31.03.2022 yildagi 145-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarida yuridik shaxs boʻlmagan, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklidagi “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish, ushbu xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish, mazkur chora-tadbirlar ijrosi ustidan monitoring oʻrnatish hamda “Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarish tartibini nazarda tutuvchi “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlarini moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan, uy-joy sharoitini yaxshilashga, tibbiy va psixologik yordamga hamda huquqiy yordamga muhtoj toifalarga ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ruhiy holatini yaxshilash hamda ularga huquqiy maslahatlar va yordam berish tarzidagi ijtimoiy yordam turlari joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malakali psixologlar (umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixologlari bundan mustasno), huquqshunos va advokatlar koʻmagida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ruhiy holatini yaxshilash va ularga huquqiy maslahatlar berish boʻyicha seminarlar tashkil etish, xotin-qizlar va ularning farzandlariga tugʻilganlik haqida guvohnoma, ID-karta (biometrik pasport) olishda toʻlovlarni toʻlab berish, zarur hollarda, sudga daʼvo arizalari kiritilishida koʻmaklashish va davlat bojini toʻlab berish bilan bogʻliq xarajatlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa masʼul vazirlik va idoralarga “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagi vazifalarni ustuvor ravishda amalga oshirish yuklatilsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlarning bandligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishi uchun koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularni tadbirkorlikka jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy uylarga joylashtirish va ularning uy-joylarini taʼmirlashga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy, huquqiy va psixologik yordam koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarini va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, yillik ish rejalarini tasdiqlash hamda jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlar “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlarning yillik parametrlari tuman (shahar)lar kesimida ulardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining taqsimlangan daromad va xarajatlarning yillik parametrlari Vasiylik kengashi tomonidan mahallalardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda mahallalar kesimida qayta taqsimlanadi.
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Vasiylik kengashi aʼzolari jamgʻarmani boshqarish boʻyicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllanishi va sarflanishi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq mablagʻlarni taqsimlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxatiga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,88;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,95;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,03;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,06;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,1.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlari hamda sektorlar rahbarlari bilan hamkorlikda xotin-qizlar bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlarini moliyalashtirishga yetarli boʻlgan miqdorda “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga mablagʻ yoʻnaltirish yuzasidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga taklif kiritilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlari yoshidan qatʼi nazar) farzandlariga davolash, dori vositalari olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablagʻ zarur boʻlgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi va sektor rahbari tavsiyasi bilan tibbiy muolaja xarajatlari “Ayollar daftari” jamgʻarmasi va Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-noyabrdan boshlab xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularga oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 527-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2024-y., 09/24/527/0645-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Ayollar daftari” yuritilishi boʻyicha sektorlar rahbarlari hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼul hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mazkur qaror bilan joriy etilgan yangi tartibni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, xususan, ayollarga tushuntirish, shuningdek, “Ayollar daftari” bilan ishlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-sentabrdagi 466-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimi Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash Davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilishi yoʻlga qoʻyilsin va ushbu tizim orqali quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-himoyaga muhtoj xotin-qizning “Ayollar daftari”ga kiritish haqidagi murojaatini “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori orqali koʻrib chiqish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu murojaatni koʻrib chiqish natijalari, agarda murojaatni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, rad etish asoslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarga koʻrsatiladigan yordam turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” orqali yordam koʻrsatilayotgan xotin-qizlarning roʻyxati va ularning har biriga koʻrsatilgan yordamlarning aniq turlari, hajmi hamda kelgusida rejalashtirilayotgan tadbirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimi toʻliq ishga tushirilishi hamda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-sentabrga qadar “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish hamda ushbu chora-tadbirlarning ijrosini monitoring qilish, “Ayollar daftari”dan chiqarishda imkon qadar inson omilini kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 31-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
145-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar toifalarini shakllantirish va ularga ijtimoiy yordamlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” tizimi — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tibbiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi boʻlgan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazorat qilib borish boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tibbiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi boʻlgan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazorat qilib borish boʻyicha maʼlumotlar bazasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
individual dastur — “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qiz hamda ularga koʻrsatiladigan amaliy yordam turlari, davri (sanasi), miqdori (summasi, foizi va boshqalar) va amaliy yordamlar monitoringi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmui.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-toifa: ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — bandligi taʼminlanmagan, ishlash istagida boʻlgan va daromad manbaiga ega boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-toifa: tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida boʻlgan xotin-qizlar. Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish istagidagi xotin-qizlar deganda bandligi taʼminlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoki oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlar tushuniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-toifa: uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar — noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi boʻlmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam boʻlgan), biroq oʻzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud boʻlmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan yoxud uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan ehtiyojmand xotin-qizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-toifa: tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar — ruhiy holatini yaxshilashga muhtoj (nizoli oilalarda yashovchi, profilaktik, narkologik hisobda turgan va migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar, yolgʻiz ayollar va boshqalar) yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi jarrohlik amaliyotisiz davolashga yoxud jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-toifa: huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan, ajrim, yarashtiruv, sud, aliment va boshqa shu kabi masalalarda maslahat va amaliy yordam olishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar yuqorida belgilangan toifalardan faqat biriga kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi boʻyicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi boʻyicha doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turmasligi “Ayollar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda oʻrganiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mahalla yettiligi” ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq anketa-soʻrovnoma asosida barcha yoʻnalishdagi muammolarni har yili yanvar oyida uyma-uy yurish orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlarning “mahalla yettiligi”ga murojaatlari, shu jumladan, “Ayollar daftari” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Anketa-soʻrovnomalar toʻldirilgandan soʻng “mahalla yettiligi” tomonidan uch kun muddatda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Mahalla yettiligi” tomonidan uch kundan oshmagan muddatda “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari ushbu Nizomga 3-ilovada belgilangan talablar asosida shakllantiriladi va tasdiqlanadi yoki asoslantirilgan holda “Ayollar daftari”ga kiritish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq individual dastur ishlab chiqiladi va masʼul tashkilotlar bilan kelishilgan holda “mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bandligi taʼminlangan, biroq ehtiyojmand boʻlgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 1-toifasiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirishda ustuvorlik ilgari “Ayollar daftari”ga kiritilmagan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tuman (shahar) miqyosidagi roʻyxat shakllantiriladi. Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi tomonidan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tasdiqlangan roʻyxatlar “mahalla yettiligi” tomonidan uch kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari hamda “mahalla yettiligi” aʼzolari “Ayollar daftari”ga maʼlumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordam berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar axborot tizimiga kiritiladi va shundan soʻng bajarilgan hisoblanadi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan tartibda yordam koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan barcha hisobotlar axborot tizimida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Ayollar daftari” ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash ishlari ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq tartib asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat (yordam) turlaridan tashqari ularga jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda qoʻshimcha yordam berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Ayollar daftari”ning 1-toifasiga kiritilgan xotin-qizlarning bandligiga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari, tijorat banklari bilan hamkorlikda tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan kooperativlarga jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari, Kasbiy taʼlim agentligi tizimidagi tuman (shahar)da joylashgan kasbiy taʼlim tashkilotlari, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, “Hunarmand” uyushmasining hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari tomonidan kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilgan koʻmaklashish choralari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Ayollar daftari”ning 2-toifasiga kiritilgan xotin-qizlarga quyidagi yoʻnalishlarda tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Savdo-sanoat palatasi, AT “Xalq banki”, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda hududiy xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari va tegishli nodavlat oʻquv markazlari joylarda oʻquv kurslarini tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Mikrokreditbank” ATB, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari orqali xotin-qizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va tijorat banklari mablagʻlari hisobidan imtiyozli kredit ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan hamda tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan yoki oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan va oʻzini oʻzi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zarur xomashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 million soʻmgacha miqdorda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasidagi kreditlar naqd pulda berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AT “Xalq banki” “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga kredit olishda koʻmaklashish, ushbu masalada respublikada ajratilgan kreditlarning statistika hisobotini yuritish va kredit ajratilgandan soʻng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AT “Xalq banki” Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish ishlari samaradorligini oʻrganadi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Ayollar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi resurslar hisobidan yillik 14 foizlik stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin yoki ularga yakka tartibda amaliy yordam berish, jumladan, kasb-hunarga oʻrgatish va subsidiyalar ajratish, boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish va boshqalar orqali ularning bandligini taʼminlash choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi resurslar hisobidan 225 million soʻmdan ortiq, biroq 1 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan taʼminlanadigan har bir xotin-qiz uchun 50 million soʻmgacha miqdorga mutanosib ravishda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Ayollar daftari”ning 3-toifasiga kiritilgan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga quyidagi yoʻnalishlarda yordamlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Ayollar daftari”ning mazkur toifasiga kiritilgan xotin-qizlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) mahalliy budjetlari mablagʻlari yoki homiylik xayriyalari hisobidan uy-joy bilan taʼminlanishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Ayollar daftari”ga kiritilgan, oilasi Ijtimoiy reyestrda turuvchi xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan turar joy uchun ijara kompensatsiyasi toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari “xonadonbay” oʻrganiladi hamda oʻrganish natijalari boʻyicha “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida turar joy uchun ijara kompensatsiyasini toʻlab berish boʻyicha talabnomalar shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur talabnomalar hamda “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy uchun ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar boʻlimi oʻrtasida tegishli yilning soʻnggi kunigacha boʻlgan muddatga tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha boʻlgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 2 baravarigacha, Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joy ijarasi uchun toʻlovlar ijaraga beruvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning birga yashaydigan oila aʼzolari boshqa dasturlar doirasida, homiylik yoki boshqa mablagʻlar hisobidan turar joy bilan taʼminlangan yoxud turar joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ijtimoiy yordam (koʻmak) olgan yoki imtiyozlardan foydalangan xotin-qizlarga mazkur Nizom asosida turar joy ijara kompensatsiyasi ajratilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joy ijara kompensatsiyasi toʻlab turilgan davrda turar joy bilan taʼminlangan yoki ijtimoiy turar joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga yangi turar joyga koʻchib oʻtgan oydan boshlab keyingi oyning birinchi sanasidan turar joy ijara kompensatsiyasi toʻxtatiladi. Mazkur tartib ajratilgan turar joy yashash uchun sharoiti mavjud boʻlgan holda xotin-qizlar tomonidan koʻchib oʻtish rad etilgan taqdirda ham qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy turar joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirilishi yoki homiylar tomonidan mulk huquqi asosida turar joy bilan taʼminlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xotin-qizlarga ijtimoiy kontrakt asosida kasb oʻrganish, mehnat qilish imkoniga ega boʻlsa, mustaqil yoki kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashish boʻyicha ijtimoiy majburiyatlar yuklanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼul oʻrinbosari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan xotin-qizlarning hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning, xotin-qizlarning uy-joyi holati oʻrganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda taʼmirlash yoki qurilish materiallarini olib berish boʻyicha smeta ishlab chiqilib, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir turar joyni taʼmirlash uchun zarur boʻlgan qurilish materiallarini xarid qilish uchun tegishli tovarlar (xizmatlar, ishlar)ni yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan BHMning 50 baravarigacha miqdorda mablagʻ oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼul oʻrinbosari tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari bilan birgalikda mablagʻ ajratilgan vaqtdan boshlab taʼmirlash ishlari sifatli bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. “Ayollar daftari”ning 4-toifasiga kiritilgan xotin-qizlarga quyidagi yoʻnalishlarda tibbiy va psixologik yordamlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tegishli huquq va ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning malakali psixologlari tomonidan jamoaviy seanslar shaklida psixologik maslahatlar berib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizoli oilalarda yashovchi, profilaktik, narkologik hisobida turgan va migratsiyadan qaytgan, jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar, yolgʻiz ayollar va boshqalar psixologik seminarlarda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 — 30 nafar xotin-qizlar guruhining 7 kunga moʻljallangan seansda qatnashishi uchun malakali psixologlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning 5 baravarigacha hamda tuman (shahar)larda BHMning 3 baravarigacha toʻlovlar qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatilgan xizmatlar uchun mablagʻlar psixolog xizmatini koʻrsatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsga tuman (shahar) hokimligi (ishchi organi — Oila va xotin-qizlar boʻlimi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan farzandlariga tibbiy yordam koʻrsatish zarurati “mahalla yettiligi” tomonidan aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrganish natijasiga koʻra tibbiy yordam koʻrsatish zarurati tibbiyot xodimi tomonidan aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasiga yoʻnaltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kirmaydigan, ammo birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi tomonidan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan farzandlarining davolanishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar mahalla yettiligi xulosasiga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan, imtiyozli toifaga kiradigan, viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qoʻyilishi taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun BHMning 50 baravarigacha hamda jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida xarajatlari qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanish uchun elektron yoʻllanma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. “Ayollar daftari”ning 5-toifasiga kiritilgan xotin-qizlarga quyidagi yoʻnalishlarda huquqiy yordamlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan, ajrim, yarashtiruv, sud, aliment va boshqa shu kabi masalalarda xotin-qizlar uchun malakali huquqshunos yoki advokatlik byurosi advokatlari tomonidan jamoaviy tarzda seminar (oʻquv)lar oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 10 —30 nafar xotin-qizlar guruhining bir martalik seminar (oʻquv) uchun viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning bir baravarigacha hamda tuman (shahar)larda BHMning 50 foizigacha mablagʻlar “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik ID-kartasi (biometrik pasporti)ni olish uchun belgilangan davlat boji “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻliq miqdorda qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sudga daʼvo arizalari kiritilishida koʻmaklashiladi va sudga daʼvo arizalari kiritilishida toʻlanadigan davlat boji “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻliq miqdorda qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik ID-kartasini (biometrik pasporti) olish hamda sudga daʼvo arizalari kiritilishida davlat bojini toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamlar Ijtimoiy reyestrda turgan xotin-qizlar uchun bir marta koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik ID-kartasini (biometrik pasporti) olish hamda sudga daʼvo arizalari kiritilishidagi davlat boji tegishli invoys raqamli hisob rekvizitlariga oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Seminar (oʻquv)larga xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan tuzilgan roʻyxat asosida jalb etiladi. Har bir xotin-qiz seminarga bir marotaba jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun mablagʻlar advokatlik tuzilmasiga tuman (shahar) hokimligi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari — tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish, takroriy zoʻravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik suhbatdan oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan oʻtish boʻyicha vakolatli organga yuborish, himoya orderi talablarining ijrosini nazorat qilish hamda uning talablarini buzib zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan vakolati doirasida chora koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar boʻlimi, kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, fermer kengashi hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqonchilik bilan shugʻullanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida har tomonlama koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala doʻkonlari”ni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda belgilangan maqsadlar uchun subsidiyalar va kreditlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar koʻrsatilishi ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi maʼlumot boʻyicha yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar koʻrsatilishini monitoring qilish maqsadida “Ayollar daftari” tizimi doirasida qoʻshimcha maʼlumotlarni ham jamlab borishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari mazkur Nizomga 5-ilovada koʻrsatilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash homiylik, xalqaro moliya institutlari grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar)lar kesimida ajratiladigan mablagʻlar taqsimoti har chorak uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “Mikrokreditbank” ATB, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va AT “Xalq banki” tomonidan har chorakdan oldingi oyning 20-sanasiga qadar tuman (shahar) hokimliklariga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar koʻrsatilishi ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq maʼlumotnoma boʻyicha yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. “Ayollar daftari”dan chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Xotin-qizlar quyidagi hollarda “Ayollar daftari”dan chiqariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir toifa boʻyicha belgilangan amaliy yordamlar toʻliq koʻrsatilganda (individual dastur asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq davlat taʼminotiga olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz arizasiga koʻra;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilgani aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturga kiritilgan masalalari toʻliq hal etilgunga qadar ularni “Ayollar daftari”dan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar doimiy yoki vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib oʻtganda, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmasdan “Ayollar daftari”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berilganda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlab qolinadi. Bunda imtiyoz va preferensiyalarning bir yillik amal qilish muddati dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarmoqlarida ishga joylashgan taqdirda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar uch oy muddatga saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda imtiyoz va preferensiyalarning uch oylik amal qilish muddati xotin-qizlar ishga kirgan kundan boshlab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi “mahalla yettiligi” bilan kelishilgan holda, mazkur Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni har yili dekabr oyida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Xotin-qizlarni “Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarish, “Yoʻl xaritasi” va individual dasturga oʻzgartirishlar kiritish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Individual dasturga oʻzgartirishlar “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “mahalla yettiligi” tomonidan uch kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar “mahalla yettiligi” tomonidan besh kun ichida bu haqida yozma ravishda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar bajarilishining monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar bajarilishi monitoringi ularning individual dasturi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Individual dastur “mahalla yettiligi” tomonidan yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Anketa-soʻrovnomalar va individual dasturning asl nusxalari Oila va xotin-qizlar boʻlimlarida besh yil muddat davomida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Individual dasturda koʻrsatilgan tegishli chora-tadbirlar bajarilishi belgilangan masʼullar tomonidan taʼminlanadi hamda individual dasturda qayd etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizning aniqlangan muammolari bartaraf etilgani haqidagi hisobotlar har ish kuni soat 18.00 gacha axborot tizimiga kiritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila va xotin-qizlar boʻlimi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, tahlil qiladi hamda maʼlumotlarning asosliligini oʻrganish uchun har oʻn kunda tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul boʻlgan oʻrinbosariga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul oʻrinbosari har oyning 1-sanasiga qadar taqdim qilingan maʼlumotlarni va amalga oshirilgan ishlarni tegishli tashkilot, idoralar rahbarlari hamda “mahalla yettiligi” bilan tahlil qiladi, muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul oʻrinbosari Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hamda masʼul tashkilotlar rahbarlari individual dasturida belgilangan chora-tadbirlar bajarilishi va uning haqqoniyligi boʻyicha har chorak yakunida tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul oʻrinbosari, idora va tashkilotlar rahbari hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul oʻrinbosari har oyda yakuniy maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmasi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar maʼlumotlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi har oyda hududiy boshqarmalardan olingan maʼlumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda tahlil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi “Ayollar daftari”ni yuritish uchun masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobotlarini har chorak yakuni bilan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati taqdim qilingan axborot xatini tahlil qiladi, respublika darajasida hal qilinadigan masalalarni oʻrganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining topshiriq xati yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Vazirlar Mahkamasi tahliliy maʼlumot va takliflarni koʻrib chiqadi hamda zarur hollarda, “Ayollar daftari”ning yuritilishi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilishga materiallar tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Individual dasturda qayd etilgan chora-tadbirlar toʻliq bajarilgandan soʻng “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va masʼullar tomonidan tasdiqlanib, xotin-qizlar roʻyxati xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Ayollar daftari”dan chiqarish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi natijasi boʻyicha hisobot ushbu Nizomga 7-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Oila va xotin-qizlar boʻlimi axborot tizimida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bogʻliq masalalarni toʻliq aks ettirib borilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla darajasida — tuman (shahar) hokimligi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, “mahalla yettiligi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) darajasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hududiy kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat darajasida — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika darajasida — Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

