Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.05.2005 yildagi 128-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

2010 YILGAChA POChTA ALOQASI ShOXOBChALARINI ZAMONAVIYLAShTIRISh, AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI NEGIZIDA XIZMATLARNING YaNGI TURLARINI JORIY ETISh VA RIVOJLANTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2010-yilgacha pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi maqsadli vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish Dasturning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, pochta aloqasi faoliyat koʻrsatishining bozor mexanizmlarini keng joriy etish, tarmoqda zamonaviy va samarali infratuzilmani shakllantirish, raqobatni rivojlantirish;

umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;

xizmatlarning yangi turlari kompleksini joriy etish, ularning turlarini kengaytirish, sifatli pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash;

pochta aloqasi tarmoqlarida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish;

umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi shoxobchalari infratuzilmasini zamonaviylashtirish va rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish.

3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda tasdiqlangan Dasturni amalga oshirish uchun xorijiy banklar, xalqaro moliya tashkilotlarining kreditlari va investitsiyalarini jalb etish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 19-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
128-son

Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 19-maydagi 128-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yilgacha pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu dastur Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Oʻzbekiston Respublikasi pochta aloqasining hozirgi ahvoli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatning pochta aloqasi shoxobchalari tarkibiy jihatdan “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati shoxobchalaridan iboratdir, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
189 ta tuman va shahar uzellaridan, 2991 ta aloqa boʻlimlaridan (ulardan 2305 tasi qishloq joylarda) iborat boʻlgan 14 ta mintaqaviy filiallar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 ta ixtisoslashtirilgan filial — “Xalqaro pochtamt”, “Xalqaro tezkor pochta”, “Oʻzbekiston markasi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta joʻnatmalarining muntazam ravishda tashilishini taʼminlovchi 1 ta temir yoʻl, 34 ta avia, 529 ta avtomobil yoʻnalishlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga muvofiq “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida universal xizmatlarni eksklyuziv amalga oshiruvchi milliy operator hisoblanadi, shuningdek xalqaro pochta ayirboshlashni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta xizmatlari bozorida anʼanaviy xizmatlar, shu jumladan yozma xat-xabarlarni, joʻnatmalarni, pochta pul joʻnatmalarini yuborish va boshqa xizmatlar koʻrsatiladi. “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati tabiiy monopolist hisoblanadigan pochta aloqasining mahalliy xizmatlari segmentidan farqli ravishda, xalqaro xizmatlar segmentida raqobat mavjud, unda 10 tadan ortiq mahalliy, xorijiy firmalar faoliyat koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish sohasida belgilangan. Pochta xizmatlarining rivojlanayotgan bozori sharoitlarida umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni faoliyatning tegishli turlari boʻyicha umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi operatorlari faoliyatini litsenziyalash vositasida joriy etish zaruriyati paydo boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy vositalar va mol-mulkning (pochta tarozilari, mebellari va shu kabilar) eskirishi 57 foizni, pochta avtotransporti parki boʻyicha — 73 foizni tashkil qiladi, bu mintaqalarda pochta joʻnatmalarini ayirboshlash va manzillar boʻyicha ajratish jarayonining tezligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi hamda ularni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish imkonini bermaydi (viloyat markazlari oʻrtasida 3 kun, boshqa aholi punktlarigacha — 10 kungacha).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarli joriy etilmaganligi sababli pochta aloqasi korxonalari tomonidan xizmatlarning yangi turlari koʻrsatilmayapti, ularning turlari kengaymayapti, pochta joʻnatmalarini ishlash va yetkazib berishni avtomatlashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Dasturning asosiy maqsadi va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida xizmatlarning yangi turlarini rivojlantirish, Oʻzbekistonning barcha hududida pochta aloqasi universal xizmatlarining kafolatli va sifatli koʻrsatilishini taʼminlash ushbu Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻyilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi maqsadli vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, pochta aloqasi faoliyat koʻrsatishining bozor mexanizmlarini keng joriy etish, tarmoqda zamonaviy va samarali infratuzilmani shakllantirish, raqobatni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlarning yangi turlari kompleksini joriy etish, ularning turlarini kengaytirish, sifatli pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi tarmoqlarida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi shoxobchalari infratuzilmasini zamonaviylashtirish va rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish va xizmatlarning yangi turlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Pochta shoxobchalarini zamonaviylashtirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli xil pochta joʻnatmalarini yetkazib berishda aniq tarifikatsiyani taʼminlash uchun pochta aloqasi uzellarini va boʻlimlarini zarur miqdordagi elektron oʻlchov vositalari bilan jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlararo, viloyatlar va tumanlar ichki avtomobil pochta yoʻnalishlarini maqbullashtirish uchun mintaqalararo ayirboshlash punktlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta joʻnatmalarini va pul mablagʻlarini tashuvchi pochta avtomobil texnikasi parkini yangilash, shuningdek ularni koʻchma aloqa vositalari bilan qoʻshimcha jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi korxonalarida videokuzatish va foydalanishni elektron nazorat qilish tizimlarining texnik imkoniyatlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta joʻnatmalarini va davriy matbuotni ishlash, manzillar boʻyicha ajratish ayirboshlash punktlarini portativ rentgen-televizion qurilmalar bilan jihozlash, shuningdek qoʻlda ishlatiladigan metall detektorlar bilan qoʻshimcha jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Pochta aloqasining yangi xizmat turlari kompleksini joriy etish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta xizmatlari — elektron pochta, gibrid pochta, elektron pochta markasi, “Tovarlarni pochta orqali yetkazib berish”, pochta joʻnatmalarini yetkazib berishni Internet yoki telefon orqali nazorat qilish tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
