Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2008 03.07.1999 yildagi 326-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2008
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻZQIShLOQXOʻJALIKMASh-XOLDING” XOLDING KOMPANIYASINING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-dekabrdagi PQ-766-son qarori)” toʻgʻrisidagi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishni kengaytirish va xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1999-yil 1-iyundagi holatiga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tomonidan 1-ilovaga* muvofiq 2123648,86 ming soʻm miqdoridagi ustav jamgʻarmasi shakllantirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ulushi 88,6 foiz (1881713,86 ming soʻm) va boshqa aksiyadorlar ulushi 11,4 foiz (241935 ming soʻm) boʻlgan oʻz aksiyalarini birinchi chiqarish va ularni joylashtirish tugallanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovada koʻrsatilgan korxonalar aksiyalarining davlatga tegishli paketlari hamda mulkiy ulushlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasiga mulk qilib berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi aksiyadorlari umumiy yigʻilishining ustav jamgʻarmasini 2-ilovada* koʻrsatilgan manbalar hisobiga 7818748,86 ming soʻm miqdorida belgilagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaroriga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarga bir oy muddatda taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgarishlar kiritish hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda “OʻzPGS a.j.” aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi va Italiyaning “Adjind interneyshnl” firmasi bilan, Italiya tomoni oldidagi majburiyatlarni “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasiga yuklamagan holda, mulkiy masalalarni bir oy muddatda tartibga keltirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini modernizatsiya qilishni jadallashtirish, yuqori samarali va raqobatbardoshli qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishni kengaytirish zaruriyatini hisobga olgan holda, istisno tariqasida, belgilab qoʻyilsinki, 2001-yil 1-yanvarga qadar, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasining davlatga tegishli aksiyalarini sotishdan olingan mablagʻlar (qonun hujjatlariga muvofiq korxonalar ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlardan tashqari) 3 yil muddatga ulardan “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rivojlantirish uchun foizsiz qaytarish asosida xolding kompaniyasiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi xolding kompaniyasi tomonidan davlatga tegishli aksiyalar paketini sotishdan olinadigan hamda unga foizsiz qaytarish asosida berilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasiga moliyaviy xoldinglarga tegishli qoidalar tatbiq etilmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq zaxira jamgʻarmasi tashkil etilishi, jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan tartibda, shu jumladan imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash uchun foydalanilishi mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2000-yil 1-fevralgacha “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning ijtimoiy infratuzilmasi obyektlari 2000-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra tuman (shahar) hokimliklari balansiga qabul qilinishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 45-son qarori 3-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qaroriga 1-ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97-99, 101-105-satrlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ustav jamgʻarmasi” ustuni 100-satrdagi 2003920000 soʻm raqamlari 7818748860 soʻm raqamlariga, “Aksiyalarning umumiy soni” ustunidagi 2003920 raqamlari 7818749 raqamlariga, “XIFlarga sotish uchun moʻljallangan aksiyalar paketi” ustunidagi 300588 raqamlari 1172812 raqamlariga almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 3-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
326-son