Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PQ-264-son qaroriga
1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼullar |
|
I. Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik muhitni yaxshilash |
||||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida 92 495 gektar (62 ming gektar qayta foydalanishga kiritiladigan yerlar, 30 ming gektar ekin ekib kelinayotgan, biroq irrigatsiya melioratsiya tadbirlari talab etiladigan ekin yerlari) yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish: 2022-yilda 24 078 gektar; 2023-yilda 37 016 gektar; 2024-yilda 31 400 gektar. |
1. 37 372 gektar yer maydonda kapital yer tekislash. 2. 1 893 km ariqlarni va 986 km zovurlarni tozalash. 3. 151 km yangi ariqlar va 140 km yangi zovurlar qazish hamda 624 km ariqlarni betonlash. 4. 1 090 dona gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda 3 185 dona gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash va tiklash. 5. 114 dona yangi nasoslar oʻrnatish va 135 km elektr liniyalarini tortish. 6. 21 dona sugʻorish uchun yer osti tik quduqlarini qazish va 90 842 gektar ekin maydonida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish. |
2022 — 2024-yillarda alohida grafik asosida |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlariga biriktirilgan viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
2. |
Qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan 92 495 gektar yer maydonlarining tuproq-iqlim sharoiti, suv bilan taʼminlanganligi, tashqi va ichki bozor talablarini hisobga olgan holda ushbu maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yerdan foydalanuvchilar tomonidan mustaqil joylashtirilishini tashkil etish. |
1. Qishloq xoʻjaligi yerlarini foydalanishga kiritgan yerdan foydalanuvchilarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish boʻyicha takliflarni umumlashtirish. |
Har yili may oyida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlariga biriktirilgan viloyatlar hokimliklari, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni hisob-kitob qilish. |
Har yili iyul oyida |
|||
|
3. |
Shimoliy tumanlarda 4534 gektar maydonda yangi mevali bogʻlar va 3355 gektar maydonda yangi uzumzorlar barpo etish: 2022-yilda 848 gektar yangi mevali bogʻ va 1611 gektar yangi uzumzor; 2023-yilda 1617 gektar yangi mevali bogʻ va 1101 gektar yangi uzumzor; 2024-yilda 2069 gektar yangi mevali bogʻ va 643 gektar yangi uzumzor. |
1. Yangi mevali bogʻlar va uzumzorlar barpo etish uchun talab etiladigan mablagʻlar manbalarini aniqlash va moliyalashtirish ishlarini amalga oshirish. 2. Mevali bogʻlar va uzumzorlar barpo etish uchun subsidiyalar ajratish. 3. Koʻchatlarni oʻtqazish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlarini amalga oshirish. |
2022 — 2024-yillarda alohida grafik asosida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlariga biriktirilgan viloyatlar hokimliklari |
|
5. |
“Yashil hududlar”ni koʻpaytirish orqali hududlarda ekologik va ijtimoiy vaziyatni yaxshilash. |
1. Orol dengizining qurigan hududida yana qoʻshimcha 500 ming gektar oʻrmonzor va butazorlarni barpo etish. |
2022 — 2024-yillar |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. Shahar va tumanlar markazida jami 280 gektar, jumladan Nukus shahrida 50 gektar maydonda jamoat parklari va yashil maydonlar tashkil qilish. |
2022 — 2024-yillar |
|||
|
3. Nukus shahri atrofidagi “yashil belbogʻ” maydonini yana 200 gektarga kengaytirish. |
2022 — 2024-yillar |
|||
|
4. Yoʻl boʻyi hududlari, mahallalar, korxonalar, ijtimoiy obyektlar, dalalar atrofida 15 mln tup daraxt va manzarali butalar ekish. |
2022-2023-yillar |
|||
|
6. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarida qishloq xoʻjaligi yerlarining dala chetlarida har yili 250 gektar maydonda ihota daraxtzorlarini barpo etish. |
