26.02.2021 yildagi PQ-5009-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida 2021-yilda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yo‘nalishida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minotidan kelib chiqib, respublikaning barcha tumanlarining hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda asosiy e’tibor uning hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishiga qaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kooperatsiya va klaster tizimi asosida mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash va ichki hamda tashqi bozorlarga sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish uchun kamida bitta tuman hududini organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanish, 2021-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin. Bunda, joriy yilda paxta maydonlarini 33,6 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 40 ming gektarga qisqartirish hamda 320 ming gektar yerlarni foydalanishga kiritish hisobiga oziq-ovqat va ozuqa ekinlari maydonlari 193,6 ming gektarga kengaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi 2021-yil 1-apreldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda hudud ixtisosligidan kelib chiqib, tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish va yetti yil muddatda to‘lash sharti bilan aholiga sotish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari yangi bog‘ va tokzorlar barpo etishga qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan bog‘lar joylashgan yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) kooperatsiya shartlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yoshlarga foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari ijaraga beriladi, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining ekin maydonlari ikkilamchi ijaraga beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar uchun ekin maydonlari, avvalo, aholi yashaydigan qishloq hududlariga yaqin yerlardan tanlanishiga, konturlar yaxlitligi saqlanishiga hamda yoshlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga o‘rgatish uchun tajribali agronomlar jalb qilinishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerlarni ekishga tayyorlash va ekinlarga ishlov berish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnika va mexanizmlari, suv hamda ish qurollari bilan ta’minlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishga ko‘maklashsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish yo‘nalishida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra bir tumanda uchtagacha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xom ashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi, Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda agroklasterlarni tashkil etish, ularga yer maydonlari ajratish, ular faoliyatining asosiy kafolatlarini va qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi tartib va taomillarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yerning bozor qiymatini baholash hamda keyinchalik undan garov ta’minoti sifatida foydalanish amaliyoti tizimli yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi birinchi navbatda, bog‘, tok va issiqxona joylashadigan maydonlarning bozor qiymatini aniqlash va garov ta’minoti sifatida foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va o‘zlashtiriladigan yer maydonlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mavjud suv infratuzilmasini yaxshilashni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlarni belgilasin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 758 km kanal, 443 km lotok, 329 ta gidrotexnika inshootlari, 1 899 km kollektor-drenaj, 728 km yopiq gorizontal va vertikal drenaj, 1 896 ta meliorativ kuzatuv quduqlari va boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 026 km magistral kanal, 45 595 km melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash, 518 ta nasos agregatlari hamda 807 ta elektrodvigatellarni yangilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslaridan foydalanishni onlayn rejimda nazorat qilish, gidrologik postlarni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash, sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish yo‘nalishida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “4” kichik bandining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2021-yil 31-dekabrga qadar mahalliy urug‘chilik xo‘jaliklaridan sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sotib olingan urug‘ va ko‘chatlar qiymatining 20 foizigacha Davlat budjetidan qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) limon yetishtiriladigan issiqxonalar barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish tizimini xarid qilish xarajatlarining bir qismini davlat budjetidan qoplash tartibi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlari qiymatining, shuningdek limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning talablari asosida viruslardan xoli, yuqori hosilli sertifikatlangan urug‘ va ko‘chatlarni yetishtirish va yetkazib berish tizimini samarali yo‘lga qo‘ysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 2021-yil 1-martdan boshlab “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni rivojlantirish uchun aholiga ajratiladigan kreditlar muddati 3 yildan 7 yilgacha, imtiyozli davr esa 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi mazkur kichik bandga asosan ajratiladigan kreditlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish yo‘nalishida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining tarkibidagi ilmiy muassasalarning yer maydonlarida tadbirkorlik subyektlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda sabzavot, poliz va kartoshka, dukkakli, moyli ekinlar, mevali va tok ko‘chatlari yetishtirishni tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari va ilg‘or tajribalardan kelib chiqib, mahalliy sertifikatlangan yuqori hosilli va sifatli urug‘chilik hamda ko‘chatchilikni keng joriy etish maqsadida ilmiy-tadqiqot institutlari 2-ilovaga muvofiq tumanlarga biriktirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qishloq