , 16.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3387
Дата вступления в силу
01.10.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrug‘i
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 16-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3387]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq 2022-yil 1-oktabrdan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir Sh. SHERMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 12-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
233-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vaziri v.b V. NOROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 31-avgust
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 12-sentabrdagi 233-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (bundan buyon matnda Texnopark deb yuritiladi) rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o‘rinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo‘lgan startap loyihalar ta’sischilariga (ishtirokchilariga) va mutaxassislariga, oliy ta’lim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga tavsiya berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish, tavsiyaning amal qilish muddatini uzaytirish hamda bekor qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“IT-Visa” — axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Texnopark rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o‘rinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo‘lgan startap loyihalar ta’sischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy ta’lim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha bo‘lgan ko‘p martalik viza toifasi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnopark direksiyasi (bundan buyon matnda Direksiya deb yuritiladi) — tavsiya berish bo‘yicha arizalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish, tavsiya berish, tavsiyaning muddatini uzaytirish hamda bekor qilishni amalga oshiruvchi tashkilot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavsiya — Direksiya tomonidan axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Texnopark rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o‘rinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo‘lgan startap loyihalar ta’sischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy ta’lim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga IT-Card shaklida beriladigan quyidagi hujjatlar:
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hamda O‘zbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga “IT-Visa” olish uchun beriladigan tavsiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning fuqarolariga “IT-Visa”ga tenglashtiriladigan tavsiyanoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — tavsiya olish bo‘yicha murojaat qiluvchi axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Texnopark rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o‘rinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo‘lgan startap loyihalar ta’sischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy ta’lim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilari;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veb-portal — tavsiya berish bo‘yicha arizalarni qabul qilish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan veb-sayt (www.it-visa.uz);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert guruhi — vazirliklar va idoralarning malakali mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat tarkibda tashkil etiladigan organ;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investor — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsni 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda moliyalashtirishni amalga oshiruvchi yoki ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi xorijiy jismoniy shaxs yoxud xorijiy yuridik shaxsning vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mutaxassis — axborot texnologiyalari sohasida oxirgi 12 oyda yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan xorijiy mutaxassis;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnopark rezidentining ta’sischisi — Texnopark rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning ta’sischisi (ishtirokchisi) bo‘lgan va ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etadigan jismoniy shaxs;

