1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek avtomobil transportida yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish boʻyicha elektron axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron axborot tizimi) ishlab chiqilganligi hamda Toshkent shahrida “test rejimida” ishlatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish boʻyicha elektron axborot tizimi 2022-yil 1-yanvardan 1-martga qadar “test rejimida” joriy etiladi va 2022-yil 1-martdan toʻliq ishga tushiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-martdan boshlab shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tenderda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan hamda elektron axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) (keyingi oʻrinlarda — shaharlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazishning asosiy tamoyillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha tender takliflarining tarkibiga qoʻyiladigan talablar, takliflarni baholash va gʻolibni aniqlash mezonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tender gʻolibini aniqlash, ochiq tender gʻolibi bilan shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2022-yil 1-yanvarga qadar Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda elektron axborot tizimini Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan avtotransport vositalari, avtotransport ijara shartnomalari va yoʻl-transport hodisalari, tashuvchilar nomiga rasmiylashtirilgan koʻchmas mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazalari bilan oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqilsin va 2022-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda barcha yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari tarmogʻini aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda takomillashtirish, harakatlanuvchi tarkibni bosqichma-bosqich yangilash, yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda shaharlarda barqaror yoʻlovchi tashish transport tizimlarini yaratish nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorning mazmuni va mohiyati toʻgʻrisida tashuvchilar oʻrtasida muntazam ravishda targʻibot ishlarini olib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 6-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
738-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarni (keyingi oʻrinlarda — tenderlar) elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimi — yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron platforma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam yoʻnalish — avtotransport vositalarining tasdiqlangan yoʻnalish sxemasi, harakatlanish jadvali, yoʻl haqi tariflariga muvofiq muayyan manzillar oraligʻida belgilangan qatnov yoʻli (keyingi oʻrinlarda — yoʻnalish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lot — tenderda eʼlon qilingan yoʻlovchi tashish yoʻnalishi (yoʻnalishlar paketi, yoʻnalishning alohida jadvali (muayyan qatnovi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega boʻlgan, tijorat shartlari asosida yoʻlovchilar va bagaj tashish xizmatlarini koʻrsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — tenderda qatnashish istagini bildirgan tashuvchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashchi — tenderlarda qatnashish uchun takliflarni axborot tizimi orqali taqdim etgan talabgor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender gʻolibi — lot boʻyicha taqdim etgan takliflari baholash natijalariga koʻra eng koʻp ballar toʻplagan tender qatnashchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma (kontrakt) — tashuvchi hamda vakolatli organ oʻrtasida ommaviy oferta shaklida muayyan muddatga tuziladigan, yoʻnalishda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi yuridik hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalish pasporti — yoʻnalish toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni tavsiflovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalish (lot) talablari — yoʻnalish pasporti asosida vakolatli organ tomonidan shakllantiriladigan, yoʻnalishda xizmat koʻrsatishning asosiy shartlari aks etgan maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish, yoʻnalishlarni vaqtincha biriktirish va tender tashkillashtirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar oʻrtasidagi hamda xalqaro yoʻnalishlarda (keyingi oʻrinlarda — shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar) — Transport vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yoʻnalishlarda va Qoraqalpogʻiston Respublikasi doirasidagi yoʻnalishlarda (keyingi oʻrinlarda — shahar va viloyat ichki yoʻnalishlari) — Transport vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vakolatli organning tenderlarni tashkillashtirish va oʻtkazish doirasidagi asosiy vakolatlari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishliligi boʻyicha yoʻnalishlarni ochish, yopish hamda oʻzgartirish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishlarning pasporti va talablarini ishlab chiqish va axborot tizimiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkaziladigan tenderlar toʻgʻrisidagi eʼlonlarni (lotlarni) axborot tizimiga hamda ommaviy axborot vositalariga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender gʻolibining lot boʻyicha takliflar koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender gʻolibining har bir avtotransport vositasiga yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron guvohnomalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma shartlariga amal qilinmaslik holatlari yuzasidan dalolatnomalarni rasmiylashtirish hamda belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish choralarini koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tenderda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan hamda axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs qatnashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shartnomaning amal qilish davrida bir yoʻnalishda faqat bitta tashuvchi xizmat koʻrsatadi. Yoʻnalishning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari) boʻyicha xizmat koʻrsatuvchilar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tashuvchiga tender oʻtkazilmasdan yoʻnalishda ishlash huquqi berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi yoʻnalish ochilgandan keyin uzogʻi bilan ikki oy mobaynida yangi yoʻnalishda yoʻlovchi oqimi oʻrganilishi va avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻcha-yoʻl tarmogʻida kutilmagan vaziyatlar sharoitida, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yoʻnalishlar joriy etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yarmarka va festivallarning faoliyat koʻrsatishi davrida vaqtinchalik yoʻnalishlarning tashkil etilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik yoʻnalishlarni tashkil etish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Vaqtinchalik yoʻnalishlar uzogʻi bilan ikki oy muddatga tashkil etiladi. Vaqtinchalik yoʻnalishlarni tashkil etish tashabbusi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashuvchilar va fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari chiqishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Buyurtmalar boʻyicha soatbay haq toʻlash asosida amalga oshiriladigan tashish xizmatlari yoʻnalishlari uchun tender tashkil etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yoʻnalish tashuvchi xizmatisiz qolib ketgan taqdirda mazkur yoʻnalishni vakolatli organ birinchi murojaat etgan tashuvchiga uning arizasiga asosan navbatdagi tendergacha, uzogʻi bilan oltmish kungacha vaqtincha biriktirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yoʻnalishni vaqtincha biriktirish masalasidagi arizalar vakolatli organ tomonidan oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish jarayonida tashuvchining takliflari yoʻnalish talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda yoʻnalish vaqtincha biriktirib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yoʻnalishni tashuvchiga vaqtincha biriktirish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma rasmiylashtirmasdan yoʻnalishda xizmat koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yoʻnalishda xizmat koʻrsatish yuzasidan tashuvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddati tugagach, yoʻnalish qayta tenderga qoʻyiladi. Shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vakolatli organ yoʻnalish talablariga oʻzgartirishlar kiritishga qaror qilsa, yoʻnalish pasporti unga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlanadi. Yoʻnalishga xizmat koʻrsatish yuzasidan tashuvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilishi davrida yoʻnalish pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar (yoʻnalish sxemasi, harakat jadvallari, qatnov soni, avtotransport hamda tarifdagi oʻzgarishlar) kiritish tomonlarning kelishuviga hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tender oʻtkazishning asosiy tamoyillari va tenderlarni tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tenderni oʻtkazish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishlarni tashuvchilar oʻrtasida, ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar qonuniy, xolisona taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchilar transporti xizmat koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashchilar tender hujjatlarida qayd etilgan yagona talablar va yoʻlovchilar tashish qoidalari asosida raqobatlashishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tenderlar faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda oʻtkazilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tenderda eng manfaatli shartlarini taklif etgan tashuvchiga yoʻnalishni biriktirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan tenderlar tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Vakolatli organlar tenderga qoʻyiladigan yoʻnalishlar (yoʻnalishlar paketlari yoki jadvali) roʻyxatini tayyorlaydi, lot talablari, tender predmetini, tender vaqtini, tender oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin axborot tizimiga kiritadi va bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Axborot tizimiga joylashtirilgan yoʻnalish pasporti, eʼlon qilingan lotlar va yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq maʼlumot hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Lotga quyidagilar qoʻyilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida yoʻnalishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki va undan ortiq yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan yoʻnalishlar paketlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzunligi kamida 100 km boʻlgan yoʻnalishlarning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yoʻnalishlar paketlarini shakllantirishda yoʻnalishlarning ahamiyati va rentabelliligi hisobga olinadi. Paketga yuqori rentabelli yoʻnalishlar bilan bir qatorda aholiga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan norentabel yoʻnalishlar yoki ushbu yoʻnalishlarning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari) kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yoʻnalish talablari toʻgʻri belgilanishi uchun vakolatli organlarning rahbarlari shaxsan javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Talabgorlar tomonidan tender takliflarini taqdim etish muddati tender eʼlon qilingan kundan boshlanib, tender oʻtkaziladigan sanadan bir kun oldin tugaydi. Tender takliflarini qabul qilishning yakuniy sanasi va vaqti vakolatli organlar tomonidan belgilanadi va axborot tizimda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida toʻlovni amalga oshirishi kerak. Mablagʻlar Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasida jamlanadi hamda ulardan yoʻnalishlarni oʻrganish, tenderlar oʻtkazishni tashkil etish va oʻtkazish uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Talabgorlar quyidagi maʼlumotlarni axborot tizimi orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalish pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Axborot tizimida tender oʻtkazilgunga qadar tenderning u yoki bu qatnashchisi tomonidan yuborilgan takliflarni koʻrish imkoniyati boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tender boʻyicha takliflar mazmuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tender boʻyicha takliflar quyidagi koʻrsatkichlar va axborotlarni (mezonlarni) oʻzida aks ettirishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda, xarajatlarni toʻliq qoplashni hisobga olgan holda, yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositasining toifasi (kategoriyasi) (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomobil) va klassi hamda ishlab chiqarilgan yili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy sigʻimi (shu jumladan yoʻlovchi oʻrindiqlari soni);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasi (agar mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtobus va mikroavtobusning bazaviy komplektatsiyasida yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi (agar mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) shaharlararo — viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha “a” kichik bandda qayd etilgan mezonlar qoʻllanadi (beshinchi xatboshidagi koʻrsatkichdan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qatnashchi tender boʻyicha takliflarning barcha bandlariga doir haqqoniy, toʻliq va batafsil axborot yuborishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tender takliflarini yuborishda yoʻnalish talabida belgilanganidan koʻp yoki kam sonli avtotransport vositalarini axborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning oʻzida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yoʻnalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada koʻrsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tender boʻyicha takliflarni baholash va gʻolibni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Axborot tizimida lot boʻyicha kamida bir qatnashchi tomonidan takliflar kelib tushsa takliflar baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Lot boʻyicha tashuvchilarning takliflari kelib tushmasa, ushbu Nizomda belgilangan tartibda yoʻnalish talabgor chiqquniga qadar, uzogʻi bilan toʻrt marta takroriy tenderga