26.05.2005 yildagi 132-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish, tuzilgan shartnomalarga muvofiq gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar va isteʼmolchilarning tabiiy gaz oʻz vaqtida yetkazib berilishi va uning uchun haq toʻlanishi uchun masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2005-yil 1-iyundan boshlab amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi tabiiy gaz isteʼmolchilari bilan birgalikda bir oy muddatda shartnoma munosabatlarini koʻrsatib oʻtilgan Nizomga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan oʻzlariga qarashli korxonalar uchun gaz bilan taʼminlashning Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan texnologik va avariya broni darajasini ikki oy muddatda tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 26-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
132-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 26-maydagi 132-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkiloti — ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq faoliyatni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida Davlat budjetida ular uchun mablagʻ ajratish nazarda tutilgan vazirlik, idora yoki tashkilot;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz — gaz qazib chiqaruvchi, gaz, neft qazib chiqaruvchilar tomonidan yoki gaz-neft qazib chiqaruvchi tashkilotlar, gazni qayta ishlovchi tashkilotlar, gaz uzatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan tabiiy gaz, neft (yoʻldosh) gazi, shuningdek yoqilgʻi yoki xom ashyo sifatida foydalanish uchun moʻljallangan neftni qayta ishlash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan yoqilgʻi gazi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob-kitob davri — kalendar oy, uning doirasida gaz yetkazish hajmi belgilanishi hamda yetkazib berilgan gaz uchun yetkazib beruvchi bilan tabiiy gaz isteʼmolchisi oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilinishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilar — gazdan yoqilgʻi yoki xom ashyo sifatida foydalanadigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan jismoniy shaxslar, shuningdek aholi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib beruvchi — gaz mulkdori yoki uning gazni yetkazib beruvchining vakolatli shaxsi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz taʼminoti tashkiloti — gazni qabul qilishni, taqsimlashni va isteʼmolchilarga yetkazib berishni taʼminlovchi tashkilot;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz uzatish tashkiloti — gazni qabul qiluvchi, uzatuvchi va isteʼmolchilarga yetkazib beruvchi tashkilot;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avariya broni — asbob-uskunalarning saqlanishi va odamlar hayotining xavfsizligi taʼminlanishi uchun mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining qisman yoki toʻliq toʻxtatilishida zarur boʻlgan gazning eng kam hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologiya broni — ishlab chiqarishning texnologiya jarayoni, sikli shtatda qayd etilganidek tugallanishi uchun zarur boʻlgan gaz hajmi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Nizomning amal qilishi gaz va neft qazib oluvchi hamda gaz va neftni qayta ishlovchi korxonalar bilan gaz-transport tashkiloti oʻrtasidagi gaz yetkazib berish sohasidagi munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Gaz yetkazib beruvchilar isteʼmolchiga gaz yetkazib berishni gaz yetkazib berish yuzasidan shartnomada koʻrsatilgan parametrlarda amalga oshirishlari shart. Gazni barcha isteʼmolchilarga gaz yetkazib berish uchun resurslar va quvvatlar yetarli boʻlmagan holatlarda gazni isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlashni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Gazdan foydalanishda isteʼmolchining aybi bilan gazdan gaz yetkazib berishga shartnomada koʻrsatilganidan kam hajmlarda foydalanilgan taqdirda avans tarzida toʻlangan mablagʻlar qaytarilmaydi, koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar esa kelgusida gazdan foydalanishda hisobga olinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Isteʼmolchining gaz uchun muddati oʻtib ketgan qarzdorligi mavjud boʻlganda uning tomonidan avans toʻlovi sifatida oʻtkazilgan mablagʻlar muddati oʻtib ketgan qarzni qoplashga yoʻnaltiriladi hamda avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Muddati oʻtib ketgan qarzdorlikka ega boʻlgan gaz isteʼmolchilarini gaz yetkazib berish tarmoqlaridan uzib qoʻyish va ularga takroran ulash xarajatlari isteʼmolchilar hisobiga qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda yetkazib berilgan gaz qiymati oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda isteʼmolchi yetkazib beruvchiga gaz yetkazib berish yuzasidan shartnomaga muvofiq penya toʻlaydi. Aholi penyani gaz uchun toʻlov oʻz vaqtida toʻlamagan taqdirda muddati oʻtgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida, lekin