11.03.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3235-2
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3235-2]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-maydagi 112-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3235, 2020-yil 29-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3235/0698-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarining matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq 2022-yil 15-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. DAVLETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 10-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 9-mart
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-martdagi 5-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar nomi

Haq miqdori*

(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan)

1-bob. Notarial harakatlarni amalga oshirishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish uchun

1.

Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek garov (ipoteka) va lizing shartnomalarini tasdiqlash

10%

2.

Meros ishi

20%

3.

Dalillarni taʼminlash

20%

4.

1 — 3-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa notarial harakatlarni amalga oshirish

5%

2-bob. Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun

5.

Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari

20%

6.

Garov (ipoteka) va lizing shartnomalari

15%

(jismoniy shaxslar uchun yoki taraflardan biri jismoniy shaxs boʻlsa)

100%

(taraflarning barchasi yuridik shaxs boʻlsa)

7.

Mulk ijara shartnomalari

20%

8.

Professional mediator sifatida tasdiqlanadigan mediativ kelishuvlar

50%

9.

Ishonchnomalar

10%

10.

5 — 9-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa bitimlar

15%

11.

Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar

100%

12.

Dalillarni taʼminlash boʻyicha hujjatlar

100%

13.

11 va 12-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa notarial harakatlar boʻyicha hujjatlar

5%

3-bob. Texnik tusdagi harakatlar amalga oshirilishi uchun

14.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali maʼlumot chop etish yoki texnik vositalar yordamida hujjatlardan nusxalar koʻchirish (har bir bet uchun)

0,5%

15.

Hujjatlardan koʻchirmalar tayyorlash (har bir bet uchun)

2%

4-bob. Boshqa qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilishi uchun

16.

Apostil qoʻyish va (yoki) h�jjatlarni legallashtirish boʻyicha kompleks xizmatlar koʻrsatish

20%

17.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligini tekshirish yoki bu haqda maʼlumotnoma berish (har bitta mulk uchun)**

15%

18.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish uchun elektron ariza toʻldirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish (har bir notarial harakat uchun bir marotaba)

10%

19.

Hujjat�arni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish (har bir bet uchun)

15%

20.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchisini imtiyozli sotib olish huquqiga ega ekanligi haqida xabardor qilish

20%

21.

Notarial harakatni masofadan turib rasmiylashtirishda videokonferensaloqa xizmatini koʻrsatish

20%

22.

Notarial harakatni notarial idora binosidan tashqarida amalga oshirish (Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasida davlat boji toʻlashdan ozod etilgan notarial harakatlar boʻyicha belgilangan haq miqdorining 50 foizi undiriladi)

50%

23.

Notarial harakatni amalga oshirishda boshqa tashkilotlardan maʼlumotlar olish uchun soʻrovnomalar yozish (elektron shaklda yozilgan soʻrovnomalar bundan mustasno)

5%

24.

Hujjatlarni saqlash (har 250 varaqqacha boʻlgan hujjatlar uchun bir sutkagacha)

0,5%

25.

Pul summalari yoki qimmatli qogʻozlarni depozitda saqlash (bir sutkaga)

1%

26.

Notarial harakatlar doirasida kuryerlik xizmati koʻrsatish

10%

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarida (bundan buyon matnda haq miqdorlari deb yuritiladi) belgilangan haq miqdoridan ortiq undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda toʻlovlar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan belgilanganidan kam miqdorda undirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarius tomonidan murojaat etuvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasiga asosan notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlashdan ozod etilishi tushuntirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitta notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan mazkur haq miqdorlarining 1-bobida nazarda tutilgan huquqiy tushuntirishlardan biri bir necha marotaba berilganda ular uchun bitta huquqiy tushuntirish uchun nazarda tutilgan haq miqdorida toʻlov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yongʻini yoki qulashi, transport vositasining yongʻini) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, hujjatlarning koʻchirma nusxalari hamda reyestrlardan koʻchirmalar berishda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligini tekshirish yoki bu haqda maʼlumotnoma berish yuzasidan elektron maʼlumotlar bankini yuritish boʻyicha bazaviy idora hisoblanganligi sababli, mazkur haq miqdorlarining 17-bandida nazarda tutilgan maksimal haq miqdorlarining 50 foizi adliya organlarining budjetdan tashqari davlat boji yigʻiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi, shuningdek kelgusida idoraviy notarial arxivlarni moliyalashtirish hamda adliya organlarini rivojlantirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2022-y., 10/22/3235-2/0205-son)