startap loyihalarining ta’sischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislari — Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo‘lgan startap loyihalar ta’sischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijlik professor-o‘qituvchi — oliy ta’lim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) asosan o‘ninchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ariza beruvchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan yoki xorijiy davlat hududida bo‘lgan holda tavsiya olish uchun veb-portal orqali ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tavsiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investorlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mutaxassislarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnopark rezidentlarining ta’sischilariga va rahbarlar xodimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
startap loyihalarining ta’sischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijlik professor-o‘qituvchilarga beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tavsiyani berish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tavsiya olish uchun ariza berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ariza beruvchi tavsiya olish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani veb-portal orqali Direksiyaga yuboradi. Arizaga ariza beruvchi va uning oila a’zolariga (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, farzandlari) tegishli pasport nusxalari (xorijga chiqish pasporti, ID-karta) va nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma (nikoh tuzilgan bo‘lsa) nusxalari, ariza beruvchining fotosurati hamda quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xorijiy investor:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi belgilangan loyiha to‘g‘risida ma’lumot;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan 30 ming AQSH dollaridan kam bo‘lmagan investitsiya miqdori mavjudligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi (ma’lumotnomasi);
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan ariza beruvchi bilan birgalikda investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida xat (iltimosnoma) yoki O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxs tashkil etilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritishni rejalashtirgan investor kompaniya nomidan ish yurituvchi shaxsning vakolatini tasdiqlovchi qaror nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xorijiy mutaxassis:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’lumotnoma (rezyume);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining ariza berilgan kundan boshlab bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsning arizachini axborot texnologiyalari sohasida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xat hamda mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) nusxalari;
(5-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida bo‘lgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimaga ega bo‘lgan diplom, sertifikat yoki boshqalar).
(5-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Texnopark rezidentlarining ta’sischisi (ishtirokchisi) va rahbar xodimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’lumotnoma (rezyume);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnopark rezidenti nomidan o‘z xorijiy ta’sischisiga (ishtirokchisi) va rahbar xodimlariga tavsiya berish uchun yozilgan xati (iltimosnoma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnopark rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning ta’sischisi (ishtirokchisi) bo‘lgan va ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etadigan tasdiqlovchi ma’lumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnopark rezidenti rahbar xodimlari ariza berilgan kundan boshlab bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi xorijiy ta’sischisi (ishtirokchisi) yoki rahbar xodimlari bo‘lgan Texnopark rezidentining rezidentlik guvohnomasi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnopark rezidentida rahbar xodim sifatida saylanganligi/tayinlanganligi haqidagi qaror/buyruq nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) xorijlik professor-o‘qituvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’lumotnoma (rezyume);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsning arizachini axborot texnologiyalari sohasida professor-o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xati (iltimosnoma) hamda mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini tasdiqlovchi hujjat (o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida bo‘lgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimasiga ega bo‘lgan diplom, sertifikat yoki boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) startap loyihalarining ta’sischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’lumotnoma (rezyume);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
startap loyihasi nomidan o‘z ta’sischilari (ishtirokchilari) va mutaxassislariga tavsiya berish to‘g‘risida yozilgan xati (iltimosnoma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
startap loyihasining Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
startap loyihasi mutaxassisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (zaruratga ko‘ra, o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida bo‘lgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimasiga ega bo‘lgan diplom, sertifikat yoki boshqalar).
(5-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) asosan “d”, “e” va “f” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza beruvchi tavsiya olish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida qaytarib olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tavsiya berish uchun arizalarni ko‘rib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tavsiyani berish to‘g‘risidagi ariza va boshqa hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kundan oshmagan muddat ichida Direksiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Direksiya ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda, shuningdek arizada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda yoki majburiy ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, Direksiya kamchiliklarni ko‘rsatgan holda asosli ravishda arizani ko‘rib chiqishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran ariza topshirishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Direksiyada tavsiya berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan xulosalar berish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun vazirliklar va idoralarning malakali mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat besh nafardan kam bo‘lmagan tarkibda Ekspert guruhi tashkil etiladi. Ekspert guruhining tarkibi va ish tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi, Direksiya rahbarining tegishli o‘rinbosari Ekspert guruhiga raislik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Direksiya arizani tekshirganidan so‘ng bir ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqish uchun Ekspert guruhiga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xorijiy investorning investitsiya kiritgan sohasi hamda xorijlik professor-o‘qituvchi, startap loyihasi mutaxassisi, xorijiy mutaxassisning faoliyati aynan axborot texnologiyalari sohasiga kirishini aniqlash ular tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Ekspert guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ekspert guruhi tomonidan ariza yigirma kun ichida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra Ekspert guruhi tavsiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida xulosa beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ekspert guruhi ariza beruvchi bilan suhbat o‘tkazishi mumkin. Suhbat ariza beruvchining xohishiga ko‘ra bevosita yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib olib boriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ekspert guruhi tomonidan ariza beruvchiga quyidagi hollarda tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida xulosa beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalari buzilganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan tavsiya berish uchun talablarga javob bermasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ekspert guruhi tomonidan ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan rad etish uchun asoslar aniqlanmagan hollarda, Direksiyaga ariza beruvchiga nisbatan tavsiya berish to‘g‘risida xulosa kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Direksiya