1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish talablari va shartlari, ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma olish uchun arizani koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, qayta tiklash, uning amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish va bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 28-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-martdagi 141-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan (keyingi oʻrinlarda — maydoncha) foydalanishga ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saqlash punkti — yadroviy qurilmalar sirasiga kirmaydigan hamda yadroviy materiallarni va radioaktiv moddalarni saqlash, radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlash uchun moʻljallangan statsionar obyektlar hamda inshootlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert tashkiloti — atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza qismi boʻyicha atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga (keyingi oʻrinlarda — litsenziya) ega boʻlgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi) tomonidan ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish hamda tegishli xulosa tayyorlash uchun jalb qilinadigan atom energiyasidan foydalanish sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmalar — atom elektr stansiyalari, tadqiqot yadro reaktorlari, kritik va subkritik yadroviy stendlari boʻlgan inshootlar hamda majmualar, yadroviy yoqilgʻidan va yadroviy materiallardan foydalanish hamda ularni tashish uchun moʻljallangan qurilmalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ruxsatnoma maydonchadan bir marta foydalanish maqsadida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan beriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tegishli xulosalar tayyorlash maqsadida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish, ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun mazkur sohada malakali ekspertlarni ham jalb etishga haqli.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ruxsatnoma mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ruxsatnoma Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ruxsatnoma ariza beruvchi bilan birga faoliyat yuritayotgan, shuningdek, ariza beruvchining taʼsischilaridan biri hisoblangan yuridik shaxslarga nisbatan amal qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ruxsatnomani berish talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar ruxsatnomani berish talablari va shartlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan maydonchadan yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, amaldagi standartlar, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalarga, atrof muhitni, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchida ushbu Nizomning 3-bobida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs qayta tashkil etilib, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, ariza beruvchi (uning huquqiy vorisi) tomonidan qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasini xabardor qilish;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomani berish, uni qayta rasmiylashtirish, shuningdek, qayta tiklash uchun yigʻim summasini toʻlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi tomonidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maydonchani tanlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning (ishning) xavfsizligini asoslash yuzasidan qogʻoz shaklida uch nusxada hujjatlar toʻplami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining loyiha hujjatlari tarkibidagi yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining atrof muhitga radiatsiyaviy taʼsirini baholash boʻyicha hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirishni asoslash yuzasidan texnik-iqtisodiy asoslovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektining toʻliq “hayotiy” davri mobaynida sifatni taʼminlashning umumiy dasturi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maydonchani tanlash jarayonida sifatni nazorat qilish dasturi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchidan mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilingan hujjatlarda havola qilingan hujjatlar, agar bunday hujjatlardan umumiy foydalanishi cheklangan va ilgari Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga taqdim etilmagan boʻlsa, bundan mustasno.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hujjatlar Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining masʼul xodimi tomonidan ilova qilingan hujjatlar bilan birga roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ariza beruvchi notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganligi uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻim summasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Ariza beruvchi berilgan arizadan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqish jarayonida atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat xavfsizligini asoslash yuzasidan belgilangan tartibda ekspertiza oʻtkazilishini, shuningdek, joyiga chiqqan holda ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyat turi uchun sharoitlarni baholashni (tekshirishni) tashkil etadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga taqdim qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga oʻn ish kunidan kam boʻlmagan muddat beriladi. Bunda arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyat turi uchun sharoitlarni baholash (tekshirish) natijalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur koʻrsatmalar beradi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi xavfsizlikni asoslash ekspertizasi xulosasi olingan kundan boshlab oʻn ish kunida ekspertiza xulosasini qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qaror qabul qilingan sanadan boshlab xavfsizlikni asoslash ekspertizasi yakunlangan hisoblanadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining Hayʼat kengashi tomonidan ariza beruvchi taqdim qilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini baholash (tekshirish) natijalari, shuningdek, xavfsizlikni asoslash ekspertizasi xulosasi asosida qabul qilinadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchi yozma ravishda uch ish kuni ichida xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Quyidagilar ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomani berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining ushbu Nizom 7-bandida koʻrsatilgan ruxsatnomani berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlikni asoslash ekspertizasi natijasi boʻyicha salbiy xulosa berilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyat turi uchun sharoitlarni baholash (tekshirish) natijalari salbiy boʻlganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik sababli ruxsatnoma berishni rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada rad etishning aniq sabablari hamda ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etish uchun xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmagan muddat koʻrsatilishi lozim. Ruxsatnomani berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma berishni rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf qilingan taqdirda, ariza beruvchining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi (xavfsizlikni asoslash ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish muddatlari bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchining arizasini qayta koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ariza beruvchining arizasini qayta koʻrib chiqishda, ilgari ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarda koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ariza beruvchi ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, qayta tiklash, uning amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish va bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yuridik shaxs qayta tashkil etilib, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, ariza beruvchi (uning huquqiy vorisi) qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga ushbu maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish jarayonida mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi oʻz faoliyatini Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining ariza qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan arizaning nusxasi asosida amalga oshiradi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tegishli hujjatlar ilova qilingan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ruxsatnomani rasmiylashtiradi.
