O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAIShIY SOVUTGIChLAR IShLAB ChIQARUVChI “ARSIN” QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikada zamonaviy, eksportga mo‘ljallangan maishiy sovutgichlar ishlab chiqarishini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Sino” aksiyadorlik jamiyatining Turkiyaning “Koch” kompaniyalari guruhi bilan turli modifikatsiyalardagi 250 ming maishiy sovutgichlar ishlab chiqaruvchi “ARSIN” qo‘shma korxonasini tashkil etish va keyinchalik qo‘shma korxonada aksiyadorlar sifatida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
umumiy qiymati 76,9 mln AQSh dollari bo‘lgan loyihani mablag‘ bilan ta’minlash qo‘shma korxonaning ustav jamg‘armasi va 1-ilovaga* muvofiq 33,76 mln AQSh dollari hajmida qo‘shma korxonaga berish rejalashtirilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
*1-ilova berilmaydi.
“ARSIN” qo‘shma korxonasining ustav jamg‘armasi 43,14 mln AQSh dollariga teng summani, shu jumladan, 1a-ilova*ga muvofiq ustav jamg‘armasini shakllantirish jadvaliga ko‘ra O‘zbekiston tomonining ulushi 40 foizni va xorijiy tomon ulushi 60 foizni tashkil etadi.
* 1a-ilova berilmaydi.
3. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 50 foizini eksportga sotish sharti bilan uning butlovchilarining 75 foizini vatanimizda ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi maishiy sovutgichlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy ko‘rsatkichlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Sino” aksiyadorlik jamiyati mol-mulkini baholash va uni “ARSIN” qo‘shma korxonasi ustav jamg‘armasiga berish tadbirlarini bir oy muddatda amalga oshirsin.
9. “O‘zmashsanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda:
O‘zbekiston Respublikasi korxonalarida sovutgichlar uchun butlovchi buyumlarni vatanimizda ishlab chiqarishning batafsil rejasini uch oy muddatda ishlab chiqsin;
butlovchi buyumlarni vatanimizda ishlab chiqarish loyihasini xorijiy investorlarni jalb etish uchun ustuvor investitsiya loyihalarining yig‘ma ro‘yxatiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi maishiy sovutgichlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi doirasida ishlash uchun keladigan xorijiy mutaxassislar uchun vizalarni rasmiylashtirishni, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni, vizalar va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini uzaytirishni davlat bojlari undirmasdan amalga oshirsinlar.
11. Maishiy sovutgichlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi doirasida ishlash uchun respublikaga keluvchi xorijiy mutaxassislarga yashash va respublika hududida transportning barcha turlarida yurishga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
12. “ARSIN” qo‘shma korxonasi kreditni uzish davrida maishiy sovutgichlar ishlab chiqarish uchun keltiriladigan import qilinuvchi butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar bo‘yicha boj to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qaroriga 2-ilovaning 4-satri o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-mart,
112-son