15.03.2022 yildagi PQ-167-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan davrda keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini yaxshilash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan, sohaga oid 10 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi, nuroniylarning ijtimoiy faolliklarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Faxriy murabbiy” ordeni va “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksalar uchun 152 ta tuman va shaharda “Nuroniylar maskani” majmualari tashkil etildi, barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni toʻliq miqdorda toʻlash yoʻlga qoʻyildi, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlari, mahallalarda “Keksalar maslahati” guruhlari tashkil etildi, “Keksalar haftaligi” va “Keksalar uchun turizm oyligi”ni oʻtkazish anʼanaga aylandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mamlakatimizda keksalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi unga yuklatilgan asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, mahallalarda nuroniy va keksalar bilan ishlarni takomillashtirish yoʻnalishida quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik koʻrsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, korxona va tashkilotlardagi “Faxriylar kengashlari”, fuqarolar yigʻinlaridagi “Keksalar maslahati” guruhlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi ishtirokini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qilish hamda ijtimoiy himoya dasturlari doirasida davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S.T. Turdiyev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki oy muddatda Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Saʼdullayev) Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M.M. Xodjimatov) bilan birgalikda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida mahallalarda hayotiy va katta amaliy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli nuroniylar va ziyolilarni ishsiz, tarbiyasi ogʻir va muammoli yoshlarga biriktirish orqali ularni jamiyat uchun foydali insonlar boʻlib yetishishlariga koʻmaklashish dasturlarini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, mahallalardagi yoshlarning tarbiyasi va axloqida boʻlgan ijobiy oʻzgarishlardan kelib chiqib nuroniy va ziyolilar Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fuqarolar yigʻinlari tomonidan nuroniylar tashabbusi va tajribasidan keng foydalangan holda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha mahallalarning dasturlari qabul qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) fuqarolar yigʻinlarida “Keksalar maslahati” guruhlarining jamoatchilik nazorati yoʻnalishidagi faoliyatini samarali tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mahallalarda aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar, maktablarda oʻquvchilarning darslarni oʻzlashtirishi, davomati, bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan fuqarolarni ish bilan taʼminlash darajasi va boshqa davlat xizmatlarining koʻrsatilishi boʻyicha nuroniylarning jamoatchilik nazorati oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimning pensiya yoshiga toʻlganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibini taqiqlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xodimning pensiya yoshiga toʻlganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni taqiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, 2022-yil 1-apreldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan sharoiti ogʻir va kam taʼminlangan keksalarga shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ogʻir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi boʻlgan keksalarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha boʻlgan summasi kompensatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, dori vositalarining roʻyxati Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishiladi hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining qarori qabul qilingan kundagi dori vositalarining tegishli summasi kompensatsiya qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan keksalarning jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishidagi muassasalarda (stadion, sport zallari, basseyn va boshqa sport majmualari) jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, abonement xarajatlarining bir oylik summasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan oshmagan holda sport yoʻnalishidagi muassasalarning hisob raqamiga oʻtkazib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari toʻliq qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S.T. Turdiyev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda koʻrsatilgan chora-tadbirlarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish va mablagʻ ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda qabul qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S.T. Turdiyev) Turizm va madaniy meros vazirligi (U.A. Azamov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalarning respublikamizdagi diqqatga sazovor joylarga sayyohlik safarlarini tashkil etish maqsadida Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ikkita zamonaviy avtobus xarid qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sayyohlik safarlarini uyushtirish boʻyicha tarixiy shaharlar va diqqatga sazovor joylarning roʻyxatini shakllantirsin hamda tumanlar (shaharlar) kesimida avtobuslar qatnovlari grafigini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil uchun grafikda belgilangan safarlarni uyushtirish joyi, vaqti haqida ommaviy axborot vositalari va axborot tarqatishning boshqa manbalari, shu jumladan “Nuroniy” elektron platformasi orqali hududlar aholisini kamida uch oy oldindan xabardor qilish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2022-yilda Jamgʻarma mablagʻlarining amalda oʻzlashtirilishiga qarab Davlat budjetidan 50 milliard soʻm ajratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 6-band ikkinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S.T. Turdiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2022-yil 1-oktabrga qadar Jamgʻarmaning “Nuroniy” elektron platformasi va yagona elektron bazasi faoliyatini yoʻlga qoʻysin hamda Jamgʻarmaning faoliyati toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarning platformada joylashtirib borilishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarining sarflanishi, shu jumladan mablagʻ oluvchilar va xizmatlardan foydalanganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda hisobot choragi yakuni bilan Jamgʻarmaning rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma oʻz mablagʻlarining sarflanishiga oid masalalarni muhokama qilishga keng jamoatchilikni jalb qilgan holda oʻz faoliyatining auditorlik tekshiruvi natijalari hisobotini ommaviy axborot vositalariga taqdim etib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2022-yil 1-sentabrga qadar budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda keksalarga oid maʼlumot va yangiliklarni ularning mobil telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuborish orqali maʼlum qilib borishni tashkil qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2022-yil 1-dekabrga qadar Jamgʻarmaning yagona elektron maʼlumotlar bazasiga keksalarning ijtimoiy faolligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻyicha tezkor murojaat qilish kabi masalalar kiritilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 2023-yil 1-yanvarga qadar “Nuroniy” elektron platformasini budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining pensiya va nafaqa oluvchilarning elektron maʼlumotlar bazasi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” hamda “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi bilan integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 2022-yil 1-maydan boshlab ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmati xodimlari yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining “Call-markazi”ga qilingan murojaatlar asosida quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) axborot-servis xizmati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlarining koʻrigiga yozdirish, ularni uyga koʻrikdan oʻtishga chaqirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma xizmatlaridan foydalanish uchun buyurtma berish, roʻyxatdan oʻtish va buyurtmaning holatiga aniqlik kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan profilaktik, tibbiy davolanishlar va sayyohlik safarlari boʻyicha maʼlumotlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishidagi muassasalar (stadion, sport zallari, basseyn va boshqa sport majmualari) toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniy hordiq chiqarish maqsadida kinoteatrlar, teatrlar, muzeylar va boshqa madaniy tadbirlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) uyda xizmatlarni koʻrsatish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar doirasida dori vositalari, protez-ortopediya moslamalari va kreslo-aravachalarni uyga yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifokorlar retseptlariga asosan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga ularning mablagʻlari hisobiga dori vositalarini olib kelish hamda oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning shifokori koʻrigidan soʻng tibbiy koʻrik maʼlumotlarini yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kutubxonalarga aʼzo boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar, gazetalar va boshqa nashrlarni yetkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S.T. Turdiyev) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.A. Xadjayev), Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining telekanallari orqali Jamgʻarmaning moliyaviy koʻmagi asosida keksalar uchun quyidagi mazmundagi koʻngilochar-maʼrifiy koʻrsatuvlar va videoroliklar efirga uzatilishini tashkil qilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Otalar soʻzi — aqlning koʻzi” telekoʻrsatuvining har oyda kamida ikkita yangi soni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, koʻrsatuv mazmunan boyitilgan holda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, Vatanga muhabbat ruhida tasvirga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Nuroniylar maslahati”, “Mahallada gurung” va “Yoshlar nuroniylar nigohida” rukni ostida obroʻ-eʼtiborli keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasiga bagʻishlangan maʼrifiy telekoʻrsatuvlarning har kunlik soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) zamonaviy toʻlov vositalaridan va bank xizmatlaridan foydalanish hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, koʻchatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yoʻlga qoʻyish hamda hunarmandchilik, kasanachilik va tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish boʻyicha qisqa metrajli videoroliklar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra barcha davlat boshqaruvi organlarida har yili ikki marta mazkur tashkilotlarda uzoq yillik tajribaga ega boʻlgan, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan keksa avlod vakillari bilan vazirlik va idoralarning rahbarlari ishtirokida “Keksa avlod uchrashuvlari” mavzusida maslahat suhbatlari tashkil etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, maslahat suhbatlari vazirlik va idoralarning mutasaddi xodimlari ishtirokida tashkilotning soʻnggi yillardagi faoliyati natijalari, istiqboldagi rejalari hamda uzoq muddatli strategik koʻrsatkichlari boʻyicha muhokamali tarzda tashkil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.H. Toshkulov) Xalq taʼlimi vazirligi (B.O. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-apreldan boshlab doimiy ravishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oliy taʼlim, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari va maktablarda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida hayotiy tajribaga ega boʻlgan nuroniylar bilan ochiq davra suhbatlarini, shu jumladan videokonferensiya tarzida tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashovchi keksalarni maʼnaviy-ruhiy hamda psixologik qoʻllab-quvvatlash maqsadida joylardagi davlat organlari va muassasalarining malakali psixologlari, faol yoshlardan iborat boʻlgan volontyorlik guruhlarini tashkil qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, volontyorlik guruhlari tomonidan har ikki oyda kamida bir marotaba oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarning holidan xabar olish masalalarini muvofiqlashtirishga yoshlar yetakchilari shaxsan masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining markaziy apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlari tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Jamgʻarmaning markaziy apparati va hududiy boʻlimlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarmaning shakllantirilgan oʻz mablagʻlari hisobidan qoplab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S.T. Turdiyev) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev) va boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar xalqaro tajribadan kelib chiqib, mamlakatimizda faol qarish indeksini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirish yuzasidan ushbu qarorning maqsad va vazifalari bosma va elektron axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi oʻrtasida muntazam, tizimli va keng koʻlamda yoritib borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari S.T. Turdiyev, sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul ijrochi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-avgustga qadar axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 15-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-167-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining markaziy apparati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Rais

