1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek avtomobil transportida yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish boʻyicha elektron axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron axborot tizimi) ishlab chiqilganligi hamda Toshkent shahrida “test rejimida” ishlatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish boʻyicha elektron axborot tizimi 2022-yil 1-yanvardan 1-martga qadar “test rejimida” joriy etiladi va 2022-yil 1-martdan toʻliq ishga tushiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-martdan boshlab shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tenderda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan hamda elektron axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) (keyingi oʻrinlarda — shaharlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazishning asosiy tamoyillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha tender takliflarining tarkibiga qoʻyiladigan talablar, takliflarni baholash va gʻolibni aniqlash mezonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tender gʻolibini aniqlash, ochiq tender gʻolibi bilan shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2022-yil 1-yanvarga qadar Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda elektron axborot tizimini Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan avtotransport vositalari, avtotransport ijara shartnomalari va yoʻl-transport hodisalari, tashuvchilar nomiga rasmiylashtirilgan koʻchmas mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazalari bilan oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqilsin va 2022-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda barcha yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari tarmogʻini aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda takomillashtirish, harakatlanuvchi tarkibni bosqichma-bosqich yangilash, yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda shaharlarda barqaror yoʻlovchi tashish transport tizimlarini yaratish nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorning mazmuni va mohiyati toʻgʻrisida tashuvchilar oʻrtasida muntazam ravishda targʻibot ishlarini olib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 6-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
738-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarni (keyingi oʻrinlarda — tenderlar) elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimi — yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron platforma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat qiluvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmasi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam yoʻnalish — avtotransport vositalarining tasdiqlangan yoʻnalish sxemasi, harakatlanish jadvali, yoʻl haqi tariflariga muvofiq muayyan manzillar oraligʻida belgilangan qatnov yoʻli (keyingi oʻrinlarda — yoʻnalish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lot — tenderda eʼlon qilingan yoʻlovchi tashish yoʻnalishi (yoʻnalishlar paketi, yoʻnalishning alohida jadvali (muayyan qatnovi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchi — mulk huquqi yoki ijara shartnomasi asosida avtotransport vositasiga ega boʻlgan, tijorat shartlari asosida yoʻlovchilar va bagaj tashish xizmatlarini koʻrsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — tenderda qatnashish istagini bildirgan tashuvchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashchi — tenderlarda qatnashish uchun takliflarni axborot tizimi orqali taqdim etgan talabgor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender gʻolibi — lot boʻyicha taqdim etgan takliflari baholash natijalariga koʻra eng koʻp ballar toʻplagan tender qatnashchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma (kontrakt) — tashuvchi hamda vakolatli organ oʻrtasida ommaviy oferta shaklida muayyan muddatga tuziladigan, yoʻnalishda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi yuridik hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
brutto-shartnoma — yoʻnalishlarda cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashish xizmatlari uchun “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalish pasporti — yoʻnalish toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni tavsiflovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalish (lot) talablari — yoʻnalish pasporti asosida vakolatli organ tomonidan shakllantiriladigan, yoʻnalishda xizmat koʻrsatishning asosiy shartlari aks etgan maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender harakatlari — tashuvchiga muntazam yoʻnalishni biriktirish uchun tender eʼlon qilishdan boshlab tender takliflarini taqdim etish, baholash, gʻolibni aniqlash va oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) rasmiylashtirish bilan yakunlanadigan harakatlar majmui.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish, yoʻnalishlarni vaqtincha biriktirish va tender tashkillashtirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar oʻrtasidagi hamda xalqaro yoʻnalishlarda (keyingi oʻrinlarda — shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar) — Transport vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yoʻnalishlarda va Qoraqalpogʻiston Respublikasi doirasidagi yoʻnalishlarda (keyingi oʻrinlarda — shahar va viloyat ichki yoʻnalishlari) — Transport vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vakolatli organning tenderlarni tashkillashtirish va oʻtkazish doirasidagi asosiy vakolatlari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishliligi boʻyicha yoʻnalishlarni ochish, yopish hamda oʻzgartirish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishlarning pasporti va talablarini ishlab chiqish va axborot tizimiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkaziladigan tenderlar toʻgʻrisidagi eʼlonlarni (lotlarni) axborot tizimiga hamda Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender gʻolibining har bir avtotransport vositasiga yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron guvohnomalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender gʻolibi bilan shartnoma (brutto-shartnoma) tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma (brutto-shartnoma) talab va shartlariga rioya qilmaslik holati aniqlanganda qonunchilik hujjatlariga va/yoki shartnomaga (brutto-shartnomaga) muvofiq tegishli chora qoʻllash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ brutto-shartnoma tizimi doirasida shahar ichi avtobus yoʻnalishlari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
brutto-shartnoma asosida tenderga chiqariladigan yoʻnalishlarni belgilaydi, ularning pasporti va talablarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishlarning boshlangʻich narxini shakllantiradi hamda iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yoʻnalishlarni tenderga chiqarish jadvallari tasdiqlanishini taʼminlaydi va tender toʻgʻrisida Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida eʼlon qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tenderda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan, belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkazilgan (texnik jihatdan soz) va mulk huquqi yoki ijara shartnomasi asosida yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasiga ega boʻlgan hamda axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs qatnashishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish davrida bir yoʻnalishda faqat bitta tashuvchi xizmat koʻrsatadi. Yoʻnalishning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari) boʻyicha xizmat koʻrsatuvchilar bundan mustasno.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vakolatli organ tomonidan quyidagi holatlarda yoʻnalishlar tashuvchiga tender oʻtkazilmasdan oltmish kun muddatgacha bir marotaba vaqtincha biriktiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yarmarka va festivallarning faoliyat koʻrsatishi davrida vaqtincha yoʻnalishlar tashkil etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishda xizmat koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnoma muddatidan avval belgilangan tartibda bekor qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishda xizmat koʻrsatish uchun tenderda lot boʻyicha talabgorlardan birorta ham taklif kelib tushmaganda yoki tender natijalari boʻyicha gʻolib aniqlanmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan vaqtinchalik yoʻnalishlarni tashkil etish tashabbusi bilan faqatgina respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari chiqishlari mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Buyurtmalar boʻyicha soatbay haq toʻlash asosida amalga oshiriladigan tashish xizmatlari yoʻnalishlari uchun tender tashkil etilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 9-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 10-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yoʻnalishni vaqtincha biriktirish boʻyicha eʼlon axborot tizimiga avtomatik ravishda hamda Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻnalishni vaqtincha biriktirish haqidagi arizalar eʼlon berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza berish muddati tugagandan soʻng axborot tizimida vaqtincha biriktirish uchun taklif etilgan avtotransport vositasi ishlab chiqarilgan yili (ishlab chiqarilgan yildan boshlab necha yil oʻtgani) elektron hamkorlik yoʻli bilan tegishli vazirlik va idoralardan elektron soʻrov orqali aniqlanadi va axborot tizimida ushbu Nizomga 2-ilovaning 3-bandiga muvofiq avtomatik baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yoʻnalishni vaqtincha biriktirishda bir nechta tashuvchining takliflari (avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili) teng boʻlsa, axborot tizimida birinchi murojaat etgan tashuvchiga biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining takliflari yoʻnalish talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, yoʻnalishda vaqtincha faoliyat yuritish boʻyicha ommaviy oferta shartnomasi rasmiylashtiriladi hamda axborot tizimida avtomatik ravishda tender harakatlari boshlanadi (yarmarka va festivallarning faoliyat koʻrsatishi davrida vaqtincha yoʻnalishlardan tashqari). Bunda tashuvchi ommaviy oferta shartnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab toʻrt ish kunida avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalari rasmiylashtirishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 12-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yoʻnalishni tashuvchiga vaqtincha biriktirish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma rasmiylashtirmasdan yoʻnalishda xizmat koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yoʻnalishda xizmat koʻrsatish yuzasidan tashuvchi bilan tuzilgan shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish muddati tugagach, yoʻnalish oʻttiz kalendar kun avval axborot tizimida avtomatik ravishda qayta tenderga qoʻyiladi. Shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish muddatini uzaytirishga ruxsat berilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vakolatli organ yoʻnalish talablariga oʻzgartirishlar kiritishga qaror qilsa, yoʻnalish pasporti unga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlanadi. Yoʻnalishga xizmat koʻrsatish yuzasidan tashuvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilishi davrida yoʻnalish pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar (yoʻnalish sxemasi, harakat jadvallari, qatnov soni, avtotransport hamda tarifdagi oʻzgarishlar) kiritish tomonlarning kelishuviga hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tender oʻtkazishning asosiy tamoyillari va tenderlarni tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tenderni oʻtkazish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishlarni tashuvchilar oʻrtasida, ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar qonuniy, xolisona taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchilar transporti xizmat koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashchilar tender hujjatlarida qayd etilgan yagona talablar va yoʻlovchilar tashish qoidalari asosida raqobatlashishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tenderlar faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda oʻtkazilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tenderda eng manfaatli shartlarini taklif etgan tashuvchiga yoʻnalishni biriktirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan tenderlar tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Vakolatli organlar tenderga qoʻyiladigan yoʻnalishlar (yoʻnalishlar paketlari yoki jadvali) roʻyxatini tayyorlaydi, lot talablarini, tender predmetini, tender vaqtini, tender oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin axborot tizimiga kiritadi va bu haqda Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida eʼlon qiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Axborot tizimiga joylashtirilgan yoʻnalish pasporti, eʼlon qilingan lotlar va yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq maʼlumot hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Lotga quyidagilar qoʻyilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida yoʻnalishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki va undan ortiq yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan yoʻnalishlar paketlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzunligi kamida 100 km boʻlgan yoʻnalishlarning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yoʻnalishlar paketlarini shakllantirishda yoʻnalishlarning ahamiyati va rentabelliligi hisobga olinadi. Paketga yuqori rentabelli yoʻnalishlar bilan bir qatorda aholiga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan norentabel yoʻnalishlar yoki ushbu yoʻnalishlarning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari) kiritilishi mumkin, shahar avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yoʻnalish talablari toʻgʻri belgilanishi uchun vakolatli organlarning rahbarlari shaxsan javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
231. Tender harakatlari sud hujjatiga asosan toʻxtatilganda tender gʻolibi bilan shartnoma tuzilgunga qadar amaldagi tashuvchi yoʻnalishda vaqtincha faoliyat yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender harakatlarini toʻxtatishga asos boʻlgan sud hujjati bekor boʻlganda yoki sud hujjatiga asosan tender harakatlarini toʻxtatish muddati tugaganda, tender harakatlari toʻxtatilgan muddatdan boshlab, tender oʻtkazish davrining qolgan muddatiga davom ettiriladi.