1. Barpo etiladigan ihota daraxtzorlar maydonlarini aniqlash. |
2022-yil |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan zarur boʻlgan iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar koʻchatlarini yetishtirish uchun koʻchatxona tashkil etish. 3. Bahor va kuz mavsumlarida daraxt va butalar koʻchatlaridan ihota maydonlarini barpo etish. |
2022 — 2024-yillar |
|||
|
7. |
Orolboʻyi hududida har yili noanʼanaviy turdagi dorivor oʻsimliklarning plantatsiyasini tashkil etish. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaliklarida jami 250 gektar maydonda dorivor godji, lavanda, naʼmatak va boshqa turdagi dorivor oʻsimliklarning koʻchatlarini yetishtirish va plantatsiyasini barpo etish. 2. Yetishtirilgan dorivor oʻsimliklarni qayta ishlovchi korxonalarga yetkazib berish. |
2022 — 2024-yillar |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
II. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarini rivojlantirish |
||||
|
8. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi shimoliy tumanlarining iqlim sharoitidan kelib chiqib, qish-bahor oylarida aholining asosiy oziq-ovqat, xususan, kartoshka, piyoz mahsulotlariga boʻlgan talabini, oziq-ovqat xavfsizligini va bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash maqsadida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovutkichli sigʻimlar uyushmasi”ni tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovutkichli sigʻimlar uyushmasi”ni tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda: Uyushma mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda qish-bahor oylarida aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talabni aniqlash va mahsulotlarni saqlash boʻyicha tenderlar oʻtkazish; Uyushmaga aʼzo subyektlarga qish-bahor oylarida elektr energiya xarajatlarining 50 foiz miqdorini davlat tomonidan subsidiyalash; Uyushmaga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovutkichli omborxonalar qurish xarajatlarining bir qismini qoplab berish; omborxonalarda mahsulotlarni saqlashning zamonaviy usullarini oʻrgatish boʻyicha tadbirkorlar malakasini oshirish; xorijiy moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish nazarda tutiladi. |
2022-yil iyul |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil avgust |
|||
|
9. |
Chorvachilik va qoramolchilik sohasida 11 113 tonna sut va 45 809 tonna goʻsht ishlab chiqarishga erishish: 2022-yilda 2 324 tonna sut va 6 972 tonna goʻsht; 2023-yilda 3 538 tonna sut va 17 971 tonna goʻsht; 2024-yilda 5 251 tonna sut va 20 866 tonna goʻsht. |
1. Chet ellardan qora-ola, qizil sut yoʻnalishidagi va qozoqi oqbosh, aberdin-angus goʻsht yoʻnalishidagi zotdor qoramollar va ularning urugʻlarini olib kelish. 2. Sunʼiy urugʻlantirish punktlarini jihozlash va koʻpaytirish, sunʼiy texnik-osemenatorlar soni va malakalarini oshirish. 3. Qoramollar sonini 1 392 ming bosh, shu jumladan sigirlar sonini 401 ming boshga va naslli buzoqlar sonini 264 ming boshga yetkazish. |
2022 — 2024-yillar |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
10. |
Mahalliy baliq turini yetishtirish uchun qafas oʻrnatish: 2022-yilda 500 dona; 2023-yilda 1000 dona; 2024-yilda 1500 dona. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq, Taxtakoʻpir, Ellikqalʼa tumanlarining har birida kamida 3000 tadan qafas xarid qilish. 2. Baliq yetishtirish uchun talabgor oilalarni aniqlash va qafaslarni aholi xonadonlariga biriktirish. 3. Baliq mahsulotlari ishlab chiqarishni 9 ming tonnaga yetkazish. |
2022 — 2024-yillar |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki” |
|
11. |
Intensiv usulda baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish: 2022-yilda 16 ming tonna; 2023-yilda 22 ming tonna; 2024-yilda 30 ming tonna. |
