09.03.2022 yildagi 107-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga muvofiq korporativ buyurtmachilar tomonidan tashqi qarzlar jalb qilinishini nazorat qilish Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligi;
2. 2022-yil 1-maydan boshlab, 1-ilovadagi davlat unitar korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek, ustav kapitalining 50 foizi va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish, ulardan foydalanish va ularning miqdorini maqbullashtirish ustidan nazorat qilishning quyidagi mexanizmi joriy etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-242-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son)
4. Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasi ushbu korxonalar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlardan kelib chiqib, ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga asosan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida avtomatik tarzda “past xatarli”, “o‘rta xatarli” va “yuqori xatarli” deb toifalanadi.
8. Mazkur nizomning 7-bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar jalb etiladigan tashqi qarz summasi, uni jalb qilish shartlari va ishlatish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotni uni jalb qilish to‘g‘risida boshqaruv organi qaror qabul qilingan sanadan boshlab 5 ish kunida keyinchalik Respublika komissiyasini xabardor qilish uchun Ishchi organga taqdim etiladi.
9. Mazkur nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar tashqi qarzlarni jalb qilishda Ishchi organga tashqi qarzlarni jalb qilish to‘g‘risida arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq loyiha konsepsiyasi (pasporti);
a) ushbu nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki qo‘shimcha hujjatlarni o‘rganish talab etilganda bu to‘g‘risida 2 ish kuni ichida davlat ishtirokidagi korxonani xabardor qiladi;

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Xatarlar darajasini aniqlash

Davlat ishtirokidagi korxonalar,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasi ushbu korxonalar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlardan kelib chiqib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida avtomatik tarzda “past xatarli”, “o‘rta xatarli” va “yuqori xatarli” deb toifalanadi.

har chorakda chorak tugaganidan keyin bir oy ichida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar

2-bosqich

Tashqi qarzni jalb etish to‘g‘risida xabardor qilish

Davlat ishtirokidagi korxonalar

(past xatarli)

1. Jalb etiladigan tashqi qarz summasi, uni jalb qilish shartlari va ishlatish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotni Moliya vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ) Respublika komissiyasini xabardor qilish uchun taqdim etish.

boshqaruv organi qaror qabul qilgandan so‘ng 5 ish kunida

Moliya vazirligi

2. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va Respublika komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga ma’lumot uchun kiritish.

10 ish kunida

3-bosqich

Tashqi qarzni jalb etishga ruxsat olish

Davlat ishtirokidagi korxonalar

(o‘rta va yuqori xatarli)

1. Ishchi organga tashqi qarzni jalb qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etish.

tashqi qarz mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi tegishli boshqaruv organining qarori qabul qilingandan so‘ng

Moliya vazirligi

2. Arizani ko‘rib chiqib, ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra:

a) hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki qo‘shimcha hujjatlarni o‘rganish talab etilganda bu to‘g‘risida davlat ishtirokidagi korxonani xabardor qilish;

hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 2 ish kunida

b) davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishini Respublika komissiyasiga kiritmagan holda rad etish;

v) hujjatlar to‘plamini Respublika komissiyasiga kiritish.

hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 10 ish kunida

Respublika komissiyasi

3. Tashqi qarzni jalb qilishga ruxsat berish yoki rad qilish to‘g‘risida (qaytarmaslik xavfi mavjud bo‘lgan yoki loyiha iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda) qaror qabul qilish.