interaktiv xizmatlar — kompyuter texnologiyalariga asoslangan soʻzlashuv punktlaridagi telefon, faksimil aloqa xizmatlari, elektron maʼlumotnoma tizimi, Internetdan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy xizmatlar — plastik kartochkalardan foydalangan holda moliyaviy toʻlovlar boʻyicha operatsiyalar, elektron pul joʻnatmalari, hisob-kitob-kassa operatsiyalari boʻyicha xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta joʻnatmalarini ishlash, hisobga olish va nazorat qilish jarayonlarida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Pochta aloqasi shoxobchalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta joʻnatmalarini yetkazib berish, ishlash, manzillar boʻyicha ajratish va monitoringini yuritish tizimini tegishli ravishda zamonaviylashtirgan holda pochta infratuzilmasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlarni uzatishning mavjud korporativ tarmogʻini zamonaviylashtirish yoʻli bilan pochta aloqasining avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, unga pochta aloqasining barcha filiallarini, tuman, shahar uzellari va boʻlimlarini ulash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida yangi xizmatlar turlarini koʻpaytirish uchun ish oʻrinlarini kompyuter texnologiyalari bilan tegishli ravishda jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali gazetalarga, davriy, boshqa matbaa nashrlariga va turli tovarlarga buyurtmalarni qabul qilish, shuningdek ularni buyurtmachilarga tegishli pochta aloqasi boʻlimlari orqali yetkazib berish yoʻli bilan elektron savdo tizimini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar uzatishning zamonaviy texnologiyalari (ATM, Frame Relay, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet)ni qoʻllangan holda xalqaro pul joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002—2010-yillarda kompyuterlashtirishni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturini amalga oshirishda qatnashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarini xalqaro amaliyot va standartlar talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan ularga oʻzgartirishlar kiritish, tegishli faoliyat turlari boʻyicha umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish boʻyicha pochta operatorlari faoliyatini litsenziyalash mexanizmini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha qabul qilingan Hukumat qaroridan kelib chiqqan holda pochta aloqasi korxonalari tomonidan pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish boʻyicha normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllangan holda pochta xizmatlarini joriy etish va koʻrsatish boʻyicha faoliyatni tartibga soladigan pochta aloqasining tarmoq ishlab chiqarish-texnologik va normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Dasturni amalga oshirish bosqichlari va moliyalashtirish manbalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Amalga oshirish bosqichlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturni ilovaga muvofiq Tadbirlar rejasiga binoan 2005—2010-yillar mobaynida amalga oshirish nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi bosqichda (2005—2007-yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiyalar tizimini yaratish, unga tegishli miqdorda ish oʻrinlariga ega boʻlgan pochta aloqasining 14 ta mintaqaviy va bitta ixtisoslashtirilgan filialini, 189 ta tuman va shahar uzellarini hamda 622 ta shahar va qishloq aloqa boʻlimlarini ulash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasining avtomatlashtirilgan uzellari va boʻlimlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan yangi xizmat turlarini tashkil etish va joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus pochta mebellari bilan jihozlash, xizmat koʻrsatish infratuzilmalarini belgilangan talablarga muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil parkini yangilash va pochta xavfsizligi talablariga javob beradigan maxsus avtomobil texnikasini sotib olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi bosqichda (2008—2010-yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasining qolgan 1865 ta shahar va qishloq boʻlimlarini avtomatlashtirishni tugallash, ularni tashkil etilayotgan korporativ tarmoqqa qoʻshimcha ravishda integratsiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi boʻlimlari negizida 1065 ta foydalanish oʻrinlariga moʻljallangan, Internetdan jamoa boʻlib foydalaniladigan 204 ta mintaqaviy punktlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi uzellari va boʻlimlarini zamonaviy elektron oʻlchov vositalari bilan qoʻshimcha jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqaviy pochtani ishlash va yetkazib berish muddatlarini jadallashtirish uchun ikkita mintaqalararo ayirboshlash punktlari tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Dasturni moliyalashtirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar, tijorat banklarining kreditlari, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari Dasturni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish negizida pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirishga moliyaviy resurslarni maqsadli jalb etish faoliyatni faollashtirish va yangi xizmatlar komplekslarini shakllantirish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yilgacha pochta aloqasi tarmogʻini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yilgacha pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddatlari‎