ANKETA-SOʻROVNOMA

_______________________ tuman (shahar), ___________________ mahallasi

____________________________________________________________________

(soʻrovnoma oʻtkazilgan shaxsning F.I.O)

Soʻrovnoma oʻtkazilgan sana: _______ yil, _____ ______________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ANKETA-SOʻROVNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

I. Soʻrovnoma ishtirokchisining shaxsiy maʼlumotlari

1. F.I.O (toʻliq yozilishi lozim)

____________________________________________________________________

2. Tugʻilgan sanasi: _____ kun_____ oy ________ yil Yoshi: ________

3. Doimiy (yoki vaqtincha) yashash manzili:

____________ tuman (shahar), ___________ koʻchasi, ______ uy, _____ xonadon

oʻz uyida ijarada noturar joyda

qarindoshlari (bilan) uyida

4. Tel. raqami:

(______)_____________

____________________

5. Pasport (ID-karta raqami) seriyasi va raqami:

__________________________

6. Pasport _____________________________

_______________________________________ tomonidan ___/_____/_____ yilda berilgan

7. JSHSHIR:

____________________

____________________

II. Oilaviy va ijtimoiy holati

8. Ayni paytda oilasi Ijtimoiy reyestrga kiritilganmi? ha

______________________________________________________ yoʻq

Ilgari oilasi Ijtimoiy reyestrga kiritilganmi? ha

_______________________________________________ yoʻq

Ilgari oilasi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, oilasiga koʻrsatilgan yordam turi va Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan sanasi:

_________________________________________________________________________________________

9. Ayni paytda farzandi “Yoshlar daftari”ga kiritilganmi? ha yoʻq

Ilgari farzandi “Yoshlar daftari”ga kiritilganmi? ha yoʻq

Ilgari farzandi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan boʻlsa, farzandiga koʻrsatilgan yordam turi va “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan sanasi:

_________________________________________________________________________________________

10. Ilgari “Ayollar daftari”ga kiritilganmi? ha yoʻq

“Ayollar daftari”ga kiritilgan boʻlsa, koʻrsatilgan amaliy yordam turi va chiqarilgan sanasi: _________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

11. Oilaviy holati

oila qurmagan □ oilali □ ajrashgan □

beva, boquvchisi yoʻq ayol □ yolgʻiz ona □

12. Qaramogʻidagi farzandlari:

yoʻq □ bor □

_______nafar, shundan voyaga yetmaganlar _______nafar

13. Oilaning moddiy va maishiy ahvoli

yaxshi □ qoniqarli (yordamga muhtoj emas) □ qoniqarsiz (yordamga muhtoj) □

14. Nogironligi bormi: bor □ yoʻq □

Bor boʻlsa,

1-guruh □ 2-guruh □ 3-guruh □

III. Ishsizlik holati va mehnat qilish istagi

15. Bandlik holati:

uy bekasi □ rasman ishlaydi □ norasmiy sektorda band □

pensiya (nafaqa) oluvchi □ ishsiz □

16. Maʼlumoti:

oliy □ oʻrta-maxsus □

oʻrta □ maʼlumotsiz □

17. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi:

_____________________________________

_____________________________________

18. Mehnatga layoqatliligi:

layoqatli □ _____________ layoqatsiz □

19. Qiziqishi:(tikuvchilik, sartaroshlik, pazandachilik va boshqa.)

20. Kasbi (hunari):

______________________________________

21. Ishlash istagi bor:

Qaysi sohada: ____________________ kod raqami:

22. Ishlash istagi yoʻq:

Sabablari:

Yengil sanoat sohasida ______________ □

Sogʻligʻi toʻgʻri kelmaydi □

Nogironligi □

Qishloq xoʻjaligi sohasida _____________ □

Uy bekasi □

Bola parvarishida □

Tadbirkorlik tarmogʻida ______________ □

Chet elga ketmoqchi □

Oʻzini-oʻzi band qilmoqchi ______________ □

Qoʻshimcha daromad manbaiga ega □

Oʻz mutaxassisligi boʻyicha ______________ □

Oʻqishga tayyorgarlik koʻrmoqchi □

Oilasi oʻziga toʻqligi □

23. Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagi: bor □

__________________________________________ yoʻq □

Bor boʻlsa, tadbirkorlik sohasi:

________________________________________________

Kredit olish istagi: bor □ yoʻq □

Kredit summasi: _________________________ mln soʻm

Garov taʼminoti: bor □ yoʻq □

“Ustoz-shogird” asosida faoliyat yuritish xohishi:

bor □ yoʻq □

24. Yashash xonadonida mavjud:

Ekin yer maydoni: ____________

Yirik shoxli mol soni: _______

Mayda shoxli mol soni: _______

Parranda soni: ______________

□ Koʻp kvartirali uylarda istiqomat qiladi

25. Kasb-hunarga oʻqish istagi: bor □ yoʻq □

Bor boʻlsa, qaysi sohada: (kod raqami kiritiladi):

Pazandalik sohasida: □ ____________

Qishloq xoʻjaligi sohasida □ ____________

Tadbirkorlik (hunarmandchilik) □ ____________

Boshqa □ ____________

26. Chet elda ishlash istagi:

bor □ yoʻq □

27. Nomida uy-joy, yer, boshqa mol-mulk bormi?

bor □ yoʻq □

27. Nomida uy-joy, yer, boshqa mol-mulk boʻlmasa, uy-joyga ehtiyoji (ehtiyoji bor boʻlsa, asoslovchi sabablari aniq keltiriladi): bor □ yoʻq □

29. Oʻzining yoki birga turadigan oila aʼzosining nomida avtotransport bormi?

bor □ yoʻq □

30. Qoʻshimcha daromad manbalari:

_________________________________________________

_________________________________________________

31. Uy-joyining taʼmirga muhtojligi:

oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan yashash maydoni (kv.m)

____________________________

32. Tibbiy yordamga muhtojligi:

surunkali kasalligi bormi? bor □ yoʻq □

jarrohlik amaliyoti zarurmi? ha □ yoʻq □

jarrohlik amaliyotsiz davolanadi ha □ yoʻq □

Oʻta taʼmirtalab □

Oʻrtacha □

Taʼmirlashga zarurat yoʻq □

33. Psixologik yordamga muhtojmi? ha □ yoʻq □

34. Huquqiy yordamga muhtojmi? ha □ yoʻq □

35. Izoh: (mazkur savolnomada nazarda tutilmagan holatlar mavjud boʻlsa, fuqaroning mavjud muammosi aniq koʻrsatib oʻtilishi lozim)

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

36. Soʻrovnoma oʻtkazilgan fuqaro:

37. Soʻrovnoma oʻtkazgan masʼul:

____________________

__________

____________________

__________

(F.I.O)

imzo

(F.I.O)

imzo

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN ________________________________NING

___________________________ (F.I.O.)

INDIVIDUAL DASTURI

_______________________________ MFY “mahalla yettiligi”

(individual dasturni tuzish uchun vakolatli organ (tashkilot)

№ _____

Dastur toʻldirilgan sana:

______ “_____” __________

I. UMUMIY MAʼLUMOTLAR

1.

Familiyasi, ismi, otasining ismi:

______________________________________________________________

2.

Tugʻilgan sanasi:

______________________________________________________________

3.