qoʻyiladi. Agar toʻrtta tenderda lot boʻyicha birorta ham takliflar kelib tushmasa, ushbu yoʻnalish vaqtincha toʻxtatilib turiladi va keyingi tenderlarga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Agar shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishi boʻyicha ketma-ket toʻrtta tenderda birorta ham takliflar kelib tushmasa mazkur yoʻnalish norentabel avtobus yoʻnalishi sifatida hisobga olinadi (Toshkent shahri bundan mustasno) hamda tashuvchiga vaqtincha biriktirilgan taqdirda belgilangan tartibda subsidiyalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Agar lot boʻyicha faqat bir nafar qatnashchidan taklif kelib tushsa, uning tender takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlsa mazkur qatnashchi gʻolib deb hisoblanadi hamda yoʻnalishda (yoʻnalishlar paketida yoki jadvalida) yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻladi. Agar qatnashchining tender takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlmasa, axborot tizimi tomonidan rad etiladi va takroriy tender tashkil etilishi kerak. Bunda yoʻnalishga (yoʻnalishlar paketiga yoki jadvalga) qoʻyiladigan talablarning qayta koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Qatnashchilardan tender boʻyicha kelib tushgan takliflar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq maxsus axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Tender boʻyicha takliflarni baholashning yakuniy bali har bir qatnashchi boʻyicha aniqlanadi. Eng koʻp ball toʻplagan qatnashchi tender gʻolibi deb eʼtirof etiladi. Agar baholash natijalariga koʻra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan boʻlsa, u holda gʻolib teng ballar olgan qatnashchilarning tender takliflardagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Tenderlar yakunlari, xususan qatnashchilardan kelib tushgan takliflar mazmuni, hisoblangan ballar, qatnashchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, takliflarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish natijalari axborot tizimida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Tender natijalari boʻyicha maʼlumotlar Transport vazirligining rasmiy veb-saytiga tender oʻtib boʻlganidan keyin oʻn besh ish kuni ichida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tender gʻolibining takliflarida koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqiyligini oʻrganish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Vakolatli organ tender gʻolibining barcha takliflaridagi maʼlumotlar haqiqiyligini oʻrganishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Tender gʻolibining takliflari vakolatli organning masʼul xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganiladi. Zaruriyat boʻlganida takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish jarayoniga Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari jalb etilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish vaqti va manzili tender gʻolibi va vakolatli organ oʻrtasida oldindan kelishiladi hamda tender gʻolibi aniqlanganidan keyin oʻn kun ichida amalga oshiriladi. Takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish jarayonini ochiq va shaffof tashkil etish maqsadida boshqa tashuvchilar kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Vakolatli organning masʼul xodimi haqiqiyligini oʻrganishdan oldin tenderning barcha ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni axborot tizimiga kiritishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Tender ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatga ega aloqalari boʻlgan vakolatli organ masʼul xodimlari keltirilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganishda ishtirok etmasligi kerak. Uning oʻrniga boshqa xodim keltirilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish uchun tayinlanadi. Masʼul xodim tomonidan affillanganlik toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlari axborot tizimida maxfiy saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Takliflarning asosliligi va ularda keltirilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganishga quyidagilar inobatga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositasi kategoriyasi, klassi hamda oʻrindiqlari soni va axborot tizimiga kiritilgan boshqa maʼlumotlari ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan maʼlumotlarga mos kelishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositasining bazaviy komplektatsiyasida yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklarning mavjudligi hamda ularning soz va funksional holatdaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda nazarda tutilgan holatlardan biri yoki bir nechtasining haqiqiyligini tasdiqlanmasa, tashuvchining keltirilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlanmagan mezon boʻyicha toʻplagan barcha ballari bekor boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Vakolatli organ tender gʻolibining axborot tizimi orqali yuborgan takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Oʻrganish natijalari va tegishli fototasvirlar vakolatli organ tomonidan axborot tizimiga kiritib-yuklanadi. Yuklangan maʼlumotlar shartnomaning amal qilish muddati yakunlanishiga qadar saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Vakolatli organ oʻtkazilgan oʻrganish natijalaridan norozi boʻlgan tender qatnashchilariga tushuntirishlar berishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Tender gʻolibi bilan hujjatlarni rasmiylashtirish va bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Tender gʻolibi tomonidan lot boʻyicha taklif qilingan avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalari sakkiz kun muddat ichida rasmiylashtirilib boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Vakolatli organ bilan tender gʻolibi oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnoma ommaviy oferta shaklida axborot tizimga tender gʻolibi aniqlanganidan keyin oʻn kun ichida avtomatik tarzda joylashtiriladi. Tender gʻolibi besh kun ichida joylashtirilgan shartnomani akseptlaydi (taklifni qabul qiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Quyidagi holatlarda ochiq tender qatnashchisining tender gʻolibligi bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lot boʻyicha taklif qilingan avtotransport vositalari boʻyicha maʼlumotlar vakolatli organga (oldindan kelishilgan vaqt va manzilga) ularning haqiqatda mavjudligini oʻrganish uchun taqdim qilinmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalari belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilib boʻlinmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimiga joylashtirilgan shartnoma belgilangan muddatda sababsiz akseptlanmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lot boʻyicha takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlanmaganligi oqibatida toʻplangan ballar keyingi qatnashchi toʻplagan ballaridan kamayib ketsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq tender qatnashchisining tender gʻolibligi bekor qilingan taqdirda eng koʻp ballar miqdori boʻyicha keyingi qatnashchi tender gʻolibi deb eʼtirof etiladi. Keyingi qatnashchining tender takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini ham ushbu Nizomning 5-bobida nazarda tutilgan tartibda oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Lot boʻyicha taklif yuborgan yagona qatnashchining yoki barcha qatnashchilarning tender gʻolibligi bekor qilingan taqdirda mazkur yoʻnalish boʻyicha belgilangan tartibda qayta tenderga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha — Transport vazirligi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar, shahar atrofi va viloyat ichki yoʻnalishlar boʻyicha — Transport vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Shartnoma tuzilganidan soʻng tenderda gʻolib chiqqan qatnashchining lot boʻyicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Guvohnomalar QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan himoyalangan boʻladi hamda tender gʻolibi tomonidan axborot tizimi orqali yuklab olinishiga imkoniyat yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Tender gʻolibi bilan shartnoma tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili koʻrsatkichlariga muvofiq, quyida keltirilgan tabaqalashtirilgan muddatlarga tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tenderda taklif etilgan jami avtotransport vositalari parkining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 yilgacha boʻlsa, shartnoma 5 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 yildan 5 yilgacha boʻlsa, shartnoma 4 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6 yildan 8 yilgacha boʻlsa, shartnoma 3 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9 yildan 11 yilgacha boʻlsa, shartnoma 2 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12 yil va undan oshiq (avtobuslar uchun 12 yildan 14 yilgacha) boʻlsa, shartnoma 1 yil muddatga tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransport vositalari parkining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili koʻrsatkichi taklif etilgan avtotransportlarning umumiy ishlab chiqarilgan yilini avtotransport soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender gʻolibining xohishiga koʻra shartnoma belgilangan muddatdan kamroq muddatga ham tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Tashuvchi tomonidan shartnoma talab va shartlariga rioya qilmaslik holati aniqlansa, vakolatli organning masʼul xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Quyidagi hollarda vakolatli organ shartnomani bir tomonlama bekor qilish yuzasidan iqtisodiy sudga murojaat qiladi (shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ masʼul xodimlari oʻtkazgan monitoring natijalariga koʻra tender gʻolibining lot boʻyicha takliflari haqiqiy emas deb topilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchi shartnoma talab va shartlarini uch marotaba buzsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining litsenziyasi bekor qilinsa, tugatilsa yoki sud qaroriga asosan oʻn kundan ortiq muddatga toʻxtatilsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Shartnoma muddatidan avval bekor qilingan taqdirda har bir avtotransport vositasiga berilgan elektron guvohnomalar bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarida turli sabablarga koʻra qatnovlarni amalga oshirish imkoniyati boʻlmasa, ularning oʻrniga kamida shunday texnik parametrlarga ega va tender talablariga mos keladigan avtotransport vositalari almashtirish uchun taklif etiladi. Tashuvchi tomonidan avtotransport vositasini almashtirish yuzasidan asoslangan takliflar vakolatli organga taqdim etiladi. Avtotransport vositalari almashtirilgan taqdirda elektron guvohnoma qayta rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Shartnoma shartlariga qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar tomonlarning qoʻshimcha kelishuviga asosan kiritiladi. Shartnoma shartlariga hamda yoʻnalish pasportiga qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar kiritilishi amaldagi tender gʻolibining tenderda toʻplagan ballari kamayib ketishiga olib kelmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Elektron tarzda oʻtkazilgan ochiq tender yakunlaridan norozi boʻlgan tender qatnashchilari belgilangan tartibda sud organlariga murojaat etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Mazkur ilova 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.

Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar
Ishtirokchilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Vakolatli organ
Tenderga qoʻyiladigan yoʻnalishlarni (yoʻnalishlar paketlari yoki jadvali) belgilaydi.
Tender oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin
Tenderga qoʻyilgan yoʻnalishlarni (lotlarni) belgilangan tartibda axborot tizimiga joylashtiradi va OAVda eʼlon qiladi.
2-bosqich
Tenderda qatnashish istagi boʻlgan talabgor
Tenderda qatnashish uchun eʼlon berilgan lotlar bilan tanishib chiqadi.
Lot boʻyicha takliflarni axborot tizimi orqali yuboradi.
Tender eʼlon qilinganidan boshlab tender oʻtkazilishiga 1 kun qolgunga qadar
3-bosqich
Axborot tizimi
Kelib tushgan tender takliflarni belgilangan tartibda avtomatik tarzda baholaydi.
Tender oʻtkazish kuni
Lot boʻyicha gʻoliblarni aniqlaydi
Tender yakunlari boʻyicha hisobotlarni taqdim etadi.
4-bosqich
Vakolatli organ
Tender gʻolibining barcha takliflaridagi maʼlumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.
Tender gʻolibi aniqlangan kundan boshlab 10 kun ichida
Axborot tizimi
Tender gʻolibiga shartnomani akseptlash uchun joylashtiradi.
Tender gʻolibi aniqlangan kundan boshlab 10 kun ichida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender boʻyicha takliflarga beriladigan ballar va baholash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA

1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saroydan foydalanish koeffitsiyenti — avtotransport vositalaridan foydalanishning samaradorligini belgilovchi koʻrsatkich;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
minimal ball — tashuvchi tomonidan yuborilgan takliflarning baholanishi natijasida toʻplanishi zarur boʻlgan ball miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashchi — ochiq tenderlarda qatnashish uchun takliflarni taqdim etgan talabgor.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tender boʻyicha takliflarni baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻnalish nomi
Taklif natijalari
ball
Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlardagi 1 yoʻlovchi/km uchun tarifning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan darajasi
Taklif etilgan tarif talabdan 21% va undan past
5
Taklif etilgan tarif talabdan 10 — 20% oraligʻida past
4
Taklif etilgan tarif talabga mos (4% gacha yuqori)
3
Taklif etilgan tarif talabdan 5 — 10% gacha yuqori
2
Taklif etilgan tarif talabdan 11 — 20% gacha yuqori
1
Taklif etilgan tarif talabdan 21% va undan yuqori
0
Shahar ichki yoʻnalishlarida 1 yoʻlovchi uchun yoʻlkiraning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi
Taklif etilgan tarif talabdan 21% va undan past
5
Taklif etilgan tarif talabdan 10 — 20% oraligʻida past
4
Taklif etilgan tarif talabga mos
3
Taklif etilgan tarif talabdan baland
0
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.

