Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2025 28.10.2021 yildagi PQ-5269-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan, jumladan mevali va yong‘oq mevali, sabzavot, poliz, don-dukkakli ekinlardan yuqori hosil olish, ularning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish, ilg‘or, intensiv agrotexnologiyalarni joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib hududlarni ixtisoslashtirish, eksportbop va daromadbop qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni hamda raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlarni o‘tashda talabalarni innovatsion va yangicha fikrlashga yo‘naltiradigan yangi o‘qitish texnologiyalari hamda ularning mustaqil izlanishini ta’minlovchi mexanizmlarni keng joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini, jumladan mevali va yong‘oq mevali, sabzavot, poliz, don-dukkakli, subtropik va tropik ekinlarni parvarishlashning bio-, nano- va resurstejamkor hamda intensiv texnologiyalarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut yer maydonlarida ichki va tashqi bozor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi ekinlarining serhosil, sho‘r va qurg‘oqchilikka, kasallik hamda zararkunandalarga chidamli, mahsulot sifati yuqori bo‘lgan nav va duragaylari seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy xodimlarning ilg‘or innovatsion texnologiyalarni yaratish bo‘yicha tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning novatorlik g‘oyalarini ishlab chiqarishga joriy etishga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
klasterlar, kooperatsiyalar, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil etish hamda tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlangan xorijiy ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va magistrlarning malakasini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, Institutda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda, talabalar uchun haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning faoliyati Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil yakuniga qadar Institutda Jahon banki mablag‘lari hisobidan talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar hamda yosh professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida loyihalarning startaplarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi IT-inkubator ilmiy innovatsion markazini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutga tegishli yer maydonlarida xalqaro grant mablag‘lari hisobidan anor, xurmo, limon, qora olxo‘ri, uzum va boshqa meva-sabzavotlarning yuqori hosilli, yiliga 2-3 marotaba hosil olishga imkon beradigan navlarini yaratish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini barpo etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anor, xurmo, limon, qora olxo‘ri va uzum yetishtirishning yangi samarador agrotexnologiyalarini yaratish bo‘yicha bajariladigan yillik maqsadli ilmiy loyihalarni shakllantirib, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim qilsin. Bunda, Innovatsion rivojlanish vazirligi tegishli ilmiy-texnik kengashlarning asoslantirilgan xulosalari asosida belgilangan tartibda grant mablag‘larini ajratish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida Institut hududida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash ishlarini oliy ta’lim sohasiga ajratilgan limitlar doirasida amalga oshirish yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash maqsadida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va yirik xo‘jalik subyektlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga amaliyot o‘tash uchun biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va yirik xo‘jalik subyektlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini resurs tejovchi texnologiyalar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda talablaridan kelib chiqib qayta ishlab chiqsin hamda o‘quv jarayoniga joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini e’tiborga olib, Institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kechki (smenali) ta’limni tashkil etish, 2022-yildan boshlab ilmiy salohiyatni oshirish uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)ga qishloq xo‘jaligi ixtisosliklari bo‘yicha qabulni tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qo‘yilsinki, Institutni budjet mablag‘lari hisobidan saqlash xarajatlari 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2022-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligi xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning “Anorchilik” yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilarini va tahsil olayotgan yosh olimlarini anor yetishtirish tajribasini o‘rganish uchun ilg‘or xorijiy davlatlarga malaka oshirish kurslariga va stajirovkalarga yuborilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalarini xorijiy ekspertlar ishtirokida belgilangan tartibda ishlab chiqilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning professor-o‘qituvchilarini, ilmiy va texnik-muhandis xodimlarini har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishini va uning amalga oshirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Institutning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutga tanlov asosida, shu jumladan respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan amaliy tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning axborot-resurs markazi mahalliy hamda xorijiy o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Respublika oliy ta’lim tizimidagi mavqeyi, ilmiy salohiyati, uzoq yillar davomida shakllangan an’analarini inobatga olgan holda Toshkent davlat agrar universiteti zimmasiga quyidagi yo‘nalishlarda Institutga ko‘mak berib borish yuklatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
salohiyatli kadrlarni jalb etgan holda ta’lim va ilmiy faoliyatni tashkil etish, ta’lim, tarbiya, ilmiy va o‘quv jarayonlarini samarali boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy materiallar va axborot resurslari bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va iqtidorli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish va “ustoz-shogird” tizimi asosida ilmiy maktablarni rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutga xorijdan va respublikaning boshqa hududlaridan ishga taklif etilgan mutaxassislarni turar joy bilan ta’minlash maqsadida Termiz shahrida qurilayotgan arzon uy-joylardan imtiyozli shartlar asosida ehtiyojdan kelib chiqqan holda xonadonlar ajratilishini; Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar talabalar kontingenti oshib borishini hisobga olib, 2022/2023 o‘quv yilidan Institutga yaqin bo‘lgan hududdan qo‘shimcha bino ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutga Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, Yangiobod qishloq fuqarolar yig‘ini, Limonzor qishlog‘i hududida joylashgan bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida berish, uning o‘quv va laboratoriya jihozlari, transport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, kompyuter texnikalari, o‘quv adabiyotlari hamda boshqa mol-mulkini topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining barcha talabalarini Institutning mos ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga o‘tkazish hamda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomini berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 479-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning ijrosini tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 28-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5269-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-oktabrdagi PQ-5269-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ullar

I. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti faoliyatini tashkil etish

1.

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut deb yuritiladi) ustavi va tashkiliy tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlash hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Ikki oy muddatda

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

2.

Institutda rahbarlik faoliyatini (prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari) olib borish uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish.

Bir hafta muddatda

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

3.

Institutning 2021-yilga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini, shtat jadvalini ishlab chiqish hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

2021-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

4.

Institut boshqaruv va ta’lim jarayonlarini 2025-yilgacha bosqichma-bosqich to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

2022-yil may

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

II. Institutda 2021/2022 o‘quv yilini samarali tashkil etish

5.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda kadrlar iste’molchilarining talablari, soha bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurs tejaydigan texnologiyalar o‘z aksini topgan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta ishlab chiqish, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

6.

Talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun masofaviy elektron ta’lim platformasini tashkil etish hamda elektron axborot resurs manbalari (taqdimotlar, tarqatma materiallar, ma’ruza matnlari, video va audio darslar) bilan boyitib borish.

Doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, grant mablag‘lari va texnik ko‘maklar doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

7.

Institutning talabalari uchun o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari bazasini yaratish maqsadida Institut mutaxassis kadrlarining iste’molchilari hisoblangan hududiy tashkilotlar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, xo‘jalik birlashmalari bilan ishga joylashtirish va amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda talabalarning amaliyotlarini zamonaviy texnoparklarga va ilg‘or tajribaga ega korxona va tashkilotlarda tashkil etish.

O‘quv jarayoni jadvali asosida

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

8.

Institutning Axborot-resurs markazini o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish hamda yetishmayotgan o‘quv adabiyotlarini, shuningdek, hududning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil yanvar

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

9.

Qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning xalqaro reytingda yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ro‘yxatini aniqlash hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Doimiy

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

10.

Institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borishlari, talabalarning malakaviy amaliyotlarini o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida o‘quv-amaliyot markazlarini (mutaxassislik kafedralari filiallarini) tashkil etish hamda faoliyatini takomillashtirish.

2022-yil davomida va doimiy

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

III. Institutning ta’lim xizmatini ko‘rsatish faoliyatini tizimli tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar

O‘quv jarayoni bo‘yicha

11.

Qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarish hamda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

12.

Tor ixtisosliklar bo‘yicha xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga institutning professor-o‘qituvchilarini malaka oshirish hamda stajirovka o‘tash uchun yuborish, shuningdek, qishloq xo‘jaligining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha vebinarlar tashkil etish.

2022 — 2025-yillar davomida kelishuv asosida

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

13.

Professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun ilg‘or badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlar elektron kataloglari hamda jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Bunda:

xorijiy (RF, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va ushbu sohada yetakchi boshqa mamlakatlar) ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida Institutning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;

veb va “bulutli” texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslarini elektron katalogini yaratish;

RFID texnologiyasi asosida kutubxona fondini ro‘yxatga olish, hisobga qo‘yish, tarqatish va himoyalash tizimini yaratish;

kitoblarni hisobga qo‘yish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilgan elektron kiosklarni joriy etish;

kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini joriy etish;

xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanish sharoitlarini yaratish;

elektron va qog‘oz shaklidagi xalqaro ilmiy va o‘quv nashrlariga obuna bo‘lishni tashkil qilish.

