06.04.2022 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi bilan sotib oluvchi oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud boʻlgan hollarni oʻrganish va bojxona qiymatini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy tashuvchi orqali olib kiriladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymatini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deklaratsiyalanmasdan yoki deklaratsiyada notoʻgʻri koʻrsatilib olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va qayta koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda bojxona qiymatini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avariya, yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoki nomaʼlum sabablarga koʻra shikastlanishi yoxud buzilishi, yaroqsiz holatga kelishi, yoʻqolishi va kamomadi aniqlangan tovarning bojxona qiymatini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qaror 2022-yil 1-maydan kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 6-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasida hamda Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimda (Marokash, 1994-yil 15-aprel) belgilangan umumiy prinsiplar va qoidalarga asoslangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona qiymati deklaratsiyasi — bojxona yuk deklaratsiyasining ajralmas qismi boʻlib, tovarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bir paytda topshiriladigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etayotgan shaxs (keyingi oʻrinlarda — deklaratsiyalovchi shaxs) — bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati — tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona toʻlovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy tashuvchi — raqamli mahsulotlarni yaratish, qayd etish, uzatish, qabul qilish, saqlash yoki boshqa tarzda ishlatish uchun qoʻllaniladigan magnit, optik, lazerli yoki boshqa elektron axborot tashuvchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli distributsiya — raqamli mahsulotlarni moddiy tashuvchidan foydalanmagan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali shaxsiy kompyuterga yoki mobil qurilmaga yuklash (yuklab olish) orqali tarqatish usuli, onlayn xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish yoki obuna boʻlish va boshqalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymati deklaratsiyasi toʻldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlashning keltirilgan usullariga muvofiq deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati asosini imkon qadar ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan mazkur tovarning bitim qiymati tashkil etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillari umumiy qoʻllaniladigan boʻlishi kerak, yaʼni ular tovarlarni yetkazib berish manbalariga, shu jumladan tovarlarning kelib chiqishiga, tovarlar turiga, bitim ishtirokchilariga va boshqa omillarga qarab farq qilmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillaridan dempingga qarshi kurashish maqsadida foydalanilmasligi kerak.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Bojxona qiymatini nazorat qilishda qatʼiy belgilangan minimal bazaviy bojxona qiymatlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tanlangan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulining va maʼlum qilingan bojxona qiymati hisoblab chiqarilishining toʻgʻriligini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining (keyingi oʻrinlarda — Kodeks) 319-moddasiga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularni qoʻllash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — 1-usul);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — 2-usul);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — 3-usul);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymatlarni chegirib tashlash asosida (keyingi oʻrinlarda — 4-usul);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymatlarni qoʻshish asosida (keyingi oʻrinlarda — 5-usul);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaxira usul (keyingi oʻrinlarda — 6-usul).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 1-usul olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qoʻllash mumkin boʻlmasa, ushbu Nizomning 6-bandi uchinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan usullar ketma-ketlikda qoʻllaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qoʻllanilishiga, agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. 4 va 5-usullar teskari ketma-ketlikda qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 1-usul qiymatli asosga ega boʻlgan tashqi savdo bitimlariga muvofiq olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2 va 3-usullar ilgari 1-usul bilan aniqlangan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarga doir bitim qiymatidan bojxona qiymatini aniqlash uchun asos qilib olinadigan baza sifatida foydalanishga asoslanadi. Bunda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan amalda mavjud boʻlgan tashqi savdo bitimlari narxi va tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali olib oʻtilishi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida tasdiqlangan maʼlumotlarni qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 4 va 5-usullar bojxona qiymatini hisoblab chiqarishning quyidagi asoslarini nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-usul tovarlarning dastlabki holati oʻzgarmagan holatda (yoki qayta ishlangan holatda, agar qayta ishlanganlik holati tovarlarning narxiga taʼsirini aniqlash mumkin boʻlsa) sotiladigan narxga asoslanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-usul tovar eksporter mamlakatda ishlab chiqarish va olib chiqish uchun ketgan xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur usullarning qoʻllanilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish muayyan qiyinchiliklar bilan bogʻliq boʻlganligi sababli ularning koʻllash ketma-ketligi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. 6-usul oʻzidan oldingi usullardan hech birini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlmaganda qoʻllaniladi. 6-usul boʻyicha bojxona qiymati bojxona organlarida mavjud boʻlgan narx maʼlumotlari asosida aniqlanadi. Bojxona organlari bojxona qiymati deklaratsiyasida mavjud boʻlgan axborotlarni yigʻish, umumlashtirish va tizimlashtirishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agar bojxona organi tovarning bojxona qiymatini mustaqil ravishda aniqlaydigan boʻlsa, u 1 — 5-usullarning shartlarini qoʻllashda bir muncha qayishqoqlikni nazarda tutuvchi 6-usuldan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tovarning bojxona qiymatini 1-usul boʻyicha aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. 1-usul olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini bitim qiymati boʻyicha, yaʼni olib kirilayotgan tovar bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan paytda tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan, ushbu Nizomning 25 va 26-bandlari qoidalari hisobga olingan holda tuzatilgan narx boʻyicha aniqlashni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kiriladigan tovarlar uchun sotib oluvchi tomonidan bevosita sotuvchiga yoki sotuvchining foydasi uchun boshqa shaxsga toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan barcha toʻlovlarning umumiy summasi bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx deb hisoblanadi. Bunda toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan har qanday shaklda bevosita yoki bilvosita amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir bitim doirasida koʻp miqdorda sotib olingan tovarlarning bir qismini deklaratsiyalashda bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx deklaratsiyalanadigan tovarlarning miqdori va sotib olingan tovarlarning umumiy miqdori bilan teng nisbatda aniqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bojxona qiymatini aniqlashning 1-usuli quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga boʻlgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud boʻlsa, bundan qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar yoxud tovar qayta sotilishi mumkin boʻlgan geografik mintaqadagi cheklovlar yoki tovarning qiymatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydigan cheklovlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega boʻlmagan bitim boʻyicha olib kirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sotish yoki bitimning bahosi taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga bogʻliq boʻlsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning istalgan qismi sotuvchiga bevosita yoki bilvosita oʻtsa va bunda tovarning qiymatiga ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq tegishli tuzatishlarni kiritish mumkin boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) bitimning taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlsa, bundan ularning oʻzaro bogʻliqligi bitimning bahosiga taʼsir etmagan hollar mustasno, bu esa deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan isbotlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sotib oluvchining olib kiriladigan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan muayyan cheklovlar mavjud boʻlganda 1-usul qoʻllanilmaydi. Shu sababli 1-usulning qoʻllanilishiga imkon bermaydigan cheklovlarni va ushbu usulning qoʻllanilishiga ruxsat beriladigan cheklovlarni aniq farqlay bilish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlarida sotib oluvchining baholanayotgan tovarga doir huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud boʻlganda ham 1-usulning qoʻllanilishiga ruxsat beriladigan cheklovlarning faqat uchta turi belgilangan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan cheklovlar. Mazkur holatdagi cheklovlar, masalan, muayyan tovarni import qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasiga nisbatan cheklovlar va hokazolarni nazarda tutadi. Jumladan, yadroviy, kimyoviy, zaharlovchi moddalar, giyohvandlik moddalari importi faqat qatʼiy cheklangan doiradagi shaxslarga ruxsat etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovar qayta sotilishi mumkin boʻlgan geografik mintaqadagi cheklovlar. Mazkur holatda tovarning qayta sotilishi boʻyicha alohida shaxslar uchun hududiy cheklovlar nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, sotuvchi tovarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻzining sotuvchilariga sotadi va barcha hududni ularning har birida alohida sotuvchisi boʻlgan 10 ta qismga boʻladi. Bunda sotuvchilarning har biri tovarni faqat muayyan hududda sotishi mumkinligi toʻgʻrisidagi shart qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tovarning qiymatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydigan cheklovlar. Agar narxga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan shart mavjudligi haqida maʼlum qilinsa, unda 1-usulning qoʻllanilishi faqat bunday shart natijasida narxning miqdoriy oʻzgarishi hujjatlar asosida belgilangan holdagina mumkin boʻladi. Agar narxga miqdoriy taʼsir qilishni belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin boʻlmasa, unda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga oʻtish kerak boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, sotuvchi tibbiy jihozni sotib oluvchiga undan Oʻzbekiston Respublikasida faqat xayriya maqsadlarida foydalanadi degan shart bilan sotadi. Bunda 1-usul qoʻllanilishi mumkin emas, chunki sotib oluvchining tovardan foydalanish huquqiga nisbatan cheklov mavjud va bu xildagi shart bitim qiymatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday holda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullari qoʻllanilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha cheklovlarni baholashda, ularning 1-usuldan foydalanishi imkoniyatiga taʼsiri nuqtai nazaridan asosiy mezon boʻlib, bu bitimning qiymatiga maʼlum bir shartning taʼsir darajasidir. Cheklov bitim narxiga taʼsir koʻrsatmasa, u 1-usuldan foydalanishga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sotib oluvchi huquqiga nisbatan yana qandaydir boshqa cheklovlar mavjud boʻlsa, unda 1-usul qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. 1-usul qiymat asosiga ega boʻlmagan tashqi savdo bitimlariga nisbatan qoʻllanilmaydi. Jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovarning bepul yetkazib berilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, sotuvchi sotib oluvchiga namuna sifatida 5 dona traktorni yetkazib berdi. Mazkur holatda oldi-sotdi shartnomasi mavjud emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, yetkazib beruvchi oʻz agentiga bir turkum poliz mahsulotlarini qulayroq shartlarda sotish uchun yetkazib beradi. Ushbu holatda agent poliz mahsulotlarini sotib olmaydi, yaʼni uning egasiga aylanmaydi va poliz mahsulotlarini sotishdan koʻrilgan foydani yetkazib beruvchi oladi (agentga uning sotishga doir xarajatlari va ish haqi toʻlanishi hisobga olingan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tovarni vositachiga sotmasdan vositachi orqali tovarni yetkazib berilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, yuridik shaxs boʻlgan kompaniya Belgiya davlatida joylashgan va Toshkent shahrida oʻz nomidan faoliyat yuritmaydigan oʻz filialiga ega. Ular oʻrtasidagi tovar yetkazib berilishi oldi-sotdi bitimi tushunchasiga kirmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tovarning ayirboshlash yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida yetkazib berilishi, agar tovarlar narxi koʻrsatilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) tovarning ijara shartnomasi (lizing) boʻyicha yetkazib berilishi. Mazkur holatda tovarga nisbatan mulk huquqi ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga oʻtmaydi, mulkdor tovardan foydalanganlik huquqi uchun foydaning bir qismini oladi va tovarni muayyan vaqtdan soʻng uning egasiga (ijaraga beruvchiga) qaytarib berilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tovarning vaqtincha olib kirish maqsadida yetkazib berilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, mulkdor (yetkazib beruvchi) muayyan vaqtdan soʻng yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim boʻlgan mashinani vaqtincha foydalanish uchun isteʼmolchiga vaqtincha olib kirish shartlarida yetkazib beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tovarni tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) nazarda tutilgan kafolatlar hisobiga yetkazib berilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, kafolat muddati davomida yetkazib berilgan uskunaning alohida mexanizmlari ishdan chiqdi. Ularni almashtirish uchun yangi detallar yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Agar bitimni tuzishda baholanadigan tovarlar qiymatini aniqlashga va binobarin, bitim qiymatining bojxona maqsadlari uchun qabul qilinishiga toʻsqinlik qiladigan shartlar bitim shartlari sifatida ilgari surilgan boʻlsa, bunday holatda 1-usulning qoʻllanilishi mumkin emas. Shunday shartlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi import qilinadigan tovarlarga narxni sotib oluvchi muayyan miqdorlardagi boshqa turdagi tovarlarni ham tovarning har bir turiga narx koʻrsatilmagan holda sotib oladi degan shart asosida belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, 5 000 pul birligi summasidagi charm buyumlari yetkazib berilmoqda. Yetkazib beruvchi import qiluvchining qiymati nomaʼlum boʻlgan 2 ming juft poyabzalni ham qoʻshimcha ravishda sotib olishini shart qilib qoʻyadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qilinadigan tovarlarning narxi xuddi shunday tovarlar sotib oluvchining import qilinadigan tovarlarning sotuvchisiga sotadigan boshqa tovarlarning narxi yoki narxlariga bogʻliq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, sotuvchi 1 000 pul birligi summasidagi elektr jihozlarini sotmoqda. Sotib oluvchi esa ushbu sotuvchiga bunday tovarlarni ishlab chiqarish uchun releni sotmoqda. Bunda, sotuvchi relening narxini — 10 000 pul birligi degan shartni qoʻyadi. Shunday qilib, elektr uskunalari narxi rele narxining taʼsiri “sinovidan oʻtadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narx import qilinadigan tovarlarga aloqasi boʻlmagan haq toʻlash shakli asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, import qilinadigan tovarlar sotuvchi tayyor mahsulotlarning muayyan miqdorini olish sharti asosida yetkazib beradigan yarim tayyor mahsulotlardan iborat. Sotuvchi 10 000 pul birligiga yogʻoch-taxta sotayapti. Sotib oluvchi yogʻoch-taxtadan jami 1 000 dona stolni ishlab chiqaradi. Sotuvchi shunday shart qoʻyadiki, unda sotib oluvchi yogʻoch-taxta uchun haq toʻlash hisobiga 500 ta stolni yetkazib beradi, bu holatda stollarning qiymati aniqlanmagan boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldi-sotdi shartnomasi faqat ushbu sotuvchidan sotib olish shartini nazarda tutadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday shartlar mavjud boʻlsa, ularning bitim qiymatiga taʼsir etgan yoki etmaganligini va bunday taʼsirni miqdoriy jihatdan aniqlash mumkinligiga oydinlik kiritilishi kerak. Faqatgina shartning qiymatga taʼsiri miqdoriy jihatini aniqlash mumkin boʻlsa hamda maʼlum qilingan narx haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx boʻlsa, 1-usulni qoʻllash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holatda bitim shartlarini koʻrib chiqishda, shuningdek, umum qabul qilingan xususiyatga ega boʻlgan va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokChilariga tatbiq etiladigan (yoki ularga taqdim etilishi mumkin boʻlgan) va tanlangan tusdagi hamda umum qabul qilinmagan shartlarni ham farqlay bilish lozim. Quyida tashqi iqtisodiy faoliyatda mavjud boʻlgan, 1-usul qoʻllanilishiga ruxsat etilgan tovar yetkazib berishning umum qabul qilingan shartlari keltirilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib berishning barcha umum qabul qilingan shartlari (avvalo, INKOTERMSga kiritilgan yetkazib berish shartlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimlarni tuzish va yetkazib berishning “ekspertni jalb etish (ekspert xulosasi mavjudligi) sharti bilan xarid qilish”, “tovarni maʼlum bir sanaga qadar yetkazib berish sharti bilan xarid qilish” kabi umum qabul qilingan shartlari, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari uchun umumiy boʻlib hisoblanadigan va bitim narxiga taʼsir qilmaydigan (tovar soniga qarab chegirmalar berish, mazkur sotuvchining “ishonchliligi” va h.k. kabi) boshqa shartlar. Masalan, agar mazkur sotib oluvchiga tovarni har doim aynan shu sotuvchidan sotib olganligi uchun qiymatidan chegirma qilinishi umum qabul qilingan amaliyot deb hisoblanadigan boʻlsa, unda bunday chegirma va binobarin bitim qiymati tan olinishi kerak va 1-usul qoʻllanilishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotib oluvchi tomonidan sotuvchiga Oʻzbekiston Respublikasida tayyorlangan texnik topshiriqlar yoki chizmalarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotib oluvchi oʻz hisobidan (ehtimol, hatto sotuvchi bilan kelishgan holda) import qiladigan tovarlarni sotish bilan bogʻliq qandaydir harakatlarni amalga oshirish, masalan, sotib oluvchi haqini toʻlaydigan reklama boʻyicha faoliyat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agar tuzilgan kelishuv shartlariga koʻra, sotib oluvchi tovarning keyinchalik qayta sotilishi, tasarruf etilishi yoki undan foydalanilishidan soʻng tushgan tushumning bir qismini sotuvchiga oʻtkazishi kerak boʻlsa-yu, lekin, bunday qism miqdori yoki uni aniqlash usuli shartnomada koʻrsatilmagan boʻlsa, 1-usulning qoʻllanilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kelishuv shartlariga koʻra, tushumning oʻtkaziladigan qismi miqdorini hisoblab chiqarish mumkin boʻlsa, unda bojxona qiymati ikki bosqichda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi bosqichda bojxona qiymati tovar olib kirilishi vaqtida 1-usul bilan aniqlanadi va uning erkin muomalaga chiqarilishi belgilangan tartibda bojxona organining belgisi qoʻyilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi bosqichda tovarni keyinchalik qayta sotilishi, tasarruf etilishi yoki undan foydalanilgandan soʻng deklarant yoki bojxona brokeri olingan tushum miqdori va sotuvchiga oʻtkaziladigan mablagʻ toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu maʼlumotlar asosida bojxona qiymati va shunga muvofiq, undirilishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasiga tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilinadigan tovarning bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan maʼlumotlar toʻgʻri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslanishi kerak. Bojxona qiymati deklaratsiyasida koʻrsatilgan sotib oluvchi tomonidan haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan summalar hujjatlar asosida tasdiqlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, toʻlovlar bevosita yoki bilvosita Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bevosita toʻlovlar deganda, Oʻzbekiston Respublikasining valyuta qonun hujjatlari talablariga muvofiq har qanday shaklda toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirilishini nazarda tutsa, bilvosita toʻlovlar sotuvchi topshirigʻiga koʻra yoki uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu talabga muvofiq bojxona qiymati faqatgina uning bojxona qiymati deklaratsiyasida koʻrsatilgan hamma elementlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda, 1-usul bilan aniqlanishi mumkin, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim narxi — toʻlash uchun hisobvaraq-faktura (invoys) orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim qiymatiga qoʻshimcha hisoblanmalar — toʻlov va tovarning kuzatuv hujjatlari orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobdan chiqariladigan (chegiriladigan) xarajatlarning summalari — toʻlov, tovarning kuzatuv va bojxonaga doir hujjatlar orqali.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-usul hujjatlar asosida tasdiqlanmasa qoʻllanilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarning eksport qilinadigan mamlakatdan bojxona chegarasi orqali Oʻzbekiston Respublikasiga olib oʻtilishi va sotib oluvchidan ushbu tovar evaziga pullik hisoblarning (toʻlovlarning) qabul qilingan shakllariga muvofiq teng miqdordagi pul summasini yoki tovarni olish uchun asos boʻladigan qiymatga doir baholash yoki uning hisoblab chiqarish usulini oʻz ichiga olgan tashqi savdo kontraktining (shartnomaning, kelishuvning) mavjudligi 1-usulni qoʻllash sharti boʻlib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, sotib oluvchilar zanjiri mavjudligida bojxona qiymatining aniqlanishini quyidagi jadvalda koʻrish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bitim qatnashchilari

