12.01.2022 yildagi PQ-81-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasida tizimli choralar koʻrilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, bir qator vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ISO 37001:2016 xalqaro standartiga asosan korrupsiyaga qarshi menejment tizimi joriy etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholash mexanizmlari mavjud emasligi sohada amalga oshirilayotgan tadbirlarga yagona mezon asosida xolisona baho berish va ularning natijadorligini yanada oshirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash va ularni ilgʻor xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligining davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash (keyingi oʻrinlarda — reyting baholash) quyidagi beshta yoʻnalish boʻyicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amaliyotga tatbiq etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni koʻrsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarining samaradorligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-fevraldan boshlab reyting baholash tizimi, eksperiment tariqasida, 1-ilovada koʻrsatilgan va oʻz faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan davlat tashkilotlari faoliyatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-iyuldan boshlab eksperiment natijalarini inobatga olgan holda reyting baholash tizimi barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash (T. Narbayeva) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda eksperiment natijalarini chuqur tahlil qilish va muhokama qilish hamda reyting baholash tizimining samarali va toʻliq joriy etilishini taʼminlash boʻyicha choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyting baholash Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “E-Anticor.uz” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) orqali tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, faoliyat samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyting baholash natijalari elektron platformada hisoblab chiqiladi va har yili 1-martga qadar keng jamoatchilik uchun ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili oldingi yilning 1-yanvaridan baholanish oʻtkazilayotgan yilning 1-yanvariga qadar boʻlgan davr reyting baholash tizimi bilan qamrab olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyting baholash natijalarining xolisligini tekshirish maqsadida kamida 30 foizi fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat boʻlgan Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash (T. Narbayeva) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) bilan birgalikda reyting baholash yakunlariga koʻra quyidagi choralarni koʻrsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasini ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar kiritish va ularni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishini taʼminlab, uning ijrosi yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlarini har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning yigʻilishlarida eshitish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda elektron platforma orqali zarur hujjatlarni onlayn rejimida olish va reyting baholash natijalarini hisoblash imkonini yaratgan holda, uning toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksperiment yakuniga koʻra elektron platformani takomillashtirish va modernizatsiya qilish hamda uning samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash choralarini koʻrib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, elektron platformani takomillashtirish va modernizatsiya qilish, uni texnik va dasturiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar har yili Agentlikka Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlik (A. Burxanov) xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etishning tartibi ishlab chiqilib, tasdiqlanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda reyting baholash, elektron platformadan foydalanish tartibi boʻyicha qoʻllanmalarni tayyorlasin, shuningdek, davlat tashkilotlari xodimlari uchun reyting baholash, shu jumladan elektron platformadan foydalanish tartibini tushuntirish boʻyicha muntazam ravishda seminarlarni tashkil etib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-iyulga qadar har bir indikator boʻyicha koʻrsatkichlarni tahlil qilish usullari va aniq mezonlarini belgilovchi reyting baholash uslubiyotini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam ravishda davlat tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid tegishli ichki idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) mazkur qaror hamda reyting baholash natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Agentlik direktori A.E. Burxanov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashi raisi T.K. Narbayeva va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 12-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-81-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash eksperiment tariqasida oʻtkaziladigan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

T/r

Davlat organlari va tashkilotlari nomi

I. Vazirliklar

1.

Adliya vazirligi

2.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.

Maktabgacha taʼlim vazirligi

5.

Moliya vazirligi

6.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

7.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

8.

Transport vazirligi

9.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

10.

Xalq taʼlimi vazirligi

11.

Qurilish vazirligi

II. Davlat qoʻmitalari

12.

Davlat bojxona qoʻmitasi

13.

Davlat soliq qoʻmitasi

14.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

15.

Milliy statistika qoʻmitasi

III. Agentliklar

18.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

19.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

20.

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

21.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

22.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

IV. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

23.

Toshkent shahri hokimligi

24.

Toshkent viloyati hokimligi

25.

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi

26.

