1-ILOVA
|
T/r |
Ma’lumot turi |
Taqdim etish va yangilash muddati |
Joylashtirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar |
|
1. |
Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalariga respublika budjetidan har yili ajratiladigan maqsadli mablag‘lar. |
Real vaqt rejimida |
Moliya vazirligi |
|
2. |
Avtomobil yo‘llari sohasiga ajratiladigan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari. |
Real vaqt rejimida |
Moliya vazirligi |
|
3. |
Avtomobil yo‘llari sohasi uchun O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ajratmalari. |
Real vaqt rejimida |
Moliya vazirligi, |
|
4. |
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan maqsadli mablag‘lar. |
Har chorakda |
Moliya vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi |
|
5. |
Ichki xo‘jalik yo‘llari va shaharlar, boshqa aholi punktlari ko‘chalari uchun mahalliy vakillik hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan yig‘imlardan tushumlar. |
Har chorakda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
6. |
Avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlardan kelib tushadigan mablag‘lar. |
Har chorakda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
7. |
Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘imning bazaviy stavkasiga qo‘shimcha koeffitsiyentlarni qo‘llashdan tushadigan mablag‘lar. |
Har chorakda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalariga Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasidan amalga oshiriladigan transfertlar. |
Har chorakda |
Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
9. |
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yo‘l bo‘yida joylashgan yer uchastkalarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qurish uchun elektron auksionlar yakunlari bo‘yicha huquq taqdim etishdan tushadigan mablag‘lar, shuningdek, tashqi reklamaning o‘rnatilgan obyektlari (konstruksiyalari) uchun oylik to‘lovlar. |
Har chorakda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi |
|
10. |
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yida joylashgan yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, savdo, servis obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining boshqa obyektlarini joylashtirish va qurish uchun mazkur yer uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar. |
Har chorakda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash obyektlarida olib borilayotgan yo‘l qurilish ishlari hamda obyektlar bo‘yicha belgilangan tartibda tender savdolari o‘tkazish natijalari haqida ma’lumotlar. |
Doimiy |
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi |
|
12. |
Viloyat, shahar va tumanlar kesimida tegishliligi bo‘yicha, obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yo‘llarni loyihalash, qurish, ta’mirlash va saqlash ishlari xarajatlar smetasi). |
Har chorakda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi idoraviy yo‘llar va ko‘priklar holati, ularni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar. |
Har chorakda |
Suv xo‘jaligi vazirligi |
|
14. |
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi idoraviy yo‘llar va ko‘priklar holati, ularni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash ishlari uchun ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotlar. |
Har chorakda |
Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi |
|
15. |
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlangan avtomobil yo‘llari sohasini rivojlantirishga oid “yo‘l xaritalari”, davlat va investitsiya dasturlari ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar. |
Real vaqt rejimida |
Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi |
|
16. |
Avtomobil yo‘llarini, shu jumladan, ichki xo‘jalik yo‘llari va shaharlar, boshqa aholi punktlari ko‘chalarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalar to‘g‘risida ma’lumotlar. |
Real vaqt rejimida |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
17. |
Avtomobil yo‘llarini, shu jumladan, ichki xo‘jalik yo‘llari va shaharlar, boshqa aholi punktlari ko‘chalarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek, yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha ma’lumotlar. |
Real vaqt rejimida |
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi |
2-ILOVA
ILOVA
|
|
|
|
|
|
| |
|
1-bosqich |
Tuman (shahar) hokimliklari |
1. Tuman (shahar) mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘lar miqdori hamda hududlar bo‘yicha aniqlangan o‘rtacha narx summasi axborot portalida e’lon qilinadi. |
Har yili 15-dekabrga qadar | |||
|
Tuman (shahar) hokimliklari |
2. Rasmiy veb-saytlar, hududiy OAV orqali taklif bildirish jarayoni boshlanishi haqida e’lon beradi. |
Har yili 15-dekabrga qadar | ||||
|
2-bosqich |
Tashabbuskor fuqarolar |
Fuqarolar tomonidan Ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash yuzasidan “Ochiq budjet” axborot portalida taqdim etilgan Ichki xo‘jalik yo‘llari reyestridan tegishli ichki xo‘jalik yo‘llaridan birini tanlash orqali taklif qoldiriladi. |
Har yili yanvar oyining 10 sanasiga qadar | |||
|
3-bosqich |
Ovoz berish istagini bildiruvchi fuqarolar |
Bildirilgan takliflar orasidan takliflarga ovoz beradi. |
Moliya yilining 10 — 31-yanvar kunlari davomida | |||
|
4-bosqich |
“Ochiq budjet” axborot portali |
Tuman (shahar) mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning kamida 50 foizi doirasida takliflarni amalga oshirish qiymatini hisobga olgan holda avtomatik ravishda ketma-ketlik bo‘yicha g‘olib takliflar aniqlanadi. |
Fevral oyida | |||
|
5-bosqich |
Tuman (shahar) moliya bo‘limlari |
Har bir g‘olib deb topilgan taklif uchun alohida g‘azna hisobvarag‘i ochiladi va tegishli mablag‘lar o‘tkazib beriladi. |
Aprel oyida | |||
|
6-bosqich |
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari |
G‘olib deb topilgan takliflar uchun ajratiladigan mablag‘larning qiymati hisob-kitobiga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi. |
Aprel oyida | |||
|
7-bosqich |
Obodonlashtirish boshqarmalari |
Ajratilgan mablag‘lar doirasida ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash uchun pudratchi tashkilot bilan shartnomalar rasmiylashtirilib, ishlar bajariladi. |
Yil davomida | |||
|
8-bosqich |
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari |
Ta’mirlangan yo‘llarga maxsus “QR” shtrix-kod tushirilgan ko‘rgazma planshetlar o‘rnatiladi. |
Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng | |||