08.07.2022 yildagi 377-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga barham berishni taʼminlaydigan yoʻl harakatini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimini kengaytirish boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatining sifat jihatidan yangi tartibi belgilandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, yoʻl harakatini tashkil etish sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, yoʻl harakati barcha ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq faoliyat koʻrsatayotgan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali ushbu maskanlarda inson omilini cheklagan holda transport vositalarining toʻsiqsiz harakatlanishini taʼminlash boʻyicha “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili) bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida tashkil etiladigan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yashil” yoʻlakdan — belgilangan qoidalarga rioya etadigan va huquqbuzarlik sodir etmagan transport vositalari haydovchilari hech qanday toʻsiqsiz va cheklovlarsiz harakatlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qizil” yoʻlakdan — qidiruvda boʻlgan, sugʻurta polisining muddati oʻtgan, belgilangan muddatda texnik koʻrikdan oʻtmagan, vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlanayotgan yoki yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun oʻz vaqtida toʻlanmagan jarimasi mavjud boʻlgan transport vositalari harakatlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili asosida yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarining faoliyatini tashkil etish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositalarining yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” tamoyili asosida tashkil etiladigan yoʻlaklar orqali harakatlanish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
postlarga xizmatni oʻtash uchun jalb etiladigan yoʻl-patrul xizmati xodimlarining asosiy huquq va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
postlarga transport vositasida harakatlanib kelgan haydovchining huquq va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
postlar faoliyati ustidan nazorat qilish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-dekabrdan boshlab “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” va Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan “Namangan” yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida hamda 2-ilovadagi jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Yashil” va “Qizil” yoʻlaklar tizimini joriy etish boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda 2022-yil 1-noyabrga qadar tizimning ishga tushirilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar transport oqimini hisoblash, tirbandliklarning oldini olish, qidiruvda boʻlgan va olib qochilgan transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishini aniqlash hamda transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni masofadan uzatish imkoniyatini oʻz ichiga olgan radiochastotalardan foydalangan holda kontaktsiz maʼlumotlar almashinuvi texnologiyasining jahon tajribasini oʻrganib chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlariga tutash hamda ular atrofidagi boʻsh turgan va zaxiraga olingan qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer uchastkalarini ushbu postlarda zarur inshootlarni barpo etish va jihozlash maqsadida tegishli ichki ishlar organlari murojaatiga asosan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tizimini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar hamda donor mamlakatlar kreditlari va grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 20-sentabrdagi 747-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 8-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
377-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 377-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.Ushbu Nizom avtotransport vositalarining yoʻl-patrul xizmati statsionar postlari (keyingi oʻrinlarda — postlar)da tashkil etilgan “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili asosida harakatlanishi tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yorugʻlik diodli ekran — LED displey, vizual maʼlumotlarni koʻrsatish va uzatish uchun qurilma (displey, monitor, televizor, elektron tablo);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qizil” yoʻlak — qidiruvda boʻlgan, texnik koʻrikdan oʻtmagan, sugʻurta polisi muddati oʻtgan, vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlangan yoki yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida toʻlanmagan jarimasi mavjud transport vositalari harakatlanishi shart boʻlgan harakatlanish boʻlagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdorlik — yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida toʻlanmagan jarima;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
post — yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmat koʻrsatish, tezkor-texnik va maxsus vositalar, muhandislik va boshqa tuzilmalar bilan jihozlangan joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harakatlanish boʻlagi — avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foto va video qayd etish qurilmasi — yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnika vositalari yordamida qayd etuvchi qurilma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yashil” yoʻlak — “Qizil” yoʻlak orqali harakatlanish shartligini koʻrsatuvchi alomatlari boʻlmagan transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladigan harakatlanish boʻlagi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Postlarda oʻrnatilgan tartib xorijiy transport vositalariga ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili asosida postlarning faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Transport vositalarining harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorugʻlik diodli ekran orqali ishora berish yoʻli bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yorugʻlik diodli ekranda aks ettirilmagan yoki “Yashil” yoʻlak boʻylab harakatlanish haqida ishora berilgan transport vositalari “Yashil” yoʻlak boʻylab toʻsiqsiz harakatlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Qizil” yoʻlakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari boʻyicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi, aniqlangan