Amalga oshirish shakli‎

Moliyalashtirish manbalari‎

Masʼul bajaruvchilar ‎

‎1

2‎

3‎

‎4

5‎

6‎

I. Pochta aloqasi shoxobchalarini zamonaviylashtirish

‎1.

Pochta aloqasi uzellari va boʻlimlarini pochta joʻnatmalarining har xil turlarini joʻnatishda aniq tarifikatsiyani taʼminlash uchun zarur miqdordagi elektron oʻlchov vositalari bilan jihozlash.‎

2005—2010-yillar‎

‎Ishlar jadvali

‎“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

‎2.

‎Viloyatlararo, viloyat va tuman ichki avtomobil pochta yoʻnalishlarini maqbullashtirish uchun mintaqalararo ayirboshlash punktlarini tashkil etish.

2008—2010-yillar‎

Idoraviy buyruq‎

Xorijiy moliya tashkilotlari grantlari va kreditlari‎

‎Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati

‎3.

Pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashiydigan pochta avtomobil texnikasi parkini yangilash va ularni harakatlanadigan aloqa vositalari bilan qoʻshimcha jihozlash.‎

2005—2007-yillar‎

‎Idoraviy buyruq

Xorijiy moliya tashkilotlari grantlari va kreditlari‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

‎4.

Pochta aloqasi korxonalarida videokuzatish va elektron nazorat tizimlarining texnik imkoniyatlarini kengaytirish.‎

2005—2007-yillar‎

Idoraviy buyruq‎

“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

5.‎

‎Pochta joʻnatmalarini ishlash, manzillari boʻyicha ajratish va davriy matbuot ayirboshlash punktlarini portativ rentgen-televizion qurilmalar bilan jihozlash, shuningdek ularni qoʻlda ishlatiladigan metall detektorlar bilan qoʻshimcha jihozlash.

