12.04.2022 yildagi PQ-204-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, temir yoʻl liniyalari, avtomobil yoʻllari, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari va shu kabi boshqa inshootlar (keyingi oʻrinlarda — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari) uchun yer uchastkalarini ajratish jarayonlarini kompleks huquqiy tartibga solish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagi yoʻnalishlardagi vazifalarni oʻz ichiga olgan Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) institutini yanada rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining hisobi va davlat kadastrini yuritish tartibini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga “Yoʻl xaritasi”da belgilangan har bir tadbirning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Yoʻl xaritasi”da belgilangan qonunchilik hujjatlari kuchga kirguniga qadar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
temir yoʻl liniyalari va avtomobil yoʻllari, ularning ajratilgan mintaqalari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori asosida doimiy foydalanish huquqi bilan yer uchastkalari ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar qonunchilikda va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda yer uchastkalari ajratish shartligi haqidagi qatʼiy talab mavjud boʻlmasa, elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi yerlari tarkibidagi ichki yoʻllar va kichik suv havzalari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer uchastkalarini ajratish talab etilmaydi. Bunda, ushbu turdagi obyektlarni joylashtirish, ularni qurish vaqtida yondosh yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi Yer kodeksining 30-moddasiga muvofiq, servitut toʻgʻrisidagi kelishuv shaklida, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud qarori bilan rasmiylashtirilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
servitut toʻgʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuziladi, uning birinchi tarafi sifatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini balansda saqlovchi tashkilot, ikkinchi tarafi sifatida yer uchastkasi mulkdori (zaxiradagi yerlarda tuman (shahar) hokimi), egalik qiluvchisi va foydalanuvchisi, ijara huquqi bilan ajratilgan yerda esa ijarachi va ijaraga beruvchi ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi belgilanganda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari egallaydigan yer maydoni, ushbu obyektlarni qurish, ulardan foydalanish, koʻzdan kechirish, taʼmirlash shartlari, yer fondi toifasidan qatʼi nazar yer uchastkasi mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisiga yetkazilgan zararni qoplash, yer uchastkasini uning avvalgi holatiga keltirish, servitut uchun haq toʻlash tartibi hamda servitut belgilangan yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklovlar koʻrsatilishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi taraflarning murojaati asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, bu haqda taraflarga Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi, ushbu koʻchirma arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlaridan foydalanishda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi belgilangan yer uchastkasi qismi uchun yer soligʻi (ijara toʻlovi) yer uchastkasi mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisi tomonidan toʻlanadi, bunda servitut uchun toʻlanadigan (bir martalik yoki har yilgi) haq miqdori servitut amal qiladigan muddatdagi yer soligʻi (ijara toʻlovi) summasidan kam boʻlishi mumkin emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi belgilanishi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijarachisining shartnoma majburiyatlarini bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan boʻlsa, servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yer ijarasi shartnomasiga ham tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Hukumat komissiyasi raisi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Hukumat komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat komissiyasi koʻrib chiqishi uchun masalalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan ishchi organga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yagona talablar asosida kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat komissiyasi yigʻilishi, qoida tariqasida, har oyda bir marotaba uning raisi yoki ishchi organi tashabbusi bilan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat komissiyasining qarori bayon shaklida rasmiylashtiriladi, bayonga Yer kodeksining 9 va 441-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi ilova qilinadi, bayon va farmoyish loyihasi uni yoqlab ovoz berganlar tomonidan imzolanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi organ Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi tizimi xodimlari bilan birga joyiga chiqqan holda har bir taklif Yer kodeksining 441 va 45-moddalarida hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi, oʻrganish yakunlari boʻyicha oʻz xulosasini Hukumat komissiyasiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat komissiyasi har bir taklif va u yuzasidan Qishloq xoʻjaligi vazirligining, Suv xoʻjaligi vazirligining hamda Kadastr agentligining xulosalarini koʻrib chiqadi hamda qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar boʻyicha takliflar va xulosalar Hukumat komissiyasi tomonidan umumlashtiriladi hamda koʻrib chiqish uchun har yili birinchi yarim yil yakuni boʻyicha 10-iyulga, ikkinchi yarim yil yakuni boʻyicha 10-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi loyihasi bilan birga Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat komissiyasi aʼzolari tomonidan kelishilgan (viza qoʻyilgan) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi ishchi organ tomonidan Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda kiritiladi, bunda mazkur loyihalarni boshqa idoralar bilan kelishish talab etilmaydi, loyihalarga yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirishdan boshqa masalalarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 06/26/68/0435-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar orqali oʻtkazishda ularni yer konturlari chegarasi, ichki yoʻllar va suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab, sugʻoriladigan yerlarga eng kam salbiy taʼsir koʻrsatishni inobatga olib joylashtirish nazarda tutilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish boʻyicha loyiha hujjatlarida sugʻoriladigan yerlarning qisqarishi, tuproq unumdorligining pasayishi, sugʻorish va melioratsiya tizimining buzilishi bilan bogʻliq zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi nobudgarchiligini, yer mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkaziladigan zararlarni qoplash bilan bogʻliq boshqa xarajatlar (undirilishi yoki ozod qilinishidan qatʼi nazar) majburiy ravishda koʻrsatilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining yakuniy trayektoriyasini (yoʻnalishini) tanlash mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlarni oʻzaro solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat komissiyasi (Sh.Gʻaniyev) barcha turdagi loyiha-qidiruv tashkilotlari va buyurtmachilar tomonidan mazkur bandda belgilangan talablarga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini (keyingi oʻrinlarda — foydalanishdagi yer uchastkalari) ajratishning quyidagi tartibi belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishdagi yer uchastkalari amaldagi foydalanuvchilarga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishdagi yer uchastkasini ajratishdan oldin uni davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar yer uchastkasining amaldagi foydalanish maqsadini oʻzgartirish uchun qonunchilikda belgilangan aniq asoslar mavjud boʻlmasa, foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 9-ilovada koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bir oy muddatda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan foydalanishdagi yer uchastkalarining, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qarorlarda nazarda tutilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashadigan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni Hukumat komissiyasining ishchi organiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil yakuniga qadar axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 12-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-204-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi PQ-204-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbir nomi