qarzdorliklar boʻyicha postlarda tashkil etilgan bank terminallari orqali qarzdorlik boʻyicha toʻlov amalga oshirilganidan soʻng, ularning harakatini davom ettirishga ruxsat berish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdorlik toʻlanmagan hollarda transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 291-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini maxsus toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq maxsus toʻxtash joylariga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik koʻrikdan oʻtmagan, sugʻurta polisi muddati oʻtgan transport vositalari yuzasidan maʼmuriy bayonnoma tuzilgandan soʻng, vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlangan transport vositalari boʻyicha esa vazn va hajm parametrlari tegishli normaga moslashtirilgan taqdirda ularning harakatini davom ettirishga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlangan transport vositalari boʻyicha vazn va hajm parametrlarini tegishli normaga moslashtirilmagan yoki obyektiv sabablarga koʻra buning imkoni boʻlmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushlab turish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qidiruvda boʻlgan transport vositalari aniqlanganda, ushbu transport vositalari darhol maxsus toʻxtash joylariga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qarzdorlik aniqlangan transport vositalariga quyidagi hollarda harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasi toʻxtatilgan vaqtdan eʼtiboran koʻpi bilan 30 daqiqa ichida qarzdorlikka oid batafsil maʼlumot olish imkoniyati boʻlmasa yoxud postlarda tashkil etilgan bank terminallari ishlamayotgan yoki aniqlangan qarzdorliklar boʻyicha toʻlovni qonun hujjatlarida belgilangan boshqacha tartibda amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan qarzdorliklarga asos boʻlgan qoidabuzarliklar yuzasidan sudga murojaat qilingan yoki ish sudda koʻrilayotgan hollarda (bundan ish yuzasidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan hollar mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasida shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj shaxs boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofat, texnogen halokat, yongʻin)da yuk yoki odamlarni tashish hollarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasi marhumni tashish uchun foydalanilayotgan yoki dafn marosimida ishtirok etayotgan hollarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Postlarga xizmatni oʻtash uchun jalb etiladigan yoʻl-patrul xizmati xodimlarining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Postlarda xizmat oʻtayotgan yoʻl-patrul xizmati xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qizil” yoʻlak boʻylab harakatlanishi lozim boʻlgan transport vositalari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qizil” yoʻlak boʻylab harakatlanishi lozim boʻlgan, biroq axborot ishora belgilariga rioya qilmagan transport vositalarini toʻxtatish choralarini koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yoʻl-patrul xizmati xodimlari quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy ichki ishlar organlari navbatchilik qismi va markaziy axborot dispetcherlik xizmati — axborot dispetcherlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — MADX-ADX) bilan doimiy aloqada boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
postlarda mavjud yorugʻlik diodli ekran yordamida, transport vositalarini qizil va yashil yoʻlaklar boʻylab toʻgʻri harakat qilib kelayotganligini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot ishora belgilari yoki yorugʻlik diodli ekranda namoyon boʻlgan maʼlumotlarga amal qilmasdan harakatlanishi kerak boʻlgan yoʻlakda harakatlanmagan transport vositasini oʻrnatilgan tartibda tegishli ishora berish yoʻli bilan toʻxtatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
postlarda mavjud texnik jihozlarning soz holda ishlashini muntazam ravishda nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik jihozlarda nosozliklar aniqlangan taqdirda, ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
postlardan “Qizil” yoʻlak boʻylab oʻtgan transport vositalari boʻyicha kunlik hisobotni yuritish va qoʻllanilgan choralar boʻyicha maʼlumotni hududiy yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlariga yuborish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Postlarga transport vositasida harakatlanib kelgan haydovchining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Postlarga transport vositasida harakatlanib kelgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yorugʻlik diodli ekran orqali qizil yoʻlakdan harakatlanish buyurilganligi asoslari toʻgʻrisida tushuntirish berilishini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan kamchiliklar va qarzdorliklar bilan bogʻliq maʼlumotlar bilan tanishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl quyilgan kamchiliklar va qarzdorliklar yuzasidan tushuntirishlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud qarzdorlik yoki transport vositasi qidiruvda ekanligi munosabati bilan maxsus toʻxtash joyiga joylashtirilganligi yuzasidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Postlarga transport vositasida harakatlanib kelgan haydovchi axborot ishora belgilari yoki yorugʻlik diodli ekranda namoyon etilgan maʼlumotlardagi ishoralarga soʻzsiz rioya qilishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Postlar faoliyati ustidan nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Postlarning faoliyati ustidan nazorat bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Postlarda xizmat olib borayotgan yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan taqdim etilgan kunlik maʼlumot hududiy yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan umumlashtirilib, avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazasi bilan solishtiriladi va oylik hisobot yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oylik hisobot bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Haydovchilar postlarga xizmatni oʻtash uchun jalb etiladigan yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 377-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyilini bosqichma-bosqich joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
JADVALI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

