1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini taʼminlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qaroriga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxsni ishga qabul qilgan ish beruvchilar tomonidan subsidiya olish uchun tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya ajratilgan tashkilotlarni tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan monitoring qilish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2022-yil 1-iyuldan boshlab, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma berish, bu borada tanlov oʻtkazish va uning shartlariga rioya etish ishlari amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ijtimoiy buyurtmalar quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblardan va bunday shaxslarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, ularni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha faoliyat yurituvchi davlat yoki nodavlat taʼlim tashkilotlariga yoʻnaltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvota belgilangan eng kam sondan ortiq oʻringa ishga qabul qilgan hamda ish oʻrinlarini moslashtirgan ish beruvchilarning mavjud imtiyozlardan foydalanish darajasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarni tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb etish, ular uchun ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisida axborot va maslahat berish hamda ularning huquqiy ongini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2022-yilda imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish milliy dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati keng yoritilishini va aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 20-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
203-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organlari) tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Subsidiya berish tartibi va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ish beruvchilar nogironligi boʻlgan shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun tegishli mahalliy mehnat organiga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi. Murojaatda ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxsning familyasi, ismi, otasining ismi, nogironlik guruhi, ish beruvchining subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvaragʻi koʻrsatilishi, shuningdek, murojaatga nogironligi boʻlgan shaxsning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mahalliy mehnat organi ish beruvchi tomonidan subsidiya olishni soʻrab taqdim etilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi. Bunda nogironligi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ushbu shaxs “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida roʻyxatda turganligi subsidiya berish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ish beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan, barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan va nogironligi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazilganligi tasdiqlangan taqdirda, mahalliy mehnat organi ish beruvchiga nogironligi boʻlgan shaxsni ishga qabul qilganligi uchun subsidiya berish toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtiradi. Buyruqda subsidiya miqdori va uni ajratish muddati koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hujjatlar ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq toʻliq taqdim etilmagan yoki nogironligi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi YAMMTda roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi yoxud “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida roʻyxatda turmaganligi aniqlansa, mahalliy mehnat organi subsidiya ajratishni rad etadi va murojaatchiga rad etishning sabablari asoslangan xabarnomani yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ish beruvchi mahalliy mehnat organining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi buyrugʻidan norozi boʻlsa, yuqori turuvchi organga yoki sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mahalliy mehnat organining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan ish beruvchiga nogironligi boʻlgan har bir shaxsni ishga qabul qilganligi uchun 6 oy davomida ishlangan har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda “YAMMT” IDAKda nogironligi boʻlgan shaxs va ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnomasi amalda ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotga asosan har bir oy uchun keyingi oyda belgilangan subsidiya summasi toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar “YAMMT” IDAKdan nogironligi boʻlgan shaxs va ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumot olinsa, ushbu maʼlumot olingan vaqtdan boshlab ish beruvchiga subsidiya toʻlab berish toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Subsidiya ajratilgan tashkilotlarni monitoring qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mahalliy mehnat organi xodimlari, shu jumladan, Davlat mehnat inspeksiyasi mansabdor shaxslari joyiga chiqqan holda, ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning haqiqatdan ishlayotganligini monitoring qilish va ular bilan suhbatlashib, ish oʻrinlaridagi sharoitlar bilan tanishishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mahalliy mehnat organi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning ish joyida sababsiz boʻlmaganligi yoki sababsiz ishga muntazam ravishda kelmayotganligi yoxud subsidiyani yolgʻon maʼlumotlar asosida olganligi aniqlansa, subsidiya berish toʻxtatiladi va toʻlangan mablagʻlarni belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu Nizomda ajratilishi belgilangan subsidiyani olayotgan ish beruvchilar bir vaqtning oʻzida qonunchilik hujjatlarida belgilangan, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar bandligiga koʻmaklashishga qaratilgan boshqa turdagi subsidiyalarni ham belgilangan tartibda olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya ajratish SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ish beruvchi
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilganligi uchun subsidiya olish maqsadida Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga (keyingi oʻrinlarda — ABKM) zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Ixtiyoriy
2-bosqich
ABKM
Murojaatni oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalariga koʻra nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilganligi uchun subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
3 ish kunida
3-bosqich
ABKM
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiyani ish beruvchining hisobvaragʻiga toʻlab beradi.
Har oy uchun keyingi oyda
(6 oy davomida)
4-bosqich
ABKM
Ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning haqiqatdan ishlayotganligini monitoring qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil davomida imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish MILLIY DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nafar
T/r
Hudud nomi
2022-yilda bandligiga koʻmaklashiladigan imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar soni
shundan, quyidagilar hisobiga:
tashkilotlardagi mavjud boʻsh hamda zaxiralangan ish oʻrinlariga ishga joylashishga koʻmaklashish
kasb-hunarga hamda tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlikka oʻqitish
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish
nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya berish orqali ishga joylashishga koʻmaklashish
Respublika boʻyicha
12146
3759
2993
3010
2384
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
671
195
171
164
141
2.
Andijon viloyati
1692
512
428
411
341
3.
Buxoro viloyati
1080
349
345
127
259
4.
Jizzax viloyati
813
154
150
398
111
5.
Qashqadaryo viloyati
1062
306
310
191
255
6.
Navoiy viloyati
587
168
141
166
112
7.
Namangan viloyati
832
259
163
285
125
8.
Samarqand viloyati
866
321
176
213
156
9.
Sirdaryo viloyati
210
75
43
45
47
10.
Surxondaryo viloyati
1257
316
345
342
254
11.
Toshkent viloyati
789
268
168
213
140
12.
Fargʻona viloyati
967
382
225
175
185
13.
Xorazm viloyati
682
196
181
161
144
14.
Toshkent shahri
638
258
147
119
114
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi mazmundagi 41-band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“41. Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash davlat boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda jamoatchilik kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari tomonidan har yili oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari xarajatlari smetasida bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori nazarda tutiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2 va 3-boblar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 23-banddagi, 25-bandning birinchi xatboshidagi va 1-ilovaning “Tadbirlar” ustunidagi “jamoatchilik kengashiga” soʻzlari “tegishli davlat boshqaruvi organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“35. Davlat ijtimoiy buyurtmasi ijrosini nazorat qilish boʻyicha tuziladigan maxsus komissiya aʼzolarining teng yarmi jamoatchilik kengashi tarkibidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat boʻlishi lozim”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son; 03.07.2025-y., 09/25/405/0565-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)