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Talabgorlar tomonidan tender takliflarini taqdim etish muddati tender eʼlon qilingan kundan boshlanib, tender oʻtkaziladigan sanadan bir kun oldin tugaydi. Tender takliflarini qabul qilishning yakuniy sanasi va vaqti vakolatli organlar tomonidan belgilanadi va axborot tizimda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish xarajatlarini qoplash maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida toʻlovni amalga oshirishi kerak. Mablagʻlar Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasida jamlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Talabgorlar quyidagi maʼlumotlarni axborot tizimi orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalish pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Axborot tizimida tender oʻtkazilgunga qadar tenderning u yoki bu qatnashchisi tomonidan yuborilgan takliflarni koʻrish imkoniyati boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tender boʻyicha takliflar quyidagi koʻrsatkichlar va axborotlarni (mezonlarni) oʻzida aks ettirishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) shahar avtobus yoʻnalishlari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda avtobus bosib oʻtadigan har bir kilometr masofaning taklif etilayotgan narxlari darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtobuslarning ishlab chiqarilgan yili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtobuslarning tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy sigʻimi (shu jumladan, yoʻlovchi oʻrindiqlari soni);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtobuslarning ekologik tozaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtobuslarning mulkida (balansida) boʻlgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender talablarida yoʻnalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda, yoʻnalishdagi avtotransport vositalarining hisoblangan soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda, xarajatlarni toʻliq qoplashni hisobga olgan holda, yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositasining toifasi (kategoriyasi) (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomobil) va klassi hamda ishlab chiqarilgan yili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositasining yoʻlovchilar tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy sigʻimi (shu jumladan, yoʻlovchi oʻrindiqlari soni);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilgan barcha avtotransport vositalarini sunʼiy yoʻldosh orqali harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan jihozlash va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilish majburiyatini olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) shaharlararo — viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha “b” kichik bandda qayd etilgan mezonlar qoʻllanadi hamda tender talablarida yoʻnalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda, yoʻnalishdagi avtotransport vositalarining hisoblangan soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) brutto-shartnoma asosida moliyalashtiriladigan yoʻnalishlar boʻyicha — “a” kichik bandda qayd etilgan mezonlarga qoʻshimcha ravishda yoʻnalishning yakuniy narxi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qatnashchi tender boʻyicha takliflarning barcha bandlariga doir haqqoniy, toʻliq va batafsil axborot yuborishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tender takliflarini yuborishda yoʻnalish talabida belgilanganidan koʻp yoki kam sonli avtotransport vositalarini axborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning oʻzida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yoʻnalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada koʻrsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tender boʻyicha takliflarni baholash va gʻolibni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Axborot tizimida lot boʻyicha kamida bir qatnashchi tomonidan takliflar kelib tushsa takliflar baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Agar lot boʻyicha faqat bitta qatnashchidan taklif kelib tushsa, uning tender takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlsa, mazkur qatnashchi gʻolib deb hisoblanadi hamda yoʻnalishda (yoʻnalishlar paketida yoki jadvalida) yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qatnashchining tender takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki qatnashchidan takliflar kelib tushmasa, takroriy tender tashkil etilishi kerak. Bunda lot boʻyicha ikki marta tender takliflari kelib tushmasa, yoʻnalish (yoʻnalishlar paketi yoki jadval) talablarini qayta koʻrib chiqishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lot yoʻnalish gʻolibi aniqlangunga qadar, uzogʻi bilan toʻrt marta axborot tizimida avtomatik tarzda takroriy tenderga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar toʻrtta tenderda lot boʻyicha birorta ham takliflar kelib tushmasa, ushbu yoʻnalish vaqtincha toʻxtatilib turiladi va keyingi tenderlarga qoʻyilmaydi, shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Agar shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishi boʻyicha ketma-ket toʻrtta tenderda birorta ham takliflar kelib tushmasa, mazkur yoʻnalish norentabel avtobus yoʻnalishi sifatida hisobga olinadi (Toshkent shahri bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norentabel avtobus yoʻnalishlari qayta ochiq tenderga qoʻyiladi hamda mazkur Nizomning 57-bandiga muvofiq shartnoma tuzilganidan soʻng belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 36-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Qatnashchilardan tender boʻyicha kelib tushgan takliflar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq maxsus axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Tender boʻyicha takliflarni baholashning yakuniy bali har bir qatnashchi boʻyicha aniqlanadi. Eng yuqori ball toʻplagan qatnashchi tender gʻolibi deb eʼtirof etiladi. Agar baholash natijalariga koʻra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan boʻlsa, u holda gʻolib teng ballar olgan qatnashchilarning tender takliflaridagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mezonlar ustuvorligi boʻyicha ketma-ketlikda hisoblangan ballar ham teng boʻlgan taqdirda, tender takliflarini birinchi bergan qatnashchi gʻolib deb topiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Tenderlar yakunlari, xususan, qatnashchilardan kelib tushgan takliflar mazmuni, hisoblangan ballar, qatnashchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimida shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish muddati tugagandan yoki bekor qilingandan soʻng uch yil saqlanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Tender natijalari boʻyicha maʼlumotlar Transport vazirligining rasmiy veb-saytiga tender oʻtib boʻlganidan keyin oʻn besh ish kuni ichida joylashtiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 5-bobning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Tender gʻolibi bilan hujjatlarni rasmiylashtirish va bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Vakolatli organ bilan tender gʻolibi oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnoma (brutto-shartnoma) ommaviy oferta shaklida axborot tizimiga tender gʻolibi aniqlanganidan keyin oʻsha kunni oʻzida avtomatik tarzda joylashtiriladi. Tender gʻolibi bir kun ichida joylashtirilgan shartnomani akseptlaydi (taklifni qabul qiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender gʻolibi tomonidan oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) akseptlangandan (taklifni qabul qilgandan) soʻng tender harakatlari yakunlangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender gʻolibi bilan ommaviy oferta shartnoma (brutto-shartnoma) rasmiylashtirilgan kundan boshlab (shaharlararo yoʻnalishlar bundan mustasno) oʻn ish kunida shartnomada koʻrsatiladigan avtotransport vositalarini sunʼiy yoʻldosh orqali harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan jihozlashi va vakolatli organning avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilishi lozim.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Tender gʻolibi bilan oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) rasmiylashtirilgandan soʻng toʻrt ish kunida avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalarini rasmiylashtirishi shart.