27.07.2022 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0031-22-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 30-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 107]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0031-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Trikotaj korxonalari uchun gigiyenik talablar” (0262-09-son SanQvaN, 2009-yil 16-fevral) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliq B. YuSUPALIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 27-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-son

Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B. ShARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 25-iyul
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 19-iyul
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 5-iyul

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligʻi xizmatining 2022-yil 27-iyuldagi 19-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0031-22-son SanQvaN)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyenik talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur sanitariya qoidalari barcha tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga qabul qilishda ushbu sanitariya qoidalari talablariga rioya qilinishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga qabul qilishda odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan dezinfeksiya vositalari, qurilish va pardozlash materiallari hamda texnologiyalardan foydalanilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalaridagi zararli ishlab chiqarish omillari mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasidagi ruxsat etilgan miqdor yoki darajadan yuqori boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining hududi, bino va xonalariga qoʻyilgan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini qurish uchun maydonni tanlash, bino va inshootlarni joylashtirish, rejalashtirish va pardozlash hamda hududlarni koʻkalamzorlashtirish ShNQ 2.07.01-03 “Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish”, SanQvaN 0350-17 “Atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya normalari va qoidalari” va boshqa texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kiyim almashtirish xonalari, yuvinish va boshqa qoʻshimcha xonalarda har kuni namli tozalash ishlari oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalaridagi isitish, sovutish va ventilatsiya tizimi SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimini sanitar-gigiyenik meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining barcha ishlab chiqarish, maishiy va qoʻshimcha xonalarida changni bartaraf etuvchi mexanik tortib oluvchi ventilatsiya tizimi boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari sexlaridan chiquvchi havo chang tutuvchi filtrlarda tozalangan holda atmosferaga chiqarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Issiq yuzaga ega boʻlgan trubali oʻtkazgichlar, devorlar, quritish apparatlari va boshqalar issiqlikni izolatsiyalovchi materiallar bilan qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining barcha ishlab chiqarish sexlarida toza ichimlik suvi bilan taʼminlovchi maxsus joylar tashkil qilinishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalarida yoritish, shovqin va tebranishga qoʻyilgan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasida keltirilgan talablarga muvofiq yoritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari sexlarida buzilgan yoki kuygan chiroqlar nosozlik yuzaga kelgan paytning oʻzida almashtirilishi, shuningdek ular changdan doimo tozalab turilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ish joyidagi shovqin darajasi SanQvaN 0325-16 “Ishchi joylarda ruxsat etilgan shovqin darajalarini sanitariya normalari”, tebranish darajasi esa SanQvaN 0326-16 “Ishchi joylarda umumiy va lokal tebranishlarni sanitariya normalari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Shovqin darajasi yuqori boʻlgan ishlab chiqarish binolarining (xonalarining) devor va shiftlari ovozni oʻziga singdiradigan materiallar (namat, torf va boshqalar) bilan qoplanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ish joylaridagi texnologik jarayonning oʻziga xos xususiyatlari sababli, shovqin darajasi meʼyordagi talablardan oshib ketgan taqdirda, barcha ishchilar shovqindan asraydigan shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari xodimlariga qoʻyiladigan tibbiy-profilaktik talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari ishchilari Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq davriy tibbiy koʻrikdan oʻtib borishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalarida xotin-qizlar mehnatini tashkil qilishda SanQvaN 0364-18 “18 yoshdan kichik boʻlgan qizlar va ayollar uchun ogʻir yuklarni qoʻlda koʻtarish va ularni joylashtirishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yuklamalarning meʼyorlari” talablariga rioya qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari maʼmuriyati ishchilarni zararli taʼsirlardan himoyalash maqsadida quyidagi shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlashlari lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nafas olish aʼzolari uchun shaxsiy himoya vositalari (niqoblar, bintlar, respiratorlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ifloslanishlardan himoya qilish uchun maxsus kiyimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oyoqlar uchun shaxsiy himoya vositalari (boʻyash boʻlimlarida kimyoviy moddalardan himoya qiluvchi maxsus poyabzallar boʻlishi lozim);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eshitish organlari uchun shaxsiy himoya vositalari (quloq suprasini yopib turuvchi quloqchinlar, tashqi eshitish kanali uchun maxsus paxtalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati 3-ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga
1-ILOVA

Tikuv-trikotaj sanoati korxonalaridagi zararli ishlab chiqarish omillari va ularning ruxsat etilgan miqdori yoki darajasi (xavflilik sinfi, aniqlash uslubi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ishlab chiqarish omillari

Kattalik (ruxsat etilgan miqdor yoki daraja)

Xavflilik sinfi

Aniqlash uslubi

1. Paxta tolasi changi

4,0 mg/m3

IV

Ish joylari havosidagi chang miqdori gravimetrik usulda aniqlanadi.