YPX statsionar posti nomi

Hudud nomi

YPX statsionar posti joylashgan manzil

Rekonstruksiya qilish, qurish

(bitkazish muddati)

I-bosqich

1.

“Chinor” YPX statsionar posti

Toshkent viloyati

A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 199-kilometrida, Ohangaron tumani

dekabr 2022-yil

2.

“Namangan” YPX statsionar posti

Namangan viloyati

A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 273-kilometrida, Pop tumani

II-bosqich

3.

45-YPX statsionar posti

Andijon viloyati

A373 “M-39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 469-kilometrida, Xoʻjaobod tumani

fevral 2023-yil

4.

“A. Turbonov” YPX statsionar posti

Toshkent shahri

M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining 15-kilometrida, Sergeli tumani

5.

“Erkin” YPX statsionar posti

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 817-kilometrida, Chilonzor tumani

6.

“Bektemir” YPX statsionar posti

4R2 “Toshkent-Toʻytepa-A373 avtoyoʻli (55 km)” avtomobil yoʻlining 11-kilometrida, Bektemir tumani

7.

“Sharq” YPX statsionar posti

A373 avtomobil yoʻlining “a” “Toshkent shahriga” shoxobchasining 45-kilometrida, Bektemir tumani

8.

“Uch qahramon” YPX statsionar posti

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 817-kilometrida, Yunusobod tumani

iyul 2023-yil

9.

“Keles” YPX statsionar posti

4R4 “Toshkent-Keles-Qozoqkentsoy-M39 avtoyoʻli (820 km)” avtomobil yoʻlining 16-kilometrida, Toshkent tumani

10.

“Oybek” YPX statsionar posti

Toshkent viloyati

4R20 “Qorasuv-Boʻka-Bekobod” avtomobil yoʻlining 63-kilometrida, Bekobod tumani

III-bosqich

11.

“Sirdaryo” YPX statsionar posti

Sirdaryo viloyati

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shaxrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 871-kilometrida, Sirdaryo tumani

fevral 2024-yil

12.

“Norin” YPX statsionar posti

Namangan viloyati

4R112 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 101-kilometrida, Norin tumani

13.

“Manas-14” YPX statsionar posti

Jizzax viloyati

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 939-kilometrida, Doʻstlik tumani

14.

“Yakkabogʻ-15” YPX statsionar posti

A376 “Qoʻqon-Jizzax” avtomobil yoʻlining 242-kilometrida, Zomin tumani

15.

“Yuqori nuqta” YPX statsionar posti

Samarqand viloyati

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1039-kilometrida, Bulungʻur tumani

16.

“Omonqoʻton” YPX statsionar posti

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1120-kilometrida, Urgut tumani

IV-bosqich

17.

“Mingchinor” YPX statsionar posti

Qashqadaryo viloyati

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1139-kilometrida, Kitob tumani

iyul 2024-yil

18.

“Umakay” YPX statsionar posti

A378 “Samarqand-Gʻuzor” avtomobil yoʻlining 57-kilometrida, Chiroqchi tumani

19.

“Shirinbuloq” YPX statsionar posti

A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 147-kilometrida, Muborak tumani

20.

“Darband” YPX statsionar posti

Surxondaryo viloyati

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1335-kilometrida, Boysun tumani

21.

“Manguzar” YPX statsionar posti

M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yoʻlining 1618-kilometrida, Termiz tumani

V-bosqich

22.

“Sarmijon” YPX statsionar posti

Buxoro viloyati

M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 212-kilometrida, Gʻijduvon tumani

fevral 2025-yil

23.

“Karakata” YPX statsionar posti

Navoiy viloyati

A379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yoʻlining 125-kilometrida, Konimex tumani

24.

“Zarafshon” YPX statsionar posti

A379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yoʻlining 202-kilometrida, Zarafshon shahri

25.

“Samarqand” YPX statsionar posti

M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 147-kilometrida, Karmana tumani

VI-bosqich

26.

“Momokoʻpir” YPX statsionar posti

Xorazm viloyati

4R160 “Urganch-Gurlan-Mangʻit-Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 65-kilometrida, Gurlan tumani

iyul 2025-yil

27.

“Broyler” YPX statsionar posti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 754-kilometrida, Nukus shahri

28.

“Miskin” YPX statsionar posti

A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 561-kilometrida, Toʻrtkoʻl tumani

29.

“Dovut ota” YPX statsionar posti

A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 1184-kilometrida, Qoʻngʻirot tumani

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 377-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 20-sentabrdagi 747-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 4-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi “ragʻbatlantiriladi” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasining xizmat avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ilovaning 11-bandi birinchi xatboshisi “ragʻbatlantiriladi” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasining xizmat avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/377/0622-son; 15.08.2023-y., 09/23/354/0615-son)