1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Amalga oshirish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. |
Sport kurashlari rivojlanmagan hududlarda ushbu sport turlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Hududlarda sport kurashlarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va muammolarni oʻrganish uchun ishchi guruh tuzish. |
2022-yil sentabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. Sport kurashlari rivojlanmagan hududlarning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini tahlil qilish, sport-taʼlim muassasalari va klublarining qamrovi va resurs taʼminoti, aholining sport kurashlariga boʻlgan qiziqishini oʻrganish. |
2022-yil sentabr-oktabr | ||||
|
3. Hududlarda sport kurashlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil noyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |||
|
2. |
Sport kurashlari bilan shugʻullanuvchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar haqidagi maʼlumotlarni shakllantirish. |
1. Kurashchilar va trenerlar haqidagi maʼlumotlarni shakllantirish hamdaiqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasiga joylashtirish. |
2022-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov, M. Ismailov), Adliya vazirligi (X. Meliyev), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. Sport kurashlari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan klublarni xatlovdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish. |
2022-yil oktabr | ||||
|
3. Tahlil asosida natijadorligi past boʻlgan bosh trenerlar va mutaxassislar oʻrnini yuqori natijador xorijiy trenerlar va mutaxassislarbilan toʻldirish. Ular ishtirokida mahorat darslari, seminar, konferensiya va davra suhbatlari oʻtkazish. |
Rejaga asosan | ||||
|
3. |
Sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya maktablari hamda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida sport kurashlari boʻyicha seksiya va boʻlimlar tashkil etish hamda ular faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish. |
1.Sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya maktablari hamda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida faoliyat koʻrsatayotga? sport kurashlari seksiya va boʻlimlarini xatlovdan oʻtkazish. |
2022-yil noyabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Xatlov natijalariga koʻra quyidagilarni: sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sport kurashlarining kamida bitta turi boʻyicha; ixtisoslashtirilgan sport maktablarida sport kurashlarining ikkita turi boʻyicha seksiya va boʻlimlar tashkil etish. |
2023-yildan boshlab |
Ijrochilar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
|
3. Tashkil etilgan seksiya va boʻlimlarni sport-taʼlim muassasalariga trenerlar uchun ajratilgan shtat birliklari doirasida sport kurashlari boʻyicha trenerlar bilan taʼminlash. |
|
| |||
|
4. |
Hududlarda sport kurashlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish. |
1. Seleksionerlarni jalb qilgan holda hududlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash. 2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli sportchi boʻlib shakllanishi uchun sport-taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Ijrochilar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida sport kurashlarini ommalashtirish. |
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimidagi taʼlim tashkilotlarida sport kurashlari boʻyicha klublar tashkil etish va malakali trenerlar bilan toʻldirish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. Oʻrta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarida oʻtkaziladigan sport turlari roʻyxatiga sport kurashlarini kiritish. |
2022-yil dekabr | ||||
|
6. |
2025-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlariga sport kurashlari boʻyicha puxta tayyorgarlik koʻrish va unda munosib ishtirok etish uchun zarur choralar koʻrish. |
1. Sport kurashlari turlari boʻyicha terma jamoaga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. |
2022-yildan boshlab |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablagʻlar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan 2025-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish dasturini ishlab chiqish. |
2022-yil sentabr | ||||
|
3. Dasturga muvofiq terma jamoa aʼzolari uchun respublikada mahalliy va xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish. |
2022 — 2024-yillar davomida | ||||
|
4. Terma jamoa aʼzolarini nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash. |
| ||||
|
7. |
Sport kurashlari boʻyicha trener, hakam va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, oʻquv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlar oʻrtasida tajriba almashish. |
1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida sport kurashlari turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. 2. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik asosida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy taʼlimni tashkil etish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab rejaga asosan |
Ijrochilar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
8. |
Sport kurashlari boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlar jarayoniga zamonaviy ilmiy-innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish. |
1. Yosh tadqiqotchilarni sport kurashlari boʻyicha ilmiy faoliyatga keng jalb etish. 2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq sport kurashlarini rivojlantirish bilan bogʻliq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan loyihalar tanlovini tashkil etish. 3. Sport kurashlari bilan shugʻullanishga qiziqishni oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy oʻquv adabiyotlari va qoʻllanmalarni tayyorlash hamda nashr etish. |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
9. |
Sport kurashlari turlarini rivojlantirish bilan bogʻliq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. |
1. Sport kurashlari turlarini rivojlantirish bilan bogʻliq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan loyiha mavzularini shakllantirish va tanlov eʼlon qilish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga oʻrnatilgan tartibda taqdim etish. |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) |
|
2. Taqdim etilgan loyiha mavzularini saralab olib, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qilish. 3. Tanlov natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan loyiha ijrochilari tarkibiga yosh tadqiqotchilarni jalb qilish. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh. Turdikulova) | ||||
|
10. |
Sport kurashlari bilan shugʻullanishni ommalashtirish va rivojlantirish. |
1. Har bir hududda 23-may — Sport kurashlari kuniga bagʻishlab musobaqalar va fleshmoblar tashkil etish. |
Har yili may |
Ijrochilar mablagʻlari |
Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. Aholiga qulay joylarda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va Internet saytlarida sport kurashlari inshootlari (zallar, klublar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni lokatsiya koʻrsatilgan holda joylashtirish. |
2022-yil avgustdan boshlab, doimiy | ||||
|
11. |
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda sport kurashlari turlarini rivojlantirish va ommalashtirish. |
1.Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya tizimida sport kurashlarini ommalashtirish va rivojlantirish, harbiy xizmatchi va xodimlarini ushbu sport turlariga keng jalb qilish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil sentabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni sport kurashlari boʻyicha xorijiy mamlakatlarda foydalanilayotgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, adabiyotlar va boshqa axborot materiallari bilan taʼminlash. |
2022-yil noyabr | ||||
|
3.Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari orasidan sifatli sport zaxirasi va mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish. |
2022 — 2024-yillar davomida | ||||
|
12. |
Birlashgan kurash dunyosi, Osiyo sport kurashlari federatsiyasi hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning sport kurashlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash. |
1. Birlashgan kurash dunyosi, Osiyo sport kurashlari federatsiyasining masʼul lavozimlariga mamlakatimizdagi sport kurashlari turlari boʻyicha yetuk mutaxassis, sportchi va trenerlari orasidan nomzodlarni ilgari surish. 2. Sport kurashlari boʻyicha jahon reytinglarida yuqori oʻrinlarni egallagan davlatlar, jumladan AQSH, Armaniston, Vengriya, Gruziya, Kuba, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Eron, Yaponiya va boshqa davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish va amaliyotga joriy qilish, ularning sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni kuchaytirish. Bunda, yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratish. |
2022-yildan boshlab |
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
13. |
Oʻzbekistonda anʼanaviy tarzda sport kurashlari boʻyicha erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari boʻyicha) xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish. |
1.Yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro sport musobaqalarini Toshkent shahrida oʻtkazish. |
2023-yil mart |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablagʻlar |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Surxondaryo viloyati (U.Qosimov) va Toshkent shahar (Sh. Umurzakov) hokimliklari |
|
2.Oʻsmirlar oʻrtasida “Uzbekistan-Grand Prix” xalqaro sport musobaqalarini Termiz shahrida oʻtkazish. |
2023-yil iyun | ||||
|
3.Kattalar oʻrtasida “New Uzbekistan” xalqaro sport musobaqalarini Nukus shahrida oʻtkazish. |
2023-yil oktabr | ||||
|
4.Har bir xalqaro sport musobaqasi gʻolib va sovrindorlarini munosib ragʻbatlantirish. |
| ||||
|
14. |
Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali sport kurashlarini keng targʻib qilish. |
1.Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash: Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida sport kurashlari boʻyicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Sport kurashlari” maxsus ruknini tashkil qilish; hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida sport kurashlarini keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish; mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini oʻtkazish; sport jurnalistlarining sport kurashlari yutuqlari tahliliga bagʻishlangan koʻrsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish. |
Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |
|
2. Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining veb-saytini yangilash, videoroliklarni joylashtirish, uning ijtimoiy tarmoqlar va videoxostinglardagi sahifasini ochish. |
2022-yil noyabr |
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi mablagʻlari |
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi (S. Abduvaliyev) |