Toshkent viloyati Boʻka tumani hokimligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash (keyingi oʻrinlarda — reyting baholash) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat muassasalari faoliyatiga oid maʼlumotlar ushbu bandning birinchi xatboshisida keltirilgan davlat tashkilotlari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Reyting baholash davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borayotgan faoliyati samaradorligini puxta tahlil qilish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimi va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha boshqa xalqaro standartlarning samarali joriy etilganligi hamda amaliyotga tatbiq qilinganligi reyting baholashning obyekti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Reyting baholash Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Reyting baholash yoʻnalishlari va indikatorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Reyting baholash alohida indikatorlardan tashkil topgan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi yoʻnalish — davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amaliyotga tatbiq etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi yoʻnalish — korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi yoʻnalish — davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni koʻrsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi yoʻnalish — xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi yoʻnalish — korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarining samaradorligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, faoliyat samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, indikatorlarni bajarish orqali:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81 balldan 100 ballgacha toʻplagan davlat tashkiloti faoliyat samaradorligi — “yaxshi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55 balldan 81 ballgacha toʻplagan davlat tashkiloti faoliyat samaradorligi — “qoniqarli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55 dan past ball toʻplagan davlat tashkiloti faoliyat samaradorligi — “qoniqarsiz” deb topiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Reyting baholash yoʻnalishlari boʻyicha ballar quyidagicha taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi yoʻnalish — maksimal 42 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi yoʻnalish — maksimal 25 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi yoʻnalish — maksimal 10 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi yoʻnalish — maksimal 15 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi yoʻnalish — maksimal 8 ball.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yakuniy ballar mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan Reyting baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlaridagi ballarni bir-biriga qoʻshib chiqish orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Reyting baholashni amalga oshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Reyting baholash mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlik har yili 5-yanvarga qadar “E-Anticor.uz” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) orqali reyting baholashdan oʻtkaziladigan davlat tashkilotlari roʻyxatini tuzadi hamda bu haqda ularni yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat tashkilotlari tomonidan har yarim yilda (birinchi yarim yillikda 10-iyulga qadar) yarim yillik maʼlumotlar, har reyting baholash yili yakunida (10-yanvardan kechiktirmay) esa yillik maʼlumotlar elektron platforma orqali Reyting baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlari jadvalini toʻldirish yoʻli bilan kiritib boriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ushbu jadval savollarga “toʻliq bajarilgan”, “asosan bajarilgan”, “qisman bajarilgan” yoki “bajarilmagan” ustunlariga tegishli belgini kiritish hamda tasdiqlovchi hujjatlarni biriktirish orqali toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agentlik muntazam ravishda davlat tashkilotlari tomonidan elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qilib boradi, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlariga uslubiy yordam koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat tashkilotlari har yili Agentlikning xatini olgandan soʻng, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq muddatlarda elektron platforma orqali zarur maʼlumotlarni kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tizimga davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maxsus roʻyxatlar bilan chegaralab qoʻyiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va oʻzga xil maʼlumotlarni kiritish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yillik maʼlumotlar kiritilgandan soʻng Agentlik har yili:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-fevralga qadar tanlov asosida tegishli davlat tashkiloti tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini zamonaviy-axborot kommunikatsiya vositalarini (videokonferensaloqa, onlayn soʻrovnoma va shu kabilar) qoʻllagan holda masofaviy oʻrganadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlarning haqqoniyligi zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali masofaviy oʻrganiladigan davlat tashkilotlari soni faoliyati baholanayotgan davlat tashkilotlarining kamida 15 foizini tashkil etishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlarning haqqoniyligi zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali masofaviy oʻrganiladigan davlat tashkilotlari roʻyxati Agentlik tomonidan, kiritgan maʼlumotlari shubhali, notoʻgʻri boʻlgan davlat tashkilotlari orasidan, mustaqil ravishda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maʼlumotlarning haqqoniyligini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali masofaviy oʻrganish jarayonida notoʻgʻri yoki soxta maʼlumotlar kiritilganligi aniqlangan taqdirda, Agentlikning oʻzi elektron tizimga kiritilgan maʼlumotlarni mustaqil ravishda oʻzgartiradi va bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashiga maʼlumot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Reyting baholash natijalari elektron platforma orqali hisoblab chiqiladi. Avtomatik ravishda hisoblab chiqilishi nazarda tutilmagan indikatorlar boʻyicha ballar Agentlik tomonidan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Reyting baholash natijalarining xolisligini taʼminlash maqsadida har yili 9 kishidan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ekspertlar guruhi) shakllantiriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish, shu jumladan ekspertlarni tanlab olish mezonlari, ularning majburiyatlari va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mexanizmlarini nazarda tutuvchi tartib Agentlik tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ekspertlar guruhi tarkibi Agentlik tomonidan davlat tashkilotlari takliflariga asosan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar guruhi tarkibiga, qoida tariqasida, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ekspertlar, shu jumladan amaliy tajriba va jamiyatda yuqori obroʻga ega boʻlgan boshqa shaxslar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Ekspertlar guruhi tarkibida kamida uchdan bir qismi fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan boʻlishi lozim.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ekspertlar guruhi Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Agentlik tomonidan ushbu guruhga dastlabki reyting baholash natijalari va tegishli xulosalar taqdim etiladi. Ekspertlar guruhi soʻroviga koʻra, boshqa qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi, elektron platformaga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ekspertlar guruhi har yili 15-fevralga qadar dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqish boʻyicha quyidagilardan birini Agentlikka taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki reyting baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish yoki qisman oʻzgartirish haqida xulosa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil reyting baholash natijalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, xulosa va muqobil reyting baholash natijasi Ekspertlar guruhida ovoz berish natijalariga koʻra shakllantiriladigan fikr sifatida taqdim etiladi. Ovozlar teng boʻlib qolganda guruh rahbarining fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ekspertlar guruhida qabul qilingan qarorga qoʻshilmagan guruh aʼzosi oʻz fikrini alohida bildirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Agentlik Ekspertlar guruhi tomonidan taqdim etilgan xulosa yoki muqobil reyting baholash natijalarini har yili 20-fevralga qadar puxta tahlil qiladi, unga koʻra yakuniy baholash natijalarini shakllantiradi va baholanayotgan davlat tashkilotlariga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat tashkilotlari har yili 25-fevralga qadar Agentlik tomonidan yuborilgan yakuniy reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi hamda zarurat boʻlganda oʻz taklif va eʼtirozlarini Agentlikka taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agentlik davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan taklif va eʼtirozlarni puxta tahlil qiladi va har yili 1-martga qadar reyting baholashni oʻzgartirish yoki oʻzgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agentlik reyting baholash yakunlariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” boʻlgan davlat tashkilotlari roʻyxatini har yili 1-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga kiritadi hamda oʻz rasmiy-veb saytida va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Reyting baholash yakunlari boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Agentlik tomonidan reyting baholash yakunlari boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “yaxshi” deb topilgan davlat tashkilotlarining ijobiy ish tajribasini boshqa davlat tashkilotlarida ommalashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tomonidan “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Reyting baholash natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlariga samaradorlikni yanada oshirish boʻyicha Agentlik tomonidan har yili 15-martga qadar tavsiyalar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tashkilotlari kiritilgan tavsiyalarning bajarilish holati toʻgʻrisidagi axborotni Agentlik belgilagan muddatlarda elektron platformaga kiritib borishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat tashkilotlari har yili 20-martga qadar korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqishi va uni Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ketma-ket ikki yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllash masalasi koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Agentlik, zarurat boʻlganda, reyting baholashning qoʻshimcha yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlarini kiritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REYTING BAHOLASH YOʻNALISHLARI VA INDIKATOR KOʻRSATKICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Birinchi yoʻnalish

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilgani va amaliyotga tatbiq etilgani

(jami — 42 ball)

Indikatorlar

Ballar

Asos*

1.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlarning ishlab chiqilgani va oʻz vaqtida yangilab borilishi

1.1.1. Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari)da korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha quyidagi ichki idoraviy hujjatlarning mavjudligi, sifatli toʻldirilgani va zaruratga qarab yangilanib borilishi:

korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati;

odob-axloq qoidalari;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti;

manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha nizom;

aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar toʻgʻrisida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish reglamenti;

xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitilishini tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnoma;

kontragentlarni tekshirishga oid yoʻriqnoma;

ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boʻyicha yoʻriqnoma;

korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti;

korrupsiyaviy xatti-harakatlar va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha reglament;

davlat xaridlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom;

sovgʻani tasarruf etish toʻgʻrisidagi nizom;

korrupsiya holatlari haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan xodimlarni ragʻbatlantirish, ularning taʼqibga olinmasligi kafolatlari reglamenti;

rotatsiya qilish tartibi.

Izoh. Mazkur toʻplamdagi hamma hujjatlar qabul qilingan, sifatli toʻldirilgani va zaruratga qarab yangilangan boʻlsa, TB, 11 — 14 tasi qabul qilingan, sifatli toʻldirilgani va zaruratga qarab yangilangan boʻlsa, AB, 7 — 10 tasi qabul qilingan, sifatli toʻldirilgani va zaruratga qarab yangilangan boʻlsa, QB, 0 — 6 tasi qabul qilingan, sifatli toʻldirilgani va zaruratga qarab yangilangan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

Mazkur hujjatlar yagona yoki bir nechta buyruq (qaror) bilan tasdiqlanishi mumkin.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Tasdiqlangan hujjatlarning elektron shakli ilova qilinadi

1.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy mexanizmlarning joriy etilgani

1.2.1. Korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari

1.2.1.1. Korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan kamida 4 ta aloqa kanali (masalan, rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa, ishonch telefoni, elektron manzil)ning tashkil etilgani, ishchi holatdaligi va korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik hisobotning oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilgani.

Izoh. Aloqa kanallari toʻliq, ishchi holatda boʻlsa va yillik hisobot oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boʻlsa TB, aksincha boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan hisobot davrida oʻtkazilgan “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbiri natijasida taqdimnoma kiritilgan boʻlsa, 0 ball qoʻyiladi.

Hisobot davrida korrupsiyaga oid murojaatlar kelib tushmagan boʻlsa, bu haqda tasdiqlangan (murojaatlar bilan ishlashga masʼul boʻlinma rahbari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi) maʼlumot oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotining rasmiy veb-saytidagi maʼlumotlar havolasi ilova qilinadi.

1.2.2. Kadrlarga oid masalalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining joriy etilishi

1.2.2.1. Davlat tashkilotining rasmiy veb-saytida boʻsh (vakant) ish oʻrinlari, korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan lavozimlardagi xodimlarning rotatsiyasi toʻgʻrisidagi eʼlonlar va axborotlarning mavjudligi.

Izoh. Korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan lavozimlardagi xodimlarning rotatsiyasi toʻgʻrisidagi axborotlar hamda hisobot davri davomida oʻsib boruvchi tartibda boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi eʼlonlarning joylashtirilgan sanasi koʻrsatilgan holda oʻz rasmiy veb-saytida toʻliq va muddatida joylashtirilgan boʻlsa, TB, toʻliq yoki muddatida joylashtirilmagan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar:

 davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan vakant lavozim vujudga kelgandan soʻng 15 ish kunida;

 boshqa tashkilotlar tomonidan tanlov tadbirlari oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin tashkilotning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boʻlsa, muddatida joylashtirilgan deb baholanadi.

Hisobot davrida boʻsh (vakant) ish oʻrinlari va korrupsiyaga xavfi yuqori boʻlgan lavozimlar mavjud boʻlmasa, 3 ball qoʻyiladi.

TB

3 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotining rasmiy veb-saytidagi maʼlumotlar havolasi ilova qilinadi

1.2.3. Davlat tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazilishini taʼminlash

1.2.3.1. Ishga qabul qilinayotgan nomzodlar ustidan oʻtkazilgan tekshiruvlar.

Izoh. Hisobot davrida 100 foiz nomzodlar tekshirilgan boʻlsa, TB, 70 — 99 foizi tekshirilgan boʻlsa AB, 30 — 69 foizi tekshirilgan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi tekshirilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish reyestri ilova qilinadi

1.2.3.2. Manfaatlar toʻqnashuvi aniqlangan holatlar va ularni tartibga solish boʻyicha koʻrilgan choralar.

Izoh. Mazkur indikator boʻyicha ballar manfaatlar toʻqnashuvi aniqlangan holatlar va ular boʻyicha koʻrilgan choralarning yetarliligidan (toʻgʻriligi) kelib chiqib, Agentlik tomonidan 0 — 5 ball oraligʻida belgilanadi.

Agar manfaatlar toʻqnashuvi holatlari mavjud boʻlmasa va bu vakolatli davlat organlari tomonidan “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali oʻz tasdigʻini topgan boʻlsa, 5 ball qoʻyiladi.

Hisobot davrida vakolatli davlat organlari tomonidan aniqlangan manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar boʻyicha taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllangan yoki taqdimnomalar kiritilgan boʻlsa, 0 ball qoʻyiladi.

