22.02.2022 yildagi 86-son
Hujjat 01.03.2022 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ruxsat berish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Belgilansinki, mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan mas’ul vazirlik va idoralarning rahbarlariga grafikda belgilangan muddatlarda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.
mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan ruxsat berish tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin;
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Pasportlarning 9-bandida ushbu Nizomning 8-bandiga qo‘shimcha ravishda muayyan faoliyatni amalga oshirish (harakatlarni bajarish) uchun alohida talab va shartlar belgilanadi.
11. Talabgordan ushbu Nizom 10-bandning va pasportlarning 5-bandida ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 32-bandida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda, vakolatli organ tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani rad qilish taqiqlanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritadi.
Vakolatli organ xabarnomaga asosan yoki mazkur Nizomning 48-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasiga ma’lum qiladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi bekor qilinganligi haqida “Litsenziya” ATdagi reyestrga ma’lumot kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Talabgor

1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat turini tanlab, elektron shaklda ariza to‘ldiradi va tegishli hujjatlarni yuklaydi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2. Arizani ko‘rib chiqish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar pasportlarining (keyingi o‘rinlarda — pasportlar) 6-bandida belgilangan miqdorda yig‘imni to‘laydi (agar yig‘im undirilishi nazarda tutilgan bo‘lsa).

3-bosqich

“Litsenziya” AT yoki YIDXP

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik ravishda ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) yuboriladi. Pasportlarning 10-bandida belgilangan holatlarda hujjatlar bir vaqtning o‘zida kelishuvchi organlarga ham yuboriladi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langandan so‘ng real vaqt rejimida

Vakolatli organ

Arizani ko‘rib chiqadi, zaruratga ko‘ra obyektlarni joyiga chiqib o‘rganadi, boshqa davlat organlaridan mavjud ma’lumotlarni mustaqil ravishda oladi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qarorni qabul qiladi.

Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda

4-bosqich

“Litsenziya” AT

1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

2. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga pasportlarning 7-bandida belgilangan miqdorda yig‘imni to‘lash uchun hisobvaraq ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Talabgor

1. Xabarnomada ko‘rsatilgan yig‘imni to‘laydi (agar pasportlarning 7-bandida belgilangan miqdorda yig‘imni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa).

1. O‘z xohishiga ko‘ra

“Litsenziya” AT

2. QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.

2. Yig‘im to‘langanidan so‘ng real vaqt rejimida

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarida hayvonlarni so‘yish, hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash hamda sotish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR), pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

obyekt nomi, hayvon turlari;

amaldagi faoliyat ko‘rsatish manzili;

ixtisoslashgan so‘yish korxonalari uchun qo‘shimcha:

b) ixtisoslashgan so‘yish korxonasining joylashish sxemasi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

7 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Veterinariya to‘g‘risida”gi hamda “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari talablariga rioya qilish;

b) Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 8-maydagi 386-son qarori bilan tasdiqlangan norma va qoidalarga rioya qilish;*

v) O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan normativ-huquqiy tusdagi veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

5 yil (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yiladi)

12.

Izoh:

Veterinariya-sanitariya xulosasi — davlat veterinariya xizmatining vakolatli organlari tomonidan hayvonlarni so‘yish hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.

Veterinariya-sanitariya xulosasida faoliyat turlari bo‘yicha ha�vonlar va hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash, boqish, parvarishlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi obyektlar tartib raqami ko‘rsatiladi:

T/r

Faoliyat turi mahsulot kodi

Kod

1.

Chorvachilik yo‘nalishidagi obyektlar:

qoramolchilik;

A1

qo‘ychilik va echkichilik, qorako‘lchilik;

A2

yilqichilik;

AZ

tuyachilik;

A4

cho‘chqachilik;

A5

2.

Parrandachilik (g‘ozchilik, o‘rdakchilik, tovuqchilik, bedanachilik, kurkachilik va tuyaqushchilik)

A7

3.

Baliqchilik

V1

4.

Asalarichilik

V2

5.

Quyonchilik

VZ

6.

Naslchilik-seleksiya yo‘nalishidagi korxonalar

V4

7.

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni saqlaydigan va sotadigan obyektlar

S

8.

Veterinariya dori vositalarini saqlaydigan va sotadigan obyektlar

D1

9.

Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaradigan va sotadigan obyektlar

D2

10.

Quyidagilarni qayta ishlovchi obyektlar:

go‘sht;

G1

baliq va baliq mahsulotlari;

G2

asal va asalarichilik mahsulotlari;

G3

sut va sut mahsulotlari;

G4

hayvonotga mansub xomashyo.

G5

11.

Oziqa va oziqa qo‘shimchalarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi obyektlar.

K

12.

Boshqa nomlanmagan obyektlar.

R

13.

Hayvonlarni so‘yish va ularga dastlabki ishlov berish, parrandadan tashqari, qolgan mahsulotlarni saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi obyektlar.

U1

14.

Parrandalarni so‘yish va dastlabki ishlov berish, olingan mahsulotlarni saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi obyektlar.

U2

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining harfiy-raqamli kodi, viloyatga bo‘ysunuvchi tuman, shaharlar obyektlariga ro‘yxatga olish raqamlarini berish uchun tartib raqamlari:

T/r

Kod

Nomi

1

UZ

O‘zbekiston Respublikasi

2

01

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

3

02

Andijon viloyati

4

03

Buxoro viloyati

5

04

Jizzax viloyati

6

05

Qashqadaryo viloyati

7

06

Navoiy viloyati

8

07

Namangan viloyati

9

08

Samarqand viloyati

10

09

Surxondaryo viloyati

11

10

Sirdaryo viloyati

12

11

Toshkent viloyati

13

12

Farg‘ona viloyati

14

13

Xorazm viloyati

15

14

Toshkent sh.

Ro‘yxatga olish raqami belgilardan tashkil topgan va quyidagi strukturaga ega:

Misol uchun:

Uz 01-002/G4-001/E

1-belgi — O‘zbekiston Respublikasi kodi

Uz — O‘zbekiston Respublikasi,

2-belgi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kodi

01 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi,

3-belgi — viloyatga bo‘ysunuvchi tuman (shahar) kodi

002 — Nukus sh.,

4-belgi — mahsulot turi kodi

G4 — sut,

5-belgi — obyektning ro‘yxatga olish raqami

001 — obyekt

6-belgi — eksportchi kodi

E — eksportchi

Mazkur pasport qoidalari fuqarolar tomonidan uy sharoitlarida so‘yilgan hayvon go‘shti va so‘yish mahsulotlariga hamda shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan, respublika hududida muomalaga chiqarilmaydigan go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, utilizatsiya qilish jarayonlariga tatbiq etilmaydi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Belgilangan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya olish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ularni ishlatish va ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya, neft mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun xabarnomalar yuborish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (“O‘zneftgazinspeksiya”) hududiy bo‘limlari.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

arizada quyidagi faoliyat turlaridan biri yoki bir �echtasi ko‘rsatiladi:

a) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;

b) avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari orqali siqilgan gazni realizatsiya qilish;

v) avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish;

g) gaz to‘ldirish stansiyalari yoki gaz to‘ldirish punktlari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish;

d) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish;

e) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish;

yo) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini ta’mirlash;

j) neft mahsulotlarini realizatsiya qilish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali realizatsiya qilish va zavodda idishlarga qadoqlanganlarini realizatsiya qilish bundan mustasno).

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilishda:

obyektlar loyihalarining Qurilish vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega bo‘lgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;

obyektlarning loyihalariga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;

korxonadagi mavjud o‘rnatilgan texnologik asbob-uskuna va agregatlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi;

barcha texnologik jarayonlar bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilib, buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan texnologik reglamentlarning mavjudligi;

korxona tomonidan qabul qilinayotgan xomashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hisobini yuritish bo‘yicha tegishli qo‘llanma va boshqa normativ hujjatlar bilan ta’minlanganligi;

korxonadagi mavjud mash’ala xo‘jaligining (fakellar) holati va gaz hisoblash uskunalari bilan ta’minlanganligi;

ixtisoslashgan tashkilot tomonidan neft, gaz hamda gaz kondensatini texnologik yo‘qotish me’yorlarini ishlab chiqarilganligi hamda uning korxona rahbari tomonidan tasdiqlanganligi;

o‘lchov asboblari bilan to‘liq ta’minlanganligi, holati va o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligi hamda tekshiruvdan o‘tkazilganligi, shu jumladan, neft, gaz va gaz kondensatini qazib chiqarishdan qayta ishlab chiqarish zavodlariga yetkazib berish jarayonigacha zamonaviy o‘lchov uskunalari bilan ta’minlanganligi;

standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan ta’minlanganligi;

majburiy tarzda sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risidagi muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;

b) avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) orqali siqilgan gazni realizatsiya qilishda:

AGTKSh loyihasini Qurilish vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori �o‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega bo‘lgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;

AGTKSh loyihasiga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;

AGTKSh ishga tushirilishida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilinganligi;

AGTKShda o‘rnatilgan texnologik asbob-uskunalar, agregat va boshqa uskuna va jihozlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi;

AGTKShda avtomobillarga gaz to‘ldirish reglamentining mavjudligi;

AGTKShda mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda o‘z ehtiyoji va texnologik yo‘qotishlar miqdori bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan uslub (metodika)ning mavjudligi;

AGTKShda gazni qabul qilish, saqlash va tarqatishda o‘lchov vositalari va gaz to‘ldirish ustunlari bilan ta’minlanganligi, holati va o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligi tekshiruvdan o‘tkazilganligi;

AGTKSh gaz mahsulotini qabul qilish, saqlash va tarqatishga oid me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi;

AGTKShda ishlab chiqarilayotgan siqilgan gaz mahsulotiga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;

v) avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari (AGTSh) orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilishda:

AGTSh loyihasini Qurilish vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega bo‘lgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;

AGTSh loyihasiga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;

AGTShda o‘rnatilgan texnologik asbob-uskunalar, agregatlar va boshqa uskuna va jihozlar joylashuvining loyihaga muvofiqligi;

AGTShga o‘rnatilgan nasosni so‘rish texnologik tizimida filtr. gazni haydash tizimida teskari klapan bilan jihozlanganligi va tashqi atmosfera ta’siridan himoyalanganligi;

AGTShga o‘rnatilgan kompressorning so‘rish texnologik tizimini suyuqlik ajratgich, gazni haydash tizimini moytutgich bilan ta’minlanganligi va tashqi atmosfera ta’siridan himoyalanganligi;

AGTShda hisob-kitob tizimining yaratilganligi;

AGTShda avtomobillarga gaz to‘ldirish reglamentining mavjudligi;

AGTShda mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda o‘z ehtiyoji va texnologik yo‘qotishlar miqdori bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan uslub (metodika)ning mavjudligi;

mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi;

g) gaz to‘ldirish stansiyalari (GTS) yoki gaz to‘ldirish punktlari (GTP) orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilishda:

GTP yoki GTS loyihasini Qurilish vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega bo‘lgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;

GTP yoki GTS loyihasiga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;

GTP yoki GTSda o‘rnatilgan texnologik asbob-uskunalar, agregatlar va boshqa uskuna va jihozlar joylashuvining loyihaga muvofiqligi;

GTP yoki GTSga o‘rnatilgan nasosni so‘rish texnologik tizimida filtr, gazni haydash tizimida teskari klapan bilan jihozlanganligi va tashqi atmosfera ta’siridan himoyalanganligi;

GTP yoki GTSga o‘rnatilgan kompressorni so‘rish texnologik tizimini suyuqlik ajratgich hamda gazni haydash tizimini moytutgich bilan ta’minlanganligi va tashqi atmosfera ta’siridan himoyalanganligi;

GTP yoki GTSda gaz to‘ldirish reglamentining mavjudligi;

mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda o‘z ehtiyoji va texnologik yo‘qotishlar miqdori bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan uslub (metodika)ning mavjudligi;

GTP yoki GTSda gazni qabul qilish, saqlash, tarqatishda o‘lchov vositalari bilan ta’minlanganligi, sozligi va tekshiruvdan (qiyoslashdan) o‘tkazilganligi;

mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi;

d) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurishda:

qurilish va montaj ishlarini bajaruvchi texnika va mexanizmlar bilan ta’minlanganligi va texnik holati to‘g‘risida ma’lumotning mavjudligi;

payvandlash va izolatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish asbob-uskunalari bilan ta’minlanganligi;*

payvandlash va izolatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish laboratoriyasining yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;

qurilish va montaj ishlarini amalga oshirishga oid normativ-texnik hujjatlar, shuningdek, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan ta’minlanganligi va ular ro‘yxatining mavjudligi;

texnologik jarayon bilan bog‘liq soz, texnik talablarga muvofiq va tekshiruvdan o‘tkazilgan o‘lchov asboblari bilan ta’minlanganligi;

e) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanishda:

barcha texnologik jarayonlar bo‘yicha tasdiqlangan texnologik reglamentlarning mavjudligi;

o‘rnatilgan uskunalar (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlari, kompressor stansiya, gaz taqsimlash stansiyasi, yer osti gaz saqlash inshooti)ning ro‘yxati va texnik xususiyatlarining mavjudligi;

magistral quvurlarga o‘rnatilgan yopuvchi, boshqaruvchi moslamalar va klapanlarning texnik sozligi va foydalanishga yaroqliligi to‘g‘risida ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlarning mavjudligi;

kimyo-nazorat laboratoriyalarining yetarli darajada nazorat asbob-uskunalar va kimyoviy reagentlar bilan ta’minlanganligi;

korxonadagi mavjud mash’ala xo‘jaligining (fakellar) sozligi va gaz hisoblash uskunalari bilan ta’minlanganligi;

ixtisoslashgan tashkilot tomonidan neft, gaz hamda neft mahsulotlarini texnologik yo‘qotish me’yorlarini ishlab chiqilganligi hamda uning korxona rahbari tomonidan tasdiqlanganligi;

texnologik jarayon bilan bog‘liq o‘lchov vositalari bilan ta’minlanganligi, o‘lchov vositalarining belgilangan texnik talablarga muvofiqligi hamda qiyoslash tekshiruvdan o‘tkazilganligi;

majburiy tarzda sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning muvofiqlik sertifikati mavjudligi;

yo) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini ta’mirlashda:

belgilangan me’yor ro‘yxatiga muvofiq ta’mirlash va tiklash xizmati, mexanizmlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat va o‘lchov vositalari, tashkiliy texnika va boshqa vositalar bilan ta’minlanganligi;

payvandlash va izolatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish asbob-uskunalari bilan ta’minlanganligi;

payvandlash va izolatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish laboratoriyasining yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;

ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga tegishli bo‘lgan normativ-texnik hujjatlar, shuningdek standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan ta’minlanganligi;

majburiy tarzda sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risidagi muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;

j) neft mahsulotlarini (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali realizatsiya qilish va zavodda idishlarga qadoqlanganlarini realizatsiya qilish bundan mustasno) realizatsiya qilishda:

faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqini (kadastr, davlat ro‘yxatdan o‘tganligi) va boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjatlarining mavjudligi;

neft ombori hududida neft mahsulotlarini vagon tsisternalardan qabul qilish uchun boshi berk temir yo‘lning mavjudligi, har bir mahsulot turini alohida qabul qilib olishda texnologik jihozlar bilan ta’minlanganligi;*

mazut va quyuq texnik moy mahsulotlarini qabul qilish va tarqatishda qizdirish moslama va qurilmalarning mavjudligi;

neft omborida neft mahsulotlarini sig‘imlarga alohida qabul qilish, saqlash va tarqatish imkoniyati yaratilganligi, shuningdek neft mahsulotlarining turlari (avtobenzin, dizel yo�ilg‘isi, ekstrabenzin, pech yoqilg‘isi, mazut yoqilg‘isi, texnik moylar va moylash materiallari) sig‘imlar va texnologik quvurlarda ko‘rsatilganligi;

neft mahsulotlarining sifatini davlat standartlari va texnik shartlarga mosligini nazorat qilish kimyo laboratoriyasining mavjudligi va ularni kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligi yoki Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan kimyo laboratoriyasi bilan tuzilgan shartnomalarning mavjudligi;

neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatishda talab qilinadigan o‘lchov asboblarining mavjudligi, sig‘imlar va quvurlarga hajmlagich jadvallarini tuzilganligi va ularni Texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlari tomonidan davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida sertifikat guvohnomalarining mavjudligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

a) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish — 5 yil;

b) avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari orqali siqilgan gazni realizatsiya qilish — 5 yil;

v) avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish — 5 yil;

g) gaz to‘ldirish stansiyalari yoki gaz to‘ldirish punktlari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish — 5 yil;

d) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish — cheklanmagan;

e) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish — cheklanmagan;

j) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini ta’mirlash — cheklanmagan;

z) neft mahsulotlarini (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali realizatsiya qilish va zavodda idishlarga qadoqlanganlarini realizatsiya qilish bundan mustasno) realizatsiya qilish — cheklanmagan.

12.

Izoh:

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalarida neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy bo‘limlari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami hamda faoliyatni amalga oshirish manzili ko‘rsatiladi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) �vtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasining (AYQSh) loyiha hujjatlari mavjudligi va o‘rnatilgan asbob-uskunalar va texnologik jarayonlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi;

b) AYQShning texnik pasporti va tasdiqlangan texnologik sxemasi mavjudligi;

v) neft mahsulotlarini avtotsisternalardan quyib olishda texnologik jihozlar va quvurlar bilan ta’minlanganligi;

g) sig‘imlarga o‘rnatilgan asbob-uskunalarning texnik holati, yorug‘ ranglarga bo‘yalganligi, trafaret yozuvlarining mavjudligi, sig‘imlarga chiqish narvonlari bilan ta’minlanganligi, nafas olish moslamasi bilan jihozlanganligi hamda o‘lchash va namuna olish lyuklari bilan ta’minlanganligi;

d) o‘rnatilgan har bir sig‘im uchun texnik pasportning mavjudligi;

e) sig‘imlarga va quvurlarga hajmlagich jadvallarining mavjudligi va amal qilish muddati o‘tmaganligi;

j) sig‘imlarni tozalash jadvallari va tozalash dalolatnomalarining mavjudligi;

z) yonilg‘i tarqatish kolonkalarida pistolet-dastaklar tartib raqami va tarqatilayotgan yonilg‘i rusumining yozilganligi, ular orqali tarqatilayotgan mahsulotlarni miqdor jihatidan to‘g‘ri quyilishi;*

i) vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan Neft, gaz kondensati va neft mahsulotlarini qabul qilish, tashish, chiqarish va hisobini yuritish yo‘riqnomasida belgilangan shakldagi smena hisobotining hamda neft mahsulotlarini hisobga olish jurnalining mavjudligi;

y) 2000 ml gacha kichik sig‘imdagi suyuqlik o‘lchagichlar yoki 2000 ml dan yuqori sig‘imdagi suyuqlik o‘lchagichlar, sathni o‘lchov vositasi va areometr mavjudligi;

k) AYQShda namuna olgich va suv sezgich pastasining mavjudligi;

l) faoliyat yuritayotgan AYQShlarga keltirilgan neft mahsulotlaridan olib qo‘yilgan namunalarning (arbitraj) rasmiylashtirilishi va saqlash shkaflarining mavjudligi;

m) neft bazalardan olingan neft mahsulotlari sifatini tahlil qilish uchun o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;

n) AYQShda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar bajarilganligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xulosa taqdim etilganligi;

o) AYQShda sanoat xavfsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar bajarilganligi yuzasidan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarmoq inspeksiyasi xulosasi mavjudligi;

p) tarqatilayotgan neft mahsulotlariga sifat sertifikatlarining mavjudligi va mahsulotning sifat ko‘rsatkichlariga mosligi;

r) o‘lchov vositalarining belgilangan muddatda qiyoslashdan o‘tkazilganligi;

s) Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarining ishlash qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat yuritish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

5 yil (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yiladi)

12.

Izoh:

*Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Bir yilda 100 000 kub metr va undan ko‘p tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qo‘llaniladigan yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Bir yilda 100 000 kub metr va undan ko‘p tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qo‘llaniladigan yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalardan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy bo‘limlari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami hamda faoliyatni amalga oshirish manzili ko‘rsatiladi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) o‘rnatilgan texnologiya va asbob-uskunalarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi, ularning sertifikatlanganligi hamda energiya tejamkorlik ko‘rsatkichlariga mosligi;

b) gazdan vosita sifatida foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnomaning mavjudligi;

v) gazdan vosita sifatida foydalanishda yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan gaz hisob-kitobining mavjudligi;

g) gaz ta’minoti korxonalari tomonidan berilgan korxonani gazlashtirish uchun texnik xulosaning mavjudligi;

d) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq qiyoslashdan o‘tkazilgan va o‘rnatilgan tabiiy gazni hisobga olish uskunasi mavjudligi;

e) tabiiy gazdan foydalanuvchi texnologik qurilma va asbob-uskunalarni muqobil yoqilg‘idan foydalanishga moslashtirilganligi hamda zaxira yoqilg‘i xo‘jaligi yaratilganligi;

yo) yuqori tejamkor texnologik sxemalarni, jarayonlarni va sertifikatlangan gazdan foydalanish qurilmalari va gaz goryelka qurilmalari o‘rnatilganligi;

j) iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz sarfining hisoblangan diapazonida hisobga olishning ishonchliligini ta’minlaydigan, gaz hajmini standart shartlarga keltirish uchun zarur qurilmalar bilan jihozlangan hamda tabiiy gazni iste’mol qilishni avtomatik tarzda nazorat qilish va hisobga olish tizimiga mos bo‘lgan tabiiy gazni hisobga olish priborlarini qo‘llash;*

z) ikkilamchi energiya resurslaridan iqtisodiy asoslangan va texnik jihatdan mumkin bo‘lgan tarzda foydalanish;

i) xavfsizlik avtomatika priborlarining mavjudligi;

y) issiqlik jarayonlarini avtomatik tarzda tartibga solish va nazorat qilish tizimlarini qo‘llash;

k) tabiiy gazning va undan foydalangan holda ishlab chiqilgan mahsulotning hisobga olinishini ta’minlash;

l) amaldagi loyihalashtirish normalariga muvofiq agregatlarni va issiqlik quvurlarining qizish yuzasini himoyalovchi issiqlik izolatsiyalarini qo‘llash;

m) yonadigan mahsulotlar tarkibini va haroratini nazorat qilishni ta’minlash.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

a) ishlayotgan gazdan foydalanishda va yordamchi uskunada — 3 yil;

b) gazdan energiya sifatida foydalanuvchi tashkilotlarda (mukammal va joriy ta’mirlashni o‘tkazish xususiyatini hisobga olgan holda) — 4 yil;

v) gazdan foydalanish uskunasini mukammal yoki rejadan tashqari ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki texnik jihatdan qayta jihozlanganda — har safar.

12.

Izoh:

Loyiha-texnik hujjatlari gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlanishiga qadar, texnik shartlar berilgan kundan boshlab 24 oydan kechiktirilmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Gazlashtirish loyihasi gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlanishidan avval, biroq gazlashtirish uchun texnik shartlar berilgan kundan boshlab 24 oydan kechikmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

*Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

qayta tashkil etish shakli (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish yoki o‘zgartirish);

b) muassislarning (qatnashchilarning) yoki ta’sis hujjatlarida bunga vakolat berilgan sug‘urtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori;

v) tashkil etilayotgan sug‘urtalovchining balansi va uning faoliyati moliyaviy natijalari prognozi;

g) qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shartnomasining loyihasi (qo‘shib yuborish yo�i qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar :

a) sug‘urtalovchining moliyaviy barqarorligiga qo‘yiladigan talablarga rioya etish;

b) sug‘urta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

v) sug‘urtalovchi tomonidan unga huquqiy vorislik tartibida o‘tgan va ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishi;*

g) sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

*Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

tegishli mutaxassisining (gidrogeolog) F.I.O., diplomi seriyasi raqami va sanasi;

b) yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma yoki kelishuvning elektron nusxasi;

v) yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun loyiha hujjatlarining elektron nusxalari;

g) ariza beruvchining texnik imkoniyatlari haqida ma’lumot, mavjud uskunalarning texnik pasportlari elektron nusxalari yoki zarur texnika va uskunalarni ijaraga olish bo‘yicha shartnomaning elektron nusxasi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar :

a) gidrogeologik xulosa asosida tayyorlangan yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash loyihasining parametrlariga rioya qilish;*

b) suv chiqarish tugallangandan so‘ng quduq suvining talab etiladigan sifat va tarkibga muvofiqligini aniqlash uchun laboratoriya tahlilini o‘tkazish;

v) quduq atrofi 1-poyasining sanitariya-himoya zonasini jihozlash (quduq ichimlik suv chiqarish va balneologik maqsadda burg‘ilanganda);

g) burg‘ilash ishlari yakunlangandan so‘ng bir oy muddatda burg‘ilash qudug‘ining texnik pasportini tayyorlash quduqni hisobga qo‘yish uchun texnik pasportni vakolatli organga taqdim etish (texnik pasportda yer osti suvlari haqida ma’lumot, quduqning konstruksiyasi va qirqimning geologik-gidrogeologik tavsifi batafsil va to‘liq yoritilgan bo‘lishi kerak).

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Burg‘ulash ishlarini bajarish davriga, lekin ikki yildan oshmaydigan muddatga

12.

Izoh:

Ruxsatnoma har bir burg‘ilash qudug‘i uchun alohida beriladi.

Quyidagilar uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi:

jismoniy shaxslarga chuqurligi 25 (yigirma besh) metrgacha bo‘lgan quduqlarni qazish uchun va sutkasiga ko‘pi bilan 5 (besh) kub metr hajmdagi yer osti suvlarini shaxsiy ehtiyojlar uchun yakka tartibda olishga mo‘ljallanganda;

gidrogeologiya korxonalari uchun yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash ishlari har yilgi mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi doirasida amalga oshirilganda.

*Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Filmni ommaviy namoyish etish uchun bir martalik ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Filmni ommaviy namoyish etish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Kinematografiya agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR (xorij fuqarolari uchun pasportining elektron nusxasi), pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

filmning qisqacha annotatsiyasi;

film mualliflari to‘g‘risida ma’lumot;

b) filmga nisbatan mutlaq huquq egalari tomonidan taqdim etilgan arizalar bo‘yicha ular va film mualliflari (sahnalashtiruvchi rejissor, ssenariy muallifi, musiqa asari muallifi, sahnalashtiruvchi operator va sahnalashtiruvchi rassom) o‘rtasida tuzilgan shartnomalar elektron nusxasi;

v) filmdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan taqdim etilgan arizalar bo‘yicha filmdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar elektron nusxasi;

g) filmning elektron shakli (shaxsan yetkaziladi).