xo‘jaligi tarmog‘i statistikasining shaffof mexanizmini yaratish yo‘nalishida Qishloq xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021-yilda sohada axborot texnologiyalarini rivojlantirish choralarini ko‘rsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerdan foydalanuvchilar reyestri bo‘yicha 3 mln gektardan ortiq sug‘oriladigan yerlarning monitoringini yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 turdagi asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining (paxta, g‘alla, sholi, kartoshka, moyli ekin) ekilishini kosmik sur’atlar yordamida tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ArcGIS” dasturi yordamida qishloq xo‘jaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasini shakllantirish hamda uning milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer maydonlari va tuproq tarkibi to‘g‘risidagi axborotlar, ekinlarni joylashtirish, maqbul agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha va boshqa ilmiy-innovatsion yutuqlar va ilg‘or tajribalarni muntazam taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustuvor qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqida bozor ma’lumotlarini keng ommaga ochiq taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona integratsion platformani axborot xizmatlari bilan boyitish, jumladan kadastr, ob-havo ma’lumotlari, arizalarni elektron rasmiylashtirish tizimi, kreditlash va subsidiyalash, agroxizmatlar, agroskouting xizmati, fitosanitariya xizmatlari, monitoring xizmatlari va boshqa qishloq xo‘jaligi jarayonlarini kuzatish tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilish, yer va suv resurslari bo‘yicha uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Meva-sabzavotchilik klasterlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mamlakatning eksport salohiyatini hamda investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida 2021-yilning yakuniga qadar faoliyat yuritadigan meva-sabzavotchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish Respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning asosiy vazifalari etib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oyda kamida bir marta joylardagi meva-sabzavotchilik tarmog‘iga oid muammoli masalalarni ko‘rib chiqish hamda ularni bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joylarga tashrifi va yig‘ilishlaridagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rganishlar asosida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Kengashning ishchi organi funksiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda ekin turining hududlar tuproq-iqlim sharoitiga mosligi, hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir tumanda sertifikatlangan urug‘ va ko‘chatlarni yetishtirish hamda yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sektorni keng jalb qilgan holda Organic, Global G.A.P. va boshqa xalqaro tan olingan standartlar talablariga muvofiq sinov laboratoriyalarini tashkil etishga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarning organik mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish imkoniyatini oshirish, ilg‘or agrotexnologiyalar, innovatsiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproqni himoya qilish tizimi, pestitsid va o‘g‘itlarni me’yorda ishlatishni va kimyoviy vositalarning ular sifatini ilmiy asoslangan holda qo‘llanilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda suv xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy sektorni keng jalb qilgan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro talablar asosida, sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘liq sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan laboratoriyalar, bojxona terminallari va boshqa xizmatlarni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir tumanni qishloq xo‘jaligi ekinlari muayyan turini yetishtirishga ixtisoslashtirishga — qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.J. Teshayev;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishini hamda yerlarni foydalanishga kiritishni monitoring va nazorat qilishga — qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari M.I. Ro‘zmetov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot yetishtiruvchilarni urug‘ va ko‘chat bilan ta’minlashda ilmiy asoslangan tavsiyalarni joriy etishga — qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari A.M. To‘rayev;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligini barqaror suv resurslari bilan ta’minlash, suv xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishga — suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish tizimiga qo‘shimcha mexanizmlar va moliyaviy vositalarni joriy etishga — qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sh.Sh. Mirzayev;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga axborot texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirishga — qishloq xo‘jaligi vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari Q.A. Yuldashev shaxsan mas’ul etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev ikki hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va o‘zlashtiriladigan yer maydonlari bo‘yicha viloyatlar va tashabbuskorlar kesimida manzilli ro‘yxatni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2021-yil 1-avgustga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda BMTning barqaror taraqqiyot maqsadlarida belgilangan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha mezonlar va boshqa ilg‘or tajribalar asosida xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va iste’moli bo‘yicha dasturini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligiga iqlim o‘zgarishi ta’sirining oldini olish va unga moslashish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning ijrosini tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 26-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5009-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PQ-5009-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va o‘zlashtiriladigan yer maydonlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