0 — 5 ball

Manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestri, odob-axloq komissiyasi yigʻilishi bayonnomalari nusxalari ilova qilinadi

1.2.3.3. Kontragentlar ustidan oʻtkazilgan tekshiruvlar.

Izoh. Hisobot davrida 100 foiz kontragentlar tekshirilgan boʻlsa, TB, 70 — 99 foizi tekshirilgan boʻlsa, AB, 30 — 69 foizi tekshirilgan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi tekshirilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

Hisobot davrida davlat nazorati organlari tomonidan davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvi (affillanganlik) holatlari boʻyicha taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllangan yoki taqdimnomalar kiritilgan boʻlsa, lozim darajada tekshiruv oʻtkazilmagan deb hisoblanadi hamda B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Hisobot davrida tuzilgan xoʻjalik shartnomalari toʻgʻrisida maʼlumot, kontragentlarni tekshirish reyestri, tekshiruvlar natijalari boʻyicha ijobiy va salbiy xulosalar nusxasi ilova qilinadi

1.2.3.4. Davlat tashkilotida sovgʻani qabul qilish, tasarruf etish tartibining amalga oshirilganligi.

Izoh: Davlat tashkilotida hisobot davrida xodimga taqdim etilgan sovgʻalarni tasarruf etish masalasi toʻliq hal etilgan va bu haqda oʻz rasmiy veb-saytida sovgʻalar reyestri joylashtirilgan boʻlsa, TB, aksincha boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

Hisobot davrida xodimlar tomonidan qabul qilingan sovgʻalar mavjud boʻlmasa va bu haqda tasdiqlangan maʼlumot oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan boʻlsa, TB ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotining rasmiy veb-saytidagi maʼlumotlar havolasi ilova qilinadi

1.2.4. Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ushbu tashkilot tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda muntazam ravishda monitoring oʻtkazish

1.2.4.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotlarning mavjudligi va sifatli toʻldirilgani.

Izoh. Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi oʻn kunligida Agentlikka hisobotlar taqdim etib kelingan va sifatli toʻldirilgan boʻlsa, TB, uchta chorak yakuni boʻyicha belgilangan muddatda taqdim etilgan va sifatli toʻldirilgan boʻlsa, QB, kamida uchta chorak yakuni boʻyicha belgilangan muddatda taqdim etilmagan yoki sifatli toʻldirilmagan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi oʻn kunligida taqdim etilmagan boʻlsa, baholash jarayonlarida hisobot taqdim etilmagan deb qaraladi.

TB

3 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi haqida umumiy hisobot hamda korrupsiyaga qarshi davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning ijrosi haqidagi hisobot ilova qilinadi

1.2.4.2. Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish boʻyicha rejadagi tadbirlarning bajarilgani.

Izoh. Mazkur indikator boʻyicha ballar rejaning belgilangan muddatlarda tasdiqlanganligi, ulardagi tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilganidan kelib chiqib, 0 — 5 ball oraligʻida belgilanadi.

Tashkilot rahbari tomonidan hisobot davri uchun har yili yanvar oyida tasdiqlangan reja asosida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Monitoring tadbirlari yoʻnalishi:

idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining aktualligi va uning qonunchilik talablari, shu jumladan xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi monitoringi — doimiy ravishda;

OAVda tashkilot xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi axborot mavjudligi monitoringi — doimiy ravishda;

tashkilot xodimlarining korrupsiyaga qarshi tamoyillar va talablar toʻgʻrisida xabardorligi monitoringi — yarim yilda 1-marta;

Nazorat tadbirlari yoʻnalishi:

korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari, “yoʻl xaritalari” ijrosi ustidan nazorat — har chorakda;

korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat — har chorakda.

Bunda:

T/r

Koʻrilgan chora

Ball

1.

Barchasi toʻliq amalga oshirilgan boʻlsa

5 ball

2.

Reja belgilangan muddatda tasdiqlangan, monitoring va nazorat tadbirlari oʻz vaqtida (toʻliq) oʻtkazilgan, lekin yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlarning sifatli bajarilishida qisman kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa

3 ball

3.

Reja kechiktirib tasdiqlangan yoki muddatida tasdiqlangan boʻlib, monitoring va nazorat tadbirlari oʻz vaqtida oʻtkazilmagan yoxud yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha 2 va undan ortiq chora-tadbirlar sifatli bajarilmagan boʻlsa

1 ball

4.

Reja tasdiqlanmagan yoki monitoring va nazorat tadbirlari toʻliq oʻtkazilmagan boʻlsa

0 ball

0 — 5 ball

Reja (tashkilotning barcha jarayonlarini, monitoring va nazorat qilinadigan davri va tekshiruv muddatlarini oʻz ichiga olgan), korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish jurnali va uning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

1.2.4.3. Davlat tashkiloti tomonidan moliyaviy mablagʻlardan (budjet, budjetdan tashqari va oʻz mablagʻlari) foydalanish ustidan ichki nazorat tadbirlarining oʻtkazilishi va samaradorligi.

Nazorat tadbirlari:

hisobot davrida kamida 2-marta oʻtkazilishi;

tashkilotning markaziy apparati tomonidan oʻtkazilishi;

budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, oʻz mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq nazorat tadbirlari inobatga olinadi.

Izoh. Mazkur indikator boʻyicha ballar Agentlik tomonidan, davlat tashkiloti faoliyatida oʻz mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha reja va rejadan tashqari nazorat tadbirlari (korrupsiyaga qarshi qabul qilingan ichki tartib-qoidalar va qonunchilik hujjatlari buzilishi) oʻtkazilgani, ularning natijasida aniqlangan holatlar (qoidabuzarlik turi va yetkazilgan zarar summasi), oldi olingan va undirilgan mablagʻlar (zarar summalari) hamda ular boʻyicha koʻrilgan korrupsiyaning oldini olish choralaridan kelib chiqib, 0 — 5 ball oraligʻida belgilanadi.

Nazorat tadbirlari kamida 2-marta oʻtkazilgan hamda aniqlangan holatlar boʻyicha korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlari tasdiqlanib, ular boʻyicha vazifalar toʻliq amalga oshirilgan boʻlsa, TB, nazorat tadbirlari kamida 2-marta oʻtkazilgan hamda aniqlangan holatlar boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlanib, qisman amalga oshirilgan boʻlsa AB, nazorat tadbirlari kamida 2-marta oʻtkazilgan hamda aniqlangan holatlar boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlanib, amalga oshirilmagan boʻlsa yoki chora-tadbirlar tasdiqlanmagan boʻlsa, QB, nazorat tadbirlari kamida 2-marta oʻtkazilmagan yoki nazorat tadbirlarida tashqi organlar tomonidan jiddiy moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlangan boʻlsa, 0 ball qoʻyiladi.