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) filmning ommaviy namoyish etishda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarga rioya etish;

b) filmda zo‘ravonlik, pornografiya targ‘ib qilinmasligi, mamlakatda xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlikni hamda O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri axborot tarqatilmasligi hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini buzib ko‘rsatilmasligi;*

v) filmda insonlarning ongiga va (yoki) ularning ruhiy salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan yashirin ko‘rinishdagi sahnalar yoki boshqa shu kabi texnik usullarning bo‘lmasligi;

g) ruxsatnoma olingunga qadar filmning ommaviy namoyishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa usullarda e’lon qilmaslik hamda chiptalar sotuvini oldindan amalga oshirmaslik;

d) Vazirlar Mahkamasining “Respublika yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-apreldagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Aholiga kinovideo xiz�ati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga rioya qilish;*

e) ruxsatnoma berilgan filmdagi sahnalarni ruxsatnoma olingandan keyin o‘zgartirmaslik yoki vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilib, ommaviy namoyishni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan film mazmuniga muvofiq bo‘lmagan filmni ommaviy namoyishini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Filmning ommaviy namoyishi — filmni jamoa uchun ochiq joyda yoki ayni bir oila a’zolari bo‘lmagan shaxslarning keng doirasi hozir bo‘lgan joyda (kinoteatrlar, kinozallar va boshqa maxsus jihozlangan binolarda va joylarda) texnik vositalar yordamida ekranda ko‘rsatish.

Filmni ommaviy namoyish qilishga quyidagi hollarda ruxsatnoma olish talab qilinmaydi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ommaviy namoyish etilishi ko‘rsatib o‘tilgan filmlar;

festivallar, seminarlar, retrospektiv namoyishlar va boshqa shu kabi madaniy tadbirlar uchun notijorat maqsadlarda xorijiy mamlakatlardan olib kirilgan (yetkazib berilgan) filmlar uchun.

*Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

geodeziya va (yoki) kartografiya faoliyatining tegishli turi bo‘yicha xabarnoma qabul qilinganligi haqidagi tasdiqnoma raqami;

b) geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishga texnik loyiha (dastur).

Unda quyidagilar aks ettiriladi:

texnik loyiha (dastur) ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan texnik topshiriq va texnik shartlar;

ish obyektining nomlanishi, buyurtmachi to‘g‘risida ma’lumotlar, moliyalashtirish manbalari, ishlarni bajarish muddatlari;

ish obyektining tabiiy-geografik xususiyatlari va joylashgan joyi;

obyektning geodezik, topografik, aerokosmik va kartografik o‘rganilganligi (o‘rganilganlikning tegishli bo‘limi rejalashtirilayotgan ish turlariga binoan tanlanadi);

rejalashtirilayotgan ish hajmi va turlari, amalga oshirish texnologiyasi tavsifi;

obyektda ishni tashkil etish va tugatish tadbirlari;

mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi;

ishlarni tekshirish va qabul qilish tartibi;

ishlarni bajarish grafigi;

ishlarni amalga oshirish smetasi va texnik-iqtisodiy hisoblari.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ishlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Ko‘rsatkichlar

Geodeziya va kartografiya ishlarining smeta bahosidan foiz stavkalari

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ekspertiza qilish, ishlarning quyidagi smeta bahosida (so‘m):

bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 40 baravarigacha

3,64

BHMning 80 baravarigacha

2,14

BHMning 200 baravarigacha

1,18

BHMning 400 baravarigacha

0,81

BHMning 800 baravarigacha

0,56

BHMning 1200 baravarigacha

0,52

BHMning 1600 baravarigacha

0,43

BHMning 3200 baravarigacha

0,37

BHMning 3200 baravaridan ortiq

0,35

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ishlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib, quyidagi muddatlarda ekspertizadan o‘tkaziladi va qaror qabul qilinadi:

BHMning 40 baravarigacha — 2 ish kunida;

BHMning 80 baravarigacha — 3 ish kunida;

BHMning 200 baravarigacha — 4 ish kunida;

BHMning 800 baravarigacha — 5 ish kunida;

BHMning 1600 baravarigacha — 6 ish kunida;

BHMning 1600 baravaridan oshiq bo‘lganda — 7 ish kunida.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) davlat sirlarini va (yoki) qonunchilik hujjatlari bilan himoya qilinadigan boshqa ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;*

b) geodeziya va (yoki) kartografiya ishlarini rejalashtirishda avval yaratilgan geodeziya va kartografiya materiallari va ma’lumotlarini ishlatishning to‘liqligi;

v) geodeziya va kartografiya mahsulotlariga qo‘yiladigan talablarning ta’minlanishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror quyidagi ish turlariga talab etilmaydi:

qurilish obyektlarini joyida belgilash, bino, inshootlar o‘qlari va muhandislik kommunikatsiyalari chiziqlarini joyiga chiqib belgilash bo‘yicha geodeziya ishlari;

1:500 masshtabli (zichlashtirish tarmoqlari rivojlantirilmagan taqdirda) topografiya-geodeziya ishlari, maydoni 25 gektar bo‘lgan 1:1 000 masshtabli, maydoni 100 gektar bo‘lgan 1:2 000 masshtabli ishlar hamda 10 kilometrgacha uzunlikdagi va kengligi 300 metrgacha bo‘lgan turli masshtabdagi chiziqli qidiruv ishlari;

qurilish obyektlarini joyida belgilash uchun geodeziya asosini yaratish ishlari;

qurilish-montaj ishlarining loyiha va qurilish normalariga muvofiqligini tekshirish maqsadida geodezik o‘lchashlar hamda yangi qurilgan binolar va uylarning joriy s’yomkalari;

bajarilgan kon va boshqa ishlar hajmini ularga ajratilgan yerlarda hisoblash yuzasidan tekshirish ishlari;

foydali qazilmalarni qazib chiqarish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan va qurilayotgan korxonalarning marksheyderlik ta’minoti (ularga ajratilgan yerlarda) bilan bog‘liq topografiya-geodeziya ishlari;

ta’lim muassasalarida talabalar amaliyoti tartibida bajariladigan geodeziya va kartografiya ishlari, agar ular ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lmasa;

turli inshootlarni qurish va ulardan foydalanishdagi muhandislik-geodeziya ishlari (zichlashtirish tarmoqlari rivojlantirilmagan taqdirda).

*Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:

asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida, uning tashqarisida, ikki yoki undan ko‘p viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida tarqatish uchun mo‘ljallangan davriy bosma nashrlarni;

Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qaroriga muvofiq — tele, radiodasturlarni;

Axborot agentliklarini;

mahsulotlari Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar orqali elektron shaklda tarqatiladigan boshqa ommaviy axborot vositalari turlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi:

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hududiy boshqarmalari — asosiy qismi bitta viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida tarqatish uchun mo‘ljallangan davriy bosma nashrlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

ommaviy axborot vositasining nomi, tili va turi;

maqsad va vazifalari;

ixtisoslashuvi;

tarqatilish hududi (veb-sayt bundan mustasno) va shakli;

davriyligi;

moliyalashtirish manbalari;

tahririyatning joylashgan joyi (pochta manzili) va tahririyat to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar;

hajmi;

b) ommaviy axborot vositasi (shu jumladan, Internet jahon tarmog‘idagi veb-sayt) tahririyati yuridik shaxs bo‘lmagan hollarda tahririyat to‘g‘risidagi nizomning elektron nusxasi;

v) muassis ikkita bo‘lgan taqdirda, ta’sis shartnomasining elektron nusxasi.

6.

Arizani �o‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

a) davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari;

b) tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;

v) mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;

g) asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;

d) reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

10 kun

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;

b) O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

v) milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborot tarqatmaslik, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni va pornografiyani targ‘ib qilmaslik;

g) ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;

d) prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz surishtiruv yoki dastlabki tergov materiallarini e’lon qilish, muayyan ish bo‘yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qilish yoxud sudga boshqacha yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi:

davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar);

tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari;

mahsulotlari Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar);

asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);

reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatishga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);

ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari (elektron shaklda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar).

Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositasi deyilganda davriy bosma nashr alohida soni hajmining 40 foizidan, tele, radiodasturlarda eshittirish va ko‘rsatuv har bir soatining 10 foizidan ko‘prog‘ini reklama xabarlari tashkil qiladigan ommaviy axborot vositasi tushuniladi.

Quyidagilarni ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan faqat ularning rasmiy xabarlari va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa materiallarini e’lon qilish uchun ta’sis etiladigan gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar, olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari;

korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan o‘quv va ilm�y muassasa)ning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun tiraji yuz nusxagacha bo‘lgan davriy bosma nashrlari;

tarqatilishi bir korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan, o‘quv va ilmiy muassasa)ning binosi va (yoki) hududi bilan cheklangan kabel tarmoqlar orqali uzatiladigan tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, audiovizual xabarlar va materiallar.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, konsert-tomosha tadbirlarini hamda xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Ommaviy tadbir tashkilotchisi — ommaviy tadbirni tashkil qilish va o‘tkazish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan davlat organi, yuridik shaxs va 18 yoshga yetgan jismoniy shaxs.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

a) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun;

birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun;

b) tumanlar (shaharlar) ichki ishlar bo‘limlari — ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

tadbir tashkilotchisi yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

tadbir tashkilotchisi jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

b) tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbirning dasturi (ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining ma’muriyati bilan kelishilgan holda):

ommaviy tadbirni o‘tkazish maqsadlari;

ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti;

ommaviy tadbirni o‘tkazish sanasi va aniq vaqti;

tadbirni har bir bosqichini o‘tkazish uchun javobgar bo‘lgan shaxslar;

tadbirning asosiy bosqichlarining vaqt bo‘yicha jadvali (bosqichma-bosqich rejasi);

foydalaniladigan texnik va muhandis-texnik vositalar (sahna maydonchasi, ovoz kuchaytirish, elektr ta’minoti manbai, chiroq va pirotexnika bilan bezatilishi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, ommaviy tadbir o‘tkazilgandan keyin hududning yig‘ishtirilishi).

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

a) jamiyatning axloqiy asoslarini, umuminsoniy qadriyatlarni buzishga qaratilgan, konstitutsiyaviy tuzumni noqonuniy o‘zgartirish yoki O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzish, urush, zo‘ravonlik va shafqatsizlik, ijtimoiy, irqiy, millatchilik va diniy adovatni qo‘zg‘ash, qonunda taqiqlangan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadidagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazmaslik;*

b) ommaviy tadbirni tashkil etish va o‘tkazishda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga rioya qilish;

v) ommaviy tadbirlarni tayyorlashda va o‘tkazishda ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyatining qurilish normalari va qoidalari, xavfsizlik texnikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibi, yong‘inga qarsh? qoidalar, ekologiya va sanitariya-gigiyena normalari hamda talablariga majburiy rioya qilish;

g) muhandis-texnik, kommunikatsiya, yong‘inga qarshi, evakuatsiya va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashning boshqa vositalari va tizimlarini, borish yo‘llari va transport vositalarining to‘xtash joylari, dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari, shuningdek, yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan texnik uskuna, maxsus vositalarning hisob-kitob qilingan zaxirasi va turlarining mavjudligi va ishga soz holatda bo‘lishini ta’minlash;

d) ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektining hududi bo‘ylab tomoshabinlarning harakatlanishini, tribunalarni to‘ldirish va evakuatsiya qilish yo‘llari, chipta kassalari, ovqatlanish punktlari, garderoblar, dam olish, tibbiy yordam, yong‘inga qarshi jihozlar va uskunalarni joylashtirish joylarini tashkil qilish sxemalari hamda ommaviy tadbir ishtirokchilarining xatti-harakatlari qoidalarining mavjudligi;

e) sud tomonidan ishga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb topilgan, sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylaridagi, yil davomida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka takroran tortilgan jismoniy shaxslar, shuningdek, faoliyati qonun tomonidan belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yilgan yoki taqiqlangan nodavlat notijorat tashkilotlari ommaviy tadbirlarning tashkilotchilari hisoblanmasligi;*

j) ommaviy tadbir o‘tkaziladigan joyi va vaqti bo‘yicha boshqa ommaviy tadbir bilan to‘g‘ri kelib qolmasligi;

z) ommaviy tadbir o‘tkaziladigan joyda jamoat transportining mavjudligi yoki ommaviy tadbir tugagandan keyin ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tadbir ishtirokchilarining jamoat transportidan foydalanishlarini ta’minlash;

i) ommaviy tadbirning ommaviy tadbir dasturiga muvofiq o‘tkazish;*

y) ruxsatnomada belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar yoki ommaviy tadbirlar dasturlari umumiy vaqti va sonining oshib ketmasligini ta’minlash;*

k) tomoshabinlarning chiptalarda ko‘rsatilgan o‘rinlarga joylashishini ta’minlash.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

a) xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan — 5 ish kuni;

b) birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli hududiy bo‘linmalari bilan — 5 ish kuni;

v) birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli hududiy bo‘linmalari bilan — 5 ish kuni;

g) birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy bo‘linmalari bilan — 5 ish kuni;

d) birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vazirligining tegishli hududiy bo‘linmalari bilan — 5 ish kuni;

e) birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazi� uchun — tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan — 5 ish kuni.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnoma arizaga muvofiq:

muayyan tadbirni bir marotabao‘tkazish uchun beriladi;

ommaviy tadbirlar bir turdagi dastur bo‘yicha aynan bitta ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida aynan bitta ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan o‘tkazilgan taqdirda (kinoseanslar, teatr spektakllari, sirk tomoshalari va shu kabilar), talabgorning arizasida ommaviy tadbirlarning sonini ko‘rsatgan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga ruxsatnoma beriladi.