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Quyidagi holatlarda qatnashchining tender gʻolibligi bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tender takliflarida notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan muddatda lot boʻyicha barcha avtotransport vositalari vakolatli organning avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilinmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalarini belgilangan muddatlarda rasmiylashtirib boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimiga joylashtirilgan shartnoma belgilangan muddatda akseptlanmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qatnashchining tender gʻolibligi bekor qilinganda, oferta shartnomasi (brutto-shartnoma) ham avtomatik bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq tender qatnashchisining tender gʻolibligi bekor qilingan taqdirda, eng yuqori ballar miqdori boʻyicha keyingi qatnashchi tender gʻolibi deb eʼtirof etiladi va keyingi qatnashchilarga ham mazkur tartib amal qiladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Lot boʻyicha taklif yuborgan yagona qatnashchining yoki barcha qatnashchilarning tender gʻolibligi bekor qilingan taqdirda mazkur yoʻnalish boʻyicha belgilangan tartibda qayta tenderga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Elektron axborot tizimidagi tender yakunlari asosida tender gʻolibi bilan shartnomalar tuzish:
(54-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha — Transport vazirligi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar, shahar atrofi va viloyat ichki yoʻnalishlar boʻyicha — Transport vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat — Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Shartnoma tuzilganidan soʻng tenderda gʻolib chiqqan qatnashchining lot boʻyicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron guvohnoma ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan pasportga muvofiq rasmiylashtiriladi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Tender gʻolibi bilan shartnoma (brutto-shartnoma) tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili koʻrsatkichlariga muvofiq, quyida keltirilgan tabaqalashtirilgan muddatlarga tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomalar tender gʻolibi va vakolatli organ oʻrtasida 7 yil muddatgacha tuziladi. Shartnoma muddati vakolatli organning axborot tizimi orqali avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili oʻrtacha koʻrsatkichlariga muvofiq avtomatik tarzda quyidagicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tenderda taklif etilgan jami avtotransport vositalari parkining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 yilgacha boʻlsa (2 yil ham kiradi), shartnoma 7 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 yildan 5 yilgacha (5 yil ham kiradi) boʻlsa, shartnoma 5 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6 yildan 7 yilgacha (7 yil ham kiradi) boʻlsa, shartnoma 3 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8 yildan oshgan boʻlsa, shartnoma 1 yil muddatga tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransport vositalari parkining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili koʻrsatkichi taklif etilgan avtotransportlarning umumiy ishlab chiqarilgan yilini avtotransport soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
M1 toifadagi avtotransport vositalari tender taklifiga taqdim etilganda, ishlab chiqarilgan yilidan qatʼiy nazar shartnoma berish muddati 1 yil etib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender gʻolibining xohishiga koʻra shartnoma belgilangan muddatdan kamroq muddatga ham tuzilishi mumkin, brutto-shartnoma bundan mustasno.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjatiga muvofiq ushbu yoʻnalishda qatnashgan boshqa tashuvchining ballari tiklangan taqdirda, tender gʻolibi bilan tuziladigan shartnoma muddati shartnoma berilgan kundan hisoblanadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Shartnoma talab va shartlari tender gʻolibining lot boʻyicha kiritgan takliflari asosida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan oʻttiz kalendar kun avval axborot tizimida avtomatik ravishda yoʻnalish boʻyicha tender harakatlari boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda vakolatli organ tender harakatlari boshlanishidan oldin yoʻnalish talabini qayta koʻrib chiqishi mumkin.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Tashuvchi tomonidan shartnoma talab va shartlariga rioya qilmaslik holati aniqlansa, nazorat qiluvchi organning masʼul xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonliqarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 61-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Shartnoma muddatidan avval bekor qilingan taqdirda har bir avtotransport vositasiga berilgan elektron guvohnomalar bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarini shartnoma rasmiylashtirilgandan boshlab uch oy muddatda almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining avtotransport vositasi ekspluatatsiyaga yaroqsizligi haqidagi xulosasi mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender gʻolibining tenderda toʻplagan ballari kamayib ketmagan taqdirda almashtirish uchun taklif etilgan avtotransport vositalariga elektron guvohnoma qayta rasmiylashtiriladi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Tender gʻolibi lot boʻyicha quyidagi majburiyatlarni bajarishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq lot boʻyicha taklif etgan tarif darajasi asosida kamida bir yil yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yoʻnalishlarga sunʼiy yoʻldoshli harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan toʻliq jihozlangan avtotransport vositalarini chiqarish hamda ularning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida belgilangan serverga muntazam uzatilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qatnayotgan avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, ularning tashqarisida va salonlari ichida tozalash-yuvish ishlarini, yoʻnalishga shartnomada koʻrsatilgan miqdorda toʻliq jihozlangan avtotransport vositalari belgilangan tartibda chiqarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) jismoniy va yuridik shaxslarning yoʻlovchilarni muntazam tashishlar bilan bogʻliq murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etish va aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarga videokuzatuv tizimlari bilan jihozlangan avtobuslarni chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) shaharlararo-viloyatlararo hamda xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtovokzal va avtostansiyalar bilan tegishli shartnoma tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tender shartnomasi tuzilgandan keyin oʻttiz kun ichida yoʻnalishga joylashtirilgan avtotransport vositalariga biriktirilgan barcha haydovchilariga 30 soatlik dastur boʻyicha Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish;
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) shahar avtobus yoʻnalishlarida brutto-shartnoma asosida faoliyat koʻrsatishda avtobuslarda konditsioner (iqlim-nazorati tizimi), videokuzatuv tizimlari, yoʻlovchilarni hisoblash qurilmalari, imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhitni taʼminlovchi uskunalarning soz holda ishlashi taʼminlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) shaharlararo yoʻnalishlarda tashuvlar boshlangandan keyin oʻttiz kalendar kun ichida tashuvchi vakolatli organning tashuvlarni tashkil etish va chiptalarni sotish boʻyicha yagona tizimidan foydalanishi (kelishuv asosida) yoki tashuvchining chiptalarni sotish boʻyicha axborot tizimini vakolatli organning axborot tizimiga integratsiya qilishi lozim. Bunda integratsiya qilish bepul amalga oshiriladi (bank va ekvayring xizmatlarini koʻrsatish xarajatlari bundan mustasno).