Chora-tadbirning asosiy mazmuni

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) institutini yanada rivojlantirish

1.

Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvning namunaviy shaklini takomillashtirish.

1. Servitut turlari boʻyicha, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish uchun servitut toʻgʻrisidagi kelishuvning shaklini ishlab chiqish.

2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga oʻzgartirish kiritish boʻyicha loyiha ishlab chiqish va kelishish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-iyun

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 10-iyun

2.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish uchun servitut toʻgʻrisida kelishuv tuzish amaliyotini keng joriy etish.

1. Balansda saqlovchi tashkilotga ajratilmagan yerlardan oʻtgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini xatlovdan oʻtkazish, ularning manzilli roʻyxatini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-iyul

Energetika vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv loyihalarini tayyorlash va huquq egalariga yetkazish.

2022-yil 1-sentabr

3. Taraflarning roziligiga koʻra servitut toʻgʻrisidagi kelishuvlarni rasmiylashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Doimiy ravishda

4. Kelishuvga erishilmagan obyektlar boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritish.

Doimiy ravishda

3.

Servitut institutini qoʻllashni yanada kengaytirish.

1. Servitut institutini qoʻllash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajriba va milliy amaliyotni oʻrganish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyul

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi,

TDYU

2. Servitut institutiga doir qoidalarni yanada kengaytirish, shu jumladan “ommav?y servitut” (“public servitude”) tushunchasini Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga kiritish boʻyicha loyihalar tayyorlash.

2022-yil 1-avgust

3. Loyihalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-sentabr

II. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining hisobi va davlat kadastrini yuritish tartibini takomillashtirish

4.

Ichimlik va oqova suv quvurlari davlat kadastrini yuritishni joriy etish (yangi tur yoki mavjud kadastrlardan birining qismi).

1. Ichimlik va oqova suv quvurlari hisobini yuritish tizimini tahlil qilish.

2. Ichimlik va oqova suv quvurlari davlat kadastrini yuritish tartibini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyul

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi

5.

Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etilayotgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari haqidagi davlat kadastrlari maʼlumotlarining tarkibini kengaytirish.

1. Suv, shaharsozlik, transport quvurlari, aloqa obyektlari, energetika obyektlari va boshqa davlat kadastrlarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari haqidagi maʼlumotlar tarkibini tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyun

Kadastr agentligi, davlat kadastrlarini yuritish majburiyati yuklatilgan vazirlik va idoralar

2. Davlat kadastrlarini yuritish tartibi haqidagi nizomlar hamda Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari maʼlumotlarining tarkibini kengaytirish.

2022-yil 1-iyul

III. Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirish

6.

Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yerlarni boshqa tashkilotlarga ijaraga berish amaliyotini tahlil qilish va takomillashtirish.

1. Doimiy foydalanishga berilgan yerlarni boshqa tashkilotlarga ijaraga berish tartibini ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Adliya vazirligi,

Energetika vazirligi,

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

2. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yer uchastkalarini boshqarish sohasidagi faoliyatini tahlil qilish.

2022-yil 20-iyun

3. Qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-avgust

7.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkalarini soddalashtirilgan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish tartibini belgilash.

1. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun ajratish, ushbu yerlarda joylashgan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tahlil qilish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil 1-may

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi,

Qurilish vazirligi

2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qaror loyihasini kiritish.

2022-yil 1-iyun

8.

Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan yerlarga soliq solish tartibini takomillashtirish.

1. Budjet tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan hamda ular tomonidan tijorat va notijorat tashkilotlarga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan yer soligʻini undirish amaliyotini tahlil qilish.

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi

2022-yil 1-may

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Energetika vazirligi

2. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini balansda saqlovchi tashkilotlarga berilgan soliq imtiyozlari va ularni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish.

2022-yil 20-may

3. Budjet tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va ular tomonidan tijorat va notijorat tashkilotlarga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan soliq undirish, ushbu holatda ijaraga beruvchi yoki ijaraga oluvchi uchun berilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini aniqlashtirish boʻyicha Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlash.

2022-yil 1-iyun

4. Loyihani kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-iyul

9.

Yer uchastkalari ijarasi turlarini tasniflash, ularning xususiyatlarini aniq belgilash.

1. Yer uchastkalari ijarasi sohasida ilgʻor xorijiy tajriba va milliy amaliyotni oʻrganish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-may

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi

2. Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi, “Ijara toʻgʻrisida”gi, “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2022-yil 1-sentabr

10.

Hokimlar tomonidan qurilishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish amaliyotini oʻrganish.

1. “E-qaror” tizimi orqali qurilishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarorlarni tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyun

Adliya vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi

2. Ushbu qarorlarni qabul qilish zaruratini oʻrganish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

2022-yil 1-iyul

11.

Hokimlar tomonidan xoʻjaliklararo yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish amaliyotini oʻrganish.

1. “E-qaror” tizimi orqali xoʻjaliklararo yer tuzish loyihasini tasdiqlash haqidagi qarorlarni tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyun

Kadastr agentligi, Adliya vazirligi

2. Ushbu qarorlarni qabul qilish zaruratini oʻrganish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

2022-yil 1-iyul

12.

Koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga yer uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratishning xususiyatlarini aniq belgilash.

1. Foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarni ularning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish xususiyatlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil 1-iyun

Kadastr agentligi,

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Adliya vazirligi

2. Koʻp kvartirali uy foydalanishga qabul qilinganidan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquq quruvchidan uy-joy mulkdorlariga oʻtishining xususiyatlarini belgilash.

2022-yil 1-iyul

IV. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash

13.

