12.01.2022 yildagi PQ-81-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasida tizimli choralar koʻrilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, bir qator vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ISO 37001:2016 xalqaro standartiga asosan korrupsiyaga qarshi menejment tizimi joriy etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholash mexanizmlari mavjud emasligi sohada amalga oshirilayotgan tadbirlarga yagona mezon asosida xolisona baho berish va ularning natijadorligini yanada oshirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash va ularni ilgʻor xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligining davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash (keyingi oʻrinlarda — reyting baholash) quyidagi beshta yoʻnalish boʻyicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amaliyotga tatbiq etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni koʻrsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarining samaradorligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-fevraldan boshlab reyting baholash tizimi, eksperiment tariqasida, 1-ilovada koʻrsatilgan va oʻz faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan davlat tashkilotlari faoliyatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-iyuldan boshlab eksperiment natijalarini inobatga olgan holda reyting baholash tizimi barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash (T. Narbayeva) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda eksperiment natijalarini chuqur tahlil qilish va muhokama qilish hamda reyting baholash tizimining samarali va toʻliq joriy etilishini taʼminlash boʻyicha choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyting baholash Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “E-Anticor.uz” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) orqali tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, faoliyat samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyting baholash natijalari elektron platformada hisoblab chiqiladi va har yili 1-martga qadar keng jamoatchilik uchun ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili oldingi yilning 1-yanvaridan baholanish oʻtkazilayotgan yilning 1-yanvariga qadar boʻlgan davr reyting baholash tizimi bilan qamrab olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyting baholash natijalarining xolisligini tekshirish maqsadida kamida 30 foizi fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat boʻlgan Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash (T. Narbayeva) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) bilan birgalikda reyting baholash yakunlariga koʻra quyidagi choralarni koʻrsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasini ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar kiritish va ularni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishini taʼminlab, uning ijrosi yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlarini har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning yigʻilishlarida eshitish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda elektron platforma orqali zarur hujjatlarni onlayn rejimida olish va reyting baholash natijalarini hisoblash imkonini yaratgan holda, uning toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksperiment yakuniga koʻra elektron platformani takomillashtirish va modernizatsiya qilish hamda uning samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash choralarini koʻrib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, elektron platformani takomillashtirish va modernizatsiya qilish, uni texnik va dasturiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar har yili Agentlikka Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlik (A. Burxanov) xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etishning tartibi ishlab chiqilib, tasdiqlanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda reyting baholash, elektron platformadan foydalanish tartibi boʻyicha qoʻllanmalarni tayyorlasin, shuningdek, davlat tashkilotlari xodimlari uchun reyting baholash, shu jumladan elektron platformadan foydalanish tartibini tushuntirish boʻyicha muntazam ravishda seminarlarni tashkil etib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-iyulga qadar har bir indikator boʻyicha koʻrsatkichlarni tahlil qilish usullari va aniq mezonlarini belgilovchi reyting baholash uslubiyotini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam ravishda davlat tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid tegishli ichki idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) mazkur qaror hamda reyting baholash natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Agentlik direktori A.E. Burxanov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashi raisi T.K. Narbayeva va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 12-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-81-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash eksperiment tariqasida oʻtkaziladigan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Davlat organlari va tashkilotlari nomi

I. Vazirliklar

1.

Adliya vazirligi

2.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.

Maktabgacha taʼlim vazirligi

5.

Moliya vazirligi

6.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

7.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

8.

Transport vazirligi

9.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

10.

Xalq taʼlimi vazirligi

11.

Qurilish vazirligi

II. Davlat qoʻmitalari

12.

Davlat bojxona qoʻmitasi

13.

Davlat soliq qoʻmitasi

14.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

15.

Davlat statistika qoʻmitasi

III. Agentliklar

16.

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi

17.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi

18.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

19.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

20.

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

21.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

22.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

IV. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

23.

Toshkent shahri hokimligi

24.

Toshkent viloyati hokimligi

25.

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi

26.