12.

Izoh:

Ommaviy tadbir — 100 va undan ko‘p kishilarning ishtirokida ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, syezdlar va boshqalar), madaniy-ommaviy va ko‘ngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyishlar va o‘yinlar, ko‘rik-tanlovlar va boshqalar), shuningdek, umu�xalq, diniy, kasb bayramlarini o‘tkazish maqsadida ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari.

Birinchi toifadagi ommaviy tadbir — 200 va undan ko‘p kishilar ishtirokida Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hududida o‘tkaziladigan ommaviy tadbir;

ikkinchi toifadagi ommaviy tadbir — birinchi toifaga kirmaydigan ommaviy tadbir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnomalar olish talab qilinmaydi.

Ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi.

Keyingi tahrirga qarang.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondida (ustav kapitalida) aksiya (ulush) olish uchun bir shaxs, bir guruh shaxslar tomonidan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, ishonchli boshqarish va boshqa bitimlar tuzish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar (shaxs va/yoki shaxslar guruhi)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

a) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan:

respublikaning barcha hududlarida yoki bir nechta hududida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;

agar xo‘jalik yurituvchi subyekt va investor yoki shaxslar guruhi hisoblanadigan investorlar respublikaning turli hududlarida joylashgan bo‘lsa — ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;

xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) xorijiy investorlar tomonidan olishda;

xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda, bitimda ishtirok etayotgan shaxslardan birining jami aktiv balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olingan sof tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa;

b) Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan:

respublikaning tegishli hududida o‘z faoliyatini amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

talabgor — aksiyani (ulushni) oluvchi jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, telefon raqami, elektron pochta manzili va o‘zining boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

talabgor — aksiyani (ulushni) oluvchi yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, yuridik manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili, muassislari (katnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori haqidagi quyidagi ma’lumot:

T/r

Muassislar tarkibi

Ulushlar miqdori

Nominal qiymatda

%

1.

...

talabgor — yuridik shaxsning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

b) ustav fondidan aksiya (ulush) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektnomi, STIR, yuridik manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili, ustav fondidan investor (aksiya (ulush) oluvchi shaxs) tomonidan olinadigan aksiyalar (ulushlar) miqdori, ustav fondiga talabgor tomonidan kiritiladigan mol-mulkning qiymati, muassislari (katnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori ko‘rsatilgan ma’lumot;

v) ustav fondidan aksiya (ulush) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektyuridik shaxsning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

g) talabgorning ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

d) o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy (1 va 2-shakl) va statistika hisoboti;

e) shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risida, bu shaxslarning guruhga kirish asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlar (shaxslar guruhi deganda “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida nazarda tutilgan shartl�rga javob beradigan shaxslar yig‘indisi tushuniladi).

Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni vakolatli organga taqdim qilishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi, bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar ishtirokchilari vakolatli organga axborot taqdim etishda, tijorat siridan iborat bo‘lgan ma’lumotlarning mufassal ro‘yxatini ko‘rsatishi kerak.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

8 ish kuni.

Bitim raqobatni, shu jumladan, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo bo‘lgan taqdirda, vakolatli organ aniqlangan asoslarni aniq ko‘rsatgan holda xabarnoma yuborish orqali arizani ko‘rib chiqish muddatini ko‘pi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) xorijiy investor obyektiv sabablarga ko‘ra moliyaviy hisobotni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa yoki ushbu hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulashlarni) olish bo‘yicha istalgan bitimni tuzishga oldindan rozilik olishi shart;

b) ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda (axborotlarda) kiritilgan holatlar o‘zgargan taqdirda bu haqda vakolatli organni qaror qabul qilgungacha yozma shaklda xabardor qilish shart;

v) vakolatli organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelmasligi lozim.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil

12.

Izoh:

Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur bo‘ladi, agar:

bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ko‘rsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa;

bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa.

Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilmaydi:

xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;

xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘z aksiyalarini olishga doir bitimlarga;

aksiyadorlik jamiyati o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek, aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olinishiga doir bitimlarga;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) davlat xususiylashtirish dasturlari doirasida olinishiga doir bitimlarga;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan olinishiga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etmagan bo‘lsa.

Qimmatli qog‘ozlar savdolarining tashkilotchilari qimmatli qog‘ozlar savdolarini tashkil etish qoidalariga ko‘ra, investorni xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi aksiyalarni olish tartibiga rioya qilishning zarurligi to‘g‘ri�ida xabardor qilishi shart, qimmatli qog‘ozlar mulkdori yoki qimmatli qog‘ozlar savdolarini tashkil etish qoidalarida belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlarga mulkiy huquq egalari bundan mustasno.

Agar xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar xatti-harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitim tuzish uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli.

Keyingi tahrirga qarang.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga ruxsatnoma olish

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

a) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi:

agar qatnashchilar yoki harakatni amalga oshiruvchi qatnashchilardan biri o‘z faoliyatini respublikaning ikki va undan ko‘p hududlarida amalga oshiradigan holatlarda;

bitimda ishtirok etayotgan shaxslardan birining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa;

b) Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari:

xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatini respublikaning tegishli hududi doirasida amalga oshiradigan holatlarda.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

xo‘jalik yurituvchi subyektningnomi, STIR, yuridik manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili, sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi, muassislari (katnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori;

qo‘shib yuboriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, STIR, yuridik manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili, muassislari (katnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori;

b) qo‘shib oladigan xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

v) qo‘shib yuboriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

g) amalga oshirilayotgan harakatlar har bir qatnashchisining ariza berilgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

d) o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy (1 va 2-shakl) va statistika hisoboti.

Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni vakolatli organga taqdim qilishni rad etish uchun asos bo‘laolmaydi, bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlarning qatnashchilari vakolatli organga axborot taqdim etishda tijorat siridan iborat bo‘lgan ma’lumotlarning mufassal ro‘yxatini ko‘rsatishi kerak.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

8 ish kuni.

Bitim raqobatni, shu jumladan, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo bo‘lgan taqdirda, vakolatli organ aniqlangan asoslarni aniq ko‘rsatgan holda xabarnoma yuborish orqali arizani ko‘rib chiqish muddatini ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelmasligi lozim.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil

12.

Izoh:

Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur.

Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilmaydi:

xo‘jal�k yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborilishi va qo‘shib olinishiga doir bitimlarga.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish quyidagi tarzda bo‘lishi mumkin:

bitta tovar yoki moliya bozorida faoliyatni amalga oshiruvchi ikki yoki bir nechta raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni gorizontal qo‘shib yuborish, qo‘shib olish;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olishdagi har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning (ishlarni, xizmatlarni bajarishning) turli bosqichlarida zarur bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqaradigan va sotadigan, o‘zaro raqobatlashmaydigan ikki yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektlarni vertikal qo‘shib yuborish, qo‘shib olish.

Vakolatli organ tovar yoki moliya bozorida hatto xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi vujudga kelishi yoki kuchayishi va raqobatning cheklanishi, nojo‘ya oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxslar o‘z xatti-harakatlari iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishga haqli.

Keyingi tahrirga qarang.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

a) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi — O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardan tashqari, Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini yig‘ish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish uchun;

b) O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — davlat o‘rmon fondiga kiradigan yerlarda Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini yig‘ish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish uchun.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, yashash manzili, elektro� pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

yig‘ish (tayyorlash)ning maqsadi (yovvoyi o‘simliklardan ekstrakt ishlab chiqarish, yovvoyi o‘simliklarni xomashyo shaklida yetkazib berish, shirinmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqarish, shirinmiya o‘simligini xomashyo shaklida yetkazib berish, plantatsiya barpo etish uchun ekish materiallari (urug‘, qalamcha), tijorat maqsadlarida, ilmiy maqsadlarda);

Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini yig‘ish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilarning yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi mavjudligi;

yig‘ish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish nazarda tutilayotgan o‘simliklar nomi, tayyorlanadigan qismi, o‘lchov birligi (kg., tonna, kubometr, dona), yig‘ish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish muddati.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov

MIQDORLARI

Foydalanish obyektlari

O‘simliklarni tayyorlash uchun ruxsatnoma qiymati

Yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, bazaviy hisoblash miqdoriga koeffitsiyentlarda

xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun, (AQSh dollarida)

Qizil kitobga kiritilmagan o‘simliklar turlari, dorivor va oziqabop o‘simliklarning yovvoyi turlari (quruq og‘irligi 1 kg) hamda tayyorlash uchun mo‘ljallangan o‘simliklar texnik xomashyosi (o‘rganish vaqtida piyozboshchadan tashqari, yelim, sharbat, maymunjon mevasi, malina, qorag‘at, chakanda, zamburug‘ — hisob xom holda amalga oshiriladi)

Zira (urug‘i)

0,035

1,8

Turli dandanal rodiola (ildiz)

0,022

1,2

Yovvoyi holda o‘suvchi moychechak (to‘pgul)

0,015

1,1

Oddiy zirk (mevasi), zamburug‘, yalang‘och qizilmiya, kovrakning barcha turlari, Samarqand bo‘znochi

0,008

0,4

Turkiston Ayugasi (jivuchka)

0,007

0,3

Do‘lana (guli, mevasi), qora andiz, kiyik o‘t, ilonpechak, kadanopsis, ikki uyali qichitqi o‘t, limon o‘t, yirik yaproqli alqor, Osiyo yalpizi, ochambiti, ming yaproqli tog‘ dastorboshi, katta bargizub, dala qirqbo‘g‘ini, dorivor mavrak, tikanli kovul, afsonak, Maksimovich ravochi, na’matakning barcha turlari, Anzura piyozi

0,005

0,3

Archa (mevasi), oddiy isiriq, suv qalampiri, qush toron, mayda gulli jambil (tog‘ rayhoni), dag‘al qizilpoycha, oq qaldirmoq, ermanning barcha turlari, oddiy ming yaproq, chebrets, uch bo‘g‘imli ittikanak, Turkiston arslon quyrug‘i, oddiy qamish (m3), sho‘ravor sistanxe va o‘simliklarning boshqa turlari hamda ularning qismlari

0,004

0,3

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan botanika kolleksiyalarini (ilmiy, madaniy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy yoki estetik qiymatga ega) yaratish uchun o‘simlikning bir donasi uchun

0,002

0,1

O‘simlik sharbati (yelim) va kovrak barcha turlarining (Qizil kitobga kiritilgan turlar bundan mustasno) ildizi, urug‘ligini olish uchun 1 kg xomashyo miqdori — shu maqomdagi o‘simlik qiymatining 5 baravari miqdorida

Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda Qizil kitobga kiritilmagan, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar va ularning qismlarini g‘amlash (to‘plash)ga to‘lov mazkur tur uchun belgilangan to‘lovning 0,2 % miqdorida undiriladi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar o‘tkazish huquqiga ega. Bunda ko‘rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytiriladi.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalariga rioya qilish;

b) o‘simliklarni tayyorlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgan xo‘jaliklar va hududlarda o‘simliklarning o‘sish joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan, foydalanish jarayoni natijasida buzilgan o‘simlik va tuproq qoplamini rekultivatsiya qilishni ekologik, sanitariya va gigiyena, boshqa me’yor va qoidalarga qat’iy rioya etish;

v) muhofaza etiladigan hududlarda o‘simlik dunyosidan foydalanishni ularda belgilangan rejimlar asosida amalga oshirish;

g) ruxsatnomalarda ko‘rsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amal oshirish;

d) ruxsatnomaning amal qilish muddati tugangandan so‘ng, 10 ish kuni davomida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish (o‘simlik dunyosi obyektlarining g‘amlangan hajmi, vaqti va to‘plash joyi).

10.

R?xsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnomada belgilangan muddatga beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech bo‘lmagan muddatda tugaydi.

12.

Izoh:

1. Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni g‘amlaganlik (to‘plaganlik) bo‘yicha imtiyozlar:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan yalang‘och qizilmiyani yetkazib berishga oid shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni ijro etish yuzasidan yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) sharti bilan yalang‘och qizilmiyani g‘amlashda (to‘plashda) o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olishdan ozod etiladi;

Qizil kitobga kirmaydigan hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) ekstrakt tayyorlanganda yoki O‘zbekiston Respublikasining ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan ularni xomashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo‘lganda — belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida kamaytiriladi;

“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kirmaydigan (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan yoki ko‘rsatilgan erkin iqtisodiy zona qatnashchilari bilan yovvoyi o‘simliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar mavjud bo‘lganda — belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida kamaytiriladi;

plantatsiyalar tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urug‘lar, ko‘chatlar) uchun belgilangan to‘lovlarning 90 foizi miqdorida kamaytiriladi;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan boshqa yerlarda yalang‘och qizilmiya g‘amlash (to‘plash) va O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan yalang‘och qizilmiya ildizini xomashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo‘lganda — belgilangan to‘lovlarning 90 foizi miqdorida kamaytiriladi.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olishdan ozod etish shaklida ular bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga imtiyoz berilgan holda yalang‘och qizilmiya g‘amlanganligi (to‘planganligi) uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi, xomashyo shaklida yalang‘och qizilmiyani yetkazib berishga yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzgan qayta ishlash tashkilotlari tomonidan (ruxsatnoma olinmasdan) belgilangan to‘lovlarning 3 foizi miqdorida to‘lanadi.

2. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish tasdiqlangan kvotalar doirasida amalga oshiriladi.

Dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarning yovvoyi turlarini va yovvoyi o‘simliklar texnik xomashyosini g‘amlashga kvotalar har yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Kelgusi yil uchun dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarning yovvoyi turlarini va yovvoyi o‘simliklar texnik xomashyosini g‘amlashga kvotalar tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan joriy yilning 1-dekabridan 30-dekabriga qadar bo‘lgan davrda bergan buyurtmanomalari asosida shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga kelishish uchun yuboriladi. Tabiatdan foydalanuvchilarning buyurtmanomalariga asosan 1-apreldan 30-mayga qadar ushbu o‘simlik turlari zaxiralarining mavjudligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijobiy xulosasiga asosan ularni g‘amlash (to‘plash) uchun qo‘shimcha kvotalar ajratilishi mumkin.

Kamayib borayotgan tabiiy holda o‘suvchi noyob dorivor o‘simliklarni to‘plash (g‘amlash) va respublikadan tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi hajmida tabiiy plantatsiyalarni barpo etish sharti bilan beriladi.

3. Pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan o‘simliklarni yig‘ish (tayyorlash) uchun ruxsatnomani olish talab etilmaydi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

kesiladigan daraxtlar va butalarning turi va soni;

daraxtlar va butalar joylashgan joy (tuman, ko‘cha, uy);

kesishdan maqsad.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesganlik uchun to‘lov

MIQDORLARI

Kesishga ruxsat berilgan daraxtlarning 1,3 m balandlikdagi tanasining diametri, sm (daraxtlarni noqonuniy kesishda daraxt tanasining yer bilan tutashgan joyidagi diametri olinadi)

Bitta daraxtni kesish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdori

(belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)

kam qimmatli daraxtlar turi uchun: aylanta, akatsiya, yapon soforasi, terak va boshqalar

qimmatli (yog‘ochbop) daraxtlar: yong‘oq, pista, bodom, qarag‘ay, barcha turdagi archalar, sharq biotasi, eman, chinor, shumtol, oqqayin, kashtan, lola daraxti, magnoli, forzitsiya va tut va boshqalar

4 sm gacha

0,2

0,4

4,1 — 8

0,3

0,6

8,1 — 12

0,4

1,0

12,1 — 16

0,6

1,3

16,1 — 20

1,0

1,8

20,1 — 24

1,5

2,5

24,1 — 28

1,8

3,5

28,1 — 32

2,3

4,5

32,1 — 36

3,3

5,5

36,1 — 40

4,4

6,5

40,1 — 44

5,2

8,0

44,1 — 48

6,2

9,5

48,1 — 52

7,2

10,5

52,1 — 56

8,2

11,5

56,1 — 60

9,2

13,5

60,1 — 64

10,5

14,5

64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun to‘lov 0,5 koeffitsiyent miqdorida oshadi.

Butalarning diametri ildiz bo‘g‘zidan o‘lchanadi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik talab va shartlariga rioya qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnoma berilgan yilning 31-dekabriga qadar

12.

Izoh:

I. Daraxtlar va butalarni kesishbinolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda qurilish maydonidagi yoki texnika va moslamalarning ishlashiga, infratuzilmalarni joylashtirishga xalaqit beradigan daraxtlar va butalarni tag qismidan kesib olib tashlash.

II. Ushbu pasport qoidalari quyidagilarga tatbiq qilinmaydi:

jismoniy shaxslarning tomorqa yer uchastkalarida o‘sadigan daraxtlar va butalarga;

pitomnik va plantatsiyalarda yetishtiriladigan daraxtlar, nihollar va butalarga;

yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan va ular tomonidan qurilish materiali hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraxtlar va butalarga.

III. Daraxtlar va butalarning quyidagi toifalari o‘rmon fondiga kirmaydi:

shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtlar va butazorlar, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;

temir yo‘llar va avtomobil yo‘llarining, tabiiy va sun’iy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan hududlaridagi ihota daraxtzorlar;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtlar va butazorlar;

tomorqa yer uchastkalaridagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtlar va butazorlar.

IV. Daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida tanasining bir qismini va (yoki) tag qismidan (qurigan va kasallangan daraxtlarni) kesish Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining ruxsatnomasi asosida mazkur pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan to‘lovlarsiz amalga oshiriladi. Daraxtlar va butalarning shoxlarini sanitariya maqsadida kesish yoki butashga ruxsatnoma talab etilmaydi.

Daraxtlar va butalarni kesishga binolar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga, shuningdek, muhandislik tadqiqot ishlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan holatlarda yo‘l qo‘yiladi.

Bunda kesilishi ko‘rsatilgan daraxtlar va butalarni Davlat ekologiya qo‘mitasi boshqa joyga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqadi. Agar ko‘chirishning imkoni bo‘lmasa Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari tomonidan ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.

Keyingi tahrirga qarang.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Yovvoyi hayvonlarni ovlash

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

ov qilish turi (sanoat, sport, havaskorlik va o‘lja olish, ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida);

yovvoyi hayvon turining nomi;

tutish uchun ruxsat etilgan yovvoyi hayvonlarning soni;

ov qilish muddati;

yovvoyi hayvonlarni tutish joyi (jismoniy shaxslar uchun);

tutish usuli (tutish, otish);

b) ov qurolini saqlash va olib yurish uchun amaldagi ruxsatnomaning nusxasi (jismoniy shaxslar uchun);

v) ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasining nusxasi (jismoniy shaxslar uchun);

g) hayvonlarni sanoat maqsadida tutish hollarida, agar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga hayvonlarni, ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini olib chiqish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, yetkazib berish shartnomalari (shartnoma) nusxasi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;

v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 1-ilovada belgilangan miqdorlarda to‘lovlar undiriladi. To‘lovlar to‘liq vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

15 ish kuni

Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish

va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida, mustaqil ravishda yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan o‘rganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar o‘tkazish huquqiga ega. Bunda ko‘rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytiriladi.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga majburiy rioya etish;

b) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan Ov va baliq ovlash qoidalariga rioya qilish;

v) tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlarining mavjud bo‘lishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 2-ilovaga muvofiq ruxsatnomada belgilangan muddatda

12.

Izoh:

Pitomniklarda, hovuz xo‘jaliklarida yetishtirilgan va ularning hududidagi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

hayvonlarni tutishning maqsadi;

hayvonlarni tutish muddatlari;

hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);

tutish usuli (tutish, otish);

b) hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxsning ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasining nusxasi (jismoniy shaxslar uchun).

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;

v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 1-ilovada belgilangan miqdorda to‘lovlar undiriladi. To‘lovlar to‘liq vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talab va shartlarga rioya qilish;

b) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan Ov va baliq ovlash qoidalariga rioya qilish;

v) tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlarining mavjud bo‘lishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (5 ish kuni)

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 2-ilovaga muvofiq ruxsatnomada belgilangan muddatda.

12.

Izoh:

Ruxsatnomalar joriy yilga belgilangan kvotalar doirasida beriladi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Pitomnikdagi yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, zoologik kolleksiyalarni saqlash

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

hayvonot dunyosi obyektlarini (keyinchalik tabiatga qo‘yib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar) yoki kolleksiyalarni saqlashning maqsadi;

turlari (kichik turlari, agar duragay bo‘lsa — ota-onalarining turlari ko‘rsatiladi) bo‘yicha soni ko‘rsatilgan tirik holdagi hayvonlarning, hayvonot dunyosi obyektlari kolleksiyalarining ro‘yxati;

kolleksiya preparatlarini konservatsiyalash turi (nam preparatlar, tanalar, tulumlar va boshqalar);

hayvonot dunyosi obyektlari va kolleksiyalarining kelib chiqishi (sotib olinishi);

pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi;

hayvonlarni saqlash sharoitlari (qafasda, temir panjarali joyda, erkin va boshqalar);

hayvonlar belgisining mavjudligi (tavsiflash, tartib raqamini ko‘rsatish).

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;

v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) jadal sur’atlarda hayvonlardan foydalanilayotgan xo‘jaliklar va hududlarda hayvonlarning yashash joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan, hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni ekologik, sanitariya-gigiyenik, boshqa me’yor va qoidalarga qat’i rioya etish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

b) ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;

v) ruxsatnomaga o‘z ixtiyori bilan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritmaslik;

g) veterinariya xizmatining mavjudligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Guvohnoma berishdan oldin vakolatli organning hududiy organlari joyiga chiqqan holda hayvonlarni urchitish va saqlash sharoitlari o‘rganadi. O‘rganish natijasi bo‘yicha xulosa rasmiylashtirilib, vakolatli organga taqdim etiladi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar o‘tkazish, ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar o‘tkazish, ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami ko‘rsatiladi;

b) amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan asrashga doir ishlarning loyihasi (vakolatli organ buyurtmachi bo‘lgan holatlar bundan mustasno);

v) YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va obyektlarda bajariladigan katta hajmdagi asrashga oid ishlar bo‘yicha YUNESKOning Umumjahon merosi qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan metodika bo‘yicha Merosga ta’sirni baholash hisoboti.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

a) mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar bo‘yicha asrashga doir ishlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;

b) respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlar bo‘yicha asrashga doir ishlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida;

v) YUNESKOning Umumjahon meros ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va obyektlarda bajariladigan yirik asrashga oid ishlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Mavjud emas

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

25 ish kuni (YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va obyektlarda bajariladigan katta hajmdagi asrashga oid ishlar bo‘yicha 35 ish kuni)

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

b) asrashga doir ishlarni ruxsatnomada ko‘rsatilgan joy va muddatda o‘tkazish;

v) vakolatli organga taqdim etilgan va belgilangan tartibda ma’qullangan asrashga doir ishlarning loyihasiga qat’i rioya qilish;*

g) asrashga doir ishlarni amalga oshirish muddatiga yoki loyihasiga 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lganda, bu haqda vakolatli organni oldindan yozma ravishda xabardor qilish;*

d) asrashga doir ishlarda obyektga salbiy ta’sirlarning oldini olish va avariya holatiga qarshi ishlarni bajarish;

e) loyiha tashkiloti tomonidan mualliflik nazorati va vakolatli organ tomonidan shartnoma asosida ilmiy-texnik nazorat amalga oshirilishini tashkil etish;

yo) talabgorda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat�i amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjud bo‘lishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Ushbu pasport qoidalari arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishga tatbiq etilmaydi.

YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilg�n hududlar va obyektlar bo‘yicha rejalashtirilgan katta hajmdagi asrashga oid ishlar ma’qullangan taqdirda, vakolatli organ YUNESKOning Umumjahon merosi qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan metodikasi bo‘yicha Merosga ta’sirni baholash hisoboti bilan birgalikda ko‘rib chiqib, tegishli munosabat bildirish uchun YUNESKOning Umumjahon merosi markaziga yuboradi.

Loyihaga nisbatan 10 foizdan ko‘p bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchi umumiy asoslarda madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar o‘tkazish, ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish uchun yangi ruxsatnoma olishi lozim.

Ruxsatnomani olish uchun asos bo‘lgan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning bekor qilinishi ruxsatnomani bekor bo‘lishiga olib keladi.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs (ish beruvchi) va jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

chet el fuqarosining F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili, O‘zbekiston Respublikasida yashash manzili;

ma’lumoti, mutaxassisligi;

ish beruvchining F.I.Sh yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSh ShIR);

taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi;

migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tish muddatlari (bor bo‘lsa);

b) chet el fuqarosi paspor�ining elektron nusxasi;

v) chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari to‘g‘risida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi ko‘rsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;

g) chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;

d) chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;

e) viza rejimi o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar).

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek, Prezident maktablari va oliy o‘quv yurtlarida ishlash uchun jalb etilayotgan o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida.

malakali mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;

vatandoshlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;

boshqa chet el fuqarolari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) mehnat, mehnatni muhofaza qilish, aholi bandligi, ish beruvchining fuqarolik majburiyatini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

b) so‘ralayotgan chet el fuqarolarining soni va mutaxassisligi (lavozimlari) ishchi kuchiga bo‘lgan amaldagi ehtiyojga mos kelishi;

v) chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zid, shu jumladan, jinoiy j�vobgarlikni keltirib chiqaruvchi harakatlarni sodir etmaslik;

g) vakolatli organga taqdim etilgan ma’lumotlarda (tashkilot to‘g‘risida ma’lumotlar, arizalar, so‘rovnomalar, pasport ma’lumotlari va boshqalar) bo‘lgan har qanday o‘zgarishlar haqida vakolatli organni bir hafta muddatda xabardor qilish;

d) vizasining muddati tugagan yoki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida 3 kundan ortiq muddat davomida ro‘yxatdan o‘tmagan, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari uchun tasdiqnoma olish uchun hujjatlar taqdim etmaslik;

Ish beruvchiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talab va shartlar:

e) O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma muddati tugashidan keyin chet el fuqarosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish;

yo) chet el fuqarosi ishdan bo‘shatilsa yoki tashkilot tugatilgan bo‘lsa, vakolatli organni bir hafta muddatda xabardor qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

a) ish beruvchilarga tasdiqnomalar yuqori malakali va malakali mutaxassislar, shuningdek, Prezident maktablari va oliy o‘quv yurtlarida ishlash uchun jalb etilayotgan o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun — mehnat shartnomalari amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga cheksiz marta uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga;

b) boshqa chet el fuqarolari uchun — tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga cheksiz marta uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.

