01.05.1998 yildagi 614-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“GAROV TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 17-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda, № 9, 193-modda; 1997-yil, № 4-5, 128-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 1-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
614-I-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzbekiston respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GAROV TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(yangi tahriri)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Garov tushunchasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatlarni taʼminlash uchun berishi garov hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga koʻra qarzdor (garovga qoʻyuvchi) garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat boʻyicha garovga qoʻyuvchi tomonidan garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga qonunda nazarda tutilgan tartibda haqli boʻladi.
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun boʻyicha haqiqiy boʻlgan har qanday majburiyatning: zayom, bank krediti, ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday subyektlari (jismoniy va yuridik shaxslar, davlat) oʻrtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan taʼminlanishi mumkin. Majburiyat pul birliklarida (milliy valyutada yoki chet el valyutasida) ifodalangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Garov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida garov bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning qoidalari, agar “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipoteka bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi OʻRQ-83-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining garov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Garovning vujudga kelish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov shartnoma yoki qonunlarga koʻra vujudga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovning vujudga kelishini nazarda tutuvchi qonunda qanday majburiyatga koʻra va aynan qaysi mol-mulk garovda turgan deb eʼtirof etilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Garov turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquq garovi tarzida amal qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Garov narsasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan talablar, xususan hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar toʻgʻrisidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi shartnomada, qonun asosida vujudga keladigan garovga nisbatan esa qonunda garovga qoʻyuvchi kelgusida qoʻlga kiritadigan ashyolar va mulkiy huquqlar garovi nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mol-mulkka nisbatan garov huquqi mol-mulkning narsalarini va tarkibiy samarasini ham oʻz ichiga oladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan samara, mahsulot va daromadlarga nisbatan garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlganligi tufayli yoxud davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan fuqarolarning ayrim turdagi mol-mulkini garovga qoʻyish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda man etilishi yoki cheklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Garov bilan taʼminlanadigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garov talabning amalda qondirish paytidagi hajmini taʼminlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari toʻlanishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov kelgusida paydo boʻluvchi talablarga nisbatan ham, basharti tomonlar bunday talablarning garov bilan taʼminlanish miqdori toʻgʻrisida kelishib olsalar, belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli boʻlgan mol-mulk yoki huquqlar garovi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birgalikdagi umumiy mulk boʻlgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan garovga berilishi mumkin.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli boʻlgan huquq uning barcha egalari roziligi bilangina garovga qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdorning umumiy ulushli mulkdagi oʻz ulushini garovga qoʻyishi qolgan mulkdorlarning rozilik berishini talab qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik yoki jismoniy shaxslar garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi boʻlishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdorning oʻzi ham, uchinchi shaxs ham garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin, garovga qoʻyiladigan huquqning egasi boʻlgan shaxs huquqni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tasarrufdan chiqarilganda boshqa shaxs yoki organning roziligi yoki ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bunday mol-mulk ipotekasi uchun ham shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulkida boʻlgan va hech kimga xoʻjalik yuritish huquqida biriktirilmagan koʻchmas mulk garovi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan birkitib qoʻyilgan korxona, shu mol-mulk egasining yoki u vakolat bergan organning roziligi bilan umuman korxonaning, mulkiy majmualar sifatida uning tuzilmalari va boʻlinmalarining, shuningdek alohida binolar va inshootlarning garovini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga birkitib qoʻyilgan mol-mulkni bevosita idora qilish huquqiga ega boʻlgan muassasa (tashkilot) oʻziga ruxsat etilgan xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga orttirilgan ashyolar yoki huquqlarni garovga berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulk huquqining keyinchalik boshqa mulkdorga oʻtishi toʻliq xoʻjalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruvi ostidagi mol-mulk garoviga daxl qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijarachi ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina ijaraga beruvchining roziligisiz oʻzining ijaraga oid huquqlarini garovga oʻtkazishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oid munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan ayni bir xil huquqlardan foydalanadilar hamda ayni bir xil majburiyatlarga ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Garov huquqining vujudga kelishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov huquqi garov toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart boʻlsa notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilishi shart boʻlganida esa u roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomaga yoki qonun hujjatlariga muvofiq garov narsasi garovga oluvchida turishi lozim boʻlsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytda, agar garov narsasi shartnoma imzolangunga qadar berilgan boʻlsa, shartnoma imzolangan paytda vujudga keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi boʻlgan mol-mulk qonunda belgilangan asosda va tartibda majburiy olib qoʻyilgan hollarda, agar buning evaziga garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk berilgan boʻlsa, garov huquqi shu mol-mulkka nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk qisqa muddatli (olti oyga qadar) kreditga sotilgan taqdirda, garov huquqi sotib oluvchi va mol-mulk savdosining ana shu turini amalga oshirish oʻz faoliyati doirasiga kiradigan sotuvchi oʻrtasida shartnoma tuzilgan paytdan vujudga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning mazmuni
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi shartnomada taraflarning nomi, joylashgan yeri (yashash joyi), garovning turi, garov narsasi va uning bahosi, garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati, garovga qoʻyilgan mol-mulkning tavsifi, shuningdek taraflarning kelishuviga erishilgan boshqa maʼlumotlar yoxud garov narsasini va garov bilan taʼminlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatiladi. Unda garovga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov bilan taʼminlanadigan majburiyat garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin boʻlgan majburiyatning eng koʻp summasini koʻrsatish yoʻli bilan identifikatsiya qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasini baholash garovga qoʻyuvchi bilan garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoki baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli va uni roʻyxatdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kerak boʻlgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish chogʻidagi ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririida — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma tegishli mol-mulk haqida tuziladigan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalariga rioya qilmaslik garov toʻgʻrisidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Garov narsasini sugʻurta qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi qoʻyilgan mol-mulk kimdaligiga qarab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning toʻla qiymati boʻyicha, bordi-yu mol-mulkning toʻla qiymati garov bilan taʼminlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam boʻlmagan summaga garovga qoʻyuvchi hisobidan sugʻurtalashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini taʼminlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni koʻrishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo boʻlganligi toʻgʻrisida ikkinchi tomonni darhol ogohlantirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma yoki qonun hujjatlari bilan garovga qoʻyuvchi zimmasiga davlat boshqaruv organlari tomonidan uning xoʻjalik faoliyatini toʻxtatib qoʻyuvchi yoxud unga xalaqit beruvchi yoki unga salbiy taʼsir etuvchi xatti-harakatlar sodir etilishi va hujjatlar qabul qilinishi (mol-mulkni musodara, rekvizitsiya qilish), shuningdek tugatilishi yoki xoʻjalik subyekti toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan deb eʼtirof etilishi hollarida sugʻurta qilish majburiyati yuklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulk sugʻurta qilinganda garov bilan taʼminlangan majburiyat summasidan ortiq boʻlmagan summada sugʻurta tovonini oluvchi — garovga oluvchi hisoblanadi. Garovga qoʻyuvchi sugʻurta tovonining qolgan summasini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta hollari sodir boʻlganda garovga oluvchi oʻz talablari sugʻurta tovoni summasidan imtiyozli qondirilishi huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Garov narsasini almashtirish va tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov narsasi nobud boʻlgan yoki shikastlangan yoxud unga boʻlgan mulk huquqi yo xoʻjalik yuritish huquqi qonunda belgilangan asoslarga koʻra bekor qilingan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Garov narsasining tasodifan nobud boʻlish xavfi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini oʻz zimmasiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi oʻziga topshirilgan garov narsasi toʻliq yoki qisman nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi nobud boʻlgan garov narsasi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasi shikastlanganligi uchun esa garov narsasi garovga oluvchiga topshirilayotganda baholangan summaga qarab qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida belgilangan maqsad boʻyicha foydalanib boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga hamda uning nobud boʻlganligi uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli, u bilan garovga oluvchi oʻrtasida nobud boʻlgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish toʻgʻrisida yozma ravishda bitim tuzilgan hamda garovga oluvchi bu bitimning shartlarini lozim darajada bajarayotgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida garovga qoʻyuvchiga yetkazilgan boshqa zararni ham toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor garovga qoʻyuvchi garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisida garovga oluvchiga qoʻygan talabni garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Navbatdagi garov
