02.06.2022 yildagi 300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangi Oʻzbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi hamda Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taʼlim toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston” universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158-son, “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorlari ijrosini taʼminlash hamda “Yangi Oʻzbekiston” universitetida iqtidorli talabalarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Yangi Oʻzbekiston” universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158-son qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarni qabul qilish parametrlari Agentlik bilan kelishgan holda Universitet tomonidan belgilanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (Intemational Baccalaureate, Advanced Placement, Intemational Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prezident taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) gʻoliblariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlariga nisbatan “Yangi Oʻzbekiston” universitetida davlat granti tatbiq etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorining 8-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga toʻlov-kontrakt summasini qoplash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya toʻlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021/2022 oʻquv yilida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga oʻqishga qabul qilingan barcha talabalarga davlat granti, istisno tariqasida, butun oʻquv yillari uchun toʻliq taqdim etilishi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda oʻquv yili (semestr) yakuniga koʻra belgilangan akademik koʻrsatkichlari qoniqarsiz boʻlganligi natijasida tegishli fan yoki kursni qayta oʻqish bilan bogʻliq xarajatlar talabaning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Yangi Oʻzbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro darajadagi diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilari, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilari, Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nufuzli fanlar boʻyicha olimpiada gʻoliblari, Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlariga nisbatan davlat granti toʻrt oʻquv yili uchun toʻliq taqdim etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda oʻtgan oʻquv yili yakuniga koʻra eng yuqori akademik koʻrsatkichlarga erishgan Universitet talabalariga davlat granti bir oʻquv yili uchun tabaqalashtirilgan tartibda berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik, Universitet va stipendiatlar oʻrtasida belgilangan tartibda davlat grantini taqdim etish, qaytarish hamda ishlab berish shartlarini nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat grantini berish xarajatlari uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat grantiga talabgorlarning huquq va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga toʻlov-kontrakt summasi qoplab berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida belgilangan toʻlov-kontrakt summasining bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorigacha boʻlgan qismi toʻliq miqdorda qoplab berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya olgan talabalar Universitetni tamomlagandan soʻng Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha toʻliq bandlik rejimida ishlab berish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya olgan talabalar magistratura bosqichida yoki doktoranturada oʻqishini davom ettirgan taqdirda, ularning majburiy ishlab berish muddati magistratura yoki doktoranturada oʻqish davri tugagandan soʻng boshlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya berish tartibi, shartlari hamda subsidiya ajratishni moliyalashtirish qoidalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalariga davlat grantini berish, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga toʻlov-kontrakt summasini qoplash boʻyicha subsidiya ajratish xarajatlarini moliyalashtirish 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori X.U. Umarova zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 2-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
300-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-iyundagi 300-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangi Oʻzbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Prezident taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida iqtidorli talabalarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat grantini berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
grant talabgori — Universitetga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq toʻliq davlat granti asosida oʻqishi belgilangan, shuningdek, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori oʻrinlarni egallagan abituriyent hamda oʻquv yili yakuni boʻyicha akademik koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan talabalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat granti — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Universitetda oʻqish qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladigan mablagʻ miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stipendiat — qonunchilikka muvofiq toʻliq yoki tabaqalashtirilgan tartibda davlat granti taqdim etilgan Universitet talabalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Universitetni tamomlagandan soʻng Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda 5 yilgacha toʻliq bandlik rejimida ishlab berish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs davlat granti talabgori boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Universitetda iqtidorli talabalarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat granti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (Intemational Baccalaureate, Advanced Placement, Intemational Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) gʻoliblariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlariga nisbatan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat granti Universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida tahsil oladigan grant talabgorlari uchun ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat granti mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Grant talabgorlari boʻlgan abituriyentlar Universitetga qabul boʻyicha belgilangan tartibda onlayn platforma orqali ariza bilan birga hujjatlarni taqdim etish jarayonida mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan grant talabgorlari toifasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalarini ham ilova qiladi, Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu hujjatlar abituriyentlar tomonidan Universitetga qabul qilish boʻyicha arizalarga belgilangan muddatlarda taqdim etilishi shart. Qabul qilish muddati tugagandan soʻng hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat grantini olish uchun alohida ariza topshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat grantini ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat granti Universitet tomonidan har bir taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan qabul kvotasi doirasida Agentlik bilan kelishilgan holda ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat grantining toʻliq (100 foiz) miqdori Universitetda taʼlim yoʻnalishi boʻyicha belgilangan toʻlov-kontraktning toʻliq (100 foiz) miqdoriga teng boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagi toifaga kiruvchi grant talabgoriga toʻliq (100 foiz) miqdorda davlat granti ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (Intemational Baccalaureate, Advanced Placement, Intemational Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) gʻoliblari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan umumiy qabul kvotalarining 5 foizi miqdorida ajratilgan kvota boʻyicha oʻqishga qabul qilingan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari uchun belgilangan umumiy qabul kvotalarining 5 foizi miqdorida ajratilgan qabul kvotasi doirasiga kirmagan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari umumiy tartibda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat grantiga talabgorlik qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq davlat granti taqdim etilgan stipendiatlar uchun butun oʻquv yillari mobaynida toʻliq davlat grantini taqdim etish tartibi saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda stipendiatning oʻquv yili (semestr) yakuniga koʻra belgilangan akademik koʻrsatkichlari (Academic Performance) qoniqarsiz boʻlganligi natijasida talabaning tegishli fanni qayta oʻqishi bilan bogʻliq xarajatlar oʻz hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda oʻtgan oʻquv yili yakuniga koʻra eng yuqori akademik koʻrsatkichlarga (Academic Performance) erishgan Universitet talabalariga (ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan grant talabgorlaridan tashqari) davlat granti bir oʻquv yili uchun quyidagi jadvalga muvofiq tabaqalashtirilgan tartibda ajratib beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Taʼlim yoʻnalishi boʻyicha eng yuqori oʻrinni egallagan abituriyentlar (talabalar) guruhi

