28.01.2022 yildagi PQ-105-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha salmoqli ishlar bajarildi. Xususan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini raqamlashtirish orqali ularning ochiqligi va shaffofligi taʼminlanib, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan uzviy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, bugungi kunda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinmaganligi sababli dastlabki tergov organlari tomonidan jinoyatlar haqida xabarlarni koʻrib chiqish va jinoyat ishlarini yuritishda maʼlumotlar almashinuvi samarali yoʻlga qoʻyilmasdan, qogʻoz shaklida amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatni tezkor va toʻliq fosh etish uchun muhim boʻlgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida olish imkoniyatining mavjud emasligi dastlabki tergov organlari faoliyatida protsessual muddatlar buzilishiga olib kelib, ish boʻyicha isbotlanishi talab qilinadigan holatlar qisqa muddatda va har tomonlama tekshirib chiqilishiga toʻsiq boʻlmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6041-son hamda 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6196-son farmonlariga muvofiq, shuningdek, tergov faoliyatini yanada raqamlashtirish va ishni sudga qadar yuritish jarayonida yagona elektron hujjat almashinuvi tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda ishni sudga qadar yuritish masalalari boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Yagona tergov axborot tizimi) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyatlarga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni koʻrib chiqish va jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning tezkorlik bilan olinishini taʼminlash uchun davlat organlari hamda tashkilotlar oʻrtasida tezkor axborot almashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surishtiruvchi va tergovchilarning qarorlari, topshiriqlari, koʻrsatmalari hamda boshqa xabarnomalarini tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga elektron hujjat koʻrinishida yuborish, shuningdek, ularga javoblarni mazkur tarzda qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralarini koʻrish va uning samaradorligini oshirish maqsadida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining mol-mulkini xatlash, shuningdek, qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklov choralarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻz vaqtida amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona tergov axborot tizimi orqali ishni sudga qadar yuritish masalalarida elektron hujjat almashish Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Milliy gvardiyaning surishtiruv va tergov organlari (keyingi oʻrinlarda — surishtiruv va tergov organlari) tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona tergov axborot tizimining boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi, uning uzluksiz ishlashi, axborot xavfsizligi taʼminlanishi uchun Bosh prokuratura masʼul hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona tergov axborot tizimi Bosh prokuraturaning Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi serverlarida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — hamkorlik qiluvchi tashkilotlar) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga Yagona tergov axborot tizimi doirasida hamkorlik qiluvchi tashkilotlar roʻyxatini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda kengaytirish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, surishtiruv va tergov organlari hamda hamkorlik qiluvchi tashkilotlar oʻrtasidagi jinoyatlarga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni koʻrib chiqish, jinoyatlarni tergov qilish masalalari boʻyicha idoralararo elektron hamkorlik quyidagi talablarga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud maʼlumotlarning tezkorligi va haqqoniyligini taʼminlash hamda axborot xavfsizligi talablariga javob beruvchi maxsus aloqa kanalidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish yoki ularning maʼlumotlar bazalarini Yagona tergov axborot tizimida takrorlash va muntazam yangilab borish yoxud hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlarini Yagona tergov axborot tizimi bilan integratsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va hamkorlik qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan elektron hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlar va loyiha-texnik hujjatlar (texnologik yoʻriqnoma) talablariga amal qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar surishtiruv yoki tergov organlariga surishtiruvchi yoxud tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanksiyasi bilan elektron hujjat tarzida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshirish sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bosh prokuratura Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda hamkorlik qiluvchi tashkilotlar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlar tuzilishini va zarur loyiha-texnik hujjatlar (texnologik yoʻriqnoma) ishlab chiqilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron hamkorlik qilish doirasida ishlab chiqiladigan loyiha-texnik hujjatlarning vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan oʻzaro integratsiya qilinishini hisobga olgan holda Yagona tergov axborot tizimi ishga tushirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona tergov axborot tizimi bilan davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish orqali jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi mavjud maʼlumotlar surishtiruv va tergov organlarining elektron soʻrovi boʻyicha bepul asosda taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturiy taʼminotni ishlab chiqish hamda Yagona tergov axborot tizimidagi veb-xizmatlarni yaratish surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning mavjud axborot tizimlarini Yagona tergov axborot tizimiga integratsiya qilishga sarflanadigan xarajatlar ushbu tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamkorlik qiluvchi tashkilotlar tomonidan Yagona tergov axborot tizimi texnologik yoʻriqnomasining oʻzgarishiga olib keladigan har qanday takomillashtirish Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi hamda Yagona tergov axborot tizimiga integratsiya qilinishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surishtiruv va tergov faoliyatini raqamlashtirishda zarur kompyuter va boshqa uskunalarni xarid qilish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish, oʻz xodimlarini elektron raqamli imzo bilan taʼminlash tegishli vazirlik va idoralar hamda hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bosh prokuratura Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda — Byuro) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi bilan hamkorlikda 2022-yil 1-maydan Yagona tergov axborot tizimining sinov versiyasini, 2022-yil 1-avgustdan toʻliq versiyasini ishga tushirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona tergov axborot tizimini joriy etish jarayonida hamkorlik qiluvchi tashkilotlar axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilish masalalarini hal etishda tegishli qonunchilik hujjatlari talablariga toʻliq rioya qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Yagona tergov axborot tizimini, shu jumladan Ichki ishlar vazirligining buyurtmasi asosida boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqish Byuro bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Byuroning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Markaz tomonidan bajarilgan ishlar uchun shartnomaga muvofiq oʻtkazilgan mablagʻlar Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasida jamlanadi, ushbu mablagʻlar boʻyicha alohida hisob yuritiladi va faqat quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona tergov axborot tizimini ishlab chiqishga jalb etilgan xodim-mutaxassislarni moddiy ragʻbatlantirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa mutaxassislarni (dasturchilar, kompyuter tizimlari va tarmoqlari xavfsizligi, avtomatlashtirilgan tizimlarda maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha mutaxassislar, kompyuter muhandislari, veb-dizaynerlar va boshqalar) shartnomaviy-huquqiy asosda jalb etishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yagona tergov axborot tizimini surishtiruv va tergov organlari faoliyatiga joriy etish va uni takomillashtirish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surishtiruv va tergov organlari xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi boʻyicha oʻqitish Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari negizida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surishtiruv va tergov organlarining axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini rivojlantirish, ularni davlat organlari va tashkilotlar axborot tizimlari bilan integratsiya qilish Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi hamda Markaz tomonidan taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surishtiruv va tergov organlari tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar keyingi yil uchun surishtiruv va tergov organlari xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi boʻyicha oʻqitishni tashkil etishning tarmoq jadvallari hududlar kesimida tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari B.B. Valiyev va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari N.S. Turaxodjayev belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 28-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-105-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-105-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