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan “z” va “i” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Shartnoma shartlariga qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar tomonlarning qoʻshimcha kelishuviga asosan kiritiladi. Shartnoma shartlariga hamda yoʻnalish pasportiga qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar kiritilishi amaldagi tender gʻolibining tenderda toʻplagan ballari kamayib ketishiga olib kelmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Elektron tarzda oʻtkazilgan ochiq tender yakunlaridan norozi boʻlgan tender qatnashchilari belgilangan tartibda sud organlariga murojaat etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Mazkur ilova 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Ishtirokchilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Vakolatli organ
Tenderga qoʻyiladigan yoʻnalishlarni (yoʻnalishlar paketlari yoki jadvali) belgilaydi.
Tender oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin
Tenderga qoʻyilgan yoʻnalishlarni (lotlarni) belgilangan tartibda axborot tizimiga joylashtiradi va OAVda eʼlon qiladi.
2-bosqich
Tenderda qatnashish istagi boʻlgan talabgor
Tenderda qatnashish uchun eʼlon berilgan lotlar bilan tanishib chiqadi.
Lot boʻyicha takliflarni axborot tizimi orqali yuboradi.
Tender eʼlon qilinganidan boshlab tender oʻtkazilishiga 1 kun qolgunga qadar
3-bosqich
Axborot tizimi
Kelib tushgan tender takliflarni belgilangan tartibda avtomatik tarzda baholaydi.
Tender oʻtkazish kuni
Lot boʻyicha gʻoliblarni aniqlaydi
Tender yakunlari boʻyicha hisobotlarni taqdim etadi.
4-bosqich
Vakolatli organ
Tender gʻolibining barcha takliflaridagi maʼlumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.
Tender gʻolibi aniqlangan kundan boshlab 10 kun ichida
Axborot tizimi
Tender gʻolibiga shartnomani akseptlash uchun joylashtiradi.
Tender gʻolibi aniqlangan kundan boshlab 10 kun ichida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender boʻyicha takliflarga beriladigan ballar va baholash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA

1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saroydan foydalanish koeffitsiyenti — avtotransport vositalaridan foydalanishning samaradorligini belgilovchi koʻrsatkich;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
minimal ball — tashuvchi tomonidan yuborilgan takliflarning baholanishi natijasida toʻplanishi zarur boʻlgan ball miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashchi — ochiq tenderlarda qatnashish uchun takliflarni taqdim etgan talabgor.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar (yoʻnalish narxlari) darajasi quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻnalish nomi
Taklif natijalari
ball
1. Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlardagi 1 yoʻlovchi/km uchun tarifning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan darajasi
Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan past
5
Taklif etilgan tarif talabdan 10 — 20 foiz oraligʻida past
4
Taklif etilgan tarif talabga mos (4 foizgacha yuqori)
3
Taklif etilgan tarif talabdan 5 — 10 foizgacha yuqori
2
Taklif etilgan tarif talabdan 11 — 20 foizgacha yuqori
1
Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan yuqori
0
2. Shahar ichki yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarida 1 yoʻlovchi uchun yoʻlkiraning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi
Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan past
5
Taklif etilgan tarif talabdan 10 — 20 foiz oraligʻida past
4
Taklif etilgan tarif talabga mos
3
Taklif etilgan tarif talabdan baland
0
3. Shahar avtobus yoʻnalishlarida avtobus bosib oʻtadigan har bir kilometr masofaning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan narxlari darajasi
Taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan 25 — 30 foiz oraligʻida past
20
Taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan 20 — 24 foiz oraligʻida past
18
Taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan 15 — 19 foiz oraligʻida past
16
Taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan 10 — 14 foiz oraligʻida past
13
Taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan 5 — 9 foiz oraligʻida past
10
Taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan 2 — 4 foiz oraligʻida past
7
Taklif etilgan narx boshlangʻich narxga mos
4
Taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan baland
0
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yoʻnalishdagi tarifning tender qatnashchisi tomonidan taklif etilayotgan darajasi uchun — tashish tarifi darajasini talab qilinayotganga nisbatan pasaytirishning har bir punkti uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda besh ballik tizim boʻyicha baholanadi, bunda, masalan: tender talablarida tarif darajasi 1400 soʻm miqdorida belgilangan. Qatnashchi tomonidan tarif darajasi 1200 soʻm miqdorida taklif etilgan. Bunday holatda tarif darajasi quyidagicha hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 foiz — (1 200 soʻm/1 400 soʻm x 100 foiz) = 14,3 foiz,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 1200 soʻm tarif darajasi talab etilgan darajadan 14,3 foiz kamroqni tashkil etmoqda. Jadvalning 2.2-bandi boʻyicha taklif etilgan tarif talabdan 10 — 20 foiz oraligʻida past boʻlsa, 4 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan 1200 soʻm tarif uchun 4 ball hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shahar atrofi, shaharlararo yoʻnalishlar talabida 1 yoʻlovchi — km uchun tarif darajasi 80 soʻm miqdorida belgilangan boʻlsa, ammo qatnashchi tomonidan 90 soʻm taklif etilgan boʻlsa ham yuqoridagi formulaga asosan hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 foiz — (90 soʻm/80 soʻm x 100 foiz) = -12,5 foiz,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 90 soʻm tarif darajasi talab etilgan darajadan 12,5 foiz koʻproqni tashkil etmoqda. Jadvalning 1.5-bandi boʻyicha taklif etilgan tarif talabdan 11 — 20 foizgacha yuqori boʻlsa, 1 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan 1 yoʻlovchi — km uchun tarif darajasi 90 soʻm boʻlganda 1 ball hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shahar avtobus yoʻnalishida har bir kilometr masofaning boshlangʻich narx 10 000 soʻm miqdorida belgilangan boʻlib, qatnashchi tomonidan 8 500 soʻm taklif etilgan boʻlsa, narx darajasi quyidagicha hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 foiz — (8 500 soʻm/10 000 soʻm x 100 foiz) = 15 foiz,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 8 500 soʻm boshlangʻich narxdan 15 foiz kam tashkil etadi. Jadvalning 3.3-bandi boʻyicha taklif etilgan narx 15 — 19 foiz oraligʻida past boʻlsa, 16 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan narx uchun 16 ball hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshlangʻich narxdan 30 foizdan past taklif etilgan narxlar baholanmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatkich nomi
Taklif natijalari
ball
Avtotransport vositasi ishlab chiqarilgan yili (ishlab chiqarilgan yildan boshlab necha yil oʻtgani)
0-2 yil
10
3-5 yil
7
6-8 yil
6
9-11 yil
5
12 — 14 yil
3
15 yil va undan ortiq
0
