1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“GAROV TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 17-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda, № 9, 193-modda; 1997-yil, № 4-5, 128-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 1-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
614-I-son

oʻzbekiston respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GAROV TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(yangi tahriri)

1-modda. Garov tushunchasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatlarni taʼminlash uchun berishi garov hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga koʻra qarzdor (garovga qoʻyuvchi) garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat boʻyicha garovga qoʻyuvchi tomonidan garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga haqli boʻladi, qonunda belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun boʻyicha haqiqiy boʻlgan har qanday majburiyatning: zayom, bank krediti, ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday subyektlari (jismoniy va yuridik shaxslar, davlat) oʻrtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan taʼminlanishi mumkin. Majburiyat pul birliklarida (milliy valyutada yoki chet el valyutasida) ifodalangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining garov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Garovning vujudga kelish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov shartnoma yoki qonunlarga koʻra vujudga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovning vujudga kelishini nazarda tutuvchi qonunda qanday majburiyatga koʻra va aynan qaysi mol-mulk garovda turgan deb eʼtirof etilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Garov turlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.06 Zakalat;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquq garovi tarzida amal qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Garov narsasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan talablar, xususan hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar toʻgʻrisidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi shartnomada, qonun asosida vujudga keladigan garovga nisbatan esa qonunda garovga qoʻyuvchi kelgusida qoʻlga kiritadigan ashyolar va mulkiy huquqlar garovi nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mol-mulkka nisbatan garov huquqi mol-mulkning narsalarini va tarkibiy samarasini ham oʻz ichiga oladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan samara, mahsulot va daromadlarga nisbatan garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarixiy, madaniy yoki oʻzgacha qimmatbaholigi tufayli yoxud davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan garov qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan fuqarolarning ayrim turdagi mol-mulkini garovga qoʻyish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda man etilishi yoki cheklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Garov bilan taʼminlanadigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garov talabning amalda qondirish paytidagi hajmini taʼminlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari toʻlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov kelgusida paydo boʻluvchi talablarga nisbatan ham, basharti tomonlar bunday talablarning garov bilan taʼminlanish miqdori toʻgʻrisida kelishib olsalar, belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli boʻlgan mol-mulk yoki huquqlar garovi
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.02 Umumiy birgalikdagi mulk]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birgalikdagi umumiy mulk boʻlgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan garovga berilishi mumkin.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli boʻlgan huquq uning barcha egalari roziligi bilangina garovga qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdorning umumiy ulushli mulkdagi oʻz ulushini garovga qoʻyishi qolgan mulkdorlarning rozilik berishini talab qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik yoki jismoniy shaxslar garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi boʻlishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdorning oʻzi ham, uchinchi shaxs ham garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin, garovga qoʻyiladigan huquqning egasi boʻlgan shaxs huquqni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]

Agar tasarrufdan chiqarilganda boshqa shaxs yoki organning roziligi yoki ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bunday mol-mulk ipotekasi uchun ham shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulkida boʻlgan va hech kimga xoʻjalik yuritish huquqida biriktirilmagan koʻchmas mulk garovi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan birkitib qoʻyilgan korxona, shu mol-mulk egasining yoki u vakolat bergan organning roziligi bilan umuman korxonaning, mulkiy majmualar sifatida uning tuzilmalari va boʻlinmalarining, shuningdek alohida binolar va inshootlarning garovini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga birkitib qoʻyilgan mol-mulkni bevosita idora qilish huquqiga ega boʻlgan muassasa (tashkilot) oʻziga ruxsat etilgan xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga orttirilgan ashyolar yoki huquqlarni garovga berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulk huquqining keyinchalik boshqa mulkdorga oʻtishi toʻliq xoʻjalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruvi ostidagi mol-mulk garoviga daxl qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijarachi ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina ijaraga beruvchining roziligisiz oʻzining ijaraga oid huquqlarini garovga oʻtkazishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oid munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan ayni bir xil huquqlardan foydalanadilar hamda ayni bir xil majburiyatlarga ega boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Garov