Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 17.01.2022 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjat 18.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-fevraldagi PQ-5009-son qarorlariga muvofiq limon yetishtiruvchilarni muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimi bilan taʼminlash, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) limon yetishtiradigan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish qurilmalari xarajatlarini qoplash boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
limon yetishtiradigan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish qurilmalari (keyingi oʻrinlarda — muqobil energiya qurilmasi) qiymatining 30 foizgacha boʻlgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma kengashining qishloq xoʻjaligi tashkilotlari — loyiha tashabbuskorlariga muqobil energiya qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qarori Agentlik va talabgor (qishloq xoʻjaligi tashkilotlari — loyiha tashabbuskorlari) oʻrtasida subsidiya ajratish haqidagi shartnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi va muqobil energiya qurilmalari qiymatining 30 foizgacha qismi subsidiya sifatida Agentlik tomonidan talabgorning arizasida koʻrsatilgan asosiy bank hisobvaragʻiga bir oy muddatda oʻtkazib beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda limon yetishtiradigan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan xarid qilingan muqobil energiya qurilmalari xarajatlarining bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyalarni nazarda tutishga hamda belgilangan tartibda Agentlikka oʻtkazib berishga masʼuldir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish xarajatlarini qoplash boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorlariga yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Agentlikka taqdim etilgandan soʻng bir oy muddatda ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan limon yetishtirish maqsadida issiqxonalarda qoʻllash uchun sotib olingan muqobil energiya qurilmalari qiymatining 30 foizgacha boʻlgan qismini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bir marta qoplab berish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlar tomonidan subsidiya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni Agentlikda oʻrganib chiqish tartibi va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tomonidan besh yil mobaynida subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan talablarga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorlari tomonidan subsidiya olish uchun Agentlikka hujjatlarni taqdim qilish tartibi va koʻrib chiqish muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yangi barpo etilgan limonzorlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga muvofiq qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2021-yil va undan keyingi yillarda qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan issiqxonalarda yangi limonzorlarni barpo etish va limon koʻchatlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning har bir sotixi uchun 300 ming soʻm miqdorida, shuningdek, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan limon yetishtirish maqsadida issiqxonani muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) bilan isitish maqsadida xarid qilingan qurilmalar qiymatining 30 foizi miqdorida”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 17-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 24-son qaroriga
1-ILOVA

Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari (keyingi oʻrinlarda — muqobil energiya qurilmalari) qiymatining bir qismini Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi tashkilotlari — limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil energiya qurilmasi — tabiiy gazga nisbatan qayta tiklanuvchi energiya manbalari — quyosh nuri, shamol, suvdan olinadigan elektr va issiqlik energiyasini hosil qiluvchi qurilma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlar — muqobil energiya qurilmalarini sotib olgan va uning xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi uchun murojaat qilgan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya — talabgorlar tomonidan limon yetishtiriladigan issiqxonalar uchun xorijiy davlatlardan yoki mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan muqobil energiya qurilmalari qiymatining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab beriladigan qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan limon yetishtirish maqsadida issiqxonalarda qoʻllash uchun sotib olingan muqobil energiya qurilmalari qiymatining 30 foizgacha boʻlgan qismi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bir marta qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Talabgorlarga muqobil energiya qurilmalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda xarid qilingan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Talabgorlar subsidiya olish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilgan limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Komissiya besh ish kunida oʻrnatilgan qurilmani joyiga chiqqan holda quyidagi koʻrsatkichlar asosida oʻrganadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlar tomonidan oʻrnatilgan muqobil energiya qurilmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yangi sotib olinganligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrnatilgan muqobil energiya qurilmalarining energiya jihatdan samaradorlik koʻrsatkichlariga (pasportiga), texnik talablariga muvofiqligi hamda belgilangan tartibda oʻrnatilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrnatilgan muqobil energiya qurilmalarining limon yetishtiriladigan issiqxonani isitish uchun talab etiladigan quvvatga egaligi va issiqxona maydonining qurilma quvvatiga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
issiqxona loyiha parametrlariga muvofiq qurilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
limon koʻchatlarining ekilish sxemasiga amal qilinganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil energiya qurilmalari mazkur band talablariga muvofiq boʻlsa, Komissiya ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ijobiy xulosa, agar nomuvofiq boʻlsa salbiy xulosa beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Talabgorlar oʻrganish natijasi yuzasidan Komissiyaning ijobiy xulosasini olgandan soʻng besh ish kunida Agentlikka yozma yoki elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), soʻralayotgan subsidiyaning summasi, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi va bankdagi hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda subsidiya berish toʻgʻrisida ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil energiya qurilmalarini sotib olish boʻyicha shartnoma nusxasi va toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil energiya qurilmalarining texnik pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning ijobiy xulosasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlik talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida oʻrganib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq boʻlmasa, loyiha tashabbuskorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarda kamchiliklar borligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilingandan soʻng kamchiliklar yetti ish kunida bartaraf qilinmagan taqdirda, hujjatlar talabgorlarga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorlar qaytarilgan hujjatlar boʻyicha mavjud kamchiliklarni toʻliq bartaraf etgandan soʻng Komissiyaga qayta taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizom talablariga muvofiq Jamgʻarma kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning yigʻilishi bir oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jamgʻarma kengashi hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil energiya qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mablagʻlar ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil energiya qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mablagʻlar ajratishni rad etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma kengashining qarori xulosa shaklida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagi hollarda subsidiya ajratish rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar haqiqiy holatga toʻgʻri kelmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlar muqobil energiya qurilmalarini imtiyozli shartlarda budjet mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar kreditlari yoki boshqa subsidiyalarni taqdim qilish shartlari asosida sotib olgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil energiya qurilmalarini sotib olish yuzasidan shartnoma imzolangan kundan boshlab bir yildan ortiq muddat oʻtgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa holatlar asosida subsidiya ajratish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma kengashi qaroridan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik Jamgʻarma kengashi tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida talabgorlarni bir ish kuni ichida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Jamgʻarma kengashining qurilmalarni xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qarori Agentlik va talabgorlar oʻrtasida subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi shartnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agentlik va talabgorlar oʻrtasida uch ish kuni ichida subsidiya ajratish toʻgʻrisida shartnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilmalar qiymatining 30 foizgacha qismi subsidiya sifatida Agentlik tomonidan talabgorlarning arizasida koʻrsatilgan asosiy bank hisobvaragʻiga bir oy muddatda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Muqobil energiya qurilmalaridan foydalanish yuzasidan monitoring olib borish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Talabgorlar muqobil energiya qurilmalari oʻrnatilgan issiqxonada ularni besh yil davomida limon yetishtirish va qurilmalarni soz holatda saqlagan holda foydalanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur shart talabgorlar bilan Agentlik oʻrtasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomada nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agentlik besh yil mobaynida subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan talablarga rioya etilishi yuzasidan koʻpi bilan yilda bir marotaba monitoring olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring natijalari yuzasidan Agentlik tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, dalolatnomaning bir nusxasi Agentlikda, ikkinchi nusxasi talabgorlarda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring har yili oktabr oyidan kelgusi yilning aprel oyiga qadar oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Talabgorlar tomonidan ushbu Nizom 17-bandining buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, uch ish kunida Agentlik tomonidan ajratilgan subsidiyani qaytarish haqida talabgorlarga yozma xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Talabgorlar ushbu xabarnomalarni olgan kundan eʼtiboran bir oy mobaynida olingan subsidiyani Agentlikning shartnomada koʻrsatilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytarishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu band talablarining buzilish holatlari aniqlangan yiliga qarab, subsidiyani qaytarish quyidagi miqdorda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-yilda — 100 foiz; 2-yilda — 80 foiz; 3-yilda — 60 foiz; 4-yilda — 40 foiz; 5-yilda — 20 foiz.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Talabgorlar ajratilgan subsidiyani belgilangan muddatda qaytarmagan taqdirda, Agentlik subsidiyani sud tartibida undirish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan subsidiyadan maqsadli foydalanishni va toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgorlar

(Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari)

Subsidiya olish uchun Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Muqobil energiya qurilmasi oʻrnatilgan issiqxona ishga tushirilgandan soʻng

2-bosqich

Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi

Talabgor tomonidan oʻrnatilgan muqobil energiya qurilmalarining joyiga chiqqan holda qonunchilik hujjatlariga muvofiq yangi sotib olinganligini, energiya jihatdan samaradorlik darajasi hamda belgilangan tartibda oʻrnatilganligi, limon yetishtiriladigan issiqxonani isitish uchun talab etiladigan quvvatga egaligi va issiqxona maydonining qurilma quvvatiga muvofiqligi, issiqxona loyiha parametrlariga muvofiq qurilganligi, limon koʻchatlarining ekilish sxemasiga amal qilinganligini oʻrganadi.

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida

3-bosqich

Talabgorlar

(Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari)

Komissiyaning ijobiy xulosasini olgandan soʻng Agentlikka yozma yoki elektron shaklda hujjatlarni taqdim qiladi (Yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, soʻralayotgan subsidiyaning summasi, joylashgan joyi, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi va bankdagi hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda subsidiya berish toʻgʻrisida ariza, muqobil energiya qurilmalarini sotib olish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi va toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, muqobil energiya qurilmasining texnik pasporti).

Komissiyaning ijobiy xulosasini olgandan soʻng 5 kun ichida

4-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

1. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa, Agentlik huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi kengashining navbatdagi yigʻilishiga kiritadi.

Hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida

2. Kengashning mablagʻlarini ajratish haqidagi qaroriga asosan talabgorlarga subsidiya ajratish maqsadida shartnoma imzolaydi va talabgorlarning arizasida koʻrsatilgan asosiy bank hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazadi.

Rad etilsa, bu haqda talabgorni xabardor qiladi.

Kengash qarori qabul qilingan kundan boshlab 1 oy ichida

5-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari bilan birgalikda shartnomada koʻrsatilgan parametrlar va majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi.

Besh yil mobaynida, har yil kamida bir marotaba

6-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

Monitoring va nazorat jarayonida shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki toʻliq bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, ajratilgan subsidiyani belgilangan tartibda qaytarish choralarini koʻradi.

Talabgor subsidiyani qaytarish haqida xabarnoma olgan kundan boshlab 1 oy mobaynida

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TARKIBI

1. Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tuman hokimi oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kadastr agentligi tuman boʻlimi boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tuman moliya boʻlimi boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tuman boʻlimi boshligʻi
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi raisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼul xodimi, ishchi guruh kotibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni
‎barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga
‎nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini
‎ qoplash uchun subsidiya ajratishga
‎ koʻmaklashuvchi __________ tuman
‎komissiyasiga ‎

‎‎“______________________” rahbari‎‎

‎‎(tashkilot nomi)

‎‎______________ tomonidan ‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎‎ARIZA

‎‎____________ hududida faoliyat koʻrsatayotgan “____________” fermer xoʻjaligi (MCHJ) 20__ yil jami ___ gektar yer uchastkasining ___ gektar maydonida _______________ usulida _____ sotix hajmdagi limon yetishtiriladigan issiqxonaga ________________ muqobil energiya qurilmasi orqali (koʻmir, oʻtin, mazut) ________ isitish quvvatiga ega boʻlgan _________ qurilma sotib olinib, oʻrnatildi.

