22.02.2018 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq hamda davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 22-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
135-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga (keyingi o‘rinlarda nodavlat notijorat tashkilotlari deb ataladi) davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom qoidalari davlat organlarining sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasi — sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida davlat ijtimoiy buyurtmasi amalga oshirish shartnomasini tuzish orqali ishlarni bajarish yoki tadbirlar o‘tkazishga qaratilgan davlat topshirig‘i;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) — sotsial va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan hamda davlat ijtimoiy buyurtmasi amalga oshirish shartnomasida belgilangan muddatlarda bajariladigan tashkiliy, iqtisodiy va boshqa shakldagi chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga olgan loyiha;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish bo‘yicha tanlov (keyingi o‘rinlarda tanlov) — sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan bir nechta nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan takliflarni taqqoslash asosida davlat ijtimoiy buyurtmasini berishning raqobatli usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus axborot portali — vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi to‘g‘risidagi e’lonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda ko‘zdan kechirishni, shuningdek, amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari to‘g‘risida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni to‘plashni ta’minlovchi veb-sayt;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) — davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida tuziladigan bitim;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatlar to‘qnashuvi — davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari a’zolarining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi ularning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat ijtimoiy buyurtmasi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim, ilm-fan, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport sohalarida muayyan natijaga erishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni muhofaza qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar siyosati va bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar va ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarixiy-madaniy merosni muhofaza qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy buyurtmasi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.
(4-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Davlat organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish, baholash hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorli aniqlash davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari (keyingi o‘rinlarda — jamoatchilik kengashi) tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari tomonidan har yili sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi hamda o‘zining budjetdan tashqari mablag‘lari xarajatlari smetasida bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organi tomonidan bitta davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravarigacha bo‘lgan miqdorda mablag‘lar ajratilishi mumkin.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tanlov o‘tkazish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan tanlov o‘tkazish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon tanlov bo‘yicha hujjatlar loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida o‘n ikki ish kuni va ko‘pi bilan o‘ttiz ish kunidan oldin majburiy ravishda maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek, davlat organlarining xohishiga ko‘ra — o‘zining rasmiy veb-saytiga, ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon quyidagi axborotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov tashkilotchisining nomi va manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasining tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar (shartnoma tuzish huquqiga egalik, soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning, o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi, insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarining ishtirokchilar bilan bog‘lanish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxslarining yoki boshqa xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va manzili;
(21-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov ishtirokchilari tomonidan loyihalarni berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarni rasmiylashtirishga doir talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov g‘olibi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi haqidagi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovda ishtirok etish uchun loyihalarni davlat tilida va zaruratga qarab, boshqa tillarda tayyorlash majburiyligi to‘g‘risidagi talab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarni baholash mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ariza taqdim etish majburiyligi haqidagi talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa axborotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Davlat ijtimoiy buyurtmasi bo‘yicha bir necha nodavlat notijorat tashkiloti qo‘shma guruh tuzgan holda umumiy ariza berishlari mumkin. Bunda arizada va loyihada ularning har birining funksiyalari, bir-biriga nisbatan javobgarligi va loyihani amalga oshirishga qo‘shayotgan hissalari aniqlashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar tegishli davlat organiga ariza beruvchi tomonidan bevosita, pochta orqali yoki elektron ko‘rinishda berilishi mumkin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tanlov shartlari va uni o‘tkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tanlovda ishtirok etish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi hujjatlarni elektron shaklda maxsus axborot portali orqali tegishli davlat organiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tanlovda ishtirok etish haqida ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishning batafsil tasnifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkiloti ustavining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnoma nusxasi, qarzdorlik mavjud emasligi haqida soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma hamda maxsus ruxsatnoma (litsenziya) nusxasi (agar davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etilsa) “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tanlov g‘olibi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tanlovga