Toshkent viloyati Boʻka tumani hokimligi

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari)da korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash (keyingi oʻrinlarda — reyting baholash) tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Reyting baholash davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borayotgan faoliyati samaradorligini puxta tahlil qilish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimi va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha boshqa xalqaro standartlarning samarali joriy etilganligi hamda amaliyotga tatbiq qilinganligi reyting baholashning obyekti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Reyting baholash Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Reyting baholash yoʻnalishlari va indikatorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Reyting baholash alohida indikatorlardan tashkil topgan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi yoʻnalish — davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amaliyotga tatbiq etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi yoʻnalish — korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi yoʻnalish — davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni koʻrsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi yoʻnalish — xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi yoʻnalish — korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarining samaradorligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, faoliyat samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, indikatorlarni bajarish orqali:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81 balldan 100 ballgacha toʻplagan davlat tashkiloti faoliyat samaradorligi — “yaxshi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55 balldan 81 ballgacha toʻplagan davlat tashkiloti faoliyat samaradorligi — “qoniqarli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55 dan past ball toʻplagan davlat tashkiloti faoliyat samaradorligi — “qoniqarsiz” deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Reyting baholash yoʻnalishlari boʻyicha ballar quyidagicha taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi yoʻnalish — maksimal 35 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi yoʻnalish — maksimal 30 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi yoʻnalish — maksimal 15 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi yoʻnalish — maksimal 15 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi yoʻnalish — maksimal 5 ball.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yakuniy ballar mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan Reyting baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlaridagi ballarni bir-biriga qoʻshib chiqish orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Reyting baholashni amalga oshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Reyting baholash mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlik har yili 5-yanvarga qadar “E-Anticor.uz” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) orqali reyting baholashdan oʻtkaziladigan davlat tashkilotlari roʻyxatini tuzadi hamda bu haqda ularni yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat tashkilotlari tomonidan har chorakda (10-aprel, 10-iyul va 10-oktabrga qadar) choraklik maʼlumotlar, har reyting baholash yili yakunida (10-yanvardan kechiktirmay) esa yillik maʼlumotlar elektron platforma orqali Reyting baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlari jadvalini toʻldirish yoʻli bilan kiritib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ushbu jadval savollarga “toʻliq bajarilgan”, “asosan bajarilgan”, “qisman bajarilgan” yoki “bajarilmagan” ustunlariga tegishli belgini kiritish hamda tasdiqlovchi hujjatlarni biriktirish orqali toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agentlik muntazam ravishda davlat tashkilotlari tomonidan elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qilib boradi, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlariga uslubiy yordam koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat tashkilotlari har yili Agentlikning xatini olgandan soʻng, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq muddatlarda elektron platforma orqali zarur maʼlumotlarni kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tizimga davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maxsus roʻyxatlar bilan chegaralab qoʻyiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va oʻzga xil maʼlumotlarni kiritish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yillik maʼlumotlar kiritilgandan soʻng Agentlik har yili:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-fevralga qadar tanlov asosida tegishli davlat tashkiloti tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini zamonaviy-axborot kommunikatsiya vositalarini (videokonferensaloqa, onlayn soʻrovnoma va shu kabilar) qoʻllagan holda masofaviy oʻrganadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlarning haqqoniyligi zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali masofaviy oʻrganiladigan davlat tashkilotlari soni faoliyati baholanayotgan davlat tashkilotlarining kamida 15 foizini tashkil etishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlarning haqqoniyligi zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali masofaviy oʻrganiladigan davlat tashkilotlari roʻyxati Agentlik tomonidan, kiritgan maʼlumotlari shubhali, notoʻgʻri boʻlgan davlat tashkilotlari orasidan, mustaqil ravishda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maʼlumotlarning haqqoniyligini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali masofaviy oʻrganish jarayonida notoʻgʻri yoki soxta maʼlumotlar kiritilganligi aniqlangan taqdirda, Agentlikning oʻzi elektron tizimga kiritilgan maʼlumotlarni mustaqil ravishda oʻzgartiradi va bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashiga maʼlumot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Reyting baholash natijalari elektron platforma orqali hisoblab chiqiladi. Avtomatik ravishda hisoblab chiqilishi nazarda tutilmagan indikatorlar boʻyicha ballar Agentlik tomonidan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Reyting baholash natijalarining xolisligini taʼminlash maqsadida har yili 9 kishidan iborat boʻlgan Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ekspertlar guruhi) shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish, shu jumladan ekspertlarni tanlab olish mezonlari, ularning majburiyatlari va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mexanizmlarini nazarda tutuvchi tartib Agentlik tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ekspertlar guruhi tarkibi Agentlik tomonidan davlat tashkilotlari takliflariga asosan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar guruhi tarkibiga, qoida tariqasida, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ekspertlar, shu jumladan amaliy tajriba va jamiyatda yuqori obroʻga ega boʻlgan boshqa shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Ekspertlar guruhi tarkibida kamida 3 kishi fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ekspertlar guruhi Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Agentlik tomonidan ushbu guruhga dastlabki reyting baholash natijalari va tegishli xulosalar taqdim etiladi. Ekspertlar guruhi soʻroviga koʻra, boshqa qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi, elektron platformaga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ekspertlar guruhi har yili 15-fevralga qadar dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqish boʻyicha quyidagilardan birini Agentlikka taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki reyting baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish yoki qisman oʻzgartirish haqida xulosa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil reyting baholash natijalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, xulosa va muqobil reyting baholash natijasi Ekspertlar guruhida ovoz berish natijalariga koʻra shakllantiriladigan fikr sifatida taqdim etiladi. Ovozlar teng boʻlib qolganda guruh rahbarining fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ekspertlar guruhida qabul qilingan qarorga qoʻshilmagan guruh aʼzosi oʻz fikrini alohida bildirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Agentlik Ekspertlar guruhi tomonidan taqdim etilgan xulosa yoki muqobil reyting baholash natijalarini har yili 20-fevralga qadar puxta tahlil qiladi, unga koʻra yakuniy baholash natijalarini shakllantiradi va baholanayotgan davlat tashkilotlariga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat tashkilotlari har yili 25-fevralga qadar Agentlik tomonidan yuborilgan yakuniy reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi hamda zarurat boʻlganda oʻz taklif va eʼtirozlarini Agentlikka taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agentlik davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan taklif va eʼtirozlarni puxta tahlil qiladi va har yili 1-martga qadar reyting baholashni oʻzgartirish yoki oʻzgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agentlik reyting baholash yakunlariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” boʻlgan davlat tashkilotlari roʻyxatini har yili 1-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga kiritadi hamda oʻz rasmiy-veb saytida va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Reyting baholash yakunlari boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Agentlik tomonidan reyting baholash yakunlari boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “yaxshi” deb topilgan davlat tashkilotlarining ijobiy ish tajribasini boshqa davlat tashkilotlarida ommalashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tomonidan “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Reyting baholash natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlariga samaradorlikni yanada oshirish boʻyicha Agentlik tomonidan har yili 15-martga qadar tavsiyalar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tashkilotlari kiritilgan tavsiyalarning bajarilish holati toʻgʻrisidagi axborotni Agentlik belgilagan muddatlarda elektron platformaga kiritib borishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat tashkilotlari har yili 20-martga qadar korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqishi va uni Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ketma-ket ikki yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllash masalasi koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Agentlik, zarurat boʻlganda, reyting baholashning qoʻshimcha yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlarini kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REYTING BAHOLASH YOʻNALISHLARI VA INDIKATOR KOʻRSATKICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Birinchi yoʻnalish