Turar joyi manzili:

______________________________________________________________

4.

Telefon raqami:

______________________________________________________________

5.

Maʼlumoti:

______________________________________________________________

6.

Tamomlagan taʼlim muassasasi:

______________________________________________________________

7.

Mutaxassisligi:

______________________________________________________________

8.

Ish joyi va lavozimi:

______________________________________________________________

9.

Pasport seriyasi, raqami yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjat, ushbu hujjatlarning berilgan vaqti, bergan organ nomi:

______________________________________________________________

10.

JSHSHIR:

______________________________________________________________

11.

Elektron pochta manzili:

______________________________________________________________

II. “AYOLLAR DAFTARI” TIZIMI DOIRASIDA BELGILANGAN CHORA-TADBIRLAR HAQIDA MAʼLUMOTLAR

1.

Ehtiyojmandlik toifasi:

_____-toifa: ______________________________________________________________

2.

Qoʻshimcha ehtiyojlari:

1. ____________________________________________________________

2. ____________________________________________________________

3. ____________________________________________________________

4. ____________________________________________________________

3.

Koʻrsatilishi lozim boʻlgan birlamchi va ikkilamchi (qoʻshimcha) ijtimoiy xizmatlar (yordamlar) turlari:

T/r

Birlamchi va ikkilamchi (qoʻshimcha) ijtimoiy xizmatlar (yordamlar) turlari

Koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi va manbai

Xizmat koʻrsatish davriyligi

Xizmat koʻrsatish vaqti

Ijro uchun masʼul tashkilot

Tashkilot rahbarining F.I.O.

Imzo

Asosiy yordam turlari

1.

Qoʻshimcha yordam turlari

2.

Izoh. Koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmat hajmi oʻlchov birligida koʻrsatish mumkin boʻlgan holatlarda, tegishli oʻlchov birligida (m2, dona va boshqa) koʻrsatiladi.

Belgilangan yordam turlari mazmuniga rozilik bildiraman:

________________

(fuqaroning F.I.O)

(imzo)

Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul oʻrinbosari

______________

(F.I.O)

(imzo va muhr)

4.

“Ayollar daftari”ga kiritishning asosi:

“Mahalla yettiligi”ning “___” _________ ____ yildagi ________-son kollegial qarori

III. “AYOLLAR DAFTARI” TIZIMI DOIRASIDA KOʻRSATILGAN YORDAM CHORALARI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

1. Koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar (yordamlar):

T/r

Koʻrsatilgan yordam turi va manbai

Ijro uchun masʼul tashkilot

Tashkilot rahbarining F.I.O

Sana

Imzo

Asosiy yordam turlari

1.

2.

Qoʻshimcha yordam turlari

3.

4.

Berilgan yordam turlari haqqoniyligini tasdiqlayman:

________________________________

_____________________

(imzo)

(fuqaroning F.I.O.)

Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul oʻrinbosari

________________________________________________

(imzo va muhr) ___________________ (F.I.O)

2.

“Ayollar daftari”dan chiqarishning asosi:

Xalq deputatlari_____________ tuman (shahar) Kengashining “____” _________ yildagi ______-son qarori

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

TASDIQLAYMAN

___________________ tuman hokimi

__________________________

F.I.O

_____ yil ____ ____________

_____________________ tuman (shahar)da “Ayollar daftari”ga kiritilishi taklif etilayotgan xotin-qizlar

ROʻYXATI

T/r

T/r

F.I.O

Tugʻilgan kun, oy, yil

Pasport

(ID-karta) seriyasi va raqami

Mahalla nomi

Yashash manzili

I. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar

1.

1.

2.

2.

3.

3.

II. Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida boʻlgan xotin-qizlar

4.

1.

5.

2.

6.

3.

III. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar

7.

1.

8.

2.

9.

3.

IV. Tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar

10.

1.

11.

2.

12.

3.

V. Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar

13.

1.

14.

2.

15.

3.

_____________ tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul oʻrinbosari

_____________________

__________

(imzo va muhr)

(F.I.O)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Mahallada ham mazkur namuna asosida roʻyxatlar shakllantiriladi, tuman (shahar) hokimi oʻrniga mahalla raisi hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi oʻrniga “mahalla yettiligi”ning qolgan aʼzolari tomonidan imzolanib, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqich

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddat

Masʼullar

Mahalla

Tuman, shahar

Viloyat

Respublika

1-bosqich

“Mahalla yettiligi” uyma-uy yurish orqali, shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari, shu jumladan, “mahalla yettiligi”ga murojaatlari, “Ayollar daftari” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari oʻrganiladi.

Har yili yanvar oyi davomida

“Mahalla yettiligi”

Oila va xotin-qizlar boʻlimi,

boshqa mutasaddi tashkilotlar

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi,

boshqa mutasaddi tashkilotlar

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

boshqa mutasaddi tashkilotlar

2-bosqich

“Mahalla yettiligi” xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi, “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari shakllantiriladi yoki asoslantirilgan holda “Ayollar daftari”ga kiritishni rad etadi, individual dastur ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

3 kun muddatda

“Mahalla yettiligi”

Tuman (shahar) hokimligi,

Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, tijorat banklari, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi,

Adliya boʻlimi,

ichki ishlar organlari,

tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi,

Adliya boshqarmasi,

Ichki ishlar boshqarmasi, tijorat banklari,

sogʻliqni saqlash boshqarmasi va boshqa tashkilotlar

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

AT “Xalq banki”,

“Mikrokredit-bank” ATB,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar

3-bosqich

Xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.

3 kundan oshmagan muddatda

“Mahalla yettiligi”

Tuman (shahar) hokimligi,

Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, tijorat banklari, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi,

Adliya boʻlimi,

ichki ishlar organlari ,

tibbiyot muassasalari va boshqa mutasaddi tashkilotlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi,

Adliya boshqarmasi,

Ichki ishlar boshqarmasi, tijorat banklari,

Sogʻliqni saqlash boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

AT “Xalq banki”,

“Mikrokredit-bank” ATB,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar

4-bosqich

Tasdiqlangan roʻyxatlar “mahalla yettiligi” tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.

3 kundan oshmagan muddatda

“Mahalla yettiligi”

Oila va xotin-qizlar boʻlimi

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

5-bosqich

Individual dasturda xotin-qizlarga belgilangan xizmatlar (yordamlar) koʻrsatiladi.

Belgilangan muddatlarda

“Mahalla yettiligi”

Tuman (shahar) hokimligi,

Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, tijorat banklari, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi,

Adliya boʻlimi,

ichki ishlar organlari,

tibbiyot muassasalari va boshqa mutasaddi tashkilotlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi,

Adliya boshqarmasi,

Ichki ishlar boshqarmasi, tijorat banklari,

sogʻliqni saqlash boshqarmasi va boshqa tashkilotlar

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

AT “Xalq banki”, “Mikrokredit-bank” ATB,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar

6-bosqich

Oila va xotin-qizlar boʻlimi axborot tizimida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bogʻliq masalalarni toʻliq aks ettirib borilishini taʼminlaydi.

Muntazam ravishda

“Mahalla yettiligi”

Oila va xotin-qizlar boʻlimi

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

7-bosqich

“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan har bir xotin-qizning aniqlangan muammolari bartaraf etilgani haqidagi hisobotlar axborot tizimiga kiritib boriladi.

Har kuni soat 18.00 gacha

Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari

Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, tijorat banklari, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi,

Adliya boʻlimi,

ichki ishlar organlari,

tibbiyot muassasalari va boshqa mutasaddi tashkilotlar

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi,

Adliya boshqarmasi,

Ichki ishlar boshqarmasi, tijorat banklari,

sogʻliqni saqlash boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

AT “Xalq banki”,

“Mikrokredit-bank” ATB,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

boshqa mutasaddi tashkilotlar

8-bosqich

1. Oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi boʻyicha har chorak yakunida tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib boradi.

2. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarida idora va tashkilotlar rahbari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.

Har chorak yakunida

“Mahalla yettiligi”

Oila va xotin-qizlar boʻlimi, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari,

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi va boshqa mutasaddi idoralar

9-bosqich

Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, “mahalla yettiligi” bilan kelishilgan holda, “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi.

Yil yakuni boʻyicha dekabr oyida

“Mahalla yettiligi”

Oila va xotin-qizlar boʻlimi

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

10-bosqich

“Ayollar daftari”dan chiqarish boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.

Yil yakuni boʻyicha dekabr oyida

“Mahalla yettiligi”

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

11-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “mahalla yettiligi” tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.

3 kundan oshmagan muddatda

“Mahalla yettiligi”

Oila va xotin-qizlar boʻlimi

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

12-bosqich

“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar “mahalla yettiligi” tomonidan bu haqida yozma ravishda xabardor qilinadi.