Sotuvchi

1-sotib oluvchi

2-sotib oluvchi

3-sotib oluvchi

Davlatlar

(A) Xitoy

(B) Kanada

(V) AQSH

(G) Oʻzbekiston

Savdo bitimi qiymati

10 000 $

15 000 $

20 000 $

?

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar Xitoydagi sotuvchidan Kanada va AQSHdagi sotuvchilar orqali Oʻzbekistonga olib kiriladi va erkin muomalaga chiqarish uchun deklaratsiyalanadi. Bunda, bitim narxi quyidagi tarzda oʻzgaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A dan B gacha — 10 000 AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
B dan V gacha — 15 000 AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V dan G gacha — 20 000 AQSH dollari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotib oluvchilar zanjiri mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida tovarni erkin muomalaga chiqaradigan shaxsning xarid narxi bitim narxi sifatida olinadi. Ushbu misolda “3 (G)” — sotib oluvchining 20 000 AQSH dollariga teng xarid narxini bitim narxi sifatida qabul qilish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzaro bogʻliq shaxslar deganda, kuyidagi belgilarning hech boʻlmaganda bittasiga mos keladigan shaxslar tushuniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) yoki bitim taraflaridan birining mansabdor shaxsi ayni vaqtda bitim boshqa tarafining mansabdor shaxsi boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim taraflari yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar boʻlsa;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) boshqa taraf bilan mehnat munosabatlari boʻyicha bogʻliq boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim taraflarining biri bitim boshqa ishtirokchisining ustav fondida (ustav kapitalida) ovoz berish huquqi bilan ustav fondining (ustav kapitalining) kamida besh foizini tashkil etuvchi hissaga (payga) egalik qilsa yoki aksiyalarining egasi boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimning har ikkala tarafi bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxs tomonidan nazorat qilinayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimning taraflari bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxsni nazorat qilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimning bir tarafi va (yoki) uning mansabdor shaxsi bevosita yoki bilvosita bitimning ikkinchi tarafini nazorat qilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim taraflari va (yoki) ularning mansabdor shaxslari qarindosh boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitim taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga oʻzaro bogʻliqligi, shuningdek, bunday oʻzaro bogʻliqlikning bitim narxiga taʼsiri toʻgʻrisidagi hujjat va maʼlumotlar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma munosabatlarining taraflari boʻlgan, foyda olish maqsadida faoliyatni amalga oshiradigan hamda ushbu faoliyat davomida barcha xarajatlarni va zararlarni birgalikda qoplashni oʻz zimmasiga oladigan vakolatli shaxslar yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar deb hisoblanadi. Agar bunday shaxslardan biri boshqasining yagona agenti yoki yagona distribyutori yoxud yagona konsessioneri boʻlsa, ular ushbu bandning maqsadlari uchun oʻzaro bogʻliq deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma munosabatlarida shaxs boshqa shaxsning xatti-harakatlarini amaliy yoki huquqiy jihatdan cheklasa yoxud nazorat qilsa, u boshqa shaxsni boshqaruvchi shaxs deb hisoblanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi bilan sotib oluvchi oʻrtasida aloqadorlikning mavjudligi bitimning maʼlum qilingan qiymatini tan olmaslik va 1-usulni qoʻllashni rad etish uchun asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqlik belgilari mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi bitimning amaldagi holatlarini oʻrganib chiqishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bojxona organi bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi bitim bahosiga taʼsir koʻrsatmagan deb topsa, ushbu bitim bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi. Aks holda, bojxona organi deklarantga yoki bojxona brokeriga mazkur oʻzaro bogʻliqlik bitim narxiga taʼsir koʻrsatmaganligini isbotlovchi dalillarni oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra amalga oshirilgan bitimning narxi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi, agar deklarant yoki bojxona brokeri bitimning qiymati baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin yoki olib kirilganidan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida tovarning olib kirilayotganda bojxona organi rozi boʻlgan quyidagi qiymatlarning biriga yaqinligini isbotlay olsa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida oʻzaro bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar sotilayotgandagi bitimning qiymatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning 4-usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning 5-usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslash uchun taqdim etilgan, ushbu bandning oʻn yettinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan bitimning bahosiga va tovarning bojxona qiymatiga quyidagi mezonlar boʻyicha farqlar hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi:
(20-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi bitimda sotuvchining xarajatlari, agar bunday xarajatlar sotuvchi tomonidan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs bilan tuzilgan bitimda amalga oshirilmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslashga taqdim etilgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bitim bahosidan yoki bojxona qiymatidan baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bitimning bahosi oʻrniga foydalanilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari sotuvchi bilan sotib oluvchi oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud boʻlgan holatlarni tekshirish uchun ushbu Nizomning 9-bobida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Koʻrib chiqilayotgan bitim shartlariga muvofiqligini hisobga olgan holda bojxona qiymatini aniqlashning 1-usuli qoʻllanilishi mumkinligi belgilangandan soʻng maʼlum qilingan qiymatga tuzatish kiritish ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona qiymatini aniqlashning boshlangʻich nuqtasi har doim haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan qiymatni, yaʼni sotib oluvchi sotuvchiga haqi toʻlangan haqiqiy xarajatlarni belgilash hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday holatda bitimning qiymatini tasdiqlash uchun deklarant yoki bojxona brokeri bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirishda, ushbu tovarga haq toʻlash uchun sotuvchi tomonidan qoʻyilgan hisobvaraq-fakturani (invoysni) haqi toʻlangan yoki toʻlanmaganligidan qatʼi nazar taqdim qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida tovar haqining toʻlanishi amalga oshirilgan boʻlsa, u holda sotuvchi tomonidan qoʻyilgan va sotib oluvchi tomonidan haqi toʻlangan hisobvaraq-faktura (invoys) tasdiq sifatida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tovarni bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida sotib oluvchi sotuvchi tomonidan qoʻyilgan hisob haqi toʻlanmagan boʻlsa, unda bojxona organiga haqi toʻlanmagan hisobvaraq-faktura (invoys) taqdim etiladi va unga asosan bojxona qiymati deklaratsiyasida koʻrsatilgan summaning hisobvaraq-fakturadagi (invoysdagi) summaga muvofiqligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holda agar shartnoma shartlari boʻyicha faktura qiymatidan chegirmalar nazarda tutilgan boʻlsa va bojxona rasmiylashtiruvi vaqtiga qadar ushbu chegirmalar inobatga olingan holda hisob toʻlangan boʻlsa, bojxona qiymatini aniqlash uchun amalda toʻlangan summa asos etib qabul qilinadi (yaʼni chegirmalar inobatga olinadi). Bojxona organi ushbu toʻlovni tasdiqlovchi bank hujjatlarini talab qilish huquqiga ega, sotib oluvchi esa koʻrsatilgan hujjatlarni bojxona organiga taqdim etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haqi toʻlanmagan hisoblarda toʻlov shartlari boʻyicha chegirmalar qabul qilinmaydi. Hisob haqi toʻlanishi amalga oshirilgandan keyin bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob boʻlmaganda 1-usul qoʻllanilmaydi va bojxona qiymatini aniqlashning keyingi usullari orqali boshqa usullar bilan aniqlanadi. Agar taqdim etilgan hisobvaraq-faktura (invoys) bojxona organida shubha uygʻotsa (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boʻlishi talab etiladigan muhrlarning mavjud emasligi, sotuvchi yoki sotib oluvchining rekvizitlari yoʻqligi, maʼlumotlarning noaniq ifodalanishi), bojxona organi bitim qiymatini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarni (bank, tijorat hujjatlari va boshqalar) talab qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilishda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qoʻllashni rad etishga asos boʻlib hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda bojxona organi tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi), tovarning kuzatuv hujjatlari, tovarning tashqi koʻrinishida (qadogʻida, oʻramida va h.k.) mavjud boʻlgan tovar haqidagi maʼlumotlar asosida uning ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan mamlakati va boshqa zarur boʻlgan maʼlumotlarni aniqlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant yoki bojxona brokeri bojxona yuk deklaratsiyasining tegishli bandida tovar tavsifi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish bilan birga uning ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarilgan mamlakati haqidagi axborotlarni ham kiritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sotuvchi tovarga egalik qilish huquqini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidagi dastlabki sotib oluvchidan boshqa sotib oluvchiga oʻtkazishi bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qoʻllashni rad etishga asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, sotuvchi yangi taqdim etgan tovarning kuzatuv hujjatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidagi dastlabki sotib oluvchiga taqdim etgan tovarning kuzatuv hujjatlari asos sifatida qabul qilinadi, bundan sotuvchi tijorat shartlarini oʻzgartirgan holatlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan qiymatni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmasa, 1-usul qoʻllanilmay, bojxona qiymatini aniqlashning keyingi usullari ketma-ketlikda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Bojxona koʻzdan kechiruvi yoki koʻrigini oʻtkazish jarayonida tovarning miqdori tovar kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganiga nisbatan farq aniqlanganda, biroq uning qiymati bojxona qiymatini maʼlum qilish uchun taqdim etiladigan hujjatlar bilan tasdiqlansa, tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usuli qoʻllashni rad etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday tovarning bojxona qiymati olib kiriladigan tovarga doir bitim doirasida kelgan turkumi uchun taqdim etilgan hisobvaraq-faktura (invoys) va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar asosida 1-usul bilan aniqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) muvofiq 3405100000 kodi bilan tasniflanuvchi “Oyoq kiyim uchun krem” tovarining asosiy oʻlchov birligi “kg”, sotilishi esa bozorda “dona”da amalga oshiriladi. Shartnomaga muvofiq ushbu tovardan 10 000 dona olib kelingan. Bojxona koʻrigi davomida hujjatlarga muvofiq 10 000 dona tovarning ogʻirligi 1 000 kg.ni tashkil etishi koʻrsatilgan boʻlsada, 1 200 kg.ni tashkil etdi. Mazkur holatda ortiqcha chiqqan 200 kg. 1 667 donani tashkil etishi aniqlanadi va hujjatlar bilan tasdiqlangan 8 333 donasi uchun koʻrsatilgan qiymat asosida 1-usul qoʻllanilishi mumkin. 1667 dona ortiqcha chiqqan qismi esa keyingi usullarni ketma-ketlikda qoʻllash orqali aniqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan miqdordagi tovarlarning bojxona qiymati, agar ular boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmasa, bojxona qiymatini aniqlashning keyingi usullari ketma-ketlikda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bojxona organi bitim qiymatini deklarant yoki bojxona brokeri taqdim etgan hujjatlarga muvofiq qabul qilgandan soʻng tovarning bojxona qiymatini hisoblab chiqarish uchun undan qoʻshimcha hisoblanmalar yoki chegirmalarni aniqlashi zarur. Bitim qiymatining tarkibi tovarni yetkazib berish shartlariga bogʻliq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qiymatga qoʻshimcha hisoblanmalar sifatida Kodeksning 304-moddasida belgilangan quyidagi xarajatlar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashish qiymati. Tashish qiymatiga, agar bu xarajatlar yetkazib berish shartlariga muvofiq bitimning narxiga kiritilmagan boʻlsa, tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan joygacha tashish xarajatlari kiritiladi. Bunda, agar tashish turli xil transport vositalarida amalga oshirilsa, xarajatlar har bir transport vositasi turi uchun hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashish xarajatlariga shuningdek, fraxt uchun qoʻshimcha toʻlovlar, tovarni olib kirganlik uchun toʻlov (tovar kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtiruvi uchun xarajatlar), ularni tashish vaqtida tovarlarga ishlov berish xarajatlari (tovarning saqlanishini taʼminlanishi uchun kerakli haroratni, namlikni ushlab turish, havo aylanishi, yoʻlda hayvonlarning ozuqa bilan taʼminlash va muolaja qilish va h.k. uchun qilinadigan xarajatlar) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EXW va FAS yetkazib berish shartlarida sotib oluvchi eksport mamlakatidan olib chiqishda tovarni bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan xarajatlari inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yetkazib berish begʻaraz yoki sotib oluvchi oʻzining transport vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan boʻlsa, unda transport vositalarining tegishli turlari uchun amalda boʻlgan yuklarni tashish vaqtidagi tariflaridan kelib chiqib hisoblangan tashish xarajatlari summasi bojxona qiymatiga qoʻshiladi. Istisno tariqasida, avtomobil transportida tashish tariflari toʻgʻrisidagi maʼlumot boʻlmagan taqdirda, tashish qiymatiga oid tashkilot (jamiyat)ning tegishli buxgalterlik hisoblab chiqarish hujjatlariga asosan tashish xarajatlarining summasini belgilashga ruxsat etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlari. Ushbu xarajatlar agar ular Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan joyigacha yuzaga kelgan boʻlsa, bojxona qiymatiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, agar yetkazib berish shartlariga binoan tovarni yetkazib berish sotuvchining majburiyatiga kirmasa va shundan kelib chiqib, tegishli xarajatlar tovar qiymatiga qoʻshilmagan boʻlsa, u holda yetkazib berish sotib oluvchining hisobidan amalga oshiriladi. Tovarni yoʻlda bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga qayta yuklash (agarda yetkazib berish turli xil transport vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan boʻlsa), ularni yoʻlda bir joyga tushirish va h.k. kabi barcha xarajatlar bojxona qiymatiga qoʻshilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qiymati. Sugʻurta qiymatiga tovarni yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan sugʻurtalash xarajatlari kiradi, yaʼni tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish davrida sugʻurtalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sotib oluvchi tomonidan qilingan xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vositachilik va brokerlik haqlari, bundan tovarni xarid qilishdagi vositachilik xarajatlari mustasno. Tovarni xarid qilishdagi vositachilik haqlari deganda, sotib oluvchi (komitent) komissionerga oʻziga kerakli boʻlgan tovarni topib berish va baholanayotgan (olib kirilayotgan) tovarni sotib olishda chet elda uni taqdim etish boʻyicha toʻlab beriladigan haqlar tushuniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konteynerlar va (yoki) koʻp marta ishlatiladigan boshqa idishlarning qiymati, agar ular TIF TNga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrov-joylov qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sotib oluvchi tomonidan bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita koʻrsatiladigan quyidagi xizmatlarning va yetkazib beriladigan boshqa tovarlarning tegishli tarzda taqsimlangan qiymati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kiriladigan tovarlar qaysi xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlardan ishlab chiqilgan (iborat) boʻlsa, oʻsha xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan asboblar, shtamplar, qoliplar va boshqa shu kabi tovarlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan materiallar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududidan tashqarida tayyorlangan va olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan loyihalashtirish, ishlab chiqish, muhandislik, konstruktorlik ishlari, dizayn, eskizlar va chizmalar;
(25-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, oʻzgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak boʻlgan har qanday qismining qiymati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning “a” — “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan, bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish, brokerlik xizmati) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning “v” kichik bandida koʻrsatilgan xarajatlar olib kiriladigan tovarlarni bojxona hududiga olib chiqish uchun ishlab chiqarishga va sotishga qaratilishi kerak.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan yigirma uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilmagan xarajatlarni bitim narxiga qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli nomdagi tovarlardan tashkil topgan tovarlarning bitta turkumi yetkazib berilganda, bojxona hududiga olib kirilgan tovarlardan har birining bojxona qiymatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan hamda tovarlarning butun turkumi uchun belgilangan xarajatlarni aniqlash har bir tovar qiymatining tovarlar turkumining qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka mutanosib ravishda, transport xarajatlarini hisobga olishda esa, tovarlarning ogʻirligiga yoxud hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
251. Olib kiriladigan tovarlarni sotib olish bilan bogʻliq va sotib oluvchi tomonidan tuzilgan moliyalashtirish shartnomasi boʻyicha foizlar uchun toʻlovlar quyidagi shartlar bajarilganda, bojxona qiymatining bir qismi deb hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) toʻlovlar tovarlar uchun haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan farq qilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) moliyalashtirish shartnomasi yozma ravishda tuzilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) zaruratga koʻra sotib oluvchi quyidagilarni koʻrsatib berishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunday tovarlar haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx sifatida maʼlum qilingan narxda sotilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talab qilingan foiz stavkasi bunday operatsiyalar boʻyicha moliyalashtirish berilgan mamlakatda va vaqtda amalda boʻlgan darajadan yuqori emasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu talab moliyalashtirish sotuvchi, bank yoki boshqa jismoniy yoxud yuridik shaxs tomonidan taqdim etilishidan qatʼi nazar qoʻllaniladi. Shuningdek, tovarlarning bojxona qiymatini 1-usuldan boshqa usulda aniqlashda ham mazkur band talablari qoʻllaniladi.
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitim narxidan quyidagi toʻlovlar va xarajatlar, agar ular bojxona hududiga olib kiriladigan tovar uchun haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan ajratib olingan boʻlsa, chiqarib tashlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat koʻrsatish yoki texnik koʻmaklashish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin qilinadigan transport xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarni olib kirish yoki sotish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari va boshqa toʻlovlar, agar kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga koʻra bu toʻlovlar sotuvchi tomonidan toʻlansa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar, bundan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari mustasno, tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
261. Olib kiriladigan tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga tegishli boʻlib, sotib oluvchi tomonidan sotuvchiga oʻtkaziladigan dividendlar yoki boshqa toʻlovlar, agar ular olib kiriladigan tovarlar bilan bogʻliq boʻlmasa, olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga kiritilmaydi.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tovarning bojxona qiymatini 2-usul boʻyicha aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. 2-usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati qabul qilinishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Aynan bir xil tovar deganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar bilan fizik xususiyatlariga, sifatiga va bozordagi qadriga koʻra bir xil boʻlgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan boʻlsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni oʻsha shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs ishlab chiqargan tovar mavjud boʻlmagan taqdirda, boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar qabul qilinadi.
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Agar tovarning bitim qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatini oʻz ichiga olgan boʻlsa, aynan bir xil tovar deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Tovarning tashqi koʻrinishidagi juzʼiy farqlar, agar bunday tovar qolgan jihatlari bilan ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan shartlariga muvofiq boʻlsa, unga aynan bir xil deb qarashni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qila olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, bir holatda bogʻ va poliz uchun insektitsidli purkagich qismlarga boʻlingan va suyuqliksiz (kimyoviy moddasiz) yetkazib beriladi. Ikkinchi holatda xuddi shunday purkagichlar esa zaharlovchi kimyoviy moddalar bilan toʻldirilgan va yigʻilgan holda yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Purkagich ikki yigʻilgan qismdan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) nasos va qopqogʻiga biriktirilgan uchlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) zaharlovchi kimyoviy moddalar uchun idish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qismlarga boʻlingan purkagichlarni ishchi holatga keltirish uchun idish suyuqlik bilan toʻldiriladi va qopqogʻi berkitiladi. Shunday qilib, ishlatish uchun tayyorlangan purkagichlar taqqoslasa boʻladigan (oʻxshash) holga kelib, har jihatdan, shu jumladan, aynan bir xil tovarlarning fizik xususiyatlari va bozordagi qadrini oʻz ichiga oladi, bundan bir mamlakatda u qismlarga ajratilgan, boshqasida esa yigʻilgan holda taqdim etilganligi mustasno. Yigʻishga doir operatsiya aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar sifatida koʻrib chiqilayotgan yigʻilmagan yoki yigʻilgan tovarlardagi farqlarning bartaraf etilishiga olib keladi. Shunday qilib, tovarlarning bir holatda yigʻilgan holda, boshqa holatda esa — qismlarga boʻlingan holda yetkazib berilishi ularni aynan bir xil tovarlar sifatida koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Agar aynan bir xil tovar bojxona hududiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taxminan oʻsha miqdorda va (yoki) oʻsha tijorat shartlarida olib kirilgan boʻlsa, aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymati baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Agar tovarni oʻsha miqdorda va oʻsha tijorat shartlarida bojxona hududiga olib kirish hollari mavjud boʻlmasa, boshqacha miqdorda va boshqa tijorat shartlarida olib kirilgan aynan bir xil tovarning ushbu farqlar hisobga olinib bitimning narxiga tuzatishlar kiritilgan holdagi qiymatidan foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Agar aynan bir xil tovar uchun ushbu Nizomning 25-bandi uchinchi xatboshisining “a” kichik bandida koʻrsatilgan xarajatlarning qiymati baholanayotgan tovar uchun shunday xarajatlarning qiymatidan masofa va transportning turlaridagi tafovut tufayli ancha farq qilsa, aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga koʻra aniqlanadigan bojxona qiymatiga tegishli tarzda tuzatishlar kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Baholanayotgan tovarning bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritish deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan toʻgʻri va hujjat bilan tasdiqlangan maʼlumotlar asosida amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, Xitoy davlatidan “LG” kir yuvish mashinasi oluvchi “X” tomonidan bepul import qilinadi. Xuddi shu turdagi mashina Koreya Respublikasidan sotib oluvchi “Y” tomonidan savdo kelishuviga muvofiq import qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tovar

Joʻnatuvchi davlat

Tovar nomi, qiymati va miqdori

Importer

“A”

Yetkazib beruvchi

(Xitoy Xalq Respublikasi)

Bepul yetkazib berish “LG” kir yuvish mashinalari (10 dona)

Oluvchi

(X)

“B”

Sotuvchi

(Koreya Respublikasi)

Aynan bir xil tovarni yetkazib berish boʻyicha savdo bitimi

(100 dona) Bojxona qiymati = 2 450 AQSH dollari

Sotib

oluvchi

(Y)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“A” tovar uchun 1-usulni qoʻllash mumkin emas, chunki tovarni olib kirish uchun savdo bitimi mavjud emas. “B” tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun 1-usul qoʻllanilgan. Oluvchi “X” va sotib oluvchi “Y” tomonidan olib kirilgan kir yuvish mashinalari aynan bir xil tovarlar hisoblanadi. “B” tovarning bojxona qiymati 1-usulda aniqlanganligi sababli, uni bepul yetkazib beriladigan tovarlarga, ularning miqdoriga qarab zarur tuzatishlar kiritilgan tarzda 2-usul bilan aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. 2-usulni qoʻllashda aynan bir xil tovarga doir bir nechta bitim aniqlansa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bahosi eng past boʻlgan aynan bir xil tovarga doir bitim qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. 2-usulni qoʻllashda baholanayotgan tovar uchun ilgari rasmiylashtirilgan aynan bir xil tovarning bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanilayotgan boʻlsa va bunday tovar rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasida ularning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum deb qayd etilgan boʻlsa, bojxona organi bunday bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanishni rad etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qoidalar 2-usul bilan baholanayotgan tovar boʻyicha rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum deb qayd etilib, asos sifatida foydalanilayotgan tovarning kelib chiqish mamlakati maʼlum boʻlgan bojxona qiymatiga ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlashda ushbu Nizomning 22-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari qoidalari qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. 2-usulni koʻllashda tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmaganligi sababli shartli chiqarib yuborilgan tovarlarning bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tovarning bojxona qiymatini 3-usul boʻyicha aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. 3-usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati ushbu bobda koʻrsatilgan shartlarga rioya etgan holda asos sifatida qabul qilinishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Oʻxshash tovar sifatida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar bilan har jihatdan bir xil boʻlmasa-da, u bilan oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlganligi va tarkib jihatdan oʻxshashligi tufayli bir xil vazifalarni bajara oladigan hamda tijorat nuqtai nazaridan, shu jumladan sifati, bozordagi qadri, tovar belgisining mavjudligiga koʻra uning oʻrnini bosa oladigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar mavjud boʻlmagan taqdirda boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Agar bitimning qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlarini oʻz ichiga olsa, tovar oʻxshash tovar deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. 3-usuldan foydalanilayotganda ushbu Nizomning 31 — 37-bandlari qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. 3-usuldan foydalanishda 2-usulni qoʻllashdagi kabi tamoyillar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, bir-biriga oʻxshash chegaralarga ega rezina shinalar bir mamlakatda joylashgan ikki xil ishlab chiqaruvchilardan import qilinmoqda. Har bir ishlab chiqaruvchi oʻz savdo belgisidan foydalanishiga qaramasdan rezina shinalar bir xil standartlarga, sifatga va bir xil qadrga ega hamda import qiluvchi mamlakatning avtomobil sanoatida foydalaniladi. Ushbu maʼlumotlar asosida quyidagicha xulosalar chiqarilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ushbu rezina shinalar turli savdo belgilariga ega boʻlganligi sababli ularni aynan bir xil tovarlar sifatida koʻrib chiqilishi mumkin emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) shu bilan birga, garchi bu shinalar har jihatdan bir xil boʻlmasa-da, ular oʻxshash funksiyalarni bajarishga imkon beradigan oʻxshash xususiyatlarga va tarkibiy materiallarga ega. Tovarlarning bir xil standartlarni hisobga olib ishlab chiqarilganligi, sifati va bozordagi qadri jihatidan bir xilligi va savdo belgisiga ega ekanligi sababli ularni oʻxshash tovarlar sifatida koʻrib chiqish kerak boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Tuzatishlar kiritishga nisbatan qoʻyiladigan talablar 2-usul boʻyicha tuzatishlar kiritishga qoʻyiladigan talablar singari boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tovar

Joʻnatuvchi davlat

Tovar nomi, qiymati, miqdori va yetkazish sanasi

Importer

“A”

Yetkazib beruvchi

(Xitoy Xalq Respublikasi)

Bepul yetkazib berish (kafolat hisobiga) “Samsung” kir yuvish mashinasi — 10 dona (yetkazib berish sanasi 01.01.2020-y.)

Oluvchi

(X)

“B”

Sotuvchi

(Koreya Respublikasi)

Oʻxshash tovarni yetkazib berish boʻyicha savdo bitimi “LG” kir yuvish mashinasi — 1000 dona;

Bojxona qiymati = 245 000 AQSH dollari (yetkazib berish sanasi 05.10.2019-y.)