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatnashchi tomonidan taklif etilgan har bir transport vositasi uchun, uning ishlab chiqarilgan yiliga koʻra foydalanish ishlari (necha yil oʻtgani) uchun belgilangan ballar jamlanadi hamda tender taklifidagi avtotransport vositalari soniga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Misol uchun: tender talablarida 6 ta avtotransport boʻlishi belgilangan. Qatnashchi tomonidan taqdim etilgan takliflarda 4 ta avtotransport vositasi uchun (foydalanish yili 3 yil) ballarning miqdori 7 balldan (4 x 7) =28 ballga hamda 2 ta avtotransport vositasi uchun (foydalanish yili 13 yil) ballarning miqdori 3 balldan (2 x 3) = 6 ballga teng boʻladi. Bunday holatda transport vositasining ishlab chiqarilgan yili uchun tender boʻyicha takliflarning bahosi [(28 + 6) : 6] = 5,66 ballni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili elektron hamkorlik yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatidan soʻrov orqali aniqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositalari uning mulkida (balansida) boʻlganda quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatkich nomi
Avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili
ball
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositalari uning mulkida (balansida) boʻlgani
0 — 2 yil
10
3 — 5 yil
7
6 — 8 yil
3
9 — 11 yil
0
12 — 14 yil
0
15 yil va undan ortiq
0
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatnashchining mulkida (balansida) boʻlgan va u tomonidan taklif etilgan har bir avtotransport vositasi uchun ishlab chiqarilgan yiliga qarab, ballar jamlanadi hamda ularning umumiy soniga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Misol uchun: Qatnashchi tomonidan taqdim etilgan takliflarda mulkidagi (balansidagi) jami 10 ta avtotransport vositasidan, 5 tasining (foydalanish yili 3 yil) ballari miqdori 7 balldan (5 x 7)= 35 ballga va 5 tasini (foydalanish yili 8 yil) ballari miqdori 3 balldan (5 x 3) = 15 ballga teng boʻladi. Bunday holatda mulkida (balansida) avtotransport vositalari mavjudligi boʻyicha takliflarning bahosi [(35 + 15) : 10] = 5 ballni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarilganiga 9 yil va undan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari baholanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasi uning mulkida (balansida) boʻlgani elektron hamkorlik yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatidan soʻrov orqali aniqlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining yoʻlovchilar tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy sigʻimi koʻrsatkichlari (shu jumladan, yoʻlovchi oʻrindiqlari soni) quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mezon nomi
Taklif natijalari
ball
1. Avtotransport vositasining umumiy sigʻimi (shu jumladan oʻrindiqlari soni)
Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 11 foiz va undan yuqori
5
Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 5 — 10 foiz oraligʻida yuqori
4
Taklif etilgan koʻrsatkich talab etilgan koʻrsatkichga mos
3
Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 5 — 10 foiz oraligʻida past
2
Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 11 foiz va undan past
1
Shahar avtobus yoʻnalishlarida avtobuslarning umumiy sigʻimi (shu jumladan, oʻrindiqlari soni)
Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 21 foiz va undan yuqori
5
Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 10 — 20 foiz oraligʻida yuqori
3
Taklif etilgan koʻrsatkich talab etilgan koʻrsatkichga mos
1
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining umumiy yoʻlovchi sigʻimi (shu jumladan, oʻrindiqlari soni) elektron hamkorlik yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatidan soʻrov orqali aniqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yoʻnalishdagi qatnovlarning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan soni talab etilgan qatnovlar soniga mos yoki undan ortiq boʻlsa, 3 ball hisoblanadi. Agar taklif etilgan qatnovlar soni talab etilgan qatnovlar sonidan kam boʻlsa, ball berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni boʻyicha baholash faqat shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yoʻnalishlar uchun tatbiq etiladi, shahar avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasi (faqat avtobus va mikroavtobus) talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelsa, 3 ball hisoblanadi. Agar taklif etilgan avtotransport vositasi talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelmasa, ball berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari uchun yengil avtomobillarning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan klassi (agar yoʻnalishga yengil avtomobillar talab etilayotgan boʻlsa) koʻrsatkichlari quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositasi kategoriyasi (klasslari) uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllanadi, agar transport vositasi elektr quvvati bilan harakatlanadigan, elektrodvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega boʻlgan avtomototransport vositasi boʻlsa.
(7-bandning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatnashchining barqarorlik reytingidagi koʻrsatkichlari Soliq qoʻmitasining tegishli elektron platformasi orqali idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻygan holda avtomatik tarzda aniqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Shahar avtobus yoʻnalishlarida taklif etilayotgan avtobuslarning ekologik tozaligini aniqlash uchun quyidagi jadvalga muvofiq koeffitsiyent qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mezon nomi
Qoʻllash uchun koeffitsiyent
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtobuslarining ekologik tozaligi darajasi
Elektrobuslar
5
Tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar
3
“Yevro-4” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtobuslar
1
“Yevro-3” va undan past ekologik toifa talablariga mos keladigan avtobuslar
0
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu jadvalda belgilangan shkala asosida 1 ballga nisbatan koeffitsiyent miqdori har bir avtobus uchun alohida hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, tashuvchi tomonidan taklif etilgan 10 ta avtobusning 5tasi elektrobus va 5 tasi tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar boʻlganda, ballar quyidagicha hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 x 5 = 5 x 5 = 25 ball — elektrobuslar uchun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 x 3 = 3 x 5 = 15 ball — tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha ballar qoʻshiladi hamda taklif etilgan umumiy avtobuslar soniga boʻlinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(25+15) / 10 = 4 ball
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Demak, taklif etilgan 10 ta avtobus uchun 4 ball hisoblanadi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qaroriga asosan 9-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 12-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Barcha mezonlar boʻyicha olingan ballar qoʻshilib, umumiy (yakuniy) ball aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar baholash natijalariga koʻra bir nechta qatnashchi teng ball olgan boʻlsa, u holda gʻolib teng ball olgan qatnashchilarning tender takliflaridagi quyidagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Mezon nomi (ustuvorligi boʻyicha ketma-ketlikda)
I. Shahar (yoʻnalishli taksi), shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha
1.
Avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili
2.
Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositalari uning mulkida (balansida) boʻlgani
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ikki va undan ortiq yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan yoʻnalishlar paketlarini baholashda ballar paket ichidagi yoʻnalishlar boʻyicha alohida hisoblanadi hamda umumlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tashuvchining takliflari yoʻnalish talablariga muvofiqligi yoʻnalish boʻyicha yigʻilishi zarur boʻlgan minimal ball toʻplanganligi bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tenderlar oʻtkazish boʻyicha amaliy tajriba toʻplanishiga qarab, Transport vazirligi tomonidan tabaqalashtirilgan va qoʻshimcha ballarga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNASI

Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender gʻolibining har bir avtotransport vositasiga yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron guvohnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:
Muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma.
2.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarda ishtirok etish.
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxs.
4.
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi.
5.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Guvohnoma olish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirilishi lozim:
shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) hamda xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarda ishtirok etish;
eng koʻp ball toʻplab tender gʻolibi deb eʼtirof etilish;
vakolatli organ bilan oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnomani rasmiylashtirish.
6.
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:
Mavjud emas.
7.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:
Mavjud emas.
8.
Arizani koʻrib chiqish muddati:
Shartnoma rasmiylashtirilgandan soʻng hamda lot boʻyicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun belgilangan muddatda litsenziya varaqasi olingandan soʻng 1 soat ichida.
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
Shartnomada koʻrsatilgan talab va shartlariga rioya etilishi.
10.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:
Mavjud emas.
11.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
Shartnoma amal qilish muddatiga qadar.
12.
Izoh:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shartnoma tuzilganidan soʻng tenderda gʻolib chiqqan qatnashchining lot boʻyicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma ushbu har bir avtotransport vositasiga litsenziya varaqasi olingandan soʻng rasmiylashtiriladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2025-y., 09/25/501/0715-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-noyabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda hamda yoʻnalishli taksida yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yoʻnalish pasporti (yoʻnalish hujjatlari) — yoʻnalish toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni tavsiflovchi hujjatlar (yoʻnalish pasporti elektron shaklda boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi yigirma yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“muntazam yoʻnalishlar — tasdiqlangan yoʻnalish sxemasi, harakatlanish jadvali, yoʻl haqi tariflariga muvofiq avtotransport vositalarining muayyan manzillar oraligʻida belgilangan qatnov yoʻli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9. Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) shaharlar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Transport vazirligi) hududiy boʻlinmalari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) viloyatlararo-shaharlararo yoʻnalishlarda — Transport vazirligi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xalqaro yoʻnalishlarda — Transport vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlarning transport sohasidagi vakolatli organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“10. Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yoʻnalishlar uchun yoʻnalish pasporti yoʻnalishning tegishliligi boʻyicha Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi (shu jumladan elektron tarzda) hamda unda quyidagilar boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yangi avtobus yoʻnalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiluvchi Transport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshida “transporti bilan avtobusda” soʻzlari “avtotransporti bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“18. Yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqiga vakolatli organ bilan yoʻnalishlarida yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi shartnomani tuzgan tashuvchi ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchilarni muntazam (yoʻnalishli) tashish yoʻnalishlarida shartnoma tuzmasdan ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda 400 km va undan uzoq yoʻnalishlarda avtotransport vositalarida yoʻlovchilar tashishni bir haydovchi bilan tashkil etish taqiqlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“61. Ochilishi rejalashtirilayotgan yoʻnalishlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yoʻl, kommunal va boshqa), shuningdek yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillaridan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyalar aʼzolari oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan yoʻnalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyalar yangi yoʻnalish ochish yuzasidan quyidagi choralarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchilarning tashishga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) harakat sxemasini belgilaydi va avtomobil yoʻli sharoitini oʻrganadi hamda yoʻnalishni qonunchilikda belgilangan harakat xavfsizligi talablariga mos boʻlishini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yoʻnalish boʻylab sinov qatnovlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yoʻnalishni ochish yoki ochmaslik yuzasidan asoslangan xulosa tayyorlaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“64. Tekshirish natijalariga koʻra yoʻnalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida komissiyaning xulosasi beriladi. Xulosaga, shuningdek, harakat sharoitlarini yaxshilashga va yoʻnalishda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan va istiqboldagi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha komissiyaning takliflari ham kiritiladi. Tekshirish xulosasi yoʻnalish hujjatlari bilan birgalikda bir nusxasi Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalarida va ikkinchi nusxasi tashuvchida saqlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“68. Yangi yoʻnalishlarini ochishda yoʻl harakati xavfsizligi maqsadida temir yoʻldan kesib oʻtishni inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Agar buning iloji boʻlmagan taqdirda avtotransport vositalarining temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanishiga yoʻnalishni tekshiruvchi komissiya taqdimnomasiga koʻra, temir yoʻl boshligʻi yoki temir yoʻllarni kesib oʻtish yoʻllari tasarrufida boʻlgan tashkilot rahbarining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlarda umumiy uzunligiga koʻra bir-birini 50 foizdan koʻp boʻlgan masofa oraligʻida takrorlovchi avtobus bilan yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari ochilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar va shahar atrofida yangi yoʻnalishlarni tashkil qilishda yoʻnalish sxemasi bir-birini 50 foizdan koʻp boʻlgan masofa oraligʻida takrorlash holatlarini inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Bunda avtobus yoʻnalishlari ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“69. Vaqtinchalik (mavsumiy) yoʻnalishlari, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
