17.02.2022 yildagi PQ-134-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini oʻzida yaqqol mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida toʻla namoyon qilib kelayotgan Navroʻzi olam eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasida mujassam boʻlgan borliqni asrab-avaylab, doimo u bilan uygʻun boʻlib yashash, mehr-oqibat, xayru saxovat, bunyodkorlik, bagʻrikenglik, doʻstlik va hamjihatlik singari yuksak gʻoyalar bugungi kunda yanada teran mazmun va ahamiyat kasb etib borayotganini alohida taʼkidlash lozim. Yurtimizda erkin va farovon hayot barpo etish, inson qadrini ulugʻlashdek buyuk maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan keng koʻlamli demokratik islohotlar jarayonida barcha milliy qadriyatlarimiz qatori Navroʻz umumxalq bayrami ham oʻziga xos maʼnaviy tayanch boʻlib xizmat qilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir vatandoshimiz oʻzining huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini tobora chuqur anglab borayotgan Yangi Oʻzbekiston sharoitida Navroʻz tom maʼnoda umumxalq bayramiga aylanib, el-yurtimiz tomonidan katta shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqimiz asrlar davomida eʼzozlab kelayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarafidan xalqaro bayram sifatida eʼtirof etilgan Navroʻzi olamning ana shunday beqiyos ahamiyatini hisobga olib hamda ushbu ayyomni mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan oʻzgarish va yangilanishlar jarayoniga uygʻun va hamohang tarzda, har tomonlama yuksak saviyada oʻtkazish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayrami mamlakatimizda “Assalom, Navroʻz — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruhda va yuqori saviyada nishonlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramini oʻtkazish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkiliy qoʻmita (A.N. Aripov) “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Navroʻz umumxalq bayramining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Joylarda Navroʻz umumxalq bayramini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navroʻz kunlarida inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlik, ona zaminga mehr va eʼtibor yaqqol oʻz ifodasini topishini aks ettiradigan, atrof-muhitni, uning neʼmatlarini asrab-avaylash, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashashga, inson qadrini ulugʻlashga daʼvat etadigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni Navroʻzning azaliy qadriyat va anʼanalariga hamohang tarzda, taʼsirchan usullarda ifoda etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” majmuasida alohida dasturlar asosida xalq sayillarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama eʼzozlash, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotganlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni uyushtirish, Navroʻz umumxalq bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, har bir koʻcha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonchilik va koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan umumxalq hasharlarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijalari, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining Navroʻz umumxalq bayramini nishonlashga oid urf-odatlari, anʼana va qadriyatlarini keng namoyish etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayram tadbirlari boʻlib oʻtadigan joylarda hunarmandchilik koʻrgazmalari, milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish, kitob rastalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil qilish, koʻklam taomlarini tayyorlash va ularning savdosini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha shahar va qishloqlarda oʻtkaziladigan bayram tadbirlarida, ommaviy axborot vositalarida Navroʻz bayramining tarixi, har bir hudud aholisi oʻrtasida uni nishonlash bilan bogʻliq urf-odat va anʼanalarning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M.M. Xodjimatov) va Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov) bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsert tomoshasini tajribali ssenarist va rejissorlar, bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, folklor sanʼati vakillari bilan birgalikda yuqori badiiy saviyada tayyorlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Navroʻz umumxalq sayillarini oʻtkazish boʻyicha hududiy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navroʻz umumxalq sayillari oʻtkaziladigan asosiy maydonlar, xiyobonlar va koʻchalarni belgilash, ularni milliy uslubda bayramona bezatish hamda sahnalarni oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda boʻlib oʻtadigan umumxalq sayillariga mahalliy folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, sirk sanʼati ustalari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va isteʼdodli estrada artistlarini belgilangan tartibda keng jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayram tadbirlari doirasida har bir hududga xos boʻlgan xalq oʻyinlari, tomoshalar, koʻrgazmalar oʻtkazish, bahoriy taomlar sotiladigan ochiq oshxonalarni joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bayram dasturlarini va ommaviy tomoshalarni tayyorlashda, koʻchalar, xiyobonlar va maydonlarni bezatishda malakali mutaxassislardan iborat ijodiy guruhlarni keng jalb etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) barcha tadbirlar karantin qoidalari va jamoat xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlarda mahalliy budjetlar hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish ishlarini va bayram tadbirlarini atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 17-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-134-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PQ-134-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

3.

X.M. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

4.