Sotib oluvchi

(Y)

“V”

Sotuvchi

(Xitoy Xalq Respublikasi)

Oʻxshash tovarni yetkazib berish boʻyicha savdo bitimi “Koning” kir yuvish mashinasi — 20 dona;

Bojxona qiymati = 4 300 AQSH dollari (yetkazib berish sanasi 20.11.2019-y.)

Sotib oluvchi

(W)

“G”

Sotuvchi (Germaniya)

Oʻxshash tovarni yetkazib berish boʻyicha savdo bitimi “Bosch” kir yuvish mashinasi-1500 dona;

Bojxona qiymati = 450 000 AQSH dollari (yetkazib berish sanasi 25.12.2019-y.)

Sotib oluvchi

(Z)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu holatda aynan bir xil boʻlmagan tovarlar taqdim etilgan, chunki tovarlar turli savdo belgisiga va tashqi bezaklaridagi tub farqlarga ega. Bunda bir xil xususiyatlarga ega va bir xil materiallardan tayyorlangan oʻxshash tovarlar nazarda tutilmoqda. Savdoda ular oʻzaro bir-birining oʻrnini bosadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“B”, “V” va “G” pozitsiyalardagi tovarlar 1-usul boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“A” pozitsiyadagi tovar uchun 1-usul qoʻllanilmaydi, chunki sotib olish holati mavjud emas. 2-usul ham qoʻllanilmaydi, chunki aynan bir xil tovarlarning bojxona qiymati mavjud emas. Shunday qilib, mazkur holatda 3-usul qoʻllanilishi lozim. “B”, “V”, “G” pozitsiyalardagi tovarlarning bojxona qiymati aniqlanganligi sababli uni bepul yetkazib berilgan “A” pozitsiyadagi tovarning bojxona qiymatini hisoblab chiqarish uchun asos sifatida ham foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq, ushbu holatda oʻxshash tovarlarga doir 3 ta bitimdan eng past narxga ega boʻlganini tanlash zarur. Bunday holatda “V” pozitsiyadagi yetkazib berilgani eng maqbuli boʻladi, chunki tovar birligining narxi 215 AQSH dollaridan iborat. Shunday qilib, zarur tuzatishlar kiritilgandan soʻng, “A” pozitsiyadagi yetkazib berilgan tovarni baholash uchun “V” pozitsiyadagi tovarning bojxona qiymatidan foydalanish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar deklarant yoki bojxona brokeri ixtiyorida aynan bir xil va oʻxshash tovarlarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlmasa, u holda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga oʻtish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Tovarning bojxona qiymatini 4-usul boʻyicha aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. 4-usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida dastlabki holati oʻzgarmagan holatda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar bojxona hududiga olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida katta miqdorlarda (bir nechta turkumlarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga sotilayotgan, baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxi qabul qilinishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlanadigan yoxud toʻlashga kelishilgan vositachilik haqi yoki foyda uchun ustamalar hamda olib kirilgan oʻsha klassdagi va turdagi tovarni bojxona hududida sotish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni olib kirish yoki sotish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va boshqa toʻlovlarning summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida transportda tashish, sugʻurtalash, yuklash va tushirish uchun sarflangan xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Oʻsha klassdagi yoki turdagi tovar iqtisodiyotning muayyan tarmogʻi mahsulotiga taalluqli boʻlgan tovarlar guruhini, shu jumladan aynan bir xil va oʻxshash tovarlarni anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Ichki bozorda tovarning sotilish narxini tanlashda koʻrilayotgan tovarning import qilinganidan keyingi birinchi tijorat bosqichidagi narxini, yaʼni olib kirilgan tovarning birinchi marta qayta sotilishidagi narxini hisobga olish kerak boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Bojxona qiymati belgilanishi lozim boʻlgan tovar guruhini tanlash quyidagi jadvalda keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Sotuvlar hajmi