Yoʻnalishdagi tarifning tender qatnashchisi tomonidan taklif etilayotgan darajasi uchun — tashish tarifi darajasini talab qilinayotganga nisbatan pasaytirishning har bir punkti uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda besh balli tizim boʻyicha baholanadi (bunda, misol uchun: tender talablarida tarif darajasi 1400 soʻm miqdorida belgilangan. Qatnashchi tomonidan tarif darajasi 1200 soʻm miqdorida taklif etilgan. Bunday holatda tarif darajasiga quyidagicha hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 x 1200 : 1400 = 85,7
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100% — 85,7% = 14,3 %
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 1200 soʻm tarif darajasi talab etilgan darajadan 14,3 % kamroqni tashkil etmoqda. Jadvalning 1.2-bandi boʻyicha taklif etilgan tarif talabdan 10-20% oraligʻida past boʻlsa, 4 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan 1200 soʻm tarif uchun 4 ball hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar atrofi, shaharlararo yoʻnalishlar talabida 1 yoʻlovchi — km uchun tarif darajasi 80 soʻm miqdorida belgilangan boʻlsa, ammo qatnashchi tomonidan 90 soʻm taklif etilgan boʻlsa ham yuqoridagi formulaga asosan hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 x 90 : 80 = 112,5
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100% — 112,5% = -12,5 %
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 90 soʻm tarif darajasi talab etilgan darajadan 12,5 % koʻproqni tashkil etmoqda. Jadvalning 1.1-bandi boʻyicha taklif etilgan tarif talabdan 11-20% gacha yuqori boʻlsa, 1 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan 1 yoʻlovchi — km uchun tarif darajasi 90 soʻm boʻlganda 1 ball hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatnashchi tomonidan taklif etilgan har bir transport vositasi uchun, uning ishlab chiqarilgan yiliga koʻra ishlatilish yillari (necha yil oʻtgani) uchun belgilangan ballar jamlanadi hamda saroydan foydalanish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, texnik ishlatish tavsifiga muvofiq talab qilinadigan transport vositalari soniga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Misol uchun: tender talablarida yoʻnalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda 6 ta transport vositasi boʻlishi belgilangan. Qatnashchi tomonidan taqdim etilgan takliflarda 4 ta avtotransport vositasi uchun (ishlatilish yili 3 yil) ballarning soni 7 balldan (4 x 7) = 28 ballga va 2 ta avtotransport vositasi uchun (ishlatilish yili 13 yil) ballarning soni 3 balldan (2 x 3) = 6 ballga teng boʻladi. Bunday holatda transport vositasining ishlab chiqarilgan yili uchun tender boʻyicha takliflarning bahosi [(28 + 6) : 6] = 5,66 ballni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq boʻlgan avtobuslar baholanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransport vositalarini ishlatilish yilini (ishlab chiqarilganidan necha yil oʻtgani) aniqlashda avtotransportning guvohnomasidagi ishlab chiqarish yili maʼlumotidan (ishlab chiqarilgan oyidan qatʼiy nazar) kelib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy sigʻimi koʻrsatkichlari (shu jumladan yoʻlovchi oʻrindiqlari soni) quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mezon nomi
Taklif natijalari
ball
avtotransport vositasining umumiy sigʻimi (shu jumladan oʻrindiqlari soni)
Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 11% va undan yuqori
5
Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 5 — 10% oraligʻida yuqori
4
Taklif etilgan koʻrsatkich talab etilgan koʻrsatkichga mos
3
Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 5 — 10% oraligʻida past
2
Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 11% va undan past
1
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar, shahar atrofi yoʻnalishlarida avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy sigʻimi boʻyicha ballar avtotransport vositalarining umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soniga (oʻrindiqlar soniga) yoʻlovchilarning turish oʻrinlari sonini qoʻshish asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlararo-viloyatlararo hamda shaharlararo-viloyat ichki yoʻnalishlarida avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy sigʻimi avtotransport vositalarining oʻrindiqlari soni asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan sigʻimi darajasini talab qilinayotganga nisbatan koʻpaytirishning har bir punkti uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda besh balli tizim boʻyicha baholanadi. Bunda, misol uchun: tender talablarida avtotransportning umumiy sigʻimi koʻrsatkichi 222 miqdorida belgilangan. Qatnashchi tomonidan sigʻim koʻrsatkichi 232 miqdorida taklif etilgan. Bunday holatda sigʻim koʻrsatkichi quyidagicha hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 x 232 : 222 = 104,5
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100% — 104,5% = -4,5 %
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 232 sigʻim darajasi talab etilgan darajadan 4,5 % koʻproqni tashkil etmoqda. Jadvalning 3-bandi boʻyicha taklif etilgan sigʻim darajasi talabdan 5 — 10% gacha yuqori boʻlsa, 4 ball berilishi belgilangan. Mazkur holatda 4,5 % koʻrsatkichi 5% koʻrsatkich deb hisoblanadi Demak, taklif etilgan 232 sigʻim miqdori uchun 4 ball hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yoʻnalishdagi qatnovlarning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan soni talab etilgan qatnovlar soniga mos yoki undan ortiq boʻlsa, 3 ball hisoblanadi. Agar taklif etilgan qatnovlar soni talab etilgan qatnovlar sonidan kam boʻlsa, ball berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni boʻyicha baholash faqat shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yoʻnalishlar uchun tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasi (faqat avtobus va mikroavtobus) talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelsa, 3 ball hisoblanadi. Agar taklif etilgan avtotransport vositasi talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelmasa, ball berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari uchun yengil avtomobillarning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan klassi (agar yoʻnalishga yengil avtomobillar talab etilayotgan boʻlsa) koʻrsatkichlari quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-band faqat yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari uchun, agar yoʻnalishga yengil avtomobil transporti vositasi talab etilayotgan boʻlsa, tatbiq