11.03.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2168-7
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 11.03.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2168-7
Дата вступления в силу
11.03.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

“Davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2168-7]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 22-dekabrdagi 19, 201 va 106-son “Davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2168, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 501-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2022-yil 10-mart,

3-son

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 2-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
708-son

Moliya vaziri T. IShMETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 10-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-son

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 10-martdagi 3-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 2-martdagi 708-son va Moliya vazirligining 2022-yil 10-martdagi 6-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq davlat notarial idoralari (bundan keyingi oʻrinlarda notarial idora deb yuritiladi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar (bundan keyingi oʻrinlarda notarial arxivlar deb yuritiladi) faoliyatini moliyalashtirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tartibini belgilaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “10” raqami “ 16 raqami bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 9-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y, 22-son, 175-modda)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“20. Notarial idora xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar oʻrnatishga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻiga asosan pulli xizmatlar va notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirishdan kelib tushadigan mablagʻlarning 80 foizigacha miqdordagi qismi ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajratilgan mablagʻlarni notarius va unga biriktirilgan xodimlar oʻrtasida taqsimlash notariusning taklifiga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarius taklif kiritishda xodimning mehnat va ijro intizomiga rioya qilishi hamda uning mehnat samaradorligini inobatga olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu mezonlarga asoslangan taklif notarius tomonidan tasdiqlanib, tegishli hududiy adliya organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy adliya organi rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan taklif koʻrib chiqiladi hamda moliya-iqtisod boʻlimiga tegishli koʻrsatma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarial arxiv xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar ular lavozim maoshlarining 200 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorida belgilanadi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2022-y., 10/22/2168-7/0204-son)