huquqining vujudga kelishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov huquqi garov toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart boʻlsa notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilishi shart boʻlganida esa u roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomaga yoki qonun hujjatlariga muvofiq garov narsasi garovga oluvchida turishi lozim boʻlsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytda, agar garov narsasi shartnoma imzolangunga qadar berilgan boʻlsa, shartnoma imzolangan paytda vujudga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi boʻlgan mol-mulk qonunda belgilangan asosda va tartibda majburiy olib qoʻyilgan hollarda, agar buning evaziga garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk berilgan boʻlsa, garov huquqi shu mol-mulkka nisbatan tatbiq etiladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk qisqa muddatli (olti oyga qadar) kreditga sotilgan taqdirda, garov huquqi sotib oluvchi va mol-mulk savdosining ana shu turini amalga oshirish oʻz faoliyati doirasiga kiradigan sotuvchi oʻrtasida shartnoma tuzilgan paytdan vujudga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning mazmuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi shartnomada tomonlarning nomi, joylashgan manzili (yashash joyi), garov turi, garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddati, garovga qoʻyilgan mol-mulkning roʻyxati, shuningdek tomonlarning kelishuviga erishilgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi zarur. Unda garovga qoʻyilgan mol-mulk tomonlarning qaysi birida ekanligi ham koʻrsatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada ipoteka narsasi uning nomi, turgan joyi va shu narsani oʻxshash deb topish uchun yetarli tarzdagi tavsifi koʻrsatilgan holda belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk qaysi huquqqa koʻra garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻlsa, shu huquq hamda garovga qoʻyuvchining bu huquqini roʻyxatdan oʻtkazgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning nomi koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka narsasini baholash garovga qoʻyuvchi bilan garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuv asosida baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, biroq bu baholash koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ oʻtkazgan baholashdan kam boʻlmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli va uni roʻyxatdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tasdiqlanishi kerak boʻlgan shartnomaga muvofiq olinadigan majburiyatlarni taʼminlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tasdiqlanishi shart.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma tegishli mol-mulk haqida tuziladigan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-bobi (“Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalariga rioya qilmaslik garov toʻgʻrisidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Garov narsasini sugʻurta qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi qoʻyilgan mol-mulk kimdaligiga qarab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning toʻla qiymati boʻyicha, bordi-yu mol-mulkning toʻla qiymati garov bilan taʼminlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam boʻlmagan summaga garovga qoʻyuvchi hisobidan sugʻurtalashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini taʼminlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni koʻrishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo boʻlganligi toʻgʻrisida ikkinchi tomonni darhol ogohlantirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma yoki qonun hujjatlari bilan garovga qoʻyuvchi zimmasiga davlat boshqaruv organlari tomonidan uning xoʻjalik faoliyatini toʻxtatib qoʻyuvchi yoxud unga xalaqit beruvchi yoki unga salbiy taʼsir etuvchi xatti-harakatlar sodir etilishi va hujjatlar qabul qilinishi (mol-mulkni musodara, rekvizitsiya qilish), shuningdek tugatilishi yoki xoʻjalik subyekti toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan deb eʼtirof etilishi hollarida sugʻurta qilish majburiyati yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulk sugʻurta qilinganda garov bilan taʼminlangan majburiyat summasidan ortiq boʻlmagan summada sugʻurta tovonini oluvchi — garovga oluvchi hisoblanadi. Garovga qoʻyuvchi sugʻurta tovonining qolgan summasini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta hollari sodir boʻlganda garovga oluvchi oʻz talablari sugʻurta tovoni summasidan imtiyozli qondirilishi huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Garov narsasini almashtirish va tiklash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov narsasi nobud boʻlgan yoki shikastlangan yoxud unga boʻlgan mulk huquqi yo xoʻjalik yuritish huquqi qonunda belgilangan asoslarga koʻra bekor qilingan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Garov narsasining tasodifan nobud boʻlish xavfi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi oʻziga topshirilgan garov narsasi toʻliq yoki qisman nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi nobud boʻlgan garov narsasi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasi shikastlanganligi uchun esa garov narsasi garovga oluvchiga topshirilayotganda baholangan summaga qarab qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida belgilangan maqsad boʻyicha foydalanib boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga hamda uning nobud boʻlganligi uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli, u bilan garovga oluvchi oʻrtasida nobud boʻlgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish toʻgʻrisida yozma ravishda bitim tuzilgan hamda garovga oluvchi bu bitimning shartlarini lozim darajada bajarayotgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida garovga qoʻyuvchiga yetkazilgan boshqa zararni ham toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor garovga qoʻyuvchi garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisida garovga oluvchiga qoʻygan talabni garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Navbatdagi garov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovda turgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchi tomonidan boshqa shaxsga (garovga oluvchiga) boshqa talablarni bajarish uchun berish navbatdagi garov hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalarda navbatdagi garov taqiqlab qoʻyilgan boʻlmasa, navbatdagi garovga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navbatdagi garovga oluvchining talabi bu mol-mulkning qiymatidan avvalgi garovga oluvchilarning talablaridan keyin qanoatlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchi garovga oluvchilarning har biriga mazkur mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻgʻrisida, shuningdek bu garovlar bilan taʼminlangan majburiyatlarning miqdori haqida maʼlum qilishi shart va ushbu majburiyatni bajarmaslik tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlar boshqa shaxsga oʻtganida garovning saqlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi yoki uni xoʻjalik yuritish huquqi mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud har tomonlama huquqiy vorislik tartibida garovga qoʻyuvchidan boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda garov huquqi oʻz kuchida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining huquqiy vorisi garovga qoʻyuvchining oʻrniga oʻtadi va uning hamma majburiyatlarini bajaradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi boʻlgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaxsga oʻtgan boʻlsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmaslikning garovdan kelib chiqadigan oqibatlariga mazkur mol-mulkning oʻziga oʻtgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi boʻlinmasa yoki boshqa asoslarga koʻra huquqiy vorislarning umumiy mulki boʻlib qolsa, ular solidar garovga qoʻyuvchilarga aylanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoʻli bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi qoidalarga rioya qilgan holda garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchining garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan taʼminlangan asosiy majburiyat boʻyicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham oʻsha shaxs foydasiga voz kechilgan boʻlsa, haqiqiy boʻladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni ham anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilishi bilan, agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob berishga rozilik bergan boʻlmasa, garov bekor boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov narsasiga qaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolganligi va shikastlanganligi uchun u kimning foydasiga sugʻurta qilinganidan qatʼi nazar, agar yoʻqolish yoki shikastlanish garovga oluvchi javob beradigan sabablarga koʻra sodir boʻlmagan boʻlsa, oʻsha asoslarga sugʻurta tovonidan qanoatlanish olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruv organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining garovga oluvchining huquqlari buzilgan hujjatlarini haqiqiy emas deb eʼtirof etish xususida sudda daʼvo qoʻzgʻatish va hujjatlar chiqarish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini tegishli organlardan talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyuvchining garov narsasiga mulk huquqi ushbu Qonunga muvofiq tugatilgan taqdirda, oʻz talabini garovga qoʻyuvchiga berilishi lozim boʻlgan summadan imtiyozli qanoatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovdagi barcha mol-mulk uchun huquqini saqlab qolish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish yoki undiruvni garov narsasiga qaratish;
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 282-moddasiga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.06 Zakalat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zakalat qoʻyilganda, garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga berilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan hollardagina, garovga qoʻyuvchiga foydalanishga doir muntazam hisobot taqdim etgan holda foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ashyoni majburiyat toʻliq bajarilgunga qadar ushlab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovdagi mol-mulkni oʻzganing noqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilib olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga oluvchi quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasining hujjatlar boʻyicha amalda mavjudligini, miqdori, holati va saqlanish sharoitini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishini garovga qoʻyuvchidan talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan qilinayotgan, uning yoʻqotilishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdirayotgan tajovuzlar toʻxtatilishini, ular kim tomonidan sodir etilayotganidan qatʼi nazar, talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyuvchi garov narsasini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini buzgan taqdirda, garov narsasini oʻz hisobidan, ammo garovga qoʻyuvchining manfaatlarini koʻzlab, sugʻurta xarajatlarini undan undirib olgan holda sugʻurta qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi tovarlar garovida, ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garov shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi bu shart buzilish tuzatilgunga qadar garovdagi tovarlarga oʻz belgilari va muhrlarini bosish orqali muomaladagi tovarlar bilan operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqli.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari garovga oluvchi quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qatʼi nazar, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan boʻlsa, garovdagi huquqning oʻziga oʻtkazilishini sud tartibida talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan huquq toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladigan sud ishiga uchinchi shaxs sifatida qoʻshilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni garovga qoʻyuvchi buzgan taqdirda, garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar buzishidan himoya qilish uchun mustaqil choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyuvchi navbatdagi garov toʻgʻrisidagi qoidalarni buzgan va u ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish, agar uning talabi qondirilmasa, undiruvni garov narsasiga qaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi tomonlardan qaysi birida (garovga oluvchida yoki garovga qoʻyuvchida)turgan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi ushbu Qonun, 26-moddasining toʻrtinchi qismi, 28-moddasining beshinchi qismi va 29-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Garovga oluvchining majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.03.00 Tovarlar, ishlar yoki xizmatlar yetishmovchiligi natijasida yetkazilgan zararni undirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishi tufayli garov bekor boʻlganda yoxud majburiyatlar oʻzi tomonidan garovdagi mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdiradigan tarzda qoʻpol buzilganda garovga qoʻyuvchining talabiga binoan garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchiga zudlik bilan qaytarib berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz aybi boʻlgan taqdirda, garov narsasi toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan zararni garovga qoʻyuvchiga ushbu Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan miqdorda qoplashi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qoʻyuvchi manfaatlarini koʻzlab garov narsasidan samara va daromadlar chiqarib olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyuvchi hisobidan garovga egalik qilish bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlar toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajargan taqdirda, garovga oluvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga reyestrga tegishli oʻzgartishlarni kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etishi shart. Garovga oluvchi koʻrsatilgan talabni buzgani taqdirda, garovga qoʻyuvchi undan bu majburiyatni bajarmaslik tufayli oʻziga yetkazilgan zararni toʻliq hajmda qoplashni talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Garovga qoʻyuvchining huquqlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyatni ushbu Qonunda belgilangan tartibda muddatidan oldin bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini almashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda garov narsasini oqilona muddatda tiklash va uni boshqa teng qimmatli mol-mulkka almashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garov narsasi sotilgunga yoki garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilingunga qadar istalgan vaqtda garov bilan taʼminlangan majburiyatni yoki uning bajarilishi kechiktirilgan qismini bajarib, ularga undiruvni qaratishni toʻxtatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni garovga oluvchining roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlar garovga oluvchi tomonidan qoʻpol buzilgan taqdirda, garovning muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.06 Zakalat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zakalat qoʻyilganda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini garovga oluvchidan talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi garovga oluvchiga nisbatan talablarni garov bilan taʼminlangan majburiyatni uzish hisobiga oʻtkazish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, shu jumladan undan samara va daromadlar chiqarib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berish, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirish yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv haqiqiy emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi tovarning umumiy qiymati garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilganidan kamaymasligi sharti bilan garovga qoʻyilgan tovarning tarkibi va asl shaklini oʻzgartirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy huquqlar garovida garovga qoʻyuvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Garovga qoʻyuvchining majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir navbatdagi garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga oluvchida garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish va undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratish huquqi vujudga kelganida garovga oluvchining talablarini qanoatlantirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldirilgan holdagi garovda, ipotekada ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garovdagi tovar boʻyicha operatsiyalarning alohida hisob-kitobini yuritishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan huquqning haqiqiyligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab boʻluvchi xatti-harakatlar qilmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan boʻladigan tajovuzlar va talablardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan huquqda sodir boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz qarzdorini huquqlar garovi sodir etilgani toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma shartlariga muvofiq yoki shu shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk asralishini taʼminlash zaruratiga koʻra garovga oluvchi uni asrash va (yoki) qoʻriqlash uchun yoxud garovga qoʻyuvchining bu mol-mulk bilan bogʻliq soliqlar, yigʻimlar yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlarini toʻlash uchun xarajatlar qilishga majbur boʻlgan hollarda garovga oluvchining bunday xarajatlarini qoplash garovga qoʻyuvchi hisobidan taʼminlanadi.