taqdim etilgan loyihalarni o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamoatchilik kengashi a’zosi tanlovga loyiha taqdim etgan nodavlat notijorat tashkilotiga aloqador (nodavlat notijorat tashkiloti vakili (xodimi), rahbar organlarining a’zosi yoki ularning yaqin qarindoshi) bo‘lsa, ushbu loyihani ko‘rib chiqish, umumlashtirish va baholash jarayonida jamoatchilik kengashi tarkibida bo‘lishni ixtiyoriy ravishda o‘zini o‘zi rad etadi yoki jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan majburan chetlashtiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. O‘tkazilayotgan tanlov doirasida loyihalarni baholash maqsadida jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni baholash metodikasidan (keyingi o‘rinlarda Baholash metodikasi deb ataladi) foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash metodikasida quyidagi baholash mezonlari belgilangan bo‘lishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishishning yo‘naltirilganligi, ya’ni unga erishish yo‘llari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim qilingan loyihaning samaradorligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirishda davlat organining xalq bilan muloqot darajasini kuchaytirishi;
(27-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning aniq va batafsil yoritilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarajat ajratilayotgan mablag‘lardan oshib ketmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov ishtirokchisining taqdim qilgan loyihasini amalga oshirish qobiliyati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash metodikasida davlat ijtimoiy buyurtmasining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib baholashning boshqa mezonlari ham belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Loyihani o‘rganish natijalariga ko‘ra jamoatchilik kengashi a’zolari har bir loyiha bo‘yicha baholash mezonlariga muvofiq baholash varaqasiga ballar qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash varaqalarida ballarni hisoblab chiqish uchun jamoatchilik kengashi a’zolari orasidan 3 kishidan iborat bo‘lgan hisoblash guruhi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblash guruhi tomonidan baholash varaqalaridagi ballar hisoblab chiqiladi va jamoatchilik kengashi a’zolariga e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov natijasiga ko‘ra eng ko‘p ball olgan ishtirokchi tanlovda g‘olib deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tanlov natijasiga ko‘ra ishtirokchilarning ballari teng bo‘lgan taqdirda ular o‘rtasida ushbu Nizomda belgilangan tartib asosida qayta tanlov o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Tanlov natijalari tanlov g‘olibi aniqlangan kundan so‘ng bir ish kuni ichida Jamoatchilik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Jamoatchilik kengashi qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bayonnomasi Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan yuritiladi va Jamoatchilik kengashi raisi, kotibi va ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik kengashi yig‘ilish bayonnomalarining saqlanishi uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi mas’uldir.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-bob. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
301. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasi ushbu Nizomga 21-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
302. Nodavlat notijorat tashkilotlari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar bundan mustasno) tegishli soha va tarmoqlarda mavjud muammolarning ta’sirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish to‘g‘risida manfaatdor davlat organiga ushbu Nizomga 22-ilovaga muvofiq shakldagi loyiha taklifini kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
303. Loyiha taklifiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasining zarurati va uni bajarishning batafsil tasnifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkiloti ustavi (nizomi)ning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus ruxsatnoma (litsenziya) nusxasi, agar davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etilsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbusi bilan boshqa hujjatlar (sertifikatlar, o‘tkazilgan tekshirishlar bo‘yicha ma’lumotlar va boshqalar) ham taqdim qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
304. Jamoatchilik kengashi kiritilgan loyiha taklifini o‘n ish kuni ichida quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqadi va baholaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasini olish to‘g‘risidagi loyiha taklifining davlat organi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli soha va tarmoqlardagi mavjud muammolarning dolzarbligi va aniq yoritilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muammolarning ta’sirchan yechimi bo‘yicha takliflarning ilmiy asoslanganligi, samaradorligi va noyobligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha taklifini amalga oshirish xarajatining asoslantirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotining taqdim qilgan loyiha taklifini amalga oshirish qobiliyati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha taklifi jamoatchilik kengashi tomonidan har bir mezon bo‘yicha “1” balldan “5” ballgacha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘plangan ballar jami ballning 81 foizidan yuqorisini tashkil etsa, taklif ijobiy baholangan deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jamoatchilik kengashi a’zosi loyiha taklifini taqdim etgan nodavlat notijorat tashkilotiga aloqador (nodavlat notijorat tashkiloti vakili (xodimi), rahbar organlarining a’zosi yoki ularning yaqin qarindoshi) bo‘lsa, ushbu loyihani ko‘rib chiqish, umumlashtirish va baholash jarayonida jamoatchilik kengashi tarkibida bo‘lishni ixtiyoriy ravishda o‘zini o‘zi rad etadi yoki jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan majburan chetlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
305. Loyiha taklifi jamoatchilik kengashi tomonidan ushbu Nizomning 304-bandidagi har bir mezon bo‘yicha ijobiy baholangan taqdirda, bir ish kuni ichida uning tashabbuskoriga davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali ijtimoiy buyurtma berilishi to‘g‘risida jamoatchilik kengashining qarori qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
306. Jamoatchilik kengashi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bayonnomasi jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan yuritiladi va jamoatchilik kengashi raisi, kotibi va ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bayonnomalarining saqlanishi uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi mas’uldir.