Avtomobil yoʻllariga ajratilgan mintaqa uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, yoʻl boʻyi mintaqasini belgilash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilgʻor xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada avtomobil yoʻllari boʻylab va ularning muhofaza zonalarida boshqa turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish tartibini ham nazarda tutish.

Transport vazirining buyrugʻi

2022-yil 1-iyun

Transport vazirligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022-yil 1-iyul

3. Hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2022-yil 1-avgust

14.

Muhofaza zonalari va ajratilgan mintaqa chegaralarida temir yoʻl transporti yerlarining oʻlchamini belgilash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilgʻor xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada temir yoʻl tarmoqlari boʻylab va ularning muhofaza zonalarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish tartibini ham nazarda tutish.

Transport vazirining buyrugʻi

2022-yil 1-iyun

Transport vazirligi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022-yil 1-iyul

3. Hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2022-yil 1-avgust

15.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni takomillashtirish.

1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha loyiha ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2022-yil 1-iyun

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 1-iyul

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-avgust

17.

Aloqa liniyalari, radiorele va mobil aloqa tayanch stansiyalari hamda antenna machta inshootlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, ularning muhofaza zonalarini belgilash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilgʻor xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada mazkur turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan hamda servitut belgilanadigan holatlarni aniqlash.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrugʻi

2022-yil 1-iyun

Axborot texnologiyalari vazirligi,

“Oʻzbektelekom” AK,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022-yil 1-iyul

3. Hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2022-yil 1-avgust

19.

Suv va kanalizatsiya quvurlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, ularning muhofaza zonalarini belgilash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilgʻor xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada mazkur turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan hamda servitut belgilanadigan holatlarni aniqlash.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining buyrugʻi

2022-yil 1-iyun

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

Qurilish vazirligi,

Kadastr agentligi,

Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022-yil 1-iyul

3. Hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2022-yil 1-avgust

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjatlarning turlariga oʻzgartirish kiritilishi, ular birlashtirilishi va ajratilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi PQ-204-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Sh.M. Gʻaniyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Hukumat komissiyasi raisi

2.

I.Yu. Abdurahmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri, Hukumat komissiyasi raisi oʻrinbosari

3.

Sh.R. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

4.

Lavozimiga koʻra

Kadastr agentligi direktori

5.

Sh.J. Toʻxtaboyev

Bosh prokuror oʻrinbosari

6.

N.M. Rustambekov

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

7.

M.Sh. Istamov

adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

Lavozimiga koʻra

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

O.A. Pekos

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

J.S. Arashov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

12.

R.P. Yusupov

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari

13.

S.A. Nishanbayev

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

14.

E.M. Muxitdinov

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi direktori

15.

T.Yu. Rapikov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri

16.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

17.