Nazorat tadbirlari kamida 2-marta oʻtkazilib, holatlar aniqlanmagan hamda tashqi organlar tomonidan nazorat tadbirlari (tekshirish, oʻrganish, monitoring va boshqa tadbirlar) oʻtkazilib, moliyaviy qonunbuzarlik holatlari aniqlanmaganligi oʻz tasdigʻini topgan boʻlsa, 4 ball qoʻyiladi.

TB

5 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Nazorat tadbirlari natijasi boʻyicha maʼlumot (aniqlangan holat, har bir holat boʻyicha qoidabuzarlik turi va yetkazilgan zarar summasi, oldi olingan va undirilgan zarar summalari alohida koʻrsatiladi), nazorat tadbirlari dalolatnomalari, aniqlangan holatlarning oldini olish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar hamda ularni amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

1.2.4.4. Davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabablarini va uni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni, shu jumladan, maishiy korrupsiyani bartaraf etish choralarining koʻrilgani.

Izoh. Agentlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning taqdimnomalari, sud organlarining xususiy ajrimlar boʻyicha korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish boʻyicha tahliliy maʼlumot mavjud boʻlsa va ular boʻyicha zarur choralar toʻliq koʻrilgan boʻlsa, TB, tahliliy maʼlumot mavjud boʻlmasa yoki choralar toʻliq koʻrilmagan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

Agar hisobot davrida taqdimnomalar, xususiy ajrimlar kelib tushmagan boʻlsa, 1 ball qoʻyiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumot va ular boʻyicha koʻrilgan choralarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

1.2.4.5. Davlat tashkilotida korrupsiyaga oid jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud holatlarni aniqlash koʻrsatkichi.

Izoh. Quyidagi formula orqali aniqlanadi:

A / (A+B) *100

Bunda A — davlat tashkiloti tomonidan aniqlanib, tegishli tashkilotlarga yuborilgan holatlar soni, B — boshqa tashkilotlarning maʼlumotlari asosida aniqlangan holatlar soni.

Agar boshqa tashkilotlar tomonidan holatlar aniqlanmagan boʻlsa, 3 ball beriladi.

Davlat tashkiloti tomonidan aniqlangan holatlarning boshqa tashkilotlar tomonidan aniqlangan holatlar soniga nisbati 100 foiz boʻlsa, TB, 70-99 foiz boʻlsa, AB, 30-69 foiz boʻlsa, QB, 0-29 foiz boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Davlat tashkiloti tomonidan va boshqa tashkilotlarning maʼlumotlari asosida aniqlangan korrupsiyaga oid jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklar alomatlari mavjud holatlar soni va tegishli tashkilotlarga yuborilgan asos hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumot, xizmat tekshiruvlari reyestri nusxasi ilova qilinadi

1.2.4.6. Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid odob-axloq qoidalari buzilish holatlarining davlat tashkiloti tomonidan aniqlanish koʻrsatkichi.

Izoh. Quyidagi formula orqali aniqlanadi:

A / (A+B) *100

Bunda A — davlat tashkiloti tomonidan aniqlanib, intizomiy jazoga tortilgan holatlar soni, B — boshqa tashkilotlarning maʼlumotlari asosida aniqlanib, intizomiy jazoga tortilgan holatlar soni.

Agar boshqa tashkilotlar tomonidan holatlar aniqlanmagan boʻlsa, 3 ball beriladi.

Davlat tashkiloti tomonidan aniqlanib, intizomiy jazoga tortilgan holatlarning boshqa tashkilotlar tomonidan aniqlanib, intizomiy jazoga tortilgan holatlar soniga nisbati 100 foiz boʻlsa, TB, 70-99 foiz boʻlsa, AB, 30-69 foiz boʻlsa, QB, 0-29 foiz boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

Odob-axloq qoidalari buzilishi intizomiy qilmish aniqlangan sanadan emas, balki intizomiy jazo qoʻllanishi tasdiqlangan sanadan boshlab tatbiq etiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid intizomiy jazo choralari qoʻllangan holatlar (davlat tashkiloti va boshqa tashkilotlarning maʼlumotlari asosida aniqlangan holatlar kesimida) soni va intizomiy jazo choralari qoʻllangan xodimlar toʻgʻrisida kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan maʼlumot, xizmat tekshiruvlari reyestri nusxasi ilova qilinadi

1.2.4.7. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat tashkiloti faoliyatining samaradorligini oʻrganish maqsadida xodimlar oʻrtasida anonim soʻrovnomalar oʻtkazilgani va natijalari korrupsiyaga qarshi idoraviy rejalarda aks ettirilgani.

Tashkilot oʻz faoliyatining samaradorligini baholash uchun xodimlar oʻrtasida har yili kamida bir marotaba quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha anonim soʻrovnoma oʻtkazishi lozim:

korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan mexanizmlarning samaradorligi;

tashkilot rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatini koʻrsatuvchi xatti-harakatlari va irodasining mavjudligi;

aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligi;

korrupsiya haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish kafolati yetarliligi.

Izoh. Soʻrovnoma barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilib, uning natijalari korrupsiyaga qarshi idoraviy rejalarda aks ettirilgan va hisobot oʻz rasmiy veb-saytida mavjud boʻlsa, TB, barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilmagan yoki korrupsiyaga qarshi idoraviy rejalarda aks ettirilmagan yoxud hisobot oʻz rasmiy veb-saytida mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Soʻrovnoma natijalari aks ettirilgan korrupsiyaga qarshi idoraviy rejalar, rasmiy veb-saytidagi hisobot havolasi ilova qilinadi

Ikkinchi yoʻnalish

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilgani

(jami — 25 ball)

Indikatorlar

Ballar

2.1. Davlat tashkilotining funksiya va vazifalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash boʻyicha baholash oʻtkazilganligi.

