Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2016 02.12.1997 yildagi 532-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2016
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

DAVOLASh-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davolash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sog‘liqni saqlashni mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltirilayotgan budjet mablag‘laridan yanada oqilona foydalanish, turg‘un davolanishdagi fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1998-yil 1-yanvardan boshlab turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan kishilar uchun ovqatlanish (nonushtadan tashqari) to‘lovi joriy etilsin, 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan kasalliklarning ayrim turlariga chalingan shaxslar to‘lovdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki, turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovi fuqarolarning shaxsiy mablag‘lari, korxonalar, tashkilotlar, xayriya jamg‘armalarining va boshqa homiylarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlariga, mehnat jamoalari bilan kelishilgan holda, turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovini ularning tasarrufida qoladigan foyda (budjet muassasalari xarajatlari smetasi bo‘yicha tejamlar) hisobiga amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lashning vaqtinchalik tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga, joylardagi sog‘liqni saqlash organlariga va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishning vrachlar tavsiyalariga hamda sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq tashkil etilishi uchun javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan fuqarolar uchun, kasalxonalarning oziq-ovqat bloklari mavjud bazasidan samarali foydalanish asosida, sifatli shifobaxsh ovqatlanishni tashkil qilsin. Zarurat bo‘lganda turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarni vrachlar tavsiyalariga, sanitariya normalariga muvofiq ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan, tayyorlanayotgan shifobaxsh ovqatlar sifati uchun tomonlarning javobgarligini belgilagan holda, davolash-profilaktika muassasalari bilan ixtisoslashtirilgan korxonalar o‘rtasida shartnomalar tuzilishini bir oy muddatda ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarning ayrim toifalari uchun ovqatlanish to‘lovi joriy etilishi, shuningdek aholini dori-darmonlar bilan ta’minlashning tartibga solinishi munosabati bilan bo‘shaydigan budjet mablag‘laridan davolash muassasalarini zamonaviy tibbiy texnika, asbob-uskunalar, maxsus avtotransport bilan jihozlash, shuningdek kasalliklarning oldini olish ishlarini kuchaytirish maqsadida sog‘liqni saqlashning boshlang‘ich bo‘g‘inlarini rivojlantirish uchun maqsadli foydalansinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risida har yili Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasalxona muassasalari kassasiga ovqatlanish to‘lovi sifatidagi naqd tushumni qabul qilib olish va nazorat qilish hamda uni inkassatsiya qilishning Markaziy bank bilan kelishilgan tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarga beriladigan, ularning ovqatni olishga huquqini tasdiqlovchi talonlarni chiqarish, hisobga olish va nazorat qilish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lashning yangi tartibi joriy etilishi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun o‘z aylanma mablag‘lari normativini ko‘paytirish yuzasidan ikki hafta muddatda takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turg‘un davolash-profilaktika muassasalari tomonidan zarur oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida sotib olish maqsadida har yili ushbu muassasalarni belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda zarur aylanma mablag‘lar bilan ta’minlashni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ovqatlanish uchun haq to‘lash tizimidan qat’i nazar, davolash muassasalarida davlat tomonidan ta’minlanadigan muassasalar uchun nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash manbalari saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xizmat ko‘rsatiladigan kontingentlarning ovqatlanishini tashkil etishda turg‘un davolash-profilaktika muassasalariga yordam ko‘rsatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dispanserlar va qishloq uchastka kasalxonalari tarmoqlarini ushbu turdagi kam quvvatli muassasalarni qayta tashkil qilish va tugatish hisobiga tartibga solish yuzasidan 1998-yil 1-yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mablag‘ bilan ta’minlashni statsionar yordam ko‘rsatishdan ambulatoriya-poliklinikada yordam ko‘rsatishga ustuvorlik bergan holda o‘zgartirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ambulatoriya-poliklinika muassasalari huzurida bemorlarga hamshiralar xizmat ko‘rsatadigan kasalxonalar va uydagi shifoxonalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini amaliyotga joriy qilish, bunda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini muvofiq holda oshirish, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar turi va shakllarini kengaytirishni nazarda tutish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifasi hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari stomatologiya, fizioterapiya (davolash va salomatlikni tiklash), vrachlik-jismoniy tarbiya tibbiyot muassasalarining, shuningdek mustaqil diagnostika markazlarining mulkchilik shakllarini o‘zgartirish to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini dori-darmonlar bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1993-yil 8-yanvardagi 15-son qarorining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari A.A. Azizxo‘jayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 2-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
