17.06.2022 yildagi 338-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga qo‘shimcha kiritish, shuningdek Hukumatning ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ruxsat berish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda, ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 1-ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 17-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
338-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-iyundagi 338-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga kiritilayotgan qo‘shimcha
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi mazmundagi 41-ilova bilan to‘ldirilsin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga
41-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs (qo‘riqlashning texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning — nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan qo‘riqlash, loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishning texnik vositalari turlari;

b) yuridik shaxsning shtatidagi xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatiladi:
kamida uch nafar xodimning F.I.O, JShShIR, pasportining seriyasi va raqami, yashash manzili;

ma’lumoti, mutaxassislig�;

yuridik shaxs shtatida egallab turgan lavozimi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji va malaka tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
yonginga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yongindan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni va texnik qo‘riqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha oxirgi uch yilda malaka oshirish va maxsus tayyorgarlik kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlari;

v) oxirgi uch yilda qo‘riqlash signalizatsiyalarini va texnik qo‘riqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigim:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

20 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) yuridik shaxsning shtatida kamida uchta sanoat (ishlab chiqarish) obyektida yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yongindan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni va qo‘riqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida kamida uch yillik ish tajribasi mavjudligi;

b) yuridik shaxsning shtatida tegishli ixtisoslashuv bo‘yicha (yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yongindan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni va qo‘riqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish) tayyorgarlikka va kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan kamida uch nafar xodim mavjudligi;

v) yuridik shaxsning shtatida psixik kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya yoki alkogolizm bilan bog‘liq holda dispanser hisobida turgan, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan xodimlar mavjud emasligi

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh:

1. Qo‘riqlashning texnik vositasi — qo‘riqlanadigan obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilma.

2. Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obyektlarni, ularning idoraviy mansubligini, o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari turlari va sonini ko‘rsatgan holda o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qil�sh, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-iyundagi 338-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 36-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 55-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Qo‘riqlash va nazorat-litsenziya faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 9-iyuldagi 568-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 09/22/338/0534-son)