Izoh. Koʻrilgan choralardan kelib chiqib, quyidagi 3 ta bosqichda baholanadi:

1. Birinchi bosqich quyidagi ustuvor choralar boʻyicha amalga oshirilgan ishlardan kelib chiqib, 0 — 6 ball oraligʻida baholanadi:

vazifa va funksiyalar bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi xolis baholangani;

barcha vazifa va funksiyalar toʻliq qamrab olingani;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha choralar sifatli (aniq va manzilli) belgilangani.

Bunda

T/r

Koʻrilgan chora

Ball

1.

Barchasi amalga oshirilgan boʻlsa

6 ball

2.

Vazifa va funksiyalar bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi xolis baholangan, barcha vazifa va funksiyalar toʻliq qamrab olingan, lekin korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha choralar sifatli (aniq va manzilli) belgilanmagan boʻlsa

4 ball

3.

Barcha vazifa va funksiyalar toʻliq qamrab olingan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha choralar sifatli (aniq va manzilli) belgilangan boʻlsa, lekin vazifa va funksiyalar bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi xolis baholanmagan boʻlsa

3 ball

4.

Vazifa va funksiyalar bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi xolis baholangan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha choralar sifatli (aniq va manzilli) belgilangan, lekin barcha vazifa va funksiyalar toʻliq qamrab olinmagan boʻlsa

2 ball

5.

1 tasi boʻyicha toʻliq amalga oshirilgan yoki Agentlikning ogohlantirish /taqdimnomasi kiritilgandan soʻng yuqoridagi mezonlar boʻyicha toʻliq yoki qisman amalga oshirilgan boʻlsa

1 ball

6.

Amalga oshirilmagan boʻlsa

0 ball

2. Ikkinchi bosqich quyidagi choralar boʻyicha amalga oshirilgan ishlardan kelib chiqib, 0 — 3 ball oraligʻida baholanadi:

vazifa va funksiyalar bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy xavf-xatarning tavsifi toʻliq va aniq yoritilgani;

funksiyalarni (jarayonlarni) amalga oshirishga oid lavozimlar va tartibga soluvchi mexanizmlar toʻliq aks ettirilgani;

korrupsiyaviy xavf-xatarni bartaraf etish choralarini amalga oshirishga masʼul ijrochilar toʻliq qamrab olingani va muddatlari aniq belgilangani.

Bunda choralarning barchasi toʻliq amalga oshirilgan boʻlsa, 3 ball, 2 tasi amalga oshirilgan boʻlsa, 2 ball, 1 tasi amalga oshirilgan boʻlsa, 1 ball, amalga oshirilmagan boʻlsa, 0 ball qoʻyiladi.

3. Uchinchi bosqichda davlat tashkilotining korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori boʻlgan lavozimlari roʻyxati sifatli va toʻliq shakllantirilgan boʻlsa, 1 ball, sifatli va toʻliq boʻlmasa 0 ball qoʻyiladi.

0 — 10 ball

Davlat tashkilotining umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi, davlat tashkilotining korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori boʻlgan lavozimlari roʻyxati ilova qilinadi

2.2. Aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻrilgan choralar.

Izoh. Mazkur indikator boʻyicha ballar aniqlangan xavf-xatar va minimallashtirish uchun koʻrilgan choralar tabiatidan kelib chiqib, Agentlik tomonidan 0 — 15 ball oraligʻida belgilanadi.

0 — 15 ball

Davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dasturi va uning bandlari ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

Uchinchi yoʻnalish

Davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatini koʻrsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi

(jami — 10 ball)

3.1. Davlat tashkiloti rahbarining xodimlar va jamoatchilik uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaatining mavjudligi, hayʼat yigʻilishlari va boshqa yigʻilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish holatlarining yarim yilda kamida 1-marta tanqidiy koʻrib chiqilgani.

Izoh. Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotining rasmiy veb-saytida murojaat eʼlon qilingan manba havolasi, tegishli hayʼat yigʻilishlari va boshqa yigʻilishlar bayonnomasi ilova qilinadi

3.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilikda belgilangan minimal mezonlar asosida ichki nazorat tuzilmasi (yoki masʼul lavozimi) tashkil etilgani, uning mustaqilligi, zarur resurslar bilan taʼminlangani.

Izoh. Mazkur indikator boʻyicha ballar Agentlik tomonidan, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tuzilmalari (yoki masʼul lavozimlari) orasida elektron platformada toʻldiriladigan chek-list natijalaridan kelib chiqib, 0 — 6 ball oraligʻida belgilanadi.

Ballar quyidagicha taqsimlanadi:

1. Minimal mezonlarga asosan tashkilotning markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va tarkibiy tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (yoki masʼul lavozimlari) toʻliq tashkil etilgan boʻlsa, 4 ball, qisman tashkil etilgan boʻlsa 2 ball, tashkil etilmagan boʻlsa 0 ball.

2. Minimal mezonlar asosida toʻliq tashkil etilib, mustaqilligi (bevosita tashkilotning birinchi rahbariga (kuzatuv kengashiga) boʻysunuvi va hisobdorligi, funksional jihatdan boshqa tuzilmalarga bogʻliq emas) toʻliq taʼminlangan boʻlsa, 1 ball, aks holda 0 ball.

3. Minimal mezonlar asosida toʻliq tashkil etilib, zarur resurslar (texnik, tashkiliy va insoniy resurslar) bilan toʻliq taʼminlangan boʻlsa, 1 ball, aks holda 0 ball.

0 — 6 ball

Elektron platformada chek-list toʻldiriladi

3.3. Davlat tashkiloti rahbari va ularning oʻrinbosarlarining korrupsiyaga moyil sohalarni takomillashtirish, halollikni targʻib qilish, manfaatdor tomonlar bilan muloqotni yoʻlga qoʻyishdagi shaxsiy faolligi.