‎‎Muqobil energiya qurilmasini yetkazib beruvchi “______________” (MCHJ) bilan ____ _____ 20__ y. ____-son shartnoma imzolangan hamda shartnoma predmetidagi ishlarni bajarilganligini tasdiqlovchi tomonlar oʻrtasida dalolatnomalar imzolandi.

‎‎1. Muqobil energiya qurilmasi toʻgʻrisida maʼlumot:
‎‎____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎2. Tijorat banki nomi: “___________” ATB _____ filiali va 22626-maxsus hisobvaragʻi ________________________________________________________.

Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi __________ tuman komissiyasining xulosasini berishingizni soʻrayman. ‎‎

‎‎Ushbu muqobil energiya qurilmasidan limon yetishtirish maqsadida kamida 5 (besh) yil muddatga maqsadli, samarali va shikast yetkazmagan holda foydalanishga kafolat beraman.

‎‎Tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
‎‎“___________________” fermer xoʻjaligi (MCHJ) rahbari

‎‎_____________
(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎TASDIQLAYMAN”
‎ __________ tumani hokimi,
‎tuman komissiyasi rahbari

‎‎____________
‎‎(imzo)

‎‎____________
‎‎(F.I.O.)

‎‎20__ yil “___” _________

‎‎‎Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi __________ tuman komissiyasining

‎ XULOSASI

‎‎__________ tumanida limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha __________ tuman ishchi guruhi “__________” fermer xoʻjaligining 20__ yil “___”_________dagi “____”-son murojaati oʻrganib chiqildi va quyidagilar aniqlandi:

‎‎1. Qishloq xoʻjaligi tashkilotining nomi: “_______________________” ____;

‎‎2. Issiqxona va muqobil energiya qurilmasi toʻgʻrisida maʼlumot:

‎‎a) issiqxona turi: ___________________, ____ sotix oʻlchamli, limon koʻchati navi va soni: _________ ____ ta, ekish sxemasi _______, ekin maydoni ___ ga, ___ — kontur raqami;

‎‎b) muqobil energiya turi: ______________ isitish quvvati (hajmi) _______

‎‎2. Muqobil energiya qurilmasini sotuvchi nomi va u bilan tuzilgan shartnoma: “______________” (MCHJ) ____ _____ 202__ y. ____-son shartnoma;

‎‎3. Tijorat banki nomi: “___________” ATB ________ filiali.

‎‎XULOSA:‎

‎‎“______________” fermer xoʻjaligi tomonidan jami ____ gektarda ___________________, ____ sotix oʻlchamli limon yetishtirish uchun barpo qilingan issiqxonada “______________” ishlovchi muqobil energiya qurilmasi oʻrnatilgan va mazkur qurilma ____ sotix oʻlchamdagi issiqxonani isitish uchun ______ quvvatga ega, ushbu qurilmadan kamida besh yil mobaynida foydalanish sharti bilan ______ mln soʻm subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topildi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tuman komissiyasi aʼzolari:

T/r

F.I.O.

Imzo, muhr

Lavozimi

1.

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

2.

Tuman hokimi oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi

3.

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

4.

Kadastr agentligi tuman boʻlimi boshligʻi

5.

Tuman moliya boʻlimi boshligʻi

6.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi raisi

7.