Bunda, havoni soʻruvchi (aspiratsiya) filtrlari yordamida 10 daqiqa davomida namuna olinishi va havoning soʻrilish hajmi kamida 20 l/min boʻlishi kerak.

Filtrdan oʻtgan havodagi chang miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

X = (K2-K1):V0= mg/m3, yaʼni:

X — chang konsentratsiyasi, mg/m3;

K1 — namuna olishdan avval filtrning vazni;

K2 — namuna olingandan keyingi filtrning vazni;

V0 — oʻrtacha sharoitda havo hajmi (havo harorati 20 °S, atmosfera bosimi 760 mm. simob ustuni sharoitida).

2. Sirka kislotasi parlari

5,0 mg/m3

III

Ish joylaridagi havo tarkibida sirka kislotasi parlarini aniqlash xromatografiya usuli bilan amalga oshiriladi.

Havo tarkibidagi sirka kislotasi parlari qattiq sorbentda (singdiruvchi modda) yigʻiladi. Xromatografning parlovchi boʻlimida sorbentdan sirka kislotasi ajratib olinadi va uning miqdori aniqlanadi.

3. Shovqin

80 dB

Ish joylaridagi shovqin darajasi GOST ISO 9612-2016 “Shovqinni insonga taʼsirini baholash uchun oʻlchash” va San QvaN 0325-16-son “Ishchi joylarda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan shovqin darajalarining sanitar meʼyorlari”ga muvofiq baholanadi.

4. Umumiy tebranish

92 dB

Ish joylarida umumiy tebranish darajalari chastotali tahlil uslubida aniqlanadi.

Bunda, tebranish davomiyligi va tebranish dozasi hisobga olinishi lozim.

Tebranishning darajalarini gigiyenik baholash San QvaN 0326-16 “Ishchi joylarda umumiy va lokal tebranishning sanitar meʼyorlari”ga muvofiq oʻtkaziladi.

5. Mikroiqlim

Yilning sovuq davrida: havo harorati 15 — 21 °S, nisbiy namlik 40 — 60 foiz, havo harakati esa 0,4 m/sek. dan kam boʻlmasligi.

Yilning iliq davrida: havo harorati 21 — 29 °S, nisbiy namlik 40 — 60 foiz, havoning harakati 0,4 — 0,7 m/sek, harorat indeksi esa 30,0 °S boʻlishi lozim.

Ish joylaridagi mikroiqlimni gigiyenik baholash San QvaN 0324-16-son “Ishlab chiqarish korxonalari binolari mikroiqlimining sanitar — gigiyenik meʼyorlari”ga asosan amalga oshiriladi.

Psixrometr yordamida havo harorati va nisbiy namlik, anemometr yordamida havo harakatining tezligi, inspeksion aktinometr yordamida issiqlik nurlanishi oʻlchanadi.

Mikroiqlim sharoitlarini baholash ish boshlanishidan va tushlik tanaffusidan avval hamda ish kuni oxirida oʻtkaziladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga
2-ILOVA

Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun yoritish normalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ishlab chiqarish sexlari nomi

Koʻrish bilan bogʻliq ishlarning razryadi, razryad osti

Sunʼiy

Tabiiy

Birlashtirilgan

Yorituvchanlik (lk)

Tabiiy yorugʻlik miqdori (foizda)

Tabiiy yorugʻlik miqdori (foizda)

kombinirlangan yoritishda

umumiy yoritishda

kombinirlangan yoritishda

yuqori va yonlama

kombinirlangan yoritishda

yuqori va yonlama

Toʻqish

2 v

2000

500

7,0

2,5

4,2

1,5

Boʻyash

6

-

200

2,0

0,5

1,0

0,6

Bichish

2 g

1000

300

7,0

2,5

4,2

1,5

Tikish

2 v

2000

500

7,0

2,5

4,2

1,5

Dazmol qilish

6

-

200

2,0

0,5

1,0

0,6

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ishlab chiquvchilar roʻyxati:

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti (SGvaKK ITI).