2008—2010-yillar‎

‎Idoraviy buyruq

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

II. Pochta aloqasi xizmatlarining yangi turlari kompleksini joriy etish

‎6.

Pochta xizmatlari – elektron pochta, gibrid pochta, elektron pochta markasi, Internet yoki telefon orqali pochta joʻnatmalarining harakatini nazorat qilish tizimi.
‎Interaktiv xizmatlar – soʻzlashuv punktlarida kompyuter texnologiyalariga asoslangan telefon, faksimil aloqa xizmatlari, elektron maʼlumotnoma tizimi, Internetdan foydalanish.
‎Moliyaviy xizmatlar – moliyaviy toʻlovlar boʻyicha operatsiyalar, elektron pul joʻnatmalari, hisob-kitob-kassa operatsiyalari boʻyicha xizmatlar. ‎

2005—2007-yillar‎

Idoraviy buyruq‎

“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

7.‎

Pochta joʻnatmalarini ishlash, hisobga olish va nazorat qilish jarayonlarida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. ‎

‎2005—2007-yillar

‎Idoraviy buyruq

“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

III. Pochta aloqasi shoxobchalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish

‎8.

Pochta joʻnatmalarini yetkazib berish, ishlash, mazillari boʻyicha ajratish va ularning monitoringini olib borish tizimini tegishli ravishda zamonaviylashtirgan holda pochta infratuzilmasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.‎

2005—2010-yillar‎

Texnik-iqtisodiy asoslarni bosqichma-bosqich ishlab chiqish‎

“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari ‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

‎9.

Maʼlumotlar uzatishning mavjud korporativ tarmogʻini zamonaviylashtirish yoʻli bilan pochta aloqasining avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, unga pochta aloqasining barcha filiallarini, tuman, shahar uzellari va boʻlimlarini ulash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini koʻrsatish uchun ish oʻrinlarini kompyuter texnologiyalari bilan tegishli ravishda jihozlash.‎

2005—2010-yillar‎

Tashkiliy-texnik tadbirlar‎

Xorijiy moliya tashkilotlari grantlari va kreditlari‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

10.‎

Maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali gazetalarga, davriy, boshqa bosma nashrlarga va har xil tovarlarga buyurtmalar qabul qilish yoʻli bilan elektron savdo tizimini tashkil etish hamda ularni pochta aloqasining tegishli boʻlimlari orqali buyurtmachilarga yetkazib berish.‎

‎alohida jadval boʻyicha

Tashkiliy-texnik tadbirlar‎

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

‎11.

Maʼlumotlar uzatishning zamonaviy texnologiyalari (ATM, Frame Relay, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet)ni qoʻllagan holda xalqaro pul joʻnatmalarini joʻnatish boʻyicha pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.‎

2005—2010-yillar‎

Tashkiliy-texnik tadbirlar‎

Xorijiy moliya tashkilotlari grantlari va kreditlari‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

IV. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

‎12.

Qonun hujja�larini xalqaro amaliyot va standartlarga muvofiqlashtirish yuzasidan ularga oʻzgartirishlar kiritish, faoliyatning tegishli turlari boʻyicha umumiy ravishda foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish yuzasi´an pochta operatorlari faoliyatini litsenziyalash mexanizmini joriy etish.‎

2005—2006-yillar‎

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi‎

“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari ‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi‎

‎13.

‎Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha qabul qilingan Hukumat qaroridan kelib chiqqan holda pochta aloqasi korxonalari tomonidan pensiya va nafaqalarni yetkazib berish boʻyicha normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish.

2005-yil‎

Pensiya va nafaqalarni toʻlash toʻgʻrisida yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash‎

“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi‎

14.‎

‎Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllangan holda pochta xizmatlarini joriy etish va koʻrsatish boʻyicha faoliyatni tartibga soluvchi pochta aloqasining tarmoq ishlab chiqarish-texnologik va normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish.

alohida jadval boʻyicha‎

Tarmoq normativ-huquqiy hujjatlari‎

“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son, 144-modda)