1-ILOVA
|
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti |
|||||||||
|
“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti |
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi |
||||||||
|
Turizmni rivojlantirish instituti |
Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi |
||||||||
|
“Ipak yo‘li” muzeyi |
Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi |
||||||||
|
“Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi |
Shahrisabz turizm va madaniy meros texnikumi |
||||||||
|
“Ipak yo‘li” san’at galereyasi |
Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi |
||||||||
|
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Toshkent filiali |
Xiva turizm va madaniy meros texnikumi |
||||||||
|
Andijon turizm va servis kolleji |
|||||||||
|
Samarqand arxeologiya instituti* |
|||||||||
|
Bo‘stonliq turizm va servis kolleji |
|||||||||
|
Zomin turizm va servis kolleji |
|||||||||
2-ILOVA
Tadbirlar nomi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar | Nazorat uchun mas’ullar | |
1. | 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga (keyingi o‘rinlarda — Universitet) qabul jarayonini respublika hududlari va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik Kengashiga a’zo mamlakatlar uchun alohida kvotalarni ajratgan holda belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Amalga oshirish shakli: tartib loyihasini ishlab chiqish. | 2022-yil fevral | - | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov) |
2. | 2022 — 2026-yillarda iqtidorli yoshlarni xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yo‘nalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada o‘qitish dasturi doirasida bir nomzodga ajratiladigan moliyaviy mablag‘larning miqdori va moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. Amalga oshirish shakli: Nizom loyihasini ishlab chiqish. | 2022-yil fevral | Davlat budjeti mablag‘lari | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi, Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov) |
3. | Universitetning o‘qituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislariga samaradorlik va natijadorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) talablarini belgilash. Amalga oshirish shakli: tartib loyihasini ishlab chiqish. | 2021-yil dekabr | - | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov) |
4. | 2022 — 2026-yillarda kamida 50 nafar iqtidorli yoshlarni rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarida doktorantura (PhD) va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash: talabgorlarni tanlab olish tartibi; xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarni tanlash, ularda talabgorlarning o‘qish jarayonlarini tashkil qilish, shuningdek, ushbu maqsadlarni moliyalashtirish tartibi; mazkur dastur asosida tahsil olib qaytgan fuqarolarning mamlakatdagi faoliyati tartibini belgilash. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022-yil yanvar | - | Ishlab chiqish uchun — Vasiylik kengashi Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev) |
5. | Universitetda turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslik sohalarida innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan Samarqand arxeologiya instituti bilan hamkorlikda: turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslikni rivojlantirishning dolzarb muammolarini o‘rganish va tadqiq qilish; turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslik sohalarida mavjud muammolarni hal qilishning innovatsion yo‘llarini ishlab chiqish; muzey rahbarlari hamda arxeolog va restavratorlarni qisqa muddatli kurslarda o‘qitish; turizm, muzeylar ekspozitsiyasi va fondi, madaniy meros obyektlarini raqamlashtirishga ko‘maklashish va ushbu yo‘nalishlarda zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov) |
6. | Turizm, mehmondo‘stlik va restoran biznesi yo‘nalishidagi oliy va professional ta’lim muassasalarining davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022-yil avgust | - | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov) |
7. | Universitetni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar. | 2022 — 2028-yillar davomida | - | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi, Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev) |
8. | Universitetda ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarining tijoratlashtirish faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi. | 2022-yil aprel | - | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov) |
9. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi www.silkroadscience.uz internet portalini tashkil etish: turizm, madaniy meros, muzeyshunoslik va arxeologiya sohalarida ilmiy-tadqiqot mavzulari ro‘yxatini shakllantirish; turizm, madaniy meros, muzeyshunoslik va arxeologiya sohalarida tadqiqot olib borayotgan olimlar o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatish; olimlar, izlanuvchilar va tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan ilmiy maqolalar, tezislar, ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy joylashtirish. Amalga oshirish shakli: internet portali tashkil etish. | 2022-yil iyul | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov) |
10. | Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish maqsadida Universitetning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqqan holda xalqaro ta’lim malaka standartlariga muvofiq o‘qitishning oltinchi va yettinchi darajalarini joriy etish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022 — 2024-yillar davomida | - | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov) |
11. | Turizm va sport vazirligi qoshidagi ta’lim muassasalarida turizm sohasidagi nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan birgalikda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etishni kengaytirish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar dasturi. | 2022 — 2026-yillar davomida | - | Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov) |
12. | Universitet huzuridagi texnikumlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy ta’lim muassasalarining grant mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022 — 2024-yillar davomida | - | Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov, Z. Kazakov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov) |
14. | Turizm va sport vazirligi qoshidagi ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini, shu jumladan talabalar turar joylari, kutubxona, o‘quv laboratoriyalar, sport-sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini zamon talablari asosida mustahkamlash. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022-yil may | Davlat budjeti mablag‘lari | Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev) |
15. | Turizm va sport vazirligi qoshidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | Doimiy | - | Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, J. Qo‘chqorov) |
16. | Universitetda masofaviy ta’limni samarali yo‘lga qo‘yishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ushbu jarayonni tashkil etish uchun zaruriy texnik va tashkiliy masalalarni hal etish. Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar dasturi. | 2022-yil davomida | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov) |
17. | Universite? huzurida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Amalga oshirish shakli: Ilmiy kengash nizomini tasdiqlash. | 2022-yil mart | - | Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Vasiylik kengashi, Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev) |
18. | Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar oliy ta’lim muassasalari rektorlarining turizm, madaniy meros, arxeologiya va muzeyshunoslik bo‘yicha forumini o‘tkazish. Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar. | 2022-yil avgust-sentabr | - | Amalga oshirish uchun — Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov) | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduxakimov, B. Musayev) |
3-ILOVA
— | Turizm qo‘mitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi | |
B.G. Abdikarimov | — | Madaniy meros agentligi direktori, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari |
S.A. Sadullayev | — | iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari |
S.B. Radjabov | — | oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari |
B.A. Abduhalimov | — | Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti |
F.K. Umarov | — | Samarqand shahar hokimi |
Lavozimi bo‘yicha | — | “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi |
4-ILOVA