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ariza beruvchining arizasiga koʻra qayta tiklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yangi ruxsatnoma Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan ariza qabul qilingan kundan boshlab, shuningdek, ruxsatnoma yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda esa, uning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda beriladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda va (yoki) qayta tiklashda, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma talablari hamda shartlarining buzilganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori ruxsatnoma olgan yuridik shaxs tomonidan bajarilmaganda.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilishi oʻn kungacha muddatga Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan, oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga esa — sud tomonidan toʻxtatib turiladi.
(25-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ruxsatnoma egasiga ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yetkaziladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ruxsatnoma egasiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar ruxsatnoma egasi tomonidan bartaraf etish muddati belgilanishi shart. Bunda koʻrsatilgan muddat ruxsatnoma egasi ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam va olti oydan koʻp boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar ruxsatnoma egasi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi yoki sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
(25-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga qonunda belgilangan tartibda yetkaziladi. Bunda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi ruxsatnomaning amal qilishi qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻzining rasmiy veb-saytiga bir ish kunidan oshmagan muddatda joylashtiradi.
(25-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash haqida yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisida uch ish kuni ichida qaror qabul qilmasa, ruxsatnoma egasi mazkur muddat oʻtgandan soʻng Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasini xabardor qilgan holda oʻz faoliyatini davom ettirishi mumkin.
(25-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma egasi ushbu bandda nazarda tutilgan ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, sud ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(25-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(25-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi ruxsatnoma egasi oldida koʻrilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi. Bunda sud tomonidan ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishi asossiz deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran ruxsatnomaning amal qilishi qayta tiklangan deb hisoblanadi.
(25-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma egasi oʻz faoliyati vaqtincha toʻxtatib turilgan taqdirda, ruxsatnomaning amal qilishini olti oygacha muddatga toʻxtatib turish haqida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Agar ruxsatnoma egasi ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganidan keyin olti oy ichida ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga ariza bilan murojaat etmagan boʻlsa, ruxsatnomaning amal qilishi tugatiladi.
(25-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi axborot tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kuni ichida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak.
(25-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ruxsatnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma egasi ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, uning oʻzgartirilishi, shuningdek, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatning ayni bir harakatlarni (faoliyatni) amalga oshirish uchun ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda, qoʻshib yuborilishi bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma egasi ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma egasi tomonidan ruxsatnoma talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma ushbu bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining qaroriga binoan bekor qilinadi.
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma talablari va shartlarini qoʻpol buzishga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noxush hodisaga, avariyaga, inson salomatligiga va atrof muhitga bevosita xavf solishga olib keladigan oʻrnatilgan texnologik reglamentlar, texnologik jarayonlar, yoʻriqnomalar va dasturlarni buzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida ishlatiladigan asbob-uskunalarning sifati, kelib chiqishi va resurs xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks etgan nazorat, sinov natijalarini va boshqa hujjatlarni qalbakilashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma egasining atom enregiyasidan foydalanish obyektining xavfsizligi holatining oʻzgarganligi toʻgʻrisida notoʻgʻri, toʻliq boʻlmagan yoki noaniq maʼlumotlarni taqdim etishi, bunday maʼlumotlarni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga taqdim etmasligi yoki oʻz vaqtida taqdim etmasligi;
(26-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish obyektining ishchilarini tanlash, tayyorlash, mustaqil ishga qabul qilish va xodimlarning malakasini taʼminlash boʻyicha belgilangan tartibini buzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga ruxsatnoma egasining har qanday qayta tashkil etilishi, joylashgan joyi yoki nomi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz vaqtida taqdim etmaslik.
(26-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma ushbu bandning toʻrtinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay ruxsatnoma egasiga ruxsatnomani bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yetkazadi.
(26-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma ushbu bandning yettinchi xatboshida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan taqdirda, ruxsatnoma berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ruxsatnoma egasiga hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
(26-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, ruxsatnoma egasiga ruxsatnomani bekor qilish asoslarini qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yetkazadi.
(26-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi bekor qilingan ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi axborotni bir ish kuni ichida ruxsatnomalar reyestriga kiritadi.
(26-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma berish tartib-taomili bekor qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bajarilishi uchun ruxsatnoma berilgan bir martalik harakat bajarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma egasi tomonidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga ruxsatnomaning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza bilan ilgari murojaat etilganda, mazkur muddat ichida ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda.
(27-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan hollarda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
(27-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish yoxud bunday zarar xavfini keltirib chiqarish ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda tugatish uchun asos boʻladi va bu ruxsatnoma berish talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va ularni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Reyestrda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma berilgan sana va ruxsatnoma raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, qayta tiklash, uning amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish va bekor qilishning asosi va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Reyestrdagi maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ruxsatnoma berish jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga doir ruxsatnoma berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga hujjatlarni bevosita yoki pochta xizmati orqali yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan elektron shaklda taqdim etadi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
2-bosqich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
1. Arizaga ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi yuzasidan dastlabki baholashni amalga oshiradi.
1. Ariza qabul qilgandan soʻng 10 ish kuni mobaynida
2. Hujjatlarni xavfsizligini asoslash ekspertizasidan oʻtkazishni, shuningdek, joyiga chiqqan holda ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyat turi boʻyicha shart-sharoitlarni baholash (tekshirish)ni tashkil etadi.
2. Xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish tartibida belgilangan muddatlarda
3. Xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
3. Xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish tartibida belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Ariza beruvchi
Xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish uchun ekspert tashkilotiga belgilangan shakldagi buyurtmani
va texnik topshiriqni bevosita, uning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga pochta xizmati orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Ekspertizani amalga oshirish uchun texnik topshiriq tasdiqlangandan soʻng 5 ish kuni mobaynida
Ekspert tashkiloti
Belgilangan tartibda xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazadi.
Tasdiqlangan texnik topshiriqda belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
1. Xavfsizlikni asoslash ekspertizasi xulosasini qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1. 10 ish kunida
2. Ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. 1 ish kunida
3. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi va ruxsatnomani beradi.
3. 3 ish kunida
4. Ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ariza beruvchiga rad etishning aniq sabablari va kamchiliklarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan yozma xabarnoma yuboradi (topshiradi).
4. 1 ish kunida
5-bosqich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, ariza beruvchining taqdim etgan arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda qayta koʻrib chiqiladi.
Ariza taqdim etilgan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
__________________________________________________________________________ning arizasiga asosan
Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “___”_________dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga doir ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ariza beruvchiga
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma olish toʻgʻrisida ARIZA
1. Vakolatli organ nomi
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi ___________________________________________________________
2. Yuridik shaxs toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar
2.1. Toʻliq nomi: ______________________________________________________________________________
2.4. Oʻzbekiston Respublikasidagi pochta manzili:
pochta indeksi:
_____________________________________________
viloyat:
_____________________________________________
shahar:
_____________________________________________
tuman:
_____________________________________________
koʻcha:
_____________________________________________
STIR:
_____________________________________________
aloqa telefonlari
_____________________________________________
2.5. Obyektning Oʻzbekiston Respublikasidagi joylashgan manzili (agar bir nechta obyekt mavjud boʻlgan taqdirda, ularning joylashgan manzilini shu shaklda mazkur arizaga ilova tarzida koʻrsatish lozim):
pochta indeksi:
_____________________________________________
viloyat:
_____________________________________________
shahar:
_____________________________________________
tuman:
_____________________________________________
koʻcha:
_____________________________________________
uy raqami:
_____________________________________________
elektron pochta manzili:
_____________________________________________
3. Yuridik shaxsning faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot
3.1. Faoliyatning asosiy turi: ____________________________________________________________________________________________
3.2. Ariza beruvchi ruxsatnoma soʻrayotgan faoliyat (harakat) turi: ____________________________________________________________________________________________
3.3. Ishchilarning taxminiy soni: _________________ ta.
3.4. Faoliyatni amalga oshirish joyi: _____________________________________________________________
3.5. Faoliyatni amalga oshirish muddati: ___________________________________________________________
4. Yuridik shaxsning rahbarlari yoki ularning qonuniy vakillari
4.1. Rahbar _______ Qonuniy vakil ________ (kerakligi “X” belgi bilan belgilanadi)
4.3. Ismi: ___________________________________________________________________________________
4.4. Otasining ismi: ___________________________________________________________________________
4.5. Pasport seriyasi va raqami: __________________________________________________________________
4.6. Kim tomonidan berilgan: ____________________________________________________________________
4.7. Pasportning berilgan vaqti: _______________ 4.8. Ishonchnomaning berilgan vaqti: ____________________
4.9. Pochta indeksi: _________________________ 4.10. Viloyat, shahar, tuman: _____________________________
4.11. Koʻcha: ________________________________ 4.12. Uy raqami: _____________________________________
4.13. Xonadon raqami: ______________
aloqa telefoni ____________________
__________________________
(ish joyi)
(uyali)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga berilayotgan arizaning mazmuni
Men ________________________________________________________________________________________
(rahbarning F.I.O. va yuridik shaxsning nomi)
___________________________________________________________________________ shuni tasdiqlayman (miz)ki, roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim qilinayotgan hujjatlar va maʼlumotlar haqiqiy, rost va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga mos keladi. Aks holda, yolgʻon maʼlumotlar berganligim uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻlaman (miz). Mazkur arizaning 3.2. pozitsiyasida koʻrsatilgan faoliyat turiga ruxsatnoma berishingizni soʻrayman.
Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati:
1. Qonuniy vakilga berilgan ishonchnomaning nusxasi
___________
2. Ariza koʻrib chiqilgani uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat
___________
3. Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga asosan boshqa hujjatlar
___________
Ariza berish sanasi 20___ y “___”__________.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining masʼul xodimi imzosi (elektron imzosi)
_____________________________________________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2022-y., 09/22/141/0246-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)