Lavozimiga koʻra

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati masʼul xodimi, Hukumat komissiyasi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Hukumat komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 06/26/68/0435-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi PQ-204-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-fevraldagi PQ-3-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatiga olish tartibi va hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1 — 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Nastoyasheye Polojeniye opredelyayet poryadok i sroki gosudarstvennoy registratsii tovarishestv chastnix sobstvennikov jilya (daleye — tovarishestva) s odnovremennoy postanovkoy ix na uchet v gosudarstvennix nalogovix i statisticheskix organax po prinsipu “odno okno”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Gosudarstvennaya registratsiya tovarishestv osushestvlyayetsya Sentrami gosudarstvennix uslug (daleye — registriruyushiy organ) s odnovremennoy postanovkoy ix na uchet v gosudarstvennix nalogovix i statisticheskix organax, polucheniyem razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov (soglasno sxeme, privedennoy v prilojenii № 1 k nastoyashemu Polojeniyu).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Za gosudarstvennuyu registratsiyu tovarishestva, vnesennix izmeneniy i dopolneniy v ustav, a takje reyestr plata ne vzimayetsya”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 10-11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“10. Registriruyushiy organ v techeniye odnogo dnya so dnya provedeniya gosudarstvennoy registratsii napravlyayet v statisticheskiye, nalogovie organi i organi vnutrennix del po mestu raspolojeniya tovarishestva i otdeli stroitelstva rayonov (gorodov) svedeniya o nem iz gosudarstvennogo reyestra po forme soglasno prilojeniyu № 5 k nastoyashemu Polojeniyu. V etot je srok v organi vnutrennix del dopolnitelno napravlyayutsya eskizi pechati i shtampov v trex ekzemplyarax.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. V dvuxdnevniy srok po poluchenii ukazannix v punkte 10 nastoyashego Polojeniya svedeniy:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nalogovie organi — osushestvlyayut postanovku tovarishestva na uchet, prisvaivayut im identifikatsionniy nomer nalogoplatelshika (INN) i ofitsialno soobshayut yego v statisticheskiye i registriruyushiy organi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statisticheskiye organi — vklyuchayut tovarishestvo v Yediniy gosudarstvenniy registr predpriyatiy i organizatsiy, zapolnyayut registratsionnuyu kartu i ofitsialno soobshayut registriruyushemu i nalogovim organam prisvoyennie tovarishestvu kodi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
organi vnutrennix del — osushestvlyayut oformleniye razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov i napravlyayut v registriruyushiy organ razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov s dvumya ekzemplyarami eskiza”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 13-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“14. Registriruyushiy organ yejekvartalno osushestvlyayet sverku s gosudarstvennimi nalogovimi i statisticheskimi organami kolichestva zaregistrirovannix i naxodyashixsya na uchete zaregistrirovannix tovarishestv”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“17. Dlya vneseniya izmeneniy i dopolneniy v gosudarstvenniy reyestr tovarishestv v sluchaye priyema novix chlenov ili vixoda iz tovarishestva chasti chlenov (sobstvennikov kvartir otdelnogo doma ili domov) bez reorganizatsii tovarishestva v nedelniy srok posle oformleniya sootvetstvuyushix resheniy tovarishestvo predostavlyayet v registriruyushiy organ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zayavleniye, podpisannoye predsedatelem pravleniya tovarishestva, o vnesenii dopolneniy i izmeneniy v gosudarstvenniy reyestr tovarishestv;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vipiski iz protokolov obshix sobraniy sobstvennikov kvartir doma (domov), vstupayushix v tovarishestvo, i tovarishestva o priyeme novix chlenov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dokumenti (kopii), podtverjdayushiye izvesheniye tovarishestva, v kotorom raneye sostoyali sobstvenniki kvartir, o vixode iz nego (pri neobxodimosti).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarishestvo ne yavlyayetsya pravopreyemnikom po obyazatelstvam svoix novix chlenov pered tovarishestvom, chlenami kotorogo oni raneye sostoyali”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sxema gosudarstvennoy registratsii tovarishestv chastnix sobstvennikov jilya s odnovremennoy postanovkoy na uchet
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Upolnomochennoye litso tovarishestva sobstvennikov jilya

Nalogovie organi:

1) postanovka tovarishestva na uchet;

2) prisvoyeniye identifikatsionnogo nomera nalogoplatelshika (INN)

Registriruyushiy organ — Sentr gosudarstvennix uslug

Statisticheskiye organi:

1) prisvoyeniye statisticheskix kodov;

2) vklyucheniye tovarishestva v Yediniy gosudarstvenniy registr predpriyatiy i organizatsiy

Organi vnutrennix del:

oformleniye razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) Nizomga 2-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) Nizomga 5-ilovaning 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 7-bandning “a” kichik bandidagi “mulkdorlar yoki boshqaruvchilarga” soʻzlari “mulkdorlarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 5-ilovaning 11-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunidan “yoki boshqaruvchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 07/22/204/0297-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 28.02.2023-y., 07/23/78/0112-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 19.01.2024-y., 06/24/15/0050-son; 01.05.2026-y., 06/26/68/0435-son)