Qaror qabul qilingandan soʻng 5 kun ichida

“Mahalla yettiligi”

Oila va xotin-qizlar boʻlimi

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash uchun koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar (yordamlar) turlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ijtimoiy xizmatlar (yordamlar) turlari

Mablagʻ miqdori

Moliyalashtirish manbai

Murojaat etiladigan organ

Amaliy yordam berishga koʻmaklashuvchi masʼul

I. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar uchun

1.

Xotin-qizlarning bandligini taʼminlash.

-

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari

2.

“Vaucher” tizimi va buyurtma asosida kasb-hunarga ega boʻlmagan ishsiz xotin-qizlarni kasbga oʻqitish.

Hisob-kitobga koʻra

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari,

“Mahalla yettiligi”

3.

Tadbirkorlik subyektlariga — har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida toʻlov toʻlash uchun subsidiya ajratish.

Bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari

4.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan xotin-qizlarga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, shuningdek, sugʻorish vositalarini xarid qilish hamda urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya ajratish.*

1. Yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish uchun — BHMning 30 baravarigacha.

2. Sugʻorish vositalarini xarid qilish uchun — BHMning 10 baravarigacha.

3. Urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun — BHMning 3 baravarigacha.

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

“Mahalla yettiligi”

5.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan xotin-qizlarga qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun subsidiya ajratish.*

BHMning 10 baravarigacha

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

“Mahalla yettiligi”

6.

“Usta — shogird” anʼanalari asosida xotin-qizlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish.*

BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

“Mahalla yettiligi”

7.

Ustalarga — oʻzlarining internet saytlarini yaratish, mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish.*

BHMning 25 baravaridan 30 baravarigacha

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

“Mahalla yettiligi”

8.

Ishsizlarga olingan bino va inshootning ijara toʻlovini toʻlash uchun subsidiya ajratish.*

BHMning 10 baravarigacha

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

“Mahalla yettiligi”

9.

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan xotin-qizlarni ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilish uchun subsidiya ajratish.*

Har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda BHMning 2 baravari miqdorida

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

“Mahalla yettiligi”

10.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarni ishga qabul qilish uchun subsidiya ajratish.*

Har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng BHMning 3 baravari miqdorida bir martalik

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

“Mahalla yettiligi”

11.

Tadbirkorlik subyektlariga ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun subsidiya ajratish.*

Har bir moslashtirilgan ish joyi uchun BHMning 40 baravarigacha

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

“Mahalla yettiligi”

12.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish.*

Har bir xotin-qiz uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 4 baravari miqdorida

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

“Mahalla yettiligi”

13.

Oʻrta tadbirkorlik subyektlarini tashkil etgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit ajratish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash.

BHMning 4000 baravarigacha

“Hamroh” xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi” MCHJ mablagʻlari

AT “Xalq banki”,

“Mikrokreditbank” ATB,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

Tijorat banklari filiallari

14.

Jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlarga xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish.

BHMning 60 baravarigacha

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

“Mahalla yettiligi”

II. Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida boʻlgan xotin-qizlar uchun

15.

Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun tijorat banki kreditini ajratish.

oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarga 50 million soʻmgacha

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi resurslar

AT “Xalq banki”,

“Mikrokreditbank” ATB

Hokim yordamchisi, mahalla bankiri

16.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirish uchun bank kreditini ajratish.

300 million soʻmdan ortiq

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi resurslar

AT “Xalq banki”,

“Mikrokreditbank” ATB

Hokim yordamchisi, mahalla bankiri, Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari

17.

Kichik tadbirkorlik subyektlarini tashkil etgan xotin-qizlarga “Hamroh” tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash dasturiga asosan kredit ajratish.

BHMning 4 000 baravarigacha

“Hamroh” xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi” MCHJ mablagʻlari

AT “Xalq banki”,

“Mikrokreditbank” ATB,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

Tijorat banklari filiallari

18.

Taʼsischilari tarkibida ayollar ulushi 50 foiz va undan yuqorini tashkil qilgan va (yoki) rahbari ayol kishi boʻlgan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining kamida 10 ta ish oʻrni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga kredit ajratish.

BHMning 25 ming baravarigacha

“Hamroh” xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi” MCHJ mablagʻlari

AT “Xalq banki”,

“Mikrokreditbank” ATB,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

Tijorat banklari filiallari

19.

Kichik tadbirkorlik subyektlarini tashkil etgan xotin-qizlarga “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturiga asosan kredit ajratish.

300 million soʻmgacha

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati, banklar va mikromoliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan

“Oʻzmilliybank” AJ,

“Asaka bank” AJ,

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB,

“Agrobank” ATB,

AT “Xalq banki”,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

AT “Aloqabank”,

“Turonbank” ATB,

“Mikrokreditbank” ATB

Mahalla bankiri

20.

Oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarga “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida kredit ajratish.

17 million soʻmgacha

Jalb qilingan resurs mablagʻlari,

avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning qaytgan qismi hisobidan shakllangan resurs mablagʻlari,

bankning oʻz mablagʻlari hisobidan

“Oʻzmilliybank” AJ,

“Asaka bank” AJ,

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB,

“Agrobank” ATB,

AT “Xalq banki”,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

AT “Aloqabank”,

“Turonbank” ATB,

“Mikrokreditbank” ATB

Onlayn

(hokim yordamchisi)

21.

Oʻzini oʻzi band qilgan yoki kichik tadbirkorlik subyektini tashkil etgan xotin-qizlarga “Mahalla loyihasi” dasturiga asosan kredit ajratish.

50 million soʻmgacha

Jalb qilingan resurs mablagʻlari,

avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning qaytgan qismi hisobidan shakllangan resurs mablagʻlari,

bankning oʻz mablagʻlari hisobidan

“Oʻzmilliybank” AJ,

“Asaka bank” AJ,

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB,

“Agrobank” ATB,

AT “Xalq banki”,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

AT “Aloqabank”,

“Turonbank” ATB,

“Mikrokreditbank” ATB

Mahalla bankiri

22.

Kichik tadbirkorlik subyektlarini tashkil etgan xotin-qizlarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozi kreditlar ajratish.

Yuridik shaxslar uchun 300 million soʻmgacha

Jalb qilingan resurs mablagʻlari, avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning qaytgan qismi hisobidan shakllangan resurs mablagʻlari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

AT “Xalq banki”,

“Mikrokreditbank” ATB

Hokim yordamchisi

23.

Yuridik shaxs va tadbirkorlik subyektlariga davlat mulki obyektlarini ijaraga olishlarida zarur maʼlumotlarni berish barobarida targʻibot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish orqali amaliy-huquqiy yordam koʻrsatish.

-

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi

“Mahalla yettiligi”

III. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar uchun

24.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash.**

Ijara toʻlovining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha

(Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha)

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

“Mahalla yettiligi”

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida 5 yildan ortiq boʻlmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirish.

-

-

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

“Mahalla yettiligi”

26.

Uy-joy bilan taʼminlash.***

Hisob-kitobga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) mahalliy budjetlari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

“Mahalla yettiligi”

27.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan katta xotin-qizlar uy-joyini taʼmirlash.

BHMning 50 baravarigacha miqdorida

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

“Mahalla yettiligi”

28.

Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarori talablari asosida uy-joyning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlangʻich badalni toʻlash

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

(Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasi)

Xotin-qizlar faoli

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarori talablari asosida belgilangan miqdorda foiz toʻlovlarining bir qismi

Davlat budjeti mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

(Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasi)

Xotin-qizlar faoli

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori talablari asosida boshlangʻich badalni toʻlash: uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida

Davlat budjeti mablagʻlari

Tuman (shahar) hokimligi

(subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish komissiya)

Xotin-qizlar faoli

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori talablari asosida belgilangan miqdorda foiz toʻlovlarining bir qismi

Davlat budjeti mablagʻlari

Tuman (shahar) hokimligi

(subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish komissiya)

Xotin-qizlar faoli

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni talablari asosida boshlangʻich badalni toʻlash: 32 million soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Adliya vazirligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Xotin-qizlar faoli

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni talablari asosida belgilangan miqdorda foiz toʻlovlarining bir qismi

Davlat budjeti mablagʻlari

Adliya vazirligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Xotin-qizlar faoli

IV. Tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar uchun

29.

Davolanish uchun elektron yoʻllanma berish.

Hisob-kitobga koʻra

Davlat budjeti

Sogʻliqni saqlash vazirligi

“Mahalla yettiligi”

30.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarning jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash.

Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

“Mahalla yettiligi”

31.

Tibbiy yordam koʻrsatish zarurati boʻlganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi tomonidan statsionar yoki ambulator davolash.

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Xotin-qizlar faoli

32.

Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan, imtiyozli toifaga va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlarini oʻrnatilgan tartibda elektron navbatga qoʻyish orqali viloyat yoki respublika darajasida tibbiy muassasalarda davolash.