10.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

19.

“Oʻzarxiv” agentligi

21.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi

22.

“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DK

23.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ

24.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

25.

“Hududgaztaʼminot” AJ

26.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

27.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

28.

Banklar

29.

Mobil aloqa operatorlari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-105-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini yaratish hamda davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Yagona tergov axborot tizimi) yaratish hamda integratsiya qilish boʻyicha ishlar qiymatini hisob-kitobi qilish toʻgʻrisida hujjatni tasdiqlash.

Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.

2022-yil fevral

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(O. Pekos)

2.

Yagona tergov axborot tizimini yaratish.

1. Shartnoma tuzish.

2022-yil mart

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Majburiy ijro byurosining AKTni joriy etish markazi Majburiy ijro byurosining AKTni joriy etish markazi

2. Yagona tergov axborot tizimini yaratish boʻyicha konsepsiya va texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2022-yil mart

3. Yagona tergov axborot tizimining sinov versiyasini ishlab chiqib, ishga tushirish.

2022-yil may

4. Yagona tergov axborot tizimining toʻliq versiyasini ishga tushirish.

2022-yil avgust

3.

Yagona tergov axborot tizimini davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Tasdiqlangan texnologik yoʻriqnomalar asosida veb-servislarni ishlab chiqish.

2022-yil aprel — iyul

Majburiy ijro byurosining AKTni joriy etish markazi

4.

Koʻchmas mulkni, intellektual mulkni va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berishga taqiq qoʻyish, mol-mulkni xatlash, shuningdek, taqiqni (xatlovni) bekor qilish haqidagi maʼlumotlarni surishtiruvchi va tergovchi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish mexanizmini joriy etish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Adliya vazirligi

(X. Meliyev)

5.

Surishtiruv va tergov organlari hamda Adliya vazirligining axborot tizimlari oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash, xususan:

tugʻilganlik toʻgʻrisidagi;

nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi;

nikohdan ajratilganligi toʻgʻrisidagi;

oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Adliya vazirligi

6.

Surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishda sud-ekspertiza muassasalari bilan sud ekspertizasini oʻtkazishga soʻrov yuborish, ekspertni surishtiruv yoki tergovga chaqirtirish, ekspert xulosalarini va sud ekspertlarining qoʻshimcha yoki boshqa zarur maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini qabul qilish imkonini beruvchi oʻzaro elektron maʼlumotlar almashinuvini joriy etish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

Adliya vazirligi

(X. Meliyev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev)

7.

Surishtiruv va tergov organlari tomonidan pochta aloqasi tarmogʻi orqali yoʻllanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi bilan oʻzaro elektron hamkorlikni taʼminlash.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(O. Pekos),

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ

(A. Fayzullayev)

8.

Shaxslarning ish haqi, budjet oldidagi soliq qarzdorligi, mehnat staji, ishlagan tashkilotlari, shuningdek, yuridik shaxslardagi mavjud ish oʻrinlari soni haqidagi maʼlumotlarning surishtiruv va tergov organlari tomonidan elektron shaklda olinishini taʼminlash.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Davlat soliq qoʻmitasi

(M. Mirzayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov)

9.

Surishtiruv va tergov organlari hamda davlat arxivi oʻrtasida arxivda saqlanayotgan hujjatlarni olishga soʻrov yuborish va hujjatlarni arxivdan olish qismi boʻyicha elektron axborot almashinuvini taʼminlash.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

“Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov)

10.

Axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilgan holda surishtiruv va tergov organlari tomonidan ishni sudga qadar yuritish davomida jinoyat protsessi ishtirokchilarini xabardor qilish hamda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida surishtiruvchi va tergovchining qarori yoki soʻroviga asosan soʻraladigan maʼlumotlarni (jumladan, shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan abonent raqamlari va abonent qurilmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) almashishning elektron shaklini joriy etish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

mobil aloqa operatorlari

11.

Surishtiruv va tergov organlariga ishni sudga qadar yuritish jarayoni ishtirokchisi haqida quyidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish:

pensiya va nafaqalar olish;

Ijtimoiy himoya yagona reyestrida mavjudligi (kam taʼminlangan);

shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Pensiya jamgʻarmasi

(A. Xaydarov),

AT “Xalq banki”

(Sh. Atabayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Moliya vazirligi

(O. Isakov)

12.

Surishtiruv va tergov organlariga protsess ishtirokchilarining issiqlik taʼminoti boʻyicha mavjud qarzdorligi haqidagi maʼlumotlarni viloyatlar va Toshkent shahri kesimida onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

(Q. Tursunov),

Toshkent shahar hokimligi

(S. Abdullayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

13.

Surishtiruv va tergov organlariga protsess ishtirokchilarining suv taʼminoti, kanalizatsiya xizmati boʻyicha mavjud qarzdorligi haqidagi maʼlumotlarni viloyatlar va Toshkent shahri kesimida onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

(S. Saifnazarov),

Toshkent shahar hokimligi

(S. Abdullayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

14.

Surishtiruv va tergov organlariga protsess ishtirokchilarining gaz va elektr energiyasi taʼminoti xizmatlari boʻyicha mavjud qarzdorligi haqidagi maʼlumotlarni viloyatlar va Toshkent shahri kesimida onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

“Hududgaztaʼminot” AJ

(B. Eshmuratov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(U. Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

15.

Surishtiruv va tergov organlariga koʻchmas mulk obyektlari, ularning mulkdorlari va egalik tarixi haqidagi maʼlumotlarni Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Kadastr agentligi

(M. Mirmaksudov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

16.

Oʻzbekiston Respublikasining tumanlari kesimida korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni integratsiya yoʻli bilan olishni tashkil etish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Davlat statistika qoʻmitasi

(Z. Ziyayev)

17.

Yagona tergov axborot tizimining Ochiq maʼlumotlar portali bilan statistik maʼlumotlar almashinuvi boʻyicha elektron hamkorligini tashkil etish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Davlat statistika qoʻmitasi

(Z. Ziyayev),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(O. Pekos)

18.

Surishtiruv va tergov organlariga jismoniy shaxsning (16 yoshga toʻlgan va JSHSHIRga ega boʻlgan jismoniy shaxslar) narkologiya dispanserida hisobda turishi yoki turmasligi haqidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B.Musayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

Davlat personallashtirish markazi

(U. Tashxodjayev)

19.

Surishtiruv va tergov organlariga jismoniy shaxsning (16 yoshga toʻlgan va JSHSHIRga ega boʻlgan jismoniy shaxslar) psixonevrologiya dispanserida hisobda turishi yoki turmasligi haqidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, Ya. Abdulxakov),

Davlat personallashtirish markazi

(U. Tashxodjayev)

20.