Bir birlik narxi

Sotilganlar soni

Ushbu narx boʻyicha sotilgan umumiy miqdor

1 — 10 ta birlik

100

3 ta birlikdan 5 ta sotilgan

5 ta birlikdan 10 ta sotilgan

65

11 — 25 ta birlik

95

11 ta birlikdan 5 ta sotilgan

55

25 tadan ortiq birlik

90

30 ta birlikdan 1 ta sotilgan

50 ta birlikdan 1 ta sotilgan

80

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir narx boʻyicha sotilgan tovarning eng koʻp miqdori 80 tani tashkil etadi, shunday qilib, eng koʻp jamlangan turkumdagi tovar birligining narxi 90 ga teng boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarning sotish narxidan bojxona qiymatini aniqlash uchun ushbu Nizomning 45-bandida koʻrsatilgan xarajatlarning tovar birligiga tegishli qismini chiqarib tashlash kerak. Masalan, bu, 18 pul birligi — savdo ustamasi, 5,4 pul birligi — bojxona bojlari va soliqlar, 0,6 pul birligi — transport xarajatlari boʻlsin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan va tovar birligiga toʻgʻri keladigan barcha xarajatlarning jami summasi 24 pul birligini tashkil etadi. Tovar birligi narxi 90 dan 24 pul birligini chiqarib tashlash zarur. Shunday qilib, tovar birligining bojxona qiymati 66 pul birligini tashkil etadi. Bojxona qiymatini olib kiriladigan tovarlar miqdoriga tuzatish kiritib, baholanayotgan tovarlar turkumining bojxona qiymatini aniqlash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. 4-usul boʻyicha bojxona qiymatini aniqlash maqsadida foydalanish uchun tovar birligi narxini belgilashda import qilinadigan mamlakatda sotuvchiga tovar va xizmatlarni tovarlar ishlab chiqarilishi va ularning import qilinadigan mamlakatga eksportga sotilishi munosabati bilan foydalanish uchun bevosita yoki bilvosita bepul yoki kamaytirilgan narx boʻyicha yetkazib berishni amalga oshiradigan shaxsga qandaydir sotilishi eʼtiborga olinmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin toʻqson kalendar kun ichida sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu Nizomning 44 va 45-bandlari qoidalari inobatga olingan holda baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining qaysi narxi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida eng katta turkumda, oʻzgarmas holatda, baholanayotgan tovar olib kirilgan kunga eng yaqin muddatda, lekin baholanayotgan tovar olib kirilgan kundan eʼtiboran toʻqson kundan kechiktirmay sotilayotgan boʻlsa, oʻsha narx qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bojxona hududida oʻzgarmas holatda sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan holatlarda baholanayotgan tovarning bojxona qiymati tovarga keyinchalik ishlov berilganidan keyin olingan, shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga bojxona hududida eng katta miqdorda sotiladigan mahsulot birligining narxi asosida, deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra aniqlanadi. Bunda tovarning bojxona qiymatiga ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Tovarning bojxona qiymatini 5-usul boʻyicha aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. 5-usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida tovarning quyidagilarni qoʻshish orqali hisoblab chiqarilgan narxi qabul qilinishini nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu bandning “a” kichik bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni Oʻzbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ushbu Nizomning 25-bandi uchinchi xatboshisining “a” kichik bandida koʻrsatilgan xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. 5-usul boʻyicha bojxona qiymati faqat Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan hujjat va maʼlumotlar asosida aniqlanadi. Qoidaga koʻra, tovarni ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasidan tashqarida boʻladi. Shu sababli 5-usuldan foydalanish odatda shunday shartlar bilan cheklangan boʻladiki, ular sotib oluvchi bilan sotuvchi oʻzaro bogʻliq boʻladi va ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organiga ushbu Nizomning 52-bandida koʻrsatilgan zarur maʼlumotlarni taqdim etishga tayyor boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Bojxona qiymatini aniqlash maqsadida tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlar uning mamlakatida ishlab chiqaruvchining roziligi bilan va manfaatdor mamlakat hukumati oldindan yetarli darajada xabardor qilinganligi va u bunday tekshiruvga qarshi eʼtiroz bildirmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi vakillari tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Baholanadigan tovarni tayyorlashda materiallar qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) qayta ishlashga sarflanadigan xarajatlar, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etilgan baholangan tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq hujjat va maʼlumotlar asosida aniqlanishi kerak. Bunday hisobotlar tovar ishlab chiqarilgan mamlakatda qoʻllaniladigan hisobga olishning umumiy qabul qilingan tamoyillariga muvofiq keladigan shart bilan, ular ishlab chiqaruvchining tijorat hisobotlariga asoslanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Umumiy xarajatlar hajmi ushbu Nizomning 52-bandi “a” kichik bandida aks ettirilmagan tovarning ishlab chiqarilishi va eksportga sotilishiga doir bevosita va bilvosita xarajatlarni qamrab olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Agar import qilinadigan tovar uchun qoʻllanilgan 1 — 4 usullar bojxona qiymatini aniqlash imkoniga olib kelmasa, u holda xorijiy ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan kalkulyatsiya hujjatlari asosida bojxona qiymatini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlib, bunda quyidagi xarajatlar, masalan, material uchun xarajatlar, umumiy (qoʻshimcha) xarajatlar, olib kiriladigan tovarning hisoblab chiqarilgan qiymati boʻyicha bojxona qiymati qoʻshilishi kerak. Shubha tugʻilgan holatlarda, ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda kalkulyatsiya hujjatlari tekshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Eksporter tomonidan olinadigan foyda miqdori tovarni Oʻzbekiston Respublikasiga sotishda baholanayotgan tovar bilan oʻsha sinfdagi yoki turdagi, kelib chiqish mamlakati xuddi shu boʻlgan ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladigan hujjat va maʼlumotlar asosida aniqlanishi lozim. Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning eksport mamlakatidagi ishlab chiqaruvchilar tovarlarni import mamlakatiga olib chiqish uchun amalga oshiradigan, baholanayotgan tovarlar sinfidagi yoki shu turdagi tovarlarning sotilishidagi koʻrsatkichlarga muvofiqligiga eʼtibor qaratish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlarni tahlil etishda, shuni qayd qilish kerakki, “foyda va xarajatlar miqdori” bir butun sifatida koʻrib chiqilishi lozim. Bundan shu kelib chiqadiki, agar biron-bir alohida holatda ishlab chiqaruvchi foydasining miqdori unchalik katta boʻlmasa hamda uning umumiy xarajatlari yuqori boʻlsa, unda uning foydasi va birga olingan umumiy xarajatlari, odatda shunday sinfdagi yoki turdagi tovarlar sotilishida aks etadigan bunday koʻrsatkichlarga muvofiq kelishi mumkin. Bunday vaziyat, masalan, mahsulot import mamlakatidagi bozorga chiqqanda va ishlab chiqaruvchi ushbu bozorni oʻzlashtirish bilan bogʻliq yuqori umumiy xarajatlarni qisman shuning hisobiga qoplash uchun foydani nol yoki past darajani qabul qilganda vujudga kelishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Agar ishlab chiqaruvchi alohida tijorat holatlari tufayli import qilinadigan tovarlarni sotilishidan foyda olayotganligini koʻrsata olsa, unda uning foydaning amaldagi koʻrsatkichlarini oqlash uchun jiddiy tijoratga doir dalillari mavjud boʻlib, uning narxlarga oid siyosati sanoatning ushbu tarmogʻidagi oddiy narx siyosatini aks ettirishi sharti bilan bunday koʻrsatkichlarni eʼtibor uchun qabul qilish kerak boʻladi. Bunday vaziyat, masalan, ishlab chiqaruvchi talabning kutilmaganda pasayib ketishi natijasida narxni pasaytirishga majbur boʻlganida yoki u import qiladigan mamlakatida ishlab chiqariladigan tovarlar toifasini toʻldirish tartibida sotadigan va oʻzining raqobatga bardoshliligini saqlab qolish maqsadida kam foydaga rozi boʻladigan holda vujudga kelishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Ushbu Nizomning 25-bandi uchinchi xatboshisining “a” kichik bandida koʻrsatilgan xarajatlarga quyidagi tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashish qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu xarajatlar ham hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Bojxona qiymatini 5-usul bilan aniqlash maqsadlari uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladigandan tashqari hujjat va maʼlumotlardan foydalanilayotgan boʻlsa, bojxona organi bunday axborotlarning manbasini, foydalanilgan maʼlumotlar hamda ular asosida amalga oshirilgan hisobotlar toʻgʻrisida deklarant yoki bojxona brokerini, agar u bu haqda soʻrasa, xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Bojxona qiymatini 5-usul bilan aniqlashda hech qanday xarajatlar va materiallarning qiymati ikki marotaba hisobga olinmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Tovarning bojxona qiymatini 6-usul boʻyicha aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Agar tovarning bojxona qiymatini ushbu Nizomning 6-bandi ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan bojxona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlikda qoʻllash natijasida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan aniqlash mumkin boʻlmasa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlash usullarining muddatlarni qoʻllash, tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatini, aynan bir xilligini yoki oʻxshashligini aniqlashga doir talablarini bir muncha qayishqoqlik bilan qoʻllash orqali aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Agar bojxona organi olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymati oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asosan 6-usul bilan aniqlasa, u deklarantning soʻroviga koʻra bunday maʼlumotlarning manbalari toʻgʻrisida xabar beradi. Bojxona organi zaxira usulni toʻgʻri qoʻllash maqsadida bunday axborotni yigʻib boradi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Quyidagilar bojxona organi oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi axborot hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona yuk deklaratsiyalari elektron baza maʼlumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(66-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/604/0929-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil manbalaridan olingan narxlar (masalan, ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki yetkazib beruvchilarning rasmiy eʼlon qilinadigan maʼlumotnomalari, byulletenlari, birja kotirovkalari, prays-varaqlardan, ular uyushmalari yoki birlashmalarining yigʻma narx maʼlumotnomalaridan, tovarlarni ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarining, ularning rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan dilerlari yoki distribyutorlarining maʼlumotlaridan, davlatlararo maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan davlatlardan olingan narx maʼlumotlari, baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibdagi baholash hisobotlari, ichki bozorni oʻrganish dalolatnomalari, shuningdek, narxlar konyunkturasini xolis shakllantiradigan umumiy foydalaniladigan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning boshqa ishonchli manbalari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. 6-usuldan foydalanishda hujjatlar bilan tasdiqlashga doir talablar quyidagilarni boshqa usullarga nisbatan bir muncha qayishqoqlikka yoʻl qoʻyadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon narxlariga doir, ichki bozordagi narxlariga doir axborot maʼlumotnomalaridan foydalanishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vositachilik haqlari, chegirmalar, foydalar, transport tariflari umum qabul qilingan darajalarining statistik maʼlumotlaridan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda baholanayotgan tovarlarning yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda maʼlumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Tovarning bojxona qiymatini 6-usulda aniqlash uchun asos sifatida quyidagilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oʻxshash tovarning sotilish narxidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikki muqobil qiymatdan eng yuqorisi bojxona baholash maqsadlari uchun qabul qilinishini nazarda tutuvchi tizimdan;
(68-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozoridagi tovar narxidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) bojxona qiymatini aniqlash uchun qiymatlarni qoʻshish usulini qoʻllashda foydalanilmaydigan ishlab chiqarish chiqimlaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) eksport qilayotgan mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga yetkazib berilayotgan tovarning narxidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) eng past bojxona qiymatlaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tovarning oʻzboshimchalik bilan belgilangan yoki toʻgʻri tasdiqlanmagan narxidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning “b”, “e” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib, tovarning bojxona qiymatini 6-usul bilan aniqlashda bojxona organi oʻrtacha bojxona qiymatiga asoslanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