A.A. Joʻraboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

5.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

6.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

7.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

8.

A.X. Komilov

tashqi ishlar vaziri

9.

B.N. Qurbonov

mudofaa vaziri

10.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

11.

R.M. Joʻrayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

12.

A.X. Toshqulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

13.

B.O. Saidov

xalq taʼlimi vaziri

14.

A.V. Shin

maktabgacha taʼlim vaziri

15.

B.A. Musayev

sogʻliqni saqlash vaziri

16.

Sh.X. Shermatov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

17.

N.B. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish shuʼbasi mudiri

18.

G.M. Maʼrufova

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari

19.

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

20.

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

21.

R.J. Qurbonov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

22.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

23.

F.F. Abduxoliqov

Kinematografiya agentligi bosh direktori

24.

A.J. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

25.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

26.

A.V. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

27.

M.M. Xodjimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

28.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

29.

R.A. Abdullayev

Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi

30.

Sh.T. Qudratxoʻjayev

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

31.

O.A. Oʻsarov

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi

32.

J.S. Eshonqulov

filologiya fanlari doktori, professor, folklorshunos

33.

Sh.G. Turdimov

filologiya fanlari doktori, folklorshunos

34.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

35.

O.N. Qudratov

Vazirlar Mahkamasining kotibiyati mudiri, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PQ-134-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramini oʻtkazish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

I. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

1.

Joylarda Navroʻz umumxalq bayramini mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning amaldagi ifodasi sifatida yuqori saviyada oʻtkazish.

1. Hududiy tashkiliy qoʻmitalar tarkibini shakllantirish.

2022-yil fevral

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Navroʻz bayramini yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2022-yil mart

3. Chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlash.

2.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Navroʻz bayrami arafasida barcha shahar va qishloqlarda, mahallalarda umumxalq hasharlari, keng qamrovli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari, taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talabalari ishtirokida “Mahallamga nihol ekaman!” aksiyasini oʻtkazish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil fevral — aprel

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

3.

Mahallalar, koʻchalar, xiyobonlar hamda madaniyat va istirohat bogʻlari hududini Navroʻz bayrami mazmun-mohiyatiga mos ravishda bezatish.

1. Mahallalar, koʻchalar, xiyobonlar va boshqa ijtimoiy obyektlarni bayramga tayyorlash, hududlarni bayramona bezatish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil fevral

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Rejada belgilangan ishlarni amalga oshirish.

Reja asosida

4.

Navroʻz bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama eʼzozlash, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotganlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish hamda taniqli sanʼatkorlarning ushbu muassasalarga tashriflarini tashkil qilish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil mart

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil qilish, Navroʻz taomlarini tayyorlash hamda ularning savdosini yoʻlga qoʻyish.

1. Savdo yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Fermer xoʻjaliklari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni yarmarkalarga jalb etish.

3. Navroʻz taomlarini tayyorlash va ularning savdosini tashkil qilish.

2022-yil mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Ommaviy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari

6.

Toshkent shahrida Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish.

1. Taniqli ssenarist va ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram tadbiri ssenariysi va dasturini tayyorlash.

2022-yil fevral

Respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi

2. Taniqli rejissor, baletmeyster, bastakor, rassom va boshqa ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borish.

2022-yil mart

7.

Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tadbirlarda mamlakatimizdagi milliy madaniy markazlar qoshidagi badiiy jamoalarning ishtirokini taʼminlash.

Milliy madaniy markazlarning madaniy dasturlarini tayyorlash va bayram tadbirlarida ularning ishtirokini taʼminlash.

2022-yil mart

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Toshkent shahridagi “Navroʻz” bogʻida “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odat va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan madaniy tadbir oʻtkazish.

1. Tadbir ssenariysi va dasturini ishlab chiqish.

2. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil mart

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

9.

Hududlardagi madaniyat va istirohat bogʻlarida dorbozlar, polvonlar, sirk jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, taniqli sanʼatkorlar, estrada xonandalari va baxshilarning chiqishlarini tashkil etish.

1. Madaniy dasturlar rejasini ishlab chiqish.

2. Madaniy dasturlarni amalga oshirish.

2022-yil mart

Mahalliy budjet mablagʻlari, tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

10.

Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Navroʻz bayramiga bagʻishlangan xalq saylini oʻtkazish.

1. Xalq saylini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.

2. Xalq saylini yuqori saviyada oʻtkazish.

2022-yil mart

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

11.