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi va amaliyotga tatbiq etilganligi

(jami — 35 ball)

Indikatorlar

Ballar

Asos*

1.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlarning ishlab chiqilganligi va oʻz vaqtida yangilab borilishi

1.1.1. Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari)da korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha quyidagi ichki idoraviy hujjatlarning mavjudligi va zaruratga qarab yangilanib borilishi:

korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati;

odob-axloq qoidalari;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti;

manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha nizom;

aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar toʻgʻrisida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish reglamenti;

xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitilishini tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnoma;

kontragentlarni tekshirishga oid yoʻriqnoma;

ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boʻyicha yoʻriqnoma;

korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti;

korrupsiyaviy xatti-harakatlar va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha reglament;

davlat xaridlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom.

Izoh: Mazkur toʻplamdagi hamma hujjatlar qabul qilingan boʻlsa, TB, 7 — 11 tasi qabul qilingan boʻlsa, AB, 3 — 7 tasi qabul qilingan boʻlsa, QB, 0 — 3 tasi qabul qilingan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Tasdiqlangan hujjatlarning elektron shakli ilova qilinadi

1.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy mexanizmlarning joriy etilganligi

1.2.1. Korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari

1.2.1.1. Korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari: kamida 4 ta aloqa kanali (masalan, rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa, ishonch telefoni, elektron manzil)ning tashkil etilganligi.

