01.03.2022 yildagi 91-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, mineral o‘g‘itlar xavfsizligi bo‘yicha yagona talablarni belgilash hamda xalqaro andozalarga uyg‘unlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament va uni joriy etish sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itlar xavfsizligi talablari, shuningdek, ularni saqlash, tashish va tamg‘alash jarayonlariga qo‘yiladigan talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itlarni identifikatsiyalash, ularning muvofiqligini baholash, ularni milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash va bozorda muomalaga chiqarish qoidalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi kimyolashtirish hamda o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “O‘zkimyosanoat” AJ, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari S.U. Umurzakov, Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D.N. Sattarov va “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi 91-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Qo‘llanish maqsadi va sohasi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament (keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) O‘zbekiston Respublikasi hududida insonlar hayoti va (yoki) sog‘lig‘i, hayvonlar va o‘simliklar, atrof muhitni, mulkni himoya qilish, mineral o‘g‘itlarning qo‘llanilishi va xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Texnik reglament Texnik reglamentga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxatda keltirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan (import qilinadigan) mineral o‘g‘itlarga hamda mineral o‘g‘itlarni saqlash, tashish va tamg‘alash jarayonlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Texnik reglament talablari organik va organik-mineral o‘g‘itlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagi xavfli omillar mineral o‘g‘itlar va ularning tarkibiy qismlariga xos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yong‘in va portlash xavfi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oksidlovchi xususiyatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korroziya xususiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson uchun xavflar: peroral, dermal va ingalyatsion toksiklik, teri va shilliq qatlamlarga yalig‘lantiruvchi ta’sir, teri-rezorbtiv ta’sir, allergenlik, inson organizmida bioakkumulyatsiya va atrof muhit obyektlarida (suv, tuproq, o‘simliklar) to‘planish xususiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radioaktiv xavflilik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekotizimga ta’sir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Atamalar va ta’riflar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Texnik reglamentni qo‘llash maqsadida quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish bo‘yicha vakolatli davlat organi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiya — muvofiqlikni baholash maqsadida taqdim etilgan mineral o‘g‘itlarning tamg‘asida ko‘rsatilgan muhim belgilarga aynan mosligini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qiluvchi — norezident bo‘lgan xorijiy hamkorlardan olingan mineral o‘g‘itlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqaruvchi va ushbu o‘g‘itlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi — O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z nomidan mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan shug‘ullanuvchi hamda ushbu mineral o‘g‘itlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar bo‘lgan yuridik shaxs, jumladan, yakka tartibdagi yoki xorijiy tadbirkor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili — ishlab chiqaruvchi, shu jumladan, xorijiy ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida muvofiqlikni baholashda va mineral o‘g‘itlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarishda ushbu ishlab chiqaruvchi nomidan ish yuritadigan hamda mineral o‘g‘itlarning ularga nisbatan qo‘llaniladigan boshqa texnik reglament talablariga nomuvofiqligi uchun javobgar hisoblangan va O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor hisoblangan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimyoviy xavfsizlik — zararli kimyoviy moddalar miqdorining (konsentratsiyasining) oshib ketishi natijasida foydalanuvchi (iste’molchi) hayotiga xavf soladigan yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xavf-xatar mavjud bo‘lmagan mahsulot holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yumshoq konteyner — avtomobil, temir yo‘l, dengiz va havo transportida quruq (qattiq) mineral o‘g‘itlarni tashish va saqlash uchun mo‘ljallangan polimer qadoq (“big bag”);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikroelementli o‘g‘it — tarkibida makro va mikroelementlar bo‘lgan mineral o‘g‘it;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikroo‘g‘it — oziqlantiruvchi elementlari mikroelementlar hisoblangan mineral o‘g‘it;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘it — tarkibida mineral shaklidagi oziqlantiruvchi elementlar bo‘lgan, ishlab chiqarish yoki qazib olish yo‘li bilan olingan