Davlat tashkiloti rahbariyati (rahbar va oʻrinbosarlar) tomonidan quyidagi shakllarda shaxsiy ishtirok va yetakchilik faoliyati amalga oshirilgan boʻlishi lozim:

korrupsiyaga moyil jarayonlar boʻyicha ishchi guruh (komissiya) tashkil etilishi va bevosita rahbarlik qilish;

ichki xodimlar bilan halollik, odob-axloq qoidalari, manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaning oldini olish masalalari yuzasidan muntazam uchrashuvlar oʻtkazilishi;

tashqi manfaatdor tomonlar (OAV, jamoatchilik, NNT) bilan ochiq muloqot tashkil etilishi;

korrupsiya haqida xabar berishni targʻib qilinishi va xabar bergan xodimlarning ragʻbatlantirilishi;

korrupsiyaga qarshi tashviqot ishlarining (veb-saytdagi eʼlonlar, maqolalar va boshqalar) olib borilishi.

Izoh. Kamida toʻrt shaklda amalga oshirilgan va bu faoliyat dalillar bilan tasdiqlangan boʻlsa, TB, uch yoki ikki shaklda amalga oshirilgan va bu faoliyat dalillar bilan tasdiqlangan boʻlsa, AB, ikki shakldan kam boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

2 ball

AB

1 ball

B

0 ball

Tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

Toʻrtinchi yoʻnalish

Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilgani

(jami — 15 ball)

4.1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki tartib-taomillardan xabardorligi

4.1.1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlar va korrupsiyaga qarshi shartlar bilan mehnat shartnomasida tanishganlik holati.

Izoh. Barcha xodimlar tanishtirilgan boʻlsa, TB, 70 — 99 foizi tanishtirilgan boʻlsa, AB, 30 — 69 foizi tanishtirilgan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi tanishtirilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

5 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlar va korrupsiyaga qarshi shartlar bilan mehnat shartnomasida tanishganini imzosi bilan tasdiqlagan xodimlar roʻyxati ilova qilinadi**

4.2. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilgani

4.2.1. Hisobot yilida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida oʻqitilgani.

Izoh. Barcha xodimlar, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori boʻlgan lavozimlarda faoliyat koʻrsatuvchi xodimlar toʻliq oʻqitilib, maxsus oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlar 100 foiz boʻlsa, TB, 80 — 99 foiz boʻlsa, AB, 40 — 79 foiz boʻlsa, QB, 0 — 39 foiz boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

Bunda har uch yilda kamida bir marta malakasi oshirilishi lozim boʻlgan davlat xizmati lavozimlarida faoliyat koʻrsatuvchi xodimlar soni Agentlik hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan tasdiqlangan yillik oʻqitish reja-grafigi asosida maxsus oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlar ulushidan kelib chiqib hisoblanadi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Hisobot yilida maxsus oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatgan xodimlarning kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan roʻyxati (xodimlar F.I.O., ularning lavozimi va boʻlinmalari, oʻqitilgan sanasi, sertifikat raqami) jadval shaklida ilova qilinadi

4.2.2. Ishga yangi qabul qilingan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus oʻquv kursida oʻqitilgani.

Izoh. Ishga qabul qilingan xodimlar toʻliq oʻqitilgan boʻlsa, TB, toʻliq boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Ishga yangi qabul qilingan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus oʻquv kursida oʻqitilgani toʻgʻrisida kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat (xodimlarning F.I.O., ularning lavozimi, boʻlinmalari, ishga qabul qilingan va oʻqitilgan sanasi, sertifikat raqami) jadval shaklida ilova qilinadi

4.2.3. Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha treninglar oʻtkazish:

barcha xodimlar uchun;

korrupsiyaviy xavf yuqori darajada boʻlgan funksiyalarni bajaruvchi boʻlinmalar uchun.

Izoh: xodimlarning 70 — 100 foizi oʻqitilgan boʻlsa, TB, 50 — 69 foizi oʻqitilgan boʻlsa, AB, 30 — 49 foizi oʻqitilgan boʻlsa, QB, 0 — 29 foizi oʻqitilgan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

5 ball

AB

3 ball

QB

2 ball

B

0 ball

Kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan oʻqitish turlari, shakllari, oʻqitilgan xodimlar soni hamda ularning lavozimi va boʻlinmalari roʻyxati jadval shaklida va ularni tasdiqlovchi bayonnomalar ilova qilinadi

Beshinchi yoʻnalish

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarining samaradorligi

(jami — 8 ball)

5.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tashkil etilgan tadbirlar soni va ularning qamrov darajasi.

Izoh. Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda oʻtkazilgan tadbirlar soni va qamrov darajasida (ishtirokchilar soni) ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa, TB, tadbirlar soni yoki qamrov darajasida (ishtirokchilar soni) kamayish boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

Bunda davlat xizmatchilari uchun tashkil etilgan tadbirlar (seminar, trening, yigʻilish va boshqalar) bu indikatorga kiritilmaydi.

TB

2 ball

B

0 ball

Statistik maʼlumotlar, tadbir bayonnomalari, rasmiy veb-saytidagi havolalari ilova qilinadi

5.2. Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan koʻrgazmali axborot materiallari (videorolik, infografika va boshqalar) va metodik qoʻllanmalar ishlab chiqilgani.

Davlat tashkiloti tomonidan oʻz faoliyati doirasida:

raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish, ochiq davlat xizmatlari, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va korrupsiyani profilaktika qilishga oid yoʻnalishlarda;

videorolik, infografika, elektron broshyura, plakat, metodik qoʻllanma kabi koʻrgazmali materiallar ishlab chiqilgan va yangilangan boʻlishi;

ular tashkilot rasmiy veb-saytida maxsus rukn ostida joylashtirilgan boʻlishi lozim.

Izoh. Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda ishlab chiqilgan materiallar sonida ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa hamda ular toʻliq tashkilotning oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boʻlsa, TB, materiallar soni oʻzgarmagan, lekin saytga toʻliq joylashtirilmagan boʻlsa, AB, tarqatilgan materiallar sonida kamayish boʻlsa yoki oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilmagan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

Har bir material: nomi, mavzusi, sanasi, auditoriyasi, fayl nusxasi yoki havola bilan hujjatlashtiriladi.