12.

Izoh:

Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar o‘ttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

Investitsiya kiritish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari hech qanday ruxsat beruvchi tartib-taomillarni o‘tmagan holda mazkur tashkilotning istalgan lavozimida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.

Ushbu Pasport qoidalari quyidagi toifadagi chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son qarori 5-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxslarga;

O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlari va hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari, shuningdek, diplomatik maqomga ega bo‘lgan boshqa shaxslarga;

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi iltimosnomalariga ko‘ra, turizm sohasidagi ishlarga uch oygacha bo‘lgan muddatga jalb qilinadigan mutaxassislarga;

O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatadigan yoki tashkil etiladigan xorijiy va qo‘shma korxonalar ta’sischilari, shu jumladan birinchi rahbarlariga (ular bilan tegishli lavozimlarga mehnat shartnomalari tuzilgan kundan boshlab), uch oygacha bo‘lgan muddatda;

O‘zbekiston Respublikasi hududida davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fan va madaniyat arboblariga;

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining dasturlari doirasida ta’til vaqtida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar;

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan matbuot vakillari;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, xalqaro v� xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlari vakolatxonalari hamda filiallarining xodimlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ishlash uchun jalb etiladigan o‘qituvchilar va mutaxassislarga;

O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olgan shaxslarga;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ishga joylashtirishning boshqa tartibi belgilangan shaxslarga.

Keyingi tahrirga qarang.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridi� va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

foydalanish turi (pichan o‘rish yoki chorva mollarini o‘tlatish);

pichan o‘rish hajmlari (kg, tonna, kubmetr), otlar, eshaklar soni qoramollar (chorva mollari) o‘tlatilga�da — ularning taxminiy yoshi va foydalanish muddati.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;

b) ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagandan so‘ng 10 ish kuni davomida vakolatli organga o‘simlik dunyosi obyektlarining g‘amlangan hajmi, vaqti va to‘plash joyi bo‘yicha qisqa hisobot berish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatda beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech bo‘lmagan muddatda tugaydi.

12.

Izoh:

Pichan o‘rish hamda tabiiy pichanzorlar va yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatish me’yorlari va muddatlari tegishli qishloq xo‘jaligi, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi davlat organlarining taqdimnomasi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

o‘simlik turi, uning g‘amlanadigan qismlarini — barglari, ildizlari, mevalari, sharbati va boshqalarni ko‘rsatgan holda;

g‘amlash yoki to‘plash usuli;

g‘amlash hududi (viloyat, tuman);

g‘amlash yoki to‘plash hajmi (kg, tn, dona, kubmetr);

g‘amlash (to‘plash) muddatlari;

o‘simlik turlarini g‘amlash (to‘plash), olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;

v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Foydalanish obyektlari

O‘simliklarni tayyorlash uchun ruxsatnoma qiymati

yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, bazaviy hisoblash miqdoriga koeffitsiyentlarda

xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun, (AQSh dollarida)

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar turlari (bitta piyozboshchaning yoki bitta ildizning qiymati — o‘simlik maqomiga ko‘ra)

Yo‘qolib ketayotgan turlar

0,2

30

Kamyob turlar

0,1

15

Qisqarayotgan turlar

0,02

3

1 kg urug‘lik va piyozboshchalar — shu maqomdagi o‘simliklar qiymatining 10 baravari miqdorida

1 kg ildiz, barglar va sharbat (yelim) — shu maqomdagi o‘simlik qiymatining 3 baravari miqdorida;

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga majburiy rioya etish;

b) o‘simliklarni tayyorlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgan xo‘jaliklar va hududlarda o‘simliklarning o‘sish joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan foydalanish jarayoni natijasida buzilgan o‘simlik va tuproq qoplamini rekultivatsiya qilishni ekologik, sanitariya va gigiyena, boshqa me’yor va qoidalarga qat’iy rioya etish;

v) muhofaza etiladigan hududlarda o‘simlik dunyosidan foydalanishni ularda belgilangan rejimlar asosida amalga oshirish;

d) ruxsatnomaning amal qilish muddati tugangandan so‘ng, 10 ish kuni davomida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish (o‘simlik dunyosi obyektlarining g‘amlangan hajmi, vaqti va to‘plash joyi).

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnomada belgilangan muddatda, ammo ko‘pi bilan berilgan yilning 31-dekabrigacha

12.

Izoh:

O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlari uchun ruxsatnomalar joriy yil uchun belgilangan kvotalar doirasida beriladi.

Tasdiqlangan kvota doirasida ruxsatnomalar talabnoma bergan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi.

Maxsus ekin maydonlari (plantatsiya) va parvarishxonalarda yetishtirilgan o‘simliklarni yig‘ish (to‘plash) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Ushbu pasport talablari Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiruvchi o‘simliklar namunalarini olib kirish va olib chiqib ketishga ruxsatnomalarga tatbiq etilmaydi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs (xorijiy kinokompaniya yoki boshqa xorijiy tashkilot)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Kinematografiya agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR (agar mavjud bo‘lsa), pochta manzili, elektron pochta manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

film turi (ko‘p seriyali, bir seriyali, qisqa metrajli);

sahnalashtiruvchi rejissor;

filmni tasvirga olishni tashkil etish bo‘yicha ishlarning boshlanish va tugash sanalari;

b) O‘zbekiston Respublikasi hududida tasvirga olish rejalashtirilayotgan film ssenariysi (film epizodlaridagi ko‘rish va o�ozli tasvirlar matnda ifoda etiladigan, film suratga olish talablariga muvofiq bo‘lgan filmni tasvirga olishning ijodiy va ishlab chiqarish-texnik loyihasi)ning davlat tilidagi yoki rus tilidagi bosma (yoki elektron) varianti.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

Ariza beruvchi O‘zbekiston brendini ilgari surish sharti bilan, shu jumladan, kirish (sarlavha) va (yoki) yakuniy titrda tasvirga olish mamlakati hamda joyini (obyekti) alohida kadrlar bilan ko‘rsatish orqali moddiy-madaniy meros obyektlarida tasvirga olish uchun ushbu yig‘im to‘lashdan ozod etiladi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) film ssenariysida:

milliy, irqiy, etnik yoki diniy dushmanlikni targ‘ib etuvchi;

fuqarolarning milliy mansubligi, diniy e’tiqodlari munosabati bilan ularning qadr-qimmatini kamsituvchi, haqorat qiluvchi yoki axloq normalariga va milliy mentalitetga zid bo‘lgan;

O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining tarixi, madaniyati, an’analari va urf-odatlarini nohaqqoniy yoki buzib aks ettiruvchi;

ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy yoki boshqa javobgarlikka olib keluvchi pornografik va boshqa xususiyatga ega bo‘lgan sahnalar mavjud bo‘lmasligi kerak;

b) filmni tasvirga olish ishlari ruxsatnomada belgilangan kunlardan ortiq amalga oshirmaslik;

v) kino va video tasvirga olish jarayonida tasvirga olinayotgan materialning haqiqiy mazmuni bilan vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilgan film ssenari�si o‘rtasida tafovutlar bo‘lmasligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Arizaga ko‘ra ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatda beriladi.

Tasvirga olish jarayoni davomida filmni tasvirga olish kunlariga o‘zgartirishlar kiritish zarurati yuzaga kelsa (ko‘rib chiqilgan film ssenariysi mazmuniga o‘zgartirish kiritmasdan), ruxsatnoma muddati so‘ralgan muddatga uzaytirib berilishi mumkin.

12.

Izoh:

Film — original ssenariy yoki adabiy asarni ekranlashtirish asosida tasvirga olinadigan audiovizual asar (badiiy to‘liq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop filmlar va ijtimoiy videoroliklar)

Kino va video tasvirga olish — o‘zaro bog‘liq tasvirlarni kinotasma (tselluloid asosida) yoki raqamli vositalarga ovoz yoki ovozsiz qayd etish yo‘li bilan kinematografik tasvirlarni yaratish jarayoni.

Film O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va “O‘zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston kinemotografistlari jalb etilgan holda suratga olingan taqdirda, ruxsatnoma olish talab etilmaydi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etishni kelishib olish

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

madaniy boyliklarning ro‘yxati;

madaniy boyliklarning qisqacha tasnifi (davri);

b) madaniy boylikka mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning elektron nusxasi;

v) madaniy boylikning uch xilda (anfas, o‘ng va chap, orqasi) olingan kamida 4 ta fotosurati.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qarori talablariga rioya qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bu boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi to‘g‘risida xaridor yozma ravishda ogohlantirilgandan keyingina amalga oshiriladi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma, past va o‘rtacha faollikdagi radioaktiv chiqindilarni tashish bundan mustasno

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish, past va o‘rtacha faollikdagi radioaktiv chiqindilarni tashish bundan mustasno

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy yoki yuridik shaxslar (yuk tashuvchi yoki yuk jo‘natuvchi)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

transport vositasi, tirkamasining rusumi, turi, davlat raqami belgilari va yukning o‘lchamlari;

transport vositasining yuk bilan va yuksiz vazni;

haydovchi va yuk tashishga mas’ul bo‘lgan xodimlarning F.I.O.;

harakatlanish yo‘nalishi, belgilangan sanasi va vaqti, transport vositasining yuk bilan eng kam burilish radiusi, g‘ildirak yo‘llarining va g‘ildiraklarning soni, o‘qlarga tushadigan og‘irlikning taqsimlanishi, umumiy og‘irligi;

yukli transport vositasining o‘lchamlari, transport vositasining rusumi va turi;

kunning yorug‘ yoki qorong‘u vaqtida harakatlanishi;

avtomobilning harakat xavfsizligi to‘liq ta’minlanishi uchun himoya qiluvchi kuzatuvchi maxsus avtomobilga ehtiyoj mavjudligi yoki mavjud emasligi;

b) g‘ildiraklarning joylashish chizmasi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

a) milliy yuk tashuvchilar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari;

b) xorijiy yuk tashuvchilar uchun:

100 km ga qadar — 25 AQSh dollari;

har bir keyingi kilometr uchun — 0,11 AQSh dollari miqdorida.

Transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun to‘lanadigan to‘lov:

Umumiy haqiqiy vaznning yo‘l qo‘yiladigan vaznga nisbatan ortiqcha miqdori, t

Yuriladigan 1 km masofa uchun tarif, AQSh dollari

0 dan 5 gacha

5 dan 10 gacha

10 dan 15 gacha

15 dan 20 gacha

20 dan 25 gacha

25 dan 30 gacha

30 dan 35 gacha

35 dan 40 gacha

40 dan 45 gacha

45 dan 50 gacha

50 va undan yuqori

0,04

0,06

0,12

0,20

0,30

0,46

0,66

0,92

1,26

1,70

2,00

Og‘ir yukli transport vositalarining avtomobil yo‘llaridan o‘tishida o‘qqa tushadigan haqiqiy og‘irlikning (Of) ruxsat berilganga (Od) nisbatan oshganligi uchun har bir ortiqcha yuklangan o‘q uchun to‘lov:

G‘ildirak o‘qi haqiqiy yuklamasining yo‘l qo‘yiladigan yuklamaga nisbati (Of/Od)

Har bir o‘qning yo‘l qo‘yiladigan yuklamadan ortiqcha yuklama bilan yurilgan masofa uchun tarif, AQSh dollari

1,01 dan 1,05 gacha

1,05 dan 1,10 gacha

1,10 dan 1,15 gacha

1,15 dan 1,20 gacha

1,20 dan 1,25 gacha

1,25 dan 1,30 gacha

1,30 dan 1,35 gacha

1,35 dan 1,40 gacha

1,40 dan 1,45 gacha

1,45 dan 1,50 gacha

1,50 dan 1,55 gacha

1,55 dan 1,60 gacha

1,60 dan 1,65 gacha

1,65 dan 1,70 gacha

1,70 dan 1,75 gacha

1,75 dan 1,80 gacha

1,80 dan 1,85 gacha

1,85 dan 1,90 gacha

1,90 dan 1,95 gacha

1,95 dan 2,00 gacha

2,00 va undan yuqori

0,11

0,12

0,28

0,36

0,42

0,50

0,60

0,70

0,82

0,96

1,10

1,28

1,46

1,70

1,90

2,16

2,44

2,76

3,08

3,46

4,00

Transport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun to‘lov yurib o‘tilgan 1 km yo‘l uchun 0,15 AQSh dollari miqdorida undiriladi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

8 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalari talablariga rioya qilish;

b) ruxsat etiladigan eng yuqori tezlik 50 km/soatdan oshmasligi, tezlikni chegaralovchi belgi transport vositasiga yo‘l harakati qoidalarida belgilangan tarzda o‘rnatilganligi;*

v) haydovchilar tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi va tasdiqlangan yo‘nalishga qat’i rioya qilishi;*

g) avtotransport vositalarining ruxsat etilgan gabaritlari(avtotransport vositalarining ruxsat etilgan o‘lchamlari olib qo‘yiladigan kuzovlarni va yuk uchun taralarni, shu jumladan, konteynerlarni o‘z ichiga oladi):

Uzunligi

yakka avtotransport vositasi

12 m

tirkama

12 m

mingashmali avtopoyezd

20 m

tirkamali avtopoyezd

20 m

yukning chiqib turishi (avtotransport vositasi gabaritining yuk bilan uzunlik bo‘yicha chiqib turishi (yukning ortiq chiqib turganligi avtotransport vositasining uzunligini aniqlashda hisobga olinadi)

2 m

Kengligi

avtotransport vositalari

2,55 m

izotermik kuzovli avtotransport vositasi

2,6 m

Balandligi

avtotransport vositalari

4 m

d) transportning me’yoriy og‘irlik o‘lchamlari:

Ko‘prikka tushuvchi og‘irlikning hisob tizimi

Me’yoriy og‘irlik

Umumiy haqiqiy vazn, tn.