gektar

T/r

Hududlar

2021-yilda foydalanishga kiritiladigan yer maydoni

Shundan:

foydalanishdan chiqqan sug‘oriladigan yerlarni qayta foydalanishga kiritish

cho‘l-adir hududlaridagi lalmi va yaylov yerlarni o‘zlashtirish

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

17 000

17 000

2.

Andijon

11 002

685

10 317

3.

Buxoro

40 000

10 000

30 000

4.

Jizzax

28 000

11 555

16 445

5.

Qashqadaryo

45 000

11 000

34 000

6.

Navoiy

20 000

4 018

15 982

7.

Namangan

33 000

4 076

28 924

8.

Samarqand

30 000

3 950

26 050

9.

Surxondaryo

15 000

15 000

10.

Sirdaryo

23 000

17 709

5 291

11.

Toshkent

15 000

9 460

5 540

12.

Farg‘ona

23 000

15 558

7 442

13.

Xorazm

20 000

20 000

JAMI:

320 002

140 010

179 992

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PQ-5009-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ixtisoslashuvdan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot institutlariga biriktirilgan hududlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ilmiy-tadqiqot institutlari

Biriktirilgan hudud

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

1.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti

Quyichirchiq

Institutda yaratilgan “Tarona” sholi navini maydonda shartnoma asosida birlamchi urug‘chiligini tashkil etish.

Yangibozor, Gurlan, Qonliko‘l

Institutda yaratilgan shimoliy mintaqalarga mos sholi yangi va istiqbolli navlarini shartnoma asosida sertifikatlangan urug‘chiligini tashkil etish.

Sirdaryo, Jalaquduq, Paxtaobod

Institutda yaratilgan sholining yangi va istiqbolli navlarini Sirdaryo viloyatining tuproq iqlim sharoitlarida ekologik sinovini o‘tkazish, tanlash va shartnoma asosida sertifikatlangan urug‘chiligini tashkil etish.

2.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Bo‘stonliq, Bulung‘ur, Yangiqo‘rg‘on

Institutda yaratilgan kartoshkaning “Piskom”, “Sarnav” navlarining shartnoma asosida onalik urug‘zorlarini tashkil etish.

Andijon, Oltiariq

Institutda yaratilgan bodringning “Diyora F1”, “Sardor F1”, “Navbahor F1”, pomidorning “Barlos F1” gibridlarining shartnoma asosida urug‘chiligini tashkil etish.

Muzrabod

Institutda yaratilgan ukropning “Orom”, karamning “Termiz 2500”, gulkaramning “Istiqlol” navlarining shartnoma asosida urug‘chiligini tashkil etish.

Mirzaobod

Institutda yaratilgan qovunning “Oqurug‘”, “Zargilobi”, “Saxovat”, tarvuzning “Shirin” navlarining shartnoma asosida urug‘chiligini tashkil etish.

3.

Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Oltiariq, Quva, Yangiqo‘rg‘on, Farg‘ona, Asaka, Jomboy, Bulung‘ur, Urgut, Shahrisabz, Kitob, Oltinsoy, Uzun, Sariosiyo

Institut hamda ilmiy-tajriba stansiyalarida jami 5 643,2 ming dona mevali va tok ko‘chatlari tayyorlash, jumladan, urug‘mevali ko‘chatlar 2 332,8 ming dona, danak mevali ko‘chatlar 633,2 ming dona, yong‘oq mevali ko‘chatlar 153,8 ming dona va tok ko‘chatlaridan 2 523,4 ming dona.