Izoh: Aloqa kanallari toʻliq mavjud boʻlsa TB, aksincha boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Aloqa kanallari havolasi ilova qilinadi

1.2.1.2. Rasmiy veb-saytda va boshqa OAVlarda korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari haqidagi maʼlumotlarning, shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlarning joylashtirilganligi.

Izoh: Toʻliq maʼlumot va hujjatlar mavjud boʻlsa, TB, aksincha boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Veb-sayt va boshqa OAVlardagi maʼlumotlar havolasi ilova qilinadi

1.2.1.3. Rasmiy veb-saytda korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik hisobotning mavjudligi.

Izoh: Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Veb-saytdagi maʼlumotlar havolasi ilova qilinadi

1.2.2. Kadrlarga oid masalalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining joriy etilishi

1.2.2.1. Vakant oʻrinlarga kadrlarni tanlov asosida qabul qilish tizimining mavjudligi.

Izoh: Hisobot davrida 80 — 100 foiz xodimlar ochiq tanlov asosida ishga qabul qilingan boʻlsa, TB, 60 — 79 foizi tanlov asosida qabul qilingan boʻlsa, AB, 30 — 59 foizi tanlov asosida qabul qilingan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi tanlov asosida qabul qilingan boʻlsa B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Oʻtkazilgan tanlov materiallari (suhbat yoki test bayonnomalari, video material) ilova qilinadi

1.2.2.2. Rasmiy veb-saytda ishga qabul qilish, rotatsiya toʻgʻrisidagi eʼlonlar va axborotlarning mavjudligi.

Izoh: mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Veb-saytdagi maʼlumotlar havolasi ilova qilinadi

1.2.2.3. Mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi shartlarning kiritilganligi.

Izoh: Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Korrupsiyaga qarshi shartlar bilan mehnat shartnomasida tanishganligini imzosi bilan tasdiqlagan xodimlar roʻyxati ilova qilinadi

1.2.2.4. Korrupsiya holatlari haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan xodimlarni ragʻbatlantirish, ularning taʼqibga olinmasligi kafolatining mavjudligi.

Izoh: Tegishli mexanizm mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Mazkur masalalarni tartibga soluvchi ichki reglament, xodimlar roʻyxati va statistik maʼlumotlar ilova qilinadi

1.2.3. Davlat tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazilishini taʼminlash

1.2.3.1. Xodimlar tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani toʻldirish.

Izoh: Hisobot davrida manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani toʻldirgan xodimlar 100 foiz boʻlsa, TB, 70 — 99 foiz boʻlsa, AB, 30 — 69 foiz boʻlsa, QB, 0 — 29 boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Ishga qabul qilishda, lavozimi oʻzgarayotganda, rotatsiya qilinayotganda va yillik deklaratsiyani toʻldirgan xodimlarning kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan roʻyxati ilova qilinadi

1.2.3.2. Ishga qabul qilinuvchi nomzodlar ustidan oʻtkazilgan tekshiruvlar soni.

Izoh: Hisobot davrida 100 foiz nomzodlar tekshirilgan boʻlsa, TB, 70 — 99 foizi tekshirilgan boʻlsa AB, 30 — 69 foizi tekshirilgan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi tekshirilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Ishga qabul qilinuvchi nomzodlarga nisbatan oʻtkazilgan tekshiruvlar toʻgʻrisida xulosalar soni koʻrsatiladi

1.2.3.3.Aniqlangan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari va uni tartibga solish boʻyicha qabul qilingan choralar.

Izoh: Hisobot davrida manfaatlar toʻqnashuvi aniqlanmagan yoki aniqlangan holatlarga choralar koʻrilgan boʻlsa, TB, manfaatlar toʻqnashuvi aniqlangan holatlarga choralar koʻrilmagan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Aniqlangan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari reyestri ilova qilinadi

1.2.3.4. Kontragentlar ustidan oʻtkazilgan tekshiruvlar soni

Izoh: Hisobot davrida100 foiz kontragentlar tekshirilgan boʻlsa, TB, 70 — 99 foizi tekshirilgan boʻlsa, AB, 30 — 69 foizi tekshirilgan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi tekshirilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Kontragentlarni tekshirish reyestri, hisobot davrida oʻtkazilgan kontragentlar tekshiruvlar soni, tekshiruvlar natijalari boʻyicha ijobiy va salbiy xulosalar nusxasi ilova qilinadi

1.2.4. Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ushbu tashkilot tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda muntazam ravishda monitoring oʻtkazish

1.2.4.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotlarning mavjudligi va sifatli toʻldirilganligi.