qilinadi. Qatnashchi tomonidan taklif etilgan avtotransport kategoriyalari/klasslari boʻyicha aniqlangan ballar jamlanadi va yoʻnalish boʻyicha talab qilinayotgan jadvallar soniga boʻlinadi. Misol uchun: lot talablarida yoʻnalishda ishlashi uchun tuzilgan 5 ta jadvalni avtotransportlar bilan taʼminlash uchun, saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olganda, avtotransport soni (5 : 0,8) = 6 ta boʻlishi belgilangan. Qatnashchi tomonidan yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari uchun 4 ta №exia va 2 ta Spark taklif etilgan taqdirda, ballarning soni 4 ta №exia uchun 3 balldan (4 x 3) = 12 ballga va 2 ta Spark uchun 2 balldan (2 x 2) = 4 ballga teng boʻladi. Klasslar boʻyicha ballar miqdori qoʻshiladi va talab qilingan jadvallar soniga boʻlinadi [(12 + 4) : 5] = 3,2 ball. Bunday holatda transport vositalarining klassi uchun lot boʻyicha takliflarning bahosi 4,4 ballga teng boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtobuslar va mikroavtobuslar uchun 3 balldan hisoblanadi, agar avtotransport vositalari talab etilgan kategoriyalarga mos kelsa. Misol uchun, qatnashchi tomonidan taklif etilgan 10 ta avtobus kategoriyalari talabga mos boʻlsa, barcha ballar miqdori qoʻshiladi va talab qilingan jadvallar soniga boʻlinadi [(10 x 3) : 8] = 3,75 ball. Bunday holatda avtobuslarning kategoriyalari uchun lot boʻyicha takliflarning bahosi 3,75 ballga teng boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositasi kategoriyasi (klasslari) uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi, agar transport vositasi tender qatnashchisining mulki boʻlsa. Bundan tashqari, transport vositasi kategoriyasi (klasslari) uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi, agar transport vositasi elektr quvvati bilan harakatlanadigan, elektrodvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega boʻlgan avtomototransport vositasi boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransport vositalari kategoriyalari toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-sonli qarori bilan muomalaga chiqarilayotgan Gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentdan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ushbu yoʻriqnomaning 7-bandidagi yengil avtomobillar roʻyxatida koʻzda tutilmagan klasslar va ular boʻyicha tabaqalashtirilgan ballar Transport vazirligi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtobus va mikroavtobusning bazaviy komplektatsiyasida yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi uchun quyidagi jadvalga muvofiq koeffitsiyent qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mezon nomi
Qoʻllash uchun koeffitsiyent
Avtobus va mikroavtobusning bazaviy komplektatsiyasida yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi
konditsioner (iqlim-nazorati tizimi)
1,20
internet
1,15
biohojatxona
1,10
avtobusning nogironlarga va aholining boshqa harakatlanishi cheklangan guruhlariga moslashganligi
1,10
telefon quvvatlagichlari
1,05
har bir oʻrindiqda monitor (planshet)
1,05
bekatlarni eʼlon qilish audio tizimi
1,05
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu band faqat 8 oʻrindan oshiq avtobuslar va mikroavtobuslar uchun tatbiq etiladi. Tashuvchi qoʻshimcha qulayliklarni doim soz va funksional holatda saqlanishini taʼminlash majburiyatini oladi. Band bilan belgilangan koeffitsiyentlar miqdori har bir avtotransport uchun alohida hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransportlar talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelganidan keyin ularning salonida qulayliklar yaratilgani uchun belgilangan shkala asosida 1 ballga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Misol uchun, tashuvchi tomonidan taklif etilgan 10 avtotransportlarning barchasi konditsioner bilan jihozlangan, shundan 5 ta avtotransportda internet xizmati ulangan va 2 ta avtotransport oʻrindiqlari monitorlar bilan jihozlangan. Bunda ballar quyidagicha hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 x 1,20 = 1,2 x 10 = 12 konditsioner uchun ball
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 x 1,15 = 1,15 x 5 = 5,75 internet uchun ball
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 x 1,05 = 1,05 x 2 = 2,1 monitorlar uchun ball
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha ballar qoʻshiladi hamda taklif etilgan umumiy avtotransport soniga boʻlinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(12+5,75+2,1) : 10 = 1,98
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Demak, taklif etilgan 10 avtotransportda qoʻshimcha qulayliklar yaratilgani uchun 1,98 ball hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qatnashchi tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar rejasi quyidagicha baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchilarni har kungi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun barcha sharoitlarni yaratganlik uchun 1 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilgan avtotransport vositalari sonidan kelib chiqib, barcha haydovchilariga 30 soatlik dastur boʻyicha Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatganligi uchun 1 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilgan barcha avtotransport vositalarining old oynalariga videoregistrator oʻrnatganlik uchun 1 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilgan barcha avtotransport vositalarini “GPS” rejimida masofadan kuzatish tizimiga ulaganlik uchun 1 ball.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilgan barcha avtotransport vositalarini avtomatlashgan toʻlov tizimiga ulaganlik uchun 1 ball.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransport vositalarini har kuni reysdan oldingi texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun hamda haydovchilarni har kungi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish talablari haqida maʼlumotlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 19-fevralda 2560-son bilan roʻyxatdan oʻtgan “Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarordan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Barcha mezonlar boʻyicha olingan ballar qoʻshilib, umumiy (yakuniy) ball aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar baholash natijalariga koʻra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan boʻlsa, u holda gʻolib teng ballar olgan qatnashchilarning tender takliflaridagi quyidagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Mezon nomi (ustuvorligi boʻyicha ketma-ketlikda)
1.
Avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili.
2.
Avtobus va mikroavtobusning bazaviy komplektatsiyasida yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi.
3.
Avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy sigʻimi (shu jumladan yoʻlovchi oʻrindiqlari soni).
4.
Yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasi.
5.
Yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ikki va undan ortiq yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan yoʻnalishlar paketlarini baholashda ballar paket ichidagi yoʻnalishlar boʻyicha alohida hisoblanadi hamda umumlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tashuvchining takliflari yoʻnalish talablariga muvofiqligi yoʻnalish boʻyicha yigʻilishi zarur boʻlgan minimal ball toʻplanganligi bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tenderlar oʻtkazish boʻyicha amaliy tajriba toʻplanishiga qarab, Transport vazirligi tomonidan tabaqalashtirilgan va qoʻshimcha ballarga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNASI

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda hamda yoʻnalishli taksida yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yoʻnalish pasporti (yoʻnalish hujjatlari) — yoʻnalish toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni tavsiflovchi hujjatlar (yoʻnalish pasporti elektron shaklda boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi yigirma yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“muntazam yoʻnalishlar — tasdiqlangan yoʻnalish sxemasi, harakatlanish jadvali, yoʻl haqi tariflariga muvofiq avtotransport vositalarining muayyan manzillar oraligʻida belgilangan qatnov yoʻli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9. Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) shaharlar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Transport vazirligi) hududiy boʻlinmalari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) viloyatlararo-shaharlararo yoʻnalishlarda — Transport vazirligi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xalqaro yoʻnalishlarda — Transport vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlarning transport sohasidagi vakolatli organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“10. Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yoʻnalishlar uchun yoʻnalish pasporti yoʻnalishning tegishliligi boʻyicha Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi (shu jumladan elektron tarzda) hamda unda quyidagilar boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yangi avtobus yoʻnalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiluvchi Transport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshida “transporti bilan avtobusda” soʻzlari “avtotransporti bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“18. Yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqiga vakolatli organ bilan yoʻnalishlarida yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi shartnomani tuzgan tashuvchi ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchilarni muntazam (yoʻnalishli) tashish yoʻnalishlarida shartnoma tuzmasdan ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda 400 km va undan uzoq yoʻnalishlarda avtotransport vositalarida yoʻlovchilar tashishni bir haydovchi bilan tashkil etish taqiqlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“61. Ochilishi rejalashtirilayotgan yoʻnalishlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yoʻl, kommunal va boshqa), shuningdek yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillaridan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyalar aʼzolari oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan yoʻnalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyalar yangi yoʻnalish ochish yuzasidan quyidagi choralarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchilarning tashishga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) harakat sxemasini belgilaydi va avtomobil yoʻli sharoitini oʻrganadi hamda yoʻnalishni qonunchilikda belgilangan harakat xavfsizligi talablariga mos boʻlishini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yoʻnalish boʻylab sinov qatnovlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yoʻnalishni ochish yoki ochmaslik yuzasidan asoslangan xulosa tayyorlaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“64. Tekshirish natijalariga koʻra yoʻnalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida komissiyaning xulosasi beriladi. Xulosaga, shuningdek, harakat sharoitlarini yaxshilashga va yoʻnalishda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan va istiqboldagi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha komissiyaning takliflari ham kiritiladi. Tekshirish xulosasi yoʻnalish hujjatlari bilan birgalikda bir nusxasi Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalarida va ikkinchi nusxasi tashuvchida saqlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“68. Yangi yoʻnalishlarini ochishda yoʻl harakati xavfsizligi maqsadida temir yoʻldan kesib oʻtishni inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Agar buning iloji boʻlmagan taqdirda avtotransport vositalarining temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanishiga yoʻnalishni tekshiruvchi komissiya taqdimnomasiga koʻra, temir yoʻl boshligʻi yoki temir yoʻllarni kesib oʻtish yoʻllari tasarrufida boʻlgan tashkilot rahbarining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlarda umumiy uzunligiga koʻra bir-birini 50 foizdan koʻp boʻlgan masofa oraligʻida takrorlovchi avtobus bilan yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari ochilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar va shahar atrofida yangi yoʻnalishlarni tashkil qilishda yoʻnalish sxemasi bir-birini 50 foizdan koʻp boʻlgan masofa oraligʻida takrorlash holatlarini inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Bunda avtobus yoʻnalishlari ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“69. Vaqtinchalik (mavsumiy) yoʻnalishlari, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
