Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi tomonidan
2000-yil 29-aprelda
87-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Ichki ishlar vazirligi tomonidan
2000-yil 29-aprelda
87-son bilan
“TASDIQLANGAN”
HAYDOVChILIK GUVOHNOMASIGA TALON BERISh VA ALMAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Yoʻriqnoma
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 9-iyunda 934-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-sonli “Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2240, 05.07.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Haydovchilik guvohnomasiga talon (1-ilova) berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi roʻyxatlash va imtihon olish boʻlim (boʻlinma) (keyingi oʻrinlarda — RIB (TRIB))lari orqali doimiy (vaqtinchalik) turar-joyga ega boʻlgan, talon uchun belgilangan toʻlovni toʻlagan, yoʻl harakati qoidalari boʻyicha nazariy imtihon topshirgan, oʻrnatilgan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslarga, ularning shaxsiy pasportlari (harbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet), transportni texpasporti, ishonch qogʻozi (shaxsiy transport egalari uchun), ish joyidan maʼlumotnoma (yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari haydovchilari uchun) imtihon varaqasi va haydovchilik guvohnomalarini koʻrib, ularning arizalari asosida beriladi.
1.1 Yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yozuvlari (muhrlari) noaniq holdagi talonlarni almashtirish faqat Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlim (boʻlinma) (keyingi oʻrinlarda — RIB (TRIB))lari orqali amalga oshiriladi.
1.2 Korxonalar, muassasalar va idoralarda haydovchi lavozimida ishlab turuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasiga uch oydan ortiq muddatga xizmat safariga kelgan boshqa davlat fuqarolariga haydovchilik guvohnomasiga talon umumiy tartibda, ularni ishlab turgan joylaridan olingan yozma bayonotga asosan beriladi.
(1 va 1.1-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
2. Haydovchilik guvohnomasi talonida MJtKning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarliklardan uchtasi bir yil mobaynida qayd etilganda haydovchilik guvohnomasining taloni tuman (shahar) IIB avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va meʼyorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmasi maʼmuriy huquqbuzarlik boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha inspektoriva Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼmuriy amaliyot boʻlimi xodimlari tomonidan almashtirib beriladi.
Haydovchilik guvohnomasining talonini almashtirish uchun fuqaroning shaxsiy pasporti, imtihon varaqasi, belgilangan tartibdagi toʻlov kvitansiyasi, haydovchilik guvohnomasi va uning eski taloni taqdim etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
3. Haydovchilik guvohnomasiga berilgan talon yoʻqotilgan takdirda tiklanayotgan (ikkinchi) talon RIB (TRIB)lar tomonidan nazariy, agar 12 oy davomida haydovchi transport vositasini boshqarmagan boʻlsa qoʻshimcha ravishda amaliy imtihon olingandan soʻng beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. Haydovchilik guvohnomasining yoʻqotilgan taloni oʻrniga yangisi berilishidan avval haydovchining yashash joyidagi (haydovchi lavozimida ishlayotgan shaxslar transport vositasining doimiy (vaqtinchalik) roʻyxatga olingan joylardagi) shahar, tuman IIB avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va meʼyorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmalaridan haydovchining bir yil davomida sodir etgan huquqbuzarliklari va ushbu boʻlinmalarda uning haydovchilik guvohnomasi taloni saqlanmayotganligi haqida maʼlumot talab etiladi.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3.2 Oʻrniga yangisi berilgan, yoʻqolgan haydovchilik guvohnomasi taloni topilgan taqdirda haqiqiy emas deb hisoblanadi va Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari RIB (TRIB)ida belgilangan tartibda dalolatnoma orqali yoʻq qilinadi.
(3.2-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
4. Haydovchilik guvohnomasi taloni RIB(TRIB)lar tomonidan almashtirib berilganda eski talonda qayd etilgan, bir yillik muddati oʻtmagan barcha huquqbuzarliklar haqidagi belgilar yangi talonga koʻchirib yoziladi.