Baholashda “faoliyatga oidlik” va “axborot yaroqliligi” mezonlari ham hisobga olinadi.

Agar tashkilot faoliyatida faqat ichki xodimlarga moʻljallangan materiallar mavjud boʻlsa — ular hisobga olinmaydi.

TB

2 ball

AB

1 ball

B

0 ball

Statistik maʼlumotlar, har bir material boʻyicha hujjatlar, davlat tashkilotining rasmiy veb-saytidagi materiallar havolasi ilova qilinadi

5.3. Aholi va keng jamoatchilik fikrini oʻrganish orqali davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini baholash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazilgani va natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqilgani.

Davlat tashkiloti tomonidan har yili ikki marta (yarim yillik asosda) quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazilishi lozim:

tashkilot faoliyatida korrupsiya xavfi boʻyicha jamoatchilik fikri;

aholining ishonch darajasi;

xabar berish imkoniyati, xodimlarning odob-axloq darajasi, xizmatlar sifati;

korrupsiyaning oldini olish choralari samaradorligi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Izoh. Har yarim yilda kamida bir marta soʻrovnoma oʻtkazilib, natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan, hisobot esa oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boʻlsa, TB, har yarim yilda bir marta oʻtkazilmagan yoki takliflar ishlab chiqilmagan yoxud uning natijalari boʻyicha hisobot oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilmagan boʻlsa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Soʻrovnoma natijalari boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan hisobotning oʻz rasmiy veb-saytidagi havolasi ilova qilinadi

5.4. Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklik doirasidagi hamkorligining mavjudligi.

Izoh. Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga “x” belgisi qoʻyiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Maʼlumotlar va materiallar havolasi ilova qilinadi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tizimga davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maxsus roʻyxatlar bilan chegaralab qoʻyiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va oʻzga xil maʼlumotlarni kiritish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tashkiloti tomonidan mazkur maʼlumotlar reyting baholashga taʼsir oʻtkazadi deb hisoblansa, tegishli indikator koʻrsatkichlarini baholash Agentlikning belgilangan ruxsatnomaga ega boʻlgan xodimi tomonidan oʻsha tashkilotga borib amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat tashkilotlari tegishli ustunlarga “x” belgisini qoʻygandan keyin uni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa materiallarni “E-Anticor.uz” elektron platformasiga biriktirishi lozim. Tegishli maʼlumotlar biriktirilmagan taqdirda, platformada avtomatik ravishda eng past ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Agentlik talabiga koʻra tegishli hujjat yoki materiallar qoʻshimcha biriktiriladi va havolalar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Agentlik tanlov asosida xodimlarning korrupsiyaga qarshi ichki hujjatlardan xabardorligi boʻyicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda suhbat oʻtkazishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(Agentlik)

1. Reyting baholashdan oʻtkaziladigan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) roʻyxatini tuzadi.

2. Roʻyxatga kiritilgan davlat tashkilotlariga “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali tegishli maʼlumotlarni kiritish toʻgʻrisida xat kiritadi.

Har yili 5-yanvarga qadar

2-bosqich

Davlat tashkilotlari

“E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlari jadvalini toʻldirish orqali maʼlumot kiritib boradi.

Har yarim yillikda

(10-iyulga qadar)

3-bosqich

Agentlik

1. Davlat tashkilotlari tomonidan “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qilib boradi.

2. Yakuniy reyting baholash natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilishi mumkin boʻlgan davlat organlariga tavsiyalar kiritadi, ularga uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.

Muntazam ravishda

4-bosqich

Davlat tashkilotlari

“E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali yillik (oldingi yilning 1-yanvaridan baholanish oʻtkazilayotgan yilning 1-yanvariga qadar) maʼlumotlarni kiritadi.

Har yili 10-yanvardan kechiktirmasdan

5-bosqich

Agentlik

Yillik maʼlumotlar kiritilgandan keyin tanlov asosida tegishli davlat tashkilotlari maʼlumotlarining haqqoniyligini oʻrganadi.

Har yili 1-fevralga qadar

6-bosqich

Agentlik

Shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ekspertlar guruhi)ga taqdim etadi.

Har yili 5-fevralga qadar

7-bosqich

Ekspertlar guruhi

Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi va quyidagilardan birini Agentlikka taqdim etadi:

dastlabki reyting baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish yoki qisman oʻzgartirish haqida xulosa;

muqobil reyting baholash natijalari.

Har yili 15-fevralga qadar

8-bosqich

Agentlik

1. Ekspertlar guruhi xulosasi (yoki muqobil reyting baholash natijasi)ni puxta tahlil qiladi va unga koʻra dastlabki reytingni oʻzgartirish yoki oʻzgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi.

2. Har bir davlat tashkilotiga uning reyting baholash natijasi haqidagi maʼlumotni yuboradi.

Har yili 20-fevralga qadar

Davlat tashkilotlari

3. Davlat tashkilotlari oʻz reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi, taklif va eʼtirozlarini Agentlikka yuboradi.

Har yili 25-fevralga qadar

4. Agentlik davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan taklif va eʼtirozlarni puxta tahlil qiladi va reyting baholashni oʻzgartirish yoki oʻzgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi.

Har yili 1-martga qadar

9-bosqich

Agentlik

Yakuniy reyting natijalarini Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga kiritadi hamda oʻz rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi.

Har yili 1-mart

10-bosqich

Agentlik

1. Reyting baholash natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlariga samaradorlikni yanada oshirish boʻyicha tavsiyalar kiritadi.

Har yili 15-martga qadar

Davlat tashkilotlari

2. Agentlik tomonidan kiritilgan tavsiyalar ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritib boradi.

Belgilangan muddatlarda

11-bosqich

Davlat tashkilotlari Agentlik

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi va uni Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Har yili 20-martga qadar

2. Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish choralarini koʻradi.

Belgilangan muddatlarda

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 07/22/81/0017-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)