Izoh: Mazkur indikator boʻyicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan hisobotlarning mavjudligi va sifatli toʻldirilganligidan kelib chiqib, 0 — 3 ball oraligʻida belgilanadi.

0 — 3 ball

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi haqida umumiy hisobot hamda korrupsiyaga qarshi davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning ijrosi haqida hisobot ilova qilinadi

1.2.4.2. Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish boʻyicha rejadagi tadbirlarning bajarilganligi.

Izoh: Mazkur indikator boʻyicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan rejadagi tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilganligidan kelib chiqib, 0 — 3 ball oraligʻida belgilanadi.

0 — 3 ball

Reja (tashkilotning barcha jarayonlarini, monitoring va nazorat qilinadigan davri va tekshiruv muddatlarini oʻz ichiga olgan) va uning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

1.2.4.3. Hisobot davrida aloqa kanallari orqali kelib tushgan korrupsiyaga oid xabarlar boʻyicha va monitoring natijalariga koʻra korrupsiyaviy harakat deb hisoblangan holatlar yuzasidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazilganligi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilikning buzilganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan holatlarning (qonunchilik hujjatlari kesimida) aniqlanganligi.

Davlat tashkilotlarida tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha nazorat va tartib-taomillarning buzilish holatlari (ichki hujjatlar kesimida), korrupsiyaviy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyilganlik holatlarining aniqlanganligi.

Izoh: 100 foiz tekshirilgan (oʻrganilgan) boʻlsa, TB, 70 — 99 foiz tekshirilgan (oʻrganilgan) boʻlsa, AB, 30 — 69 foiz tekshirilgan (oʻrganilgan) boʻlsa, QB, 0 — 29 foiz oʻrganilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlarni roʻyxatga olish reyestri, xizmat tekshiruvlari reyestri nusxasi ilova qilinadi.

Aybdorlar aniqlangan holatlar soni band boʻyicha boʻlib koʻrsatiladi

1.2.4.4. Korrupsiyaga oid qonunchilik va ichki idoraviy talablarni buzgan xodimlarga qoʻllanilgan jazolar.

Izoh: Mazkur indikator boʻyicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan, sodir etilgan harakat va qoʻllanilgan jazo tabiatidan kelib chiqib, 0 — 3 ball oraligʻida belgilanadi. Hisobot yilida oʻtkazilgan tekshirishlar va kelib tushgan xabarlar tahlili asosida qonunchilik va ichki idoraviy talablarni buzgan xodimlar aniqlanmagan boʻlsa, 2 ball qoʻyiladi.

0 — 3 ball

Kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik va ichki idoraviy talablarni buzgan xodimlar soni hamda ularga qoʻllanilgan choralar koʻrsatilgan roʻyxat

Ikkinchi yoʻnalish

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilganligi

(jami — 30 ball)

Indikatorlar

Ballar

2.1. Davlat tashkilotining barcha funksiya va vazifalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash boʻyicha baholash oʻtkazilganligi.

Izoh: Baholash qamrovi 100 foiz boʻlsa, TB, 70 — 99 foiz boʻlsa, AB, 30 — 69 boʻlsa, QB, 0 — 29 foiz boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

15 ball

AB

10 ball

QB

5 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotining birlashgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi, korrupsiya xavfiga eng koʻp moyil boʻlgan funksiya va lavozimlar roʻyxati ilova qilinadi

2.2. Aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻrilgan choralar.

Izoh: Mazkur indikator boʻyicha ballar aniqlangan xavf-xatar va minimallashtirish uchun koʻrilgan choralar tabiatidan kelib chiqib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 0 15 ball oraligʻida belgilanadi.

015 ball

Davlat tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarining korrupsiyaga qarshi kurash dasturi (“Yoʻl xaritasi”) va uning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

Uchinchi yoʻnalish

Davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni koʻrsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi

(jami — 15 ball)

3.1. Davlat tashkiloti rahbarining xodimlar va jamoatchilik uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaatining mavjudligi, uning xodimlar eʼtiboriga yetkazilganligi, hayʼat yigʻilishlari va boshqa yigʻilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish holatlarining koʻrib chiqilganligi.