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar garovga qoʻyuvchining huquqiy vorislariga nisbatan garovga qoʻyilgan huquqlar borasida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Kreditor talablarining uchinchi shaxs tomonidan qondirilishi oqibatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditor talablarini toʻliq hajmda qondirgan uchinchi shaxsga talab qilish huquqini taʼminlagan garov ham oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Depozitga oʻtkazish yoʻli bilan garov toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan pul majburiyati ijrosini qabul qilishdan voz kechganida tegishli pul notarial idora yoki bankning depozitiga oʻtkaziladi. Agar depozitga oʻtkazilgan summa qarzni toʻliq qoplasa, garov toʻgʻrisidagi shartnoma oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Uchinchi shaxs (mulkiy kafil)ning garovi bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilmasligi oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdor tomonidan kreditor oldidagi majburiyat bajarilmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatini taʼminlashga garov bergan uchinchi shaxs (mulkiy kafil) undiruvning garovga qoʻyilgan narsaga qaratilishidan saqlanish maqsadida bu majburiyatni bajarishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undirish garov narsasiga uni realizatsiya qilish yoʻli bilan qaratilgan taqdirda, mulkiy kafil qarzdordan uning qiymatini va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Undiruvning garov narsasiga qaratilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni oʻzi javobgar boʻlgan vaziyatlarda bajarmagan taqdirda yoki lozim darajada bajarmaganda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs — garovga qoʻyuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda, garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qatʼi nazar, undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli garovga oluvchi talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga aniq mos kelmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan barcha mol-mulkka boʻlgan huquqni saqlab qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bir nechta ashyo yoki huquq garov narsasi boʻlsa, garovga oluvchi oʻz xohishiga koʻra ana shu barcha mol-mulk hisobiga yoki ashyolar (huquqlar)dan birortasi hisobiga talabini qondirishi mumkin, bunda u keyinchalik ham garov narsasini tashkil etuvchi boshqa ashyolar (huquqlar) hisobiga talabini qondirish imkonini saqlab qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning daʼvosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining talablari garovga qoʻyilgan koʻchar mol-mulk hisobidan sud qaroriga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) garovga qoʻyuvchi yoʻqolgan boʻlsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garovdagi mol-mulkni realizatsiya qilish (sotish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kim oshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 379—381-moddalariga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchining iltimosiga koʻra, sud undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi qarorda uni kim oshdi savdosida sotishni bir yilgacha muddatga kechiktirishga haqli. Kechiktirish ushbu mol-mulkni garovga qoʻyish bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlariga taʼsir qilmaydi hamda qarzdorni kreditorning kechiktirish davri mobaynida koʻpaygan zarari va neustoykani undirishdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulkning kim oshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlangʻich sotish narxi undiruv sud tartibida mol-mulkka qaratilgan hollarda sud qarori bilan yoki boshqa hollarda garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan kelishuvi natijasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulk kim oshdi savdosida eng yuqori narxni taklif qilgan shaxsga sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplashga yetarli boʻlmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha koʻrsatma boʻlmaganida, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa garovga oluvchining garov bilan taʼminlangan talabidan oshib ketsa, farq garovga qoʻyuvchiga qaytarib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Amalga oshmagan kim oshdi savdosining oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kim oshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganida garovga oluvchi garovga qoʻyuvchi bilan kelishib, garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan taʼminlangan oʻz talablari hisobiga oʻtkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy kim oshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganida garovga oluvchi garov narsasini takroriy kim oshdi savdosidagi boshlangʻich sotish narxidan koʻpi bilan oʻn foiz kamaytirgan summada baholab, oʻzida olib qolishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga oluvchi garov narsasini oʻziga olib qolish huquqidan takroriy kim oshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy davomida foydalanmasa, garov shartnomasi bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy huquqlar garovida garov narsasini realizatsiya qilish garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan huquqdan kelib chiquvchi talabdan garovga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi undiruvni garov narsasiga qaratish huquqi vujudga kelgan paytda garovga qoʻyilgan huquq sud tartibida oʻziga oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish va undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchi majburiyatni muddatidan oldin bajarishga haqli, garovga oluvchi esa, agar bu qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud majburiyat mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan yoxud boshqa odatda qoʻyiladigan talablardan kelib chiqsa, muddatidan oldingi ijroni qabul qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi qonunda nazarda tutilgan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 282-moddasiga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Garovning bekor boʻlishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov quyidagi hollarda bekor boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga oluvchi ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarni qoʻpol ravishda buzgan taqdirda garovga qoʻyuvchining talabi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan ashyo nobud boʻlganida yoki garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlganida, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonun 13-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan mol-mulk kim oshdi savdosida sotilgan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha uni realizatsiya qilish mumkin boʻlmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasi boʻlgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan taqdirda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bermagan boʻlsa, garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daʼvo muddati oʻtganligi sababli garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha oʻz talablarini qondirish kreditor uchun mumkin boʻlmay qolgan taqdirda;