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Xotin-qizlar faoli

33.

Malakali psixologlar tomonidan xotin-qizlarning ruhiy holatini yaxshilash.

10 — 30 nafar xotin-qizlar guruhi uchun 7 kunlik seans uchun: viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning 5 baravarigacha;

tuman (shahar)larda BHMning 3 baravarigacha.

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

“Mahalla yettiligi”

V. Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar uchun

34.

Huquqiy maslahatlar berish.

10 — 30 nafar xotin-qizlar guruhi uchun huquqiy savodxonlikni oshirish, tegishli huquqiy muammolari boʻyicha tushuntirish berish yuzasidan bir martalik seminar (oʻquv) uchun:

viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning bir baravarigacha;

tuman (shahar)larda BHMning 50 foizigacha;

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

“Mahalla yettiligi”

35.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarga va (yoki) ularning farzandlariga tugʻilganlik haqida guvohnoma va (yoki) fuqarolik pasportini (ID-karta) olishda toʻlovlarini toʻlab berish.

Belgilangan miqdordagi davlat boji

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi

36.

Sudga daʼvo arizalari kiritilishida koʻmaklashish va davlat bojini toʻlab berish.

37.

Huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish.

-

-

Prokuratura, sud va adliya organlari

“Mahalla yettiligi”

38.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish, takroriy zoʻravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik suhbatdan oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan oʻtish boʻyicha vakolatli organga yuborish, himoya orderi talablarining ijrosini nazorat qilish hamda uning talablarini buzib zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan vakolati doirasida chora koʻrish.

-

-

Ichki ishlar vazirligi

Profilaktika inspektori

39.

Aliment toʻlovlarini undirish boʻyicha huquqiy yordam berish.

-

-

Majburiy ijro byurosi

“Mahalla yettiligi”

40.

“Ayollar daftari” va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish.

-

-

Adliya vazirligi

Adliya organlari

“Ayollar daftari”ga kiritilgan barcha xotin-qizlar uchun

41.

Zaxiraga qaytarilgan yoki yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer uchastkalari dehqon xoʻjaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun dehqonchilik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga 0,10 gektardan 1 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolari orqali 10 yilga ijaraga berish.

Bunda elektron onlayn-auksion savdolari gʻolibi boʻlgan, “Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan extiyojmand xotin-qizlarga yer uchastkasi narxini besh yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.*

-

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

“Mahalla yettiligi”

42.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 30 yoshdan oshgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlarning elektron onlayn-auksion savdolari orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash.

BHMning 100 baravarigacha

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

“Mahalla yettiligi”

43.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun madaniy-maʼrifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etish hamda ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha motivatsion seminarlarga yuborish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.

Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun BHMning 20 baravarigacha

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

“Mahalla yettiligi”

44.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan xotin-qizlar yoki ularning ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga toʻlov-kontraktini toʻlab berish.

Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda bir marta

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

“Mahalla yettiligi”

45.

Ijtimoiy reyestr yoxud “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda oʻzi mustaqil ravishda xorijga ishga ketayotgan, shuningdek, tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketayotgan xotin-qizlarning sogʻligʻi va hayoti hamda boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotini qoplash maqsadida sugʻurta tashkilotlariga har bir sugʻurtalangan xotin-qiz uchun yiliga bir marta subsidiya toʻlash.

300 ming soʻmgacha subsidiya

Migratsiya jamgʻarmasi

Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini moliyalashtirish hamda ularga subsidiya, ssuda va grantlar ajratilishining samaradorligini baholash va muvofiqlashtirish boshqarmasi

Migratsiya agentligi

46.

Kasb-hunar taʼlimi muassasalariga — band boʻlmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan xotin-qizlar, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun grant ajratish.

Har bir ishsiz fuqaro uchun BHMning 4 baravarigacha

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Mazkur yordam turlari zaruratga qarab, boshqa toifadagi xotin-qizlarga ham koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning birga yashaydigan oila aʼzolari boshqa dasturlar doirasida, homiylik yoki boshqa mablagʻlar hisobidan uy-joy bilan taʼminlangan yoxud uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ijtimoiy yordam (koʻmak) olgan yoki imtiyozlardan foydalangan taqdirda, ularga mazkur Nizom asosida turar joy ijara kompensatsiyasi ajratilmaydi (toʻxtatiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** Xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash qonunchilik hujjatlari bilan joriy etilgan tartiblar asosida boshqa manbalar hamda shakl (subsidiya, ipoteka kreditlari va boshqalar) va shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
**** Tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlarga imtiyozli kredit berishdan oldin ular tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻrgatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

 

Respublika boʻyicha “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan yordamlar toʻgʻrisida

MAʼLUMOT

 

 

 

 

 

 

 

 

 

T/r

Hududlar nomi

Reja va ijro

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammosi hal etilgani

shundan:

1-toifa

2-toifa

3-toifa

4-toifa

5-toifa

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar

Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida boʻlgan xotin-qizlar

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar

Tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar

Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar

Jami

Reja

Amalda

Foiz

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

reja

amalda

foiz

2.

Andijon viloyati

reja

amalda

foiz

3.

Buxoro viloyati

reja

amalda

foiz

4.

Jizzax viloyati

reja

amalda

foiz

5.

Qashqadaryo viloyati

reja

amalda

foiz

6.

Navoiy viloyati

reja

amalda

foiz

7.

Namangan viloyati

reja

amalda

foiz

8.

Samarqand viloyati

reja

amalda

foiz

9.

Sirdaryo viloyati

reja

amalda

foiz

10.

Surxondaryo viloyati

reja

amalda

foiz

11.

Toshkent viloyati

reja

amalda

foiz

12.

Fargʻona viloyati

reja

amalda

foiz

13.

Xorazm viloyati

reja

amalda

foiz

14.

Toshkent shahri

reja

amalda

foiz

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi natijasi boʻyicha hisobot berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddatlar

Masʼullar

1-bosqich

1. Individual dasturlar tuman (shahar) “mahalla yettiligi” tomonidan yuritiladi.

Yil davomida

Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari,

Oila va xotin-qizlar boʻlimlari

2. Individual dasturda koʻrsatilgan tegishli chora-tadbirlar belgilangan masʼullar tomonidan bajarilishi taʼminlanadi hamda individual dasturga qayd etib boriladi.

Individual dasturda belgilangan muddatlarda

3. Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizlarning aniqlangan muammolari bartaraf etilgani haqidagi hisobotlar axborot tizimiga kiritib boriladi.

Har ish kuni soat 18.00 gacha

2-bosqich

Oila va xotin-qizlar boʻlimi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va tahlil qiladi hamda maʼlumotlarni tuman (shahar) hokimiga taqdim qiladi.

Har 10 kunda

Oila va xotin-qizlar boʻlimlari

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimi taqdim qilingan maʼlumotlarni hamda amalga oshirilgan ishlarni tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda “mahalla yettiligi” bilan tahlil qiladi, muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi.

Har oyning 1-sanasiga qadar

Tuman (shahar) hokimi, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, “mahalla yettiligi”

4-bosqich

1. Oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, masʼul tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar bajarilishi va uning haqqoniyligi boʻyicha tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib boradi.

Har chorak yakunida

Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi,

idora va tashkilotlar rahbari

2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida idora va tashkilotlar rahbari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.

3. Oila va xotin-qizlar boʻlimi yakuniy maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalariga taqdim qiladi.

Har oyda

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari maʼlumotlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim qiladi

Keyingi oyning 5-sanasiga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari

6-bosqich

1. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hududiy boshqarmalardan olingan maʼlumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan tahlil qiladi.

Har oyda

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

tegishli vazirliklar va idoralar

2. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi “Ayollar daftari”ning yuritilishi boʻyicha mutasaddi boʻlgan vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini har chorak yakuni bilan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.

Har chorakda

7-bosqich

1. Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati taqdim qilingan axborot xatini tahlil qiladi, respublika darajasida hal qilinadigan masalalarni oʻrganadi.

2. Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining topshiriq xati yuboriladi.

Har chorakda

Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi,

Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati

8-bosqich

Vazirlar Mahkamasi tahliliy maʼlumot va takliflarni koʻrib chiqadi hamda zarurat hollarda “Ayollar daftari”ning yuritilishi ijrosini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilishga materiallar tayyorlaydi.

Zarur hollarda

Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati

9-bosqich

Barcha muammolar bartaraf etilib, individual dasturda qayd etilgan chora-tadbirlar toʻliq bajarilganidan soʻng u “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va masʼullar tomonidan tasdiqlanib, tegishli xotin-qizlar roʻyxati xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Ayollar daftari”dan chiqarish uchun kiritiladi.

