08.02.2022 yildagi PQ-123-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat muassasalari faoliyatida zamonaviy boshqaruv usullari, ochiqlik, shaffoflik tamoyillarini joriy etish hamda xususiy kapital ishtiroki uchun keng imkoniyatlar yaratish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalari tugatiladi yoki xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat muassasalari majburiy tartibda Yagona g‘azna hisobvarag‘ida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2022-yil 1-apreldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z rasmiy veb-saytlarida o‘zlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtiradi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat muassasalarining hududlar va yuqori turuvchi organlari kesimidagi ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) veb-saytiga joylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq ma’lumotlar portalida foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda ko‘rish imkoniyatini yaratgan holda muassasalarning yuqori turuvchi tashkiloti, ko‘chmas mulk obyektlari, qurilishi tugallanmagan obyektlar va avtotransport vositalari, rejalashtirilgan va amalga oshirilgan xarajatlar tarkibi haqidagi va boshqa ma’lumotlarni (bundan tijorat siri mavjud yoki cheklangan holda tarqatiladigan ma’lumotlar mustasno) e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) davlat muassasalarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda hamda muassasa ustavi (nizomi)da uning tashkiliy-huquqiy shakli “davlat muassasasi” ekanligi ko‘rsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) xo‘jalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari, Markaziy bank hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli aksiyalar va ulushlar davlat ulushlari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlariga tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushlar va aksiyalar davlat ulushi hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agentlik, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan davlat muassasalarini 2022-yil 1-martdan 2023-yil 1-avgustga qadar eksperiment tariqasida tashqi, shu jumladan mol-mulkning mavjudligi, majburiyatlar bajarilishining amaldagi holati va oqibatlarini o‘rganish masalalari yuzasidan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat muassasalariga xo‘jalik jamiyatlarini ta’sis qilishni hamda ularning ustav fondi (ustav kapitali)da ishtirok etishni taqiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) davlat muassasalarini (bundan xususiylashtirilmaydigan davlat muassasalari mustasno) xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirish, shuningdek, davlat muassasalarini tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish uchun muassislarga ko‘rsatma va takliflar kiritish huquqi berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat komissiyasi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda faoliyat ko‘rsatmayotganligi sababli tugatiladigan davlat muassasalari ro‘yxati va ularni tugatish jadvalini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2022-yil 1-sentabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha davlat muassasalarini xatlovdan o‘tkazib, ularning daromad keltiradigan faoliyatini ko‘rib chiqqan holda tashkiliy-huquqiy shakllari qonunchilik hujjatlariga mosligini o‘rganib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalarini va ularga tegishli nosohaviy aktivlarni xususiylashtirish yoki ularni belgilangan tartibda tugatish bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yildan boshlab, har yili 1-mayga qadar davlat muassasalari faoliyatini tahlil qilib, bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalarini xususiylashtirish yoki tugatish bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga kiritib borsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda davlat moliyasini boshqarish axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — “DMBAT”) budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisoboti yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy majmuaga (keyingi o‘rinlarda — “UzASBO”) integratsiya qilgan holda, ushbu tizimlardan mazkur qarorning 1-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda har bir davlat muassasasiga Yagona g‘azna hisobvarag‘ida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-aprelga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Agentlik, Davlat xizmatlari agentligining ma’lumotlar bazalarini “DMBAT” va “UzASBO”ga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-aprelga qadar o‘z tarkibidagi davlat muassasalarining qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat boji undirilmasdan Davlat xizmatlari markazlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z tarkibidagi davlat muassasalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari, jumladan mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari bo‘yicha esa keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar Agentlikning axborot tizimida joylashtirib borilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda tugatilgan davlat muassasalari va korxonalariga tegishli bo‘lgan, Agentlik va Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi aksiya paketlari ro‘yxatini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisidan kelib chiqib, eksperiment natijalarini puxta tahlil etgan holda davlat muassasalarini majburiy tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizom loyihasini hamda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va javobgar etib Bosh vazirning o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-oktabrga qadar axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 8-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-123-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2022-y., 07/22/123/0110-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)