past qoplamali yoʻllar boʻylab avtotransport harakatini ochish talab etilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransportlarning ogʻirlik parametrlari va hajmlarining avtomobil yoʻllari haqiqiy toifalariga muvofiqligini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllari, koʻchalar uchastkalari boʻylab, sunʼiy inshoot, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va parom orqali oʻtish boʻyicha ularning texnik holati, muhandislik uskunalari, saqlash darajasi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqilganda avtotransport harakatini ochish zarur boʻlganda tashkil etilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“70. Vaqtinchalik yoʻnalishlarni ochishda yoʻnalishning amal qilish muddati (davri), shuningdek avtotransport harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida tashuvchilar, yoʻl, kommunal va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar kompleksi aniq koʻrsatilishi kerak”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71-bandda “avtobus yoʻnalishini” soʻzlari “yoʻnalishlarni” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“72. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda (tabiiy hodisalar sababli yoʻllar, yoʻl inshootlari buzilishi, yoʻl yoki meteorologiya sharoitlarining harakat xavfsizligi taʼminlab boʻlmaydigan darajagacha yomonlashishi, issiqlik, gaz, elektr kommunikatsiyalarida va boshqa kommunikatsiyalardagi avariyalar) tashuvchilar, yoʻl, kommunal tashkilotlar yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari yoki Transport vazirligining hududiy boʻlinmalari avtotransportlar harakatini darhol toʻxtatish huquqiga egadirlar, ayni paytda bu haqda tegishli tashuvchilar, yoʻl, kommunal xoʻjaligi tashkilotlariga, yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalariga xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransport harakatini vaqtincha toʻxtatish tartibi yoʻnalishlarni ochish va yopish vakolatlari berilgan organlar tomonidan belgilanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74-bandda “avtobus yoʻnalishlarining” soʻzlari “yoʻnalishlarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“75. Avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiya tarkibi mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlari bilan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyalar xulosalari asosida yoʻnalishni ochish boʻyicha qarorlar yoʻnalishning tegishliligi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — Transport vazirligining hududiy boʻlinmalari boshliqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — Transport vaziri tomonidan qabul qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 76-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“76. Vakolatli organning yoʻnalishni ochish boʻyicha ijobiy qaroriga asosan yoʻnalishlar hujjatlari (pasporti) ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muntazam yoʻnalishlar yoʻl, ob-havo va boshqa sharoitlar oqibatida hamda uzoq davr mobaynida (kamida 1 yil) tashuvchisiz qolgan taqdirda vaqtincha toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muntazam yoʻnalishlarni vaqtincha toʻxtatib turish boʻyicha qarorlar yoʻnalishlarni ochish va yopish boʻyicha vakolatga ega organ tomonidan qabul qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi X bob qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“X. Avtobus haydovchilari tomonidan mehnat va dam olish tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Avtobusda tashuvlarni amalga oshiruvchi korxonalar koʻl ostidagi barcha hujjatlardan: haydovchining ish grafigi, yoʻl varaqasi, shaxsiy nazorat kitobchasi, taxograf yozuvlarining tahlili natijalaridan foydalangan holda avtobus haydovchisini boshqaruv vaqti, ish va dam olish vaqtini nazorat qilib boradi. Mehnat va dam olish tartibi buzilgan hollarda korxona darhol ularni bartaraf etishi va kelgusida ularga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Avtobuslar yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ish beruvchi tomonidan haydovchilarni yoʻnalishdagi harakat vaqtida charchogʻini aniqlash qurilmalari bilan jihozlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Haydovchining mehnat va dam olish tartibini taʼminlamagan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻrsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan taxograflardan foydalanishga ruxsat etiladi. Liniyaga taxografi yoʻq yoki taxograf nosoz holda avtobuslarni chiqargan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Korxona haydovchining haqiqiy ishlash va dam olish tartibini tasdiqlovchi hujjatlarni, taxograf yozuvlarini, foydalanilgan shaxsiy nazorat kitobchalarini oxirgi yozuv qayd etilgan kundan boshlab oʻn ikki oy davomida saqlashi va nazoratchi talabiga muvofiq unga taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Har bir avtobus haydovchisi kun davomida shaxsiy nazorat kitobchasiga dam olish soatlarini qayd etib borishi kerak. U oʻz yonida nazorat kitobchasini olib yurishi va nazoratchi talabiga koʻra taqdim etishi shart. Agar avtobus elektron yoki raqamli nazorat moslamasi (taxograf) bilan jihozlangan boʻlsa, nazorat kitobchasi boʻlishi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Avtobus haydovchilarining smenalar orasidagi dam olish vaqtini aniqlash yoʻl varaqasidagi haqiqiy garajdan chiqish maʼlumotlari bilan avvalgi kun uchun garajga kirib kelganlik maʼlumotlarini taqqoslash yoʻli bilan Chipta-hisob va yoʻl varaqalarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga mos ravishda amalga oshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 13-bandda “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“avtomobil tashuvlari yoʻnalishlarini tender boʻyicha amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtiradi, shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi, yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatish huquqini beruvchi namunaviy shartnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4) tegishliligi boʻyicha shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Mazkur ilova 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Shahar yoʻlovchilar transportida ochiq tenderlar tashkil etish va ularni oʻtkazish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 17-avgustdagi 350-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 29-iyuldagi 368-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga ilovaning 10-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 5-iyundagi 245-son qaroriga 9-ilovaning 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarori)” 2006-yil 29-maydagi 98-son qaroriga 1-ilovaning 1- va 2-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlar oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 16-fevraldagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 1- va 2-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 10- va 13-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-apreldagi 238-son qaroriga 4-ilovaning 1- va 2-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 6- va 8-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)” 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarda xorijiy avtotashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 9-iyundagi 434-son qaroriga 6-ilovaning 1- va 2-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qaroriga ilovaning 14-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori) 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 5- va 6-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga 1-ilovaning 3- va 4-bandlari.