Har yili dekabr oyida

Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, “mahalla yettiligi”

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi) faoliyatini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun belgilangan tartibda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq “Ayollar daftari” jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari tuman (shahar) hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklida ochilgan gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlari qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandida belgilangan tushumlarning mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq miqdordagi qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Nizom 4-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan mablagʻlar tuman (shahar)lar kesimida ulardagi aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxatiga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,88;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,95;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,03;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,06;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,1.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq taqsimlangan mablagʻlar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan tarkibda tasdiqlangan Vasiylik kengashi tomonidan mahallalardagi aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda mahallalar kesimida qayta taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 2 — 9-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlarni koʻrsatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq xotin-qizlar uchun madaniy-maʼrifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Vasiylik kengashi tomonidan quyidagilar hisobidan ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllangan, biroq tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlanmagan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllanib, muqaddam tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlangan boʻlsa-da, biroq ushbu mablagʻlar taqsimlangan oyda foydalanilmagan qoldiq mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jamgʻarma mablagʻlarini ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan maqsadlarga yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlariga — individual reja asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlariga — “mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturlari asosida Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul boʻlgan oʻrinbosari Vasiylik kengashi raisi, tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimining xodimi Vasiylik kengashi masʼul kotibi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi tarkibi tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi raisi va aʼzolari “Ayollar daftari” jamgʻarmasini boshqarish faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi raisi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqaruvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining ishchi organi — Oila va xotin-qizlar boʻlimi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash Vasiylik kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi yigʻilishlari kengash raisi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi ishchi organi tashabbusiga koʻra hamda zaruratga koʻra, ammo bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi yigʻilishlariga raislik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vasiylik kengashlarining qarorlari Vasiylik kengash yigʻilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vasiylik kengashi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha umumiy rahbarlik qiladi va bu boradagi faoliyatni nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarining mahallalardagi aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar sonidan kelib chiqib, har bir mahalla kesimida taqsimlanishini, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishda shaffoflikni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasiga homiylik xayriyalari, shuningdek, xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlarini jalb qilishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasiga yuklangan vazifalarni kengash aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Ayollar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi yigʻilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yigʻilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi aʼzolariga Vasiylik kengashi yigʻilishining vaqti va oʻtkaziladigan joyi toʻgʻrisida xabar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tomonidan berilgan ijtimoiy koʻmak va moddiy yordam toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturida qayd etib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi murojaatlari bilan ishlaydi va koʻrib chiqish uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida “mahalla yettiligi” orqali murojaatchiga xabar yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashi qarori bilan ishchi organga qoʻshimcha vazifalar yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar tuman (shahar) hokimliklari hisobot boʻlimlari tomonidan yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 163-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan budjet ijrosi hisobotini shakllantirish davrida “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisoboti ham qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Vasiylik kengashi raisi har oyda “Ayollar daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. “Ayollar daftari” jamgʻarmasining joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi va tuman (shahar) mahalliy budjetiga olib qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi mazkur Nizom doirasida amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablagʻlar samarali va maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat oʻrnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Vasiylik kengashi raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi

7.

Lavozimiga koʻra**

AT “Xalq banki” tuman (shahar) filiali boshqaruvchisi

8.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻi

9.

Lavozimiga koʻra

Tuman fermerlar kengashi rahbari (kelishuvga koʻra)

10.

Lavozimiga koʻra

Ommaviy axborot vositalari vakili (kelishuvga koʻra)

11.

Lavozimiga koʻra

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati (kelishuvga koʻra)

12.

Lavozimiga koʻra

Oila va xotin-qizlar boʻlimi masʼul xodimi, Vasiylik kengashi masʼul kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. * Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Vasiylik kengashi tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** AT “Xalq banki” filiali mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda Vasiylik kengashi tarkibiga “Mikrokreditbank” ATB yoki “Biznesni rivojlantirish banki” ATB filiali boshqaruvchisi yoxud AT “Xalq banki”ning viloyat filialining masʼul xodimi kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ijtimoiy yordam miqdori

BHMning 60 baravarigacha

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi

Jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlar

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha va uni amalga oshirish natijasida olinadigan natijalar toʻgʻrisida maʼlumot;

ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar hisob-kitobi (smeta).

4.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari

Ijtimoiy yordam tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi rahbarligidagi komissiya* tomonidan har yili oʻtkaziladigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladi. Bunda:

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish, shu jumladan, ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolib loyihalarni tanlash tartibi Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovi yakuni boʻyicha gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalar har yili 8-mart — Xotin-qizlar kunida eʼlon qilinadi.

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi

Bir yilda bir marta

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli

Mazkur yordam:

jismoniy shaxslarga ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur asbob-uskuna, jihozlar, xomashyo yoki xizmatlar xarid qilib berish orqali ajratiladi;

nodavlat tashkilotlarga ish oʻrinlarini yaratish, ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) koʻlamini kengaytirish, xomashyo xarid qilish, loyiha doirasida ishga qabul qilingan shaxslarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida oʻqitish xarajatlarini qoplash uchun ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi.

7.

Izoh:

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida qatnashadigan ijtimoiy loyihalar quyidagi tartibda shakllantiriladi va koʻrib chiqiladi:

har bir mahallada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan ijtimoiy loyihalar har yili yanvar oyi yakuniga qadar ushbu mahallada faoliyat yurituvchi xotin-qizlar faoliga taqdim etiladi;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hamda xotin-qizlar faoli tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan mahallada amalga oshirilishi rejalashtirish ijtimoiy loyihalar ushbu “mahalla yettiligi” tomonidan har yili fevral oyining 20-sanasiga qadar koʻrib chiqiladi hamda eng yaxshi deb topilgan 3 ta loyiha tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi rahbarligidagi komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi;

tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi rahbarligidagi komissiya tomonidan har yili 8-martga qadar mahallalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar orasidan mahallalar kesimida har bir mahallada yashovchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning kamida 3 nafar xotin-qizlarining bandligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bitta loyiha gʻolib deb topiladi.

Bunda mazkur pozitsiyaning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlarini** doimiy ish joyi bilan taʼminlashga yoki ularning ijtimoiy faolligini oshirishga (tadbirkorlik faoliyatini boshlash, sport bilan shugʻullanish, sanʼat va madaniy faoliyat bilan shugʻullanish) qaratilgani;

loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurs, dastgoh, uskuna va jihozlarga ega boʻlish;

loyihaning mahallani ixtisoslashuviga mosligi, dolzarbligi, bozorbop va daromadliligi, ijtimoiy jozibadorligi;

jismoniy va yuridik shaxslarning amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha boʻyicha tajribaga egaligi;

xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlari yaratish va munosib ish haqi toʻlashga qobiliyatliligi;

ish bilan taʼminlash bilan bir qatorda malakasi yetarli boʻlmagan xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish yoki malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash imkoniyati mavjudligi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Mazkur komissiya tarkibi Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish tartibida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Ijtimoiy loyihani amalga oshirish natijasida, birinchi navbatda, quyidagi toifaga mansub Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar xotin-qizlari bandiligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirish talab etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan xotin-qizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan mehnatga layoqatli ishsiz xotin-qizlar (ularning mehnat muhofazasi talablariga mos ravishda bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, daromad topayotgan xotin-qizlar (ularning bandligini taʼminlash boʻyicha ushbu xotin-qizlarni shugʻullanib kelayotgan faoliyat turlarini hamda ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda, oʻqitish va bandligini taʼminlash);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosidan hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, ogʻir iqtisodiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tugatgan, oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kira olmagan yoki oliy taʼlimda oʻqish uchun imkoniyati boʻlmagan ishsiz xotin-qizlar (mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblarga va IT texnologiyalariga oʻqitib, ularning bandligini taʼminlash);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik roʻyxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan xotin-qizlari yoki ularning ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga toʻlov-kontraktini toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ijtimoiy yordam miqdori

Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda.

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning 30 yoshdan katta xotin-qizlari va ularning farzandlari.

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning 30 yoshdan katta xotin-qizlari yoki ularning farzandlarining oliy taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirgani haqidagi oliy taʼlim tashkiloti buyrugʻi;

toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish toʻgʻrisidagi shartnoma.

4.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari

Mazkur yordam quyidagilarga taqdim etiladi:

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning xotin-qizlari oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat yoki magistratura yoʻnalishning kunduzgi shaklida taʼlim olayotganda bevosita ushbu shaxslarga;

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila xotin-qizlari ikki yoki undan ortiq farzandlari oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat yoki magistratura yoʻnalishning kunduzgi shaklida taʼlim olayotganda mazkur farzandlarning bir nafariga.

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi

Oliy taʼlim tashkilotini tugatgunga qadar bir marotaba.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli

Oliy taʼlim tashkilotiga toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish toʻgʻrisidagi shartnoma muvofiq oʻtkaziladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarrohlik amaliyotisiz davolanish hamda jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ijtimoiy yordam miqdori

Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun BHMning 50 baravarigacha;

jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida.

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan katta xotin-qizlari;

oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan katta xotin-qizlari.