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-bobiga (“Daʼvo muddati”) qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan garovga oluvchi ixtiyoriga beriladigan garov — zakalat deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Garovga oluvchining garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolgani yoki shikastlangani uchun javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi, agar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligini isbotlay olmasa, oʻziga berib qoʻyilgan garov narsasining toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chogʻida qancha summaga baholangan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi garov narsasi yoʻqolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, unga shikast yetkazilganligi uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga va uning yoʻqolganligi uchun haq talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan boshqa zararlarni ham garovga qoʻyuvchiga qoplash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni taʼminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — litsenziyasi boʻlgan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombard garovga qabul qilgan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi toʻliq summasida oʻz hisobidan garovga qoʻyuvchi foydasiga sugʻurtalashi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombard garovga qoʻyilgan ashyolardan foydalanish va ularni tasarruf etishga haqli emas.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombard ashyolarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qoʻyilgan ashyolarning yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan taʼminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat oʻtganidan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa ham, lombardning garovga qoʻyuvchiga (qarzdorga) talablari bekor boʻladi. Agar qarz va boshqa xarajatlar toʻlanganidan keyin tushum summasining qoldigʻi boʻlsa, u garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomaning garovga qoʻyuvchining huquqlarini ushbu Qonun yoki boshqa qonunlar bilan unga berilgan huquqlarga qaraganda cheklab qoʻyadigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, binolar, inshootlar, kvartiralar, transport vositalari va ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan boshqa garov narsalari garovga qoʻyilgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlaklarga ajraladigan samara, agar u ajralish chogʻidan boshlab uchinchi shaxs huquqlari obyektiga aylanmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan garov narsasi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi garovga oluvchi qulflab qoʻygan va uning muhri bosilgan holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi garov toʻgʻrisida dalolat beruvchi belgilar qoʻyilgan holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin (qatʼiy garov).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchi tomonidan uchinchi shaxsga vaqtincha egalik qilish yoki foydalanishga berib qoʻyilgan garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoldirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Ipoteka
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi koʻchmas mulkdan iborat boʻlgan garov ipoteka deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka belgilangan mol-mulk garovga oluvchiga berib qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Ipoteka narsasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer bilan bogʻliq mol-mulk — binolar, inshootlar, koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulkida boʻlgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joy xonalari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, qonun hujjatlari bilan koʻchmas mulk sirasiga kiritilgan boshqa mol-mulk hamda yer uchastkasiga mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar ipoteka narsasi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan samara, mahsulot va daromadga garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda joriy qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli va uni roʻyxatdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma yozma ravishda tuzilishi lozim. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish garovga qoʻyuvchining arizasi asosida amalga oshiriladi. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagilar taqdim etilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan shartnoma va uning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ilova tariqasida koʻrsatilgan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlanganligi dalili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma uni roʻyxatga olish uchun zarur hujjatlar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kunida roʻyxatga olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Binolar va inshootlar davlat kadastriga ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuvi kiritilgan kun ipoteka davlat roʻyxatiga olingan sana hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish oshkora tadbir hisoblanadi. Navbatdagi garovga oluvchi, huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha yangi kreditor, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi, soliq, bojxona organlari va sudlar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda tegishli mol-mulk ipotekasi toʻgʻrisida qayd yozuvi bor-yoʻqligi haqidagi maʼlumot hamda ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuvidan tasdiqlangan koʻchirma olishga haqlidir.