681. Ushbu Nizomning 64-bandiga muvofiq baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning bir nechta usulini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, ularni qoʻllashning ketma-ketligiga amal qilinishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kiriladigan tovarlarning ushbu bandga muvofiq belgilangan bojxona qiymati imkon qadar avval belgilangan bojxona qiymatlariga asoslanishi kerak.
(681-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Quyidagilar usullarda belgilangan qoidalarni qoʻllashda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan oqilona qayishqoq yondashuviga misollar boʻla oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarga nisbatan qayishqoqlik quyidagilar yuzasidan yoʻl qoʻyilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kirish muddatlariga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanishi lozim boʻlgan tovarni eksport qiluvchi mamlakatdagi boshqa ishlab chiqaruvchi, shuningdek, eksport qiluvchi mamlakatdan boshqa bir oʻzga mamlakatda ishlab chiqarilgan olib kirilgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida foydalanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari 4 va 5-usullar bilan aniqlangan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bojxona qiymatidan foydalanilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-usulga nisbatan qayishqoqlik quyidagilar yuzasidan yoʻl qoʻyilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki bozorda tovarni sotish muddatlariga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qanday holda import qilinganligiga, yaʼni muayyan qayta ishlashga yoʻl qoʻyilganligiga nisbatan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Bojxona organi bojxona qiymatini aniqlashning 2 yoki 3-usul asosidagi 6-usulni qoʻllashda baholanayotgan tovar uchun ilgari rasmiylashtirilgan aynan bir xil tovarning bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanilayotgan boʻlsa va bunday tovar rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasida ularning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum deb qayd etilgan boʻlsa yoki 2 yoxud 3-usul asosidagi 6-usul bilan baholanayotgan tovar boʻyicha rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum deb qayd etilib, asos sifatida foydalanilayotgan tovarning kelib chiqish mamlakati maʼlum boʻlsa, bunday usullar bilan bojxona qiymati aniqlashda ushbu Nizomning 36-bandi qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. 2 yoxud 3-usul asosidagi 6-usulni qoʻllashda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan toʻliq ozod etilgan (bunday tovarlarning bojxona qiymati 1-usul bilan aniqlangan boʻlsa ham) yoki tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmaganligi sababli shartli chiqarib yuborilgan tovarlarning bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Bojxona organi bojxona qiymatini aniqlashning 4-usul asosidagi 6-usulni qoʻllash uchun ushbu Nizomning 44 — 51-bandlari va 69-bandining “b” kichik bandi qoidalariga muvofiq ichki bozorda shakllangan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarning narxlarini savdo hududlariga chiqish yoki muqobil manbalar orqali oʻrganadi va oʻrganishni vakolatli shaxs hamda deklaratsiyalovchi shaxslarni jalb etgan holda amalga oshiradi. Zaruriyat tugʻilgan hollarda bojxona organi vakolati doirasida mazkur oʻrganishga boshqa shaxs va ekspertlarni ham jalb etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Oʻrganish yakunlari boʻyicha ishtirokchilar tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaga narxlari oʻrganilgan tovarlarning fotosuratlari, muqobil manbalardan olingan maʼlumotlar ilova qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Dalolatnomaga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganish ishtirokchilarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganish sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganish amalga oshirilayotgan hudud nomi va manzili (bozor va (yoki) savdo doʻkoni), agar muqobil manba axborotlari asosida oʻrganilayotgan boʻlsa, u toʻgʻrisida maʼlumot (masalan, internet sayti manzili va h.k.);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning nomi (markasi, modeli va h.k.);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar birligining ichki bozorda sotilish qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar birligining ichki bozorda sotilish miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning ichki bozorda sotilishdagi oʻlchov birligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning TIF TNga muvofiq oʻlchov birligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnoma oʻrganish ishtirokchilari imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ichki bozorda tovarlarning sotilishi bevosita bozor yoki savdo doʻkonlari joylashgan hududga chiqish orqali oʻrganilayotgan boʻlsa, bunday holda bozor va (yoki) savdo doʻkoni sotuvchisi ham imzolaydi, aks holda dalolatnomada bu uchun ajratilgan band toʻldirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Ichki bozordagi aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarning narxlari boʻyicha tovarning bojxona qiymati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq iqtisodiy-matematika usullarini koʻllagan holda hisoblab chiqarish asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sarflangan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, 4-usul asosidagi 6-usul bilan bojxona qiymatini aniqlash uchun baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ekspert baholash qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovar birligining bojxona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojxona qiymati qayta hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Baholash hisobotida tovarning narxi ichki bozorda shakllangan narx asosida baholangan boʻlsa, tovarning bojxona qiymati ushbu Nizomning 75-bandi qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Agar ekspert baholash hisobotida narxlar ichki bozorda shakllangan narxlardan boshqa muqobil manba axborotlaridan olingan narxlar asosida baholangan boʻlsa, iqtisodiy-matematika usullari qoʻllanilmagan holda bunday narx bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida qabul qilinib, bojxona qiymatiga tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini tekshirish uchun mazkur hisobot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa baholovchi tashkilot tomonidan shartnoma asosida ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Bojxona organi ushbu Nizomning 64 — 79-bandlariga muvofiq aniqlangan tovarning bojxona qiymati hamda shunday qiymatni aniqlash uchun foydalanilgan usul toʻgʻrisida deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra unga yozma yoxud elektron shaklda xabardor etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Sotuvchi bilan sotib oluvchi oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud boʻlgan hollarni oʻrganish va bojxona qiymatini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Sotuvchi va sotib oluvchining oʻzaro bogʻliqligi mavjud boʻlgan hollarda bojxona organi quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avval ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi bilan bitimlar mavjudligi va ular yuzasidan biron-bir eʼtirozlar boʻlganligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organida mavjud boʻlgan mazkur bitimga bevosita yoki bilvosita tegishli boʻlgan axborotni tahlil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari zarur axborotga ega boʻlgach, oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar yuzasidan tuzilgan bitimlar yoxud 4 yoki 5-usullar bilan aniqlangan bojxona qiymati bilan mustaqil ravishda nazoratli taqqoslashlarni amalga oshirishi mumkin. Agar bunday axborot oʻzaro bogʻliqlik bitim qiymatiga taʼsir qilmagan deb xulosa chiqarish uchun yetarli boʻlgan taqdirda maʼlum qilingan qiymat bojxona organi tomonidan deklarantdan yoki bojxona brokeridan qoʻshimcha axborotni soʻramasdan qabul qilinadi va bojxona qiymatini aniqlash uchun 1-usul qoʻllaniladi. Keyingi tekshiruv (tahlil) oʻtkazilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro bogʻliqlikning tovar qiymatiga taʼsirini tahlil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv (tahlil) jarayonida sotuvchi bilan sotib oluvchining tijorat munosabatlarining xususiyati va tashkil etilishi, tovarni sotish shartlari, buyurtmalar qay tarzda berilganligi, tovar qiymati qanday hisoblangani, narxning qanday belgilangani va hisobvaraq-fakturaga kiritilganligi, haq toʻlash qay tarzda amalga oshirilgani, toʻlovlarning qanday oʻtkazilganligi va h.k.lar koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tekshiruv (tahlil) jarayonida sotuvchi bilan sotib oluvchi garchi oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlsa-da, ularning bir-biridan tovarlarni sotib olish va sotish ular oʻrtasida bunday oʻzaro bogʻliqlik boʻlmagan holda sodir etilganligi aniqlansa, unda bunday oʻzaro munosabatlar qiymatga taʼsir etmagan boʻladi. Masalan, agar qiymatning ushbu sanoat tarmogʻidagi narxni belgilashga doir oddiy amaliyotga muvofiq yoki sotuvchining sotish narxini u bilan bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga sotishidagi kabi yoʻl bilan narx belgilasa, bu kontragentlarning oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlari qiymatga taʼsir koʻrsatmaganligini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tekshiruv (tahlil) sotuvchi va sotib oluvchining oʻzaro bogʻliqligi bitim qiymatiga taʼsir qilmaganligini tasdiqlasa, bunday qiymat maqbul deb topiladi va bojxona qiymatini aniqlash uchun 1-usul qoʻllaniladi. Aks holda 2 — 6-usullar qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deklarantga yoki bojxona brokeriga oʻzaro bogʻliqlikning bitim qiymatiga taʼsir etmaganligini isbotlash imkoniyatini berish va deklarant yoki bojxona brokeri taqdim etgan dalillarni koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar bojxona organida deklarant yoki bojxona brokeri maʼlum qilgan bitim qiymatini qabul qilmaslikka asoslar mavjud boʻlsa bunday asoslarni yozma shaklda xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deklarantning yoki bojxona brokerining arizasiga binoan shaxslarning oʻzaro bogʻliqligi bitim qiymatiga taʼsiri tekshiruvi (tahlili) natijalarini kutmasdan bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga oʻtish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisini maxsus hisobga olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Bojxona organi oʻzaro bogʻliqlikning mavjudligi va shu jumladan, uning bitim qiymatiga taʼsiri yuzasidan yetarli darajadagi asosli shubhalar boʻlmaganda ham tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisini maxsus nazorat ostiga olib qoʻyishi mumkin. Bunday nazorat tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining boshqa bitimlarni rasmiylashtirishidagi faoliyatini kuzatish uchun kerak va shundan keyingina zarur boʻlgan holatda va zarur boʻlgan maʼlumotlar yigʻilganda tekshiruv (tahlil) oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Tekshiruvning (tahlilning) oʻtkazilishi va oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasidagi bitim sharoitlarini oʻrganish sotuvchi va sotib oluvchining oʻzaro bogʻliqligi aniqlangan barcha holatlarda ham amalga oshirilmasligi kerak. Bu tarzdagi oʻrganish faqat bojxona organida qiymatning qabul qilinishi maqbulligi yuzasidan yetarli darajadagi asosli shubhalar mavjud boʻlgandagina talab etiladi. Qiymatning qabul qilinishi maqbulligi yuzasidan bojxona organida shubha uygʻonmaganda bunday narx deklarantga yoki bojxona brokeriga qoʻshimcha axborotlarni soʻrab murojaat qilmasdan qabul qilinadi (masalan, agar bojxona organi bundan ilgari kontragentlar oʻrtasidagi mavjud aloqani oʻrgangan yoki yetarli maʼlumotlarga ega boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Bitimning bir qiymati yoki bojxona qiymatining boshqa qiymatga qanchalik “juda yaqinligini” aniqlashda bir qator omillarni eʼtiborga olish kerak. Ushbu omillar import qilinadigan tovarlar xususiyatini; tarmoqning oʻziga xos xususiyatlarini; tovar import qilinadigan mavsumni, shuningdek, qiymatlar farqi tijorat ahamiyatiga ega yoki ega emasligi hisobga olishi zarur. Mazkur omillar turli holatlarda bir xil boʻlmasligi mumkinligi sababli, masalan, qatʼiy belgilangan foiz kabi, universal standartni qoʻllash har bir alohida holda imkonsiz boʻlar edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, bir turdagi tovarga nisbatan qiymatlardagi uncha jiddiy boʻlmagan farqi maqbul boʻlmasligi mumkin, ayni bir vaqtda esa boshqa bir xildagi tovarga nisbatan qiymatlardagi ancha jiddiy boʻlgan farqi juda maqbul boʻlib qolishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Har bir aniq holatda maxsus tekshiruv (tahlil) oʻtkazilishi va ushbu ishga vaziyatdan kelib chiqqan holda qaror qabul qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Moddiy tashuvchi orqali olib kiriladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86. Moddiy tashuvchi orqali olib kiriladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymati aniqlashda ushbu Nizomning 3 — 8-boblari qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Bojxona hududiga olib kirilayotgan va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha uskunalar uchun dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olgan moddiy tashuvchining bojxona qiymatini aniqlashda, agar baholanayotgan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan dasturiy