Baxmal, Yakkabog‘

Hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan istiqbolli navlardan 80 gektar maydonda olma, 50 gektar maydonda olxo‘ri jami 130 gektar maydonda bog‘ barpo qilish.

Olot

Hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan istiqbolli navlardan 100 gektar maydonda o‘rik bog‘i barpo qilish hamda noan’anaviy meva-uzum xom ashyolaridan “Livadiya-Buxara” MCHJ bilan hamkorlikda sukat, pastila va boshqa qayta ishlangan mahsulotlarni tayyorlash va sotish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Qamashi, Qumqo‘rg‘on

Limonning yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, eksportbop navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish.

4.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Furqat, Oqdaryo, Olot, Qamashi, Sariosiyo

“Golshtin” naslli qoramolning jinsga ajratilgan urug‘ hamda embrionlari transplantatsiyasini o‘tkazish.

5.

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Marhamat

Institutda yaratilgan tut daraxtini “Jarariq 7” va “Marhamat 2017” navlarining yangi serhosil ko‘chatlarini ko‘paytirish va uni amaliyotga joriy etish.

6.

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

Respublika hududlarida

Istiqbolli 14 ta o‘rta tolali, 4 ta ingichka tolali g‘o‘za navlari urug‘larini ko‘paytirish, jumladan o‘rta tolali 14 ta elita-urug‘chilik xo‘jaliklarida navlardan mos ravishda 30 gektardan 420 gektargacha urug‘chilik ko‘chatzorini tashkil etish va 4 600 tn elita urug‘lik chigit tayyorlash.

Surxondaryo viloyati

Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlarida 4 ta elita-urug‘chilik xo‘jaliklarida ingichka tolali navlardan mos ravishda 30 gektardan 120 gektar urug‘chilik ko‘chatzorini tashkil etish va 1 000 tn elita urug‘lik chigit tayyorlash.

Moliyaviy manbasi: 1,5 mlrd so‘m davlat grantlari, institutning budjetdan tashqari mablag‘lari va paxta-to‘qimachilik klasterlari mablag‘lari hisobidan.

Surxondaryo va Toshkent viloyatlari

Surxondaryo va Toshkent viloyatlari paxta-to‘qimachilik klasterlari maydonida g‘o‘za parvarishida olib boriladigan agrotexnik tadbirlarni ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida amalga oshirish.

Moliyaviy manbasi: 1,5 mlrd so‘m davlat grantlari, institutning budjetdan tashqari mablag‘lari va paxta-to‘qimachilik klasterlari mablag‘lari hisobidan.

7.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti

Mo‘ynoq

Qoraqalpog‘istonning qurg‘oqchil tumanlarida chorvachilik sohasi va ozuqa bazasini baholash metodologiyasi va indikatorlar tizimini ishlab chiqish.

Qurg‘oqchil tumanlarda chorvachilik sohasi va ozuqa bazasini baholash bo‘yicha anketa so‘rovnomasini tayyorlash, so‘rovnomalarni o‘tkazish, ma’lumotlarni tahlil qilish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Orolbo‘yi havzasidagi mavsumiy ozuqa balansi, ishlab chiqaruvchilar sohasi va bozorlar faoliyatini baholash.

8.

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Peshku

Qorako‘l zotli qo‘ylarning seleksiya va naslchilik ishlari, oziqlantirish, cho‘l ozuqabop ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish.

9.

Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Chimboy

Sholi yetishtiriladigan yer maydonlarida ekinlar hosildorligini oshirish, qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimiga o‘tish, ekinlar parvarishida resurs tejovchi agrotexnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan ishlarni olib borish.

10.

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti

Respublika hududlarida

Institutda jami 1 087 tonna super elita urug‘lik tayyorlash, jumladan kuzgi bug‘doyni 28 ta navi 1 000 tn, soyani 10 ta navi 60 tn, kuzgi no‘xatni 2 ta navi 6,0 tn, ko‘k no‘xatni 1 ta navi 3 tn, tritikaleni 7 ta navi 18,0 tn.