muddati oʻtgan toʻlov summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlaydi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiyatlarning bajarilmasligi fors-major holatlar oqibatida yuzaga kelgan taqdirda isteʼmolchi penya toʻlashdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Gaz yetkazib beruvchi tomonidan gaz shartnomaviy hajmlardan kam yetkazib berilgan taqdirda gaz yetkazib beruvchi muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismi summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq yetkazib berilmagan gaz qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiyatlarning bajarilmasligi fors-major holatlar oqibatida yuzaga kelgan taqdirda gaz yetkazib beruvchi penya toʻlashdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gaz yetkazib beruvchi yoki gaz bilan taʼminlovchi tashkilot shartnomaga koʻra isteʼmolchiga gaz yetkazib berilmasligi yoki toʻliq yetkazib berilmasligi oqibatida yetkazilgan real zararni va boy berilgan foydani qoplaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-dekabrdagi 337-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 51-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Isteʼmolchi tomonidan gaz yetkazib berishga tuzilgan shartnomada belgilanganidan koʻp hajmda va yetkazib beruvchi bilan oldindan kelishilmasdan olingan taqdirda isteʼmolchidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga nisbatan 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undiriladi (aholi va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori 5-ilovasiga kiritilgan “Oʻzbekenergo” DAK korxonalari isteʼmol qilgan hajm bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda isteʼmolchilarga nisbatan oshirilgan koeffitsiyent aholi va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori 5-ilovasiga kiritilgan “Oʻzbekenergo” DAK korxonalari tomonidan isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmini hisobga olmagan holda qoʻllaniladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovaga muvofiq roʻyxatdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar koʻrsatuvchi isteʼmolchilar tabiiy gaz uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oshib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar boʻyicha toʻlaydilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1034-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1034/0502-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Isteʼmolchining taklifi bilan moʻljallanayotgan oʻzgartirishlardan kamida 10 kun oldin navbatdagi oy (yil choragi) uchun buyurtma berilgan gaz hajmlari boʻyicha shartnomalarga kiritilgan oʻzgartirishlar ortiqcha olish deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlardan olingan gaz uchun aholining oʻzaro hisob-kitob qilishi
(II boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Aholi isteʼmol qilingan gaz hajmi uchun hisobga olish pribori koʻrsatkichlari yoki tuzilgan shartnomalarga va gaz bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan berilgan abonent daftarchasiga muvofiq belgilangan normativlar boʻyicha har oyning 10-sanasiga qadar haq toʻlaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. 12-bandda nazarda tutilgan muddat tugagandan keyin qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda, isteʼmolchi — jismoniy shaxs gaz bilan taʼminlash tarmogʻidan belgilangan tartibda majburiy uzib qoʻyiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlardan olingan gaz uchun budjet tashkilotining oʻzaro hisob-kitob qilishi
(III boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Budjet tashkiloti hisob-kitob oyi boshlanishidan kamida 5 kun oldin tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan isteʼmol qilinadigan oylik gaz hajmi qiymatining 100 foizi uchun haq toʻlashi shart.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Haq toʻlash summasi oʻtkazilmagan taqdirda budjet tashkilotiga gaz yetkazib berilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Hisob-kitob oyi uchun yetkazib berilgan gaz hajmi hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi va hisob-kitob oyi tamom boʻlishidan oldin 5 kun mobaynida budjet tashkiloti va gaz bilan taʼminlovchi tashkilot oʻrtasidagi gazni qabul qilish-berish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agar uzil-kesil hisob-kitob belgilangan muddatda amalga oshirilmagan boʻlsa, gazni qabul qilish-berish dalolatnomasi asosida gaz bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan uch kun muddatda xizmat koʻrsatuvchi bank orqali avans toʻlovi summasi chiqarib tashlangan holda hisob-kitob davrida yetkazib berilgan gaz qiymati summasiga toʻlov talabnomasi beriladi. Agar toʻlov talabnomasi talabnoma berilgan kundan boshlab uch bank kuni mobaynida budjet tashkilotining aybi bilan bajarilmasdan qolsa, budjet tashkilotiga gaz yetkazib berish toʻxtatiladi (kasalxonalar, poliklinikalar, maktablar va maktabgacha tarbiya muassasalaridan tashqari).