5. Haydovchilik guvohnomasiga talon berilganda va almashtirilganda, haydovchilik guvohnomasining alohida belgilari grafasiga va imtihon varaqasiga berilgan talonning seriyasi va raqamlari yozib qoʻyiladi.
6. Haydovchilik guvohnomasining talonini almashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlar ish jildiga tikilib, varaqlari raqamlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish jildining oxirgi varagʻida “Ushbu ish jild, ___varaq, raqamlangan va muhrlangan” deb yozilib, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimi tomonidan imzolanadi. Ish jildi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmasida (boʻlimida, boshqarmasida) 2 yil saqlanadi va muddati oʻtgandan soʻng oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
7. Haydovchilik guvohnomasiga berilgan talon haqidagi maʼlumotlar maxsus jurnalda (2-ilova) qayd etiladi. Taloni almashtirilayotgan shaxs mazkur jurnalga imzo chekkanidan soʻng unga yangi talon beriladi. Jurnallar talon berilgan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati RIB (TRIB), tuman (shahar) IIB avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va meʼyorlariga amal qilishning nazorati boʻyicha boʻlinmalarida 60 yil davomida saqlanadi.
8. Haydovchilik guvohnomalari talonlari viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari RIB (TRIB) laridan ishonch qogʻozi va nakladnoy orqali olinadi.
(7 va 8-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
“Haydovchilik guvohnomasiga
talon berish va almashtirish
tartibi toʻgʻrisida”gi
yoʻriqnomaga
1-ILOVA
talon berish va almashtirish
tartibi toʻgʻrisida”gi
yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Haydovchilik guvohnomasi taloni namunasining
TASNIFI
TASNIFI
Haydovchilik guvohnomasining taloni toʻrtburchak shakldagi, oʻlchamlari 102 x 62 mm. boʻlgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan va ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan qogʻozdan tayyorlanadi. Qogʻoz qatlami orasiga joylashgan, ultarabinafsha nurda koʻrinadigan koʻk va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanogʻi” koʻrinishidagi uch oʻlchamli umumiy “suv belgi”si mavjud. Ofsetli yozuv, seriyasi “OʼzR”, nomeri yettita raqamli.
Blanka quyidagi maxsus himoyalarga ega:
kimyoviy taʼsirga bardoshli poligraf boʻyoqdan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilolanishi taʼminlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn koʻrinadi, ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan tasvirlar va yettita raqamli son koʻrinadi. Maxsus qabariq va oʻyiqlar mavjud.
Lotin alifbosi harflaridagi oʻzbek tili qoʻllangan.
Talonning old tomonida berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va raqamlarini yozish uchun joy, blanka nomi va uning seriyasi hamda nomeri, egasi haqida maʼlumot, kim tomonidan qachon berilganligi, A, V, S, D va E toifalari koʻrsatilgan, nurda aniq koʻrinuvchi sakkiz qirrali yulduz rasmi va “UZ” yozuvi tushirilgan.
Haydovchilik guvohnomasi talonining orqa tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishlarini qayd etish uchun jadval, haydovchilik guvohnomasi kim tomonidan va qachon olib qoʻyilganligi toʻgʻrisida belgilar uchun joy va muhr oʻrni koʻrsatilgan. Toifalari boʻyicha transport vositalarining surati tushirilgan.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
Yoʻriqnomaga 2-sonli ilova
Haydovchilik guvohnomasi talonini almashtirish
KITOBI
| T/r |
Ismi sharifi |
Tugʻilgan |
Turar joyi |
Ish joyi, mansabi |
Transport vositasining rusumi Davlat belgisi |
Qaysi toifadagi transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi berilgan |
Haydovchilik |
Haydovchilik guvohnomasiga berilgan talon raqami va seriyasi |
Bayonnoma |
Olinganligi toʻgʻrisidagi imzo |
Izoh (haydovchi tomonidan koʻrsatilgan hujjatlar) |
Berilgan kun |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son,Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)