10.12.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2696-3
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2696-3]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/5-son qarori (roʻyxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 374-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 19-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27/7-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/7-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar (bundan buyon matnda zaxiralar deb yuritiladi) shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“aktivlar — kredit, mikroqarz, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qogʻozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablagʻlar, olinishi lozim boʻlgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, bankning boshqa xususiy mulklari, boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari moddalar”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“kredit tavakkalchiligi — qarzdor tomonidan bank oldidagi majburiyatlarini shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmasligi (lozim darajada bajarilmasligi) oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotish (zarar) va/yoki rejalashtirilgan daromadni olmaslik tavakkalchiligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddati oʻtgan qarzdorlik — qarzdor tomonidan shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmagan (lozim darajada bajarilmagan) bank oldidagi majburiyatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aktivning jami qiymati — aktivning bank balansida va balansdan tashqari moddalarda aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz toʻlovlari qoldigʻining ular boʻyicha yaratilgan zaxira ayrilmagan miqdori.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagi mazmundagi 12 — 14-bandlar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“12. Mazkur Nizom talablariga muvofiq quyidagi aktivlar sifati boʻyicha tasniflanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklararo depozitlar va kreditlar, vakillik hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklararo hisob-kitoblarda foydalaniladigan mablagʻlar va banklarga joylashtirilgan boshqa mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning kredit boʻyicha talablari, shu jumladan qarz, kredit, mikroqarz, overdraft (mijozlarning depozit hisobvaraqlaridagi debet qoldigʻi), lizing, faktoring;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek repo kelishuvlari doirasida sotilgan qimmatli qogʻozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olinishi lozim boʻlgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, jarima va penyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan aktivlar boʻyicha talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aktivlar boʻyicha garov hisobidan undirilgan mol-mulklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlab berilgan boʻnaklar va debitorlik qarzdorliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarning, shu jumladan bank kafolati va akkreditivning bank tomonidan bajarilishi natijasida vujudga kelgan aktivlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan balansdan tashqari moddalar, shu jumladan foydalanilmagan kredit liniyalari, kafolatlar, chaqirib olinmaydigan majburiyatlar, savdoga oid moliyalashtirishlar (akkreditiv va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari moddalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Balansdan tashqari moddalarning qiymatini hisoblashda kapital monandligi hisob-kitoblaridagi kreditning qayta hisoblash omili qoʻllanilgandan soʻng chiqqan natijalar olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur Nizom talablari banklarning Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga nisbatan toʻgʻridan toʻgʻri talablariga, shu jumladan sotib olingan davlat qimmatli qogʻozlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Aktivlar boʻyicha qarzdorning muddati oʻtgan qarzdorliklari yoki 2-son kartotekasidagi toʻlov hujjatlari miqdori kichik miqdorga teng yoki undan kam boʻlganda, ushbu aktiv sifatining tasnifi pasaytirilishi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik miqdor deganda jismoniy shaxsga ajratilgan aktiv boʻyicha 100 000 soʻmdan, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorga ajratilgan aktiv boʻyicha 1 000 000 soʻmdan koʻp boʻlmagan hamda aktivning jami qiymatining bir foizidan oshmagan miqdor tushuniladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 9-bandning beshinchi xatboshisidagi “asosiy qarzi va” degan soʻzlardan keyin “(yoki)” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 11, 13, 15, 18, 21, 23, 31, 44, 50, 54 va 55-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“qarzdorning 2-son kartotekasi mavjud boʻlib, undagi toʻlov hujjatlarining muddati 90 kundan oshmagan boʻlsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni soʻndirish boʻyicha toʻlov talabnomasi mavjud boʻlgan yoki faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ishonchli (eʼtimodli) aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼminlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 31 kun va undan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qarzdorning 2-son kartotekasida 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni soʻndirish boʻyicha toʻlov talabnomasi mavjud boʻlgan yoki faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“bank aktivining taʼminot qiymatiga nisbati bankning ichki hujjatlarida koʻrsatilgan chegaradan koʻp boʻlsa (ishonchli (eʼtimodli) aktivlar bundan mustasno);”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻqqizinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qarzdorning 2-son kartotekasida 181 kun va undan ortiq, lekin 365 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni soʻndirish boʻyicha toʻlov talabnomasi mavjud boʻlgan yoki faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 181 kun va undan ortiq, lekin 365 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“20. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “umidsiz” deb tasniflanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdor va lizing oluvchidan undirilgan, garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlardan foydalanish yoʻli bilan tijorat banki tomonidan balansga qabul qilingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan va bank faoliyatini kengaytirish uchun sotib olingan binodan ikki yil mobaynida foydalanilmagan hamda bank faoliyati uchun ortiq foydalanilmay qoʻyilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida sotilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdorning 2-son kartotekasida muddati 366 kun va undan ortiq kunga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 366 kun va undan ortiq kunga muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“22. Bitta qarzdorga berilgan bir nechta aktivlar mavjud boʻlsa, bank oʻzi taqdim etgan aktivni qarzdorga berilgan barcha aktivlar ichida eng past toifada tasniflangan aktiv sifatidek tasniflashi lozim.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“26. Aktivlarning yuqori likvidli taʼminotiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat qimmatli qogʻozlari garovi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank kapitali monandligi hisob-kitoblarida tavakkalchilik darajasi 0 foiz boʻlgan xorijiy davlatlarning hukumatlari va Markaziy banklarining kafolati yoki ular tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar garovi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot banklari kafolati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditor bankdagi depozitlar yoki depozit sertifikatlari garovi kiradi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagi mazmundagi 261-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“261. Aktivlar yuqori likvidli taʼminot bilan taʼminlanganda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaxira miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Z = (AJM — TQ * (1-Ch)) * m
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:

Z — shakllantirilishi lozim boʻlgan zaxira miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AJM — aktivning jami qiymati summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TQ — yuqori likvidli taʼminot qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ch — valyutadagi tafovutni hisobga olish omili. Mazkur omil aktiv ifodalangan valyuta u boʻyicha qabul qilingan taʼminot valyutasidan farq qilmasa 0 ga, farq qilsa 0,1 ga teng boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m — aktiv tasnifi boʻyicha shakllantirilishi lozim boʻlgan zaxira yaratish meʼyori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaxira miqdori 0 yoki undan kichik (manfiy) boʻlsa, aktiv boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaxira shakllantirilmaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“27. Bank tomonidan qabul qilinuvchi mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan garov turlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar, bankdagi depozitlar, depozit sertifikatlar garov sifatida qabul qilingan boʻlsa, ularning muddati tegishli aktivni soʻndirish muddatidan kam boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditor bankdagi depozit garov predmeti boʻlsa, garov shartnomasi shartlariga binoan qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan holatda bankning ushbu mablagʻlarni soʻzsiz nazorat qilish va ularni tasarruf eta olish huquqi boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank aktivi bankdagi depozitlar bilan taʼminlangan boʻlsa, depozit aktivni taʼminlash uchun tegishli hisobvaraqda yuritilishi hamda kredit shartnomasi yoki boshqa shartnomada qarz oluvchi tomonidan aktiv qaytarilmagan yoki majburiyatlari bajarilmagan holda bank akseptsiz tartibda depozitni tasarruf etishi, shuningdek qarz oluvchi ixtiyoriy ravishda ushbu depozitni u bilan taʼminlangan aktivni soʻndirish uchun yoʻnaltirishi mumkin ekanligi shart qilib qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, bank aktivni qaytarish muddati yetib kelgunga qadar depozitdan mablagʻlarni olishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida zarur choralarni koʻrishi va nazorat oʻrnatishi kerak.