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼul xodimi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 24-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari, jismoniy shaxslar hamda tadbirkorlik subyektlariga yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha — yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq tadbirlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorlari — yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan murojaat qilgan va kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari, jismoniy shaxslar hamda tadbirkorlik subyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi birlashmasi (kooperatsiya) — aʼzolari fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalari, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslarni oʻz ichiga olgan tashkilot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Limonzorlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga muvofiq qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Subsidiya loyiha tashabbuskorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) qaroriga asosan ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Loyihalar subsidiyalar hisobidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Subsidiya toʻlovlari yangi limonzorlar barpo qilish ishlari loyiha tashabbuskorlari tomonidan yakunlanib, limon koʻchatlari ekilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Loyiha tashabbuskorlari subsidiya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yozma yoki elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, (joylashgan joyi, pochta manzili), soʻrayotgan subsidiyaning maqsadi, loyihani amalga oshirish joyi, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi va bankdagi hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda subsidiya berish toʻgʻrisidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi limonzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi mavjudligi toʻgʻrisida hujjatlar nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi birlashmasiga (kooperatsiyaga) aʼzoligi boʻyicha maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda yangi limonzorlarni barpo etish loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalari koʻrsatilmagan holatlarda loyihalar koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorlari tomonidan subsidiya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini uch ish kuni ichida oʻrganib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq boʻlmagan taqdirda va boshqa kamchiliklar aniqlanganda, loyiha tashabbuskorlarini bu haqda xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar Agentlik tomonidan xabardor qilingandan soʻng yetti ish kunida bartaraf qilinmagan taqdirda, hujjatlarni loyiha tashabbuskorlariga qaytaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorlari qaytarilgan hujjatlar boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni toʻliq bartaraf etgandan soʻng oʻrganib chiqish uchun Agentlikka qaytadan taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskorlarining subsidiya olish boʻyicha ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlgan hujjatlarini Kengashga navbatdagi yigʻilishda koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kengash Agentlik tomonidan loyiha tashabbuskorlarining subsidiya ajratish yuzasidan kiritgan hujjatlarini (takliflarini) koʻrib chiqadi, subsidiyalar ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida tegishli qarorlarni qabul qiladi hamda subsidiya ajratiladigan loyiha tashabbuskorlarining manzilli roʻyxatlarini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya oluvchi ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilgan holatlardan tashqari subsidiya oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kengashning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ijobiy qarorlari subsidiya berish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash yigʻilishi bir oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida loyiha tashabbuskorlarini uch ish kuni ichida xabardor qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash tomonidan subsidiya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlar asosida loyiha tashabbuskorlari bilan subsidiya ajratish toʻgʻrisida tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratilgan subsidiyadan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, moliyalashtirishni toʻxtatadi va ajratilgan mablagʻlarni undirish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Subsidiya loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda Agentlik qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Subsidiya loyiha tashabbuskorlariga ular tomonidan yangi limonzorlarni barpo etish ishlari yakunlanib, mazkur Nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan namunaviy tarkibdagi Yangi limonzorlarni barpo etishga koʻmaklashish boʻyicha tuman ishchi komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi komissiyasi) ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Agentlikka taqdim etilgandan soʻng bir oy muddatda ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yangi limonzorlarni foydalanishga qabul qilish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) limonchilik yoʻnalishidagi loyiha oʻziga tegishli yer uchastkasida va issiqxona inshootining belgilangan tartibga mos ravishda qurilganligini oʻrganish — Kadastr agentligi tuman boʻlimi, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman qurilish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) issiqxona inshootining suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlanganligini oʻrganish — tuman irrigatsiya boʻlimi, tuman “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va tuman “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yangi limonzorlar tashkil etish uchun xorijdan olib kelinadigan va mahalliy yetishtirilgan koʻchatlarning nav muallifi guvohnomasi, fitosanitar sertifikati mavjudligi hamda limon koʻchatlarining navi va sifatini nazorat qilib borish — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman boʻlimi, tuproq-iqlim sharoitiga mosligi, ekish sxemasini oʻrganish — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Kadastr agentligi tuman boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yangi limonchilik loyihasini moliyalashtirish manbalari va hisob-kitoblarni (biznes rejani) oʻrganish — tuman moliya boʻlimi, Agentlik tomonidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Subsidiya ajratilishi asoslanganligi va uning miqdori tuman ishchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomadagi loyiha koʻrsatkichlari asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman ishchi komissiyasi rahbari va aʼzolari tasdiqlangan dalolatnomalarning haqqoniyligiga masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Subsidiya loyiha tashabbuskorlarining xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan maxsus 22626 hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Loyiha tashabbuskorlarining yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Subsidiya ajratilgan limonchilik yoʻnalishidagi loyihalarning reyestrini yuritish va ularning faoliyati monitoringini olib borish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi subsidiyalari hisobidan yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq loyihalarni moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Loyiha tashabbuskori

(Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari)

1. Subsidiya olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda belgilangan tartibda taqdim qiladi.

Tashabbus koʻrsatish tartibida

2-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

Loyiha tashabbuskorlari tomonidan subsidiya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning qoʻyilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va ularning subsidiya olish boʻyicha talablarga muvofiq boʻlgan hujjatlarini tegishliligicha Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) navbatdagi yigʻilishlarda koʻrib chiqish uchun kiritadi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashi

Agentlik tomonidan loyiha tashabbuskorlarining subsidiya ajratish yuzasidan kiritilgan hujjatlarini (takliflarini) koʻrib chiqadi va tegishli qarorlarni qabul qiladi, shuningdek, subsidiya ajratiladigan loyiha tashabbuskorlarining manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi.

Bir oyda

4-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

Loyiha tashabbuskorlarini Kengash tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi va Kengash tomonidan subsidiya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror asosida loyiha tashabbuskorlari bilan subsidiya ajratish toʻgʻrisida tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi

Subsidiyani loyiha tashabbuskorlariga ular tomonidan yangi limonchilik loyihalarini barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomalar taqdim etilgandan soʻng ajratadi.

Subsidiya ajratish toʻgʻrisida shartnoma shartlari bajarilgandan soʻng subsidiyani loyiha tashabbuskorining tijorat bankida ochilgan maxsus 22626 hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Tuman ishchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomalar taqdim etilgandan soʻng bir oy muddatda

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yangi limonzorlar tashkil etish loyihasi toʻgʻrisida

MAʼLUMOT

1. Loyiha tashabbuskori ___________________________

2. Yangi limonzorning umumiy maydoni ___ ga (limon navi, koʻchat soni, ekish sxemasi, ekin maydoni).

3. Tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etiladigan maydon ______ ga.

4. Loyiha amalga oshirilayotgan joyning manzili ___________________.

5. Loyihani amalga oshirish muddati _________ .

6. Yaratiladigan ish oʻrni ___ kishi.

7. Loyihaning umumiy qiymati — ____________ mln soʻm yoki _____ AQSH dollari, shundan:

Amalga oshiriladigan ishlar

Loyihaning umumiy qiymati, mln soʻm

Moliyalashtirish manbalari, mln soʻm

Loyiha tashabbuskorlarining mablagʻlari

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi subsidiyalari

Tijorat banklari kreditlari, boshqa manbalar hisobiga

Issiqxona inshootini qurish xarajatlari

Agrotexnik tadbirlar (yer haydash, chizellash, yerni tekislash va boshqa ishlar)

Tuproqqa mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ishlov berish

Limon koʻchatlarini xarid qilish va ekish

Suv chiqarish uchun quduqlar va nasos stansiyasi qurish

Tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish

Boshqa xarajatlar

JAMI:

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keltirilgan maʼlumotlar ishonchli boʻlib, biz yangi limonzorni tashkil etish boʻyicha loyiha toʻliq hajmda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga kafolat beramiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tashkilot rahbari __________________________________

(F.I.O.)

__________________________

(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi limonzorlar barpo etishga koʻmaklashish boʻyicha tuman ishchi komissiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tuman hokimi, tuman ishchi komissiyasi rahbari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman ishchi komissiyasi rahbari oʻrinbosari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi vakili
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tuman boʻlimi boshligʻi
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kadastr agentligi tuman boʻlimi boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tuman moliya boʻlimi boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tuman qurilish boʻlimi boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Hududgaztaʼminot” MCHJning tuman filiali rahbari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuman filiali rahbari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi raisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, tuman ishchi komissiyasining kotibi
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/24/0034-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)