o‘g‘it;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itlarning xavfsizligi — mineral o‘g‘itlar xavfli xususiyatlarining odamga, atrof muhitga va mulkka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xavfli ta’siri paydo bo‘lishini istisno qiladigan ogohlantiruvchi choralar tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘it turlari — ta’sir etuvchi moddasi bo‘yicha aniqlanadigan mineral o‘g‘it toifalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziqlantiruvchi element, ta’sir etuvchi modda — o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan o‘g‘itning kimyoviy elementi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ogohlantiruvchi tamg‘a — o‘zida axborotlar (qisqa matn, alohida grafik yoki rangli belgilar va ularning kombinatsiyasi ko‘rinishidagi) majmuini ifodalaydigan, qadoqqa yoki yorliqqa tushirilgan ma’lumotlarning tarkibiy qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
polimer qobiq (qatlam, qoplama) — yumshoq qadoqning (konteynerning) qattiq mineral mahsulotni chang va namdan, ifloslanish hamda to‘kilishdan (sochilish, changish) himoyalovchi ichki plyonkasimon polimer qatlami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tamg‘a — mahsulotni identifikatsiyalash va u haqidagi ma’lumotlarni iste’molchiga yetkazish maqsadida qadoqqa yoki yorliqqa bosiladigan matn, shartli belgi va (yoki) grafik tasvir ko‘rinishidagi ma’lumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlik pasporti — mineral o‘g‘itning xavfli xususiyatlari, ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili), ushbu mineral o‘g‘itning importchisi to‘g‘risidagi axborotlar, O‘zbekiston Respublikasi hududida mineral o‘g‘itlardan xavfsiz foydalanish uchun ogohlantiruvchi choralar va xavfsizlik talablari to‘g‘risidagi axborotlardan iborat bo‘lgan belgilangan shakldagi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘g‘it — o‘simliklarni oziqlantiradigan va tuproq hosildorligini oshiradigan modda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Mineral o‘g‘itlarni identifikatsiyalash qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili), import qiluvchi, davlat nazorati organi hamda boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan identifikatsiyalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mineral o‘g‘itlar mineral o‘g‘itning tashqi ko‘rinishi va tarkibi, oziqlantiruvchi elementlari miqdori, jumladan, makro va mikroelementlar qadog‘ida yoki yorlig‘ida va kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlarga, mineral o‘g‘it namunasini laboratoriya sinovlaridan o‘tkazishda olingan ma’lumotlarga muvofiqligini aniqlash orqali identifikatsiyalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Mineral o‘g‘itlarni bozorda muomalaga chiqarish qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mineral o‘g‘itlar Texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lganda hamda ularning ushbu Texnik reglament 10-bobiga asosan muvofiqligi baholanganda, O‘zbekiston Respublikasi bozorida muomalaga chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) mineral o‘g‘itlarni bojxonada rasmiylashtirishda deklaratsiya bilan birga ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risida guvohnoma taqdim etish talab etiladi (sinovlar va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun olib kirilgan mineral o‘g‘itlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanmagan mineral o‘g‘itlar milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanmagan mineral o‘g‘itlarning O‘zbekiston Respublikasi bozorida muomalaga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Mineral o‘g‘itlarning xavfsizlik talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mineral o‘g‘itlar ushbu bobda belgilangan xavfsizlik talablari va Texnik reglamentga 2-ilovaga muvofiq radiatsiyaviy va kimyoviy xavfsizlik normalariga javob berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mineral o‘g‘itlar xavfsizlik pasporti va ogohlantiruvchi tamg‘ada keltirilgan xavfli omillar bo‘yicha tasniflanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Savdo tarmoqlarida (ulgurji va chakana savdo korxonalari va tashkilotlarida sotish uchun mo‘ljallangan mineral o‘g‘itlar qadoqlangan bo‘lishi lozim. Chakana savdoda iste’mol qadog‘i buzilgan mineral o‘g‘itlarni sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Mineral o‘g‘itlarni saqlash jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mineral o‘g‘itlar muayyan o‘g‘it turiga berilgan xavfsizlik pasportida ko‘rsatilgan saqlash sharoitlariga qo‘yiladigan o‘ziga xos talablarga muvofiq saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qadoqlanmagan mineral o‘g‘itlarni saqlash uchun maxsus yopiq binolar (omborxonalar) yoki sig‘imlardan (siloslar, omborxonalardan) foydalanish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qadoqlangan (idishga solingan) mineral o‘g‘itlarni qattiq qoplamali ochiq maydonlarda yoki bostirmalar ostida saqlashga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof muhit muhofazasi talablariga amal qilinishi va o‘g‘itlarning fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlari saqlanishi sharti bilan mineral o‘g‘itlarning sutkalik zaxirasini vaqtincha maydonchalarda (dalada) saqlashga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan o‘g‘itlar (selitra va ular asosidagi o‘g‘itlar) qadog‘i (idish) borligidan qat’i nazar, alohida omborxonalarda yoki omborxonaning yon tomoniga joylashtirilgan va omborxonaning qolgan qismidan yong‘inga qarshi yaxlit devor bilan ajratilgan mineral o‘g‘itlar omborxonalarining seksiyalarida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral o‘g‘itlar portlovchi materiallar omborxonalarida sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar muomalasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mineral o‘g‘itlar omborxonalar va sig‘imlarda saqlash me’yorlari qadoq (idish) turiga va saqlanadigan o‘g‘itlarning xususiyatlariga qarab, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Saqlanadigan mineral o‘g‘itlar miqdori omborxonalar va sig‘imlarning loyihada nazarda tutilgan sig‘imidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mineral o‘g‘itlarni saqlaganda, quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularning butligini (miqdori va iste’molchilik xususiyatlarining o‘zgarmasligini) ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan saqlanayotgan moddalar bilan xodimlarning aloqasini bartaraf etish yoki uni minimumga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining manbai bo‘lgan chiqindilarni o‘z vaqtida utilizatsiya qilish, atrof muhitga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan o‘g‘itlarni saqlaganda, yong‘in xavfsizligining yuqori darajadagi choralarini ta’minlash: dvigatellarning chiqindi gazlarni chiqarish quvurlarida uchqun so‘ndirgichlardan foydalanish, ochiq olovdan foydalanish imkoniyatini taqiqlash va bartaraf qilish, omborxonalar va ish joylarini yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari hamda yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari bilan jihozlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Suyuq o‘g‘itlarni sig‘imlarda (siloslar, omborxonalarda) saqlaganda, sig‘imlar (germetik tagliklar yoki boshqa vositalar) avariyali yemirilgan taqdirda, to‘kilgan mahsulot hajmini cheklashga yo‘naltirilgan tegishli qo‘shimcha texnik choralar va vositalarni nazarda tutish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Omborxolarda mineral o‘g‘itlar bilan bog‘liq ishlar individual himoya vositalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mineral o‘g‘itlar omborxonalaridan oziq-ovqat mahsulotlari, yem-xashak, xo‘jalik va maishiy maqsadda qo‘llanadigan turli buyumlar va texnikani saqlash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Shaxsiy tomorqalarda va kundalik turmushda qo‘llash uchun xarid qilingan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchining idishida (qadog‘ida), hayvonlar va bolalar ololmaydigan joyda, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suv va boshqa xalq iste’moli tovarlari saqlanadigan joylardan izolyatsiyalangan xo‘jalik qurilmalarida (yordamchi xonalarda) saqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Mineral o‘g‘itlarni tashish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qattiq mineral o‘g‘itlar yopiq va yarim ochiq temir yo‘l vagonlarida, kemalarning yopiq transport sig‘imlarida (tryum, tanklarida) va avtomobil transportida majburiy tarzda borti yopilgan holda tashiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Polimer qoplamali yumshoq konteynerlarga qadoqlangan qattiq mineral o‘g‘itlarni yarim ochiq vagonlarda, kemalarning ochiq palubalarida va avtomobil transportida bortini yopmagan holda tashishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qadoqlanmagan qattiq mineral o‘g‘itlarni faqat sanoatda qayta ishlaydigan va ishlab chiqarish jarayonida reagent/material sifatida foydalanadigan ishlab chiqarish korxonalariga maxsus sochiluvchan moddalarni tashishga mo‘ljallangan vagonlar va avtomobil transportida tashishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Polimer qoplarga qadoqlangan qattiq mineral o‘g‘itlarni avtomobil transporti bortini yopmagan holda tashishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bitta vagonda, kemalarning yopiq transport sig‘imlarida (tryum, tanklarida) va avtomobil transporti bortida mineral o‘g‘itlar bilan bir vaqtda boshqa yuklarni tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Xavfli yuklar sifatida tasniflanuvchi, jumladan, yong‘in va portlash xususiyatlariga ega bo‘lgan mineral o‘g‘itlar O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan xavfli yuklarni tashish normalari va qoidalariga muvofiq tashilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Suyuq mineral o‘g‘itlar (ammiakli suv, ugleammiakat, suyuq kompleks mineral o‘g‘itlar) xavfsizlik pasportida keltirilgan qoidalarga muvofiq suyuq holda, konteyner va idishlarda temir yo‘l va avtomobil transportida tashiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suyuq mineral o‘g‘itlar suyuq holda suv transportida muayyan mineral o‘g‘it turi uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda keltirilgan talablarga muvofiq tashiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iste’molchi qadog‘iga qadoqlangan suyuq kompleks mineral o‘g‘itlar transport o‘ramlarida taglikda, konteynerlar yoki idishlarda xavfsizlik pasportida keltirilgan qoidalarga muvofiq temir yo‘l va avtomobil transportida tashiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Suyuq mineral o‘g‘itlarni tashish uchun sig‘imlarni to‘ldirish darajasi yo‘l davomida haroratning ehtimoliy o‘zgarishi natijasida mahsulot hajmining kengayishi inobatga olingan holda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Mineral o‘g‘itlar havo transportida muayyan mineral o‘g‘it turi uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda keltirilgan talablarga muvofiq tashiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Mineral o‘g‘itlarni tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Mineral o‘g‘itlarning tamg‘asi quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itning nomi va qo‘llanish maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziqlantiruvchi elementlarning nomi va miqdori, jumladan, mikro va makroelementlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchining nomi (firma nomi) va joylashgan joyi (yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning manzili, amaldagi manzili, jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi (mavjud bo‘lsa), yashash manzili, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida ma’lumot), mineral o‘g‘it ishlab chiqarilgan mamlakat nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchining tovar belgisi (mavjud bo‘lsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itni ishlab chiqarish va yetkazib berish uchun asos bo‘lgan hujjatning ifodalanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itning markasi va (yoki) navi (mavjud bo‘lsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
partiya raqami (qadoqlangan mineral o‘g‘it uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itning nominal miqdori (og‘irligi yoki hajmi) (qadoqlangan mineral o‘g‘it uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itni tashish, qo‘llash va saqlash bo‘yicha tavsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan mineral o‘g‘itning ro‘yxatga olish raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘it ishlab chiqarilgan sana yoki yuklangan (ortilgan) sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qadoqlash sanasi (oy, yil — qadoqlangan mineral o‘g‘it uchun, agar ularning qadoqlanishi ushbu mineral o‘g‘itning ishlab chiqaruvchisi bo‘lmagan shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itni saqlash shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itning kafolatlangan saqlash muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itning identifikatsiya shtrixli kodi (ko‘ndalang skanerlash orqali optik o‘qiladigan, har xil qalinlik va oraliqdagi parallel shtrixlar yordamida terilgan belgilarni ifodalovchi kod) — chakana savdo tarmog‘i orqali sotiladigan mineral o‘g‘itlar uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itni qo‘llash bo‘yicha cheklovlar (o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan mosligi, fitotoksiklik);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘it bilan ishlashda, uni tashish va saqlashda ehtiyot choralari, shu jumladan, to‘kilgan va sochilgan mineral o‘g‘itni zararsizlantirish usullari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itning idishlarini zararsizlantirish va utilizatsiya qilish usullari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘tkir zaharlanishning klinik ko‘rinishi tavsifi (ma’lumotlar mavjud bo‘lsa), tibbiy tavsiyalar, jumladan, zaharlanishda antidot (mavjud bo‘lsa) va birinchi yordam choralarini ko‘rsatgan holda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Agar mineral o‘g‘it xavfli mineral o‘g‘it sifatida tavsiflansa, mineral o‘g‘itning tamg‘asi shunga mos ogohlantiruvchi tamg‘ani o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Qadoqlangan mineral o‘g‘itlarning tamg‘alari ularning butligini ta’minlaydigan biriktirish usulida qadoqqa yoki yorliqqa tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tamg‘ani to‘liq hajmda tushirish uchun qadoqda yoki yorliqda joy yetarli bo‘lmasa, ma’lumotlarning bir qismi qadoqning yoki yorliqning har bir birligiga ilova qilinadigan va Texnik reglamentning 30-bandiga muvofiq ma’lumotlar keltirilgan ilova-varaqqa tushiriladi yoki tamg‘a qadoqning ikkala tomoniga tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Qadoqlanmagan mineral o‘g‘itlarni yetkazib berishda Texnik reglamentning 30-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar (partiya raqami, nominal miqdori, qadoqlash sanasi va mineral o‘g‘itning identifikatsiya shtrixli kodi bundan mustasno) kuzatuv hujjatlari to‘plamida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Mineral o‘g‘itlarning transport tamg‘asi O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan xavfli yuklarni tashish normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Mineral o‘g‘itlarning tamg‘asidagi ma’lumotlar davlat tilida bayon etilishi kerak. Davlat tilida bayon