past qoplamali yoʻllar boʻylab avtotransport harakatini ochish talab etilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransportlarning ogʻirlik parametrlari va hajmlarining avtomobil yoʻllari haqiqiy toifalariga muvofiqligini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yoʻllari, koʻchalar uchastkalari boʻylab, sunʼiy inshoot, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va parom orqali oʻtish boʻyicha ularning texnik holati, muhandislik uskunalari, saqlash darajasi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqilganda avtotransport harakatini ochish zarur boʻlganda tashkil etilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“70. Vaqtinchalik yoʻnalishlarni ochishda yoʻnalishning amal qilish muddati (davri), shuningdek avtotransport harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida tashuvchilar, yoʻl, kommunal va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar kompleksi aniq koʻrsatilishi kerak”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71-bandda “avtobus yoʻnalishini” soʻzlari “yoʻnalishlarni” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“72. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda (tabiiy hodisalar sababli yoʻllar, yoʻl inshootlari buzilishi, yoʻl yoki meteorologiya sharoitlarining harakat xavfsizligi taʼminlab boʻlmaydigan darajagacha yomonlashishi, issiqlik, gaz, elektr kommunikatsiyalarida va boshqa kommunikatsiyalardagi avariyalar) tashuvchilar, yoʻl, kommunal tashkilotlar yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari yoki Transport vazirligining hududiy boʻlinmalari avtotransportlar harakatini darhol toʻxtatish huquqiga egadirlar, ayni paytda bu haqda tegishli tashuvchilar, yoʻl, kommunal xoʻjaligi tashkilotlariga, yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalariga xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransport harakatini vaqtincha toʻxtatish tartibi yoʻnalishlarni ochish va yopish vakolatlari berilgan organlar tomonidan belgilanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74-bandda “avtobus yoʻnalishlarining” soʻzlari “yoʻnalishlarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“75. Avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiya tarkibi mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlari bilan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyalar xulosalari asosida yoʻnalishni ochish boʻyicha qarorlar yoʻnalishning tegishliligi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — Transport vazirligining hududiy boʻlinmalari boshliqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — Transport vaziri tomonidan qabul qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 76-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“76. Vakolatli organning yoʻnalishni ochish boʻyicha ijobiy qaroriga asosan yoʻnalishlar hujjatlari (pasporti) ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muntazam yoʻnalishlar yoʻl, ob-havo va boshqa sharoitlar oqibatida hamda uzoq davr mobaynida (kamida 1 yil) tashuvchisiz qolgan taqdirda vaqtincha toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muntazam yoʻnalishlarni vaqtincha toʻxtatib turish boʻyicha qarorlar yoʻnalishlarni ochish va yopish boʻyicha vakolatga ega organ tomonidan qabul qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi X bob qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“X. Avtobus haydovchilari tomonidan mehnat va dam olish tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Avtobusda tashuvlarni amalga oshiruvchi korxonalar koʻl ostidagi barcha hujjatlardan: haydovchining ish grafigi, yoʻl varaqasi, shaxsiy nazorat kitobchasi, taxograf yozuvlarining tahlili natijalaridan foydalangan holda avtobus haydovchisini boshqaruv vaqti, ish va dam olish vaqtini nazorat qilib boradi. Mehnat va dam olish tartibi buzilgan hollarda korxona darhol ularni bartaraf etishi va kelgusida ularga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Avtobuslar yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ish beruvchi tomonidan haydovchilarni yoʻnalishdagi harakat vaqtida charchogʻini aniqlash qurilmalari bilan jihozlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Haydovchining mehnat va dam olish tartibini taʼminlamagan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻrsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan taxograflardan foydalanishga ruxsat etiladi. Liniyaga taxografi yoʻq yoki taxograf nosoz holda avtobuslarni chiqargan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Korxona haydovchining haqiqiy ishlash va dam olish tartibini tasdiqlovchi hujjatlarni, taxograf yozuvlarini, foydalanilgan shaxsiy nazorat kitobchalarini oxirgi yozuv qayd etilgan kundan boshlab oʻn ikki oy davomida saqlashi va nazoratchi talabiga muvofiq unga taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Har bir avtobus haydovchisi kun davomida shaxsiy nazorat kitobchasiga dam olish soatlarini qayd etib borishi kerak. U oʻz yonida nazorat kitobchasini olib yurishi va nazoratchi talabiga koʻra taqdim etishi shart. Agar avtobus elektron yoki raqamli nazorat moslamasi (taxograf) bilan jihozlangan boʻlsa, nazorat kitobchasi boʻlishi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Avtobus haydovchilarining smenalar orasidagi dam olish vaqtini aniqlash yoʻl varaqasidagi haqiqiy garajdan chiqish maʼlumotlari bilan avvalgi kun uchun garajga kirib kelganlik maʼlumotlarini taqqoslash yoʻli bilan Chipta-hisob va yoʻl varaqalarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga mos ravishda amalga oshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 13-bandda “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“avtomobil tashuvlari yoʻnalishlarini tender boʻyicha amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtiradi, shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi, yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatish huquqini beruvchi namunaviy shartnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4) tegishliligi boʻyicha shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Mazkur ilova 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Shahar yoʻlovchilar transportida ochiq tenderlar tashkil etish va ularni oʻtkazish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 17-avgustdagi 350-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 29-iyuldagi 368-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga ilovaning 10-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 5-iyundagi 245-son qaroriga 9-ilovaning 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarori)” 2006-yil 29-maydagi 98-son qaroriga 1-ilovaning 1- va 2-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlar oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 16-fevraldagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 1- va 2-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 10- va 13-bandlari.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 6- va 8-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)” 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarda xorijiy avtotashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 9-iyundagi 434-son qaroriga 6-ilovaning 1- va 2-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qaroriga ilovaning 14-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori) 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 5- va 6-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga 1-ilovaning 3- va 4-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Mazkur ilova 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.