1. Intensiv usulda tashkil etiladigan baliqxonalarning manzilli roʻyxatini shakllantirish. 2. Intensiv usulga oʻtkazish uchun mablagʻlar manbalarini aniqlash. 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasining har bir tumanida kamida 10 tadan Xitoy texnologiyasini oʻrnatish, har bir gektaridan 100 tonna baliq yetishtirish. |
2022 — 2024-yillar |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Ipoteka-bank” ATIB |
|
12. |
Har bir tumanda bugungi kunda faoliyat yuritib kelayotgan baliqchilik xoʻjaliklarini yarim intensiv xoʻjaliklarga aylantirish: 2022-yilda 800 gektar; 2023-yilda 1600 gektar; 2024-yilda 2400 gektar. |
1. Yarim intensiv usulga aylantiriladigan baliqxonalar roʻyxatini tuzish. 2. Yarim intensiv usulga oʻtkazish uchun talab etiladigan mablagʻlar manbalarini aniqlash. 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasining har bir tumanida kamida 100 gektar maydon uchun aeratorlar sotib olish va baliqchilik xoʻjaliklariga oʻrnatish. |
2022 — 2024-yillar |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Ipoteka-bank” ATIB |
|
III. Qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash |
||||
|
13. |
Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasini 3 — 5 barobarga oshirish. Jumladan goʻshtni 30 foizga, sutni 50 foizga va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash darajasini 35 foizga yetkazish. |
1. Faoliyat yuritayotgan 54 ta qayta ishlash korxonalari quvvatlarini oshirish choralarini koʻrish. 2. Yangi tashabbuskorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash (kredit, subsidiya ajratish), qayta ishlash sohasiga jalb etish orqali qoʻshimcha quvvatlar yaratish. 3. Korxonalarda muammolarni aniqlash va hal qilish choralarini koʻrish. |
2022 — 2024-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
14. |
Chorvachilik yoʻnalishida sut va goʻshtni qayta ishlash boʻyicha yangi korxonalarni tashkil etish: 2022-yilda 10 ta sutni va 8 ta goʻshtni qayta ishlash boʻyicha yangi korxona; 2023-yilda 7 ta sutni va 6 ta goʻshtni qayta ishlash boʻyicha yangi korxona; 2024-yilda 8 ta sutni va 6 ta goʻshtni qayta ishlash boʻyicha yangi korxona. |
1. Chorvachilik yoʻnalishida sut va goʻshtni qayta ishlash boʻyicha yangi korxonalarni tashkil etish boʻyicha tashabbuskorlarni aniqlash. 2. Sut va goʻshtni qayta ishlash boʻyicha yangi korxonalarni tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash. 3. Sut va goʻshtni qayta ishlash boʻyicha yangi korxonalarni qurish va ishga tushirish. |
2022 — 2024-yillar |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
15. |
Tumanlarda 10 ming gektar maydonda qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish va yiliga 2 ming tonna artemiya sistasini qayta ishlash choralarini koʻrish. |
Qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish boʻyicha 500 milliard soʻmlik 20 ta hamda artemiya qobigʻini yigʻish va qayta ishlash boʻyicha qiymati 495 mlrd soʻmlik 12 ta loyihani amalga oshirish. |
2022 — 2024-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
|
16. |
Sistanxe oʻsimligini klaster usulida qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish va natijada yiliga ishlab chiqarish quvvati 100 tonnalik korxona tashkil etish. |
1. Loyihaning biznes rejasini ishlab chiqish. 2. Xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etish orqali ilmiy asoslangan xulosalarni tayyorlash. 3. Tegishli tashkilotlardan ruxsatnoma olish. 4. Moliyalashtirishni ochish va loyihani ishga tushirish. |
2023-yil noyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
|
IV. Aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish |
||||
|
17. |
Paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirish evaziga qishloq xoʻjaligida 30 mingta yangi ish oʻrinlari yaratish. |
1. Hosildorligi past boʻlgan paxta va gʻalla maydonlarini aniqlash va yildan-yilga qisqartirib borish. 2. Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun jami 10 ming gektar maydonni aholiga ochiq tanlov asosida 1 gektargacha uzoq muddatli ijaraga berish. |
2022 — 2024-yillar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
18. |
Sharoiti ogʻir 38 ta mahallada 54 ta kooperatsiya birlashmalarini tashkil qilish orqali aholi daromadlarini oshirish va ishsizlikni kamaytirish. |
1. Kooperatsiya asosida Boʻzatov tumanida 150 mingdan ortiq kurka yetishtirishni yoʻlga qoʻyish va 2,5 ming aholini ish bilan taʼminlash. 2. Nukus tumanida qoʻychilik, jun, goʻsht, kigiz, gilam va oʻtov ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali 1,5 mingta ish oʻrinlarini tashkil etish. 3. Kambagʻal oilalarni kooperatsiya asosida tadbirkorlik loyihalari bilan toʻliq qamrab olish. |
2022-2023-yillar |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
V. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, qulay agrobiznes va investitsiya muhitini yaratish |
||||
|
19. |
Qishloq xoʻjaligi sohasiga xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb etish hisobiga loyihalarni amalga oshirish. |
1. Nukus shahar, Nukus, Qoʻngʻirot, Chimboy, Boʻzatov, Ellikqalʼa tumanlarida 8,6 ming tonna quvvatga ega boʻlgan muzlatkich omborxonasi, 5 ming tonna meva-sabzavotni qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish, 8 ta avtorefrijerator xarid qilish. 2. Nukus shahar, Nukus, Beruniy, Ellikqalʼa tumanlarida 508 ga yer maydonlarida zamonaviy bogʻ barpo etish, 2500 mln dona tara ishlab chiqarish, bogʻdorchilik sohasida 7 ta maxsus texnika xarid qilish. 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasida Agroxizmatlar markazini tashkil etish. |
2022 — 2024-yillar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
20. |
Tijorat banklari balansidagi foydalanilmay turgan chorvachilik va parrandachilik obyektlari (binolar va inshootlar), shu jumladan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash obyektlari (binolar va inshootlar), muzlatkichlar va omborxonalarda boshqa hududlardan jalb etilayotgan tadbirkorlar mablagʻlari hisobidan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va foydalanish orqali iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida mazkur obyektlarni tadbirkorlarga belgilangan tartibda taqdim etish. |
1. Tijorat banklari balansidagi foydalanilmay turgan chorvachilik va parrandachilik obyektlari (binolar va inshootlar), shu jumladan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash obyektlari (binolar va inshootlar), muzlatkichlar va omborxonalar roʻyxatini shakllantirish. |
2022-yil avgust |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Markaziy bank, “Asakabank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank”, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. Aniqlangan obyektlarni belgilangan tartibda boshqa hududlardan jalb etilayotgan tadbirkorlarga taqdim etish. |
2022-yil dekabr |
|||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PQ-264-son qaroriga
2-ILOVA
| T/r | Hududlar nomi | Kontur soni, ta | Maydoni, (ga) | Shundan foydalanishga kiritiladi | Shu jumladan foydalanishga kiritish uchun bajariladigan tadbirlar | ||||||||||||
| Kapital yer tekislash | Ariqlarni tozalash | Zovurlarni tozalash | Yangidan ariq qazish | Yangidan zovur qazish | Ariqlarni betonlash | ||||||||||||
| Maydoni, (ga) | Jami sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | maydoni, (ga) | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | kilometr | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | kilometr | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | kilometr | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | kilometr | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | kilometr | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | ||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 |