Respublika miqyosida madaniyat va sanʼatning musiqa, teatr, kino, tasviriy va amaliy sanʼat, sirk, xalq badiiy ijodiyoti, milliy kiyimlar namoyishi yoʻnalishlari boʻyicha “Har kuning boʻlsin, Navroʻz” shiori ostida madaniy tadbirlar va koʻrgazmalar uyushtirish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2022-yil fevral

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil mart

12.

Navroʻz sayillari oʻtkaziladigan joylarda hunarmandchilik asarlari koʻrgazmalari, kitob rastalarini tashkil qilish.

1. Navroʻz sayillari oʻtkaziladigan asosiy maydonlar, xiyobonlar va koʻchalarni belgilash va ularni milliy uslubda bayramona bezatish.

2. Tasdiqlangan reja asosida tadbirlarni oʻtkazish.

2022-yil mart

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

“Hunarmand” uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Navroʻz bayrami munosabati bilan sumalak va bahoriy noz-neʼmatlarni targʻib etuvchi “Bahor neʼmatlari” koʻrgazmalari hamda “Eng yaxshi Navroʻz taomlari” tanlovlarini oʻtkazish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Tadbirlarni oʻtkazish va tanlov gʻoliblarini munosib taqdirlash.

2022-yil mart

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar

14.

Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, konsulliklarida Navroʻz bayramiga oid ezgu qadriyatlar va milliy madaniyatimiz yutuqlarini keng targʻib etishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasini ishlab ch?qish va amalga oshirish.

2022-yil mart

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi

15.

Koʻchalarda joylashgan LED ekranlar orqali milliy urf-odat va qadriyatlarimizni keng targʻib qilishga qaratilgan “Navroʻzing muborak, ona diyorim!” mavzusidagi ijtimoiy roliklarni keng namoyish qilish.

1. Ijtimoiy roliklar namoyish etiladigan LED ekranlar roʻyxatini shakllantirish, mavzuga oid ijtimoiy roliklar tayyorlash.

2022-yil fevral

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ijtimoiy roliklarni keng namoyish etish.

2022-yil mart

16.

Mahallalarda oʻzining ezgu fazilatlari hamda erishayotgan yutuqlari bilan koʻpchilik orasida katta hurmat qozongan insonlarning hayotiy tajribasini ommalashtirishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etish.

1. Uchrashuvlar rejasini ishlab chiqish.

2. Uchrashuvlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil mart

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

“Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida Toshkent shahridagi barcha mahallalarda taniqli sanʼatkorlar, ijodkorlar hamda maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirokida Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil fevral

Mahalliy budjet mablagʻlari, tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2. Reja asosida tadbirlarni tashkil qilish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil mart oyidan muntazam

18.

Ommaviy axborot vositalarida taniqli folklorshunos, tarixchi, sanʼatshunos olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida Navroʻz umumxalq bayramining tarixi, uni nishonlash bilan bogʻliq urf-odat, anʼana va qadriyatlarni keng targʻib etish.

Mavzuga bagʻishlangan koʻrsatuv, eshittirish va materiallarni tayyorlash va keng yoritish.

2022-yil fevral-mart

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

19.

Barcha mobil aloqa abonentlariga “Yangilanish va yasharish ayyomi — Navroʻzi olam muborak!” mazmunidagi SMS-tabriklar yuborishni tashkil etish.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan SMS-tabriklar yuborish.

2022-yil 21-mart

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

III. Yoshlar uchun moʻljallangan tadbirlar

20.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, ijod maktablari, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida Navroʻz bayramining tarixi, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan insholar tanlovlarini oʻtkazish.

1. Insholar tanlovini oʻtkazish reja-dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil fevral

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2. Insholar tanlovlarini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash.

2022-yil mart

21.

Mahallalarda yashayotgan yoshlar oʻrtasida uloq-koʻpkari, poyga, kurash, chillak, arqon tortish va boshqa milliy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar va koʻrgazmali chiqishlar tashkil etish.

1. Musobaqa va koʻrgazmali chiqishlar oʻtkaziladigan joylarni aniqlash.

2022-yil fevral

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Musobaqa va koʻrgazmali chiqishlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

2022-yil mart

22.

Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida taniqli ijodkorlar, barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talabalari ishtirokida Navroʻz bayrami, ezgu qadriyatlarimiz hamda milliy adabiyotimizga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish.

1. Adabiy-maʼrifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Adabiy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil mart

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 07/22/134/0146-son)