15.08.2022 yildagi 447-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni ta’minlash borasida izchil choralar ko‘rilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun keng shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni ilm-fanga faol jalb etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni 3-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisiga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida Davlat budjetidan har yili kamida 200 milliard so‘m moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ushbu bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan talaba xotin-qizlarning o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasi to‘lovlari bundan mustasno) tegishli oliy ta’lim muassasalariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarni aniqlash va ularning ro‘yxatini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarga to‘lov-kontraktning to‘liq summasini (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasi to‘lovlari bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan so‘rovnomalariga muvofiq ushbu qaror ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplashning yangi tartibi mazmun-mohiyati va uning ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshqulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 15-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
447-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan talaba xotin-qizlar (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar)ga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun maqsadli ravishda tashkil etilgan magistratura talabalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Talabgorlarga o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlari bundan mustasno) tegishli oliy ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qaytarish shartisiz qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Talabgorlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha 48 21 190 “Boshqa xarajatlar” xarajatlar moddasida bir satrda, yilning choraklari va oylari bo‘yicha rejalashtirilgan holda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yildan boshlab mazkur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida oliy ta’lim muassasasining idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Talabgorlarni aniqlash va ro‘yxatini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Talabgorlar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish yuzasidan o‘zlari ta’lim oladigan oliy ta’lim muassasasining rektori (filial direktori) nomiga o‘quv yilining 15-sentabriga qadar ariza bilan murojaat etadilar. Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Taqdim etilgan arizalar oliy ta’lim muassasasi tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda umumlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 2022-yilda umumlashtirilgan talabgorlar ro‘yxati besh ish kunida to‘lov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yildan boshlab talabgorlar ro‘yxati besh ish kunida oliy ta’lim muassasasining idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Talabgorlarga to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini qoplab berish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatiga asosan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uch ish kuni ichida tegishli mablag‘larni oliy ta’lim muassasalarining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish yuzasidan Moliya vazirligiga so‘rovnoma taqdim etadi hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda mablag‘lar har yili 20-mayga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalarining budjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yildan boshlab tegishli oliy ta’lim muassasalarining budjet mablag‘lari ularning xarajatlar smetasida rejalashtirilgan holda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab talabgorlarga o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrug‘i qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Talabgorlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari hajmi budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha 48 21 190 “Boshqa xarajatlar” xarajatlar moddasida bir satrda, yilning choraklari va oylari bo‘yicha rejalashtirilgan holda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Talabgorlar uchun ajratilgan mablag‘lar oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt) mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va belgilangan tartibda sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Talabgorlarga o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplash uchun oliy ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda, ular belgilangan tartibda idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga qo‘shimcha budjet mablag‘lari ajratilishi yuzasidan murojaat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Talabgorlarga o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) qiymatiga ekvivalent hisobida qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) talabgorlarga 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan belgilangan tartibda qoplab berish uchun mas’ul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Talabgorlarga to‘lov-kontraktni to‘liq to‘lab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumot har chorak yakuni bilan yangilanib boriladi hamda yillar bo‘yicha aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini qoplab berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgorlar (Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan talaba xotin-qizlar)

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish yuzasidan o‘zlari ta’lim oladigan oliy ta’lim muassasasining rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etadilar.

O‘quv yilining 15-sentabriga qadar

2-bosqich

Davlat oliy ta’lim muassasalari

Taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqadi va ro‘yxat shakllantiradi.

3 ish kunida

3-bosqich

Davlat oliy ta’lim muassasalari

To‘lov-kontraktlar summalarini qoplab berish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga shakllantirilgan ro‘yxatni yuboradi.

2023-yildan boshlab talabgorlar ro‘yxati oliy ta’lim muassasasining idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.

5 ish kunida

4-bosqich

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatiga asosan tegishli mablag‘larni oliy ta’lim muassasalarining budjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish yuzasidan Moliya vazirligiga so‘rovnoma taqdim etadi.

2023-yildan boshlab tegishli oliy ta’lim muassasalarining budjet xarajatlar smetasida rejalashtirilgan holda aks ettiriladi.

3 ish kunida

5-bosqich

Moliya vazirligi

Belgilangan tartibda mablag‘larni tegishli oliy ta’lim muassasalarining budjet shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

Har yili 20-mayga qadar

6-bosqich

Davlat oliy ta’lim muassasalari

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab talabgorlarga o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish to‘g‘risida tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrug‘i qabul qilinadi.

O‘quv yilining 15-oktabriga qadar

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2022-y., 09/22/447/0741-son; 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son)