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovda turgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchi tomonidan oʻzga shaxsga (garovga oluvchiga) boshqa talablarni taʼminlash uchun berish navbatdagi garov hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navbatdagi garovga, agar u garov toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan boʻlsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan garov reyestriga tegishli yozuv kiritilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutilgan boʻlsa, bunday gapov shartnomasi oldingi shartnomada koʻrsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Koʻrsatilgan shartlar buzilgan taqdirda oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni garovga qoʻyuvchidan talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navbatdagi garovga oluvchining talabi oldingi garovga oluvchilarning talablaridan keyin, qonunda belgilangan tartibda ushbu mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga beruvchi garovga oluvchilarning har biriga mazkur mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻgʻrisida, shuningdek ushbu garovlar bilan taʼminlangan majburiyatlarning miqdori haqida xabar berishi shart hamda bu majburiyatlar bajarilmaganligi tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zararlar uchun javobgar boʻladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlar boshqa shaxsga oʻtganida garovning saqlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xoʻjalik asosida yuritish huquqi garovga qoʻyuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda garov huquqi oʻz kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi (xoʻjalik asosida yuritish huquqi) garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga oʻtishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining huquqiy vorisi garovga qoʻyuvchining oʻrniga oʻtadi va uning hamma majburiyatlarini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi boʻlgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaxsga oʻtgan boʻlsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmaslikning garovdan kelib chiqadigan oqibatlariga mazkur mol-mulkning oʻziga oʻtgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi boʻlinmasa yoki boshqa asoslarga koʻra huquqiy vorislarning umumiy mulki boʻlib qolsa, ular solidar garovga qoʻyuvchilarga aylanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoʻli bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi qoidalarga rioya qilgan holda garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchining garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan taʼminlangan asosiy majburiyat boʻyicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham oʻsha shaxs foydasiga voz kechilgan boʻlsa, haqiqiy boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni ham anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilishi bilan, agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob berishga rozilik bergan boʻlmasa, garov bekor boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Garovga oluvchining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi quyidagilarga haqli:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi shaxslarni garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlari toʻgʻrisida garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali xabardor qilish;
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov narsasiga qaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolganligi va shikastlanganligi uchun u kimning foydasiga sugʻurta qilinganidan qatʼi nazar, agar yoʻqolish yoki shikastlanish garovga oluvchi javob beradigan sabablarga koʻra sodir boʻlmagan boʻlsa, oʻsha asoslarga sugʻurta tovonidan qanoatlanish olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruv organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining garovga oluvchining huquqlari buzilgan hujjatlarini haqiqiy emas deb eʼtirof etish xususida sudda daʼvo qoʻzgʻatish va hujjatlar chiqarish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini tegishli organlardan talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyuvchining garov narsasiga mulk huquqi ushbu Qonunga muvofiq tugatilgan taqdirda, oʻz talabini garovga qoʻyuvchiga berilishi lozim boʻlgan summadan imtiyozli qanoatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovdagi barcha mol-mulk uchun huquqini saqlab qolish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish yoki undiruvni garov narsasiga qaratish;
(19-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zakalat qoʻyilganda, garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga berilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan hollardagina, garovga qoʻyuvchiga foydalanishga doir muntazam hisobot taqdim etgan holda foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ashyoni majburiyat toʻliq bajarilgunga qadar ushlab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovdagi mol-mulkni oʻzganing noqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilib olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga oluvchi quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasining hujjatlar boʻyicha amalda mavjudligini, miqdori, holati va saqlanish sharoitini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishini garovga qoʻyuvchidan talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan qilinayotgan, uning yoʻqotilishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdirayotgan tajovuzlar toʻxtatilishini, ular kim tomonidan sodir etilayotganidan qatʼi nazar, talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyuvchi garov narsasini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini buzgan taqdirda, garov narsasini oʻz hisobidan, ammo garovga qoʻyuvchining manfaatlarini koʻzlab, sugʻurta xarajatlarini undan undirib olgan holda sugʻurta qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi tovarlar garovida, ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garov shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi bu shart buzilish tuzatilgunga qadar garovdagi tovarlarga oʻz belgilari va muhrlarini (muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda) bosish orqali muomaladagi tovarlar bilan operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqli.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari garovga oluvchi quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qatʼi nazar, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan boʻlsa, garovdagi huquqning oʻziga oʻtkazilishini sud tartibida talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan huquq toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladigan sud ishiga uchinchi shaxs sifatida qoʻshilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni garovga qoʻyuvchi buzgan taqdirda, garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar buzishidan himoya qilish uchun mustaqil choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyuvchi navbatdagi garov toʻgʻrisidagi qoidalarni buzgan va u ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish, agar uning talabi qondirilmasa, undiruvni garov narsasiga qaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi tomonlardan qaysi birida (garovga oluvchida yoki garovga qoʻyuvchida)turgan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi ushbu Qonun, 26-moddasining toʻrtinchi qismi, 28-moddasining beshinchi qismi va 29-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Garovga oluvchining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishi tufayli garov bekor boʻlganda yoxud majburiyatlar oʻzi tomonidan garovdagi mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdiradigan tarzda qoʻpol buzilganda garovga qoʻyuvchining talabiga binoan garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchiga zudlik bilan qaytarib berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz aybi boʻlgan taqdirda, garov narsasi toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan zararni garovga qoʻyuvchiga ushbu Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan miqdorda qoplashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qoʻyuvchi manfaatlarini koʻzlab garov narsasidan samara va daromadlar chiqarib olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyuvchi hisobidan garovga egalik qilish bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlar toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajargan taqdirda, garovga oluvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga reyestrga tegishli oʻzgartishlarni kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etishi shart. Garovga oluvchi koʻrsatilgan talabni buzgani taqdirda, garovga qoʻyuvchi undan bu majburiyatni bajarmaslik tufayli oʻziga yetkazilgan zararni toʻliq hajmda qoplashni talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Garovga qoʻyuvchining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyatni ushbu Qonunda belgilangan tartibda muddatidan oldin bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini almashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda garov narsasini oqilona muddatda tiklash va uni boshqa teng qimmatli mol-mulkka almashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garov narsasi sotilgunga yoki garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilingunga qadar istalgan vaqtda garov bilan taʼminlangan majburiyatni yoki uning bajarilishi kechiktirilgan qismini bajarib, ularga undiruvni qaratishni toʻxtatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni garovga oluvchining roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlar garovga oluvchi tomonidan qoʻpol buzilgan taqdirda, garovning muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zakalat qoʻyilganda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini garovga oluvchidan talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi garovga oluvchiga nisbatan talablarni garov bilan taʼminlangan majburiyatni uzish hisobiga oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, shu jumladan undan samara va daromadlar chiqarib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berish, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirish yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv haqiqiy emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi tovarning umumiy qiymati garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilganidan kamaymasligi sharti bilan garovga qoʻyilgan tovarning tarkibi va asl shaklini oʻzgartirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy huquqlar garovida garovga qoʻyuvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Garovga qoʻyuvchining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir navbatdagi garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga oluvchida garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish va undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratish huquqi vujudga kelganida garovga oluvchining talablarini qanoatlantirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldirilgan holdagi garovda, ipotekada ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garovdagi tovar boʻyicha operatsiyalarning alohida hisob-kitobini yuritishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan huquqning haqiqiyligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab boʻluvchi xatti-harakatlar qilmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan boʻladigan tajovuzlar va talablardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan huquqda sodir boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz qarzdorini huquqlar garovi sodir etilgani toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi OʻRQ-83-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar garovga qoʻyuvchining huquqiy vorislariga nisbatan garovga qoʻyilgan huquqlar borasida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Kreditor talablarining uchinchi shaxs tomonidan qondirilishi oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditor talablarini toʻliq hajmda qondirgan uchinchi shaxsga talab qilish huquqini taʼminlagan garov ham oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Depozitga oʻtkazish yoʻli bilan garov toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan pul majburiyati ijrosini qabul qilishdan voz kechganida tegishli pul notarial idora yoki bankning depozitiga oʻtkaziladi. Agar depozitga oʻtkazilgan summa qarzni toʻliq qoplasa, garov toʻgʻrisidagi shartnoma oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Uchinchi shaxs (mulkiy kafil)ning garovi bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilmasligi oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarzdor tomonidan kreditor oldidagi majburiyat bajarilmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatini taʼminlash uchun garovni taqdim etgan uchinchi shaxs (mulkiy kafil) undiruvni garov narsasiga qaratishdan saqlanish maqsadida bu majburiyatni garov narsasining qiymati doirasida bajarishga haqlidir.