(51-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida Jamoatchilik kengashining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi va nodavlat notijorat tashkilotining huquq va majburiyatlarini hamda javobgarligini belgilab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma to‘g‘risidagi axborot davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi tomonidan maxsus axborot portaliga shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Shartnoma quyidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasiga ajratilgan mablag‘lar miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablag‘ bilan ta’minlash muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy buyurtmasiga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanganlik yuzasidan nazorat shakllari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobotlar berish muddatlari va shakllari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Agar tanlovda g‘olib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti shartnomani imzolashdan bosh tortsa yoki tanlovni o‘tkazish davomida o‘z faoliyatini tugatgan bo‘lsa, tugatish, qayta tashkil etish jarayonida bo‘lsa yoki qonunchilikda belgilangan tartibda bankrot deb e’tirof etilgan bo‘lsa davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi tanlovda ishtirok etgan va yuqori baho olgan keyingi ishtirokchiga shartnomani imzolashni taklif etishga haqli.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-bob. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
331. Davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat organi davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda monitoring qiladi.
(331-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat moliyaviy nazorati amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilishga auditorlik tashkiloti jalb qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
332. Davlat ijtimoiy buyurtmasini olgan nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasi bajarilishi yakunlangan kundan boshlab besh ish kuni ichida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish bilan bog‘liq barcha hujjatlarni davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat organiga taqdim qilishi shart.
(332-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
333. Davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat organi va davlat ijtimoiy buyurtmasini olgan nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida o‘rganadi.
(333-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rganish davomida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligi, ya’ni davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda mablag‘larni ajratishdan ko‘zlangan maqsadlarga erishilganligi aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rganish natijasi yuzasidan dalolatnoma tuzilib, davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat organi va davlat ijtimoiy buyurtmasini olgan nodavlat notijorat tashkilot(lar)i rahbar(lar)i tomonidan imzolanadi.
(333-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
334. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligi davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat organining jamoatchilik kengashi tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq aniqlanadi.
(334-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini aniqlashdan maqsad davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda berilgan ijtimoiy buyurtmadan ko‘zlangan ijtimoiy maqsadlarga erishilishini tahlil qilishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
335. Davlat ijtimoiy buyurtmasi samaradorligining maksimal ko‘rsatkichi 30 ballni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligi to‘plagan ballarga qarab aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori samaradorlik — 25 va undan yuqori ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rtacha samaradorlik — 15 balldan 24 ballgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
samarasiz — 1 balldan 14 ballgacha.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalariga ko‘ra yuqori samaradorlikka erishgan nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasini bergan davlat organi tomonidan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan keyingi yillarda o‘tkaziladigan davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovlarida ishtirok etishda taqdim qilgan ijtimoiy loyihasi bo‘yicha to‘plangan umumiy ballga ushbu ballning 10 foizi bir martalik imtiyoz sifatida qo‘shib beriladi.
(335-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalari samarasiz bo‘lgan taqdirda, nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun ajratilgan mablag‘larning 50 foizini tegishli davlat organi hisobvaraqlariga qaytaradi.
(335-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
336. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilganda, ushbu mablag‘lar tegishli davlat organi hisobvaraqlariga to‘liq qaytarilishi lozim.
(336-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Davlat ijtimoiy buyurtmasining ijrosi yuzasidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarni (ko‘rsatilayotgan xizmatlarni) hamda uning alohida bosqichlarini nazorat qiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Davlat ijtimoiy buyurtmasi ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tuziladigan maxsus komissiya a’zolarining teng yarmi jamoatchilik kengashi tarkibidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat bo‘lishi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
351. Nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablag‘lardan foydalanish yuzasidan batafsil ma’lumotlarni har chorakda o‘zining rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib boradi.
(351-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish, shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi va nodavlat notijorat tashkilotining rahbari javobgar bo‘ladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Nodavlat notijorat tashkiloti ushbu Nizom talablari bajarilishiga mas’ul davlat organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartib-tamoyillari bilan bog‘liq qoidalarning buzilishi bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining shikoyatlari “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi/
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Davlat organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish sohasidagi ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlarga davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik normalari qo‘llaniladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan tanlov o‘tkazish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organi

Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon va tanlov bo‘yicha hujjatlarni maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek, davlat organlarining xohishiga ko‘ra o‘zining rasmiy veb-saytiga, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi.

Loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida 12 ish kuni va ko‘pi bilan 30 ish kunidan oldin

2-bosqich

Nodavlat notijorat tashkiloti

Tanlovda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni elektron shaklda maxsus axborot portali orqali tegishli davlat organiga taqdim etadi.

Loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanagacha

3-bosqich

Jamoatchilik kengashi

1. Tanlov g‘olibini nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tanlovga taqdim etilgan loyihalarni ko‘rib chiqish va baholash natijalariga ko‘ra aniqlaydi.

10 ish kuni ichida

2. Jamoatchilik kengashi qarorini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.

1 ish kuni ichida

4-bosqich

Davlat organi

Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi va tanlovda g‘olib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasi tuziladi.

10 ish kuni ichida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
21-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali davlat ijtimoiy buyurtmasini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Nodavlat notijorat tashkiloti

Tashabbusli loyihani amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish to‘g‘risida davlat organiga loyiha taklifini kiritadi.

Yil davomida

2-bosqich

Jamoatchilik kengashi

1. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan loyiha takliflarini ko‘rib chiqadi va baholaydi.

10 ish kuni ichida

2. Loyiha taklifi ijobiy baholangan taqdirda, ijtimoiy buyurtma berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

1 ish kuni ichida

3-bosqich

Davlat organi

Nodavlat notijorat tashkiloti

Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasi tuziladi.

10 ish kuni ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
22-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish to‘g‘risida ___________________________________________________________ning

(nodavlat notijorat tashkilotining nomi)

LOYIHA TAKLIFI

Loyiha taklifi yuborilayotgan tashabbusli loyihaning mazmuni

Davlat tashkilotining nomi

Loyiha taklifining yo‘nalishi

Loyiha taklifining nomi

Loyiha taklifini taqdim etgan tashkilot nomi (ta’sis hujjatiga muvofiq)

Hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) nomi

Loyiha taklifini beruvchi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar (ariza beruvchining yuridik manzili, telefon, faks, elektron pochtasi)

Tashkilot rahbarining F.I.O., boshqa zarur ma’lumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan to‘liq ko‘rsatilishi lozim)

Tashkilot buxgalterining F.I.O., boshqa zarur ma’lumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan to‘liq ko‘rsatilishi lozim)

Tashkilotning tasdiqlangan shtat jadvalidagi lavozimlar soni

Loyiha taklifini amalga oshirish muddati (boshlanish sanasi - tugatish sanasi)

So‘ralayotgan mablag‘ miqdori (so‘m)

Jalb qilinadigan mablag‘lar miqdori (so‘m)

Muammoning qo‘yilishi

(mavjud ijtimoiy muammo, uning ahamiyati va loyihani amalga oshirish zarurligini bayon etish, bir varaqdan ortiq bo‘lmasligi lozim)

Loyiha taklifining maqsadi

(loyiha natijasida erishadigan ko‘pi bilan 3 ta asosiy maqsad)

Loyiha taklifining asosiy vazifalari

(loyiha taklifini amalga oshirish natijasida hal etiladigan ko‘pi bilan 3 ta asosiy vazifa)

Loyiha taklifini amalga oshirish shakli va mexanizmlari

(loyiha taklifini amalga oshirish usullari, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari)

Loyiha taklifini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

(erishiladigan samaraning miqdori va sifat ko‘rsatkichlari hamda ta’siri)

Loyiha taklifini beruvchining mazkur sohadagi tajribasi

(talabgorning faoliyati, yutuqlari)

Hamkorlar va ularning vazifalari (talabgor va uning sheriklarining aniq vazifalari ko‘rsatilgan harakat rejasi)

Tashkilot va hamkorlarning qo‘shgan hissasi

(jalb etilayotgan mablag‘lar, resurslar, tashkilot va hamkorlarning moddiy va nomoddiy hissasi)

(21 va 22-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish tanlovida ishtirok etish uchun _______________________________________________________________ning

(nodavlat notijorat tashkilotining nomi)

ARIZASI (BUYURTMASI)

Ariza yuborilayotgan tanlovning mazmuni

Davlat tashkilotining nomi

Tanlovning yo‘nalishi

Loyihaning nomi

Ariza taqdim etgan tashkilot nomi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan nizomga muvofiq)

Hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) nomi

Ariza beruvchi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar (ariza beruvchining yuridik manzili, telefon, faks, elektron pochtasi)

Tashkilot rahbarining F.I.O., boshqa zarur ma’lumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan to‘liq ko‘rsatilishi lozim)

Tashkilot buxgalterining F.I.O., boshqa zarur ma’lumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan to‘liq ko‘rsatilishi lozim)

Tashkilotning tasdiqlangan shtat jadvalidagi lavozimlar soni

Loyihani amalga oshirish muddati (boshlanish sanasi — tugatish sanasi)

So‘ralayotgan mablag‘ miqdori (so‘m)

Jalb qilinadigan mablag‘larning miqdori (so‘m)