Izoh: Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Murojaat eʼlon qilingan manba havolasi, tegishli hayʼat yigʻilishlari va boshqa yigʻilishlar bayonnomasi ilova qilinadi

3.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tuzilmasi tuzilganligi, uning zarur resurslar, shtat birliklari va boshqa moddiy-texnik baza bilan taʼminlanganligi.

Izoh: Mazkur indikator boʻyicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tuzilmalari orasida elektron platformada oʻtkaziladigan soʻrovnoma natijalaridan kelib chiqib, 0 — 12 ball oraligʻida belgilanadi.

012 ball

Elektron platformada soʻrovnoma toʻldiriladi

3.3. Davlat tashkilotlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan OAV va tadbirlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chiqishlar.

Izoh: Hisobot davridagi har yarim yilda kamida 1-marta mavjud boʻlsa TB, mavjud boʻlmasa B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Maʼlumotlar va materiallar havolasi ilova qilinadi

Toʻrtinchi yoʻnalish

Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilganligi

(jami — 15 ball)

4.1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki tartib-taomillardan xabardorligi

4.1.1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlar bilan tanishganlik holati hamda korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi.

Izoh: Barcha xodimlar tanishtirilgan boʻlsa, TB, 70 — 99 foizi tanishtirilgan boʻlsa, AB, 30 — 69 foizi tanishtirilgan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi tanishtirilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

5 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlar bilan tanishganligini imzosi bilan tasdiqlagan xodimlar roʻyxati, xodimlarning korrupsiyaga qarshi asosiy talablar va tartib-taomillardan xabardorligi yuzasidan yakuniy monitoring natijalari hamda ushbu talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat yakunlari ilova qilinadi**

4.2. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilganligi

4.2.1. Hisobot yilida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirilganligi.

Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, bilim va koʻnikmalari oshirilgan xodimlarning sonida ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa, TB, agar kamayish boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Davlat tashkiloti tizimi xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha umumiy va maxsus oʻqitishga doir maʼlumotlari (tasdiqlangan roʻyxat) va tahlil natijalari ilova qilinadi

4.2.2. Davlat tashkiloti xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tayyorlash va qayta tayyorlashga oid maxsus oʻquv dasturlari, qoʻllanmalar mavjudligi.

Izoh: Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori boʻlgan lavozimda ishlovchi va boshqa xodimlarni, shu jumladan, ishga yangi qabul qilingan xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlashga oid maxsus oʻquv dasturlari, qoʻllanmalar ilova qilinadi

4.2.3. Ishga yangi qabul qilingan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish tizimining mavjudligi.

Izoh: Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi

TB

3 ball

B

0 ball

Ishga yangi qabul qilingan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirilganligi boʻyicha kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar ilova qilinadi

4.2.4.Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha treninglar oʻtkazish:

barcha xodimlar uchun;

korrupsiyaviy xavf yuqori darajada boʻlgan funksiyalarni bajaruvchi boʻlinmalar uchun.

Izoh: xodimlarning 70 — 100 foizi oʻqitilgan boʻlsa, TB, 50 — 69 foizi oʻqitilgan boʻlsa, AB, 30 — 49 foizi oʻqitilgan boʻlsa, QB, 0 29 foizi oʻqitilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

5 ball

AB

3 ball

QB

2 ball

B

0 ball

Kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan oʻqitish turlari, shakllari, oʻqitilgan xodimlar soni hamda ularning lavozimi va boʻlinmalari roʻyxati jadval shaklida ilova qilinadi

Beshinchi yoʻnalish

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarining samaradorligi

(jami — 5 ball)

5.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tashkil etilgan tadbirlar soni.

Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, oʻtkazilgan tadbirlar sonida ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa, TB, tadbirlar sonida kamayish boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Statistik maʼlumotlar ilova qilinadi

5.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tashkil etilgan tadbirlarning qamrov darajasi.

Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, oʻtkazilgan tadbirlarning qamrov darajasida ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa, TB, qamrov darajasida kamayish boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Statistik maʼlumotlar (ishtirokchilar soni, hududiy qamrov) ilova qilinadi

5.3. Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid tarqatilgan koʻrgazmali materiallar, qoʻllanmalar, ijtimoiy audio va videoroliklar soni.

Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, tarqatilgan materiallar sonida ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa TB, tarqatilgan materiallar sonida kamayish boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Statistik maʼlumotlar ilova qilinadi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: 1. Tizimga davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maxsus roʻyxatlar bilan chegaralab qoʻyiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va oʻzga xil maʼlumotlarni kiritish taqiqlanadi. Davlat tashkiloti tomonidan mazkur maʼlumotlar reyting baholashga taʼsir oʻtkazadi deb hisoblansa, tegishli indikator koʻrsatkichlarini baholash Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining belgilangan ruxsatnomaga ega boʻlgan xodimi tomonidan oʻsha tashkilotga borib amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat tashkilotlari tegishli ustunlarga “x” belgisini qoʻygandan keyin uni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa materiallarni “E-Anticor.uz” elektron platformasiga biriktirishi lozim. Tegishli maʼlumotlar biriktirilmagan taqdirda, platformada avtomatik ravishda eng past ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi talabiga koʻra tegishli hujjat yoki materiallar qoʻshimcha biriktiriladi va havolalar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tanlov asosida xodimlarning korrupsiyaga qarshi ichki hujjatlardan xabardorligi boʻyicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda suhbat oʻtkazishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(Agentlik)

1. Reyting baholashdan oʻtkaziladigan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) roʻyxatini tuzadi.

2. Roʻyxatga kiritilgan davlat tashkilotlariga “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali tegishli maʼlumotlarni kiritish toʻgʻrisida xat kiritadi.

Har yili 5-yanvarga qadar

2-bosqich

Davlat tashkilotlari

“E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlari jadvalini toʻldirish yoʻli bilan maʼlumot kiritib boradi.

Har chorakda

(10-aprel, 10-iyul va 10-oktabrga qadar)

3-bosqich

Agentlik

1. Davlat tashkilotlari tomonidan “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qilib boradi.

2. Yakuniy reyting baholash natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilishi mumkin boʻlgan davlat organlariga tavsiyalar kiritadi, ularga uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.

Muntazam ravishda

4-bosqich

Davlat tashkilotlari

“E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali yillik (oldingi yilning 1-yanvaridan baholanish oʻtkazilayotgan yilning 1-yanvariga qadar) maʼlumotlarni kiritadi.

Har yili 10-yanvardan kechiktirmasdan

5-bosqich

Agentlik

Yillik maʼlumotlar kiritilgandan keyin tanlov asosida tegishli davlat tashkilotlari maʼlumotlarining haqqoniyligini oʻrganadi.

Har yili 1-fevralga qadar

6-bosqich

Agentlik

Shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ekspertlar guruhi)ga taqdim etadi.

Har yili 5-fevralga qadar

7-bosqich

Ekspertlar guruhi

Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi va quyidagilardan birini Agentlikka taqdim etadi:

dastlabki reyting baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish yoki qisman oʻzgartirish haqida xulosa;

muqobil reyting baholash natijalari.

Har yili 15-fevralga qadar

8-bosqich

Agentlik


Davlat tashkilotlari

1. Ekspertlar guruhi xulosasi (yoki muqobil reyting baholash natijasi)ni puxta tahlil qiladi va unga koʻra dastlabki reytingni oʻzgartirish yoki oʻzgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi.

Har yili 20-fevralga qadar

2. Har bir davlat tashkilotiga uning reyting baholash natijasi haqidagi maʼlumotni yuboradi.

3. Davlat tashkilotlari oʻz reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi, taklif va eʼtirozlarini Agentlikka yuboradi.

Har yili 25-fevralga qadar

4. Agentlik davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan taklif va eʼtirozlarni puxta tahlil qiladi va reyting baholashni oʻzgartirish yoki oʻzgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi.

Har yili 1-martga qadar

9-bosqich

Agentlik

Yakuniy reyting natijalarini Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga kiritadi hamda oʻz rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi.

Har yili 1-mart

10-bosqich

Agentlik

1. Reyting baholash natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlariga samaradorlikni yanada oshirish boʻyicha tavsiyalar kiritadi.

Har yili 15-martga qadar

Davlat tashkilotlari

2. Agentlik tomonidan kiritilgan tavsiyalar ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritib boradi.

Belgilangan muddatlarda

11-bosqich

Davlat tashkilotlari Agentlik

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi va uni Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Har yili 20-martga qadar

2. Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish choralarini koʻradi.

Belgilangan muddatlarda

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 07/22/81/0017-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)