28.05.2022 yildagi PQ-262-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlarining moddiy manfaatdorligini oshirish, ichki bozorni bug‘doy va un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, g‘allani davlat ehtiyojlari uchun zarur hajmdan ortiq xarid qilishdan voz kechish orqali sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2022-yil hosilidan sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan jami 2 550 ming tonna bug‘doyning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 783,5 ming tonnasini tovar bug‘doy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasini urug‘lik uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
500 ming tonnasini fermer xo‘jaliklari hamda boshqa g‘alla yetishtiruvchilar (keyingi o‘rinlarda — bug‘doy yetishtiruvchilar) tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Jamg‘armaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yil hosili uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tovar bug‘doyni Jamg‘arma nomidan bug‘doy yetishtiruvchilardan sotib olish, saqlash, shuningdek, xaridorlarga jo‘natish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat vakili hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat resurslariga xarid qilingan tovar bug‘doy uchun to‘lovlar bug‘doy yetishtiruvchilarga tijorat vakili tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi bosqichlarda amalda oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki bosqichda — Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan narxlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keyingi bosqichda — birjada shakllangan o‘rtacha narxdan (o‘rtacha kotirovkadan) kelib chiqib, bug‘doy yetishtiruvchilar bilan to‘liq qayta hisob-kitob qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) bug‘doy yetishtiruvchilardan tijorat vakilida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan tovar bug‘doy 2022-yilning iyul-avgust oylarida birja savdolari orqali sotiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bug‘doyni tashish (shu jumladan ichki tashish), qabul qilish, saqlash va xaridorlarga jo‘natish xarajatlari tijorat vakili va bug‘doy yetishtiruvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlaridan kelib chiqib, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga jo‘natish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida hisobdan chiqariladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bug‘doyning sifati va saqlanishi bo‘yicha nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan va bug‘doy yetishtiruvchilardan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 va undan yuqori sinflardagi bug‘doy — mulkchilik shaklidan qat’i nazar, birjadan xarid qilingan bug‘doyning 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini olgan, un ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4- va 5-sinflardagi bug‘doy — barcha tadbirkorlik subyektlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan taklifi asosida mazkur bandda nazarda tutilgan tartibga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2023-yil 1-mayga qadar Vazirlar Mahkamasiga mazkur bandda nazarda tutilgan tartibni 2023-yil hosili uchun saqlab qolish yoki birja savdolarini cheklovlarsiz tashkil etish yuzasidan taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Moliya vazirligi “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga birjadan bug‘doy sotib olish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirish maqsadida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 800 mlrd so‘mgacha tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasida resurs joylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Jamg‘arma 2022-yil 1-iyundan boshlab to‘laqonli qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida e’tirof etilsin.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan yetishtirilgan bug‘doyni xarid qilish, vaqtinchalik saqlashga qabul qilish bo‘yicha, Jamg‘arma va tijorat vakili o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin hamda amaliyotga joriy etilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining olis, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarining 50 foizidan oshmagan qismini mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamg‘arma tomonidan xarid qilinadigan va birja savdolari orqali sotiladigan bug‘doyning hisobini yuritish, xaridorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy boshqarmalaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga Jamg‘armaga qo‘shimcha 6 ta shtat birligi ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. G‘allani sotib olish va sotishda yangi tizim shaffofligi, to‘laqonli va adolatli ishlab ketishini hamda bug‘doy yetishtiruvchilar manfaatdorligini ta’minlash, ichki bozorda un va don mahsulotlari narxining o‘sishi va taqchilligining oldini olish bo‘yicha Respublika shtabi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Respublika shtabining (N. Yo‘ldoshev) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bug‘doyni yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish va boshoqli don ekinlari yetishtirilishini moliyalashtirish ustidan nazorat mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g‘allani o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish, daladan don qabul qilish shoxobchalariga nest-nobud qilmasdan olib kelish va grafik asosida birja savdolariga chiqarish ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqchillikka yo‘l qo‘ymaslik va narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida hududdagi iste’mol talabi uchun zarur bo‘lgan un va un mahsulotlarini respublikaning boshqa hududlaridan va chetdan olib kelish hamda “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarning ishlab chiqarish hajmlari saqlab qolinishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g‘allani tasdiqlangan grafik asosida birja savdolariga chiqarish hamda to‘lovlarning amalga oshirilishi ustidan kunlik nazorat o‘rnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g‘allani sotib olish va sotish bo‘yicha yangi tizim shaffofligi, to‘laqonli va adolatli ishlab ketishini hamda bug‘doy yetishtiruvchilar manfaatdorligini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini nazarda tutuvchi qarorni ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Moliya vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib, qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev, moliya vaziri T. Ishmetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 28-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-262-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-maydagi PQ-262-son qaroriga

ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
G‘allani sotib olish va sotishda yangi tizim shaffofligi, to‘laqonli va adolatli ishlab ketishini hamda bug‘doy yetishtiruvchilar manfaatdorligini ta’minlash, ichki bozorda un va don mahsulotlari narxining o‘sishi va taqchilligining oldini olish bo‘yicha Respublika shtabi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

N.T. Yo‘ldoshev

Bosh prokuror, Respublika shtabi rahbari

2.

J.A. Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika shtabi rahbarining o‘rinbosari

3.

Sh.M. G‘aniyev

Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika shtabi rahbarining o‘rinbosari

4.

B.T. Turabov

Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari

5.

J.A. Xodjayev

qishloq xo‘jaligi vaziri

6.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

7.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

8.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qo‘mondoni

9.

Sh.D. Qudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

10.

I.I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

11.

A.Ya. Haydarov

moliya vaziri o‘rinbosari

12.

A.V. Vahobov

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

13.

A.J. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

14.

Sh.Sh. Sharaxmedov

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi

15.

B.E. Zoxidov

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

16.

S.A. Nishanbayev

ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

17.

Sh.J. Raximov

Bosh prokurorning o‘rinbosari

18.

D.F. Raximov

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i

19.

A.A. Isroilov

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori

20.

Z.B. Badriddinov

“O‘zRTXB” AJ boshqaruvi raisi

21.

Sh.A. Uzakov

“O‘zdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi v.b.

22.

Lavozimiga ko‘ra

Respublika tijorat banklari rahbarlari

23.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

24.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokurorlari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Respublika shtabi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2022-y., 07/22/262/0454-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)