Muammoning qo‘yilishi

(mavjud ijtimoiy muammo, uning ahamiyati va loyihani amalga oshirish zarurligini bayon etish, bir varaqdan ortiq bo‘lmasligi lozim)

Loyihaning maqsadi

(loyiha natijasida erishadigan ko‘pi bilan 3 ta asosiy maqsad)

Loyihaning asosiy vazifalari

(loyihani amalga oshirish natijasida hal etiladigan ko‘pi bilan 3 ta asosiy vazifa)

Loyihani amalga oshirish shakli va mexanizmlari

(loyihani amalga oshirish usullari, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari)

Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

(erishiladigan samaraning miqdori va sifat ko‘rsatkichlari hamda ta’siri)

Ariza beruvchining mazkur sohadagi tajribasi

(talabgorning faoliyati, uning yutuqlari)

Hamkorlar va ularning vazifalari

(talabgor va uning sheriklarining aniq vazifalari ko‘rsatilgan harakat rejasi)

Tashkilot va hamkorlarning qo‘shgan hissasi

(jalb etilayotgan mablag‘lar, resurslar, tashkilot va hamkorlarning moddiy va nomoddiy hissasi)

Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
METODIKASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Indikator

Mezonlar

Ko‘rsatkichlar

1.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari doirasida loyihada belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilganligi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari doirasida loyihada belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilganlik darajasi baholanadi.

Ball maqsad va vazifalarning necha foizga bajarilganligiga qarab beriladi.

Masalan: 1000 nafar ehtiyojmand shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish belgilangan bo‘lib, ulardan 300 nafari o‘qitilgan bo‘lsa, shunda maqsad va vazifalarning 30 foizi bajarilgan hisoblanib, 3 ball beriladi.

— 81 foizdan 100 foizgacha — 6 ball;

— 61 foizdan 80 foizgacha — 5 ball;

— 41 foizdan 60 foizgacha — 4 ball;

— 21 foizdan 40 foizgacha — 3 ball;

— 20 foiz va undan kam — 0 ball.

2.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri ishlatilganligi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri ishlatilganlik darajasi loyihaning budjetida belgilangan taqsimotdan jami summaga nisbatan necha foizga chetga chiqqanligiga qarab baholanadi.

Masalan, jami 20 mln so‘m ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘ning 1 mln so‘m qismi ijtimoiy loyihaning budjetida ko‘rsatilmagan maqsad uchun ishlatilgan bo‘lsa, 1 mln.ning 20 mln.ga nisbatan foizi (5%) mablag‘larining noto‘g‘ri ishlatilganligi darajasini ko‘rsatadi.

— 0 foiz — 6 ball.

— 1 foizdan 10 foizgacha — 5 ball;

— 10 foizdan 30 foizgacha — 3 ball;

— 30 foizdan ortiq — 0 ball.

3.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida OAVlarda batafsil axborot e’lon qilib borilganligi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari doirasida amalga oshirilgan ishlar (tadbirlar soni, ishtirok etgan maqsadli auditoriya, erishilgan natijalar, ishlatilgan mablag‘lar va boshqalar) haqida har chorakda o‘zining rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borilganligi o‘rganiladi.

Bunda fuqarolik jamiyati instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘zining rasmiy veb-sayti, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi e’lonlar hisobga olinadi.

— 20 tadan ortiq — 6 ball;

— 15 — 19 ta — 5 ball;

— 10 — 14 ta — 4 ball;

— 6 — 9 ta — 3 ball;

— 1 — 5 ta — 2 ball.

4.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi belgilangan muddatda amalga oshirilganligi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy loyihada nazarda tutilgan tadbirlar davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshirilganligi holati baholanadi.

Ball miqdori muddatdan qanchalik kechiktirilganligi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Bunda davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasida muddati uzaytirilgan bo‘lsa, uzaytirilgan muddat ham kechiktirilgan muddatga qo‘shib hisoblanadi.

— muddatida amalga oshirilsa — 6 ball;

— 1 oygacha kechiktirilsa — 4 ball;

— 1 oydan 2 oygacha kechiktirilsa — 2 ball;

— 2 oydan 3 oygacha kechiktirilsa — 1 ball;

— 3 oydan ortiq muddatga kechiktirilsa — 0 ball.

5.

Ijtimoiy loyihaning davom ettirilayotganligi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha davom ettirilayotganligi aniqlanadi.

Ijtimoiy loyiha davom ettirilayotgan bo‘lsa — 6 ball;

Ijtimoiy loyiha davom ettirilmayotgan bo‘lsa — 0 ball.

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 09/18/135/0810-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son; 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)