Andijon

Soyaning mahalliy va xorijiy navlarini asosiy ekin sifatida yetishtirish hamda respublikaning tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligini o‘rganish.

Paxtakor

Soyaning “To‘maris”, “Ustoz”, “Oltintoj”, “Gavhar” mahalliy navlarining elita urug‘chiligini tashkil etish.

11.

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti

Shahrisabz, Zomin, Baxmal

850 gektar maydonga vinobop uzum navlari ko‘chatlarini yetkazish.

Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Angor, Termiz

Yevropa davlatlaridan olib kelingan 6 xil mevali ekinlarning (olma, nok, gilos, olxo‘ri, shaftoli, behi) 9 turdagi navidan 850 ming dona ko‘chatlar yetkazib berish.

Yuqorichirchiq

Yumshoq bug‘doyning sariq zang kasalliklariga chidamli hosildor “G‘ozg‘on” va “Vassa” navlari hamda moshning tezpishar, tik o‘suvchi mexanizm yordamida o‘rishga moslashgan, eksport talablariga javob beradigan “Barqaror” navining sertifikatlangan urug‘larini shartnoma asosida yetkazib berish va ishlab chiqarishga joriy etish.

Qo‘rg‘ontepa

Bug‘doyning hosildor, don sifati yuqori bo‘lgan, zang kasalliklariga chidamli “Hisorak” va “Grom” navlari va moshning eksport talablariga javob beradigan “Barqaror” navining sertifikatlangan urug‘larini shartnoma asosida yetkazib berish va ishlab chiqarishga joriy etish.

12.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti

Beruniy, Quyichirchiq, Oltiariq, Rishton

Beruniy tumanidagi “Beruniy claster” MCHJning 200 gektar, Quyichirchiq tumanidagi “TST Klaster” MCHJning 300 gektar, Oltiariq tumanidagi “Namza expo art” MCHJning 200 gektar hamda Rishton tumanidagi “Rus-Uzbek tex” MCHJning 300 gektar maydonida shartnoma asosida agrotexnik mavsumlar davomida yangi texnika vositalaridan samarali foydalanishga ko‘maklashish.

13.

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Baxmal, G‘allaorol, Qamashi

Lalmikor maydonlar uchun boshoqli, dukkakli don, moyli va yem-xashak ekinlari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, jumladan boshoqli don ekinlarining 16 ta navi — 1,2 mlrd so‘m, dukkakli don ekinlarining 7 ta navi — 60 mln so‘m, moyli ekinlarning 5 ta navi — 150 mln so‘m, yem-xashak ekinlarining 4 ta navi — 50 mln so‘mlik mahsulot 36 ta urug‘chilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish.

14.

O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti

Paxtachi

Paxta, g‘alla, bog‘, tok va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlar (zararkunanda, kasallik hamda begona o‘tlar)dan himoya qilish uchun uyg‘unlashgan kurash usullarini qo‘llash va joriy etish.

15.

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

Forish

3 ming gektar maydonda kovul yetishtirishni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PQ-5009-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish Respublika kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Sh.M. G‘aniyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika kengashi raisi

2.

J.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Respublika kengashi raisining o‘rinbosari

3.

D.S. Kasimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

5.

Sh.J. Raximov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari

6.

A.A. Kamalov

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari

7.

Sh.R. Xamrayev

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri

8.

I.I. Norkulov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari

9.

L.Sh. Kudratov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

10.

M.M. Ikramov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari

11.

A.Ya. Xaydarov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

12.

D.N. Sattarov

“O‘zstandart” agentligi bosh direktori

13.

M.M. Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

14.

D.I. Xolmurodov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

15.

M.O. Saliyev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

16.

F.K. Umarov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

17.

A.D. Vaxabov

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

18.

F.J. Po‘latov

“O‘zdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi

19.

A.A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

20.

F.D. Qirg‘izboyev

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i — Respublika kengashi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Respublika kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5009/0164-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)