Yagona tergov axborot tizimini Oliy sudning “E-XSUD” axborot tizimi bilan integratsiya qilish orqali jinoyat ishlarini sudlarda koʻrib chiqish bilan bogʻliq maʼlumotlar, shu jumladan sud qarorlarini (hukm, qaror, ajrim) toʻgʻridan-toʻgʻri elektron koʻrinishda olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Oliy sud

(I. Muslimov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

21.

Yagona tergov axborot tizimining Ichki ishlar vazirligining “Sudlangan shaxslarni hisobga olish va ularga nisbatan qoʻllaniladigan intizomiy jazo choralari” tizimi bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, R. Tursunov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev)

22.

Yagona tergov axborot tizimi va Ichki ishlar vazirligining “Markazlashgan probatsiya elektron tizimi”ning oʻzaro hamkorligini taʼminlash.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, B. Abdullayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev)

23.

Yagona tergov axborot tizimi orqali surishtiruv va tergov organlariga muqaddam sudlangan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkonini yaratish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev)

24.

Yagona tergov axborot tizimini unda ishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar haqida maʼlumotlar olish imkoniyatini yaratgan holda Ichki ishlar vazirligining “Manzil”, “E-Fuqaro” va Davlat personallashtirish markazining “Jismoniy shaxslar” axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Davlat personallashtirish markazi

(U. Tashxodjayev)

25.

Jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarning surishtiruv va dastlabki tergov jarayonlarida va tergov organlarining shaxsiy qabullarida bevosita joriy joylashuv joyidan ishtirok etishini taʼminlash maqsadida surishtiruv va tergov organlari hamda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti oʻrtasida videokonferensaloqa terminallarini bogʻlash.

1. Texnik loyihani ishlab chiqish.

2. Sozlash va ishga tushirish.

2022-yil aprel — iyul

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, R. Tursunov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev)

26.

Surishtiruv va tergov organlariga xorijiy valyutalarning kursi va yuridik shaxslarning hisobvaraqlari holati haqida onlayn maʼlumot olish imkonini yaratish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Markaziy bank

(I. Abdugafarov),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev)

27.

Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar, shuningdek, ayblanuvchilarga tanlangan garov tarzidagi ehtiyot chorasi yuzasidan toʻlovlarni toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmini joriy etish.

Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil aprel — iyul

Moliya vazirligi

(O. Isakov),

Markaziy bank

(I. Abdugafarov),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev)

28.

Tergov jarayoni ishtirokchilarining haydovchilik guvohnomasi, avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma, shuningdek, transport vositalari va ularning texnik holati haqidagi maʼlumotlarni surishtiruv va tergov organlari tomonidan onlayn olish imkoniyatini yaratish.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev, B. Abdullayev),

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(O. Pekos)

29.

Davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarish, investitsiya masalalari va bankrotlik bilan bogʻliq ishlarni koʻrish doirasida surishtiruv va tergov organlari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot tizimlarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

30.

Ish qidirayotgan va ishsiz maqomiga ega shaxslar, shuningdek, vaqtinchalik haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni surishtiruv va tergov organlari tomonidan onlayn olishni taʼminlash.

1. Texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Veb-servisni yaratish.

3. Veb-servisdan foydalanish imkonini berish.

2022-yil aprel — iyul

Bosh prokuratura

(B. Valiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(N. Turaxodjayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Axborot va maʼlumotlar almashinuvi idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Barcha texnologik yoʻriqnomalar konsepsiya va texnik topshiriq asosida ishlab chiqiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-105-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Surishtiruv va tergov organi

“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi

Soʻrovnoma

Taqdimnoma

Qaror

Bayonnoma

Xat

Maʼlumotnoma

Xabarnoma

Topshiriq

Surishtiruv va tergov organlari tomonidan elektron shakldagi hujjatni (soʻrovni) tizim orqali yuborish

Hamkorlikni amalga oshiruvchi tashkilotlar

 

Vazirlik, qoʻmita, agentlik va boshqa davlat tashkilotlari

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar

Aksiyadorlik jamiyatlari

Banklar

Mobil aloqa operatorlari

 

Hamkorlikni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan elektron shakldagi soʻrovni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash

Hamkorlikni amalga oshiruvchi tashkilotlarning axborot tizimi orqali onlayn ravishda “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimiga elektron shakldagi javobni joʻnatish

Surishtiruv va tergov organlari tomonidan javobni elektron shaklda qabul qilish

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 07/22/105/0079-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)