etilgan ma’lumotlar bilan aynan bir xil bo‘lganda, ma’lumotlarning boshqa tillarda takrorlanishiga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Mineral o‘g‘itlarning tamg‘asi aniq, tushunarli, oson o‘qiladigan, yuvilib ketmaydigan, iqlim omillarining ta’siriga chidamli harflar yoki ramzlar bilan tushirilgan bo‘lishi va ko‘z tushadigan joyga joylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Mineral o‘g‘itlarning xavfsizlik talablariga muvofiqligini ta’minlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Mineral o‘g‘itlarning Texnik reglamentga muvofiqligi uning talablarini bevosita bajarish orqali yoki ixtiyoriy ravishda qo‘llash natijasida Texnik reglament talablariga rioya qilishni ta’minlaydigan standartlar ro‘yxatiga kiritilgan standartlar talablarini bajarish orqali ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Mineral o‘g‘itlarni sinash va o‘lchash usullari Texnik reglament talablarini qo‘llash va bajarish hamda texnik jihatdan tartibga solish obyektlarining muvofiqligini baholash uchun zarur sinash, o‘lchash qoidalari va usullari, jumladan, namunalarni olish qoidalarini o‘z ichiga olgan standartlar ro‘yxatiga kiritilgan standartlarda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Mineral o‘g‘itlar muvofiqligini baholash (tasdiqlash)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Mineral o‘g‘itlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi sertifikatlashtirish shaklida baholanadi (tasdiqlanadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) mineral o‘g‘itlar vakolatli organ tomonidan Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan sinovdan o‘tkazilib, ro‘yxatga olingandan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Mineral o‘g‘itlarni sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olishda ishlab chiqaruvchilar yoki ularning vakolatli vakillari yoki import qiluvchilar vakolatli organga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Vakolatli organ arizaga asosan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarni va ulardagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itlarni sinovdan o‘tkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itga individual ro‘yxatga olish raqamini beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itni O‘zbekiston Respublikasi bozorida muomalaga chiqarish uchun ruxsat berilgan mineral o‘g‘itlarning yagona reyestriga kiritadi hamda Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda mineral o‘g‘it ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi.
(42-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 09/24/115/0189-son — 2024-yil 8-iyundan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Mineral o‘g‘it ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati cheklanmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Mineral o‘g‘itlarni milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Texnik reglament talablariga muvofiq ishlab chiqariladigan hamda import orqali olib kelinadigan, Texnik reglamentning 10-bobiga asosan muvofiqligi baholangan mineral o‘g‘itlar milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Mineral o‘g‘itlar O‘zbekiston Respublikasi bozorida muomalaga chiqarilishidan oldin milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Milliy muvofiqlik belgisi mineral o‘g‘itning har bir qadog‘iga yoki yorlig‘iga (belgini qadoqqa tushirish imkoni bo‘lmaganda) tushiriladi hamda mineral o‘g‘it partiyasiga ilova qilinadigan kuzatuv hujjatlarida ham ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Milliy muvofiqlik belgisi mineral o‘g‘itdan to‘liq foydalanish yoki uni utilizatsiya qilish paytigacha saqlanib turadigan, aniq va tushunarli tasvirni ta’minlaydigan har qanday usulda tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bob. Davlat nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Texnik reglament talablariga amal qilish bo‘yicha davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Texnik reglament talablariga amal qilinishi bo‘yicha davlat nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Texnik reglament talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning talablariga muvofiq bo‘lmagan mineral o‘g‘itlarni O‘zbekiston Respublikasi bozorida muomalaga chiqarishni chegaralash va taqiqlash, shuningdek, ularni muomaladan chiqarish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda barcha choralarni qo‘llaydi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 09/24/115/0189-son — 2024-yil 8-iyundan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Texnik reglament kuchga kirgan paytdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi hududida mineral o‘g‘itlar xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik reglamentga muvofiqlashtirilgunga qadar Texnik reglamentga zid bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Mineral o‘g‘itga berilgan muvofiqlik sertifikati Texnik reglament kuchga kirgunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Texnik reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik reglament talablari qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI

Mineral o‘g‘itlar nomi

TIF TN kodi

1. Azotli o‘g‘itlar

2814 20 000 0 dan

2827 10 000 0 dan

2834 29 800 0 dan

3102 dan

2. Fosforli o‘g‘itlar

2510 20 000 0 dan

2835 25 000 0 dan

2835 26 000 0 dan

3103 dan

3. Kaliyli o‘g‘itlar

2827 39 850 0 dan

2833 29 800 0 dan

3104 dan

4. Tarkibida bir nechta asosiy oziqaviy elementlar, jumladan, makroelementlar va mikroelementlar bo‘lgan kompleks mineral o‘g‘itlar

2834 21 000 0 dan

2835 24 000 0 dan

3105 dan

5. Mikroo‘g‘itlar

2810 00 dan

2827 dan

2833 dan

2840 dan

2841 70 000 0 dan

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Mazkur ro‘yxatni qo‘llash maqsadida mineral o‘g‘itlar nomidan, shuningdek, TIF TN kodlaridan birdek foydalanish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral o‘g‘itlarning radiatsiyaviy va kimyoviy xavfsizlik normalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mineral o‘g‘itlarning radiatsiya xavfsizligi normalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mineral o‘g‘itlarda tabiiy radionuklidlarning solishtirma aktivligi quyidagi qiymatdan oshmasligi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AU + 1,5 ATh ≤ 1,0 kBq/kg,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda AU va ATh — mos ravishda uran va toriy qatorlarining boshqa a’zolari bilan radioaktiv muvozanatda bo‘lgan uran-238 (radiy-226) va toriy-232 (toriy-228)ning solishtirma aktivliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kimyoviy sintez yo‘li bilan ishlab chiqariladigan azotli o‘g‘itlarda radioaktivlik normaga solinmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mineral o‘g‘itlarda kaliy-40 izotopining ruxsat etilgan miqdori belgilanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kimyoviy xavfsizlik normalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) karbamidda biuretning massa ulushi — ko‘pi bilan 1,4%;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ammiakli selitraning massa ulushi 10% bo‘lgan suvli eritmaning pN qiymati — kamida 5,0;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ammiakli selitraning granulometrik tarkibi (fraksiyalarning massa ulushi):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 mm kichik — ko‘pi bilan 5%;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
0,5 mm kichik — ko‘pi bilan 3%;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 25 — 50°S haroratda ammiakli selitraning g‘ovakliligi (yog‘ni tutib qolish qobiliyati) — ko‘pi bilan 4%;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ammiakli selitrada yonuvchi moddalar miqdori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
massa bo‘yicha tarkibida kamida 31,5% azot bo‘lgan mineral o‘g‘itlar uchun — ko‘pi bilan 0,2%;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
massa bo‘yicha tarkibida 28 dan 31,5%gacha azot bo‘lgan mineral o‘g‘itlar uchun — ko‘pi bilan 0,4%;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) ammiakli selitrada xlorning massa ulushi — ko‘pi bilan 0,02%;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) ammiakli selitrada mis miqdori — ko‘pi bilan 10 mg/kg.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 115-sonli qaroriga asosan 2024-yil 8-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 09/24/115/0189-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi 91-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik reglamentni mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchilarga, sinov laboratoriyalari va vakolatli organga yetkazish.

uch kun muddatda

II bosqich

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “O‘zkimyosanoat” AJ

1. Mineral o‘g‘itlarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatini shakllantirish va xatlovdan o‘tkazish.

bir oy muddatda

2. Mineral o‘g‘itlarning Texnik reglamentga muvofiqligi uning talablarini bevosita bajarish orqali yoki ixtiyoriy ravishda qo‘llash natijasida Texnik reglament talablariga rioya qilishni ta’minlaydigan standartlar ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilish.

o‘n kun muddatda

3. Mineral o‘g‘itlarni sinash va o‘lchash usullari Texnik reglamentning talablarini qo‘llash va bajarish hamda texnik jihatdan tartibga solish obyektlarining muvofiqligini baholash uchun zarur sinash va o‘lchash qoidalari va usullari, jumladan, namunalarni olish qoidalarini o‘z ichiga olgan standartlar ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilish.

o‘n kun muddatda

III bosqich

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Mineral o‘g‘itlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi bo‘yicha sinovlardan o‘tkazish uchun sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya sohasini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish.

uch oy muddatda

IV bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “O‘zkimyosanoat” AJ

Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini ta’minlash.

jadvalga muvofiq

V bosqich

Davlat nazorati organlari

Texnik reglament talablariga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazoratini ta’minlash.

doimiy

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 09/22/91/0170-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 07.03.2024-y., 09/24/115/0189-son; 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)