tomonidan Ekspert guruhining xulosasi berilgan kundan boshlab mazkur xulosa asosida bir ish kuni ichida tavsiyani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya qaror qabul qilingandan kundan boshlab bir ish kuni ichida ariza beruvchining arizasida ko‘rsatilgan elektron manzilga yoki ariza beruvchining veb-portaldagi shaxsiy kabinetiga qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Direksiya tavsiya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tavsiyani rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘zbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan ariza beruvchi xorijda bo‘lgan taqdirda, Direksiya ariza beruvchilarga berilgan tavsiya, pasport nusxasi, shuningdek belgilangan namunadagi anketa bilan “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ariza beruvchining elektron manziliga yoki veb-portaldagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oy mobaynida tavsiyani o‘zi shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tegishli pasport yoki ID-karta) bilan yoki ishonchli vakili ishonchnoma asosida olib ketishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu muddatdan 10 kun oldin Direksiya tomonidan ariza beruvchining elektron manziliga yoki veb-portaldagi shaxsiy kabinetiga tavsiyani olib ketish muddati tugayotganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu muddat davomida tavsiya olib ketilmagan taqdirda, Direksiya tomonidan tavsiya bekor qilinadi hamda arizachi takroran ariza bilan Direksiyaga murojaat etishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. O‘zbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan taqdirda, uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan ish beruvchi, Texnopark rezidenti yoki investitsiya kiritilayotgan yuridik shaxs “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ariza beruvchiga tavsiya berish rad etilganda, u Direksiyaga rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tavsiya olish uchun qayta murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tavsiya olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish, tavsiya berish va uning muddatini uzaytirish bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tavsiyadan foydalanish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va bekor qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tavsiya Ekspert guruhining xulosasi asosida uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tavsiya uning egasi va oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari)ga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish hamda amal qilish muddati doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish huquqini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chmas mulkni sotib olishda qonunchilikda xorijiy fuqarolar uchun belgilangan ko‘chmas mulkning cheklangan qiymati tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tavsiya egasi va uning oila a’zolari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarolari “IT-visa”ni rasmiylashtirib olganidan so‘ng mazkur bandda hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tavsiyaning amal qilish muddatini uzaytirish ushbu Nizomda tavsiyani berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tavsiyaning amal qilish muddati tavsiyaning egasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilganda hamda quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) axborot texnologiyalari sohasida xorijiy investorlar tomonidan tavsiya berilgan sanadan boshlab tavsiya berilgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs faoliyatiga kiritilgan investitsiyalar qaytarib olingan taqdirda;
(28-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy mutaxassislar, xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs bilan o‘ttiz ish kuni mobaynida mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) tuzilmaganda yoki tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
(28-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Texnopark rezidentining ta’sischisi (ishtirokchisi) o‘zi ta’sischi (ishtirokchi) bo‘lgan Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilinganda yoki ular tarkibidan chiqib ketganda, shuningdek, Texnopark rezidentining rahbar xodimlari bilan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) muddati tugaganda, uzaytirilmaganda yoki bekor qilinganda;
(28-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) startap loyihaning Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi maqomi bekor qilinganda yoki Startap loyihaning ta’sischisi (ishtirokchisi) yuridik shaxs ta’sischilari (ishtirokchi) tarkibidan chiqib ketganda, shuningdek, Startap loyihasining mutaxassislari bilan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma) muddati tugaganda, uzaytirilmaganda yoki bekor qilinganda.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) asosan “e” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Agar investitsiya loyihasi amalga oshirilmasa, uning joriy qilinishi olti oydan ortiq muddatga to‘xtatilsa yoki muddatidan oldin bekor qilinsa, ushbu Nizomning 5-bandi “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yuridik shaxs bu haqda o‘n kun muddat ichida Direksiyani xabardor qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy mutaxassis bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilinganda, ushbu Nizomning 5-bandi “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yuridik shaxs bu haqda o‘n kun ichida Direksiyani xabardor qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingan taqdirda, tavsiya egasi o‘ttiz kun ichida boshqa ish beruvchi (buyurtmachi) bilan shartnoma tuzishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tavsiya egasi mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida boshqa ish qidirayotganligi haqida Direksiyaga xabar berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiya egasi boshqa ish beruvchi (buyurtmachi) bilan shartnoma tuzgan taqdirda, bu haqda shartnoma tuzilgan kundan boshlab bir kun ichida Direksiyani xabardor qilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
301. Tavsiya yo‘qotilgan taqdirda, tavsiya egasi bir oy ichida bu haqda veb-portal orqali yoki bevosita Direksiyaga murojaat etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Direksiya tomonidan murojaat kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida tavsiya egasiga tavsiya tiklab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya tomonidan veb-portalning yagona elektron reyestriga bir ish kuni davomida tavsiya yo‘qotilganligi va avvalgi tavsiya bekor qilinganligi haqida tegishli yozuvlar kiritiladi.
(301-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Direksiya ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan tavsiyani bekor qilish asoslari vujudga kelganligi haqida ma’lumot kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tavsiyani bekor qilish haqida qaror qabul qiladi, bundan mazkur Nizomning 30-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bekor qilingan tavsiya egasi mazkur Nizomning 30-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat ichida boshqa ish beruvchi (buyurtmachi) bilan shartnoma tuzganligi haqida xabardor qilmagan taqdirda, Direksiya ushbu muddat o‘tgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tavsiyani bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Direksiya tavsiyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligiga ma’lumot yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tavsiyalarning yagona elektron reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Direksiya tomonidan veb-portalda Tavsiyalarning yagona elektron reyestri yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiyalarning yagona elektron reyestriga ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, mazkur reyestrdagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Direksiya Tavsiyalarning yagona elektron reyestrini doimiy yuritilishi, kiritilgan ma’lumotlarning yangilab borilishi hamda tavsiyalarning haqiqiyligi va dolzarbligini onlayn tekshirish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Tavsiya egalariga xizmat ko‘rsatishda tavsiyaning haqiqiyligi va dolzarbligi tavsiyaning QR-kodi (matrik shtrixli kodi) orqali Tavsiyalarning yagona elektron reyestridan tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Tavsiyalarning yagona elektron reyestridagi ma’lumotlar o‘n yil davomida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Arizani veb-portal orqali Direksiyaga tavsiya olish uchun barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Direksiya