(jamoatchilik asosida)

Raisning birinchi oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Matbuot kotibi

Jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlari

Keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish boʻlimi

3

Maʼnaviy-maʼrifiy va ommaviy tadbirlarni tashkil etish boʻlimi

3

Yuriskonsult

Moliya va buxgalteriya hisobi va mablagʻlar nazorati shuʼbasi

2

“Nuroniy” tahririyati” MJCH*

Axborot-tahlil va hududlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

“Nuroniy-sayyoh” MCHJ*

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari va oʻz faoliyatidan olingan daromadlar hisobidan saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan normativlar asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Boʻlim raisi

(jamoatchilik asosida)

Keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Hisobchi

1

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan normativlar asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chora-tadbirlar rejasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

1.

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi nizom hamda jamoatchilik kengashining 2022-yilga moʻljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lardagi nuroniylar jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi va nizomini tasdiqlash.

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashining tashkiliy yigʻilishi qarori

2022-yil aprel

-

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi

2.

Hududiy nuroniylar jamoatchilik kengashlari tavsiyalari asosida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda zarur boʻlgan maxsus moslamalar bilan taʼminlashga koʻmaklashish tizimini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil aprel

“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi

3.

“Nuroniy” jamgʻarmasining ustavi va hududiy boʻlimlarining nizomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil aprel

-

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi,

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

4.

Keksalarning davlat madaniyat va sport muassasalari, muzeylari xizmatlaridan foydalanishi tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil aprel

-

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(S. Turdiyev)

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov)

5.

Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalarni maʼnaviy-ruhiy hamda psixologik qoʻllab-quvvatlash maqsadida joylardagi davlat organlari va muassasalarining malakali psixologlari, faol yoshlardan iborat boʻlgan volontyorlik guruhlarini shakllantirish.

Ushbu guruhlar tomonidan har oyda kamida bir marotaba oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalarning holidan xabar olish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil aprel

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oliy va oʻrta maxsus vazirligi

(A. Toshkulov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

mutasaddi vazirlik va idoralar

6.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalarni har yili sanatoriylarda navbat asosida bepul sogʻlomlashtirish tartibini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil aprel

“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(A. Inakov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(Q. Rafikov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Ilm-fan, maʼnaviyat, madaniyat, sanʼat va sport sohalarida yutuqlarga erishgan (tanilgan) hamda bugungi kunda nafaqada boʻlgan ziyoli mehnat faxriylarining roʻyxatlarini “mahallabay” shakllantirish.

Ularni hududlardagi taʼlim muassasalariga hamda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida yoshlarga biriktirish orqali ijtimoiy faoliyatga keng jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil may

-

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi,

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

vazirlik va idoralardagi Faxriylar kengashlari

8.

Nuroniylar jamoatchilik kengashlari va “Keksalar maslahati” guruhlari aʼzolari uchun oʻquv mashgʻulotlarini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil aprel-may

-

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(S. Turdiyev),

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi,

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

9.

