1-ILOVA
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy kotib |
Idoralararo ilmiy-uslubiy kengash |
||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kriminalistik, sud-lingvistik va filologik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot boʻlimi 4 |
Sud-tibbiy, psixiatriya, psixologik va biologik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot boʻlimi 4 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Sud iqtisodiy, tovarshunoslik, baholash va muhandislik-texnik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot boʻlimi 3 |
Sud-kompyuter-texnikaviy va sud-fonografiya ekspertizalari ilmiy-tadqiqot boʻlimi 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Ijro uchun masʼul ijrochilar |
|
I. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy tadbirlar | ||||
|
1. |
Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qoʻllanmalarni tanqidiy koʻrib chiqish va amaliyotni uygʻunlashtirish maqsadida tizimlashtirish. Bunda, 2022-yilda 120 ta hamda 2023-yilda 200 ta mavjud uslubiyotlarni tanqidiy oʻrganib chiqishni taʼminlash. |
Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qoʻllanmalarni tanqidiy koʻrib chiqish va amaliyotni uygʻunlashtirish maqsadida tizimlashtirish boʻyicha Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. |
2022-yil mart |
Adliya vazirligi, Institut, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati |
|
Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qoʻllanmalarni tanqidiy koʻrib chiqish va amaliyotni uygʻunlashtirish maqsadida tizimlashtirish. |
Amalga oshirish 2022-2023-yillar | |||
|
2. |
Institutning Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) faoliyatini tashkil etish. |
Adliya vaziri buyrugʻi bilan Kengashning tarkibi hamda nizomi (reglamenti)ni tasdiqlash. |
2022-yil 10-fevral |
Adliya vazirligi, Markaz, Institut |
|
Kengashning dastlabki yigʻilishini oʻtkazish va unda Kengashning 2022-yil I yarim yillikka moʻljallangan ish rejasini tasdiqlash. |
2022-yil 20-fevral | |||
|
3. |
Institutga yuklatilgan vazifalar hamda sud, tergov va sud ekspertiza muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalarga bagʻishlangan turkum targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. |
Sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud ekspertiza muassasasi xodimlari ishtirokida respublika va hududiy seminar va vebinarlar tashkil etish. |
2022-yil davomida |
Institut, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud ekspertiza muassasalari |
|
4. |
Institut tomonidan davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini hamda yangi turdagi uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish yuzasidan “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish. |
Institut hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantirish. |
2022-yil fevral |
Institut, sud ekspertiza muassasalari va tashkilotlari |
|
Ishchi guruh tomonidan har bir sud ekspertiza muassasasi kesimida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari ahvoli yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazish. |
2022-yil fevral — dekabr | |||
|
Oʻrganish natijasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini hamda yangi turdagi uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish yuzasidan “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish. |
2023-yil fevral | |||
|
5. |
Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining dastlabki tergovdagi ishtirokiga boʻlgan talab va ehtiyojlarni oʻrgangan holda takliflar tayyorlash. |
Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining dastlabki tergovdagi ishtirokiga boʻlgan talab va ehtiyojlarni oʻrganish. |
2022-yil iyul-avgust |
Adliya vazirligi, Institut, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi |
|
Oʻrganish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2022-yil sentabr | |||
|
6. |
Institut faoliyatini tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy sud ekspertiza va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish. |
Institut faoliyatini dastlabki bosqichda tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy sud ekspertiza va ilmiy tadqiqot muassasalarini aniqlash. Aniqlangan xorijiy sud ekspertiza va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan muzokaralar olib borish va ular bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish. |
2022-yil iyul |
Markaz, Institut |
|
7. |
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam koʻrsatish. |
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni sud ekspertlik faoliyati bilan tanishtirish maqsadida amaliy qoʻllanma yaratish. |
2022-yil fevral |
Adliya vazirligi, Markaz, Institut |
|
Sud ekspertiza faoliyatiga taalluqli taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatgan holda, sud ekspertlik faoliyati boʻyicha tegishli uslubiy va axborot materiallari bilan taʼminlab borish. |
doimiy | |||
|
8. |
Institutni maxsus ixtisoslashtirilgan oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash, hamda ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga sharoit yaratish. |
Institutni oʻquv-metodik, ilmiy-metodik qoʻllanmalar va ilmiy nashrlar bilan taʼminlash, shuningdek, ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalariga ulanish. |
2022-yil fevral |
Markaz, Institut |
|
Shuningdek, Markaz axborot-resurs markazini zamonaviy adabiyot va axborot resurslari bilan boyitib borish. |
2022-yil davomida | |||
|
9. |
Xalqaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va Institut xodimlarining amaliy koʻnikmalarini orttirish tizimini joriy etish va takomillashtirish. |
Xorijiy sud ekspertiza va ilmiy-tadqiqot muassasa, kompaniyalar va korxonalarda stajirovka, malaka oshirishni oʻtash tizimini joriy etish. |
2022-yil yanvar — may |
Adliya vazirligi, Markaz, Institut |
|
10. |
Institut xodimlarini tegishli sohalarning ilmiy-texnik muammolariga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish. |
Sohalarning ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish. Institut xodimlarini tegishli ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish. |
Institut ish rejasiga asosan |
Markaz, Institut |
|
Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini impakt faktori yuqori boʻlgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish hamda natijalarni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish. |
Doimiy | |||
|
11. |
Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, yuqori natijadorlikka erishishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlarni olib borish orqali Institutning ilmiy salohiyatini oshirish. |
Institut xodimlarini xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtirokini taʼminlash. Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaxassislik yoʻnalishlaridan kelib chiqib, falsafa doktori (RhD) hamda fan doktorlarining (DSs) yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil yanvar oyidan boshlab doimiy |
Markaz, Institut |
|
Yetakchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish. |
2023-yil yanvar oyidan boshlab doimiy | |||
|
12. |
Institutning xorijiy sud ekspertiza muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish. |
Yetakchi xorijiy sud ekspertiza muassasalari va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil martdan boshlab doimiy |
Markaz, Institut |
|
13. |
Innovatsiya va ilmiy faoliyatni olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish. |
Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. Mamlakatdagi iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlarini tahlil qilish. |
Doimiy |
Markaz, Institut |
|
14. |
Sud ekspertiza sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning jahon andozalari asosida oʻtkazilishini taʼminlash choralarini koʻrish. |
Sud ekspertizasi sohasida yetakchi xorijiy davlatlarning ilmiy muassasalarida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar tendensiyalari va natijalarini tahlil qilish hamda tahlil natijalari boʻyicha institut ilmiy-tadqiqot mavzulari va yoʻnalishlarini yangilab va takomillashtirib borish. Soha boʻyicha yetuk xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, video-konferensiyalar tashkil etish |
Doimiy |
Markaz, Institut |
|
15. |
Institut ilmiy maktabini shakllantirish va respublika ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilish. |
Institut ilmiy maktabini yoʻlga qoʻyish va faoliyatini ommalashtirish va qoʻlga kiritilgan yutuqlar boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazib borish. |
2023-yilidan boshlab doimiy |
Markaz, Institut |
|
16. |
Sud ekspertiza muassasalariga yangi sud ekspertiza va tadqiqot turlarini ishlab chiqishda ilmiy va uslubiy jihatdan koʻmaklashish. |
Sud ekspertiza hamda taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda yangi sud ekspertiza va tadqiqotlar turlarini yaratish boʻyicha rejalar ishlab chiqish. Tasdiqlangan rejalar asosida yaratilgan yangi sud ekspertiza va tadqiqotlar turlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish. |
2022 — 2025-yillar |
Institut, sud ekspertiza va oliy taʼlim muassasalari |
|
17. |
Sud ekspertiza muassasalari tomonidan 2022 — 2025-yillarda joriy etiladigan yangi ekspertiza va tadqiqot turlarini joriy etishida yordamlashish. Bunda, 2022-2023-yillarda 4 ta, 2023-2024-yillarda |
Sud ekspertiza muassasalari tomonidan 2022 — 2025-yillarda joriy etiladigan yangi ekspertiza va tadqiqot turlarini joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. Yangi ekspertiza va tadqiqot turlari boʻyicha uslubiyotlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
2022 — 2025-yillar |
Markaz, Institut |
|
II. Tashkiliy tadbirlar | ||||
|
18. |
Institut tashkil etilishi munosabati bilan X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining tegishli hujjatlarini qayta koʻrib chiqish. |
Institutni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan Markazning moliya-xoʻjalik boʻyicha hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. Institutga ajratilgan shtat birliklari bilan bogʻliq masalalar (mansab yoʻriqnomalari, lavozimga qoʻyiladigan talablar va boshqa) yuzasidan hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
2022-yil fevral |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaz |
|
19. |
Institutni yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. |
Institutga kadrlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish. Bunda oliy va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish. |
2022 yanvar-fevral |
Adliya vazirligi, Markaz |
|
20. |
Institut xodimlarini ilgʻor xorijiy tajriba va amaliy koʻnikmalarini yanada oshirish uchun xorijiy sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. |
Institut xodimlarining malaka oshirishi va stajirovka oʻtashi boʻyicha xorijiy sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari doirasini aniqlab olish. Olib borilgan muzokaralar natijasida Institut xodimlarini malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. |
2022-2023-yillar |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaz, Institut |