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Gaz-transport tashkiloti va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlardan olingan gaz uchun boshqa isteʼmolchilarning oʻzaro hisob-kitob qilishi
(IV boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Barcha toifadagi isteʼmolchilar (aholidan tashqari) hisob-kitob davri boshlangungacha kamida 5 kun oldin tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan oylik gaz hajmi qiymatining 100 foizi miqdorida yetkazib beruvchining hisob raqamiga oldindan toʻlashi shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Toʻlov summasi oʻtkazilmagan taqdirda isteʼmolchiga gaz uzatish va gaz bilan taʼminlash tashkilotlari tomonidan gaz yetkazib berilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Asosiy gaz isteʼmolchilari tomonidan olingan gaz uchun uzil kesil hisob-kitob qilish hisob-kitob oyidan keyingi oyning 10-kunigacha, ijtimoiy soha va strategik ahamiyatga ega isteʼmolchilar tomonidan esa hisob-kitob oyi tugagandan keyin 30 kun oʻtgungacha, isteʼmolchi — gaz taʼminoti tashkilotining gaz tarmoqlari va gaz uzatuvchi tashkilotning magistral gaz quvuri boʻlinish chegarasida joylashgan gazni hisobga olish pribori koʻrsatkichlariga muvofiq hisob-kitob oyi tugangungacha 5 kun mobaynida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan gazni qabul qilish-uzatish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Agar uzil-kesil hisob-kitob belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda, gaz bilan taʼminlovchi tashkilot va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar gazni qabul qilish-berish dalolatnomalari asosida, xizmat koʻrsatuvchi banklar orqali, oʻtkazilgan toʻlovlar summasini chiqarib tashlagan holda, hisob-kitob oyida amalda yetkazib berilgan gaz qiymati summasiga toʻlov talabnomalari beradilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agar toʻlov talabnomalari isteʼmolchining aybi bilan talabnoma berilgan kundan boshlab 3 bank kuni mobaynida bajarilmagan taqdirda, isteʼmolchiga gaz yetkazib berish toʻxtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchidan debitorlik qarzlarni bundan keyin undirib olish gaz-transport tashkiloti va gaz bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Isteʼmolchi gaz-transport tashkiloti va gaz bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan gaz bilan taʼminlash tarmogʻidan uzib qoʻyilgandan keyin uning gaz taʼminoti tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanishi aybdor shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan, jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan choralar qoʻllanishiga olib keladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan korxonalarning gazni qayta ishlash korxonasi, gaz-transport tashkiloti va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotidan olingan gaz uchun oʻzaro hisob-kitob qilishi
(V boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan korxonalar hisob-kitob oyi boshlanishidan kamida 5 kun oldin tabiiy gaz yetkazib beruvchilarning hisob raqamlariga tuzilgan shartnomalarda koʻrsatilgan oylik gaz hajmi qiymatining 100 foizi miqdorida haq toʻlashi shart.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Toʻlov oʻtkazilmagan yoki u 100 foizdan kam miqdorda oʻtkazilgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan korxonalarga gaz berish gaz yetkazib beruvchilar tomonidan gaz taʼminotining texnologiya va avariya broni darajasigacha qisqartiriladi, gaz tarmogʻidan toʻliq uzib qoʻyish esa faqat sud qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan korxonalar olingan gaz uchun hisob-kitob oyi tugagach 30 kun oʻtgungacha uzil-kesil hisob-kitob qiladi. Olingan gaz hajmi gaz tarmoqlarining ajralish chegaralarida joylashgan hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi va hisob-kitob oyi tugagandan keyin 5 kun mobaynida gazni qabul qilish-berish dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Agar belgilangan muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinmasa, yetkazib