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagi mazmundagi 271-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“271. Kafolat yuqori likvidli taʼminot hisoblanishi uchun bir vaqtning oʻzida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafolat muddati va asosiy majburiyat muddatlari mos boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda, shartnoma va (yoki) oʻzaro kelishuvda kafolat shartlarini bajarish muddatlariga doir hech qanday cheklovlar boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafil tomonidan taqdim etilgan kafolat hujjatlashtirilgan majburiyat hisoblanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning majburiyatni kafildan toʻgʻridan toʻgʻri talab qilish huquqi boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchining bank oldidagi majburiyati boʻyicha taqdim etilgan kafolat miqdori aniq belgilangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafolat chaqirib olinmaydigan va soʻzsiz boʻlishi, yaʼni bir tomonlama tartibda kafil kafolatni bekor qilishi, kafolat qiymatini oshirishi, kafolat muddatini qisqartirishi, shuningdek kafolat boʻyicha mablagʻlarni toʻliq yoki qisman toʻlamasligiga imkon yaratuvchi shartlarning mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchi kafolat bilan taʼminlangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda, bank kafildan kafolat boʻyicha toʻlovni amalga oshirishini talab qilish huquqi boʻlishi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“28. Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech boʻlmaganda bittasi oʻzgartirilgan boʻlsa, ular shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foiz stavkasining pasaytirilishi, shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan qisman voz kechilishi, aktivning foydalanilmagan qismi kamaytirilishi bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foizlar va (yoki) asosiy qarzga doir toʻlovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aktivning asosiy qismi va (yoki) foizlarining toʻlash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi, mijozni moliyalashtirishni boshlash muddati oʻzgarishi hisobiga toʻlov grafigining yoki toʻlovlar toʻlanadigan oy ichida toʻlov sanasining oʻzgartirilishi bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼminot turining oʻzgartirilishi, kreditning bir qismi qaytarilganligi munosabati bilan taʼminotdan chiqarilgan hamda aktiv summasini garov summasiga nisbati bankning ichki hujjatlarida koʻrsatilgan chegaradan koʻp boʻlmagan holatlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foizlarning kapitalizatsiya qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shartlardan birini yoki bir nechtasini qoʻllagan holda qarz oluvchining oʻzgartirilishi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Quyidagi mazmundagi 281-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“281. Kredit shartnomasi shartlari quyidagicha oʻzgartirilganda kredit tasnifi oʻzgartirilmaydi va shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb tasniflanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foiz stavkasi pasaytirilganda, bunda oʻzgartirishdan soʻng milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam boʻlmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit valyutasi oʻzgartirilganda, bunda kredit xorijiy valyutadan milliy valyutaga oʻzgartirilganda kreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam boʻlmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditning imtiyozli davri 6 oygacha uzaytirilganda, bunda dastlabki grafik boʻyicha foizlar toʻliq toʻlangan va yangi grafikda foiz toʻlovlari nazarda tutilgan hamda kreditning imtiyozli davri tugamagan va birinchi marta uzaytirilayotgan boʻlishi, shuningdek shartnomaning oxirgi muddatini uzaytirish uzaytirilayotgan imtiyozli muddatdan koʻp boʻlmasligi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, kredit shartnomasi shartlari qayta koʻrib chiqilayotgan vaqtda qarzdorning barcha banklardan olingan kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi va uning krediti sifati “standart” yoki “substandart” toifasida boʻlishi hamda qayta koʻrib chiqilayotgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni toʻlashda soʻnggi 6 oy ichida muddati kechiktirilgan kunlarning jami miqdori 60 kundan oshmagan boʻlishi lozim.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. 30-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“36. Tijorat banki aktivining jami qiymatiga nisbatan aktivlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“standart” deb tasniflanganda bir foiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“substandart” deb tasniflanganda oʻn foiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qoniqarsiz” deb tasniflanganda yigirma besh foiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“shubhali” deb tasniflanganda ellik foiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“umidsiz” deb tasniflanganda yuz foiz miqdorda bank xarajati hisobidan zaxira shakllantirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tijorat banki maxsus zaxiralarni aktivlarni tasniflash uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan sanadan boshlab shakllantirishi va ular boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalarini dasturlashgan holda amalga oshirishi lozim.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. 361-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“361. Aktiv qaysi valyutada vujudga kelgan boʻlsa, maxsus zaxira ham ushbu aktiv valyutasida har bir aktiv uchun alohida shakllantirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar sifati standart deb tasniflangan jami aktivlar qoldigʻiga nisbatan har oyning yakuniga qadar milliy valyutada shakllantirilishi lozim.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxirani shakllantirish va undan foydalanishga oid buxgalteriya oʻtkazmalari Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (roʻyxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr) muvofiq amalga oshiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son)