Minimal baza, metr

N 8 va NG-30

10,5 dan ortiq emas

4

N10 va NG-60

13,0 dan ortiq emas

4

N13 va NG-60

17,0 dan ortiq emas

4

N18 va NK-80

30,0 dan ortiq emas

6,8

N30 va NK-80

30,0 dan ortiq emas

6,8

Bunda:

NG — (zanjirli og‘irlik).

NK — (g‘ildirakli og‘irlik).

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

a) Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan — O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yoki tashqaridan mamlakat hududiga yuklarni tashishda, shuningdek, mamlakat hududidan yuklarni tranzit tashishda;

b) hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat hududida va viloyatlararo yuk tashishni amalga oshirishda;

v) shahar (tuman ) elektr transporti, elektr tarmog‘i va boshqa aloqador tashkilotlar bilan — yukning balandligi yo‘l sathidan 4,5 metrdan yuqori bo‘lgan taqdirda;

g) temir yo‘l organlari bilan — yuk tashish yo‘nalishi temir yo‘l bilan bir sathda kesishganda, transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz kengligi 5 metrdan, yo‘l sathidan balandligi 4,5 metrdan, bir tirkamali (yarim tirkamali) avtopoyezdning uzunligi 20 metrdan, ikki va undan ortiq tirkamali avtopoyezdning uzunligi 24 metrdan ortiq bo‘lsa, shuningdek, transport vositasining umumiy og‘irligi 52 tonnadan yuqori yoki harakatlanish tezligi soatiga 5 kilometrdan kam bo‘lsa, yuk tashish yo‘nalishi temir yo‘l ko‘prigi, temir yo‘l o‘tkazgichi ostidan o‘tganda, transport vositasining kengligi yuki bilan yoki yuksiz 5 metrdan �rtiq, balandligi yo‘l sathidan 4,35 metrdan ortiq bo‘lsa.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Bir marta yuk tashish uchun beriladi.

Ko‘p martalik ruxsatnomalar bir xil turdagi ma’lum miqdordagi yuklarni belgilangan qatnov bo‘yicha tashishga yoki belgilangan muddatga berilishi mumkin (bu holda tashilayotgan yuk hajmi, aniq bir obyektning qurilish muddati va boshqalar hisobga olinadi).

12.

Izoh:

I. Katta hajmli yuk — o‘lchamlari (balandligi, kengligi yoki uzunligi)ning birorta ko‘rsatkichi ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida tashishda mazkur pasportda bayon etilgan me’yoriy o‘lchamlardan katta bo‘lgan yuk.

Og‘ir vaznli yuk — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida tashishda transport vositasining g‘ildirak o‘qiga tushadigan og‘irligi mazkur pasportda bayon etilgan me’yoriy miqdorlardan ortiq bo‘lgan yuk.

II. Avtotransport vositasining gabarit o‘lchamlari haqiqiy ko‘rsatkichlari chiziqli-o‘lchash asbobi yordamida, to‘liq massa va o‘qqa tushadigan og‘irligi esa turg‘un yoki ko‘chma turdagi avtomobil tarozilari yordamida yoxud maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari orqali harakatlanishi paytida aniqlanadi.

Chiziqli-o‘lchash asbobi, shu jumladan, maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari va avtomobil tarozilari soz holatda bo‘lishi va sertifikatlarga va (yoki) metrologik tekshirish o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi davlat tamg‘asiga ega bo‘lishi kerak.

Avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlariri aniqlashda o‘lchash asbobining ikki foizli farq bilan ishlashiga yo‘l qo‘yiladi va u yuk tashuvchi foydasiga talqin qilinadi.

Agar tashiladigan yukning gabarit o‘lchamlari va (yoki) uning vazni belgilangan ko‘rsatkichlardan o‘ta yuqori bo‘lganligi yoxud avtomobil tarozilari, maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalarining yo‘qligi (nosozligi) sababli O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida avtotransport vositasining umumiy massasini va o‘qlarga tushadigan og‘irligini aniqlashning imkoni bo‘lmaganda, zarur bo‘lgan parametrlar tovar-transport hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida aniqlanishi mumkin.

III. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga yoki Davlat chegarasi tashqarisidan mamlakat hududiga yuklarni tashishda, shuningdek, mamlakat hududidan yuklarni tranzit tashishda vakolatli organlardan olingan va kelishilgan ruxsatnoma hamda yo‘nalish chizmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning berilishi bilan bir vaqtda katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish uchun yo‘lga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga real vaqt rejimida elektron shaklda kiritiladi va ularga asosan belgilangan tartibda harakatlanishni boshlashga ruxsat beriladi.

Bojxona organlari tomonidan avtotransport vositasining maxsus ruxsatnomada ko‘rsatilgan og‘irlik gabarit parametrlaridan ortiq ekanligi aniqlangan taqdirda, bunday avtotransport vositasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi va uning kelgusidagi harakatlanishi yangi maxsus ruxsatnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

IV. Xorijiy yuk tashuvchilardan to‘lovlar milliy valyuta “so‘m”da bevosita bojxona postlarida tijorat banklari tomonidan to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha undiriladi.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Keyingi tahrirga qarang.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda, avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga o‘zgartirishlar kiritish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

mazkur pasportning 12-bandida ko‘rsatilgan qayta jihozlash turi;

qayta jihozlashni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyekti�ing nomi, STIR (yoki JSh ShIR yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun) va joylashgan manzili;

avtomototransport vositasining texnik pasport yoki avtomototransport vositasini uning egasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nomi, raqami va sanasi;

b) transport egasi 16 yoshga to‘lmaganlar bo‘lsa — tug‘ilganlik haqida guvohnoma, chet el fuqarosi bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki chet el fuqarosining milliy pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi elektron nusxasi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) ruxsatnomada ko‘rsatilgan qayta jihozlashni amalga oshirish;

b) ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat o‘tgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlatmaslik (avtomototransport vositalarining kuzov, kabina va dvigatellarini xuddi shu rusumdagi (yoki shu rusumning yangi modifikatsiyasidagi) kuzov, kabina va dvigatellarga almashtirish bundan mustasno);

transport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ko‘zda tutilmagan qayta jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati:

I. Avtomototransport vositasini bir turdan boshqa turga o‘zgartirish:

yengil turdan furgon turiga;

yengil turdan pikap turiga (kuzovini almashtirish sharti bilan);

yengil turdan yuk turiga (bortli, bortli-tentli);

yengil turdan maxsus turga;

yengil turdan refrejirator turiga;

mikroavtobus turdan yuk-furgon turiga;

mikroavtobus turidan yuk-bortli turga;

mikroavtobus turidan yuk-bortli-tentli turga;

mikroavtobus turidan yuk-yo‘lovchi turiga;

mikroavtobus turidan maxsus turga;

avtobus turidan yuk-furgon turiga;

avtobus turidan yuk-bortli turga;

avtobus turidan yuk-bortli-tentli turga;

avtobus turidan yuk-yo‘lovchi turiga;

avtobus turidan maxsus turga;

yuk-bortli turdan maxsus turga;

yuk-bortli turdan o‘zi ag‘daruvchi turga;

yuk-bortli turdan yuk-furgon turiga;

yuk-bortli turdan yuk-bortli-tentli turga;

yuk-bortli turdan refrejirator turiga;

maxsus turdan yuk-bortli turga;

maxsus turdan o‘zi ag‘daruvchi turga;

maxsus turdan yuk-furgon turiga;

maxsus turdan yuk-bortli-tentli turga;

maxsus turdan refrejirator turiga;

o‘zi ag‘daruvchi turdan maxsus turga;

o‘zi ag‘daruvchi turdan yuk-bortli turga;

o‘zi ag‘daruvchi turdan yuk-bortli-tentli turga;

o‘zi ag‘daruvchi turdan yuk-furgon turiga;

o‘zi ag‘daruvchi turdan refrejirator turiga;

o‘tirma tortuvchi turdan o‘zi ag‘daruvchi turga;

o‘tirma tortuvchi turdan yuk-bortli turga;

o‘tirma tortuvchi turdan yuk-bortli-tentli turga;

o‘tirma tortuvchi tu�dan maxsus turga;

o‘tirma tortuvchi turdan refrejirator turiga;

refrejirator turidan maxsus turga;

refrejirator turidan o‘zi ag‘daruvchi turga;

refrejirator turidan yuk-furgon turiga;

refrejirator turidan yuk-bortli-tentli turga;

refrejirator turidan yuk-bortli turga;

beton qorgich turidan yuk-bortli turga;

beton qorgich turidan yuk-bortli-tentli turiga;

beton qorgich turidan yuk-furgon turiga;

beton qorgich turidan o‘tirma tortuvchi turga;

beton qorgich turidan refrejirator turiga.

II. Avtomototransport vositasining kuzovi hamda detallarini o‘zgartirish:

yukxonaning (bortning) gabarit o‘lchamlarini o‘zgartirish (ko‘tarish, uzaytirish);

yukxona eshiklarining ikki yonga vertikal ochilishiga ruxsat berish;

chet elda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar kuzovini almashtirish;

avtotransport vositalarining tashqi ko‘rinishiga (kuzov) o‘zgartirish(lar) kiritish (masalan, “Captiva-3” rusumli avtomobilni “Captiva-4” rusumiga);

avtotransport vositasining dvigatelini o‘zgartirish;

yarim tirkamani tirkamaga o‘zgartirish;

qo‘shimcha yoqilg‘i sig‘imi (bak) o‘rnatish;

qo‘shimcha o‘rindiq o‘rnatish yoki kamaytirish (olib tashlash);

avtotransport vositasiga ishlab chiqargan korxona tomonidan ko‘zda tutilmagan antenna, sirena, ratsiya o‘rnatish;

ehtiyot (zaxira) g‘ildiragini belgilanmagan joyda (orqa eshikka) o‘rnatish;

avtotransport vositasining konstruksiyasini o‘zgartirishga olib kelmaydigan yoritish chiroqlarini o‘rnatish;

maxsus transport vositalariga yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishoralar beruvchi moslamalar o‘rnatish;

avtotransport vositasiga gaz ballon va jihozlarini o‘rnatish.

Raqamlangan agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Harakatlanuvchi tarkibning umumiy foydalaniladigan temir yo‘llarga chiqishi uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Harakatlanuvchi tarkibning umumiy foydalaniladigan temir yo‘llarga chiqishi

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

haydovchining F.I.O., temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan harakatlanuvchi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma raqami va sanasi;

harakatlanuvchi tarkib chiqadigan umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar uchastkasi;

ro‘yxatdan o‘tgan harakatlanuvchi tarkibning seriyasi va raqami, ulanishning maksimal og‘irligi, vag�nlar soni, umumiy foydalanishdagi temir yo‘l qismida ruxsat etilgan maksimal harakatlanish tezligi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) harakatlarni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatda ko‘rsatilgan chegaralarda bajarish;

b) tadbirkorlik subyekti xodimlarining (harakatlanuvchi tarkib mashinistlari, harakatlanuvchi tarkib mashinist yordamchilari, haydovchilar, poyezd tuzuvchilari va bosh konduktorlar) temir yo‘l transporti sohasidagi qonunchilikni bilish bo‘yicha malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lishi;

v) mashinist va haydovchilar tomonidan harakatlanuvchi tarkibni texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalarisiz yoki muddati o‘tgan holda, shuningdek, RBU-9 shakldagi guvohnomalarsiz umumiy foydalanishdagi temir yo‘llariga chiqmaslik.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yiladi)

12.