2022 — 2024-yillar

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

14.

Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy va xalqaro imijni shakllantirish maqsadida mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda o‘qitishni keng joriy etish.

2022-yildan boshlab doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha

15.

Institutning ilmiy salohiyatini yilma-yil oshirib borish maqsadida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini tizimli tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligi ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalariga maqsadli doktoranturaga o‘qishga yuborish.

2022 — 2025-yillar

Davlat budjeti mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

16.

Har yili qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari magistraturasining iqtidorli bitiruvchilarini tanlash va pedagogik faoliyatga faol jalb qilish.

Doimiy

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

17.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining agrar tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari bilan birga qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.

Doimiy

Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

18.

Professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Kichik innovatsion korxonalar” tashkil etish.

2022-yildan boshlab doimiy

Tashabbuskorlarning mablag‘lari hisobidan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

19.

Hududning tuproq-iqlim sharoitini hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish turlarini inobatga olgan holda subtropik (anor, xurmo, zaytun, chilonjiyda), sitrus (limon, mandarin, kivi, ananas) hamda sabzavot-poliz ekinlarini yetishtirish muammolari yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish.

2022-yildan boshlab doimiy

Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

20.

Institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy-texnik va muhandis xodimlarini har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda, yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish.

2022-yildan boshlab doimiy

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

21.

“Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori bo‘lgan olimlar, professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilarning rag‘batlantirish tizimini joriy qilish.

Bunda: ustamalar miqdorini “Xirsh” indeksi (h-indeks):

5 dan 9 gacha bo‘lsa 20 foiz;

10 va undan yuqori bo‘lsa 30 foiz etib belgilash.

2022-yildan boshlab doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, mahalliy hokimliklarning mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

22.

Institut huzurida davlat muassasasi shaklida “Meva (subtropik va sitrus) va sabzavot ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” o‘quv-ilmiy markazini tashkil etish.

2022-yil avgust

Davlat budjet mablag‘lari, mahalliy hokimliklarning mablag‘lari, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha

23.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amaliyotga keng joriy etish. Bunda:

birinchi tashabbus — talaba yoshlarni musiqa va san’atga jalb qilish, ularda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida tanlovlar, ko‘rgazmalar, san’at va madaniyat maskanlarida ochiq darslar o‘tkazish, teatr va muzeylarga tashriflarni uyushtirish, “Yosh havaskorlar” ashula va raqs ansamblini tuzish.

ikkinchi tashabbus — sport majmualarida to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish, yangi sport to‘garaklari ochish, “Salomatlik sari mustahkam qadam” aksiyasi va sport turlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariaro uch bosqichli chempionatlarni o‘tkazish.

uchinchi tashabbus — talaba yoshlarda Internet jahon axborot tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ularning qiziqishlari bo‘yicha klublar, kompyuter texnologiyalari, loyiha va dasturlash bo‘yicha kompyuter dasturlari, internet savodxonligi to‘garaklari, onlayn-viktorinalar, IT-olimpiadalar tashkil etish.

to‘rtinchi tashabbus — talaba yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini tarbiyalash maqsadida “Bir talabaga — bir kitob” aksiyasi, “Eng faol kitobxon” tanlovi, “Yosh adabiyotchilar” klublarini, talabalarning she’rlari, ilmiy maqolalari va she’riy to‘plamlarini chop etish, OAVda yoritish.

2022-yildan boshlab doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

beshinchi tashabbus — talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Biznes ledi” maktabi (biznes reja tuzishga o‘rgatish), “Tadbirkor talaba” klubi, “Oila maktabi” treninglari, tikuvchilik, milliy hunarmandchilik kurslarini va ijodiy to‘garaklarni yo‘lga qo‘yish.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

24.

Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning nomzodini O‘zbekiston Prezidenti va nomdor stipendiyalarga tavsiya etish, respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash hamda rag‘batlantirib borish.

2022-yildan boshlab doimiy

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

25.

Institut joylashgan hududda yashovchi “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kirgan oilalarning farzandlari hamda uyushmagan yoshlar uchun qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

Doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

26.