(ballar ketma-ketligida)

Davlat granti kvotasi

(har bir taʼlim yoʻnalishi boʻyicha umumiy kvotaga nisbatan)

Bir nafar abituriyent (talaba) uchun moliyalashtiriladigan davlat granti

(foiz hisobida)

1-guruh

10 foiz

100

2-guruh

10 foiz

70

3-guruh

15 foiz

50

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tabaqalashtirilgan davlat grantini ajratish belgilangan mezonlarga asosan Universitet tomonidan har oʻquv yili yakuniga koʻra qayta koʻrib chiqiladi va belgilangan tartibda grant talabgorlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tabaqalashtirilgan davlat grantini taqdim etish jadvalining 2-3-guruhlariga kiruvchi abituriyentlar (talabalar) tomonidan Universitetda oʻqish uchun belgilangan toʻlov-kontraktining qolgan miqdori shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Grant talabgorlari roʻyxati har oʻquv yili boshlanishining birinchi besh ish kuni mobaynida Universitet rektorining buyrugʻiga asosan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Grant talabgorlari oʻrtasida teng ballar toʻplangan taqdirda, teng ball toʻplagan barcha grant talabgorlari uchun davlat granti taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Agentlik, Universitet va stipendiatlar oʻrtasida belgilangan tartibda har oʻquv yili boshlanishining birinchi oʻn ish kuni mobaynida davlat grantini taqdim etish, qaytarish hamda ishlab berish shartlarini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Davlat grantini moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davlat grantini berish xarajatlari uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Prezident taʼlim muassasalari agentligiga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan davlat grantini berish xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar Agentlikning Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agentlik belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq har oʻquv yili boshlanishining birinchi oʻn besh ish kuni mobaynida Universitetning bank hisobvaragʻiga tegishli mablagʻlarni moliyalashtirib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Agentlikka davlat grantini berish xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish va unga oʻzgartirishlar kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Grant talabgorlarining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Quyidagilar grant talabgorlarining huquqlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kirish imtihonlarida eng yuqori oʻrinlarni egallagan va oʻquv yili yakunidagi akademik koʻrsatkichlaridan (Academic Performance) kelib chiqib davlat grantini toʻliq yoki qisman belgilangan tartibda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetda toʻlov-kontrakt asosida oʻqigan holda keyingi oʻquv semestrlari yakuni boʻyicha akademik koʻrsatkichlari (Academic Performance) yuqori boʻlgan taqdirda, davlat grantiga talabgor boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat grantidan voz kechish va Universitetda oʻqishni toʻlov-kontrakt asosida davom ettirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Toʻliq davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilarga (stipendiatlarga) oʻqishni tamomlagandan soʻng, biroq ikki oy muddatdan kechikmasdan Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda 5 yilgacha toʻliq bandlik rejimida ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tashkilotlarida kadrlarga boʻlgan ehtiyoj Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan aniqlanadi hamda davlat granti sohibi boʻlgan bitiruvchilarni taqsimlash uchun Agentlikka taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻqish davrida davlat grantini qisman olgan bitiruvchilarning davlat granti umumlashtirilib, majburiy ishlab berish muddati mutanosib ravishda, biroq kamida bir yilgacha boʻlgan muddatga yaxlitlanib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Magistratura bosqichida yoki doktoranturada oʻqishni davom ettirayotgan bitiruvchilarning (stipendiatlarning) majburiy ishlab berish muddati magistratura bosqichida yoki doktoranturada oʻqish davri tugagandan soʻng boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchi (stipendiat) mazkur Nizomda hamda shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, unga ajratilgan davlat grantining qiymati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangi Oʻzbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangi Oʻzbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Grant talabgori (xalqaro darajadagi tegishli dasturlar diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilari, Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika olimpiadalari gʻoliblari, taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi miqdorida ajratilgan kvota boʻyicha oʻqishga qabul qilingan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari, Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari) boʻlgan abituriyent tomonidan Universitetga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibda onlayn platforma orqali ariza bilan birga hujjatlarni taqdim etish jarayonida mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan davlat granti talabgorlari toifasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalarini ilova qilish.

Universitetga qabul qilish boʻyicha belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Grant talabgorlari roʻyxatini har oʻquv yili boshlanishining birinchi besh ish kuni mobaynida Universitet rektorining buyrugʻiga asosan tasdiqlash.