532-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga
1-ILOVA

Shaxslarni turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qiluvchi kasalliklar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxati (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari)

1. Onkologik kasalliklar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sil kasalligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ruhiy kasalliklar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ixtisoslashtirilgan muassasalarda giyohvandlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Moxov kasalligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yuqumli kasalliklar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sifilis
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida bemorlarning shifoxonada bo‘lishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Darajasidan qat’i nazar kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Endokrinologik kasalliklar.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga
2-ILOVA

Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadigan aholi toifalarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxati (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bolalikdan nogironlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. G‘irt etimlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. I va II guruh nogironlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 1941—1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Baynalmilalchi jangchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18—27 yoshli chaqiriq yoshidagilar.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi 202-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 374-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lashning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQTINChALIK TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1 Mazkur Vaqtinchalik tartib (keyingi o‘rinlarda — Tartib) turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan kontingentning ovqatlanishi uchun haq to‘lash joriy qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga muvofiq joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Ovqatlanish to‘lovi (nonushtalardan tashqari) fuqarolarning shaxsiy mablag‘lari, shuningdek, korxonalar, Tashkilotlar, jamg‘armalar va boshqa homiylar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Mazkur tartib turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan barcha kontingentga joriy etiladi, ovqatlanish to‘lovi hukumat qaroriga muvofiq davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan aholi toifalari va ayrim kasalliklarga chalingan shaxslar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘rsatib o‘tilgan tartib bemorlar kontingenti imtiyozlilar toifasiga to‘liq kiradigan davolash-profilaktika muassasalariga joriy etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Mazkur tartibga muvofiq haq kasalxona muassasalari yoki davolash-profilaktika muassasalari buyurtmanomalariga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa korxonalar tomonidan faqat taomlar tayyorlash uchun sarflangan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati uchun to‘lanadi. Taomlar tayyorlash uchun asbob-uskunalar sotib olish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar, oziq-ovqat bloklari binolarini saqlash, taomlar tayyorlash bilan band bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari va boshqalar davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. OVQATLANTIRIShNI TAShKIL ETISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Turg‘un davolash-profilaktika muassasalaridagi bemorlarni ovqatlantirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi davolash-profilaktika muassasalarida shifobaxsh ovqatlanishni tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 19-martdagi 122-son buyrug‘iga muvofiq mavjud oziq-ovqat bloklari negizida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Davolash-profilaktika muassasalarining bosh shifokorlari ovqatlantirishni tashkil etish uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. Davolash-profilaktika muassasasi taom tayyorlash uchun shartnomaviy shartlarda boshqa ixtisoslashtirilgan korxonalarni jalb etishi mumkin. Bunday hollarda davolash-profilaktika muassasalari buyurtmachi hisoblanadi va shifobaxsh ovqatlanishni tashkil etish uchun bemorlar oldida javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Bemorning shifobaxsh ovqati kimyoviy tarkibi va quvvatliligi jihatidan bemorga yozib berilgan parhez talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Ovqatni tayyorlash belgilangan sanitariya me’yorlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.5. Bemor o‘z xohishiga ko‘ra davolash-profilaktika