beruvchilar gazni qabul qilish-berish dalolatnomalari asosida, xizmat koʻrsatuvchi banklar orqali, amalga oshirilgan toʻlovlar summasini chegirgan holda, hisob-kitob oyida amalda yetkazib berilgan gaz qiymati summasiga toʻlov talabnomasi beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Agar toʻlov talabnomasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan korxonalarning aybi bilan toʻlov talabnomasi berilgan kundan boshlab uch bank kuni mobaynida bajarilmasa, gaz yetkazib berish gaz taʼminotining texnologiya va avariya broni darajasigacha qisqartiriladi. Korxonadan debitorlik qarzlarni bundan keyin undirib olish sud tartibida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Gaz va neft qazib olish, gazni qayta ishlash korxonalari, gaz-transport tashkilotlaridan olingan gaz uchun gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlarning oʻzaro hisob-kitob qilishi
(VI boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Gaz taʼminoti tashkiloti hisob-kitob oyi boshlangungacha kamida 5 kun oldin, tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan oylik gaz hajmi qiymatini, aholi tomonidan isteʼmol qilinadigan gaz hajmini hisobga olmagan holda, 100 foiz miqdorida gaz yetkazib beruvchilarning hisob raqamlariga toʻlashi shart.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Toʻlov oʻtkazilmagan yoki u 100 foizdan kam miqdorda oʻtkazilgan taqdirda yetkazib beruvchilar tomonidan gaz taʼminoti tashkilotiga gaz yetkazib berish aholi isteʼmol qiladigan darajagacha, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan korxonalarning texnologiya va avariya broni darajasigacha qisqartiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Olingan gaz uchun gaz taʼminoti tashkiloti hisob-kitob oyi tugagach 30 kun oʻtgungacha uzil-kesil hisob-kitob qiladi. Olingan gaz hajmi gaz tarmoqlarining ajralish chegaralaridagi hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi va hisob-kitob oyi tugagandan keyin 5 kun mobaynida gazni qabul qilish-berish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Agar belgilangan muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinmasa, gaz yetkazib beruvchi gazni qabul qilish-berish dalolatnomalari asosida, xizmat koʻrsatuvchi banklar orqali, amalga oshirilgan toʻlovlar summasini chegirgan holda, hisob-kitob davrida amalda yetkazib berilgan gaz qiymati summasiga toʻlov talabnomasi beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Agar berilgan toʻlov talabnomasi talabnoma berilgan vaqtdan boshlab 3 bank kuni mobaynida gaz bilan taʼminlovchi tashkilotning aybi bilan bajarilmasa, gaz yetkazib berish aholi isteʼmol qiladigan darajagacha, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan korxonalarning texnologiya va avariya broni darajasigacha qisqartiriladi. Gaz bilan taʼminlovchi tashkilotdan debitorlik qarzlarni bundan keyin undirib olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar filiallarining jamlovchi ikkilamchi va maxsus hisob raqamlariga gaz uchun toʻlov sifatida tushgan barcha pul mablagʻlari har kuni toʻliq miqdorda gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlarning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga va tegishli maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizom buzilganligi uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Gaz yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar mazkur Nizomga rioya qilinishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 26-maydagi 132-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish qoidalarining 4.8-bandi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 3-ilovaning 24-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) “resurslar” soʻzidan keyin “aholiga sotiladigan gaz hajmidan tashqari” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 151-modda; 2011-y., 51-son, 544-modda; 2013-y., 52-son, 694-modda; 2014-y., 41-son, 505-modda, 2017-y., 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1034/0502-son, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)