taʼminotning qiymati va (yoki) moddiy tashuvchining qiymati ajratib chiqarilsa, faqat moddiy tashuvchining qiymati hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. Agar dasturiy taʼminot moddiy tashuvchi boʻlmagan tovarning tarkibiga kirsa hamda u bunday dasturiy taʼminotsiz oʻziga xos boʻlgan vazifalarni bajara olmaydigan ushbu tovarning ishlashiga qaratilgan boʻlsa, dasturiy taʼminotning qiymati tovarning qiymatidan ajratib chiqarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Raqamli distributsiya usullari orqali olib kiriladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymati aniqlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Deklaratsiyalanmasdan yoki deklaratsiyada notoʻgʻri koʻrsatilib olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va qayta koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90. Agar qonun hujjatlarida bojxona chegarasidan tovarlarni deklaratsiyalamasdan olib oʻtilishi, biroq, ularning bojxona qiymati aniqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa, bunday tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda ushbu Nizomning 3 — 8-boblari qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. Bojxona chegarasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga xilof ravishda oʻtkazilayotgan tovarlarning bojxona qiymati bozor narxidan kelib chiqib aniqlanishi lozim. Bunday tovarlarning bojxona qiymatini hisoblab chiqarishda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlangan narx boʻyicha bojxona qiymatini aniqlashda ushbu Nizomning 76 — 78-bandlari qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari tomonidan tovarning bojxona qiymati miqdorini aniqlash maqsadida tekshiruv oʻtkazilishi mumkin, bunda tovarlarning bojxona qiymati qayta koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93. Quyidagilar qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlib hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kodeksning 320-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilishda taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlarda nomuvofiqliklarning mavjudligi (eksport, reeskport va tranzit davlatlaridan olingan tovar kuzatuv va tijorat hujjatlarini solishtirish, ekspertiza oʻtkazish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish natijasida aniqlangan holatlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TIF TNga muvofiq tovarning qayta tasniflanishi natijasida bir tovar turidan (nomidan) boshqa tovar turiga (nomiga) oʻtishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha bojxona qiymatini qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94. Bojxona qiymatini qayta koʻrib chiqish uchun bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning tekshiruv maqsadi, uni oʻtkazish muddatlari, tekshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxslarining tarkibi va tekshirilayotgan davr koʻrsatilgan qarori asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona qiymatini qayta koʻrib chiqilishi ayni bir tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) boʻyicha koʻpi bilan bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96. Bojxona qiymatini qayta hisoblab chiqarishda, bojxona organi oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarning oʻrtacha bojxona qiymati toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanadi, bundan xorijiy bojxona organlaridan olingan hujjat va maʼlumotlar asosida va baholash hisobotiga muvofiq bojxona qiymatini qayta oʻrganish mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97. Bojxona qiymatini qayta koʻrib chiqilishi davomida qoʻshimcha ravishda bojxona toʻlovlarining hisoblanishiga sabab boʻluvchi bojxona qiymatining miqdoriga taʼsir etuvchi holat aniqlangan taqdirda, bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishi tugagan paytdan eʼtiboran uch yil ichida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98. Bojxona qiymatini qayta koʻrib chiqish natijalariga koʻra bojxona qiymati qayta hisoblab chiqarishni, shuningdek, bojxona toʻlovlarining qayta hisoblangan summasi aniqlanishi va ular boʻyicha qoʻshimcha mablagʻ undirilishi yoki ortiqcha undirilgan mablagʻ qaytarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99. Bojxona qiymatini qayta qoʻrib chiqish natijasida bojxona toʻlovlari qoʻshimcha hisoblanganda, agar toʻlovchining bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanishiga eʼtirozlari boʻlmasa, Kodeksning 348-moddasiga muvofiq bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma taqdim etilgan kun, toʻlovchi eʼtiroz bildirgan taqdirda esa, sudning bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirgan sana qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish Kodeksning 349, 350, 351 va 352-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Bojxona organlari bojxona qiymati qayta koʻrib chiqilgan tashqi savdo kontraktlarining (shartnomalari, kelishuvlari) hisobini olib borish maqsadida bojxona organlarining axborot tizimida joriy etilgan dastur yordamida reyestrini yuritadi va reyestrga kiritilgan tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) boʻyicha qaytadan tekshiruv oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bob. Bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda bojxona qiymatini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102. Bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish bilan yakunlangan taqdirda tovarlarning bojxona qiymati tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan kunda aniqlangan bojxona qiymat qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimida boʻlish davrida tovarning tabiiy tarzda eskirishi yoki uni tashish va (yoki) saqlashning normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishi, shuningdek, avariya yoxud yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida shikastlangan yoki buzilgan va deklarant yoxud bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga ushbu holatlarga taalluqli boʻlgan taqdim etiladigan maʼlumot toʻgʻri hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni taqdim etsa, bunday tovarlarning bojxona qiymati ularni erkin muomalaga chiqarishda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104. Tovarlarning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlangan narx boʻyicha bojxona qiymatini aniqlashda ushbu Nizomning 76 — 78-bandlari qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-bob. Avariya, yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoki nomaʼlum sabablarga koʻra shikastlanishi yoxud buzilishi, yaroqsiz holatga kelishi, yoʻqolishi va kamomadi aniqlangan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105. Deklarant yoki bojxona brokeri deklaratsiyalanadigan tovarning bojxona qiymati maʼlum qilinguniga qadar aniqlangan tovar turkumining avariya, yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoki nomaʼlum sabablarga koʻra shikastlanishi yoxud buzilishi, yaroqsiz holatga kelishi, yoʻqolishi, kamomadi hajmlariga mos birlikka keltirilgan bojxona qiymatini maʼlum qilish huquqiga ega. Bunday aniqlangan holatlar ekspertiza xulosasi, bojxona koʻrigi dalolatnomasi va boshqa tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
106. Mazkur tovarlarning bojxona qiymati baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Nizomning 76 — 78-bandlarida nazarda tutilgan tartibda toʻliq yoki shunday shikastlanishi yoxud buzilishi, yaroqsiz holatga kelishi, yoʻqolishi, kamomadi aniqlangan qismi uchun aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107. Agar mazkur tovarlar yetkazib berish shartlariga muvofiq sugʻurtalangan boʻlsa, bunday sugʻurtalash qiymati koʻrsatilgan hujjatlar bojxona organiga taqdim etilishi shart va ular aniqlanadigan bojxona qiymatiga qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108. Olib kiriladigan tovarga bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilayotganda ularning bojxona qiymati ushbu Nizomning 3 — 7-boblari qoidalariga muvofiq maʼlum qilinmagan taqdirda, ushbu Nizomning 8-bobi qoidalari qoʻllaniladi. Bunday tovarlarning bojxona qiymati bojxona yuk deklaratsiyasida maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
109. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar notoʻgʻri qoʻllanilgan yoki maqsadsiz foydalanilgan deb topilgan taqdirda, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida aniqlangan bojxona qiymati asosida bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati tiklanadi va bojxona qiymati qayta koʻrib chiqilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141-bob. Dastlabki va davriy deklaratsiyalashda tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1091. Dastlabki va davriy deklaratsiyalanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda ushbu nizomning 3 — 8-boblari qoidalari qoʻllanadi. Bunday tovarlarning bojxona qiymati bojxona yuk deklaratsiyasida maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1092. Mazkur tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga eksport qilish uchun sotilgan sanadan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga eksport qilish uchun sotilgan sana joʻnatuvchi mamlakatning bojxona xizmati tomonidan rasmiylashtirilgan eksport deklaratsiyasida koʻrsatilgan sana asosida, agar ushbu turdagi hujjat mavjud boʻlmasa, hisobvaraq-faktura tuzilgan (invoys) sana asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1093. Dastlabki va davriy deklaratsiyalashning boshqa oʻziga xos tartibotlari qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(141-bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110. Maʼlum qilingan bojxona qiymatini tekshirish zarurati yuzaga kelganda, shu jumladan, qoʻshimcha axborotning olinishi tovarni ushlab turish uchun asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111. Bojxona organi deklarantga yoki bojxona brokeriga maʼlum qilinadigan tovarning bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish uchun qoʻshimcha muddat berishi mumkin, bunday muddat Kodeksning 321-moddasi toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan oltmish kalendar kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
112. Bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan hujjatlar hamda ulardagi maʼlumotlar toʻgʻriligi uchun deklarant yoki bojxona brokeri javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
113. Bojxona qiymati deklaratsiyasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar bojxona organiga oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etiladi. Boshqa tilda toʻldirilgan hujjatlar bojxona organiga deklarant tomonidan tasdiqlangan oʻzbek, rus yoki ingliz tilidagi tarjimasi bilan birga taqdim etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar asl nusxada yoki deklarant tomonidan tasdiqlangan nusxa koʻrinishida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron bojxona qiymati deklaratsiyasi va unga ilova qilinayotgan hujjatlar bojxona organlariga belgilangan format va tuzilishga muvofiq taqdim etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ilova qilinadigan hujjatlarning elektron formati belgilanmagan boʻlsa, ushbu hujjatlarning skaner qilish orqali olingan nusxalari taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114. Bojxona organlari elektron bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanganligini nazorat qilish maqsadida xavfni boshqarish hamda bojxona qiymatining ehtimoliy diapazonini avtomatik hisoblab chiqadigan axborot tizimlari, shuningdek, boshqa axborot tizimlaridan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu tizimlar tomonidan avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) eng koʻp import qilingan tovarlar boʻyicha ularning eng quyi narxlari, shu jumladan asosiy tarkibini tashkil etuvchi xomashyo narxidan past boʻlmagan indikativ narxlar shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati xavfni boshqarish axborot tizimi orqali nazorat qilinishida indikativ narxlardan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Indikativ narxlardan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(114-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/604/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1141. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitim VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimning (Marokash, 1994-yil 15-aprel), shu jumladan, ushbu bitimga doir sharhlarning tegishli qoidalaridan, shuningdek, Jahon savdo tashkilotining Bojxona baholash qoʻmitasi va Jahon bojxona tashkilotining Bojxona baholash boʻyicha texnik qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan tovarlarning bojxona qiymatiga doir hujjatlardan kelib chiqqan holda, bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullarini tanlashda ushbu Nizom qoidalarining bir xil qoʻllanilishini taʼminlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
(1141-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
115. Deklarant yoki bojxona brokeri bojxona organining qaroridan norozi boʻlganda, u yuzasidan yuqori turuvchi bojxona organlari yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
116. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki bozordagi shakllangan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarning narxlarini oʻrganish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DALOLATNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu dalolatnoma biz ___________________________________________________________________________________ tomonidan