Har oʻquv semestri boshlanishining birinchi 5 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Universitet va stipendiatlar oʻrtasida belgilangan tartibda davlat grantini taqdim etish, qaytarish hamda ishlab berish shartlarini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomani rasmiylashtirish.

Har oʻquv semestri boshlanishining birinchi 10 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq Universitetning bank hisobvaragʻiga tegishli mablagʻlarni moliyalashtirib berish.

Har bir oʻquv semestri boshlanishining birinchi 15 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilarning oʻqishni tamomlagandan soʻng Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha toʻliq bandlik rejimida ishlab berishi.

Oʻqishni tamomlagandan keyin besh yil davomida

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-iyundagi 300-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim tashkilotlari) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga toʻlov-kontrakt summasini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya — oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga toʻlov-kontrakt summasini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchisi boʻlgan va oʻqishni tamomlagandan soʻng egallagan mutaxassisligi boʻyicha besh yil muddatda toʻliq bandlik rejimida uzluksiz ishlab berish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan fuqaro.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga toʻlov-kontrakt summasini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Subsidiya mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Subsidiya berish tartibi va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Prezident taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan Prezident maktablari bitiruvchilarining umumiy hisobini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Talabgorlar oʻquv yilining 15-dekabriga qadar Agentlikka ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga talabgorlarning oliy taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza Agentlik tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha har yili oliy taʼlim tashkilotiga toʻlov-kontrakt summasini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdoridan ortiq boʻlmagan qismini qoplab berish toʻgʻrisida Agentlik, oliy taʼlim tashkiloti va talabgor oʻrtasida ikki ish kuni ichida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar toʻlov-kontrakt summasi bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan kam boʻlsa, toʻlov-kontrakt summasi toʻliq qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabgorning oʻquv yili (semestr) yakuniga koʻra belgilangan akademik koʻrsatkichlari qoniqarsiz boʻlganligi natijasida tegishli fan yoki kursni qayta oʻqishi bilan bogʻliq xarajatlar oʻz hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Subsidiya beriladigan talabgorlarga oʻqishni tamomlagandan soʻng, biroq ikki oy muddatdan kechikmasdan Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha toʻliq bandlik rejimida ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiyani qisman olgan talabgorning subsidiyasi umumlashtirilib, majburiy ishlab berish muddati mutanosib ravishda, biroq kamida bir yilgacha boʻlgan muddatga yaxlitlanib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda magistratura bosqichida yoki doktoranturada oʻqishini davom ettirgan talabgorlarning majburiy ishlab berish muddati magistratura yoki doktoranturada oʻqish davri tugagandan soʻng boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Talabgor u bilan tuzilgan uch tomonlama shartnomada belgilangan oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, subsidiya qiymati talabgor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladigan mablagʻ Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda ishlab berish majburiyatining bajarilmagan muddatiga mutanosib ravishda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Subsidiya berishni moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Subsidiya berish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan (keyingi oʻrinlarda — respublika budjeti) birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Agentlikka ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika budjetidan subsidiya berish xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Subsidiya belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq Agentlik tomonidan oliy taʼlim tashkilotining bank hisobvaragʻiga besh ish kuni ichida moliyalashtirib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Respublika budjetidan Agentlikka subsidiya berish xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish va unga oʻzgartirishlar kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun toʻlov-kontrakt miqdori uch tomonlama shartnoma tuzilgunga qadar talabgorlar tomonidan toʻliq toʻlanganda hamda oʻquv yilining 15-dekabridan kech boʻlmagan muddatda talabgorlar tomonidan subsidiya ajratish uchun murojaat qilinganda, subsidiya summasi belgilangan tartibda oʻn ish kuni ichida talabgorning shaxsiy bank kartasiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Prezident maktablari bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (oʻqishga qabul qilingani toʻgʻrisida maʼlumotnoma va toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma ilova qilingan arizani belgilangan tartibda Prezident taʼlim muassasalari agentligiga topshirish.

Oʻquv yilining 15-dekabriga qadar

2-bosqich

Talabaning oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan koʻrib chiqilishi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Prezident taʼlim muassasalari agentligi, oliy taʼlim tashkiloti va talabgor oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzish.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan oliy taʼlim tashkilotining bank hisobvaragʻiga belgilangan subsidiya summasi oʻtkazilishi

5 ish kuni ichida

5-bosqich

Oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun toʻlov-kontrakt miqdori uch tomonlama shartnoma tuzilgunga qadar talabgorlar tomonidan toʻliq toʻlanganda hamda oʻquv yilining 15-dekabridan kech boʻlmagan muddatda talabgorlar tomonidan subsidiya ajratish uchun murojaat qilinganda, subsidiya summasini Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan talabgorlarning shaxsiy bank kartasiga oʻtkazish.

10 ish kuni ichida

6-bosqich

Subsidiya beriladigan bitiruvchilarning oʻqishni tamomlagandan soʻng Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha toʻliq bandlik rejimida ishlab berishi.

Oʻqishni tamomlagandan keyin besh yil davomida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2022-y., 09/22/300/0473-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)