1. Ariza va hujjatlarni qabul qiladi hamda ularning to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshiradi.

2. Arizaga noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan, to‘liq hajmdagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoki hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda, arizani ko‘rib chiqishni rad etadi.

bir ish kuni ichida

3. Tavsiya berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun ariza va boshqa hujjatlarni Ekspert guruhiga yuboradi.

bir ish kuni ichida

3-bosqich

Ekspert guruhi

1. Tavsiya olish uchun arizalarni ko‘rib chiqadi va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tavsiya berish yoki tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qiladi.

2. Zarur hollarda, ariza beruvchi bilan masofadan turib suhbat o‘tkazadi.

20 kun ichida

4-bosqich

Direksiya

1. Ekspert guruhining xulosasi asosida tavsiyani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

2. Ariza beruvchining arizasida ko‘rsatilgan elektron manzilga qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.

bir ish kuni ichida

3. Tavsiyani rasmiylashtiradi.

bir ish kuni ichida

5-bosqich

Direksiya

Tavsiyaga ega bo‘lgan ariza beruvchi xorijda bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchilarga berilgan tavsiya, pasport nusxasi, shuningdek belgilangan namunadagi anketa bilan “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga murojaat qiladi.

bir ish kuni ichida

6-bosqich

Direksiya

Ariza beruvchi tavsiyani olish uchun murojaat qilganda, tavsiyani unga shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etadi.

darhol

7-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan ish beruvchi, Texnopark rezidenti yoki investitsiya kiritilayotgan yuridik shaxs

O‘zbekiston Respublikasi bilan viza rejimi joriy qilingan mamlakatlarning fuqarosi bo‘lgan ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan taqdirda, uning nomidan “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.

Zaruratga ko‘ra

8-bosqich

Direksiya

Tavsiyalarning yagona elektron reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritadi.

bir ish kuni ichida

Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari sohasida xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ARIZA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ariza beruvchi haqida ma’lumot

1. Familiya, ismi, otasining ismi:

2. Tug‘ilgan sanasi (kun, oy, yil):

3. Jinsi:

o Erkak

o Ayol

4. Fuqaroligi:

5. Pasport raqami va seriyasi:

6. Berilgan sana:

7. IT-kartani amal qilish muddati:

8. Pasport nusxasi:

yuklash

9. Bitta rangli fotosurat:

yuklash

10. Ma’lumotnoma (rezyume)

yuklash

11. O‘zbekiston Respublikasidagi yashash manzili (O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan ariza beruvchilar uchun):

12. Mobil telefon:

13. Qo‘shimcha aloqa raqami:

14. Elektron manzil:

15. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishning rejalashtirilgan muddati:

16. O‘zbekiston Respublikasiga qilingan oldingi sayohatlar (sana, maqsad):

17. Oxirgi uch yil ichida qaysi davlatlarga tashrif buyurdingiz va undan maqsad?

Hamrohlik qilayotgan qarindoshlar haqida ma’lumot (faqat turmush o‘rtog‘i, ota-onalar va farzandlari):

Familiya, ismi, otasining ismi

Qarindoshlilik darajasi:

Tug‘ilgan sanasi

Fuqaroligi

Pasport/tug‘ilganlik guvohnomasi nusxasi:

yuklash

Xorijiy mutaxassis uchun

1. Yuridik shaxs bo‘lgan ish beruvchining nomi:

2. Ariza berilgan kundan boshlab bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat:

yuklash

3. Ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi, ish tajribasi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat yoki boshqa):

yuklash

4. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan ish beruvchining ariza beruvchini axborot texnologiyalari sohasida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xati (iltimosnoma):

yuklash

5. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan ish beruvchining ariza beruvchini axborot texnologiyalari sohasida xodim sifatida tasdiqlovchi mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma:

yuklash

6. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, sharifi:

7. Iltimosnoma beruvchining lavozimi:

8. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Xorijiy investor uchun

1. Investitsiyalarni qabul qiluvchi korxona nomi

2. Investitsion loyihaning nomlanishi:

3. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya loyihasi to‘g‘risida ma’lumot:

4. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan investitsiyalar miqdori (30 ming AQSH dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda) mavjudligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi (ma’lumotnomasi):

yuklash

5. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritishni rejalashtirgan investor kompaniya nomidan ish yurituvchi shaxsning vakolatini tasdiqlovchi qaror nusxasi:

yuklash

6. Ariza beruvchi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

7. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

8. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:

9. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Texnopark rezidentining ta’sischisi uchun

1. Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona nomi:

2. Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona rezidentlik guvohnomasi

yuklash

3. Ariza beruvchining Texnopark rezidenti ustav fondidagi ulushi miqdori kamida 30 ming AQSH dollarini tashkil etganligini tasdiqlovchi ma’lumot

4. Ariza beruvchi ta’sischi (ishtirokchi) bo‘lgan Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

5. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

6. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:

7. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Texnopark rezidenti rahbar xodimi (yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi)

1. Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona nomi:

2. Texnopark rezidenti rahbari lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida ta’sischi(lar) (ishtirokchilar) qarori

yuklash

3. Texnopark rezidenti rahbari lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida korxona buyrug‘i

yuklash

4. Texnopark rezidenti rahbar xodimlarining oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat

yuklash

5. Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona rezidentlik guvohnomasi

yuklash

6. Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

7. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

8. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Texnopark rezidenti rahbari o‘rinbosari

1. Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona nomi:

2. Texnopark rezidenti rahbari o‘rinbosari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma)

yuklash

3. Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona rezidentlik guvohnomasi

yuklash

4.Texnopark rezidenti rahbar o‘rinbosarining oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etishini tasdiqlovchi bank yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat

yuklash

5. Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

6. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

7. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:

8. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Xorijlik professor-o‘qituvchi

1. Ta’lim tashkiloti nomi

2. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan ish beruvchining ariza beruvchini axborot texnologiyalari sohasida professor-o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnoma):

yuklash

3. Ilmiy darajasini tasdiqlovchi diplom va sertifikat

yuklash

4. Oliy ta’lim tashkiloti tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

5. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

6. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:

7. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Startap loyihasining ta’sischisi (ishtirokchisi)

1. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona nomi

2. Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona rezidentlik guvohnomasi

yuklash

3. Startap loyihasining Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat

yuklash

4. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

5. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

6. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi:

7. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Startap loyihasining mutaxassisi

1. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona nomi

2. Startap loyihasi mutaxassisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi;

yuklash

3. Ariza beruvchining axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisligi va malakasini tasdiqlovchi hujjat (zaruratga ko‘ra o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida bo‘lgan yoki ushbu tillarda rasmiy tarjimasiga ega bo‘lgan diplom, sertifikat yoki boshqalar)

yuklash

4. Texnopark rezidenti bo‘lgan korxona rezidentlik guvohnomasi

yuklash

5. Startap loyihasining Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat

yuklash

6. Startap loyihani amalga oshiruvchi korxona tomonidan xat (iltimosnoma):

yuklash

7. Iltimosnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi:

8. Iltimosnoma beruvchining egallab turgan lavozimi va mehnat shartnomasi:

yuklash

9. Iltimosnoma beruvchining aloqa raqami:

Men xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirildim.