Hududiy nuroniylar jamoatchilik kengashlari tomonidan keksalarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga oid chora-tadbirlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashining qarori loyihasi

2022-yil may

-

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi,

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Fuqarolar yigʻinlarida keksalarga koʻmak beruvchi “Nuroniylar eʼzozimizda” koʻngilli patronaj yoshlar guruhlarini shakllantirish hamda ularning aʼzolarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil may

-

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 77 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilariga bagʻishlangan maxsus uchrashuvlar va madaniy-maʼrifiy kechalarni oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil may

“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi

12.

Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashda keksalarning rolini oshirish hamda nuroniylarning dam olishlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tuman (shahar)lardagi “Nuroniylar maskani” majmualariga taʼlim va madaniyat muassasalarini biriktirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil may

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

13.

Uzoq yillar birgalikda umr kechirib, qoʻsha qarigan keksalarning ibratli hayotini yosh avlodga targʻib etish maqsadida mahallalarda va tuman (shahar)larda “Qoʻsha qarish saodati — 50 yil”, “Birgalikda 60 yil” kabi mavzularda tantanali taqdirlash marosimlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil may

“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

“Muvaffaqiyatli keksalikning 50 kafolati” nomli keksalar oʻqishi uchun tavsiya etiladigan 50 nomdagi kitoblar roʻyxatini shakllantirish hamda aholi oʻrtasida ularni keng targʻib qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil iyun

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayidov),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov),

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi

15.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mahallalarda qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlash, aholi muammolarining mutasaddi tashkilotlar tomonidan hal etilishi ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan fuqarolar yigʻinlari raislari uchun seminarlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil iyun-iyul

-

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(S. Turdiyev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Keksalarni qoʻllab-quvvatlashga texnologik innovatsiyalarni keng jalb etish maqsadida yoshi ulugʻ va yakka-yolgʻiz keksalarga koʻmaklashuvchi innovatsion texnika vositalarini yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grant mablagʻlari, homiylik mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

“Nuroniylar maskani” majmualari, ulardagi barcha inventar va jihozlarni “Nuroniy” jamgʻarmasi balansiga oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

-

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Barcha tuman va shaharlarda, qoidaga koʻra madaniyat va istirohat bogʻlari hududida “Nuroniylar maskani” majmualari faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil sentabr

Homiylar va tashabbus-korlar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi tomonidan 1-oktabr — Xalqaro qariyalar kuni deb eʼlon qilinganligini inobatga olib, har yili oktabr oyining birinchi haftasini “Keksalar haftaligi” sifatida keng nishonlash.

Chora-tadbirlar dasturi

Har yili 10-oktabrga qadar

-

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(S. Turdiyev),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov)

20.

Keksalarning boʻsh vaqtini mazmunli va foydali oʻtkazishini taʼminlash, uzoq umr koʻrishlariga yanada keng sharoit va imkoniyatlar yaratish, boy tajribalarini yoshlarga oʻrnak qilib koʻrsatish, oʻrgatish maqsadida ularning uylarida:

turli ilmiy, ijodiy va texnik toʻgaraklarni tashkil etish;

kasb-hunar oʻrgatishga qaratilgan faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Ushbu yoʻnalishda tashabbuskor keksalarni muntazam ravishda ragʻbatlantirib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi,

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(S. Turdiyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Mahallalarda keksalar ishtirokida oilalar birdamligini mustahkamlash, oilada avlodlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqani saqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan anʼanalarni rivojlantirishga bagʻishlangan “Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, oila va yoshlar” mavzusida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Aprel — dekabr

-

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(S. Turdiyev),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(M. Xodjimatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

22.

Sport sohasida respublika va xalqaro maydonlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan faxriy chempionlar, sportchi-polvonlar ishtirokida mahallalarda yoshlar uchun “Unutilmas chempionlar”, “Faxriy polvonlar” mavzularida uchrashuvlar hamda musobaqalarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil sentabr

-

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(S. Turdiyev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

MTRK

(A. Xadjayev),

OʻzA

(A. Koʻchimov)

23.

Keksalikning har bir yosh toifasi boʻyicha toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarziga rioya qilishga qaratilgan bukletlar hamda boshqa tarqatma materiallarni tayyorlash va xonadonlarga yetkazilishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil aprel — dekabr

“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev)

24.

Xalqaro tajribadan kelib chiqib mamlakatimizda faol qarish Indeksini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil noyabr

-

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(S. Turdiyev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2022-y., 07/22/167/0218-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)