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Yordam oluvchining kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matrik shtrixli kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma.

4.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari

a) oila Ijtimoiy reyestrda turganda yoki soliq organlarining maʼlumotiga koʻra oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmaganda;

b) yordam oluvchining kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanmaga (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma) koʻra tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha navbat kamida ikki oy va undan ortiq boʻlganda. Bunda navbat muddati avvalgi bir oyda navbati kelgan bemorlar sonidan kelib chiqib Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hisoblanadi.

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi

Bir yilda bir marta.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli

Mazkur yordamni koʻrsatish boʻyicha mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. Bunda:

yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlangan hamda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatilgan tibbiy yordam xarajatlarini qoplash boʻyicha shartnoma tuzilgan tibbiyot tashkiloti (davlat yoki nodavlat) tomonidan yoʻllanma asosida amalga oshiriladi;

yordam koʻrsatiladigan shaxslar Sogʻliqni saqlash vazirligining imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida boshqa shaxslardan alohida tarzda yuritiladigan navbat asosida davolanadi;

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni har oyga alohida rejalashtiradi;

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi har oyning 5-sanasiga qadar mazkur oyda “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga taqdim etadi;

yordam koʻrsatiladigan shaxslar Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida boshqa shaxslardan alohida tarzda yuritiladigan navbat asosida davolanadi, bunda rejalashtirilgan mablagʻlar miqdori yordam koʻrsatiladigan shaxs jarrohlik amaliyotisiz davolanadigan holatda BHMning 50 baravaridan kam boʻlsa, jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladigan holatda ushbu amaliyotni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxdan kam boʻlsa, yoʻllanmani tasdiqlash rad etiladi va bemor davolanish uchun navbatdagi oyda murojaat qiladi;

yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganidan soʻng Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining talabnomasiga muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar 3 ish kuni ichida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati tomonidan tegishli mablagʻlar tibbiyot tashkilotiga oʻtkazib beriladi.

7.

Izoh:

a) mazkur yordam uni oluvchilar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatilmagan yoki ushbu yordam xarajatlari boshqa manbalar (“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va boshqa manbalar) hisobidan qoplanmagan holatlarda koʻrsatiladi.

b) Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan tibbiyot tashkilotlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha alohida hisob-kitob yuritiladi.

v) yordam oluvchilarning hisobi Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida alohida yuritiladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarga turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ijtimoiy yordam miqdori

Ijara toʻlovining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha).

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar.

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va Oila va xotin-qizlar boʻlimi oʻrtasida tuzilgan turar joy ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma.

4.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari

-

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi

“Ayollar daftari”da turgan davrida.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli

Turar joy ijarasi toʻgʻrisidagi uch tomonlama shartnomaga muvofiq toʻlab beriladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash uchun mablagʻ ajratish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ijtimoiy yordam miqdori

BHMning 50 baravarigacha

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar;

oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar.

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

-

4.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari

-

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi

Bir marta

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli

Uy-joyni taʼmirlash uchun zarur boʻlgan qurilish materiallarini xarid qilish uchun tegishli tovarlarni (xizmatlar va ishlar)ni yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq toʻlanadi.

7.

Izoh

a) mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi yoki boshqa huquqlar asosida (uy-joy fuqaroning oʻziga, turmush oʻrtogʻiga, birga yashovchi oila aʼzolarining biriga) tegishli boʻlgan uy-joylarga borgan holda oʻrganish oʻtkazilib, dalolatnoma tuziladi.

Bunda mazkur dalolatnomada yordam oluvchiga tegishli uy-joyni taʼmirlanishi lozim boʻlgan qismlari hamda yangisiga almashtirilishi lozim boʻlgan jihozlar (eshik-rom, shifer va boshqalar) aniq koʻrsatiladi;

b) yordam oluvchiga tegishli uy-joyni taʼmirlash uchun xarid qilinadigan tovarlar, shu jumladan qurilish mollarini xarid qilishda tovar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarni maxsus axborot portalida eʼlon joylashtirmasdan va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aniqlanadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion savdolari orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ijtimoiy yordam miqdori

BHMning 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda.

Bunda yer uchastkasini auksion savdolari orqali sotib olish xarajatlari miqdori BHMning 100 baravarigacha boʻlganda toʻliq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori boʻlgan hollarda esa — xarajatlarning BHMning 100 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 30 yoshdan oshgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlar.

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

-

4.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari

a) oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud boʻlmasligi;

b) yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion savdolari orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi;

v) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlishi.

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi

Faqat bir marotaba

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli

Mazkur yordam boʻyicha tegishli mablagʻlar yordam oluvchining bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

7.

Izoh

Yordam oluvchi shaxslarga bir martalik toʻlov 14 — 30 yoshdagi shaxslar uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi, 30 yoshdan katta boʻlgan xotin-qizlar uchun “Ayollar daftari” jamgʻarmasi, boshqa ehtiyojmand shaxslar uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Bunda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, biroq “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan shaxslar xotin-qizlar faoli yoki yoshlar yetakchisi tomonidan bir oy muddatda “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritiladi hamda ularga bir martalik toʻlovni toʻlaydi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarning ruhiy holatini yaxshilash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ijtimoiy yordam miqdori

10 — 30 nafar xotin-qizlar guruhiga 7 kunlik seans uchun:

viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning 5 baravarigacha;

tuman (shahar)larda BHMning 3 baravarigacha.

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi

“Ayollar daftari”ning 4-toifasiga kiritilgan tibbiy va psixologik yordamga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

-

4.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari

Ushbu ijtimoiy yordam “Ayollar daftari”ning 4-toifasiga kiritilgan quyidagi xotin-qizlarga koʻrsatiladi:

nizoli oilalarda yashovchi, profilaktik, narkologik hisobida turgan va migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar, yolgʻiz ayollar va boshqalar;

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi jarrohlik amaliyotsiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi

Bir yilda bir marta.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli

Mazkur yordam “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tegishli huquq va ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning psixologlari (nodavlat notijorat tashkilotlar psixologlari, oliy taʼlim muassasalari psixologlari va boshqa) tomonidan jamoaviy seanslar shaklida koʻrsatiladi.

Bunda koʻrsatilgan xizmatlar uchun mablagʻlar psixolog xizmatini koʻrsatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsga tuman (shahar) hokimligi (ishchi organi — Oila va xotin-qizlar boʻlimi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlab beriladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar va yordam berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ijtimoiy yordam miqdori

a) 10 — 30 nafar xotin-qizlar guruhiga huquqiy savodxonlikni oshirish, tegishli huquqiy muammolari boʻyicha tushuntirish berish yuzasidan bir martalik seminar (oʻquv) uchun:

viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning bir baravarigacha;

tuman (shahar)larda BHMning 50 foizigacha;

b) tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki ID-karta (biometrik pasport)ni olish uchun belgilangan davlat boji toʻliq miqdorida;

v) sudga daʼvo arizalari kiritilishida toʻlanadigan davlat boji toʻliq miqdorida.

2.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi

5-toifaga kiritilgan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan, ajrim, yarashtiruv, sud, aliment va boshqa shu kabi masalalarda maslahat va amaliy yordam koʻrsatishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.

3.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar

Malakali huquqshunos (yurist) yoki advokatlik byurosi bilan tuman (shahar) hokimligi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;

“mahalla yettiligi” tavsiyanomasi hamda ID-karta (biometrik pasport) yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma olish uchun zarur boʻlgan tegishli hujjatlar;

“mahalla yettiligi” tavsiyanomasi va billing.sud.uz elektron platformasidan invoys raqamli hisob rekvizitlari.

4.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari

Seminar (oʻquv)larga xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan tuzilgan roʻyxat asosida jalb etiladi;

tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki ID-karta (biometrik pasporti) olish hamda sudga daʼvo arizalari kiritilishida davlat bojini toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamlar Ijtimoiy reyestrda turgan xotin-qizlar uchun koʻrsatiladi.

5.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi

Har bir xotin-qiz seminarga bir marotaba jalb etiladi;

tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki ID-karta (biometrik pasport) olish hamda sudga daʼvo arizalari kiritilishida davlat boji toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamlar bir marta.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli

Xotin-qizlar uchun seminar (oʻquv)lar malakali huquqshunos yoki advokatlik byurosi advokatlari tomonidan jamoaviy tarzda oʻtkaziladi.

Bunda koʻrsatilgan xizmatlar uchun mablagʻlar advokatlik tuzilmasiga tuman (shahar) hokimligi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlanadi;

tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki ID-karta (biometrik pasport) olish hamda sudga daʼvo arizalari kiritilishidagi davlat boji tegishli invoys raqamli hisob rekvizitlariga oʻtkazib beriladi.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-sentabrdagi 466-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 09/22/145/0253-son, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son; 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son; 26.08.2024-y., 09/24/527/0645-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son; 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)