Men ushbu arizada so‘ralgan shaxsiy ma’lumotlarimni arizani ko‘rib chiqish uchun taqdim etish majburiy ekanligidan xabardorman va roziman.

Menga tegishli va ushbu arizada ko‘rsatilgan barcha shaxsiy ma’lumotlar vakolatli organlarga topshirilishi va arizam bo‘yicha qaror qabul qilish uchun ular tomonidan qayta ishlanishi haqida xabardorman va roziman.

Men arizada bergan barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq ekanligini tasdiqlayman. Noto‘g‘ri ma’lumotlar berilgan vizani rad etish yoki bekor qilishga olib kelishi mumkin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini bilaman.

Men berilgan “IT-Visa” yoki “IT-Card” agar uni berish shartlariga rioya qilmasam, bekor qilinishi mumkinligini bilaman.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza bilan birga taqdim etilgan fotosurat quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dolzarbligi (oxirgi 6 oy ichida olingan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rangli oq fonda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘lchami 3,5 x 4,5 sm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh va yelkalar shunday joylashtirilgan bo‘lishi kerakki, yuz fotosuratning 80 foizini egallashi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fotosuratda ariza beruvchining yuz qismi to‘liq ko‘rinishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘zoynak taqadigan arizachida fotosurat quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: qoraytirilmagan ko‘zoynaklar, ramka ko‘zning biron bir qismini qoplamasligi kerak, yorug‘lik aksi bo‘lmasligi kerak.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari sohasida xorijiy investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAVSIYA SHAKLI

Tavsiya shaklining tavsifi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiya plastikdan tayyorlanadi. Tavsiya o‘lchami 54 x 86 mm. Lotin grafikasida o‘zbek, ingliz va rus tillarida yoziladi. Olti xonali seriyali raqamlardan tashkil topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiya old tomonida “Tavsiya” va “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi emblemasi, Texnopark logotipi tasviri tushirilgan bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiyaning old tomonida o‘zbek, ingliz va rus tillarida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amal qilish muddati / Srok deystviya / Date of expiry
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Seriya raqami / Seriyniy nomer / Serial number.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiya egasining fotosurati hamda Tavsiya egasi va uning qarindoshlarining ma’lumotlari joylashgan Internet tarmog‘ida berilgan Tavsiyalarning yagona elektron reyestriga o‘tish uchun QR-kodi o‘rnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiya orqa tomonida o‘zbek, ingliz va rus tillarida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu hujjat egasi va uning oila a’zolariga quyidagi huquq va imtiyozlarni beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiyot va ta’lim tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tavsiyaning amal qilish muddatida vaqtinchalik ro‘yxatga olishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘chmas mulkni sotib olishda qonunchilikda xorijiy fuqarolar uchun belgilangan ko‘chmas mulkning cheklangan qiymatini tatbiq etmaslik va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nastoyashiy dokument predostavlyayet sleduyushiye prava i privilegii obladatelyu i chlenam yego semi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Polzovaniye uslugami meditsinskix i obrazovatelnix organizatsiy na usloviyax predusmotrennix dlya grajdan Respubliki Uzbekistan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V Ministerstve vnutrennix del Respubliki Uzbekistan osushestvlyat vremennuyu registratsiyu v predelax sroka deystviya rekomendatsii;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Neprimeneniye ustanovlennoy zakonodatelstvom predelnoy stoimosti nedvijimogo imushestva dlya inostrannix grajdan pri pokupke nedvijimogo imushestva i ne trebuyushix nalichiya vida na jitelstvo v Respublike Uzbekistan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
This document gives the following rights and privileges to the owner and his/her family members:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Using the services of medical and educational organizations on the terms provided for citizens of the Republic of Uzbekistan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obtain temporary registration within the validity period of the recommendation at the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Not applying the limited value of real estate set by law for foreign citizens when buying real estate and not requiring a residence permit in the Republic of Uzbekistan.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalari vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3387-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3387/0824-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 07.03.2026-y., 10/26/3387-1/0216-son)