17.06.2022 yildagi 338-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, shuningdek Hukumatning ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ruxsat berish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda, ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 17-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
338-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-iyundagi 338-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 3-bandining beshinchi xatboshidagi “28” raqami “29” raqami bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi tahrirdagi 29-ilova qoʻshilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
29-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs (qoʻriqlashning texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxsning — nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan qoʻriqlash, loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishning texnik vositalari turlari;

b) yuridik shaxsning shtatidagi xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Maʼlumotda quyidagilar koʻrsatiladi:
kamida uch nafar xodimning F.I.O, JShShIR, pasportining seriyasi va raqami, yashash manzili;

maʼlumoti, mutaxassislig�;

yuridik shaxs shtatida egallab turgan lavozimi, mutaxassislik boʻyicha ish staji va malaka tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
yonginga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni va texnik qoʻriqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oxirgi uch yilda malaka oshirish va maxsus tayyorgarlik kurslaridan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlari;

v) oxirgi uch yilda qoʻriqlash signalizatsiyalarini va texnik qoʻriqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

20 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) yuridik shaxsning shtatida kamida uchta sanoat (ishlab chiqarish) obyektida yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni va qoʻriqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish sohasida kamida uch yillik ish tajribasi mavjudligi;

b) yuridik shaxsning shtatida tegishli ixtisoslashuv boʻyicha (yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni va qoʻriqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish) tayyorgarlikka va kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan kamida uch nafar xodim mavjudligi;

v) yuridik shaxsning shtatida psixik kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya yoki alkogolizm bilan bogʻliq holda dispanser hisobida turgan, ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan hamda qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan xodimlar mavjud emasligi

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh:

1. Qoʻriqlashning texnik vositasi — qoʻriqlanadigan obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilma.

2. Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obyektlarni, ularning idoraviy mansubligini, oʻrnatilgan qoʻriqlashning texnik vositalari turlari va sonini koʻrsatgan holda oʻta muhim va toifalangan obyektlarda qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qil�sh, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-iyundagi 338-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 36-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 55-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Qoʻriqlash va nazorat-litsenziya faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-iyuldagi 568-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi.