Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2025 27.01.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3346
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori, 27.01.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3346
Дата вступления в силу
27.01.2022
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3346]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 26-fevraldagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-fevraldagi 5-q/q-sonli ““Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3346-1, 28.02.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat test markazi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 27-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 27-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01/QQ-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2022-yil 27-yanvardagi 1 va 01/QQ-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga (bundan buyon matnda akademik litsey deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyent — akademik litseyga oʻqishga kirish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va test sinovlarida ishtirok etuvchi jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyent ruxsatnomasi — pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishiga ruxsat beradigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (bundan buyon matnda Bilim va malakalarni baholash agentligi deb yuritiladi) direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, test sinovlari oʻtkaziladigan tegishli binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi xodim;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino rahbari — Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlikni bajaruvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi xodim;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guruh nazoratchisi — Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan tuzilgan shartnoma asosida shartnomada belgilangan vazifa va majburiyat boʻyicha test sinovlarida abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, test sinovining belgilangan tartib boʻyicha oʻtishini qatʼiy nazorat qilishga masʼul boʻlgan va abituriyentlarga test sinovini topshirish tartibi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish uchun jalb qilingan va test sinovlari oʻtkazilishi bilan bogʻliq seminarda ishtirok etgan shaxs;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi boʻyicha test topshiriqlarini oʻz ichiga olgan savollar toʻplami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlangan javobning bittasini belgilashga moʻljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul komissiyasi — akademik litseyga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish, shu jumladan abituriyentlarga maslahat xizmatlari koʻrsatish maqsadida har yili tuziladigan komissiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Akademik litseyga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish uchun Toshkent davlat yuridik universiteti rektori buyrugʻi bilan qabul komissiyasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qabul komissiyasi test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi vazifalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul komissiyasining eʼlonlar taxtasiga hamda akademik litseyning rasmiy veb-saytiga har yili 20-iyunga qadar mazkur Nizom, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli va oʻqitish tili boʻyicha qabul kvotalari, ularga muvofiq test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasi hamda test topshiriladigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul jarayonini uyushqoqlik bilan, tartibli tashkil etish, abituriyentlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlari jarayoni boʻyicha maslahatlar, koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentni test sinovlari qoidalari bilan toʻliq tanishtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning test sinovi jarayoniga qatnashishini nazoratga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning maʼlumotlarini 24 soat ichida tekshirish va tasdiqlash, agarda kiritilgan maʼlumotlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, ularni abituriyentlar bilan bogʻlangan holda bartaraf etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadilar.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini ham ilova qilishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtish jarayonida abituriyentlar tomonidan kiritilmagan imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatlar inobatga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda oʻzlari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtishda qabul komissiyasi tomonidan maʼlumotlari tasdiqlanmagan abituriyentlarga abituriyent ruxsatnomasi berilmaydi va ular test sinovlariga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish har yili 20-iyundan 10-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu muddatlarda abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan kelishgan holda roʻyxatdan oʻtkazish muddatini bu haqda abituriyentlarni kamida oʻn kun avval xabardor qilgan holda oʻzgartirishi mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni haqidagi kunlik maʼlumotlar Akademik litseyning rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Roʻyxatdan oʻtishning belgilangan muddati tugagandan soʻng abituriyentlar tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytiga kiritilgan maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish qatʼiyan taqiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Abituriyent ruxsatnomasi test sinovlarini oʻtkazish belgilangan sanadan uch ish kuni oldin Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytidan yoki qabul komissiyasidan olinishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Abituriyentlar abituriyent ruxsatnomasida koʻrsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qatʼiy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi yoki soxtaligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli choralar koʻrish uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Test sinovlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Test sinovlari katta sigʻimdagi binolarda ochiqlik va shaffoflik taʼminlangan holda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinovlari oʻtkaziladigan binolar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Test sinovlarini mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼuliyat bino rahbari, guruh nazoratchilari va Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili shuningdek, qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Test sinovlarini oʻtkazish jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Test sinovlari oʻtkaziladigan binolarda test sinovlari jarayonini toʻliq nazorat qilish maqsadida bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Test sinovlari oʻtkaziladigan binolarda Bilim va malakalarni baholash agentligining vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yigʻib olish uchun moʻljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan taʼminlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Test sinovlari oʻtkaziladigan binolarda test sinovlarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi, test sinovlari oʻtkaziladigan binolar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Test sinovlari jarayonini toʻliq nazorat qilish maqsadida 30 nafar abituriyentdan iborat guruhlar tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bino va guruhlarning alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Har bir guruh alohida oʻtirish oʻrniga ega boʻlgan 30 tadan stol va stul bilan taʼminlanib, stollar birdan oʻttizgacha raqamlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir guruhga ikki nafargacha guruh nazoratchilari biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Bino rahbari va guruh nazoratchilari Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori buyrugʻi asosida tayinlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga amaliy yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlarining boshlanishi va tugashini qatʼiy nazorat qilish, tezkor axborotlarni Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborish, test sinovlarini adolatli, xolisona va mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida oʻtishini taʼminlaydi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun qabul komissiyasiga koʻrsatma berish, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan bino rahbarini, guruh nazoratchisini va abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish, shuningdek chetlashtirilgan bino rahbari yoki guruh nazoratchilari oʻrniga boshqa bino rahbari yoki guruh nazoratchilarini tayinlash huquqiga ega.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining buyrugʻi bilan almashtirilishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Test sinovlarini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Test sinovlari har yili iyul oyida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi. Birinchi smena soat 09:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) har 30 ta test topshirigʻiga 1 soat vaqt belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Test sinovlari oʻtkaziladigan kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili, bino rahbarlari va guruh nazoratchilari test sinovlari oʻtkazilayotgan hududga kirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Bilim va malakalarni baholash agentligining ruxsatnomasi boʻlmagan shaxslar test sinovlari oʻtkazilayotgan hududga kirishi taqiqlanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma asosida hamda unda belgilangan muddatda test sinovlari oʻtkaziladigan binodagi shtabda test sinovlari jarayoni kuzatuvchisi sifatida ishtirok etadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Abituriyentlar binoga pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan tegishli navbat boʻyicha kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Abituriyentlar test sinovlari oʻtkaziladigan kunda birinchi smenada soat 8:30 gacha (ikkinchi smenada 14:30 gacha) test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kiritiladi. Birinchi smenada soat 8:30 dan keyin (ikkinchi smenada 14:30 dan keyin) abituriyentlar test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili, bino rahbari va guruh nazoratchilari soat 6:00 ga qadar test sinovlari oʻtkaziladigan binoga yetib keladi va test sinovlarini oʻtkazish tartibiga qatʼiy rioya qilishni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining roʻyxatini va ularning ruxsatnomalarini hamda abituriyentlar roʻyxatini nazorat xizmat postlariga yetkazishni taʼminlaydi, qurʼa tashlash yoʻli bilan guruh nazoratchilarini guruhlarga taqsimlashni amalga oshiradi, shuningdek test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtiradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Bino rahbari guruh nazoratchilariga birinchi smenada soat 06:00 dan 06:30 gacha (ikkinchi smenada soat 13:00 dan 13:30 gacha) ularning ruxsatnomalarini tarqatadi va taqsimotini rasmiylashtiradi hamda birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha (ikkinchi smenada soat 13:00 dan 13:30 gacha) abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini (ikki nusxada) va test materiallarini tarqatadi va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaxsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligining vakilini xabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Guruh nazoratchilari birinchi smenada soat 8:30 gacha (ikkinchi smenada soat 14:30 gacha) abituriyentlarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini guruh roʻyxati bilan tekshirgan holda test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kiritadi. Abituriyentlar roʻyxatda koʻrsatilgan oʻringa oʻtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida imtihonga kelmagan abituriyentlar oʻrni boʻsh qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Guruh nazoratchilari abituriyentlar guvohligida test materiallari joylashtirilgan qutilar va abituriyentlar roʻyxati hamda javob varaqalari solingan paketlarning muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, shundan soʻng ularni ochadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guruh nazoratchilari test sinovlari kitoblari hamda javob varaqalarini tartib bilan tarqatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Guruh nazoratchilari test sinovlari boshlangunga qadar abituriyentlarni javoblar varaqalarini toʻldirish qoidalari bilan tanishtiradi va abituriyentlar tomonidan tegishli boʻlimga oʻzi toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Bino rahbari abituriyentlarni test topshiriqlari kitobining muqovasida va javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish zarurligi hamda javoblar varaqasini koʻk rangdagi pastali sharikli ruchkadan boshqa rangda foydalanib toʻldirish, javoblar varaqasini bukish, marker chizigʻiga yozish, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyash test sinovlarini oʻtkazish talablarini buzish deb hisoblanishi haqida ogohlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili bino rahbari va guruh nazoratchilariga test sinovlari oʻtkazishning belgilangan tartibini buzgan abituriyentlarni chetlashtirish boʻyicha koʻrsatma beradi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Abituriyent tomonidan birinchi smenada soat 08:30 dan 09:00 gacha (ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha) test materiallarining nuqsonsizligi tekshirilishi, agarda test materiallarida nuqsonlar aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, abituriyent javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishini taʼminlashi hamda test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Guruh nazoratchisi birinchi smenada soat 09:00 gacha, ikkinchi smenada soat 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va javob varaqalarini olganligini tasdiqlovchi imzo qoʻydiradi, shuningdek abituriyentlar roʻyxati toʻldirilgan roʻyxatning bir nusxasini bino rahbariga beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “yaroqsiz” deb yozadi, almashtirilgan vaqtini koʻrsatadi hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozgan holda imzolaydi va ushbu holat haqida dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, murojaat qilgan abituriyentga “yaroqsiz” deb topilgan test topshiriqlari kitobi oʻrniga guruhdagi test sinovlarida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan test topshiriqlari kitobini beradi. Agarda guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi boʻlmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu taʼlim yoʻnalishi va tiliga mos boʻlgan test topshiriqlari kitobini berishni soʻraydi. Mazkur jarayon dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abituriyent test sinoviga kelmagan taqdirda guruh roʻyxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Bino rahbari birinchi smenada 09:00 da (ikkinchi smenada 15:00) test sinovlari boshlanganligini eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Abituriyent javoblar varaqasini toʻgʻri toʻldirilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi. Javoblar varaqasining tegishli boʻlimlarini toʻgʻri toʻldirmagan abituriyentlarning eʼtirozlari koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Abituriyent oʻzi tanlagan va test topshiriqlari kitobidagi javobga mos keladigan javoblar varagʻidagi tegishli doirani toʻldiradi. Bunda, har bir test topshirigʻi boʻyicha toʻgʻri javobga faqat bitta doira toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar, javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, shu jumladan bitta test topshirigʻiga javoblar varaqasida tegishli doiracha boʻyalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha boʻyalsa yoxud toʻliq boʻyalmasa, ushbu test topshirigʻiga ball hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Abituriyentlarga test sinovlari materiallarini bir-biriga uzatish va boshqalarga yordam berish, shuningdek oʻzaro gaplashish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Test sinoviga mikrokalkulyator, lugʻat, kitoblar, shpargalkalar, uyali telefon, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, test sinovi jarayonida test sinovi materiallarini boshqalarga uzatgan yoki yordam bergan, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test sinovi materiallarini topshirmagan, test sinovi materiallarini bino tashqarisiga olib chiqqan abituriyent test sinovi oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Test sinovlari davomida abituriyentlarga test sinovlari oʻtkaziladigan binodan chiqish taqiqlanadi. Oʻzboshimchalik bilan test sinovlari oʻtkaziladigan binoni tark etgan abituriyentlar test sinovlari oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi. Sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda test sinovlari materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida test sinovlari oʻtkaziladigan joydan chiqishiga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Test sinovlari oʻtkazishning belgilangan tartibini buzgan abituriyentlar test sinovlaridan chetlashtiriladi va bu haqda test sinovlaridan chetlashtirish boʻyicha bino rahbari va guruh nazoratchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Test sinovlaridan chetlashtirilgan abituriyentlarning javoblar varaqasi tekshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Bino rahbari test sinovlari vaqti tugaganligini eʼlon qiladi va guruh nazoratchilariga test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqalarini yigʻishga koʻrsatma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng abituriyentlar test materiallarini topshiradi, belgilangan muddatdan oldin javob berishni tugatgan abituriyentlar, test materiallarini muddatidan oldin topshirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Guruh nazoratchilari abituriyentlardan test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalari, “yaroqsiz” deb topilgan test topshiriqlari kitobi, abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatining ikkinchi nusxasi javoblar varaqasi paketiga solinadi va paket muhrlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlatilgan va ishlatilmagan test topshiriqlari kitoblari test materiallari qutisiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Guruh nazoratchisi test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan soʻng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi va test topshiriqlari kitobi qutilarini muhrlaydi hamda muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test topshiriqlari kitobi qutilarini bino rahbariga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bino rahbari esa topshirish vaqtini qayd etib, tegishli reyestrga imzo qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Bino rahbari abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati, test materiallari hamda bino boʻyicha toʻplangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Bilim va malakalarni baholash agentligi vakiliga (Davlat feldʼegerlik xizmatiga) topshirilishini taʼminlaydi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Test sinovlari natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb saytida eʼlon qilinadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridik taʼlim muassasalari, fakultetlari mutaxassislari va fanlar boʻyicha ekspertlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent apellyatsiya komissiyasiga test sinovlari natijasi eʼlon qilingandan boshlab uch ish kuni ichida yozma tartibda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Apellyatsiya komissiyasiga taqdim etilgan apellyatsiya shikoyati u kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Abituriyent apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabarnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Apellyatsiya bergan abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda apellyatsiya komissiyasiga oʻzining pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan kelishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Abituriyent Apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3346/0076-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)