| 1. | Taxiatosh | 90 | 202 | 202 | 12 370 | 19 | 281 | 22 | 1 437 | 16 | 10 227 | ||||||
| 2. | Xoʻjayli | 553 | 2 645 | 2 645 | 156 027 | 2 645 | 7 934 | 10 | 336 | 28 | 991 | 55 | 75 845 | ||||
| 3. | Shumanay | 2 203 | 8 615 | 8 615 | 304 957 | 8 615 | 17 231 | 141 | 1 342 | 45 | 1 118 | 50 | 65 000 | ||||
| 4. | Qonlikoʻl | 3 911 | 9 741 | 9 741 | 366 206 | 160 | 2 400 | 483 | 12 075 | 50 | 55 000 | ||||||
| 5. | Qoʻngʻirot | 3 143 | 12 572 | 9 395 | 161 206 | 132 | 2 071 | 69 | 1 449 | 2 | 120 | 89 | 44 250 | ||||
| 6. | Nukus | 2 054 | 9 872 | 9 872 | 100 525 | 28 | 42 | 102 | 1 021 | 31 | 6 220 | 39 | 54 708 | ||||
| 7. | Kegeyli | 929 | 7 197 | 7 197 | 265 651 | 1 906 | 13 177 | 90 | 1 806 | 9 | 346 | 6 | 171 | 50 | 66 346 | ||
| 8. | Boʻzatov | 2 095 | 9 507 | 9 507 | 445 099 | 9 507 | 66 548 | 258 | 3 870 | 97 | 2 413 | 81 | 184 923 | ||||
| 9. | Chimboy | 3 683 | 10 171 | 10 171 | 349 579 | 10 171 | 20 342 | 268 | 2 677 | 48 | 1 281 | 10 | 250 | 3 | 0 | 59 | 53 280 |
| 10. | Qoraoʻzak | 261 | 10 148 | 10 148 | 164 014 | 87 | 1 097 | 34 | 510 | 50 | 32 420 | ||||||
| 11. | Taxtakoʻpir | 3 034 | 10 002 | 10 002 | 345 585 | 491 | 9 824 | 77 | 2 300 | 50 | 109 212 | ||||||
| 12. | Moʻynoq | 2 067 | 5 001 | 5 001 | 203 524 | 4 501 | 4 951 | 135 | 6 076 | 45 | 1 575 | 135 | 3 376 | 135 | 3 376 | 35 | 48 125 |
| Jami: | 24 023 | 95 672 | 92 495 | 2 874 743 | 37 372 | 130 224 | 1 893 | 32 800 | 986 | 31 714 | 151 | 3 797 | 140 | 3 496 | 624 | 799 336 | |
| 2-ilovaning davomi | |||||||||||||||||
| T/r | Hududlar nomi | Shu jumladan foydalanishga kiritish uchun bajariladigan tadbirlar | |||||||||||||||
| Gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish | Gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash va tiklash | Suv ajratgich (taqsimlagich) qurish | Yangidan nasos qurish | Elektr tarmoq tortish | Quvur oʻrnatish | Suv yetib bormaydigan hududga tik quduq qurish | Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish | ||||||||||
| dona | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | dona | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | soni | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | soni / quvvati | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | kilometr | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | dona | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | soni | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | gektar | sarf qilinadigan xarajat, (mln soʻm) | ||
| 1 | 2 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | 32 | 33 | 34 |
| 1. | Taxiatosh | 17 | 425 | ||||||||||||||
| 2. | Xoʻjayli | 4 | 4 100 | 4 | 351 | 10 | 350 | 2 645 | 66 120 | ||||||||
| 3. | Shumanay | 41 | 619 | 105 | 1 073 | 10 | 3 101 | 5 | 94 | 8 615 | 215 380 | ||||||
| 4. | Qonlikoʻl | 25 | 153 | 14 | 4 354 | 9 741 | 292 224 | ||||||||||
| 5. | Qoʻngʻirot | 43 | 1 672 | 65 | 1 045 | 21 | 6 300 | 35 | 5 250 | 9 395 | 99 050 | ||||||
| 6. | Nukus | 1 | 25 | 20 | 11 000 | 17 | 1 730 | 2 | 1 100 | 9 872 | 24 680 | ||||||
| 7. | Kegeyli | 48 | 930 | 33 | 206 | 3 | 2 550 | 2 | 200 | 7 197 | 179 920 | ||||||
| 8. | Boʻzatov | 157 | 3 768 | 4 | 1 400 | 2 | 350 | 8 055 | 181 827 | ||||||||
| 9. | Chimboy | 106 | 1 079 | 23 | 12 650 | 25 | 3 750 | 10 171 | 254 270 | ||||||||
| 10. | Qoraoʻzak | 23 | 184 | 4 | 360 | 7 | 3 150 | 10 148 | 126 293 | ||||||||
| 11. | Taxtakoʻpir | 614 | 12 280 | 2 982 | 11 928 | 10 002 | 200 041 | ||||||||||
| 12. | Moʻynoq | 38 | 570 | 11 | 3 850 | 45 | 3 600 | 12 | 3 000 | 5 001 | 125 025 | ||||||
| Jami: | 1 090 | 21 521 | 3 185 | 14 252 | 23 | 184 | 114 | 49 665 | 135 | 15 324 | 10 | 350 | 21 | 7 250 | 90 842 | 1 764 831 | |