1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim, Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini yanada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi xalqaro ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma), YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda keng jamoatchilikning 2022-2023-yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini YUNESKO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YUNESKO Bosh konferensiyasi qarori bilan Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash YUNESKOning 2022-2023-yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro‘yxatiga kiritilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkiliy qo‘mita (A. Aripov) bir oy muddatda Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash bo‘yicha ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirishni va quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini mas’ul ijrochilar, moliyalashtirish manbalari va miqdorlarini aniq belgilagan holda tasdiqlasin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Ko‘kalamzorlashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikamizdagi Abu Rayhon Beruniy nomi bilan bog‘liq obida va qadamjolarni, shu jumladan Abu Rayhon Beruniy sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik majmualarini mukammal ta’mirlash va ularning hududlarini obodonlashtirish, “Buyuk Beruniy merosi” xalqaro sayyohlik marshrutlarini yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olimlar va mutaxassislarning taklif-mulohazalari asosida ishlab chiqiladigan konsepsiya asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida 2023-yil yakuniga qadar Abu Rayhon Beruniy majmuasini qurish va uning hududida ilmiy-ma’rifiy, madaniy va dam olish hamda turizm obyektlari faoliyatini tashkil qilish, ushbu masalada ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori belgilangan tartibda qabul qilinishini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qo‘lyozma va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish, ularni ishonchli saqlash uchun zarur sharoit yaratish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi va Xorazm Ma’mun akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularda madaniy meros obyektlari, shu jumladan arxeologiya merosi obyektlari, muzey ashyolarini restavratsiya va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilish hamda ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abu Rayhon Beruniy merosini o‘rganish maqsadida xalqaro miqyosda keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini e’lon qilish, shu mavzuda ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratish, xorijiy olimlarning asarlarini o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori sifatli media mahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratish, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida efirga berib borish, Internet va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish, dunyo miqyosida xeshteg va chellenj kabi targ‘ibotning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abu Rayhon Beruniy siymosi tasvirlangan, allomaning ilmiy-ijodiy merosiga bag‘ishlangan pochta markalari va konvertlar turkumini yaratish, taqvimlar va ko‘rgazmali axborot vositalari, esdalik tangalari, kumush va oltin yubiley tangalarini muomalaga chiqarish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini o‘zgartirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litseylar va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Xorazm viloyatida tegishli fan bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasini tashkil etish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini o‘zgartirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari, O‘zbek milliy madaniy markazlari, vatandoshlar jamiyatlarida Abu Rayhon Beruniy ilmiy-ma’rifiy merosi, uning insonparvarlik g‘oyalarini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida ilmiy anjumanlar va davra suhbatlari tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy doiralar, xalqaro ekspertlar va keng jamoatchilikning taklif-mulohazalari asosida boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamg‘arma Tashkiliy qo‘mitaning ishchi organi etib belgilansin va mazkur qarorda belgilangan vazifalar bo‘yicha vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashqi ishlar vazirligi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini dunyo miqyosida chuqur o‘rganish va ommalashtirishga ulkan hissa qo‘shgan shaxslarni hamda ilmiy-ijodiy muassasalarni taqdirlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abu Rayhon Beruniy yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlarni tegishli xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar, shu jumladan YUNESKO bilan hamkorlikda tashkil qilish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Ko‘kalamzorlashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlardagi Abu Rayhon Beruniy yodgorlik majmualarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borsin hamda ularning natijalari bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaga taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Fanlar akademiyasi, Madaniy meros agentligi, Tashqi ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy davlatlarda saqlanayotgan Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-ijodiy merosi hamda u yashagan davrga oid qo‘lyozmalar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularning faksimile nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish, tadqiq etish va davlat elektron katalogi hamda YUNESKOning raqamli kutubxonasiga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Ko‘riklar. Festivallar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Innovatsion rivojlanish vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Abu Rayhon Beruniy hayoti va merosini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.11.00 Madaniy, tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va estetika maqsadlarida hayvonlardan foydalanish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yoshlar ishlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil dekabrga qadar “Beruniy va yoshlar” maxsus dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin. Bunda, Abu Rayhon Beruniy hayotiga oid ma’lumotlar, uning ilmiy-ma’rifiy asarlari jamlangan mobil ilova yaratsin va yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadigan muddatlarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati, uning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanni o‘tkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Abu Rayhon Beruniyning barcha asarlarini to‘plash asosida bosqichma-bosqich allomaning to‘liq asarlari turkumini Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish choralarini ko‘rsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Madaniyat vazirligi 2023-yilda Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyati asosida yangi spektakllar yaratsin hamda ularning respublika bo‘ylab teatrlarda namoyish etilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kinematografiya agentligi 2022-2023-yillarda Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy, multiplikatsion va to‘liq metrajli hujjatli filmlar, ko‘p qismli teleserial yaratish hamda ularni xorijiy mamlakatlarda ham keng namoyish qilish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Badiiy akademiya va “Hunarmand” uyushmasi 2022-2023-yillarda respublikamiz bo‘ylab Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyatiga bag‘ishlangan tasviriy san’at asarlari, miniaturalar, xalq amaliy san’ati namunalari hamda fotosuratlar ko‘rgazmalarini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda uning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida, shuningdek, ta’lim tashkilotlari va mehnat jamoalarida keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish, allomaning ilmiy-ma’rifiy merosi asosida maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar, o‘quv-ma’rifiy filmlar yaratish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar, tashkilotchilarning o‘z mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 25-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-361-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi PQ-361-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.
A.N. Aripov
—
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi
2.
A.A. Abduvaxitov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari
3.
X.M. Sultonov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi
4.
G.O. Umerova
—
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari
5.
Q.R. Sariyev
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi
6.
J.A. Artikxodjayev
—
Toshkent shahar hokimi
7.
F.U. Ermanov
—
Xorazm viloyati hokimi
8.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
9.
T.A. Ishmetov
—
moliya vaziri
10.
V.I. Norov
—
tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi
11.
A.X. Toshqulov
—
oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
12.
B.S. Abduhalimov
—
Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti
13.
Sh. Minovarov
—
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori
14.
Sh. Ziyodov
—
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori
15.
M.M. Hojimatov
—
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
16.
S.S. Saidov
—
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
17.
A.J. Xadjayev
—
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
18.
U.R. Shodiyev
—
O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO huzuridagi doimiy vakili
19.
S. Noshadi
—
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili (kelishuvga muvofiq)
20.
Z.M. Mashrabov
—
Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi raisi
21.
I.I. Abdullayev
—
Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi
22.
S.S. Shukurov
—
Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri, Tashkiliy qo‘mita kotibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 07/22/361/0771-son, )