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat mazmuni oʻzgartirilgan keyingi ipotekada, shuningdek ipoteka narsasiga boʻlgan mulk huquqi yoki uni xoʻjalik yuritish huquqi bu mol-mulkni pulli yoki bepul tasarrufdan chiqarish natijasida yoki har tomonlama huquqiy vorislik tartibida garovga qoʻyuvchidan boshqa shaxsga oʻtganida shartnoma qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Mazkur talabning buzilishi majburiyatda amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqiqiy emas deb topilishiga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat qarzdor tomonidan bajarilganida, garovga oluvchi garovga qoʻyuvchining talabiga binoan ipotekani roʻyxatdan oʻtkazgan organga reyestrga tegishli oʻzgartishlarni kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etishi shart. Garovga oluvchi mazkur talabni bajarmagan hollarda garovga qoʻyuvchi undan bu majburiyatni bajarmaslik tufayli oʻziga yetkazilgan zararni toʻliq hajmda qoplashni talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Binolar va inshootlar ipotekasi xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Binolar yoki inshootlar ipotekasiga faqat ayni oʻsha shartnoma boʻyicha bu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud bu uchastkaning garovga qoʻyilayotgan obyekt ishlab turishini taʼminlaydigan qismini yoxud, bu uchastkaning yoki uning tegishli qismining garovga qoʻyuvchiga tegishli ijaraga olish huquqini bir paytning oʻzida ipoteka qilgan holdagina yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasi ipotekasida, agar shartnomada boshqacha shart nazarda tutilmagan boʻlsa, garov huquqi garovga qoʻyuvchining shu uchastkada joylashgan yoki qurilayotgan binolari va inshootlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Korxonalar yoki oʻzga mulkiy majmua ipotekasi xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona yoki oʻzga mulkiy majmuaning toʻligʻicha ipotekasida garov huquqi uning tarkibiga kiruvchi barcha mol-mulkka, koʻchar va koʻchmas mulkka, talab qilish huquqi va mutlaq huquqni qoʻshgan holda, shu jumladan agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipoteka davrida sotib olinganlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy mulkka asoslangan korxonalarni yoki oʻzga mulkiy majmuani ipotekaga berish mulkdor yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻliq xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan korxonalar yoki oʻzga mulkiy majmua ipotekasi mulkdorning roziligi bilan korxona tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchi korxona garovga oluvchining talabiga binoan unga yillik hisobot taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona ipotekasi bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish yuzasidan ipoteka shartnomasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrishga, shu jumladan korxona rahbar organlariga ishlab chiqarilgan mahsulotni hamda korxonaning boshqa mol-mulkini tasarruf etish huquqi cheklangan vakillar tayinlashga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan choralar kutilgan natijalarni bermagan holda garovga oluvchi undiruvni ushbu Qonunning 26-moddasida belgilangan tartibda ipotekada turgan korxonaga qaratishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Muomaladagi tovarlarning garov narsasi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, materiallar, tovar zaxiralari, butlovchi buyumlar, tayyor mahsulot muomaladagi tovarlarning garov narsasi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi tovarlar garovida garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar qiymati pasayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning garovi bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchi tomonidan tasarrufdan chiqarilgan muomaladagi tovarlar qoʻlga kirituvchining mulkiga, xoʻjalik yuritishiga yoki bevosita boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi deb hisoblanmaydi, garovga qoʻyuvchi qoʻlga kiritgan, garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan tovarlar ularga nisbatan garovga qoʻyuvchining mulk huquqi paydo boʻlgan paytdan boshlab garov narsasiga aylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. HUQUQLAR, QIMMATLI QOGʻOZLAR GAROVI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Huquqlar — garov narsasi sifatida
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchiga tegishli egalik qilish va foydalanish huquqlari, shu jumladan ijarachining huquqlari, majburiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa huquqlar (talablar) va oʻzga mulkiy huquqlar garov narsasi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq talablar, xususan hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar haqidagi va boshqa shaxs foydasiga voz kechish qonun bilan man qilingan oʻzga talablar huquq garovi narsasi boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni, shuningdek oʻzga tabiiy resurslarga nisbatan boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyishga qonun hujjatlarida belgilangan meʼyor va shartlarda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli huquq uning amal qilish muddati tugagunga qadargina garov narsasi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdorini amalga oshirilgan huquqlar garovidan xabardor qilishi shart. Agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga nisbatan qarzdor hisoblanuvchi shaxs garovga oluvchi majburiyatini bajarishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Qarzdorning garovga qoʻyuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarishining oqibatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyuvchining qarzdori garov bilan taʼminlangan majburiyat garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilgunga qadar oʻz majburiyatini bajarsa, bunda garovga qoʻyuvchi olgan barcha narsalar garov narsasiga aylanadi, basharti garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi bu haqda garovga oluvchini darhol xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdoridan majburiyatni bajarish hisobiga pul summalari olishda garovga oluvchining talabiga koʻra garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish hisobiga tegishli summalarni oʻtkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Qimmatli qogʻozlar garovi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovida bu qimmatli qogʻoz, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchiga yoxud saqlash uchun notarial idoraga depozitga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi hisoblanuvchi qimmatli qogʻozlardan keladigan daromadlar, agar shartnomada yoki qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. GAROVDA TOMONLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning oʻzgarmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma tuzilganidan keyin qonun hujjatlarida garovga oluvchining va (yoki)garovga qoʻyuvchining ahvolini oʻzgartiruvchi normalar belgilangan holda, garov toʻgʻrisida ilgari tuzilgan shartnomaning talablari uning butun amal qilish muddatida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Garovga oluvchining va garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlari qonunda nazarda tutilgan asoslarga binoan bekor boʻlganida garovga oluvchining manfaatlarini himoya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi hisoblanuvchi mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi mol-mulkning davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi (sotib olinishi), realizatsiya qilinishi yoki davlat mulkiga aylantirilishi oqibatida qonunda belgilangan asoslarda va tartibda bekor boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli tovon toʻlanadi. Bu holda garov huquqi evaziga berilgan mol-mulkka yoxud uning tovoniga nisbatan joriy qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar davlat organining garovga qoʻyilgan mol-mulkni yoki huquqlarni bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk turgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror munosabati bilan garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqi bekor boʻlgan yoki garovga qoʻyilgan huquqlar bekor boʻlgan taqdirda joriy qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi hisoblangan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan amalda bu mol-mulkning mulkdori boshqa shaxs ekanligi asosida yoxud jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda ana shu mol-mulkka nisbatan garov bekor boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda. Garovga oluvchining garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlarini himoya qilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi qonun hujjatlariga nomuvofiq hujjat chiqarishi natijasida garov narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha garovga oluvchining huquqlari buzilsa, bunday hujjat garovga oluvchining daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni chiqarish natijasida garovga oluvchiga yetkazilgan zarar tegishli davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulk oʻzida turgan yoki turishi lozim boʻlgan garovga oluvchi uni oʻzganing gʻayriqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma shartlariga koʻra oʻziga oʻtkazilgan garov narsasidan foydalanish huquqi garovga oluvchiga berilgan holda, u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qoʻyuvchidan oʻz huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini, bu buzilishlar egalikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boʻlsa ham, talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. XALQARO MUOMALADAGI GAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllaniladigan qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shartnomaning ijro etilishi va bekor qilinishi, shartnomani bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikning oqibatlari, talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish va qarzni oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tomonlarning kelishuviga koʻra tanlangan mamlakatning qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun hujjati toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, garovga qoʻyuvchi qaysi mamlakatda taʼsis etilgan boʻlsa, oʻz turar joyiga yoki asosiy faoliyat joyiga ega boʻlsa, ana shu mamlakat qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk garovi garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun hujjati toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, shu mol-mulk turgan mamlakatning qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro etish usullari va tartibi, shuningdek lozim darajada bajarilmagan taqdirda koʻrilishi kerak boʻlgan choralar borasida qoʻllaniladigan qonun hujjatlaridan tashqari shartnoma ijro etilayotgan mamlakatning qonun hujjatlari ham eʼtiborga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kim oshdi savdosida sotish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi tashqi savdo shartnomasida tomonlar garov toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda yoki keyin kelishib olish asosida garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida kim oshdi savdosida sotishni belgilab qoʻyishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni kim oshdi savdosida sotish tartibi kim oshdi savdosi qaysi davlat hududida oʻtkaziladigan boʻlsa, ana shu davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan garovga qoʻyilgan mol-mulk mamlakatdan tashqarida kim oshdi savdosida sotilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining bojxonaga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar bajarilmogʻi lozim.