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undirish garov narsasiga uni realizatsiya qilish yoʻli bilan qaratilgan taqdirda, mulkiy kafil qarzdordan uning qiymatini va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Undiruvning garov narsasiga qaratilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni oʻzi javobgar boʻlgan vaziyatlarda bajarmagan taqdirda yoki lozim darajada bajarmaganda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs — garovga qoʻyuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda, garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qatʼi nazar, undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli garovga oluvchi talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga aniq mos kelmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnomada yoki qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan barcha mol-mulkka boʻlgan huquqni saqlab qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bir nechta ashyo yoki huquq garov narsasi boʻlsa, garovga oluvchi oʻz xohishiga koʻra ana shu barcha mol-mulk hisobiga yoki ashyolar (huquqlar)dan birortasi hisobiga talabini qondirishi mumkin, bunda u keyinchalik ham garov narsasini tashkil etuvchi boshqa ashyolar (huquqlar) hisobiga talabini qondirish imkonini saqlab qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning daʼvosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi OʻRQ-83-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining talablari garovga qoʻyilgan koʻchar mol-mulk hisobidan sud hujjatiga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonunda boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoki ruxsati haqidagi talab belgilangan boʻlsa;
(27-modda toʻrtinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʻlsa;
(27-moddaning toʻrtinchi qismi 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) garovga qoʻyuvchi yoʻqolgan boʻlsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qoʻyilgan mol-mulkni majburiy ravishda realizatsiya qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida, elektron onlayn-auksion shaklidagi ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchining iltimosiga koʻra, sud undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi qarorda uni ochiq kimoshdi savdosida sotishni bir yil muddatgacha kechiktirishga haqli. Kechiktirish ushbu mol-mulkning garovi bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi hamda kreditorning kechiktirish vaqti mobaynida koʻpaygan zararlarining oʻrnini qoplashdan va neustoykani toʻlashdan qarzdorni ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mol-mulk bir nechta kreditor oldidagi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlasa, garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari mazkur majburiyatlarni qonunda belgilangan navbat boʻyicha bajarishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan, suddan tashqari tartibda undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish, bevosita sotish, kreditga, lizingga, ijaraga berish, boʻlib-boʻlib sotish yoʻli bilan yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chogʻida tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda, qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chogʻida tushgan summa garovga oluvchilarning garov bilan taʼminlangan talablari miqdoridan oshib ketsa, farq garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini bajarish chogʻida realizatsiya qilish boʻyicha kimoshdi savdolari elektron onlayn-auksion shaklida amalga oshiriladi.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni garov bilan taʼminlangan majburiyatni suddan tashqari tartibda qoplash uchun qabul qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganda garovga oluvchi garovga qoʻyuvchi bilan kelishuvga koʻra, garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan taʼminlangan oʻz talablari hisobiga oʻtkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganda garovga oluvchi garov narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini takroriy kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotish narxidan koʻpi bilan oʻn foiz kamroq summada baholab, oʻzida olib qolishga haqli. Bunda garovga oluvchi oʻzida olib qolinayotgan mol-mulkning qabul qilinayotgan qiymati bilan majburiyatning qoplangan miqdori oʻrtasidagi ijobiy farqni (mavjud boʻlgan taqdirda) toʻlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga oluvchi garov narsasini oʻziga olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy davomida foydalanmasa, garov shartnomasi bekor qilinadi.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy huquqlar garovida garov narsasini realizatsiya qilish garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan huquqdan kelib chiquvchi talabdan garovga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi undiruvni garov narsasiga qaratish huquqi vujudga kelgan paytda garovga qoʻyilgan huquq sud tartibida oʻziga oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish va undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchi majburiyatni muddatidan oldin bajarishga haqli, garovga oluvchi esa, agar bu qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud majburiyat mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan yoxud boshqa odatda qoʻyiladigan talablardan kelib chiqsa, muddatidan oldingi ijroni qabul qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi qonunda nazarda tutilgan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Garovning bekor boʻlishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov quyidagi hollarda bekor boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga oluvchi ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarni qoʻpol ravishda buzgan taqdirda garovga qoʻyuvchining talabi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan ashyo nobud boʻlganida yoki garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlganida, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonun 13-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha uni realizatsiya qilish mumkin boʻlmagan taqdirda;