Respublika komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida

(har chorakda kamida bir marta)

Moliya vazirligi

4. Komissiya qarorini davlat ishtirokidagi korxonalarga yetkazish.

1 ish kunida

4-bosqich

Jalb qilingan tashqi qarz monitoringi

Davlat ishtirokidagi korxonalar

1. Tashqi qarz jalb qilish loyihasi doirasida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi hamda majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni Ishchi organga taqdim etish.

har chorakda chorak yakunlangandan keyin 30 kun ichida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar

Moliya vazirligi

2. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarz mablag‘larining natijadorligi va ulardan samarali foydalanish, loyihalarni o‘z-o‘zini oqlashi bo‘yicha tahlillar va ularning natijasi bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda Respublika komissiyasiga axborot kiritish.

har chorakda, ma’lumotlar taqdim etilgandan so‘ng 10 ish kunida

Respublika komissiyasi

3. Tashqi qarz mablag‘laridan foydalanish natijadorligini ko‘rib chiqadi va bu borada tegishli davlat ishtirokidagi korxonaning hisobotini eshitadi.

hisobotlarning taqdim etilishiga ko‘ra

Ko‘rsatkichlar

Hisoblash formulasi

I. Likvidlik ko‘rsatkichlari

Joriy likvidlik darajasi

joriy aktivlar

–––––––––––––––––––––––

joriy majburiyatlar

Tez likvidlik darajasi

(joriy aktivlar — tovar moddiy zaxiralar)

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

joriy majburiyatlar

Kunlik kreditor qarzlar aylanmasi

(mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzdorlik*365)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi

Kunlik debitor qarzlar aylanmasi

(xaridor va buyurtmachilarning qarzi*365)

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

II. To‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari

Qarz (majburiyatlar)ning kapitalga nisbati

jami majburiyatlar*

–––––––––––––––––––

jami o‘z mablag‘lari

Qarz (majburiyatlar)ning aktivlarga nisbati

jami majburiyatlar*

–––––––––––––––––––

jami aktivlar

Majburiyatlarning EBITDAga nisbati

jami majburiyatlar

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi o‘zgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi o‘zgarishi)

EBITDAning qarz to‘lovlariga nisbati

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi o‘zgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi o‘zgarishi)

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(foizlar shaklidagi qarz xarajatlar + qarzning asosiy to‘lovi)

Foiz xarajatlarining qoplanishi

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar)

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

foizlar shaklidagi xarajatlar

III. Daromadlik ko‘rsatkichlari

Sof foyda marjasi %

sof foyda (zarar)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

Operatsion foyda marjasi %

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

Aylanma mablag‘larning rentabelligi %

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi o‘zgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi o‘zgarishi)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(joriy aktivlar — joriy majburiyatlar)

Aktivlarning rentabelligi %

sof foyda (zarar)

–––––––––––––––––––

jami aktivlar

Kapitalning rentabelligi %

sof foyda (zarar)

––––––––––––––––––––

jami o‘z mablag‘lari

Xarajatlarning qoplanishi

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(sotilgan mahsulot(tovar, ish va xizmat)larning tannarxi + boshqa operatsion xarajatlar)

IV. Tashqi qarzga bog‘liq ko‘rsatkichlari

Tashqi qarzning majburiyatlarga nisbati

jami tashqi qarz*

––––––––––––––––––––

jami majburiyatlar*

Xorijiy valyutadagi tashqi qarzning jami qarzga nisbati

xorijiy valyutadagi tashqi qarz

––––––––––––––––––––––––––––––

jami qarz

T/r

Ko‘rsatkichlar

Xatarlarni baholash tizimi*

Yuqori

O‘rta

Past

Qiymati

Ball

Qiymati

Ball

Qiymati

Ball

Qiymati

Ball

I.

Likvidlik ko‘rsatkichlari

1.1.

Joriy likvidlik darajasi

1,25 dan past

0

1,25 — 1,50

3,0

1,50 — 1,75

4,0

1,75 dan yuqori

5,0

1.2.

Tez likvidlik darajasi

0,8 dan past

0

0,8 — 1,0

3,0

1,0 — 1,10

4,0

1,10 dan yuqori

5,0

1.3.

Kunlik kreditor qarzlar aylanmasi

90 dan yuqori

0

60 — 90

1,2

60 — 45

1,6

45 dan past

2,0

1.4.

Kunlik debitor qarzlar aylanmasi

50 dan yuqori

0

40 — 50

1,2

40 — 35

1,6

35 dan past

2,0

II.

To‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari

2.1.

Qarz (majburiyatlar)ning kapitalga nisbati*

1,50 dan yuqori

0

1,0 — 1,5

3,6

1,0 — 0,75

4,8

0,75 dan past

6,0

2.2.

Qarz (majburiyatlar)ning aktivlarga nisbati*

0,75 dan yuqori

0

0,50 — 0,75

3,0

0,50 — 0,35

4,0

0,35 dan past

5,0

2.3.

Qarz (majburiyatlar)ning EBITDAga nisbati

3,0 dan yuqori

0

2,0 — 3,0

6,0

2,0 — 1,75

8,0

1,75 dan past

10,0

2.4.

EBITDAning qarz to‘lovlariga nisbati

0,75 dan past

0

0,75 — 1,25

6,0

1,25 — 2,0

8,0

2,0 dan yuqori

10,0

2.5.

Foiz xarajatlarining qoplanishi

1,20 dan past

0

1,2 — 1,5

3,0

1,5 — 1,75

4,0

1,75 dan yuqori

5,0

III.

Daromadlilik ko‘rsatkichlari

3.1.

Sof foyda marjasi %

4,0 dan past

0

4,0 — 8,0

3,0

8,0 — 10,0

4,0

10,0 dan yuqori

5,0

3.2.

Operatsion foyda marjasi %

5,0 dan past

0

5,0 — 10,0

3,0

10,0 — 12,5

4,0

12,5 dan yuqori

5,0

3.3.

Aylanma mablag‘larning rentabelligi %

10,0 dan past

0

10,0 — 15,0

3,0

15,0 — 17,5

4,0

17,5 dan yuqori

5,0

3.4.

Aktivlarning rentabelligi %

0,0 dan past

0

0,0 — 4,0

3,0

4,0 — 6,0

4,0

6,0 dan yuqori

5,0

3.5.

Kapitalning rentabelligi %

0,0 dan past

0

0,0 — 8,0

3,0

8,0 — 11,5

4,0

11,5 dan yuqori

5,0

3.6

Xarajatlar qoplanishi

1,0 dan past

0

1,0 — 1,25

3,0

1,25 — 1,35

4,0

1,35 dan yuqori

5,0

IV.

Tashqi qarzga bog‘liqlik

4.1.

Tashqi qarzning majburiyatlarga nisbati*

0,4 dan yuqori

0

0,3 — 0,4

6,0

0,30 — 0,25

8,0

0,25 dan past

10,0

4.2.

Xorijiy valyutadagi tashqi qarzning jami qarzga nisbati

0,4 dan yuqori

0

0,3 — 0,4

6,0

0,3 — 0,2

8,0

0,2 dan past

10,0

Jami ballar

0

60,0

80,0

100,0

I. Loyihaning tavsifi

Loyihaning nomi:

Tarmoq nomi:

Loyiha turi:

(Loyiha doirasida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va boshqa turdagi ishlar ko‘zda tutilgan)

Kreditor nomi:

(Kreditor haqida to‘liq ma’lumot)

Davlat ishtirokidagi korxona:

Loyiha amalga oshiriladigan joy (viloyat, tuman, shahar):

II. Boshqaruv organi xulosasi

Xulosa, davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy ko‘rsatkichlari, kreditorlar tanlovi natijalari, tashqi audit xulosasi, qarz jalb etish bo‘yicha topshiriq mavjudligi, xatarlar tahlili haqidagi batafsil ma’lumot va tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

III. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumot

Qo‘shimcha ma’lumotlar

1.

a) Loyihaning TIA/TIHK mavjudligi: Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

2.

b) Loyiha quyidagilardan biriga kiritilgan bo‘lsa:

Investitsiya dasturi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni yoki qarori / Vazirlar Mahkamasi qarori

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Boshqa

Batafsil ma’lumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting

3.

a) Kapital qo‘yilmalar va boshqa xarajatlar summasi (AQSh dollarida):

b) Ekspluatatsiya xarajatlari miqdori (AQSh dollarida):

v) Umumiy xarajatlar (AQSh dollarida):

g) Davlat korxonasining tashqi qarz yuki hajmi:

davlat kafolati ostida tashqi qarzlari

davlat kafolatisiz tashqi qarz mablag‘lari

d) Loyihaning iqtisodiy yashash muddati: ____ yil

Aniq ma’lumot bo‘lmasa, oraliq muddatni belgilang:

<10 10-30 >30

4.

Loyihalar bo‘yicha xatarlar

Xavf yoki xatarlar turlari

Xatarlarni oldini olish choralari

Loyihaga tegishli xavf xatarlar

Dizayn va texnologiyalarning eskirish xavfi

Yashirin nuqson xavfi

Yer sotib olish va ko‘chirish bilan bog‘liq xatarlar

Moliyaviy xatarlar

Qurilish bilan bog‘liq xatar (aniq bo‘lmagan)

Qurilish bilan bog‘liq xatar (aniq bo‘lgan)

Ishga tushirish bilan bog‘liq xatarlar

Loyiha shartnomasi tuzulganidan keyingi loyihaga kiritiladigan o‘zgarishlar

Soliq bilan bog‘liq xatarlar

Tariflarning o‘zgarishiga bog‘liq xatarlar

Qonunchilik hujjatlaridagi o‘zgarishlarning loyihaga salbiy ta’siri xatarlari

Litsenziya, ruxsatnomalar kechikishi yoki berilmasligi xatarlari

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Siyosiy beqarorlik xatarlari

Ta’mirlash va rekonstruksiya qilishga oid xatarlar

Qarz mablag‘larini qaytarilmasligi natijasida mulk musodarasi bo‘yicha xatarlar

Operatsion xatarlar

Ekologik/ijtimoiy xatar (ekspluatatsiya bilan bog‘liq)

Operativ faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlar

Talab bilan �og‘liq xatarlar

Boshqa

5.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha bo‘yicha tashqi qarzlarning jalb etilishi iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni/muammolarni hal etishga qaratilganmi?

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

6.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha doirasida ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish nazarda tutilganmi?:

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

7.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha innovatsion yondashuvni o‘z ichiga olganmi va taraflar uchun maqbul bo‘lgan mutanosib nafni ta’minlab bera oladimi?

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

8.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha doirasida avtomatlashtirilgan elektron hisob-kitoblar va hisobotlarni joriy etish nazarda tutilganmi?

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

9.

Loyihani amalga oshirish uchun yer uchastkasiga zarurat bormi?

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, kerakli yer uchastkasi maydonini ko‘rsating (ga.):

10.

a) Loyihani amalga oshirish oqibatida ijtimoiy muammolar kelib chiqish ehtimoli mavjudmi?

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, izohl�ng:

Asoslantirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

b) Loyihani amalga oshirish oqibatida ekologik muammolar vujudga kelish ehtimoli mavjudmi?

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, izohlang.

Asoslantirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

11.

Loyihani amalga oshirilishi zarur bo‘lgan qo‘shimcha ish hajmlarini ko‘rsating:

Suv ta’minoti obyektlarini qurish

Gaz ta’minoti obyektlarini qurish

Elektr ta’minoti qurilmalariga ulanish

Kirish yo‘llari

Transport bog‘lanishi

Boshqa

Ushbu bilan shuni ma’lum qilamanki, mazkur loyihaning konsepsiyasi shaklida keltirilgan ma’lumotlar va taqdim etilgan tasdiqlovchi barcha hujjatlar haqiqiy va to‘g‘ri hamda Kuzatuv kengashi (aksiyadorlar, ta’sischilar umumiy yig‘ilishi, muassis) tomonidan ma’qullangan.

Davlat ishtirokidagi korxona

(Birinchi rahbar)

______________________________

(F.I.O., imzo, tashkilot muhri)