Izoh:

Ushbu pasport qoidalari O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga nisbatan qo‘llanmaydi.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Keyingi tahrirga qarang.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini, shuningdek, yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishish

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini, shuningdek, yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

yakka tartibdagi tadbirkor uchun — F.I.O, JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

b) bosh sxemalar bo‘yicha:

korxonalarning tashish hajmi, ularning temir yo‘l shoxobcha yo‘llari bo‘ylab harakati, umumiy temir yo‘llar tutashgan va kesishgan stansiyalarining o‘lcham bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish xatlari;

sanoat zonalarini ajratgan holda sanoat maydonining transport sxemasi;

loyihaviy yechimlarga ega bo‘lgan sanoat zonalarining transport sxemalari (hajmi 1:5000-1:10000);

v) sanoat qurilmalarini tartibga solish sxemasi va sanoat uzellarining bosh loyihalari bo‘yicha:

korxonalarning tashish hajmi, ularning temir yo‘l shoxobcha yo‘llari bo‘ylab harakati, umumiy temir yo‘llar tutashgan va kesishgan stansiyalarining o‘lcham bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish xatlari;

vaziyatga bog‘liq bo‘lgan reja (hajmi 1:10000 — 1:25000);

transport sxemasi (masshtab 1:2000 — 1:5000);

keng ko‘lamli sxema yoki tutashgan vokzallarning takomillashtirilgan yo‘l rejasi (hajmi 1:2000);

g) korxonaning joylashish sxemasi bo‘yicha:

temir yo‘lda tashishlar hajmi asoslantirilgan, yuklarni yetkazish hamda ko‘rib chiqilayotgan shaharning sanoat hududi yoki aholi punktiga joylashtirganlik bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish xati;

transport sxemasi (hajmi 1:5000 — 1:10000);

stansiyalarning ishlab chiqish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflar bilan birga sxemalari;

d) korxonani qurish uchun maydon tanlashda:

temir yo‘lda tashishlar hajmi asoslantirib ko‘rsatilgan, yuklarni yetkazish hamda kirish temir yo‘l izlarini ulashning dastlabki shartlari va ulanish nuqtalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflardan iborat tushuntirish xati;

kirish temir yo‘l izlarining sxematik diagrammasi va korxonaning vaziyatli reja-shkala bo‘yicha joylashuvi;

stansiyalarning ishlab chiqish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflar bilan birga sxemalari;

e) tashqi kirish temir yo‘l loyihalari bo‘yicha:

kompaniyaning temir yo‘l transportida tashish hajmlari va kirish temir yo‘llar va umumiy temir yo‘l tarmog‘ining qo‘shni bo‘limlaridagi harakatlar o‘lchamlari haqidagi asosli (zarur bo‘lganda) ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qisqacha eslatma;

asosiy qurilish-montaj ishlari hajmining chizmalari:

korxonaning ichki va tashqi o‘tish temir yo‘llarining keng ko‘lamli rejasi;

tutashgan vokzallar yo‘llarini (hajmi 1:2000 — 1:1000) va sanoat vokzallarining (agarda keng ko‘lamli rejada aks etmagan bo‘lsa) rivojlantirish rejasi (xizmat-texnik binolar, inshootlar va qurilmalar, shu jumladan, lokomotiv va vagon xo‘jaligini yuritish bo‘yicha qurilma va inshootlar). Ko‘rsatib o‘tilgan rivojlantirish rejasi agarda keng ko‘lamli rejada aks ettirilmagan bo‘lsa, ilova qilinadi;

tashqi kirish temir yo‘l izlarining bo‘ylama profillari (murakkab relyefda);

tashqi kirish temir yo‘l izlarining murakkab uchastkalarida yo‘lning alohida kesimli profillari;

katta ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar (overpasslar)ning sxematik chizmalari;

signalizatsiya qurilmalariga ega tutash va sanoat stansiyalarining sxematik rejalari;

stansiyalararo liniyalar bilan aloqa sxemalari;

elektr ta’minoti va elektrlashtirish uchun asosiy texnik yechimlar (aloqa tarmog‘ining elektr ta’minoti sxemasi, elektr ta’minoti va aloqa tarmog‘ini sxemasi);

umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportini boshqarishga topshirilayotgan obyektlar uchun — binolar, inshootlar va qurilmalarning namunaviy va qayta foydalanish mumkin bo‘lgan loyihalari ro‘yxati (loyihalarning qisqacha tavsifi b�lan);

uy-joy bilan ta’minlanadigan temir yo‘l ishchilarining qo‘shimcha shtatlari hisob-kitobi, alohida nomlarda ishlab chiqilgan sanoat temir yo‘l transporti obyektlarini qurish loyihalari (ishchi loyihalar) bo‘yicha — ushbu transportga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari va temir yo‘l ishchilarining qo‘shimcha shtatlari uchun uy-joy qurilishi hajmi;

davlat temir yo‘l transporti mablag‘lari hisobiga yoki uning ishtirokida qurilishi rejalashtirilgan sanoat temir yo‘l transporti obyektlari uchun xarajatlarning hisob-kitobi;

j) ichki kirish temir yo‘llari:

asosiy ortish-tushirish frontlarini ko‘rsatuvchi qabul qilingan qarorlarni asoslovchi mazmunga ega qisqacha eslatma (yuklarning tavsifi, foydalanilgan harakatdagi tarkibning tiplari, ish vaqti, o‘rtacha sutkalik vagonlar oqimi, yuklar fronti uzunligi va sig‘imi);

umumiy foydalanishdagi temir yo‘l vagonlari harakatlanadigan, yo‘llarni qurish va asosiy ortish va tushirish frontlarini joylashtirishni nazarda tutgan, korxonaning ichki o‘tish temir yo‘llarini ko‘rsatgan holdagi bosh rejasi;

z) yer uchastkasi temir yo‘l shoxobchalariga tutashgan taqdirda, yer egasining roziligi;

i) umumiy foydalanishdagi temir yo‘l egasi yoki shoxobcha temir yo‘l egasining shoxobcha yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun texnik shartlari.

Korxona (ishlab chiqarish, sexlar, omborlar va boshqalar) tarkibiga kiruvchi temir yo‘l transportining alohida inshootlarini, shuningdek, sanoat temir yo‘l transportining alohida inshootlari va qurilmalarini loyihalashtirishda kelishiladigan obyekt, inshoot va qurilmalarga bevosita tegishli bo‘lgan loyiha hujjatlari taqdim qilinadi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

20 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) qurilish ishlarini ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatda ko‘rsatilgan chegaralarda bajarish;

b) faoliyat turini amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazmaslik yoxud bunday zarar yetkazilishining real xavfini yaratmaslik.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

3 yil

12.

Izoh:

Ushbu pasportdagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat turi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning temir yo‘l yo‘laklarini qurish va rekonstruksiya qilishga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Ruxsatnoma nomi

Mas’ul ijrochilar va muddat*

Vazirlar Mahkamasida mas’ul va muddat**

1.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma

Transport vazirligi

2022-yil 20-mart

Sh. Abidov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 1-aprel

2.

Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarida portlovchi materiallarni tashish uchun ruxsatnoma

3.

Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalarini foydalanishga qo‘yish to‘g‘risidagi xulosa

4.

Ekspluatant sertifikati

5.

Fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

6.

Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati

7.

Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikat

8.

Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat

9.

Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati

10.

Ozonni buzuvchi moddalarning hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga import yoki eksport qilish uchun ruxsatnoma

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

2022-yil 20-mart

11.

Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna hamda flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari hamda o‘simliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma

12.

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma

13.

Yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma

14.

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i

Qurilish vazirligi

2022-yil 20-mart

15.

Loyiha hujjatlarini kelishib olish

16.

Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishib olish

17.

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma

18.

Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi

19.

Obyektning yong‘in xavfsizligi va zilzilabardoshliligi bo‘yicha davlat ekspertizasi xulosasi

20.

Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma

Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi

2022-yil 20-mart

Sh. Abidov,

X. Berdibayev,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 1-aprel

21.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

2022-yil 20-mart

Sh. Abidov,

T. Rapikov,

A. Jumanazarov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 1-aprel

22.

Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi

Davlat soliq qo‘mitasi

2022-yil 22-mart

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 5-aprel

23.

Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

Davlat bojxona qo‘mitasi

2022-yil 22-mart

24.

Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

25.

Maxfiy kartografiya materiallarini ko‘paytirish uchun ruxsatnoma

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

2022-yil 22-mart

26.

O‘zbekiston Respublikasi hududida kartografiya materiallarini nashr qilish va (yoki) tarqatish uchun ruxsatnoma

27.

Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) ber�sh uchun ruxsatnoma

28.

Import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2022-yil 22-mart

29.

Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2022-yil 24-mart

M. Vaxabov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 11-aprel

30.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma

31.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish uchun ruxsatnoma

32.

O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun sertifikat

33.

Madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi

2022-yil 26-mart

O. Qudratov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 15-aprel

34.

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnoma

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi

2022-yil 28-mart

T. Rapikov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 20-aprel

35.

Veterinariya sertifikati

36.

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda oziqabop qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

37.

Karantin ruxsatnomasi

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

2022-yil 28-mart

38.

Fitosanitariya sertifikati

39.

O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llash uchun ruxsatnoma

Qishloq ho‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

2022-yil 28-mart

T. Rapikov,

Sh. Abidov,

M. Vaxabov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 20-aprel

40.

Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2022-yil 1-aprel

F. Raximov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 23-aprel

41.

Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma

42.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma

43.

Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini o‘tkazish dalolatnomasi, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlash va kelishish to‘g‘risida xulosa

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

2022-yil 2-aprel

A. Jumanazarov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 26-aprel

44.

Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma

45.

Portlatish ishlarini bajarish yoki portlovchi moddalar bilan ishlash uchun ruxsatnoma

46.

Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalarda joylashgan punktlarda oddiy qumoqlangan va suvli portlovchi moddalarni ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma

47.

Olib kiriladigan portlovchi moddalarni qo‘llash uchun ruxsatnoma

48.

Portlovchi moddalarni sotib olish uchun guvohnoma

49.

Portlash xavfi bo‘lgan texnologik yangi jarayonlar va asbob-uskunalarni, istirohat bog‘lari attraksionlarini montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnoma

50.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

51.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni va inshootlarni ko‘rik va sinovdan o‘tkazish uchun ruxsatnoma

52.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va istirohat bog‘lari attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

53.

Xavfli yuklarni tashish uchun sig‘imlarning yaroqliligi to‘g‘risida xulosa

54.

Gaz quvurlari va gaz xo‘jaligining gaz iste’mol qiluvchi boshqa obyektlarni montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnoma

55.

Uskunalar, quvurlar, tsisterna va boshqa sig‘imlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

56.

Kon ajratish dalolatnomasi

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

2022-yil 2-aprel

57.

Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonani yoki uning bir qismini tugatish va konservatsiya qilishga doir maxsus loyihani kelishib olish

58.

Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishib olish

59.

Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga tushirishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish to‘g‘risida qaror

60.

Yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik materiallarda nazarda tutilgan foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror

61.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror

62.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma

63.

Yer qa’ri bo‘yicha geologik materiallarga doir loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi xulosasi

64.

Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarini hisobga olish

65.

20 kilovattdan ortiq quvvat da ishlaydigan obyektlarga energiya yetkazib berish loyihalarini kelishib olish

Energetika vazirligi

2022-yil 2-aprel

66.

Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlarning profili o‘zgargan taqdirda, ulardan xo‘jalik maqsadida foydalanish uchun ruxsatnoma

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

2022-yil 2-aprel

A. Jumanazarov,

M. Vaxabov,

Sh.Abidov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 26-aprel

67.

Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

2022-yil 2-aprel

A. Jumanazarov,

M. Vaxabov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 26-aprel

68.

O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati to‘g‘risida qaror

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2022-yil 4-aprel

Sh. Rajabbayev,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 29-aprel

69.

Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish to‘g‘risida qaror

70.

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma

71.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma

72.

Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnoma

73.

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqini berish uchun ruxsatnoma

74.

Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yo�i ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma

“O‘zarxiv” agentligi

2022-yil 4-aprel

75.

Aerosuratga olish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

Mudofaa vazirligi

2022-yil 6-aprel

X. Berdibayev,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 30-aprel

76.

Aerosuratga olish va kosmik suratga olish materiallarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish uchun ruxsatnoma

77.

O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma

Milliy gvardiya

2022-yil 6-aprel

78.

O‘zbekiston Respublikasidagi avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish

Ichki ishlar vazirligi

2022-yil 6-aprel

79.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, O‘zbekist�n Respublikasi hududiga olib kirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun ruxsatnoma

80.

Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yo‘l transportida tashish uchun ruxsatnoma

81.

Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa

82.

Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma, sanoat maqsadlarida foydalaniladigan pirotexnika vositalari bundan mustasno

83.

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma

a) 1-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
b) 2-bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 29-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 3-bandning o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 5-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
v) 7-8 hamda 11 — 14-bandlar, 2 — 4, 6 — 8-boblar, shuningdek, 1 — 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8 — 15-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
16-banddagi “O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish” so‘zlari “Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
19 — 21-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
23-banddagi “5 — 12-ilovalariga muvofiq shakllar” so‘zlari “7-ilovaga muvofiq shakl” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha ravishda to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
25-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
31, 36, 40, 44 — 46-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “ruxsatnomada ko‘rsatilgan ularning o‘sish muhitidan tashqari (g‘amlash, to‘plash va boshqa) harakatlardan tashqari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “yoki o‘simliklarni to‘plash va saqlash sharoitlarining mavjud emasligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Nizomga 1, 2, 4, 6, 9, 10, 12-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1-banddagi “hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, shuningdek, hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida” so‘zlari “yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4 — 13 va 15 — 19-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
21-banddagi “Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish, shu jumladan” so‘zlari “Hayvonot dunyosi obyektlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
32-33, 37, 66 — 71, 73 — 111, 120 va 124-125-bandlar hamda Nizomga 1 — 3, 5-6, 8 — 12-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
b) 1-2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi tegishlicha ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 1-2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 36-bandidagi “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 255-son” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 5-banddagi “O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi tegishlicha beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 11-ilova va 13-ilovaning 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.