(bojxona organi xodimi F.I.O., ish joyi, lavozimi)

_______________________________________________________________________________________________________________

(vakolatli shaxs F.I.O., ish joyi, lavozimi, ishonchnoma asosida boʻlsa raqami va sanasi)

_____________________________________________________________________________________________________ ishtirokida

(deklaratsiyalovchi shaxs (boshqa shaxs va ekspert) F.I.O., ish joyi, lavozimi, ishonchnoma asosida boʻlsa raqami va sanasi)

_____________________________________________________da ________________________________________________________

(yil, kun, oy)

_______________________________________________________________________________________________________________

(oʻrganish joyi nomi (bozor,savdo doʻkoni, muqobil manba))

oʻrganib chiqildi va kuyidagilar aniqlanib, tuzildi:

T/r

Tovar nomi (model, markasi va boshqalar)

Tovar birligining ichki bozorda sotilish qiymati

Tovar birligining ichki bozorda sotilish miqdori

Tovarning ichki bozorda sotilishdagi oʻlchov birligi

Tovarning TIF TNga muvofiq oʻlchov birligi

_________________________________ _________________________________ _________________________________

(bojxona organi xodimi lavozimi)

(Imzo)

(F.I.O.)

_________________________________

_________________________________

_________________________________

(vakolatli shaxs lavozimi)

(Imzo)

(F.I.O.)

_________________________________ _________________________________ _________________________________

(deklaratsiyalovchi shaxs lavozimi)

(Imzo)

(F.I.O.)

_________________________________ _________________________________ _________________________________

(Bozor va (yoki) savdo doʻkoni nomi va joylashgan hududi va shaxsning lavozimi)

(Imzo)

(F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 4-usul asosidagi 6-usulni qoʻllash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAVSIYALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sarflangan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, 4-usul asosidagi 6-usul bilan bojxona qiymatini aniqlash uchun iqtisodiy-matematika usullarini qoʻllagan holda ishlab chiqilgan baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ekspert baholash qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovar birligining bojxona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona toʻlovlarining advalor (foizdagi) stavkalari belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash uchun misol quyidagi tarzda shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qisqartmalarni belgilaymiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq — tovar birligining bojxona qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sn — Oʻzbekiston Respublikasi hududida birinchi marta sotilgan mazkur tovar birligining qiymati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar birligining qiymatidan (Sn) bojxona hududida amalga oshirilgan quyidagi xarajatlar chegiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Import bojxona boji (Bb). Bb = k*Bq, bunda k — import bojxona boji stavkasi koeffitsiyenti. Masalan, boj stavkasi 10 foiz boʻlsa, koeffitsiyent 0,1 ga teng. Boshqa turdagi toʻlovlar koeffitsiyentlari ham shu tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona boji koeffitsiyentini aniqlashda tarif preferensiyalari inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aksiz soligʻi (As). As = t*Bq, bunda t — aksiz soligʻi stavkasi koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoʻshilgan qiymat soligʻi (Qqs). Qqs = p*(Bq+k*Bq+t*Bq) formulasi boʻyicha aniqlanadi, bunda n — KQS stavkasi koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tovarni birinchi marta qayta sotishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida olinadigan tijorat foydasi (Tf).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tf = r*(Bq+Bb+As+Qqs),
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda r — tijorat foydasi koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi transport va boshqa xarajatlar (Tbx).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tbx = g*(Bq+Bb+As+Qqs), bunda r — transport va boshqa xarajatlar koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kiriladigan tovar birligi bojxona qiymati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq = Sn — Bb — As — Qqs — Tf — Tbx
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sn = Bq+Bb+As+Qqs+Tf+Tbx.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tenglamaga Bb, As, Qqs, Tf, Tbx maʼlumotlari koʻrsatkichlarini kiritamiz va Sn = Bq*[(1+k+t)*(1+p)]*(1+r+g) olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Demak,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bq =

Sn

[(1 +k+m) * (1 +n)] * (1 +p+r)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qulaylik uchun [(1+k+t)*(1+p)]*(1+r+g) koeffitsiyentini xarajatlar umumiy koeffitsiyenti deb nomlaymiz va Uxk1 harflari bilan belgilaymiz. Shu tariqa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarning birinchi marta sotilishi narxi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlganda har bir tovar turi uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini hisob-kitob qilishga eʼtibor beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq = Sn / Uxk1.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-misol. Ulgurji bozorda bir dona charm kurtkaning qiymati shartli ravishda 5 000 000 soʻm turadi, bojxona boji stavkasi — 20%, biroq tovarning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum boʻlganligi hamda tarif preferensiyasi qoʻllanilmaganligi sababli bojxona boji stavkasi ikki barobar miqdorda belgilanadi (k = 0,4), aksiz soligʻi — belgilanmagan (m = 0), QQS — 15% (n = 0,15).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat foydasi shartli ravishda QQS stavkasiga teng deb qabul qilinadi — 15% (r = 0,15), transport va boshqa xarajatlar — 5% (r = 0,05)ga teng. Bojxona qiymatini aniqlash uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Mazkur turdagi tovar uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini aniqlaymiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uxk1 = [(1+k+t)*(1+p)]*(1+r+g).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qiymatlarni qoʻyib, quyidagini olamiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uxk1 = [(1+0,4+0)*(1+0,15)]*(1+0,15+0,5) = 1,9;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Bojxona qiymatini aniqlaymiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq = 5 000 000/1,9 = 2 631 578,95 soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaʼni olib kirilgan bir dona charm kurtkaning qiymati taxminan 2 631 578,95 soʻmni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: hisoblash teskari usul bilan tekshirilsa uch foizgacha yanglishishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-misol. Ulgurji bozorda bir kilogramm shakar mahsulotining qiymati shartli ravishda 5 760 soʻm. Bunda bojxona boji stavkasi — 20%, biroq tovarning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum boʻlganligi hamda tarif preferensiyasi qoʻllanilmaganligi sababli bojxona boji stavkasi ikki barobar miqdorda belgilanadi (k = 0,4), aksiz soligʻi — 20% (m = 0,20), QQS va tijorat foydasi — 15% (n = r = 0,15), transport va boshqa xarajatlar — 5 foiz (r = 0,05)ga teng.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona qiymatini aniqlash uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Mazkur tovar turi uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini aniqlaymiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uxk1 = [(1+k+t)*(1+p)]*(1+r+g) =
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
= [(1+0,4+0,2)*(1+0,15)*(1+0,15+0,05) = 2,2;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Bojxona qiymatini aniqlaymiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq = Sn / Uxk1
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq = 5 760/2,2 = 2 618,18
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir kilogramm shakar mahsulotining bojxona qiymati taxminan 2 618,18 soʻmga teng.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarning spetsifik xususiyatlari, bojxona boji, soliq va yigʻim stavkalari turlarining oʻzgarishi va yangilari joriy etilishi munosabati bilan bojxona organlari olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 4-usul asosidagi 6-usulni qoʻllash boʻyicha yangi tavsiyalar ishlab chiqadi va ushbu tavsiyalar bojxona qiymatini aniqlashda barchaga tatbiq etiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2022-y., 09/22/160/0277-son; 15.10.2022-y., 09/22/604/0929-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)