muassasasi tavsiya etayotgan ovqatni to‘liq yoki qisman rad etishi mumkin. Bunday xollarda uni ovqatlantirish qarindosh-urug‘lari yoki yaqin kishilari tomonidan, shifokor yozib bergan parhezga rioya qilinishini hisobga olgan holda, tashkil etiladi. Ovqatlanish to‘lovi uchun foydalanilmagan mablag‘lar davolash-profilaktika muassasalari tomonidan to‘lovchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.6. Ixtisoslashtirilgan korxonalar bilan shartnomaviy shartlarda ovqatlantirish tashkil etilganda davolash-profilaktika muassasasi taomnoma va buyurtma qilinadigan taomlarga har haftalik buyurtmanoma taqdim etadi. Shartnoma shartlariga ko‘ra buyurtma berilayotgan taomlar miqdori har kuni aniqlashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. OVQATLANISh UChUN HAQ TO‘LASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Bemor reja bo‘yicha kasalxonaga yotqizilganda ovqatlanish to‘lovi, bemor tomonidan davolash-profilaktika muassasasiga joylashtirilgunga qadar, u yerda bo‘lishi rejalashtirilayotgan barcha muddat uchun to‘liq yoki qisman, lekin belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bemor reja bo‘yicha kasalxonaga yotqizilganda u ovqatlanish uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoxud davolash-profilaktika muassasasi tomonidan beriladigan ovqatni rad etish haqida ariza taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davolash-profilaktika muassasasida pulli ovqatlanishni dastlab rad etgan bemor, buyurtiriladigan davr uchun oldindan haq to‘lagan holda, ovqatlanish uchun xohlagan paytda buyurtma berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovqatlanish uchun oldindan qisman haq to‘langanda to‘liq hisob-kitob bemor kasalxonadan chiqqunga qadar amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tasdiqlangan standartlarga muvofiq bemorlar shifoxonada bo‘lishining cheklangan muddatlariga binoan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab etuvchi holatlar bekor qilinganda davolanishni davom ettirayotgan shaxslarning ovqatlanishi uchun haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(3.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Davolash-profilaktika muassasasida ovqatga haq to‘lanmagan, to‘liq to‘lanmagan yoki ovqatlanish uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatlar taqdim etilmagan barcha hollarda bemor kasalxonadan chiqqandan so‘ng berilishi lozim bo‘lgan kasallik varaqalari bemorning ish joyiga yoki ijtimoiy sug‘urta organlariga yuqorida sanab o‘tilgan bemorlarga ovqatlantirish uchun amalda sarf qilingan xarajatlarni to‘liq to‘lash uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. Ovqatlanish to‘lovi uchun mablag‘larni qabul qilish uchun davolash-profilaktika muassasalari o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankda alohida depozit schyoti ochadilar. Ko‘rsatilgan schyotga bemorlarning ovqatlanishi uchun to‘lov sifatida ularning shaxsiy mablag‘laridan tushuvchi barcha mablag‘lar, shuningdek, ularning ovqatlanish haqini to‘lagan korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari kelib tushadi. Ko‘rsatib o‘tilgan schyotga imtiyozlarga ega bo‘lgan kontingentlarning ovqatlanishi uchun to‘lashga mo‘ljallangan budjet mablag‘lari o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.5. Ovqatlantirish davolash-profilaktika muassasalarining oziq-ovqat bloki orqali tashkil etilgan taqdirda, ovqatlanish uchun haq naqd pul bilan to‘langanda — u bevosita davolash-profilaktika muassasasi kassasiga va haq pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘langanda — taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha alohida depozit schyotiga to‘lanadi. Ovqatlanish haqini to‘lagan shaxslarga har bir to‘lovdan so‘ng darhol amalda to‘langan to‘lov miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi. Davolash-profilaktika muassasasi tomonidan pul mablag‘larini qabul qilib olish va topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Xalq xo‘jaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu tartibga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.6. Ovqatlantirish davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tashkil etiladigan barcha bemorlarga har kuni ularning ovqatlanishi huquqini tasdiqlovchi talonlar beriladi. Talonlar ovqatning har bir turi (tushlik, ikkinchi tushlik, kechki ovqat) uchun beriladi, ularda tibbiy muassasaning muhri bo‘ladi hamda ular davolash-profilaktika muassasasi yoki taomlar tayyorlash uchun jalb qilingan ixtisoslashtirilgan korxona uchun moliyaviy hisobot hujjati hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. MABLAG‘ VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Pulli asosda ovqatlantirishni tashkil etish uchun barcha davolash-profilaktika muassasalariga budjetdan belgilangan normativlarga muvofiq bir yilga hisoblangan aylanma mablag‘lar ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Imtiyozlarga ega bo‘lgan kontingentlarni ovqatlantirishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun budjet mablag‘lari ilgari belgilangan tartibda ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3. Davolash-profilaktika muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash davlat tomonidan ta’minlanadigan muassasalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)