Institutning moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda yaqin hududlardagi uyushmagan yoshlarnisport to‘garaklariga, ingliz tili, nemis tilini o‘qitish kurslariga, kompyuter savodxonligi to‘garaklariga jalb etish.

2022-yildan boshlab doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha

27.

Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni tashkil etish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

28.

Istiqbolli bitiruvchilarni respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalariga magistratura va doktoranturaga (jumladan, “El-yurt umidi” jamg‘armasining ochiq stipendiya tanlovlari orqali) muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.

2022 — 2025-yillar

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

29.

Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarini AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlari va ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazilishini ta’minlash.

Belgilangan muddatlarda

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

30.

Xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining Institutdagi ulushini oshirish.

Doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

31.

Anorchilik yo‘nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarni ilg‘or xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy kelishuv asosida

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha

32.

Veterinariya diagnostika o‘quv laboratoriyasi hamda Axborot-maslahat markazi (Extension center) hududida qishloq xo‘jaligi hayvonlarini ko‘paytirish va tajribalar olib borish maqsadida maxsus bino (vivariy) qurish ishlarini 2023-yilgi investitsiya dasturiga kiritish choralarini ko‘rish.

2022-yil iyun

Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

33.

Institut hududida 400 o‘rinli majlislar zali hamda 200 o‘rinli talabalar oshxonasini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda 2023-yilgi investitsiya dasturiga kiritish.

2022-yil iyun

Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

34.

Axborot-maslahat markazi hududida sitrus va subtropik ekinlar (limon, anor, xurmo, kivi, zaytun) ko‘chatlarini yetishtiruvchi issiqxona tashkil etish.

2022-2023-yillar

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

35.

Axborot-maslahat markazi (Extension center) hududida qishloq xo‘jaligi ekinlarini doimiy suv bilan ta’minlash bo‘yicha vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ulash, ishga tushirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda dala atrofini to‘siq (sim-to‘r) bilan o‘rash.

2022-2023-yillar

Davlat budjeti mablag‘lari, mahalliy hokimliklarning mablag‘lari, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

36.

Chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari, meva-sabzavot, moyli ekinlar, dorivor o‘simliklarni qayta ishlash, qadoqlash bo‘yicha zamonaviy mini sexlarni tashkil etish.

2022 — 2025-yillar

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

37.

Xorijiy va mahalliy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot, ishlanmalar, jihozlarni sinovdan o‘tkazish va targ‘ib qilish uchun “Ko‘rgazmali auditoriyalar”ni tashkil etish.

2022 — 2025-yillar

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-oktabrdagi PQ-5269-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash maqsadida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va yirik xo‘jalik subyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar

Biriktirilayotgan tashkilotlar

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

1.

Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi

2.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi

3.

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

4.

O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, “Agro ximoya xizmati o’simliklar klinikasi” MChJ, “Tomorqa xizmati agro-invest” MChJ

5.

O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini

Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi

6.

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi

7.

Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

8.

Mevachilik va uzumchilik

Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xo‘jaligi

9.

Agronomiya (anorchilik)

10.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

11.

Ipakchilik va tutchilik

Surxondaryo viloyati “Agro pilla” MChJ

12.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

“O‘zagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali

13.

Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)

Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi

14.

Agrobiznes va investitsion faoliyat

15.

O‘rmonchilik

Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi (Surxondaryo, Bobotog‘, Boysun, Uzun, Qiziriq va Hisor davlat o‘rmon xo‘jaliklari)

16.

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

17.

Manzarali bog‘dorchilik

18.

Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)

Surxondaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi

19.

Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)

Magistratura mutaxassisliklari

1.

Agronomiya

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi

2.

Seleksiya va urug‘chilik (ekinlar guruhlari bo‘yicha)

3.

Agrokimyo

4.

O‘simlikshunoslik (ekinlar guruhlari bo‘yicha)

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi

5.

Sabzavotchilik va polizchilik

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi, Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xo‘jaligi

6.

O‘simliklar himoyasida monitoring va bashorat

Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, “Agro ximoya xizmati o’simliklar klinikasi” MChJ, “Tomorqa xizmati agro-invest” MChJ

7.

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi

Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi (Surxondaryo, Bobotog‘, Boysun, Uzun, Qiziriq va Hisor davlat o‘rmon xo‘jaliklari)

8.

Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida)

Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-oktabrdagi PQ-5269-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining amaliyot o‘tash uchun biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va yirik xo‘jalik subyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar nomi

Amaliyot turlari (bakalavriat/magistratura) hamda amaliyotni o‘tkazish obyektlari va manzillari

O‘quv-tanishuv amaliyoti obyekti va manzili

O‘quv amaliyoti obyekti va manzili

Ishlab chiqarish amaliyoti/

ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti va manzili

1.

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

1. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo viloyat filiali
(Termiz tumani, “M. Eshtemirov” mahallasi)

Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi
(Termiz shahri, Oytumor ko‘chasi, 5-uy)

2. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi
(Termiz tumani, “Namuna” mahallasi)

2.

Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

1. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo viloyat filiali
(Termiz tumani, “M. Eshtemirov” mahallasi)

1. Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi
(Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy)

2. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi
(Termiz tumani, “Namuna” mahallasi)

2. Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

(Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy)

3.

O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati tayanch punkti
(Termiz tumani, “M. Eshtemirov” mahallasi)

Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi
(Termiz shahri, Oytumor ko‘chasi, 5-uy)

4.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

1. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo viloyat filiali
(Termiz tumani, “M. Eshtemirov” mahallasi)

“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi
(Termiz shahri, A. Qahhor ko‘chasi, 10-uy)

2. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi
(Termiz tumani, “Namuna” mahallasi)

5.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ (Termiz shahri, Zernovaya ko‘chasi, 1-uy)

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ (Termiz shahri, Zernovaya ko‘chasi, 1-uy )

6.

O‘rmonchilik

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi
(Termiz shahri, Istiqbol ko‘chasi, 64-uy)

Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi
(Termiz shahri, Istiqbol ko‘chasi, 64-uy)

7.

Ipakchilik va tutchilik

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

Surxondaryo viloyati “Agro pilla” MChJ
(Termiz shahri, Soatov ko‘chasi, 4-uy)

Surxondaryo viloyati “Agro pilla” MChJ
(Termiz shahri, Soatov ko‘chasi, 4-uy)

8.

Mevachilik va uzumchilik

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

1. Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi
(Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy)

2. Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

(Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy)

2. Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik mevachilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi
(Termiz tumani)

2. Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi
(Termiz tumani)

9.

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi
(Termiz shahri, Istiqbol ko‘chasi, 64-uy)

Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi
(Termiz shahri, Istiqbol ko‘chasi, 64-uy)

10.

Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi
(Termiz shahri, Istiqbol ko‘chasi, 64-uy)

Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi
(Termiz shahri, Istiqbol ko‘chasi, 64-uy)

11.

O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi
(Termiz shahri, Oytumor ko‘chasi, 5-uy

Surxondaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi
(Termiz shahri, Oytumor ko‘chasi, 5-uy

12.

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi
(Termiz tumani, “Namuna” mahallasi)

Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

(Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy)

13.

Agrobiznes va investitsion faoliyat

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

1. “O‘zagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali
(Termiz shahri, F. Xo‘jayev ko‘chasi, 1A-uy)

Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

(Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy)

2. “Golden Fresh” MChJ
(Termiz tumani, “Qahramon” mahallasi)

14.

Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

“O‘zagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali
(Termiz shahri, F. Xo‘jayev ko‘chasi, 1A-uy)

Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

(Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 10-uy)

15.

Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

“Golden Fresh” MChJ
(Termiz tumani, “Qahramon” mahallasi)

“Golden Fresh” MChJ
(Termiz tumani, “Qahramon” mahallasi)

16.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

“O‘zagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali
(Termiz shahri, F. Xo‘jayev ko‘chasi, 1-A-uy)

“O‘zagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali
(Termiz shahri, F. Xo‘jayev ko‘chasi,
1a-uy)

17.

Zootexniya (turlari bo‘yicha)

Axborot-maslahat markazi
(Extension center)
(Termiz tumani, “Yangiobod” mahallasi)

Surxondaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi
(Termiz shahri, Q. Omonov ko‘chasi, 2-uy)

Surxondaryo viloyati veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi
(Termiz shahri, Q. Omonov ko‘chasi, 2-uy)

18.

Veterinariya meditsinasi

Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xo‘jaligi
(Termiz va B?ndixon tumanlari)

Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xo‘jaligi
(Termiz va Bandixon tumanlari)

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 07/21/5269/1000-son)