(32-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasi boʻlgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bermagan boʻlsa, garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daʼvo muddati oʻtganligi sababli garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha oʻz talablarini qondirish kreditor uchun mumkin boʻlmay qolgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. GAROVGA QOʻYILGAN MOL-MULKNI GAROVGA OLUVCHIGA BERIB QOʻYILADIGAN GAROV (ZAKALAT)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Zakalat tushunchasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan garovga oluvchi ixtiyoriga beriladigan garov — zakalat deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Garovga oluvchining garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolgani yoki shikastlangani uchun javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi, agar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligini isbotlay olmasa, oʻziga berib qoʻyilgan garov narsasining toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chogʻida qancha summaga baholangan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi garov narsasi yoʻqolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, unga shikast yetkazilganligi uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga va uning yoʻqolganligi uchun haq talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan boshqa zararlarni ham garovga qoʻyuvchiga qoplash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Ashyolarning lombardda garovga qoʻyilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni taʼminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — litsenziyasi boʻlgan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombard garovga qabul qilgan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi toʻliq summasida oʻz hisobidan garovga qoʻyuvchi foydasiga sugʻurtalashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombard garovga qoʻyilgan ashyolardan foydalanish va ularni tasarruf etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombard ashyolarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qoʻyilgan ashyolarning yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan taʼminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat oʻtganidan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa ham, lombardning garovga qoʻyuvchiga (qarzdorga) talablari bekor boʻladi. Agar qarz va boshqa xarajatlar toʻlanganidan keyin tushum summasining qoldigʻi boʻlsa, u garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomaning garovga qoʻyuvchining huquqlarini ushbu Qonun yoki boshqa qonunlar bilan unga berilgan huquqlarga qaraganda cheklab qoʻyadigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. GAROVGA QOʻYILGAN MOL-MULK GAROVGA QOʻYUVCHIDA QOLDIRILADIGAN GAROV. MUOMALADAGI TOVARLARNING GAROV NARSASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, binolar, inshootlar, kvartiralar, transport vositalari va ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan boshqa garov narsalari garovga qoʻyilgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlaklarga ajraladigan samara, agar u ajralish chogʻidan boshlab uchinchi shaxs huquqlari obyektiga aylanmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan garov narsasi boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi garovga oluvchi qulflab qoʻygan va uning muhri bosilgan holda (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi garov toʻgʻrisida dalolat beruvchi belgilar qoʻyilgan holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin (qatʼiy garov).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchi tomonidan uchinchi shaxsga vaqtincha egalik qilish yoki foydalanishga berib qoʻyilgan garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoldirilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga oluvchi tomonidan uchinchi shaxsga saqlash uchun berilgan garov narsasi garovga oluvchida qoldirilgan deb hisoblanadi.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(37—41-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi OʻRQ-83-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Muomaladagi tovarlarning garov narsasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, materiallar, tovar zaxiralari, butlovchi buyumlar, tayyor mahsulot muomaladagi tovarlarning garov narsasi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi tovarlar garovida garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar qiymati pasayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning garovi bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchi tomonidan tasarrufdan chiqarilgan muomaladagi tovarlar qoʻlga kirituvchining mulkiga, xoʻjalik yuritishiga yoki bevosita boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi deb hisoblanmaydi, garovga qoʻyuvchi qoʻlga kiritgan, garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan tovarlar ularga nisbatan garovga qoʻyuvchining mulk huquqi paydo boʻlgan paytdan boshlab garov narsasiga aylanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. HUQUQLAR, QIMMATLI QOGʻOZLAR GAROVI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Huquqlar — garov narsasi sifatida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchiga tegishli egalik qilish va foydalanish huquqlari, shu jumladan ijarachining huquqlari, majburiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa huquqlar (talablar) va oʻzga mulkiy huquqlar garov narsasi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq talablar, xususan hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar haqidagi va boshqa shaxs foydasiga voz kechish qonun bilan man qilingan oʻzga talablar huquq garovi narsasi boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni, shuningdek oʻzga tabiiy resurslarga nisbatan boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyishga qonun hujjatlarida belgilangan meʼyor va shartlarda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli huquq uning amal qilish muddati tugagunga qadargina garov narsasi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdorini amalga oshirilgan huquqlar garovidan xabardor qilishi shart. Agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga nisbatan qarzdor hisoblanuvchi shaxs garovga oluvchi majburiyatini bajarishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Qarzdorning garovga qoʻyuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarishining oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyuvchining qarzdori garov bilan taʼminlangan majburiyat garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilgunga qadar oʻz majburiyatini bajarsa, bunda garovga qoʻyuvchi olgan barcha narsalar garov narsasiga aylanadi, basharti garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi bu haqda garovga oluvchini darhol xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdoridan majburiyatni bajarish hisobiga pul summalari olishda garovga oluvchining talabiga koʻra garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish hisobiga tegishli summalarni oʻtkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Qimmatli qogʻozlar garovi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovida bu qimmatli qogʻoz, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchiga yoxud saqlash uchun notarial idoraga depozitga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi hisoblanuvchi qimmatli qogʻozlardan keladigan daromadlar, agar shartnomada yoki qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(45-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. GAROVDA TOMONLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning oʻzgarmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma tuzilganidan keyin qonun hujjatlarida garovga oluvchining va (yoki)garovga qoʻyuvchining ahvolini oʻzgartiruvchi normalar belgilangan holda, garov toʻgʻrisida ilgari tuzilgan shartnomaning talablari uning butun amal qilish muddatida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Garovga oluvchining va garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlari qonunda nazarda tutilgan asoslarga binoan bekor boʻlganida garovga oluvchining manfaatlarini himoya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi hisoblanuvchi mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi mol-mulkning davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi (sotib olinishi), realizatsiya qilinishi yoki davlat mulkiga aylantirilishi oqibatida qonunda belgilangan asoslarda va tartibda bekor boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli tovon toʻlanadi. Bu holda garov huquqi evaziga berilgan mol-mulkka yoxud uning tovoniga nisbatan joriy qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar davlat organining garovga qoʻyilgan mol-mulkni yoki huquqlarni bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk turgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror munosabati bilan garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqi bekor boʻlgan yoki garovga qoʻyilgan huquqlar bekor boʻlgan taqdirda joriy qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov narsasi hisoblangan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan amalda bu mol-mulkning mulkdori boshqa shaxs ekanligi asosida yoxud jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda ana shu mol-mulkka nisbatan garov bekor boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda. Garovga oluvchining garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlarini himoya qilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi qonun hujjatlariga nomuvofiq hujjat chiqarishi natijasida garov narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha garovga oluvchining huquqlari buzilsa, bunday hujjat garovga oluvchining daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni chiqarish natijasida garovga oluvchiga yetkazilgan zarar tegishli davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulk oʻzida turgan yoki turishi lozim boʻlgan garovga oluvchi uni oʻzganing gʻayriqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma shartlariga koʻra oʻziga oʻtkazilgan garov narsasidan foydalanish huquqi garovga oluvchiga berilgan holda, u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qoʻyuvchidan oʻz huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini, bu buzilishlar egalikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boʻlsa ham, talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. XALQARO MUOMALADAGI GAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllaniladigan qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shartnomaning ijro etilishi va bekor qilinishi, shartnomani bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikning oqibatlari, talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish va qarzni oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tomonlarning kelishuviga koʻra tanlangan mamlakatning qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun hujjati toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, garovga qoʻyuvchi qaysi mamlakatda taʼsis etilgan boʻlsa, oʻz turar joyiga yoki asosiy faoliyat joyiga ega boʻlsa, ana shu mamlakat qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk garovi garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun hujjati toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, shu mol-mulk turgan mamlakatning qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro etish usullari va tartibi, shuningdek lozim darajada bajarilmagan taqdirda koʻrilishi kerak boʻlgan choralar borasida qoʻllaniladigan qonun hujjatlaridan tashqari shartnoma ijro etilayotgan mamlakatning qonun hujjatlari ham eʼtiborga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kim oshdi savdosida sotish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov toʻgʻrisidagi tashqi savdo shartnomasida tomonlar garov toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda yoki keyin kelishib olish asosida garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida kim oshdi savdosida sotishni belgilab qoʻyishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni kim oshdi savdosida sotish tartibi kim oshdi savdosi qaysi davlat hududida oʻtkaziladigan boʻlsa, ana shu davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan garovga qoʻyilgan mol-mulk mamlakatdan tashqarida kim oshdi savdosida sotilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining bojxonaga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar bajarilmogʻi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 96-modda; 2002-y., 1-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 132-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son; 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son; 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)